Научная статья на тему 'Folklor matnining lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o’zbek ertaklarining qiyosiy misolida)'

Folklor matnining lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o’zbek ertaklarining qiyosiy misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
191
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / ertak / ingliz / o’zbek / xalq ijodi / terminlar / ijodlari / til va madaniyat / prinstiplar / xalq og’zaki ijodi / Epos: afsona / naql / rivoyat / ertak / doston / terma / tarixiy qo’shiq / latifa

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazokat Allanazar Qizi Bekchanova

Mazkur maqolada o’zbek va ingliz xalq og’zaki ijodlari hamda ushbu terminga xos ravishda folklorshunoslik haqida fikr mulohazalar berildi. Shuningdek, tilni tahlil qilishda lingvokultural yondashuvning ahamiyati alohida ta’kidlanadi va ushbu ingliz va o’zbek folklori janrlaridagi g’oyaviy-badiiy prinstiplar umumiyligi, janrlarning o’zaro munosabatlariga oid mushtarakliklari va ingliz va o’zbek folklori janrlarining tarixiy o’xshashlik prinstiplari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Til va madaniyat, madaniyatning o’zaro bog’liqligi, aloqasi hamda o’zaro ta’siri muammolari madaniy hodisa va u tilshunoslikda o’ziga xos ilmiy ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Folklor matnining lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o’zbek ertaklarining qiyosiy misolida)»

Folklor matnining lingvokulturologik xususiyatlari (ingliz va o'zbek ertaklarining qiyosiy misolida)

Nazokat Allanazar qizi Bekchanova [email protected]

UrDU

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek va ingliz xalq og'zaki ijodlari hamda ushbu terminga xos ravishda folklorshunoslik haqida fikr mulohazalar berildi. Shuningdek, tilni tahlil qilishda lingvokultural yondashuvning ahamiyati alohida ta'kidlanadi va ushbu ingliz va o'zbek folklori janrlaridagi g'oyaviy-badiiy prinstiplar umumiyligi, janrlarning o'zaro munosabatlariga oid mushtarakliklari va ingliz va o'zbek folklori janrlarining tarixiy o'xshashlik prinstiplari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Til va madaniyat, madaniyatning o'zaro bog'liqligi, aloqasi hamda o'zaro ta'siri muammolari madaniy hodisa va u tilshunoslikda o'ziga xos ilmiy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: folklor, ertak, ingliz, o'zbek, xalq ijodi, terminlar, ijodlari, til va madaniyat, prinstiplar, xalq og'zaki ijodi, Epos: afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, terma, tarixiy qo'shiq, latifa

Linguoculturological features of the folklore text (on the comparative example of English and Uzbek fairy tales)

Nazokat Allanazar kizi Bekchanova [email protected]

UrSU

Abstract: This article provides feedback on Uzbek and English folklore, as well as folklore. The importance of the linguistic-cultural approach in the analysis of language is also emphasized, and the generality of these ideological and artistic principles in the genres of English and Uzbek folklore, the commonalities of genres and the principles of historical similarity of English and Uzbek folklore genres The problems of language and culture, the interdependence, connection and interaction of cultures are cultural phenomena and have a special scientific significance in linguistics.

Keywords: Folklore, Fairy tales, English, Uzbek, folk art, terms, works, Language and culture, principles, folklore, Epic: legend, narration, legend, fairy tale, epic, folk, historical song, anecdote.

Folklor - xalqaro termin. Lekin u turli mamlakatlarda turli ma'noda qo'llaniladi. Masalan, Angliya va AQShda xalq badiiy faoliyatining barcha turi «poetik ijod, musiqa, raqs, teatr, tasviriy va amaliy san'at, shuningdek irim-sirim, ishonch-e'tiqod va urf-odatlar shu termin bilan ataladi. Bizning o'zbek fanida esa bu termin konkretlashib bormoqda. «Folklor» deganda asosan xalq og'zaki ijodi tushuniladi. O'zbek folklorshunosligiga «folklor», «o'zbek folklori» terminlarini birinchi marta H.Zarif kiritdi (1934-35 yy). Folklor janrlarida musiqa, raqs, teatr san'ati elementlari qo'shilib ketadi, shuninguchun folklor sinkretik san"at deyiladi. Ayni paytda folklor asarlari san'atningboshqa turlarining o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi.

Og'zaki so'z san'ati «folklor» yoki «xalq og'zaki poetik ijodi» terminlari bilan ifodalanadi. Folklor termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yilda qo'llangan bo'lib, u ikki so'zdan iborat - «folk» xalq, «lore» -bilim, donolik, donishmandlik, ya'ni «xalq donishmandligi» demakdir.

Folklorshunoslik - xalq ijodi haqidagi fan, turli davrlarda va turli mamlakatlarda etnografiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, antropologiya va sotsiologiyaning bir qismi sifatida qaralib kelgan. Keyinchalik xalq san'atini (xalq og'zaki ijodi, musiqa folklori, raqsi, teatri, sirki kabi) o'rganuvchi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlanadi. Filologiya va san'atshunoslik fanlari bilan uzviy bog'liqdir. Folklorshunoslikning asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urfodat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor to'g'risidagi dastlabki fikrlari Folklorshunoslik uchun muhimdir. Turkiy xalqlarda folklor materiallarini yozib olish bo'yicha dastlabki tajribalar XI asrdan boshlab ko'zga tashlanadi (Maxmud Koshg'ariynit "Devonu lug'otit turk" asaridagi folklor materiallari). Shu bilan birga, yozuvchi va shoirlar tomonidan ertaklar, miflar, afsona va rivoyatlarni qayta ishlash jarayoni ham boshlandi. 18-asr va 19-asr boshlarida folklorga nisbatan ilmiy qiziqishning kuchayishi, xalq og'zaki ijodi materiallarini to'plash va nashr etish jadal rivojlanishi bilan bog'liq holda uni chinakamiga o'rganish boshlandi. Natijada Yevropa va Rossiya folklorshunosligida turli yo'nalishlar, maktablar yuzaga keldi. Shunday maktablardan biri mifologik maktab bo'lib, folklor janrlarining yuzaga kelishini qad. miflarga bog'laydi. Ma'rifatparvarlar esa, folklorning demokratik va sinkretik xarakterini, undagi umuminsoniy va milliy xususiyatlar birligini o'rganishga aloqida e'tibor berdilar.

Professor B.Sarimsoqovning fikricha, adabiyotdagi uch tumi folklor asarlariga ham qo'llash mumkin, lekin bu uch adabiy turdoirasiga sig'maydigan, faqat folklorga xos maqol, topishmoq, turli xildagi aytimlar, olqish va qarg'ishlar alohida tur sifatida ajratib o'rganilmog'i lozim.

Shu nuqtai nazardan olim o 'zbek folklori janrlari tarkibini quyidagi turlarga ajratadi:

1. Epos: afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, terma, tarixiy qo'shiq, latifa, lof;

2. Lirika: sevgi-muhabbat qo'shiqlari, marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari, laparlar;

3. Drama: og'zaki drama, kulgi hikoya, qo'g'irchoqbozlik, askiya;

4. Maxsus tur: oddiy o'tirish olqishlari, qarg'ish, so'kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi iboralar.

Ertak - bu parilar, goblinlar, knyazlar va malika kabi folklor xususiyatlarini o'z ichiga olgan ixcham hikoyadir. Ertaklar xalq ijodining kichik sinfidir. Eng qadimgi ertaklar og'zaki tarzda hikoya qilinib yozib olingunga qadar nasldan naslga o'tib keldi. Ushbu hikoyalar yaxshilab o'rganilganda shuni ko'rsatdiki, bir ertakning bir nechta, hatto 10 dan ortiq versiyalari mavjud ekan. Har bir ertakning o'ziga xos hikoya qilish usuli va madaniy elementlari bor mavjud hisoblamadi. Bu omil ko'p holarda voqea aytilgan joy va vaqtga bog'liq. Bugungi kunda turli mualliflar hali ham ertaklarning yangi versiyalarini ixtiro ilish va yozishni yoqtirishadi (Hallett & Karasek, 2009;Tiberghein 2007).

Ertaklarning tarbiyaviy jihatdan o'rni beqiyosdir. Chunki ular bolalarni sog'lom muhitda o'sib unishlari uchun imkoniyat yaratib beradi va to'gri yo'lga boshlaydi. Shu o'rinda ertaklar haqida V.G.Gusev tomonidan bildirilgan ikrlarni eslatish muhim. Uning fikricha, "Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar real hayotda aksini topmagach, fantastik tarzda ertaklarda o'z yechimiga ega bo'ladi".

Biz ingliz va o'zbek folklorining janrlar tizimini o'rganar ekanmiz, bu tizim, birinchidan, ulardagi g'oyaviy-badiiy prinstiplar umumiyligiga; ikkinchidan, ularning tarixan taraqqiy etgan o'zaro munosabatlariga; uchinchidan, janrlar tarixiy taqdiridagi umumiylikka bog'liq holda vujudga kelishini tahlil qildik. Tahlilimizda quyidagi umumiyliklarni aniqladik:

Ingliz va o 'zbekfolklori janrlaridagi g'oyaviy-badiiy prinsiplar umumiyligi. Har bir janr boshqalaridan farqli xususiyatlarga qaramay, ushtarak etuvchi jihatlarga ham egaki, ana shu mushtaraklik ularni yagona tizimga bo'ysundiradi. Bular quyidagilardan iborat:

a) ingliz va o'zbek xalq og'zaki ijodiyotidagi barcha janrlar g'oyaviy mohiyatiga ko'ra o'zaro mushtarak bo'lib, ularning hammasida ham xalq hayoti, ruhiyati, orzu-umidlari, shodlik va kulfatlari ifodalangan; har ikki millat folklori xalq ruhiyatini tasvirlashni o"z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

b) folklor janrlar orasidagi o'zaro aloqa ularning voqelikni aks ettirishdagi o'xshashligida ham ko'rinadi. Har bir janr o'z xususiyatidan kelib chiqib hayotning ma"lum bir tomonini ifodalaydi. Masalan, ma"lum bir guruhdagi janrlar xalq tarixini aks ettiradi: doston, tarixiy qo'shiq, rivoyat, afsona kabilar. Lirik qo'shiqlar shaxsiy insoniy kechinmalarni aks ettirsa, maqol va naqllar xalqning axloqiy qarashlari va hayot tajribalaridan olgan saboqlarini ifoda etadi. Bu xususiyatlarni ham har ikki millat og'zaki ijodi namunalarida ko'rish mumkin;

c) folklor janrlari g'oyaviy mushtarakligi, shuningdek, voqelikni ifodalashdagi vazifasining mushtarakligi ularda mavzu, syujet va qahramonlar o'xshashligini, umumiyligini yuzaga keltirgan;

d) folklor janrlari uchun xalq estetik prinstiplari ham umumiydir: soddalik, qisqalik, ixchamlik, syujetlilik, tabiatni poetiklashtirish, qahramonlar axloqiy bahosining aniqligi (ijobiy va salbiy)ni ta"minlagan;

e) xalq og'zaki ijodi janrlari badiiy-tasviriy vositalar tizimining umumiyligi bilan o'zaro aloqadordir: ramzlari, majoziyligi, sifatlashdagi o'zgachaliklari ham muayyan tizimni tashkil etadi.

Ingliz tili misollarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, zamonaviy nutqning barcha farqlari ingliz va rus madaniyatlari, bu sohadagi kontseptualizatsiya strategiyasi farqlardan ko'ra o'xshashlik bilan tavsiflanadi.

Adabiy vositalar - bu yozuvchilar matn yaratish uchun foydalanadigan o'ziga xos til texnikasi bo'lib, u odatda aniq, qiziqarli va esda qolarli bo'ladi. So'zlar yoki so'zlarning ayrim qismlari biz eshitganimizda o'ziga xos ta'sir turlariga erishish uchun ular klaster yoki yonma-yon joylashtirilishi mumkin. Ko'pgina so'zlar bir vaqtning o'zida bir nechta ma'nolarni bildirishi mumkin va shu orqali ham badiiy vositalar hosil qilinishi mumkin. Aslida, majoziy tilni o'rganish ancha uzoq tarixga ega hisoblanadi. Aristotel kabi qadimgi faylasuflar birinchilardan bo'lib majoziy tilning ishlatilishi va vazifasi hamda ushbu tarmoqqa aloqador nazariyani ilgari surdilar. Aristotel majoziy til shunchaki bezak emas, balki odamlarning asl holatini bizga allaqachon tanish bo'lgan narsalarga taqqoslash orqali hayotiy tarzda aks ettirishini ta'kidlagan. XULOSA

Ingliz xalq og'zaki ijodi millat o'ziga bo'ysundirgan qabilalar adabiyoti hisobiga rivojlangan. Ingliz millatiga mansub og'zaki ijod namunalarida aynan shuning uchun ham dunyoning turli xalqlarining folklori namunalariga o'xshash jihatlarni ko'plab ko'rish, uchratish mumkin. O'quvchini qiziqtira olish, tasavvurini rivojlantirish hamda ularni o'ziga jalb etish uchun ertaklarda turli xil badiiy vositalardan foydalaniladi. Bu vostilar turlicha nomlanishi mumkin: vositalar, unsurlar, resurslar kabi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sarimsoqov B. O„zbek folklorining janrlar sostavi. //O„zbek folklori ocherklari. 3 tomlik, 1 -tom. T.: «Fan», 1988. - B.64-85.

2. Mirzaeva S. O„zbek realistik adabiyotida folklor an"analari. Folklorshunoslikdan o„quv-uslubiy qo„llanma.-T.:"Istiqlol", 2005.-B.83

3. Кургузенкова Ж.В. Концептуализация женской красоты в английской языковой культуре //Вестник Российского университета дружбы народов. Серия: Русский и иностранные языки и методика их преподавания. 2016. № 1. С. 97—102.

4. Eshmurodova O. (2014). ERTAK VA MASAL JANRIDAGI ASARLARNI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

5. Kamola Abdulloyeva, Buxoro davlat tibbiyot instituti Ingliz tili o'qituvchisi / INGLIZ HAMDA O'ZBEK ERTAKLARINING INGVOMADANIY HAMDASTILISTIK TAHLILI / Maqola

6. Mirzaeva S. O„zbek realistik adabiyotida folklor an"analari. Folklorshunoslikdan o„quv-uslubiy qo„llanma.-T.:"Istiqlol", 2005.-B.83.

7. Khurshid Jamolkhonovich Sayfullayev, Jizzax Davlat Pedagogika Instituti / INGLIZ VA O'ZBEK FOLKLORI JANRLARI ORASIDAGI UMUMIYLIK.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.