Научная статья на тему 'FOLKLOR ETNOGRAFIK ANSAMBLLARIDA RAQSNING O‘RNI'

FOLKLOR ETNOGRAFIK ANSAMBLLARIDA RAQSNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
330
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
Folklor / mahalliy musiqa uslubi / qo‘shiq / milliy raqs san’ati / urf-odat / marosim / badiiy-estetik did.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Munisa Xalilova Doniyor Qizi

Musiqa folklori milliy raqs madaniyatimizning muhim bo‘lagi, xalqimiz turmushi va ijtimoiy hayotining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi.Milliy musiqa folklori ming yillar davomida xalqimizning kundalik hayoti va ertangi kuni, orzu umidlari intilishlariniaks ettirib kelgan, hamda umummilliy madaniyat rivojiga muhim o‘rin qo‘shishgan. Ushbu maqolada o‘zbek xalqining folklor san’ati, folklor-etnografik san’atida raqsning tutgan o‘rni va ularning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritilgan. Musiqiy folklor tarixi hamda musiqiy folklorda ta’lim va tarbiya jarayoni, musiqiy folklorda raqsning tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR ETNOGRAFIK ANSAMBLLARIDA RAQSNING O‘RNI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

FOLKLOR ETNOGRAFIK ANSAMBLLARIDA RAQSNING O'RNI

Munisa Xalilova Doniyor qizi

O'zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasining 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7593528

Annotatsiya: Musiqa folklori milliy raqs madaniyatimizning muhim bo'lagi, xalqimiz turmushi va ijtimoiy hayotining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib hisoblanadi.Milliy musiqa folklori ming yillar davomida xalqimizning kundalik hayoti va ertangi kuni, orzu umidlari intilishlariniaks ettirib kelgan, hamda umummilliy madaniyat rivojiga muhim o'rin qo'shishgan. Ushbu maqolada o'zbek xalqining folklor san'ati, folklor-etnografik san'atida raqsning tutgan o'rni va ularning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritilgan. Musiqiy folklor tarixi hamda musiqiy folklorda ta'lim va tarbiya jarayoni, musiqiy folklorda raqsning tutgan o'rni haqida ma'lumotlar berilgan .

Kalit so'zlar: Folklor, mahalliy musiqa uslubi, qo'shiq, milliy raqs san'ati, urf-odat, marosim, badiiy-estetik did.

THE ROLE OF DANCE IN FOLKLORE ETHNOGRAPHIC ENSEMBLES

Munisa Khalilova Daniyor's daughter

4 th grade student of the State Academy of Choreography of Uzbekistan

Annotation: Music folklore is an important part of our national culture, a unique aspect of the life and social life of our people.For thousands of years, folk music has reflected the daily life and future of our people, their dreams, hopes and aspirations, and has played, an important role in the devolepment of national culture end national dance.The history of musical folklore and the progess of edication and upbringing in musical folklore are given information about the role of dance in musical folklore.

Key words: Folklore, local music style, song, national danse art, custom, ceremony artistic aesthetic taste.National danse art.

O'zbek xalqining jahon xalqlari orasida tutgan o'rni, insoniyat tamaddunlariga qo'shgan munosib hissasi, avvalo, xalq og'zaki ijodi namunalari misolida yaqqol ko'rinadi. O'zbek forklorini yozib olish, nashr qilish, tadqiq etish ishlari o'tgan asr avvallaridan boshlangan bo'lsa-da, xalq og'zaki ijodini chinakam, har tomonlama o'rganish, mukammal nashrlarini amalga oshirish, ularning tariximiz va bugungi

kunimizdagi ahamiyatini ko'rsatish, anglab yetish bevosita mustaqillik sharofati bilan ro'y berdi.qo'shiq ijrochiligidan namunalar keltirib o'tilgan. «Folklor atamasi aslida «folk»— xalq va lore-donolik, ya'ni xalq donoligi, xalq donishmandligi «ma'nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo'llagan. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqyosda ilmiy taomulda o 'zlashib ketdi. Bu atama keng ma'noda xalq ijodining barcha sohalarini —xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o'ymakorlik, diniy e'tiqodi va odatlarni ifodalasa, tor ma'noda faqat so'z san'atini — xalq og'zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda «musiqa folklori», xalq san'atining boshqa turlarini, chunonchi, o'ymakorlik, zargarlik, zardo'zlik, kashtachilik singarilar xalq am aliy san'ati mavhumi ostida tushuniladi, Xalq raqsi tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha «choreuo»— xor jo'rligida raqsga tushmoq va «grapho»— raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida alohida o'rib tutuvchi bir yo'nalish borki, u ham bo'lsa betakror raqs san'atidir. Raqs insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq paydo bo'lgan, ibtidoiy jamoalar orasida o'ziga xos ahamiyat kasb etgan. Hindistondagi g'or rasmlari, Misrdagi qabrlarga ishlangan rasmlarni o'rganish natijasida olimlar raqs tarixini antik davrga borib taqalishi haqida aytib o'tishgan. Bu san'at turi ijodkorning ruhiyatini, his tuyg'ularini, maqsadlarini so'zsiz, faqat harakatlar orqaligina tomoshabinga yetkazadi. Raqs-o'zingni kuyga, ohangga baxshida etib, sehrlar dunyosiga sho'ng'ib ketmoq, istaklaringni bir dasta gul shaklida tomoshabin hayajonlari ustidan sochmoq, ularning olqishiga muyassar bo'lmoqdir. Xalq raqs san'ati ashula va musiqa bilan chambarchas bog'lanib ketgan.43

Buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining turkiy nasrning betakror namunasi bo'lmish «Boburnoma»asaridan raqs san'ati haqidagi qimmatli fikrlarni keltirar ekan: «Milliy madaniy merosimiz haqida so'z ketganda, raqs yozuvi azaldan mavjud ekanligi ilmiy jihatdan tan olinishi shart. Zero, milliy raqs san'atimiz nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan o'rganilayotgan ma'naviy-estetik qadriyatlar tizimidir. «Boburnoma»muallifi Sayid Badr ismli kishining raqsdagi ixtirosi va Hindiston lo'lilari «o'yunidagi ijro jarayoni haqidagi fikrlarini juda aniq, ilmiy mukammallikda bayon etadi. Bu mukammallik zamirida atoqli davlat arbobi, ulug' shoir Bobur mirzoning san'atshunos, tilshunos, etnograf sifatidagi teran bilimi, raqs nafosatini bevosita amaliyot bilan bog'lab tahlil eta olish salohiyati borki, u o'zining qonuniy bahosini olishi shart. Va bu mulohazalar biz hali tariximizni to'liq bilmasligimizni, SHarqda qadimdan raqslarni yozma ifodalash tajribasi borligini anglatadi".

43 SH.M.Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "0'zbekiston"-2017 y.

Bu an'ana hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda. Shu sababdan, bugungi kunda respublikamizda xalq badiiy ijodiyotining eng rivojlangan turi folklor-etnografik ansambllari madaniy hayotimizda oldingi o'rinlarda turadi. Qo'shiq va raqs haqida so'z ketar ekan, ularning hamma davrlarda kuy bilan uyg'unlikda qaralganligining guvohi bo'lamiz. Fuod Ko'pruli turklarning adabiy qarashlari diniy tasavvurlar hamda raqs va musiqa bilan birgalikda taraqqiy etganini yozadi. «Chig'atoy lug'ati»da qo'shiq «raqs havosiga bog'langan kuy» tarzda kelgani aytiladi. Qo'shiqlarning raqsga munosabatiga kelsak, hech bir qo'shiq yo'qki, unda harakat bo'lmasin. Yig'i-yo'qlov, motam qo'shiqlarida ham garchand harakatlar raqs deb atalmasa-da, raqs elementlarni o'zida to'la saqlab qolgan. Birgina misol, motam marosimida azador o'zining yuzlarini timdalab, sadr tushishi bu motam marosimidagi raqsning eng qadimiy ko'rinishlaridan biridir. Qo'shiq va raqsning eng mukammal uyg'unligini biz «Beshqarsak» qo'shiqlari va o'yinida ko'rishimiz mumkin. Bu o'yinni o'rgangan san'atshunos olim Muhsin Qodirov uni o'zbek xalq san'atining qadimiy ko'rinishlaridan biridir deydi. Bu o'yinda qarsak va qo'shiq qaytariqlari alohida ahamiyatga ega. Raqqoslar doira shaklini yasab qarsak ohangiga mos harakatlar qilishadi. Qarsakning turlari ko'p: mayda qarsak, yakka qarsak, qo'sh qarsak va hokazo...44

O'zbek folklorshunosligi tarixida «folklor»istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste'molga kirdi. U dastlab «el adabiyoti», «og'zaki adabiyot», «og'zaki ijod»tarzida qo'llanildi. 1935-yilda X.Zarif va Yu.Rajabiylarning «o'zbek sovet folkloridan namunalar» kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni q o'llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o 'zbek folklori tushunchasi zamirida o 'zbek xalq og'zaki poetik ijodi tushuniladigan bo'ldi. O'zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan behad qadimiy so'z san'ati bo'lib, unda o'tmishda yashagan ajdodlarimizning turish-turmushi, dunyoqarashi va e'tiqodi, kurash va m ag'lubiyatlari ifodalangan. V.M.Miller xalq ijodiyotiga xalqshunoslikning tarkibiy qismi sifatida qarab, uning xalq rasm-rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini ta 'kidlaydi.

Shu o'rinda viloyatlardagi ansambllaming ijodiy faoliyatlariga to'xtalib o'tsak. XX asrning 60- yillaridan boshlab respublikamizning barcha viloyatlaridagi tumanlarda bir emas, bir nechtalab ashula va raqs ansambllari gurkirab o'sa boshladi. Joylardagi faoliyat yuritayotgan ilg'or madaniyat xodimlari boigan xonandalar, sozandalar, raqqosalarga uslubiy va amaliy yordam berish uchun poytaxtdan malakali mutaxassislar, bastakorlar, baletmeysterlar taklif qilingan. Ular yangi ansambllami tashkil qilishda, repertuarlarini boyitishda o'z hissalarini qo'shganlar. O'zbek musiqa va raqs san'atining merosiga aylangan «Bayot», «Namanganning olmasi», «Otmagay

44 F.M.Karamatov, "O'zbek xalq musiqa merosi", Toshkent G'.G'ulom nomidagi nashriyoti-1987 y.

tong», «Tanovar», «Munojot», «Rohat», «Ko'ngil taronasi», «Andijon polkasi» kabi ko'plab ommaviy va yakka raqslami sahnalashtirib berganlar. Bunday ansambllar yillar davomida xalqning xizmatida bo'lib, ulaming mehrini qozongan. Respublika miqyosida o'tkazilgan turli tanlovlar, festivallarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan ansambllarga «Xalq ansambli» unvonlari berilgan, ulaming chet davlatlarda o'tkaziladigan xalq ijodiyoti festivallarida ishtirok etishi ta'minlangan. O'zbekistonda mustaqillik e'lon qilinganidan so'ng, istiqlolimiz sharofati bilan milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz tiklanib xalq badiiy ijodiyotiga keng yo'1 ochildi. Umumxalq bayramlari keng nishonlana boshlandi, xalq ijodi festivallari, turli ko'rik-tanlovlaming o'tkazilishi natijasida folklor janri rivojlanib respublikamizning turli hududlaridagi ashula va raqs ansambllari negizida o'ziga xos bo'lgan folklor-etnografik ansambllar tashkil qilindi. Folklor-etnografik ansambllar faoliyati ijodiy jarayon. Ulaming asosiy vazifasi - xalqimiz uchun badiiy, ommaviy tadbirlami o'tkazishdan iborat. Mustaqillik va Navro'z umumxalq bayramlari, «Sharq taronalari», «Asrlar sadosi», «Boysun bahori», «Barhayot an'analar», «Yangi avlod», «Kelajak ovozi»yosh ijodkorlar festivallari, M.Turg'unboyeva nomidagi yosh raqqosalar respublika ko'rik-tanlovi, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash, «Umid nihollari», «Universiada»sport musobaqalari va boshqa shu kabi davlat tadbirlarini o'tkazishda maydon raqslari, folklor raqslar, bolalar raqslari janrlari vujudga keldi. Bunday katta bayram va tadbirlami tashkillashtirish, hamda ijodiy dasturini tayyorlashda, ayniqsa, raqs san'atining o'rni kattadir. Chunki qo'shiq va kuy ijrosi raqs san'ati bilan yanada to'ldiriladi, ulaming mazmuni tomoshabinga harakatlar va obrazlar orqali yetkazib beriladi. O'tkazilayotgan tadbirlaming mazmun va mohiyatini to'la ochishga imkon beradi. Maromiga yetkazib ijro etilgan raqs esa, tomoshabinni zeriktirmaydi, estetik didini oshiradi, zavq beradi. Badiiy ommaviy tadbirlarda joylardagi qadimdan mavjud bo'lgan marosim raqslari, mehnat raqslari, oilaviy va maishiy raqslardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu raqslarda urf-odatlar, an'analar, qadriyatlarimiz aks ettiriladi. Masalan, Surxondaryo vohasining raqs maktabiga xos bo'lgan «Chanqovuz», «Qoshiq», «Kadi»raqslari ayollaming xursandchiligini, «So'zana», «Urchuq» raqslari o'zbek ayollarining nozik mehnat jarayonini tasvirlaydi. «Chiroq» raqsi bir tomondan falsafiy-tarbiyaviy ma'noga ega bo'lib insonning zulmatdan yorug'likka, yomonlikdan yaxshilikka, yovuzlikdan ezgulikka intilishi tasvirlanadi. Ikkinchi tomondan marosim raqs hisoblanib, qadimda yilning eng uzun kechasida o'tkaziladigan marosim aks ettiriladi. Erkaklaming «Podachilar», «Tovoq», «Chorqarsak», «Pichoq», «Ufo-jaqala», «Yaqqu-yaq», «Chavandozlan", «Duchova» kabi raqslari jangovor, mehnat va marosimlami tasvirlaydi. Xorazm vohasi folklor raqs san'atining eng go'zal namunalari bo'lgan to'qqiz turdagi «Lazgi»raqsining har-biri alohida o'z tarixi va mazmuniga ega. «Olov», «Qayroq», «Garmon», «Dutor», «Surnay», «Xiva», «O'g'lon bola»,

«Masxaraboz», «Zamonaviy» lazgi raqslarining o'z ijrochilari bor. «Masxaraboz lazgi» sining murakkab yo'sindagi epchillik bilan o'tirish va umbaloq oshib bajariladigan «Kosa», «Pichoq», «Tayoq» raqslari, maishiy turmush bilan bogliq «Cho'girma», «Sipsa o'yini», «Non yopish» kabi raqslar, yomon fazilatli insonlami tanqid qiluvchi, hayvon yoki qushlarga taqlid qilib ijro etiladigan taqlidiy-pantomimik «Chag'alloq», «Xo'roz», «Qumpishak», «G'oz», «Ot o'yini» kabi raqslari xalq xarakterini ochib beradi. Toshkent-Farg'ona vodiysiga xos «Kichkinajon-kichkina», «Omon yor», «Vohay bola», Buxoro-Samarqand vohasiga xos mehnat va hazil-mutoyibali raqslari bilan tomoshabin qalbidan chuqur joy oladi. Shuning uchun marosim va bayramlarda folklor janridagi xalq raqslari zo'r qiziqish bilan tomosha qilinadi. Folklor-etnografik ansambllar dasturidagi raqslaming ijrosi natijasida milliy qadriyatlarimiz, go'zal va nafis san'atimizning qirralari, urf-odatlarimiz, an'ana va marosimlarimiz yanada jonlanadi. Folklor raqslari xalq qalbiga yaqin bo'lgan oddiy va sodda harakatlar ijrosi bilan sahnaviy raqslardan farq qiladi.45 Xalq orasida shakllangan raqslarda ijrochi o'zi bilganiday erkin taqlidiy harakatlar qiladi. Professional ijrochi esa ma'lum harakatlar majmuasi chegarasidan chiqmasdan, ma'lum qoidalar asosida muayyan harakatlami ijro etib, o'zi ijro etayotgan raqsning falsafiy mazmunini anglagan holda ijro etadi. Bundan tashqari folklor raqslarda ishlatiladigan qoshiq, so'zana, kadi, tayoq, palak, urchuq, qayroq, angishvona va likob, choynakpiyola, yog'och tovoq kabi atributlaming hamda har bir vohaning o'ziga xos bo'lgan, betakror liboslari, taqinchoqlarining o'rni beqiyosdir. Bu ansambllar «Navro'z», «Mustaqillik»umumxalq bayramlari, «Sharq taronalari», «Asrlar sadosi», turli xalq ijodiyoti halqaro festivallarida ishtiroki orqali nafaqat o'zbek xalqining, balki chet davlatlardan kelgan mehmonlaming ham olqishi va tahsiniga sazovor bo'lmoqdalar. Respublikamiz va jahonning ko'plab davlatlariga o'zbek xalq san'atini, xususan, folklor raqs janrini tanitishga erishgan «Boysun», «Chavki», «Mohi sitora» kabi folklor-etnografik ansambllar shular jumlasidandir. Birgina misol qilib olsak, «Boysun» ansambli «YUNESKO» Xalqaro tashkilotning ro'yxatiga kiritilishi fikrimizga dalil bo'la oladi. Bugungi kunda folklor-etnografik ansambllarga dastur tayyorlashda xalq raqs an'anasining muhim xususiyatlaridan biri bo'lmish syujetli raqslardan foydalanishga jiddiy e'tibor berish lozim. Chunki syujetli raqs ommaviy tadbirlardagi teatrlashtirilgan kompozitsiyaning epizodlarini bir-biriga bog'lab yuborishi tabiiydir.46

Albatta bu yo'lda davlatimiz so'nggi yillarda samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan 2020-yilda qabul qilingan «Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

45 https//uzbekistan.travel. Lazgi raqsi - Xorazm folklorining yuragi

46 . Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478 bet

4584-sonli qarori hamda xuddi shu sanada qabul qilingan «Raqs san'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 4585-sonli qarorlari ayni so'zlarning isbotidir. Raqs-beqiyos kuch, inson tafakkuri va shuurining mahsuli sifatida butun jamiyat uchun muhimligi barchamizga ma'lum.

Lazgi raqsining rivoji yo'lidagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan «Lazgi» xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida»gi 2020-yil 28-sentabrdagi 4843-sonli qarori juda katta voqea bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. O'zbekning boy raqs san'ati tarixida alohida o'rin egallagan lazgini ulug'ligini xalqaro festival darajasida namoyish qilishdan maqsad eng avvalo «Xorazm lazgi raqsi»ning asriy an'analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san'ati orqali xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko'lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish hisoblanadi. Raqs marosim yoki e'tibor belgisi sifatida ishlatilgan bo'lsa bugunga kelib raqs yuksak san'at namunasi darajasiga ko'tarildi. Zamon rivojlanib borayotgan ekan undan ortda qolmaslik uchun, bir vaqtlar bizni taraqqiyot yo'limizdan o'rnak olib rivoj topgan Yevropa darajasiga yetish uchun bugun bizdan ko'p o'qish va izlanish talab qilinadi. Bu yo'lda ayniqsa, milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish barchamizning ezgu burchimizdir. O'sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi.47

Bugun butun dunyoni Ommaviy madaniyat qamrab olayotgan bir davrda, o'z milliyligini e'zozlagan xalqgina millat ruhini asrab qoladi. Yangi O'zbekistonni qurmoqchi ekanmiz, eng avvalo uni ulug' g'oyalar, ezgu maqsadlar va albatta buyuk milliy qadriyatlar uyg'unligida qurishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. SH.M.Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "0'zbekiston"-2017 y.

2. F.M.Karamatov, "O'zbek xalq musiqa merosi", Toshkent G'.G'ulom nomidagi nashriyoti-1987 y.

3. E.Y.Saitova, N.E.Abraykulova. Xoreografiya va raqs san'ati asoslari. -T.: «Fan va texnologiya», 2015. 128 bet

4. https//uzbekistan.travel. Lazgi raqsi - Xorazm folklorining yuragi

47 Do'smurodova X. Raqs - qalbning yashirin tili. // Teatr jurnali. - Toshkent: 2021. 3-son. - B. 48.172 bet

5. G.Matyoqubova «Ofatijon «lazgi». - T. Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993. -64 bet.

6. Axborot qidiruv manbai: www.lex.uz

7. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478 bet

8. Do'smurodova X. Raqs - qalbning yashirin tili. // Teatr jurnali. - Toshkent: 2021. 3-son. - B. 48.172 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.