Научная статья на тему 'SURXON RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI'

SURXON RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
611
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
jamalak / dombira / chanqovuz / raqs harakatlari / tabiatga taqlid / folklore-etnografik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Erkinoy Saitova

Ushbu maqolada Surxon vohasining raqs san’ati uning taraqqiyot bosqichlari va o‘zbek raqs san’atida tutgan o‘rni batafsil yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXON RAQS SAN’ATINING SHAKLLANISHI»

SURXON RAQS SAN'ATINING SHAKLLANISHI

Erkinoy Saitova O'zbekiston davlat xoreogrfaiya akadmiyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxon vohasining raqs san'ati uning taraqqiyot bosqichlari va o'zbek raqs san'atida tutgan o'rni batafsil yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: jamalak, dombira, chanqovuz, raqs harakatlari, tabiatga taqlid, folklore-etnografik.

FORMATION OF SURKHAN DANCE ART

Erkinoy Saitova Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: In this article, the dance art of Surkhan's oasis is described in detail, its stages of development and its role in Uzbek dance art.

Keywords: jamalak, dombira, chanqovuz, dance movements, imitation of nature, folklore-ethnographic.

Raqs san'atining taraqqiyoti bevosita uni yaratgan xalqning tarixi bilan bog'liq ekanligi bois raqs san'ati tarixida ham uning aks etganligi borasida kengroq to'xtalib o'tish talab etiladi.

Hozirgi o'zbek raqs san'atida o'ziga xos, o'z uslubiga ega bo'lgan Xorazm, Buxoro va Farg'ona raqs maktablari tan olingan.

Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsaddan kelib chiqib, shu kungacha hali yaxshi o'rganilmagan, ilmiy jihatdan ko'rib chiqilmagan, adabiyotlarda yaxshi yoritilmagan Surxondaryo viloyati hududida shakllangan Surxon raqs maktabi haqida va bu raqs maktabining tarixiy ildizlari, taraqqiyot yo'li, hozirgi kundagi ahvoli haqida fikr yuritamiz.

O'zbekistonning janubida joylashgan Surxon vohasi qadim-qadimdan insoniyatning beshigi bo'lgan hududlaridan biri ekanligiga Boysun tumani Machay qishlog'idagi tosh asriga mansub neandertal odamlarning qarorgohi hisoblangan Teshiktosh kamaridan topilgan neandertal bolaning bosh suyagi va Zarautsoy darasidagi qoyalarga ibtidoiy odamlar tomonidan chizilgan suratlar guvohlik beradi.

Qorli tog'lar yon bag'rida sero't yaylovlari, hosildor yerlari, keng adirlari, sersuv daryo va soylari, hatto cho'llari bo'lgan bu o'lka odamlarning yashashi uchun juda qulay bo'lgan. Zamonlar o'tib davlatlar va dinlar paydo bo'lgach bu jannatmakon o'lka juda gavjum hududga aylangan. Surxon vohasi hududi qadimiy Baqtriya davlatining,

I ibiSi^^Bl ®57 http://oac.dsmi-qf.uz

Kushon imperiyasining, Arab xalifaligining, Turk xoqonligining, Buyuk Temur sohibqiron saltanatining tarkibida tarixiy jarayonlarni o'z boshidan kechirdi. Bu yerlik aholi totemistik e'tiqodlarni, zardushtiylik, buddaviylik va islom dinlarini kо'rdi. Har bir tarixiy jarayon xalqning turmushi va madaniyatida o'z izini qoldirdi.

Surxon diyori qadimiy Buyuk ipak yo'lining shimolni janub bilan, sharqni g'arb bilan bog'lab turgan serqatnov bekati bo'lgani uchun bu hududda yashagan xalqlar qo'shni davlatlar, qo'shni xalqlar bilan doimiy aloqada bo'lib keldi. Natijada, Surxon vohasida o'ziga xos madaniyat paydo bo'ldi.

Surxon raqs san'ati, raqslari haqida gapirishdan oldin, umuman raqs san'ati haqida qisqacha mulohazalarni bayon etishni lozim topdik.

Odamlar nima uchun raqsga tushadilar?

San'atshunos olima L.Avdeyeva o'zining "O'zbek milliy raqsi tarixidan" nomli kitobida "Raqs - zamon va makonda mavjud san'at bo'lib, bunda badiiy obraz inson gavdasining ritmik uyushgan tasviriy va ifodali harakatlari bilan yaratildi", - deb yozadi.

To'g'ri, raqsni birgina shunday qisqa qoida bilan tushuntirib bo'lmaydi. Bu qoida raqsni tashqi ko'rinishini tasvirlaydi xolos.

Raqs faqat bir millatga xos san'at emas, balki umuminsoniy badiiy ijodning mahsuli bo'lib, dunyoning barcha millatlariga xos san'at turidir.

Inson hayotning go'zalliklari, o'zining bu keng olamdagi o'rnini, o'z tuyg'ulari, nozik hislari, falsafiy o'ylarini gavda harakatlari bilan ifoda etishga ehtiyoj sezgandagina to'laqonli raqs san'atini yaratgan. Bu sirli ehtiyojni qondirish inson hayotining bir bo'lagiga aylangan.

Xalq orasida shakllangan o'yinlarda ijrochi o'z bilganiday erkin taqlidiy harakatlar qilsa, raqs ijrochisi ma'lum harakatlar majmua chegarasidan chiqmasdan, ma'lum qoidalar asosida muayyan harakatlarni ijro etib o'zi ijro etayotgan raqsning falsafiy mazmunini ochib beradi. Har bir raqs inson ma'naviyatining bir qirrasini ochadi.

O'zbek milliy raqslari xalqning turmushi, tabiati, makoni, ramziy marosimlari, xalq hayotining o'zidan tug'ilgan va shu xalqning hayotini tasvirlab kelgan. Shuning uchun ham raqs san'ati xalqimiz hayotining, madaniyat va ma'rifatining bir bo'lagi sifatida yashab kelmoqda.

Raqs san'atining mazmunidan kelib chiqib san'atshunoslar raqsni quyidagi turlarga bo'lib chiqqanlar.

1. Mazmunli-syujetli raqslar.

2. Lirik mumtoz raqslar.

3. Ornamental raqslar.

Lekin inson his-tuyg'ulari, hayot ko'rinishlari cheksiz bo'lganidek, raqs turlari, raqsdagi harakat turlari ham cheksizdir. Raqslarni turlarga bo'lishning o'zi ham nisbiy

I icclT^^^^H 558 http://oac.dsmi-qf.uz

tushuncha .

San'atning barcha yo'nalishlari asosan ikkiga bo'linadi.

1. Xalq ijodiyoti.

2. Professionaler ijodiyot.

Xalq ijodiyotiga oid raqslar odatda havaskorlar tomonidan ijro etiladi. Havaskorlar ijro etgan raqslar ko'rinishdan sodda, raqsiy bezaklari kamroq, harakatlari oddiy bo'ladi. Professional ijrochilar tomonidan ijro etilgan raqslar esa shu hududda paydo bo'lgan raqs uslublari, holat va harakatlaridan foydalanib, mazmunan qayta to'qilgan va shaklan mukammallashtirilgan bo'ladi.

Shu tobda o'z-o'zidan tabiiy bir savol tug'iladi.

O'zbek raqs san'atida qadimdan professional ijrochilik bo'lganmi?

Olimlarning ta'kidlashicha o'zbek raqs san'atida qadimdan professional san'atkorlar bo'lgan. Biz ilgariroq aytib o'tganimizdek, davlatlar va mistik dinlarning paydo bo'lishi, diniy va umumxalq bayram, sayllarning o'tkazilishi, sayllarda ma'rifiy turmush kechirish uchun shart-sharoit yaratilishi, barcha san'at turlarida, shuningdek raqs san'atida ham professional san'atkorlarga ehtiyojni kuchaytirgan. Professional raqs ustalari yaratgan raqslar avloddan-avlodga o'tib, bizning davrimizgacha yetib kelgan.

Hozirgi kundagi o'zbek raqsining ahvoliga nazar solsak, o'zbek raqs san'atida asosan 3 ta:

1. Farg'ona raqs san'ati uslubi

2. Buxoro raqs san'ati uslubi

3. Xorazm raqs san'ati uslubi tan olinganligiga guvoh bo'lamiz.

Bu uchta raqs uslubi san'atshunoslarimiz tomonidan yaxshi o'rganilgan va bu haqda barcha asarlarda, Farg'ona va Buxorodagi «Katta o'yin», «Maqom raqsi», Xorazmdagi «Maqom ufori» kabi o'zbek xoreografiyasi klassikasi bo'lgan raqslar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Lekin, Surxon vohasi raqslari haqida, Surxon raqs uslubiyati haqida aytarlik hech narsa yozilmagan.

2001 yilda nashr etilgan L.Avdeyevaning «O'zbek milliy raqsi tarixidan» deb nomlangan kitobida ham Surxon vohasi raqs uslubi haqida qisqagina umumiy gaplar yozilgan va Boysun tumanida bir necha ibtidoiy o'yinlar tilga olingan xolos.

Surxon vohasining raqs san'ati o'ta milliyligi tufayli sovet mafkurasidagi mahalliy rahbarlar tomonidan «eskilik sarqiti» sifatida qabul qilinganligi ham Surxondaryo raqs uslubining rivojiga xalaqit berdi.

Surxon vohasi raqslari tog'lik Boysun tumanidagi «Shalola» ashula va raqs ansambli 1975 yilda Polsha Respublikasining Zakopene shahrida bo'lib o'tgan VIII jahon tog'lik o'lkalari folklor festivalida qatnashib, «Kumush bolta» sovrindori bo'lganidan keyingina san'at ahlining e'tiborini tortgandek bo'ldi. Vaholanki, hozirgi kunga kelib surxoncha harakatlar Respublikamizdagi aksariyat folklor ansambllari

I ibiSi^^Bl ®59 http://oac.dsmi-qf.uz

harakatlarida keragidan ortiq foydalanilishi, uning chegaralanishini ham taqozo etib qoldi.

Raqs san'ati o'z ijodkor ijrochilari bilan yashab keladi.

Surxon vohasining qadimiy raqslarining bilimdoni va ijrochisi bo'lgan qariyalar olamdan o'tdi. Lekin, baribir Surxon raqslari butunlay yo'qolib ketmadi.

Surxon raqs maktabi uslubi va bu maktabga mansub raqslar, raqslardagi turli harakatlar tasviri haqida yozayotganda asosan Boysun tumani Markaziy madaniyat uyi qoshidagi "Boysun" folklor-etnografik ansamblida to'plangan materiallaridan ijodiy foydalandik.

Surxondaryo viloyatining shimoliy-sharqiy hududidagi Boysuntog' tizmasining yonbag'rida joylashgan Boysun tumani Respublikamizning qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri hisoblanadi.

Boysun tumanida 94 ming nafar atrofida aholi yashaydi.

Boysun tumani hududida yashagan elatlar Markaziy Osiyoda yashagan barcha turkiy xalqlarning tarixiy kechinmalarini o'z boshidan o'tkazgan. Bu hudud qadimiy Ipak yo'lining strategik nuqtalaridan biri bo'lgan savdo yo'lida joylashgan va bojxona xizmatini o'tagan, tarixda «Temir darvoza» deb nom olgan Darband qishlog'i faqat Baqtriya mamlakatini Movarounnahr bilan emas, balki shimoliy mamlakatlarni Hindiston bilan bog'lovchi katta karvon yo'llaridan biri bo'lgan. Tabiiyki, madaniy aloqalarning chorrahasida joylashgani uchun bu hududda yashagan aholining madaniy va ma'naviy salohiyati baland bo'lgan.

Boysun qadimdan o'zining san'ati bilan ham mashhur bo'lib kelgan. XX asrning boshlarida yashagan boysunlik san'atkorlar Hoji Bolta raqqosning ijro etgan raqslari, Orzigul ismli raqqosa ayolning betakror ijrolari, hofiz Usta Qurbon Davlatmamat o'g'li va Mulla Juma Dutoriylarning qo'shiqlari xaqida Boysun aholisi orasida hozirgacha afsonalar yuradi.

Boysun tumanida san'atning ota merosligi, davomiyligi hozirgacha uzilmagan va «Boysun» folklor-etnografik xalq ansambli buning tirik misolidir.

1929 yilda Boysun tumanidagi san'atkorlar uyushib, Respublikamizda birinchilar qatorida «Ko'k ko'ylakchilar» nomli xalq teatri tashkil etganlar. Bu teatr Ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar faoliyat ko'rsatgan. Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin, teatrning urushdan omon qaytgan xodimlari Boysun tuman Madaniyat uyi qoshida badiiy havaskorlik to'garagi tashkil qilganlar. Bu badiiy to'garak asta-sekin obro' qozonib borgan. Bu davrda Boysun tumanida ajoyib hofiz Inoyat G'ofurov, kamon ustasi Akram Oripov, surnay va nayning tengsiz ustasi Rajab mehtar Doniyev, hofiz va dutor sozandasi Zikrulla Umarov, doyrachilar Ziyodulla Abdullayev, Po'lat Tog'ayevlar Boysun san'atini mashhur qilganlar.

1961 yilda tuman Madaniyat uyi qoshidagi badiiy havaskorlar to'garagi zamirida ashula va raqs ansambli tuzilib, O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev va

I [ccñ^^BI 560 http://oac.dsmi-qf.uz

mashhur kinorejissyor Uchqun Nazarovning taklifi bilan unga «Shalola» deb nom berishgandi. «Shalola» juda tez shuhrat qozondi, ansambl iste'dodli yoshlar bilan to'ldirildi va unga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, g'ijjak va dutorning mohir ijrochisi Qayumjon Abdulxayrov badiiy rahbar etib tayinlandi.

1986 yilda Boysun tuman Markaziy madaniyat uyi qoshida "Boysun" folklor-etnografik ansambli tuzildi. Unga Holiq Xursandov badiiy rahbar, Habib Umarov musiqa rahbari etib tayinlandilar. «Boysun» folklor-etnografik ansamblining tashkil topishi Surxon vohasi san'atining hayotida katta voqea bo'ldi. Mustaqillik tufayli bu ansambl ijodkorlari tog'lik Boysun tumani hududidagi va Surxon vohasidagi marosimlar, qadimiy qo'shiqlar, qadimiy kuy va ohanglar bilan bir qatorda, qadimiy raqslarni tiklash yo'lida ham katta jonbozlik ko'rsatdilar.

Ansambl faoliyati uchun yaratilgan ijodiy muhit uning a'zolari va ijodkorlarini ruhlantirdi. Tinimsiz mehnat natijasida «Boysun» jahon arenasiga chiqdi. U ijodiy safar bilan Afg'oniston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston davlatlarida bo'lib, o'zbek fol'klor san'atini namoyish qildi va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi.

"Boysun" ansambli ijodiy faoliyati to'g'risida bir nechta filmlar yaratildi. 2001 yilda Xalqaro «YUNESKO» tashkilotining Boysun tumani Xalq og'zaki ijodiyotini «Jahon nomoddiy boyliklari durdonasi hududi» deb e'lon qilishida «Boysun» folklor-etnografik ansamblining xizmati beqiyos edi. "YUNESKO" tashkiloti ishtirokida Boysun tumanida xalqaro "Boysun bahori" ochiq folklor festivali tashkil etildi. Bu ham Surxon vohasi san'atini o'rganish ishlariga katta turtki bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Karimova "O'zbek raqslari" Toshkent. 2003 y.

2. H. Xursandov, Sh.Qurbonova "Surxon raqs maktabi" Toshkent. 2011 y.

3. E.Saitova, N. Abrayqulova "Xoreografiya va raqs san'ati asoslari" Toshkent. Navro'z. 2015 y.

4. N.Abraykulova "Raqs". Toshkent. "BARKAMOL FAYZ MEDIA" 2017 y.

5. N.Abraykulova "Raqs". Toshkent. "TURON-IQBOL" 2018 y.

6. D.Sayfullayeva, S.Zokirova, X.Xamidova "Merosiy raqs durdonalari" Toshkent, G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 2003 y.

561

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.