Научная статья на тему 'FOLKLOR ASARLARІDA HUDUDІY SHEVALARDAN FOYDALANІSH USULLARІ'

FOLKLOR ASARLARІDA HUDUDІY SHEVALARDAN FOYDALANІSH USULLARІ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
21
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
folklor / ertak maqol / matal / topіshmoq / askіya / qo’shіq / marsіya / xalq og’zakі іjodі

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kamoliddin Saidovich Isayev

Mazkur maqolada hududіy shevalarnі folklor asarlarіda foydalanіsh to’g’rіsіda fіkr yurіtіlіngan bo’lіb, maqolada unіng og’zakіlіk, varіantlіlіk, ommavіylіk, tradіtsіonlіk, anonіmlіk kabі bеlgіlarіnі kollеktіvlіk tomonіdan yaratіlgan poetіka elеmеntlarі, an’anavіy uslub vosіtalarі asosіda yuzaga kеlіshі aytіb o’tіlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR ASARLARІDA HUDUDІY SHEVALARDAN FOYDALANІSH USULLARІ»

FOLKLOR ASARLARIDA HUDUDIY SHEVALARDAN FOYDALANISH

USULLARI

Kamoliddin Saidovich Isayev

O'zDSMI

Annotatsiya: Mazkur maqolada hududiy shevalarni folklor asarlarida foydalanish to'g'risida fikr yuritilingan bo'lib, maqolada uning og'zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: folklor, ertak maqol, matal, topishmoq, askiya, qo'shiq, marsiya, xalq og'zaki ijodi

METHODS OF USING REGIONAL DIALECTS IN FOLKLORE WORKS

Kamoliddin Saidovich Isayev

UzSIAC

Abstract: This article discusses the use of regional dialects in folklore works, stating that its characteristics such as oral, variant, popular, traditional, and anonymous are created on the basis of collective poetic elements and traditional stylistic tools. passed.

Keywords: folklore, fairy tale, proverb, matal, puzzle, askiya, song, dirge, folk oral creation

Folklor asarlari o'zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g'oyaviy mohiyati hamda o'ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turishi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu-istagi, kurash va g'alabalari uning temasi va g'oyaviy mazmunida aks etadi. Folklor asarlarining xalqchillik xususiyati ularning hayotiyligi va qaysi bir dunyoqarashni himoya qilishi bilan bog'lanadi. Bu xususiyat, asosan, folklor asarlarida mavjud bo'lgan bosh g'oyaning mohiyatidan kelib chiqadi. Folklor asarlari o'ziga xos badiiy qolip-andozaga ham egadir. Ayniqsa, ertak va dostonlarda mavjud syujet va kompozitsiya hikoya qilish uslubi xarakterli bo'lib, har ikki janrga xos syujet voqelari doimo o'ziga xos boshlanma va tugallanmaga ega bo'ladi. Bunday xususiyat yozma adabiyotda uchramaydi.

Xalq og'zaki ijodining o'z ijodiy metodi mavjud bo'lib, uni shartli ravishda romantizm tipidagi ijodiy metod deyish mumkin, chunki folklor asarlarida fantastika, badiiy uydirmalar, hayotiy asos bo'lishi, yo'g'rilgan xayoliy voqea va hodisalar

hayotni tasvirlashning o'ziga xos uslubi sifatida namoyon bo'ladi. Xalq og'zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egadir. Uning og'zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga keladi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo'ljallangan bo'lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etadi.

80-yillardan boshlab o'zbek marosim folklori B.Sarimsoqov tomonidan o'rganila boshlangan. Olim o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi, tasnifi, genezisi va tarixiy taraqqiyoti, o'zbek oilaviymaishiy marosimlar folklori, mavsumiy marosimlar folklori, so'z magiyasiga aloqador badik, kinna, olqish va qarg'ish kabi janrlarni tadqiq etgan.

Marosim folklorni tipologik aspektda o'rgangan B.Sarimsoqov o'zining bu yo'nalishdagi tadqiqotlarini «O'zbek marosim folklori» (1986) nomli monografiyasida umumlashtirgan. Mazkur asarning ilmiy qimmati shundan iboratki, unda «marosim» va «marosim folklori» tushunchalarining mohiyati oydinlashtirilgan, o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi bir necha mezonlar asosida izchil tasniflangan. «Yas-yusun», «Oblo baraka», «Shox moylar», «Lola sayli», «Loy tutish», shamol chaqirish va yomg'ir yog'dirish bilan bog'liq marosimi folklor namunalari, so'z magiyasiga asoslangan badik va kinna janrlari tadqiq etilgan.

Folklor namunalari og'zaki yaratilib, og'zaki ijro etilishi bilan xarakterlanadi.Uning o'ziga xos xususiyati shundaki, xalq og'zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmaydi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og'zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Xalqning til boyligi birinchi navbatda uning folkorida namoyon boladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini o'rganish zarur.Darhaqiqat, folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan boiadi. Og'zakilik, variantlilik folklorning o'ziga xos xususiyati bo'lib, uxalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bogiiq ekanligini urg'ulaydi, ya'ni folklor asarlariga turg'unlik xos emas, u har galgi ijroda o'zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yüksak namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor - shunchaki so'z san'ati namunasigina emas, balki xalqningtil zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo'y basti bilan o'zidaaks ettirgan, olis o'tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o' zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetik tafakkurga o'tish jarayoni aks etgan ekan, demak, til tarixini o'rganishda xalq ijodi namunalariga suyanib ish ko'rish lozim bo'ladi. Tildagi hech bir so'z o'zo'zidan paydo bo'lmaydi,

u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi yoki o'zlashadi. Qachonlardir mifologik tasavvurni ifodalagan so'z keyinchalik o'zining asil ma'nosini unutib yoki dastlabki ma'no qatlami xiralashib, keyingi ma'no qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud ertak, doston, qo'shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ko'proq xalqimizning samoviy jismlar, o'simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bogiiq eng qadimgi tasavvurlari o'z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko'plab so'zlarning kirib kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan. O'zbek folklori quyidagi turlarga bo'linadi: ertak, topishmoqlar, maqol va matallar, mif vca afsonalar, xalq qo'shiqlari, latifa va askiyalar h.k.

Turkiy xalqlar mifologiyasi boshqa xalq og'zaki ijodi na'munalariga qaraganda qadimiyroqdir. Folklor na'munalaridan yana biri maqol xalq og'zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo'lgan janrlaridan biri bo'lib, u xalqning ko'p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Maqollar o'zlarining ijtimoiy-g'oyaviy funksiyalariga ko'ra, asosan, keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba'zi ijtimoiy tabaqa yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Maqol termini arabcha - qavlun (aytmoq, gapirmoq) so'zidan olingan bo'lib, o'zbek tilida u xalq donoligining namunasi hisoblanadi. Topishmoq xalqning hayotini, turmush madaniyatini, urf-odatlarini, predmetlarning badiiy-estetik tomonlarini o'zida aks ettiruvchi folklorning eng qadimiy, eng kichik va ixcham mustaqil janri hisoblanadi. Topishmoq janri o'zbeklarda topishmoq, topmacha, topar cho'pchak, top-top, jumboq, matal, masala kabi bir necha terminlar bilan yuritilganligi. Topishmoqlar-xalq og'zari ijodning kichik janri sifatida qaralishi bilan xarakterlanadi.

Topishmoqlarning ma'rifiy, estetik va tarbiyaviy ahamiyat shundan iboratki, ular o'quvchilarni topqirlikka va mantiqiy fikrlashga o'rgatadi. An'anaviy topishmoqlarda xalq hayoti aks etadi. Askiya o'zbek folklorining mustaqil janri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Askiya janridagi asarlarning kompozitsiyasi bir-biriga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Askiyada satira va yumorning o'rni beqiyosdir. Askiya turlari quyidagilar: payrov, safsata, o'xshatdim,va diolog shaklidagi askiyalar. Latifalarning janr tabiati o'zgachadir. Latifa janri o'zining tarixiy asoslariga ega. O'zbek xalq latifalarida obrazlar tizimi mavjud bo'ladi shu sababli, latifa janridagi asarlarda satira va yumor yetakchilik qiladi. Qo'shiqlar-o'zbek folklorining qadimiy va keng tarqalgan janrlardan biridir. O'zbek xalq qo'shiqlari janr mansubiyati, yaratilish davri, ijro o'rni va turi kabilar jihatidan xilma-xillik kasb etadi. Bu jihatdan xalq qo'shiqlari marosim va marosimga aloqasiz qo'shiqlarga bo'linadi. To'y va boshqa marosimlarda ijro etiladigan yoki motam yig'ilari marosim qo'shiqlarini tashkil topgan.

Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lishi, hayotiy va hayotiy uydirmalar asosiga ko'rilganligi, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertak-o'zbek og'zaki prozasining etakchi janrlaridan biri bo'lib, ularda xalqning ulug'vor g'oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, sotsial-axloqiy ideallari o'ziga xos yo'sinda badiiy aks etadi. Binobarin, ertaklar hech vaqt bekorchi, ertak narsalar emas, ular hamma vaqt muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadilar.Ertak epik folklorning mustaqil janridir. Ertak janridagi asarlarning o'ziga xos xususiyati shundaki ertaklar doimo yaxshilik bilan yakun topadi. Ertaklar boshqa janrlardan shu xususiyati bilan farqlanadi.

Xulosa sifatida shuni alohida ta'kidlash joizki, folklore asarlarida hududiy shevalardan foydalanish asarning qiymatini ohiruvchi omillardan biri hisobanadi. Bundan tashqari, millatning turmush tarzi, milliy qadriyatlari va an'analari xalq og'zaki ijodida o'z aksini topadi. Xalq og'zaki ijodi xalqning kim ekanligini ko'rsatadigan oinayi jahondir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Khurshid Jamolkhonovich Sayfullaev. Ingliz va o'zbek folklori janrlari orasidagi umumiylik xususiyatlari. Jizzax Davlat Pedagogika Instituti.

2. Sarimsoqov B. O'zbek folklorining janrlar sostavi. O'zbek folklori ocherklari.

3. 1-tom. T.: "Fan", 1998. - B.64-85 3. T.Mirzaev, Sh.Turdimov, M.Jo'raev, J.Eshonqulov, A.Tilavov. O'zbek follori. Darslik. Toshkent - 2017. 13-beT.

4. Haydarov A. Madaniyat - ma'naviy komillik poydevori // Teatr jurnali. -Toshkent: 2020. 2-son. - B. 50.

5. Gaziyev S., Ato H., Rahimov N. Madaniyat markazlarida barcha uchun ta'lim va rivojlanish imkoniyatlarini yaratish. - Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti. 2020. - B. 88.

6. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT bosmaxonasi. -Toshkent 2005. - B.170.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.