Научная статья на тему 'NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)'

NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1132
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / ertak morfologiyasi / an'ana. / epos / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / morphology of a fairy tale / tradition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Gulasal Shavkat Qizi Farmonova

Maqolada xalq ma’naviy xazinasidan o’rin olgan marosim bilan bog`liq tasavvur-tushunchalarning izlari saqlanib qolganligi yoki muayyan bir marosimning o’tkazilishi badiiy tasvirlab berilganligi kuzatiladi. Bu esa doston (epos) va marosim munosabatini, ularning bog`liq jihatlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PICTURES OF PERFORMANCE AFTER MARRIAGE (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

It is noted that the article retains traces of ideas related to the ceremony, which are part of the spiritual treasury of the people, or artistically depicts the conduct of a particular ceremony. This refers to the relationship between the epic (epic) and the ceremony, related aspects.

Текст научной работы на тему «NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)»

NIKOHDAN SO'NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI ("ALPOMISH" DOSTONI MISOLIDA)

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Gulasal Shavkat qizi Farmonova

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi BuxDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchisi talabasi

ANNOTASIYA

Maqolada xalq ma'naviy xazinasidan o'rin olgan marosim bilan bog'liq tasavvur-tushunchalarning izlari saqlanib qolganligi yoki muayyan bir marosimning o'tkazilishi badiiy tasvirlab berilganligi kuzatiladi. Bu esa doston (epos) va marosim munosabatini, ularning bog'liq jihatlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, ertak morfologiyasi, an'ana.

PICTURES OF PERFORMANCE AFTER MARRIAGE (ON THE EXAMPLE

OF THE EPIC "ALPOMISH")

ABSTRACT

It is noted that the article retains traces of ideas related to the ceremony, which are part of the spiritual treasury of the people, or artistically depicts the conduct of a particular ceremony. This refers to the relationship between the epic (epic) and the ceremony, related aspects.

Keywords: epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, morphology of a fairy tale, tradition.

O'zbek nikoh to'yi marosimida nikohdan so'nggi bosqich, asosan, turli-tuman urf-odat va irim-sirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda kelin va kuyov sha'niga qaratilgan alqovchi aytimlar, oyna ko'rsatar, soch siypatar, it irillar, kampir o'ldi va hokazo singari qator urf-odatlar amalga oshirilganki, ulardan aksariyati "Alpomish" dostonida ham badiiy tasvirlangan.

Nikohdan so'ng kelin-kuyovga atalgan o'tovda ular uchun chimildiq tutilgan. Chimildiq kelin-kuyov uchun yangicha hayot, oilaviy turmushga kirib borish eshigi hisoblanadi. O'zbek tilining izohli lug'atida chimildiq: "Nikoh to'yining birinchi kechasi kuyov bilan kelinning boshqalardan xoli o'tirishi va tunashi uchun uy burchagiga tortilgan oq chodir" deb izohlangan bo'lsa, taniqli o'zbek folklorshunosi A.Musaqulov "Chimildiq - kelin-kuyovni magik himoya qilish, ularning baxtli, serfarzand bo'lishi uchun yasalgan ritual buyum", - deya ta'kidlaydi. Darhaqiqat, kelin-kuyovga chimildiq tortish jarayoni o'ziga xos irim-sirimlar bilan ritual tarzda kechadi.

Bu jarayonda qatnashayotgan yangalarning bir nikohli, uvali-juvali ekanligiga alohida e'tibor qaratiladi. Odatda, befarzand yoki nikohi buzilgan, beva ayollarga chimildiq tortish uchun ruxsat etilmaydi. Ularning boshiga tushgan ko'rgulik bu yosh oilaning boshiga tushishidan irim qilinadi.

Umuman aytganda, xalqimiz orasida chimildiq bilan bogliq qator urf-odatlar, e'tiqodiy qarashlar va irimlar shakllangan. Chimildiqqa, odatda, birinchi bo'lib kuyov, keyin kelin kiritilgan. Ammo bunda kuyovnavkarlar kuyovni chimildiqqa kirgizmoqchi bo'lib turganlarida, bir necha xotinlar "kampir o'ldi" rasmini qilishgan. "Kampir o'ldi" marosimi nikoh to'yining bir qismi hisoblanadi. Bu marosim ba'zi joylarda kelinning uyida, ayrim hududlarda kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyin amalga oshirilgan.

"Alpomish" dostonida u kelin, ya'ni Barchinning uyida amalga oshiriladi. Bu udumga ko'ra, bir kampir o'zini o'lganga solib, kuyovning yo'liga yotib oladi. Kuyov unga biror narsa hadya qilgach, kampir "tirilib", uzoq vaqt uxlaganini va uyqusida tush ko'rganini, tushida quyosh va oyni, yulduzlarni ko'rganini aytadi. Bu tush ramziy ma'noda kelin-kuyovni va ularning bo'lajak farzandlarini anglatadi.

"Alpomish" dostonida "Kampir o'ldi" marosimi quyidagicha tasvirlangan: "Baxmal o'tovda chimildiq tutib, kuyov no'karlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo'lib, bir necha xotinlar «kampir o'ldi» bo'lib, o'lganiga bir nima olib, «it irillar» degan rasmini qilib, bunga ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqda o'tirib, oldiga dasturxon solib, qo'ylarning to'shini pishirib olib kelib, bularning oldiga qo'yib, xo'p eb to'yib, kuyov no'karlarga to'ppi, ro'mol, sarpoylar berib, hammasi o'z rasmi-qa'dasini qilib, kuyov no'karlar chiqib, mazgiliga - joy-joyiga qarab ketdi. Barchinni bekning qoshiga olib kelmoqchi bo'lib, ko'p qizlar o'rtaga olib, baxmal qoplagan oq kigizga solib, «qadimgi rasmimizni qilamiz», - deb qizlar ko'tarib, ko'targani quvvati kelmay halak bo'lib, uytib-buytib olib kelib, Hakimbekning qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, "choch siypatar", "qo'l ushlatar"ini qilib, bir necha yangalar sho'xlik qilib turib: «nima qilsangiz, ixtiyor o'zingizda», deb sho'xlik bilan bir nechasi javob berib, har qaysisi o'z mazgiliga ketdi. Bu o'tov ikkoviga tanho tegib qoldi.

Ko'rinadiki, "kampir o'ldi" udumidan so'ng "it irillar" degan rasm amalga oshirilgan. Bunga ko'ra, bir necha ayollar itga o'xshab irillab, kuyovning chimildiqqa kirishiga ruxsat qilishmagan. It holatiga kirib kuyovning oldini to'sishgan. Kuyov ularga nimadir hadya bergach, xotinlar uning chimildiqqa kirishiga qarshilik ko'rsatishmagan. Bunda it himoyachi ruh ramzini ifoda etgan.

It obrazi qadimgi turkiylar mifologiyasida muhim o'rin tutadi. Hatto u totem sifatida qaraladi. Qadimgi kishilarning e'tiqodiga ko'ra, it narigi dunyo - o'liklar mulkiga kirish eshiginig qo'riqchisi emish. «Avesto» miflarida esa muqaddas it o'lgan kishilarning ruhi narigi dunyoga o'tadigan «Chinvat ko'prigi»ning posboni sifatida talqin etilgan. J.Yusupovning ko'rsatishicha, o'tmishda biror kishi jon berayotgan

bo'lsa, uning to'shagi yoniga itni olib kelganlar. Bu odat «sagdid», «it nazari» deb yuritilgan. Shuning uchun qadimda o'lganlarning jasadi maxsus boqilgan itlarga em qilingan. Yoki Strabon sugMiylar va baqtriyaliklarning udumlari haqida yozar ekan, ularning qarigan kishini o'lmasa ham tirik holda itlarga berganlari haqida ma'lumot beradi. Qadimgi odamlar go'yo shu yo'l bilan marhumlar ruhini narigi dunyoga o'tkazib yuborganlar. Bunga qadimgi insonlarning totemistik ishonch-e'tiqodlari, ya'ni o'lgan kishi ruhining totem hayvonga ko'chib, qayta tirilishi haqidagi tushunchalari asos bo'lgan. Qadimgi qabrlardan it bosh suyagi topilgan. Ossuariylarga it tasviri solingan. Skiflar tirik itni o'lgan egasiga qo'shib dafn etganlar. It bu dunyoda ham, u dunyoda ham o'z egasining tinchini ta'minlaydigan qo'riqchi sifatida talqin etilgan.

Demak, "it irillatar" odati orqali qiz-yigitning ruhi kelinlik va kuyovlik olamiga ko'chirilishi ko'zda tutiladi.

"Alpomish" dostonida Barchinoyga uylangan Hakimbekning chimildiqqa kirishdan oldin bir qator udumlarga duch kelgani bejiz tasvirlanmagan. Chunki bu udumlar xalqimiz turmush tarziga xos bo'lib, hanuzgacha saqlanib kelayotir. Ularning doston syujetida aks ettirilishi orqali esa asar voqealarining hayotiyligi va ishonarliligi ta'minlangan. Masalan, dostonda kuyov Hakimbek har zamon salom solib, uydan ichkariga, chimildiqqa kirib o'tirgach, kelin yangalar uning izzatini qilib, oldiga dasturxon solishi va dasturxonga turli noz-ne'matlar, ayniqsa, qo'ylarning to'shini pishirib olib kelib qo'yishi tasvirlangan. Bu udum xalq orasida "to'qqiz tovoq" deb yuritiladi. Kuyov o'z navkarlari bilan bu noz-ne'matlardan, taomlardan xo'p eb, to'yib olishadi. Buning ustiga ularga turli sarpolar ham beriladi. Shundan so'ng kuyovnavkarlar chiqib, tarqalishadi. Ular ketgach, kelinning yangalari va dugonalari uni kuyovning qoshiga olib kelmoqchi bo'lib, "ko'plashib kelinni o'rtaga olib, baxmal qoplangan oq kigizga solib, "qadimgi rasmimizni qilamiz", deb ko'tarib", qizni chimildiqqa olib kiradilar. Bundan keyin xotinlar rasmini qilib: "choch siypatar", "qo'l ushlatari" udumlarini amalga oshirishadi. Ayniqsa, bunda bir necha yangalarning sho'xlik qilib, kuyovga luqmalar tashlashi unga ruhan ko'tarinkilik bag'ishlagan. Shu kecha kelin va kuyov tonggacha o'zlariga atalgan baxmal o'tovda yolg'iz qoldirilgan.

Dostonda Barchinoyning kelin qilib Qalmoqdan Boysunga uzatilishi voqeasi tasvirlanar ekan, bunda yana bir o'zbekona urflarimizdan biri - "Erga ko'rsatdi" rasmi nomi tilga olingan. Unga ko'ra, kelinning otasi bir qo'yni so'yib, kuyovni chaqirib, ziyofat bergan, unga va yaqinlariga sarpolar ulashgan. So'ngra yo'lga otlangan kelin-kuyovlarga ota "oq fotiha" bergan. Dostonda Boysarining Barchinni uzatayotgandagi so'zi, ota sifatidagi olqishi shunday berilgan:

Jonim bolam, Barchin, ko'ngling bo'lmagin, Otam qoldi, deb sen xafa bo'lmagin, Ko'p yashagin, ko'p yilgacha o'lmagin, Yaxshilik ko'r, yomonlikni ko'rmagin....

Tengquringga qo'shdim senday bolamni.

Barchin yangalari kuzatuvida oltmish norga sepini ortib Hakimbek yurtiga uzatiladi. U o'zbekona an'analarga muvofiq, yo'l bo'yi yiglab ketadi.

Folklorshunos D.O'raevaning qayd etishicha: "Bizning odatimizga ko'ra, nikoh to'yida uzatilayotgan qizning yiglamasligi el ichida uyat sanaladi. Hatto u sevgan kishisiga o'z xohishi bilan tegayotgan, to'y yaqin qarindoshlarining roziligi bilan bo'layotgan bo'lsa-da, baribir, yiglashi shart hisoblanadi. Sababi, turkiy xalqlar orasida «yigi jon ato etadi» degan ibtidoiy tushuncha mavjud bo'lgan. Shu vajdan hozirgacha qizlik ruhiyati o'layotgan bir lahzada qizlarning yig i qilishi ularning ayollik ruhiyati bilan qayta tirilishi uchun zarur hisoblanadi va bu hol ma'lum bir hayot bosqichida o'ziga xos marosim-ritual tarzida shakllangan".

Qolaversa, kareliyaliklarda nikoh to'yi arafasida, aniqrog'i, bir hafta oldin uzatilayotgan qizni yiglatuvchi maxsus yig'ichi ayol-"itkettaja" yollangan. U kelinni yig'lashga majbur qilgan. Bu vazifani shimoliy Kareliyada kelinning eng yaqin ayol qarindoshi bajargan. Shuningdek, begona yig'latuvchi chaqirilishi ham mumkin bo'lgan.

Boysun eliga yaqinlashib qolganda Alpomish kelayotganlarning izzat-ikrom bilan kutib olinishini ta'minlash maqsadida otasiga bir xabarchi, ya'ni chopag'onchi jo'natdi. Chopag'opchi otiga qamchi urib, kim yo'liqsa, unga xabar beradi. Boybo'rining manziliga borib, Alpomish xabarini etkazadi. Boybo'ri chopag'onchiga keltirgan xushxabari uchun yaxshi sarpolar in'om etib, suyunchi beradi. Darhol yurtga xabar beriladi. Yo'lda baqan solaylik va evaziga to'ppi, ro'mol olaylik, deb ko'pgina qizlar kelinning yo'lini to'sadi. Kelinni o'rtaga olib, o'tqizmaydi, yo'lda baqan soladi. Suqsur kaniz ularga to'ppi, ro'mol berib, kelinni olib o'tadi.

Kelin yo'liga baqan solish, arqon tortish kabilar ham azaliy odatlarimizdan biridir. Bu kelinni uzatib kelayotganda kelin sepidan ulush (sovg'a-salom) olish uchun yo'lini to'sish odatidir. Aslida bu odat orqali tushirib kelinayotgan kelinchakning qizlik olami (bir olam) chegarasidan ayollik olami (o'zga olam) chegarasiga o'tayotgani bildiriladi.

Barcha yig ilib, kelinni ko'rishga shoshiladi. Bir nechalar tomga chiqib qaraydi. Elu xalqqa bu ovoza bo'ladi. Hamma qarindoshlar yig ilib kela boshlaydi. Shunday qilib, xursandchilik, diydorlashuv, o'yin-kulgi boshlanib ketadi.

Xullas, "Alpomish" dostoni nikoh to'yi jarayoni bilan bog'liq bunday maishiy hayot detallariga juda boy. Ularni keng qamrab olganligi jihatidan doston o'ziga xos qomusiy ahamiyat kasb etadi. Doston maishiy hayot detallariga juda boy. U real hayot epizodlarini keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Unda xalqimizning maishiy hayotida muhim o'rin egallagan oilaviy-maishiy marosimlar badiiy ifoda etilgan.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 10-5. -С. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 32-34.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.