Научная статья на тему 'Etnogrаfizmlаrning o’zbek bаdiiy mаtnlаridа qo’llаnishi'

Etnogrаfizmlаrning o’zbek bаdiiy mаtnlаridа qo’llаnishi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
44
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnоgrаfizm / mаdаniyаt / bаdiiy mаtn / urf-оdаtlаri / mаqol

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nаdim Muhаmmаd Humаyun

Maqolada etnografik leksikaning bir ko‘rinishi hisoblangan to‘ymarosim etnografizmlarining xalq og‘zaki ijodi matnlarida qo‘llanilishi hamda o‘ziga xos tarzda semantik ma’no ifodalashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada Afg‘oniston o‘zbeklari xalq folklorida to‘y-marosim bilan bog‘liq birliklar ko‘pchillikni tashkil etishi hamda ularning ma’nolari izohli lug‘atlar yordamida izohlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Etnogrаfizmlаrning o’zbek bаdiiy mаtnlаridа qo’llаnishi»

Etnografizmlarning o'zbek badiiy matnlarida qo'llanishi

Nadim Muhammad Humayun hn786786@gmail.com TerDU

Annotatsiya: Maqolada etnografik leksikaning bir ko'rinishi hisoblangan to'y-marosim etnografizmlarining xalq og'zaki ijodi matnlarida qo'llanilishi hamda o'ziga xos tarzda semantik ma'no ifodalashi ko'rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada Afg'oniston o'zbeklari xalq folklorida to'y-marosim bilan bog'liq birliklar ko'pchillikni tashkil etishi hamda ularning ma'nolari izohli lug'atlar yordamida izohlab berilgan.

Kalit so'zlar: etnografizm, madaniyat, badiiy matn, urf-odatlari, maqol

The use of ethnographisms in Uzbek artistic texts

Nadeem Muhammad Humayun hn786786@gmail.com TerSU

Abstract: The article shows the use of wedding-ceremony ethnographies, which are a form of ethnographic lexicon, in the texts of folk art and their unique semantic meaning. Also, in the article, in the folk folklore of the Uzbeks of Afghanistan, there are many units related to the wedding ceremony, and their meanings are explained with the help of explanatory dictionaries.

Keywords: ethnographies, culture, artistic text, tradition, proverb

Kirish

Etnografizmlar til lug'at tarkibining alohida qatlami hisoblanadi. U xalqimizning ijtimoiy hayoti, milliy urf-odatlari, mentaliteti, diniy e'tiqodidan paydo bo'lgan. Shuningdek, etnografizmlar jamiyatdagi odob-axloq qoidalari asosida shakllangan, madaniyat va til manbalaridan tarkib topgan etnolingvistik tushunchalardir. O'zbek xalqining jamiyatdagi o'zaro munosabatlari, madaniyati, tarixini o'zida aks ettirgan etnografizmlarning etnografik leksemalari tilning lug'at boyligini oshiruvchi unsurlardan biri bo'lib xizmat qiladi.

Xalq hayotida asrlar davomida to'plangan, bugungi kunda ham faol yoki unut bo'lib borayotgan maqollar ham etnografik leksikada muhim ahamiyatga ega. Afg'oniston o'zbeklari xalq maqollarini o'zida jamlagan Hassos Solih

Muhammadning "Otalar so'zi - aqlning ko'zi" nomli asarída1 ham etnografik birliklarning maqollar tarkibida kelib o'ziga xos tarzdagi mazmunni ifodalaganini kuzatish mumkin. Fikrimizning isboti sifatida quyidagi maqollarni keltirib o'tsak:

- O'likka o'zing bor, to 'yga to'ning bilan sallangni yubor;

- To 'yga borsang, to'yib chiq;

- To'ydan, to 'biqcha;

- Chiroy to 'yda kerak, muhabbat kunda;

- Biz keldik kelin ko'rgani, kelin ketibdi tezak tergani;

- Kelin oyog'i minan, cho'pon tayog'i minan;

- Maqtalgan qiz, to 'yda o'sirar;

- Qavming bilan quda bo'l, qavmlik qilsa, fido bo'l;

- Xotin olsang xolini ko'r, qiz berar bo'lsang molini;

- Kuyov izzati kunduzda bo'lmas;

- Kuyov izzati kechada, yiqilib turar ko'chada;

- Qalliqsiz qiz qafasga tushar;

- Yomon elchi bo'lsa, yov keltirar, yaxshi elchi bo'lsa kuyov;

- Chimildiqti chet dema, boshqa kimni o't dema;

- Chimildiqqa kirsang, chilla tut.

Yuqorida berilgan xalq og'zaki ijodi na'munalarida kuyov, qalliq, chimildiq, to'biqcha kabi etnografizmlar xalq kundalik hayotida, folklorida faol ishlatilishini kuzatishimiz mumkin.

Afg'oniston o'zbeklari folklor namunalarini yig'ish bilan shug'ullangan olim Muhammad Solih Hassosning "Qizlar va qo'shiqlar", "Noy-noyi qo'shiqlari2 nomli kitobida ham folklor etnografizmlarini ko'plab uchratamiz. Misol uchun, Afg'oniston o'zbeklari tomonidan ijro etiladigan, kelin tushganda kuylanadigan "Yor-yor" qo'shig'ini keltirib o'tish mumkin:

Ko 'shish3 qiling javjilar, to'y ortilsin yor-yor.

Og'ajonim baxtlari, tez ochilsin yor-yor

O'lang aytib boramiz, to'yxonaga yor-yor

To'ydi qutlig' etamiz, dugonaga yor -yor....

Ammajonu xolajon tugun eshing yor-yor

Oltin kumush ko'rastib, qo 'shant qo'shing yor-yor.

Ko'chamizni boylari qo 'noq olar yor-yor

Baxmal ko'rpacha to'shab, joydi solar yor-yor.

Otaginang xovlisi, darvozali yor-yor

O'g'ilga to 'y jo'nnati ovozali yor-yor.

1 X,accoc Cootx MyxaMMag. OT&iap cy3H - arç^HUHr Ky3u. - Ma3opu mapu$, Mup30 y^yröeK HampuëTH, 1392 xu^pun.

2 X,accoc Co^hx MyxaMMag. Ku^ap Ba «ymu^ap. - Ma3opu mapu$, Mup30 y^yröeK HampuëTu, 1387 xu^pun

3 Kymum - meBaga xapaKaT rhœmok;

Hoy-hoy o'lang hoy o 'Ian, oy ochilsin yor-yor Kelin kelgan uylarga, gul ochilsin yor-yor. To 'yxonaning o'tini archa emish yor-yor Kelin yangam ko'ylagi, parcha emish yor-yor. Kelin tikkan ko'ylak tejimi qani yor-yor Hammaga ko'rsatarga, sepi qani yor-yor. Qallig ' yurak rozini erga aytar yor-yor Er so'rab turgan qizlar kimga aytar yor-yor.

Muhammad Solih Hasssosning yana bir asari "Do'mbira kuylarida qo'shiqlar va o'yinlar"4da ham etnografik birliklarni uchratishimiz mumkin: Do'mburasini chaldi, ikki qo'llari toldi Bugungi oxir uloq yana ertaga qoldi. Bolaxona o'yildi, qaro xo'kiz so'yildi, Ollayor sarpoy oldi, chorim tavoq qo'yildi. Chorshanba kuni bozor savdo qilar do'kondor, To'rt viloyatdan qo 'noq davlat obod mehmondor. Havoga uchdi qoz bir bo'lak gardan daroz, Oltmish otti ustida men man degan chavandoz.

Afg'oniston O'zbeklari uchun yaratilgan lug'atlardan yana biri Nurulloh Oltoy tomonidan tuzilgan "O'zbek tili so'zligi" hisoblanadi5. Ushbu lug'atning yaratilishiga asos sifatida O'zbekistonda nashr qilingan "O'zbek tilining izohli lug'ati"6 olingan. Ushbu lug'atda to'y marosimi nomlariga oid izohlar keltirilgan bo'lib, ular quyidagicha izohlanganini kuzatishimiz mumkin:

To'y - bazm o'yin-kulgu va ziyofat bilan o'tkaziladigan ba'zi marosimlarning umumiy nomi masalan, nikoh to'yi, sunnat to'yi, beshik to'yi; To 'yxona - to'y bo'layotgan uy, joy;

To 'ychilik - to'yda o'ziga xos tartib, to'yda bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar; To 'yona - to'y munosabati bilan to'y egalariga yaqinlari tomonidan qilingan yo qilinadigan sovg'a;

To 'yboshi - to'yga boshchilik qiluvchi shaxs;

Nikoh - er-xotinlikni shariat yo'li bilan rasmiylashtirish marosimi. Izdivoj aqdi; Nikohsiz - nikoh qilinmagan, nikoh o'qilmagan; Nikohlamoq - er-xotinlikni rasmiylashtirmoq. Nikoh o'qimoq; Nikohli - nikohlab oligan, nikoh o'qib rasmiylashtirilgan.

4 Х,ассос Солид Мудаммад. Думбира куйларида кушиклар ва уйинлар. - Мазори шариф, Мирзо Улугбек нашриёти, 1388 хджрий.

5 Олтай Нурруллод. Узбек тили сузлиги. Малайзия. Глобал партнере. 1386.

6 Узбек тилининг изохди лугати/ Э.Бегматов, А.Мадвалиев, Н.Мадкамов ва б. тадрири остида. 5-томлик, -Тошкент: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2006-2008.

Afg'oniston o'zbeklari uchun yaratilgan tarjima lug'atlardan yana biri Rahim Ibrohim tomonidan yaratilgan "Farhangi o'zbeki - dari" lug'ati.7 U tarjima lug'ati, lingvodidaktik xususiyatga ega. Unda o'zbekcha va dariy tilidagi so'zlar izohi keltirilgan. Yana ana shunday lug'atlardan biri Muhammad Halim Yorqin hamda Shafiqa Yorqin tomonidan tayyorlangan "Farhange o'zbeki ba forsiy" lug'atida8 ham to'y va unga aloqador bo'lgan marosim nomlari keltirib o'tilgan. Unda ifodalangan so'zlarning forsiy ko'rinishi hamda o'zbekcha tarjimasi bilan keltirib o'tdik.

^A-JJ ^i^iJ^jjiLiljs^Lj j jj j 1 s»!jfo i ÙÎ'ÙÎJ^

To 'y - bayram, to'y, sunnat, beshik, unashtirish va hokazo kabi haqiqiy voqealarni nishonlash uchun asboblar va ashula va raqslar bilan marosim.

^ L^ÜIPJ^J ^JSJ !J ÙU£ j ijlj^jsjlLj^ LO^J^MJ^

To 'yboshi - bayramni o'tkazish va shu jarayonni boshqaradigan kishi. ^jj^ 0j!jü!c^J^j! logüji^ £ÙSJ ' ^Jülb^lpl^cj^JlfjL^j^

To 'y bermoq - kuyovning oilasi tomonidan naqd pul, kiyim-kechak, gazlama va shirinliklarni yuborish.

To'ylashmoq To'ylamoq

To'y tomosha - quvonch va turli xil ajoyib tomoshalar bilan raqsga tushish bayrami.

To 'yona - to'y uyushtirgan oila uchun qarindoshlar va do'stlarga sovg'alar.

Ci^lo^ j^ jlj^js ciü^Ü^gLL^1

To 'ychi - bayram qilgan kishi.

To 'ychiq - kichik bayram.

To 'ychilik - bayramning maxsus harakati yoki amallari.

Kelin - yangi turmush qurgan qiz.

o^Lg io^üLj^IjSÜj

Kelin oy - ukaning xotini. Yanga va chiha nomiga ham aytiladi.

Kelin tushdi - kelin kelganda kuyovning uyida o'tkaziladigan bayram.

Kelin chorlar - kelinning kelishi uchun kelinning oilasi tomonidan ziyofat.

7 Рахим Иброхим. Фарханги узбеки - дари. - Мазори Шариф, Интишорот Садофат нашриёти, 1396-йил хижрий.

8 Ёркин М. X,., Ш.Ёркин "Фарханге узбеки ба форсий". - Техрон, Интишороту сухан нашрияоти II том. 2007.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 956 [М^^^И

jJ .JJiJ^f L^f JlflJ <^LJC J fJii'M^JJ^ 'L^J^ t^^J^CS^«^ ^^Lf^Jf :f.: ÜL^^

jl jj^ J^SJ JcJ^f ^^ S^lfJSjlJ jl f^J ÜLL

.Jü^ Lff^1 J fL^^

Kelin salom - bu to'y kechasidan keyin ertalab kelinni qarindoshlari va kuyov bilan tanishtirish marosimi. Ushbu marosimda bir ayol kuyovning har bir qarindoshiga tegishli aytim aytadi va keyin kelin unga alohida ta'zim qilib salom beradi.

Kelinlik - to'y vaqti, uylanish yoki kelin bo'lish uchun javob beradi.

Nikoh - uylanish, er-xotinlikni shariat yo'li bilan rasmiylashtirish marosimi.

Jui^JujJcü. IfUj L^LJ '0Juücl^j:jL^cl^j

Nikohsiz - hali nikoh qilinmagan, er-xotinligi rasmiylashtirilmagan, lekin unashtirilgan. ¿Jj^LLJ^'ü 'üt^S lLlL'ü J(j£'uJj^cl^ü^lfd c^ü

Nikohlamoq - uylanish; nikoh tuzish.

Nikohli - uylangan ayol nikohi orqali xotini bo'lgan xos xususiyat.

j'f'j J :JJ^ L'jMaJ^aJL^Ü'^j' Ll L^JJ&S^ jJ L °J J^o^c^-iiÜcJ^LL

Jjl^Lf lJ^ Ü'J^L jl lj lad J Js^LLLf

Chimildiq - parda. Xonaning bir burchagida to'y kechasi chizilgan maxsus pardadir. Kelin va kuyov uchun ajratilgan bo'lib, ularni boshqalardan ajratib turadi. oc^LLjy üplJ fl^üü j^l^ ata^S JJ<JOJIJ aJit^f^^JülMtA^S aj^ : ÜLJJI:

JJ^OJIJ

Afg'oniston - polietnik mamlakat. Bu yerda xalqlar orasidagi integratsiya ularning urf-odatlariga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmagan, albatta. Afg'oniston o'zbeklari urf-odatlari leksikasiga eng katta ta'sir ko'rsatgan til - forsiy til. Hudud to'y marosimi etnografizmlarida ham forscha nomlar ustuvorlikka ega. Shundan kelib chiqqan holda, Afg'oniston o'zbeklari to'y-marosimlari etnografizmlarining forscha nomdagi ayrimlarining izohini Eronda nashr qilingan, fors tilining eng mukammal lug'atlaridan biri bo'lgan Mo'yin Muhammadning "Farhangi forsiy mo'yin" lug'atidan9 oldik hamda ishimizga forsiy shakli va uning tarjimasini keltirib o'tdik.

Xulosa

Etnografizmlar asosan mahalliy xususiyat kasb etgan etnografizmlar berilibgina qolmay, balki barcha o'zbeklar uchun umumiy bo'lgan va adabiy til doirasida keng qo'llanadigan o'zbek milliy an'ana va marosim nomlari etnografik planda yoritiladi. Marosimlar va an'analariga oid etnografizmlar tashkil etsa-da, ba'zan unga adabiy tilda muqobili bo'lmagan etnografizmlar hamda bir etnografizmning turli sheva vakillari nutqi doirasida ishlatiladigan ba'zi shakliy variantlari ham keltirildi.

9 1375 ' J^S: 6L)lj}gJ' J^r^Jü^l ^ jl(JÖ '^CJCOlj^'ul» J^"

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Хассос Солих Мухаммад. Оталар сузи - аклнинг кузи. - Мазори шариф, Мирзо Улугбек нашриёти, 1392 хижрий.

2. Хассос Солих Мухаммад. Кизлар ва кушиклар. - Мазори шариф, Мирзо Улугбек нашриёти, 1387 хижрий.

3. Кушиш - шевада харакат килмок.

4. Хассос Солих Мухаммад. Думбира куйларида кушиклар ва уйинлар. -Мазори шариф, Мирзо Улугбек нашриёти, 1388 хижрий.

5. Олтай Нурруллох. Узбек тили сузлиги. Малайзия. Глобал партнерс. 1386.

6. Узбек тилининг изохли лугати/ Э.Бегматов, А.Мадвалиев, Н.Махкамов ва б. тахрири остида. 5-томлик, -Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006-2008.

7. Рахим Иброхим. Фарханги узбеки - дари. - Мазори Шариф, Интишорот Сакофат нашриёти, 1396-йил хижрий.

8. Ёркин М. X., Ш.Ёркин "Фарханге узбеки ба форсий". - Техрон, Интишороту сухан нашрияоти II том. 2007.

9. Мирзо Мехдихон Астарободи "Фарханг Сангулох" туркей бах форси. Табриз Ирон, Ёрон нашрияоти. 1388-йил хижрий.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. 1375 'J^-^TJ^ ^j^fcl^^Uîf

11. Nadim, H. M. (2019). Etnolingvistika va etnografik leksika haqida. Молодой ученый, (30), 147-149.

12. Nadim, M. H. (2021). SHIMOLIY AFG 'ONISTON O 'ZBEKLARI ETNOGRAFIK LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2), 22-29.

13. Nadim, M. H. (2021). ETHNOCULTURAL SITUATION OF UZBEK PEOPLE IN NORTHERN AFGHANISTAN. Theoretical & Applied Science, (6), 490492.

14. Надим, М. Х. (2021). SHIMOLIY AFG'ONISTON O'ZBEKLARI ETNOGRAFIK LEKSIKASI O 'ZIGA XOSLIGINI BELGILOVCHI OMILLAR. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.