Научная статья на тему 'ERTAK JANRINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ERTAK JANRINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

6017
280
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ertak / janr / xususiyat / halq / elat / to‘qima / imon-e'tiqod / ma'naviy-madaniy / epik sarguzasht / hajviy / fairy tale / genre / feature / people / ethnicity / texture / faith / spiritualcultural / epic adventure / comedy

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rustam Davronovich Juraqulov

Ushbu maqolada ertak janrining o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi va shu bilan birga ertaklar har bir halqning tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh elu elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o'rganishda muhim manba vazifasini o'taydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article is specific to the fairy tale genre features are discussed, and at the same time, each of the fairy tales, the history of the people, the spiritual and cultural life, the inner world, the inner world, the faith, the social relations with other fraternal peoples, the relationship, the customs, the climate and the nature of the place of residence, serves as an important resource in the study of conditions

Текст научной работы на тему «ERTAK JANRINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

ERTAK JANRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rustam Davronovich Juraqulov

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ertak jamming o'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi va shu bilan birga ertaklar har bir halqning tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh elu elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o'rganishda muhim manba vazifasini o'taydi.

Kalit so'zlar: ertak, janr, xususiyat, halq, elat, to'qima, imon-e'tiqod, ma'naviy-madaniy, epik sarguzasht, hajviy.

In this article is specific to the fairy tale genre features are discussed, and at the same time, each of the fairy tales, the history of the people, the spiritual and cultural life, the inner world, the inner world, the faith, the social relations with other fraternal peoples, the relationship, the customs, the climate and the nature of the place of residence, serves as an important resource in the study of conditions.

Keywords: fairy tale, genre, feature, people, ethnicity, texture, faith, spiritual-cultural, epic adventure, comedy.

Ertak xalq og'zaki ijodidagi badiiy nasming eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Har birimiz bolalik vaqtimizdan ertak eshitib o'samiz. Bolalami ovutish uchun kattalar ertak aytib beradilar, bolalar ham ulg'ayib, maktabga bora boshlagan vaqtlaridan kichik-kichik ertaklarni o'zlari ayta boshlaydilar. Bu bolaning bir-biriga aytgan ertaklari qisman kattalardan eshitgani qisman esa o'zi to'qigani bo'ladi. Tadqiqotchi Yu. Sokolovlar shuni nazarda tutib bo'lsa kerak: «Bolalarning bir-birlariga aytib bergan ertaklari esa, deyarli yozib olinmadi», deb afsus qilgan edilar. Haqiqatan ham to'plangan xalq ertaklarini aytib beruvchilarni ko'zdan kechirar ekanmiz, aksariyat kattalar tomonidan aytilganining guvohi bo'lamiz.

Har bir millatning, xalqning ertagi o'sha yurtning tarixini,

ABSTRACT

KIRISH

ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-

May, 2022

e'tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o'rganishda muhim manba vazifasini o'taydi. Ertaklar o'z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlanish, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. Ertaklarning an'anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. An'anaviy kirishning vazifasi tinglovchilar e'tiborini bir nuqtaga jalb etish, ertak tinglashga hozirlashdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

An'anaviy kirishlar sujet tabiatiga mos tushadigan xayoliy fon yaratishni, auditoriya, tinglovchilar qalbida ko'tarinki ruh, xushchaqchaq kayfiyat paydo qilishni ko'zlaydi.

Odatda, ertaklarning kirish qismlari sajlangan nasriy parchalar shaklida bo'lib, zamon va makon haqidagi ma'lumotlarni ifoda etadi. Misol uchun «Gulpari» ertagining kirish qismida bu holatni ko'rishimiz mumkin. Quyida undan bir parcha keltiramiz: «Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, toshbaqa tarozidor ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan. Qadim zamonlarda Gulzor degan bir mamlakat bo'lgan ekan. Shu mamlakatda donishmandlikda tengi yo'q chol-u kampir yashagan ekan».[3]

Ba'zan kirish qismida ertakdagi hajviy ruhga ishora xarakterida bo'lishini ko'rishimiz mumkin: «Taraqa —turuq, omoch-u bo'yinturuq, Shomirzoyi qoqquruq, Boqi charaqi, baroq ko'z darvozaboni, hayhot, og'zingga nowot, siynani siynaga qo'yib, diqqina xap yot, oftobda shayton ko'ndalang, o'rikda maymun tippa-tik, qonim joningga jippo jip. Ammo lekin, tomga bekin, zamonlarning zamonida bir podsho bor ekan» kabi.

Ayrim ertaklarning kirish qism ayrim hollardagina ertak boshlanishiga ulansa boshqa vaqtda mustaqil holda qolaveradi. Ertakda boshlama sujet chizig'ida doimiy element hisoblansada, sujet rivojiga aloqador emas, balki harakatning tashkil topishiga turtki bermaydi. U qahramonlar haqid a ma'lumot beradi. Sujet chizig'ida sodir bo'ladigan voqea-hodisalarning qaysi zamon va makonda kechajagidan xabar beradi. Boshlama sujet yo'nalishida noaniqlik va umumiylik kasb etadi. «Bor ekanda, yo'q ekan. Och ekanda, to'q ekan. Qadim zamonda bir podsho o'tgan ekan» kabi.

Boshlamalar har gal bir-birini inkor etuvchi muddaoni ifoda

May, 2022

etadi. Ularda voqea va hodisalarning bo'lib o'tgan o'rni noma'lum bo'lib, nomi aytilmaydi, ularda noaniqlik hukmronlik qiladi: «Bir shahar, bir mamlakat» deb ta'kidlanadi, xolos. [5]

Sehrli ertaklar boshlanishida asosiy qahramonlar nomi sir saqlanadi, laqabigina izohlanadi: «Uch og'ayni bor ekan. To'ng'ichining oti — Yulduz sanar, o'rtanchasining oti — Daryo bog'lar, kenjasining oti — Qilich qora ekan».[4]

Ertak boshlamalari ko'rinishiga ko'ra uzun yo qisqa bo'lib, voqea hodisalarning kelajak o'rni va vaqti haqida noaniq, umumiy va mavhum ma'lumot beradi. Ba'zan boshlama ertak voqeligi bilan qo'shib yuborilishi ham kuzatiladi: «O'tgan zamonda uch aka-uka botirlar bo'lib, ular o'z omadlarini sinab ko'rish niyatida uzoq safarga yo'lga chiqibdilar». Bunday holatdagi boshlamalar ertakdagi voqealar rivojining tezlashishiga va keskinlashuviga, ziddiyatlarning kuchayishiga zamin hozirlaydi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, boshlama ekspozitsiya emas, balki unga — ekspozitsiyaga yo'l ochadi, o'rin beradi. Boshlama sujetga daxldor bo'lmay, ertakda sujet ekspozitsiyadan boshlanadi. Ekspozitsiya esa bevosita asarning tuguni bilan aloqador; sujet chizig'ini tashkil etuvchi hodisalar harakati, konflikt va voqealar rivoji ekspozitsiyadan boshlanadi: «U podshoning yolg'iz bir o'g'li bor ekan, — yillar o'tib, podshoning o'g'li ulg'ayibdi. Bir kuni u tushida bir qizni ko'rib, oshiq bo'lib qolibdi». Ayonlashayotirki, podshoning yolg'iz o'g'li borligi aytilishi sujetga harakat baxsh etsa, tushida qizni ko'rishi-tugunni hosil qilgan. Ayni choqda sujet rivojiga — epik sarguzashtga asos bo'luvchi konfliktga ishoraga aylangan. Ekspozitsiya, asosan, ertak bosh qahramonlarini aniqlaydi, yo'l-yo'lakay ularning axloq-odobi, qiyofasi, xarakter-xususiyati haqida ma'lumot beradi, o'zaro munosabatlarini oydinlashtiradi. Bu jihatdan «To'rabekxonim» ertagi ekspozitsiyasi diqqatga sazovor: «Bir podsho bor ekan, davlat unga yor ekan, qo'shnilari ko'p ekan, yurtdan ko'ngli to'q ekan, eli ko'p obod ekan, oti Odilshoh ekan, adl unga hamroh ekan. Odilshohning dunyoda birgina qizi bor ekan. Uning otini To'rabekxonim der ekanlar. Bu qiz yakka-yagona ekan, oqil-u dono ekan. Kiyim kiysa yarashar, hamma unga qarashar ekan, o'zi ko'p sohibjamol, har kim ko'rsa aqli lol ekan, ko'p kitob o'qir ekan, she'r-g'azal to'qir ekan. Saroyda maslahatchi, maydonda botir jangchi, arg'umoqlar yetolmas, yetib o'tib ketolmas ekan. To'rabekxonim o'n sakkiz yoshga yetgan, dovrug'i olamga ketgan ekan. Uzoq- yaqin yurtlardan shahzoda-yu xonvachcha — bekzodalar To'rabekxonimni xotinlikka olaman deb, umid bilan kelar

ekanlar, lekin To'rabekxonim barini mot qilib qaytarar ekan.

May, 2022

Kunlardan bir kuni Marv degan yurtning podshosi To'rabekxonimning ta'rifini eshitib, o'zini ko'rmay oshiq bo'lib qolibdi».[8] Ekspozitsiya ana shu zaylda ertak kompozitsiyasining ma'lum elementi sifatida sujet voqealariga aniqlik va ravonlik baxsh etadi va tugunga ishora tarzida yakun topadi.

Ertak sujetlari xilma-xil bo'lganidek, ulardagi tugun ham xarakter e'tiboriga ko'ra xilma-xil bo'ladi: Hayotiy ertaklarda tugun hayotiy — real bo 'ladi, bosh qahramonning biror malikaga oshiq bo'lishini izohlaydi: «yillar o'tib, podshoning o'g'li ulg'ayibdi. Bir kuni u tushida bir qizni ko'rib, oshiq bo'lib qolibdi». Bunda tushida ko'rilgan qizga oshiqlik hayotiy hodisa bo'lib, tugun uchun asos bo'lgan. Endi o'sha qizni izlab topish jarayoni epik sarguzashtni yuzaga keltiradi va shu asnoda tugun yechimga yuz tutadi. «Varqa bilan Gulshoh» ertagida esa tugun ijtimoiy tengsizjik negiziga qurilgan» Varqa bilan Gulshoh maktabda o'qib yurganlarida bir-birini sevib qolishgan. Ammo Varqaning otasi kambag'al ekan. Oylar ketidan oylar o'tibdi. Varqa Gulshohni so'ratib podshoga sovchi yuboribdi. Podshoga bu yoqmabdi. Chunki Varqa ham yetim, ham kambag'al.» Tugun hamisha konflikt mohiyatiga ishora xarakterida bo'ladi. Yuqoridagi misolda bu boylik va kambag'allik, podsholik va oddiy fuqarolik, ota-onasining borligi va yetimlik to'qnashuvidan xabar berib turibdi.

Sehrli —fantastik ertaklarda esa tugun xayoliy uydirmalar shaklida namoyon bo'ladi. Bu tipdagi tugun ertakda xayoliy fon yaratadi. Sehrli-fantastik ertaklardagi tugun mazmun-mohiyatiga ko'ra ikki yo'nalishga ega: Birinchisi — oilaviy shart-sharoit bilan bog'liq holda yuzaga keladi. Bunda o'gaylik motivi hal qiluvchi rol o'ynaydi: «Yoriltosh», «Opa-uka», «Opa-singil», «0ltin beshik», «Shokir va Shakar», «Zumrad bilan Qimmat» ertaklari tuguni shunday xarakterga ega. Chunonchi, «Zumrad bilan Qimmat» ertagi tuguniga e'tibor qilaylik: «Bir kuni kampir Zumradni yomonlab cholga do'q uribdi. Qizing beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor, bo'lmasa, sen bilan bir nafas ham birga turmayman». Ikkinchisi — sirli yoki dahshatli ko'ringan tabiat kuchlari bilan bog'liq holda tugun yuzaga keladi: «Podshoning qizi qirq kanizi bilan birga tilla taxtda o'tirar ekan. Bir yo'lbars kelib qattiq ulibdi, shunda hammayoq tuman bo'lib ketibdi. Tuman tarqalgandan keyin qirq kanizak qarasa, podshoning qizi yo'q emish».

Satirik va hayvonlar haqidagi ertaklarda ham tugun hayotiy — real bo'ladi va tanqidiy vazifani ado etadi. Chunonchi, satirik ertakda: «Podshoning o'g'li ko'ngli tusagan narsani qilib, aqlsiz o'sibdi»;

Hayvonlar haqidagi ertaklarda: - «Shu ho'kiz qo'shga

yaramay qoldi, bozorga olib borib sotib kel, — debdi. Xizmatkor

May, 2022

ho'kizni yetaklab bozorga borayotganida, bir daraxtdagi sassiqpopushak «pop-pop» debdi. — Ha, uka, ho'kiz olasanmi? — debdi xizmatkor. Popushak yana popoplabdi. Xizmatkor: — Ikki yuz tangani qachon berasan, ertagami? — debdi-da, ho'kizni daraxtga boylab ketibdi».[1]

Ko'rinayotirki, tugunlarning mazmuniy yo'nalishi ekspozitsiyadayoq ma'lum bo'ladi. Ertak tuguni voqealar rivojini yuzaga keltiradi, natijada sujetning shakllanish jarayoni sodir bo'ladi. Ertaklarning sujeti, odatda, ikki asosiy qismdan tashkil topadi: birinchisi — bayon qismi, ikkinchisi — sarguzasht qismi. Birinchisida sujet voqealarining rivojini ta'minlovchi asosiy ziddiyatlar aytilsa, ikkinchisida shu ziddiyatlar bevosita ochib beriladi. Ertaklarning oxirida tugallama keladi, ular ertakning yakuniy qismini ta'riflaydi va hamisha optimistik ruhdagi intiho sifatida xalqning yengilmas ruhi va qudratini namoyish etadi.

Qadimgi zamonlardan og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan ertaklar zamonning o'zgarishi natijasida ro'y bergan yangiliklarni ham o'ziga singdirib boradi. Xalq og'zaki ijodini o'rganuvchi olimlarning takidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlarda keng tarqalgan janr ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilishida umumiy oxshashlik yana ham kuchliroq seziladi. Ertaklarning bu turi qadimdan yaratilganligidan, turli xalqlar maishiy hayotida o'xshashliklarning ko'pligidan darak beradi. [7] Ammo bu degan so'z ertaklarda milliylik aks etmaydi, degan xulosaga olib kelmaydi. Chunki ertaklar mavzuidagi qahramonlar ismlarida, muammolarida, maishiy masalalarning ifodasida, tabiat tasvirida, voqealar bayonida, kasb - hunarlar tarifida milliy til, milliy ruh alohida aks etadi. Xalq ertaklarining ommaviyligi va yashovchanligini ham asosan ularning ana shu xususiyatlari bilan izohlash mumkin.

Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O'tmishda ertaklar yilning ma'lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo'lgan yoshi ulug', dono, hurmatli va e'tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «matalchi» deb atashgan. Odatda, bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Epik turning doston, ertak, naql singari janrlariga oid folklor asarlari muayyan epik xotira, epik bilim va ijrochilik salohiyatiga, ya'ni maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan professional ijrochilar tomonidan aytiladi. Rivoyat va afsonalar esa keng xalq ommasi tomonidan ijro etiladi. Professional aytuvchiga ega bo'lmaslik afsona janrining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ekanligini qayd qilgan K.Imomov «afsonani faqat professional ertakchi yoki

May, 2022

dostonchi aytishi shart emas, balki eshitgan, bilgan shaxs xohlagan formada hikoya qila oladi», - deb yozgan edi.[5]

Folklorshunos U.Jumanazarov «professional aytuvchilarga ega bo'lmaslik, keng ommaviy ijro xarakteriga ega bo'lish xususiyati afsona va rivoyat janrlarining muhim belgisi ekanligini qayd qiladi.[9]

Folklorshunos M.Jo'raev esa afsona, rivoyat va og'zaki hikoya janrlariga oid matnlarni aytuvchi kishilarning folklor asarlarini ommalashtiruvchi professional ijrochilikka daxli yo'qligini qayd qilar ekan, quyidagi muhim xulosani bayon qiladi: «Ertak, latifa yoki naql ijrochisi o'rni kelganda afsona yoki rivoyatlarni ham hikoya qilaveradi. Ammo ma'rifiy nasr janrlariga (mif, afsona, rivoyat, og'zaki hikoya - U.S.) mansub asarlarni aytuvchi har qanday odam xalq ertaklarini professonal ertakchi darajasida maromiga yetkazib aytolmaydi»[10]

Shu haqdagi nuqtayi nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi og'ziga kelganini demas» maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Ertak, umuman folklor namunalarini aytish jarayonlari ham juda qiziq va o'ziga xos.

Bir guruh folklorshunos olimlarning fikriga tayanadigan bo'lsak, B. Karimov, H. Zarifov, M. Afzalov, M. Alaviya, Z. Husainovalar, og'zaki ijod asarlarini ijro etishda ijrochilar qat'iy odatlarga amal qilganlarliklarini aytib otganlar. Ularning e'tirof etishicha, ertak so'zlab beruvchilar tinglovchilari yig'ilganidan so'ng o'z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, supurgi, taroq, cho'p va boshqalarni malum tartibda qo'yib ertak aytishni boshlaganlar. Topishmoq aytishda esa g'olib va mag'lub taraflarni belgilovchi shartlar e'lon qilingan. Shu o'rinda, doston ijrosida ertak aytish Samarqand, Xorazm, Farg'ona, (Namangan) ananalari mashhur bo'lganligini aytib o'tmoqchimiz. Mazkur maqolani yozish jarayonida bir necha ertakshunos olimlarning ishlarini o'rganib shunday xullosaga keldik: turli janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda takrorlanuvchi ananalar muhim rol' o'ynaydi. Bizning fikrimizcha, folklorshunoslikda matniy an'analarga e'tibor berish muhimroq hisoblanadi. Shu o'rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarning nasriy va nazmiy shakllarini, asar boshlanmasidagi an'anaviy o'rinlarni nazarda tutamiz. Adabiyotshunoslikda obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi tushunchalar etakchi xususiyatlar sanaladi. Xalq qo'shiqlaridan tortib dostonlargacha, maqollardan tortib ertaklargacha obraz yaratish, voqeani bayon qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o'ziga xos ko'rinishlarga egadir. Aytaylik,

ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak

May, 2022

mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta'minlash uchun ovoz jilosiga, yuz va gavda harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e'tibor beradi, ertakni baqirib chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko'tarib, ko'zlarini har xil holatga solib, yumshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo'lishini ta'minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o'zi ijro etadi, asardagi ruhiy olamni o'z kechinmalari bilan to'ldiradi va hayajonbaxshligini ta'minlaydi. Shu ijro xususiyatiga ko'ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi.

Asosan dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi halqlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala yumushlari tugagan paytda — kuz va qish mavsumlarida, uzun va zerikarli oqshomlarda aytilgan va bu o'ziga xos an'ana tusini, olgan. Ertakchilik oqshomlari shomdan tonggacha davom etgan.

«Doston kunda aytiladi, ertak tunda» degan maqol yuqoridagi misollardan keyin paydo bo'lgan bo'lsa ajabmas. Garchi ertak eng qiziqarli nuqtasiga — kulminatsiyasiga kelib qolganiga qaramay, tong otgan zahoti uni aytish to'xtatilgan. Xususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga qat'iy amal qilingan. Sababi — sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong'ulik olamining mavjudotlari yorug'lik olamiga chiqib, insonlarga, ayni paytda ertak tinglovchilariga ziyon zahmat yetkazishlari mumkin, degan e'tiqod tufayli shunday yo'l tutilgan. Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo'qolishidan, uning moddiy hayot qobig'igasingib ketishidan qo'rqilgan. Shomdan boshlanuvchi qorong'ulik tonggacha hukmron bo'lganligidan ertaklar olamiga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi an'anasi aslida ana shu asosda qaror topgan.

Dastavval sehrli-fantastik ertaklar aytilgan bo'lsa, vaqtlar o'tgan sari ularning o'rnini maishiy-hayotiy ertaklar egallay boshlangan. Biz bu fikrimizni «Ming bir kecha» arab xalq ertaklari asosida yaratilgan qo'shiqchi Shahrizoda tomonidan ijro etilgan qo'shiqqa olingan klipni misol qilib olmoqchimiz.

Ertaklar ning paydo bo'lishi va yratilishi haqidagi fikrimizni davomi sifatida, ular og'izdan og'izga o'tib, sayqal toppish orqali, avloddan avlodga yetkazilar ekan, bu jarayonda ular sujetidagi ayrim motivlar, obrazlar tushib qolishi yoki aksincha ko'payib borishi tabiiy. Hatto goho bir xalq ertagiga xos sujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga ko'chib o'tishi va

buning oqibatida bir necha o'xshash sujetli ertak paydo bo'lishi

May, 2022

mumkin. Folklorshunoslikda bunday ertaklar — sayyor sujetli ertaklar deb yuritiladi. Sayyor sujetli ertaklar ko'pincha mazmunan o'zaro o'xshasalar-da, biroq milliy ruh, milliy urf-odat, milliy dunyoqarash, milliy tilga xos ifodaviy vositalar va geografik muhit tasviriga ko'ra farqlanuvchi mustaqil adabiy —og'zaki hodisa sifatida yashash huquqiga ega.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, biz ertaklar mavzuni o'rganish jarayonida ertaklarning bir necha turlarga bo'linishini ko'rib chiqdik va tahlil qildik. O'rganganlarimizdan kelib chiqib fikrlarimizga xulosa qilsak, barchaga tanish bo'lgan «Uch og'a-ini botirlar» ertagi misolida ba'zi mulohazalarimizni aytib o'tamiz. «Uch og'a-ini botirlar» ertagi turiga ko'ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo'lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o'rtahol bir kishi bo'ladi. Uning uch o'g'li bo'ladi. o'g'illarini safarga kuzatib qo'yishdan oldin ularga shunday pandnasihatlar qiladiki, biz bu pand-nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim»,[2] — deydi u. Haqiqatan ham o'qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo'lmaydi. Bu kishi o'g'illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Birinchidan, sog'lom qilib tarbiyalaydi, natijada o'g'illari baquvvat bo'lib o'sadi. Ikkinchidan, qurol -yarog' bilan tanishtiradi, natijada o'g'illari yarog' ishlatishga usta bo'lishadi. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stiradi, natijada o'g'illari botir, dovyurak bo'lib voyaga yetishadi. Endi bularning ustiga ilmli ekanligini ham qo'shsak, ular naqadar barkamol yigitlar ekanligining guvohi bo'lamiz. Biroq ularning otasi bu bilan kifoyalanib qolmaydi. U o'g'illarini yanada mukammal bo'lishlarini istaydi. Shu sababli ularga yana uch narsani uqtiradi: «To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang — baxtsiz bo'lmaysiz».[1] O'g'illari otalarining bu o'gitlariga amal qilganlari uchun ham barcha xatarlardan omon chiqdilar. Hatto podshoh o'zining uch qizini ularga berib, og'ainilarni o'ziga kuyov qilib oldi. Endi ular saroyda qolib, aysh-ishrat qilib yotsalar ham bo'lardi. Podshohning o'zi ularga shuni taklif qiladi. Biroq og'a-inilar bunga rozi bo'lmaydilar. Ular barcha narsalarga o'z xalol mehnatlari orqali yetishishni istaydilar. Xullas, ushbu ertak o'quvchini botir, qo'rqmas bo'lishlikka, mehnatni sevishlikka, va albatta, xalol, bilimli bo'lishlikka undaydi.

May, 2022'

793

REFERENCES

1. Afzalov M.O'zbek xalq ertaklari haqida. -T.: Fan, 1964

2. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T.: 1999.

3. O'zbek xalq ijodi. O'zbek xalq ertaklari. Gulpari. -T.: Cho'lpon, 1969.

4. O'zbek xalq ertaklari. Ikki jildlik. 2-tom. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1964. - 516 b.

5. Imomov K. O'zbek xalq ertaklari \ O'zbek folklorining epik janrlari. -T.: Fan, 1981. -B.62-69.

6. Imomov K. O'zbek xalq prozasi. -T.: Fan, 1991. -B. 67

7. Sarimsoqov B. O'zbek folklorining janrlar sostavi // O'zbek folklori ocherklari. 1-tom. - Toshkent.: Fan, 1988.-B.63-84.

8. Xorazm ertaklari (nashrga tayyorlovchi: F.Abdullaev). -T.: Fan, 1961. - 190 b.

9. Jumanazarov U. Tarixiy voqyelik va o'zbek folklori. -T.: Fan, 1991. - B.174

10. Jo'raev M. O'zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O'zbek tili va adabiyoti, 1996, №5. -B.32.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.