Научная статья на тему 'XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)'

XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1915
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / ertak morfologiyasi / an'ana. / epos / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / morphology of a fairy tale / tradition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Marg’uba Fazliddin Qizi Jomurodova

Maqolada “Alpomish” dostonida aks etgan turli-tuman o’zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifodasi hamda doston syujetida aks ettirilgan hozirgacha maishiy hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan sovchilik marosimi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC EXPRESSION OF THE SWEETING CEREMONY IN FOLK FRIENDS (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

The article examines various Uzbek traditions and family rituals in the epic "Alpomish", as well as the donation ceremony, which is still reflected in the plot of the epic.

Текст научной работы на тему «XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)»

XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY IFODASI ("ALPOMISH" DOSTONI MISOLIDA)

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Marg'uba Fazliddin qizi Jomurodova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTASIYA

Maqolada "Alpomish" dostonida aks etgan turli-tuman o'zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifodasi hamda doston syujetida aks ettirilgan hozirgacha maishiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lgan sovchilik marosimi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, ertak morfologiyasi, an'ana.

ARTISTIC EXPRESSION OF THE SWEETING CEREMONY IN FOLK FRIENDS (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

ABSTRACT

The article examines various Uzbek traditions and family rituals in the epic "Alpomish", as well as the donation ceremony, which is still reflected in the plot of the epic.

Keywords: epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, morphology of a fairy tale, tradition.

Sovchilik o'zbek xalqi hayotida doimiy yashab kelayotgan milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Shunday qilib, o'zbek xalqi o'zining boy madaniy merosiga ega bo'lgan millatdir. Millatning shakllanishida kishilar hayotidagi ma'lum odat va an'analar, ularning yashayotgan muhiti, ya'ni turmush tarzi muayyan til va madaniyatining shakllanishida shart-sharoit bo'lib xizmat qilgan. Shu asosda har bir millat uzoq vaqt davomida shakllanib, sayqal topgan, takomillashgan barqaror urf-odatlariga, marosimlariga, rasm-rusumlariga, an'analariga ega bo'lganlar. Lekin millatning urf-odatlari, turmush tarzini saqlab qolish va rivojlantirish uchun, albatta, ma'lum shart-sharoitlar lozim bo'lgan. Bu shart-sharoitni, albatta, birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit, siyosiy hokimiyat belgilagan. O'zbek nikoh to'yining birinchi bosqichida "qiz tanlash" yoki "qiz ko'rish" va "sovchilik" udumlari muhim o'rin tutadi. "Qiz tanlash"da, odatda, ayollar faollik ko'rsatishgan. Sovchilikda esa erkaklar qatnashgan. An'anaga ko'ra, tanlangan qiz xonadoniga ayollar borib "og'iz iskash" qilishgan. Xalq orasida bunday sovchilik "makiyon sovchi" nomi bilan yuritilgan.

"Ogiz iskash" jarayonida qizning "boshi bo'shmi" yoki "boshi bogliqmi" ekanligi surishtirilgan. Shundan so'ng rasmiy holda sovchi bo'lib kelishgan. "Ogiz iskash" nomi bilan yuritiluvchi sovchilikning dastlabki bosqichi "Alpomish" dostonida ham tasvirlangan. Unda yetti qalmoq bahodirlarning onasi Surxayil Qorajon uchun Barchin yashaydigan xonadonga "og'iz iskash" maqsadida tashrif buyuradi. Bu jarayon dostonda Surxayil tilidan keltirilgan quyidagi she'riy parchada o'z ifodasini topgan:

O'zbaklarning yaxshi qizi bor bo'lsa,

Atashtirib ro'mol berib kelaman.

O'zbaklarning yaxshi qizi bor bo'lsa,

Boshi bo'shmi deyin, avval so'rayin.

Etnograf K.Shoniyozov qorluqlarning nikoh to'yi marosimi udumlari haqida to'xtalar ekan, quyidagilarni ma'lum qiladi: "Kelin bo'ladigan qiz tanlangandan keyin yigit tomonidan ikki ayol - kuyov bo'lgichning ammasi, xolasi yoki turmushga chiqqan opasi sovchilikka borishadi". Agar shu ma'lumotlar asosida "Alpomish" dostonidagi Surxayilning Barchinga sovchilikka borish epizodi o'rganilsa, Surxayil tomonidan shu udumning noto'g'ri ado etilgani, buzilgani kuzatiladi. Chunki udumlarimizda yigitning onasi emas, unga boshqa yaqin qarindosh ayol sovchilikka borishi lozim bo'lgan. Bu bilan Surxayilning manman, nopisand, befarosat ayol ekanligiga ishora qilinmoqda. Sovchilar kelgan xonadonda qizning onasi ularni "Xush kelibsizlar!" deya ochiq chehra bilan kutib olishi, kelganlar oldiga dasturxon yoyishi, choy va eguliklar hozirlashi odat tusini olgan. Shunda gap orasida sovchilardan biri maqsadini ayon qilgan. Bu odat talqini "Alpomish" dostonida Barchinoylar xonadoniga Surxayil boshliq ayollar tashrif buyurgan epizodda quyidagicha aks ettirilgan: "Mehmonlar ko'rishib o'tirdi. Boybicha mehmonlarga osh taraddud qildi, ziyofatga palov pishirib damlab: «Endi mehmonlar bilan gaplashib o'tirayin», - deb boybicha ham kelib o'tirdi. U yoqdan, bu yoqdan gap tashlashib, besh-to'rt og'iz gap boshlashib, shunda kampir boybichaga qarab, shu qizingning boshi bo'shmi, -deb so'rab turgan eri:

Sovchilik bilan bogliq "ro'mol bog'lash" udumi qizning boshini "band qilish", ya'ni fotiha qilish rasmini ramziy ifoda etadi. "Ro'mol o'rash" marosimidan so'ng bu qizga boshqa xonadondan sovchi kelmaydi. Shu qizning endi atalgani bor hisoblanadi.

Demak, yuqorida misol keltirilgan she'riy parchadagi "boshi bo'sh", "ro'mol o'rash", "atashtirish" singari tushunchalar xalqimizning turmush tarzi bilan bogliq etnografizmlar sifatida e'tiborni tortadi.Sovchilikda ko'pincha yigit va qizni bir-biriga teng ko'rish, atashtirish uchun ularning mos keladigan belgi-xususiyatlariga ahamiyat qaratilgan. Ikkala yoshning "yulduzi yulduziga teng kelishi", munosibligi ta'rif-tavsif qilingan. Shundan kelib chiqib, "Alpomish" dostonida ham sovchi Surxayil tilidan Qorajon va Barchinni tenglashtirishga qaratilgan shunday so'zlar aytiladi:

Kelin qilib ketay sening qizingdi, Sening qizing Qorajonga lozimdi(r). Qizingning boshida taralgan chochi, Qorajon ham yigitlarning me'roji... Qorajon ham yomon emas, bekbachcha, Ikkovi xam o'ynab yursin dar kecha... Sovchilar o'z niyatlarini qiz tomonga bildirganlaridan keyin qiz tomon ham o'z fikrini aytgan. "Alpomish" dostonida Barchinning onasi tomonidan Surxayil boshliq sovchilarga berilgan javob shunday keltirilgan: "Kampirdan bu so'zni eshitib, boybich a ham bir so'z deb turgan ekan:

Qozonda qaynagan shirboz go'sh emas, To'rda o'tirgan qizning boshi bo'sh emas. Qizim domot bobosining uliga, Mol bergani Boysin-Qo'ng'irot elida. Asli o'zi Qo'ng'irot elning bekzodi, Shul qizimning bul atashgan domoti, Erisin toglarning qori erisin, Er ostida dushman tani chirisin, Iloyim Qorajon o'gling qurisin, Sen eshitgin mening aytgan so'zimni. Bir osh pishgunga qadar qiz va yigit tomon shu tarzda "og'iz iskash" savol-javobini qilib olishgan. Bunda javobning ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'iy nazar tashrif buyurgan mehmonlar quruq jo'natilmagan. Shu ma'noda garchi Barchinning onasi Qorajon tomonidan kelgan sovchilarga norozilik bildirgan, qizining boshi bogliqligini aytgan esa-da, ularni quruq qaytarmaydi. Osh suzib, mehmon qiladi. "Alpomish" dostonida buning tasviri shunday keltirilgan: "Mehmonlarni o'tqizib, qo'lini yuvdirib, uch tovoqqa oshni suzib, olib kelib mehmonlarning oldiga qo'ydi: bir tovoq to'rtovara bo'lib qoldi. Boya Qorajonning enasi zehni koyigan, ikki guruch olib og'ziga soldi. Buyoqdagi kampirlar agar uch guruch olib og'ziga solsa, haddi yo'q, boshini kesadi. Qorajonning enasidan qo'rqqanidan bular ham ikki guruchdan olib og'ziga soldi. Uch tovoq oshdan yigirma guruch kamib qoldi. Bo'ldik, - deb uzata berdi. Tovoqni berib, fotihani yuziga tortdi, mehmonlarni jo'natdi".1

Bu tasvir shuni anglatadiki, sovchilikka har kimni ham uzatib bo'lmaydi. Bunday ishga, asosan, ko'pni ko'rgan, odob-axloqli, nafsini tiya oladigan, ko'rimli, farosatli, o'y-fikrli, so'zga chechan kishilar jalb qilingan. Aks holda, dostonda tasvirlanganidek, xunuk holat yuz berishi mumkin.

Sovchilar ham aslida mehmonning bir turidir. Xalqimiz orasida "Mehmon otangday ulug'" degan hikmat yuradi. Shuning uchun har tomonlama andishali, ko'zi

1 A^noMHm, 48-bet.

Uzbekistan

to'q bo'lgan Boysari xonadoni vakillari sovchi-mehmonlarni iliq kutib olib, ularning olqishiga erishadi. Ular Boysari xonadonini "Xo'p ko'rganli boylar ekan" deya maqtab ketishadi.

Kuyov tomon, odatda, sovchilikdan qaytganlarni "Bo'rimi, tulki?" deya kutib olishi an'anaga aylangan. Agar sovchilarning ishi bitgan bo'lsa "bo'ri" deb, qiz tomon rozi bo'lmagan taqdirda "tulki" deb javob berishadi. Ana shu azaliy odat ham "Alpomish" dostonida o'z talqinini topgan. Sovchilik udumlarimiz bo'yicha agar qiz tomon qudalashishga rozi bo'lsa, kelgan sovchilarga zo'r ziyofat berish barobarida qimmatbaho sarpolar ham kiydirib jo'natadi. Ma'lumki, Surxayil kampirni it talab, egnidagi kiyimlarini yirtadi. Uning yalang'och bo'lib qolganini ko'rib, boybicha uyiga borib, yangi kiyimlar olib kelib, kampirning ustidagi kuchuk yirtgan kiyimlarini chechib olib, yangi kiyim kiydirib, kuchuklarini urib, kampirning dimog'ini chog' qilib, uyiga ergashtirib boradi. Yolg'onchi kampir esa shu holatni yashirib, Qorajonni aldaydi. Bu o'rinda Surxayil kampirning yana bir salbiy xususiyati namoyon bo'ladi. Onasiga ishongan Qorajonning esa soddadilligi, ishonuvchanligi, ko'ngli to'g riligi anglashiladi. Shuning uchun Qorajon aytadi: «Enam bizni ko'rganli erdan uylantiribdi. Enamning bosh-oyoq sarposini qilib yuboribdi». - Endi bo'ri bo'lganingdan gapir, - deb turibdi.

O'tmishda ko'proq yaqin qarindoshlar, bir-biri bilan sinashta odamlar o'zaro quda bo'lishni rejalashtirgan. Buning natijasida hatto chaqaloqlarni yoshligidan bir-biriga "atashtirib qo'yish", "qulog'ini tishlatish", "beshik kerti qilish", "etak yirtar qilish" singari odatlar amalga oshirilgan. E'tiborli jihati shundaki, bunday qadimiy odatlarimiz hozir deyarli bajarilmasa-da, ular haqidagi ma'lumotlar xalq dostonlarida badiiy motiv ko'rinishida saqlanib qolgani kuzatiladi. Jumladan, "Alpomish" dostonining Qora baxshi Umirovdan yozib olingan variantida Hakimbek bilan Barchinoyni "etak yirtish" qilib, unashtirib qo'yilgani tasvirlanadi: "Hakimbek bilan Barchinoyning orqa etagini birga ushlab yirtdi, ikkovini "etak yirtish" qilib unashtirib qo'ydi". Tadqiqotchi Latifa Xudoyqulova surxon vohasi sovchilik qo'shiqlari va aytimlariga nazar qaratar ekan, hududdagi sovchilik ko'rinishlarini ham aytib o'tadi. U "etak yirtar" shunday odatlardan biri ekanligini ta'kidlab, bu odatga ko'ra Surxon vohasining Denov tumanida qiz bola tug'ilganida kelin qilishni niyat qilgan oila mazkur xonadonga tashrif buyurib, chaqaloqqa kiygizilgan ko'ylakning etagini irim qilib yirtib qo'ygan.

Xulosa qilib aytganda, go'zal urf-odatlarimiz umrboqiydir. Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 10-5. -С. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 32-34.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.