Научная статья на тему 'O‘ZBEK AN’ANAVIY CHOLG‘ULARI VA MILLIY CHOLG‘U MUSIQIY JANRLARI'

O‘ZBEK AN’ANAVIY CHOLG‘ULARI VA MILLIY CHOLG‘U MUSIQIY JANRLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
145
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Cholg‘u / membrafonlar / idiofonlar / janr / organologiya / torli cholg‘ular / puflama-damli cholg‘ular / Instrument / membraphones / idiophones / genre / organology / string instruments / wind instruments

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muhammadjonova, Mohinur

Ushbu maqolada “Musiqa cholg‘usi” tushunchasi va uning xususiyatlari, musiqa cholg‘ular tavsifi va ularning xarakterli xususiyatlari bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITIONAL UZBEK INSTRUMENTS AND NATIONAL INSTRUMENT MUSIC GENRES

This article describes the concept of "musical instrument" and its characteristics, description of musical instruments and their characteristic features.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK AN’ANAVIY CHOLG‘ULARI VA MILLIY CHOLG‘U MUSIQIY JANRLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEK AN'ANAVIY CHOLG'ULARI VA MILLIY CHOLG'U MUSIQIY

JANRLARI

Muhammadjonova Mohinur

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi" yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Musiqa cholg'usi" tushunchasi va uning xususiyatlari, musiqa cholg'ular tavsifi va ularningxarakterli xususiyatlari bayon etiladi.

Kalit so'zlar: Cholg'u, membrafonlar, idiofonlar, janr, organologiya, torli cholg'ular, puflama-damli cholg'ular

ABSTRACT

This article describes the concept of "musical instrument" and its characteristics, description of musical instruments and their characteristic features.

Key words: Instrument, membraphones, idiophones, genre, organology, string instruments, wind instruments

KIRISH

Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ulaming shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Zamonaviy jarayonda o'tmish an'analariga yangicha qarash, ilg'or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi. An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doira, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'a, safoil kiradi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qayta ishlangan cholg'u asboblariga - rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarining musiqaning soprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

An'anaviy cholg'u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, ulardan turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlari, sharoitlar va ijro uslublari yuzaga kelgan. Ko'p asrlik ijrochilik amaliyoti esa (xalq va an'anaviy) cholg'ularni guruh bo'lib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga binoan cholg'ular sozandalar tomonidan bir-birlariga mos o'z turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib amaliyotda qo'llanilib kelingan.

Karnay, surnay, nog'ora va doira tarkibidagi damli va urma cholg'ular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib, xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga aylangan. An'anaviy cholg'u sozlar ansambllari esa o'z xususiyatlaridan kelib chiqib qo'llanilgan. Ijroda keng ko'lamli va katta ovoz imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida barcha cholg'ular yig'indisidan katta cholg'ular ansambli tashkil etilgan. Cholg'u musiqasi ijrochiligi va maqom ijrochilik amaliyotida esa kichik-kichik guruhlar bo'lib ijro etish ham an'anaga aylangan. Jumladan: har bir cholg'u doyra jo'rligi bilan ijro etish; tanbur dutor bilan; tanbur, dutor doyra jo'rligi bilan; tanbur, dutor, g'ijjak doyra jo'rligida ud, qonun doyra bilan birga va h.k.

O'zbek an'anaviy xalq cholg'ulari tasnifotini ikki yirik olimlar V.Belyayev va F.Karomatovlar, o'z ilmiy tadqiqotlarida yoritib berganlar. Ushbu tadqiqotlar nashr etilib, o'quv jarayonida keng qo'llaniladi.

Tabiiy tuzilish va ijroviy imkoniyatlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari uch guruhga tasniflanadi.

Birinchi guruh - torli cholg'ular;

Ikkinchi guruh - puflama damli cholg'ular;

Uchinchi guruh - urma-zarbli cholg'ular.

Har bir guruh cholg'ulari ichki xususiyatlaridan kelib chiqib turlarga bo'linadi.

1. Torli cholg'ular, ijroviy imkoniyatlarini inobatga olib to'rt turga ajratiladi:

a) torli chertma cholg'ular (barmoqlar yordamida chertib ijro etiladigan cholg'ular);

b) torli plektorli (maxsus moslama yordamida ijro etiladigan) cholg'ular;

d) torli kamonli (kamon yordamida chalinadigan) cholg'ular;

e) torli urma (maxsus cho'plar bilan ijro etiladigan) cholg'ular.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Puflama - damli cholg'ular tarkibiy va ijroviy xususiyatlari doirasida uch turga ajratiladi:

a) naysimon (bevosita havoni puflash orqali ijro etiladigan) cholg'ular;

b) tilsimon (ovoz manbai cholg'udan ajratilgan tildan hosil bo'ladigan) cholg'ular;

d) munshtukli (maxsus naycha yoki naypachoqlar bilan ijro etiladigan) cholg'ular.

O'zbek cholg'ulari zamonaviy tasniflanishi umumbashariyat tasnifotiga ko'ra: Maylon, Verkov, Xornbostel, Zaks kabi olimlar cholg'ularning tovush chiqarish xususiyati, sadolanishi bo'yicha nima orqali tovush hosil qilishi kabi xususiyatlar hisobga olgan holda 4 ta asosiy guruhlarga va uning ichidagi turlariga bo'linadi.

3. Urma - zarbli cholg'ular (tovush balandligi aniq va tovush balandligi noaniq bo'lgan cholg'ualar)

Torli cholma manbalarida keltirilgan rivoyatlarga ko'ra, birinchi kashf etilgan torli cholg'uning nomi Borbad bo'lgan va ilk bor buyuk yunon olimi Fisog'urs (Pifagor) tomonidan ixtiro etilganligi qayd etiladi. Darhaqiqat, ilk yasalgan (yaratilgan) cholg'u har tomonlama sodda va oddiy bo'lgan so'ngra keyinchalik rivojlangan. Bu haqida maqomshunos olim I.Rajabov yozadi: "Fisog'ursdan so'nggi davrlarda yashagan musiqachilar Borbadni takomillashtiradilar va uning asosida 23-4 torli musiqa asboblari yasadilar. Borbadni esa, ko'p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo'lgan, deb ko'rsatiladi". Borbad esa udsimon cholg'u ekanligi va ud cholg'usini yasashda Borbad asos bo'lganligi ham ko'p manbalarda bayon etilgan. Ular qadim zamonlardan shakllanib, turli xalqlar amaliyotida o'z ma'naviyati va an'anasi doirasida rivoj topib kelgan musiqiy asboblardan bir turi hisoblanadi. Torli cholg'uning kelib chiqishi tarixiga aniq bir ma'lumot berish mushkul. Inson tafakkuri torli cholg'uni ixtiro etib, uni ma'lum darajada rivojlantirgandan so'ng, uning umumbashariy rivoji har bir xalqda rivoj topadi. Cholg'ularni har bir xalqning o'ziga xos va turli vositalar orqali ijro etiladigan namunalari yuzaga keladi. "Oldiniga torli cholg'ularning shakllari, - deb yozadi. V.Belyayev - yoysimon bo'lgan. Ya'ni, yog'ochli (taxtali) egma Fisog'urs yunoncha ismi Pifagor. Eramizdan oldingi VI asrda yashab ijod etgan buyuk faylasuf alloma. Musiqiy cholg'ular yaratilishiga bog'liq rivoyatlar I.Rajabovning "Maqomlar masalasiga doir" kitobida, musiqada yettita tovush mujassamligi borasida A.Navoiyning "Lison ut-tayr" kitobidagi "Qaqnus" hikoyasida keltiriladi. Tanali (korpusli) bo'lgan va unga bir va bir nechta torlar tortilgan. Vaqt o'tishi bilan ushbu taxtali tana to'g'rilanib borgan va dasta yoki cholg'u asbobi dastasi shakliga kelgan. Shu bilan birga dastaga mos rezonator vazifasini bajaradigan kosaxonalar, avvaliga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

jonzodlardan (toshbaqa, zihr) yoki o'simlik mevalari (qovoq, kakos yong'og'i va h.k.) biriktirilgan. Taraqqiyot jarayoni esa har bir xalqning o'z cholg'u asboblarini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Cholg'ularning kosaxonasi qaysi jihozdan va uning katta-kichiklik hajmi, dastasining uzun-qisqaligi hamda torlar soni va nisbati davrlar o'tishi bilan rivojlanib takomillashib borgan.

O'zbek xalq cholg'ulari orasida torli hamda chertib ijro etiladigan cholg'ularga do'mbira va dutor kiradi. Ushbu cholg'ular o'z ijrochiligi, tabiati, ovoz tarannumi bilan amaliyotda alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Shu bilan birga, xalq ijrochilik amaliyotida o'z o'rni va yo'nalishiga ega bo'lib, baxshi va sozandalar qo'lida, o'tmishdan so'zlovchi cholg'ular sifatida o'z mavqeini saqlab kelmoqda.

Do'mbira - torli o'zbek an'anaviy cholg'ularidan biri bo'lib, ayni paytda o'zbek baxshichilik san'atining yetakchi cholg'usi hisoblanadi. Cholg'uning ikki torliligi va turli tovushlarga sozlanib bir paytda ijro etilishidan, uni cholg'u ijrochiligining

ancha shakllangan davrida yuzaga kelgan asbob, deb qayd etadi

V.Belyayev. Do'mbira, tanburga nisbatan kosasi katta, dastasi esa kalta, dutorga nisbatan dastasi kalta, kosasi kichkina ikki torli cholg'udir. Kosasining shakli ko'proq tanburga o'shash bo'lib, asosan tut, yong'oq yoki o'rik daraxtidan o'yib yasaladi. Uning qopqog'i tut daraxtidan yupqagina qilib yasalgan. Dastasi esa unchali uzun bo'lmagan va maxsus pardalar ham bog'lanmagan. Cholg'uning ikkita tori bo'lib kvarta kichik oktava lya -re yoki lya bemol-re bemol yoki lya-mi yoki lya bemol-mi bemol; kvinta - lya-mi yoki lya bemol-mi bemol oralig'ida sozlanadi. Diapazon ikki oktavani qamrab oladi. Cholg'uning xarragi ham soz jussasiga mos qilib bag'ri qattiq tut yoki yong'oqdan yasaladi. Do'mbirada ikki tor bir vaqtda chertilishi bilan birga alohida alohida ham ijro etiladi. Bu ijrochi baxshilarning badihasiga bog'liq. Cholg'u alohida simlarda chertilganda har ikki toridan keng foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga chap qo'lni "pisikato" usuli bilan ijro etish uslubi ham keng qo'llaniladi.

Dutor - o'zbek an'anaviy chertim cholg'u sozlaridan biri. Uzoq o'tmishdan xalq ijrochilik amaliyotidan munosib o'rin egallab kelayotgan dutor, ayni paytga kelib an'anaviy ijro uslubiga xos barcha guruhlar tarkibidan joy oldi. An'anaviy yakkanavoz cholg'u sifatida shakllandi va yetakchi cholg'ular qatoriga kirdi. Dutorning tarixiy shakllanishi va boshqa cholg'ular bilan uyg'unlik jihatlari uzoq o'tmishga borib taqalsada, musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab ta'riflanib keladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Forobiy ma'lumotlariga qaraganda, Xuroson tanburi o'zining ko'plab bel gilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi" Lekin, dutorning o'z nomi va uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy o'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan "Qonuni ilm va amali musiqiy" nomli risolasida bayon etgan. Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oralig'i kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bog'langan pardalari o'n bitta bo'lgan dutor cholg'u asbobi ta'riflanadi.

Ud - an'anaviy cholg'ularning eng qadimiysidir. Ijrochilik amaliyotida mashhur bo'lgan ud turli xalqlarda mavjud bo'lgan. Ajam xalqlarida - ud, Xitoyda - pipa, Ovrupada - lyutniya, arablarda esa al-ud nomlari bilan atalib kelingan. Cholg'u arablar mamlakatida o'sadigan ud daraxtidan yasalgan. Daraxt xushbo'y hid taratuvchilik xususiyatiga ega bo'lgan. Ud o'tmishdan ijrochilikda keng qo'llanilgan, O'rta asrlarda Farobiy, Urmaviy kabi olimlarning musiqashunoslik ilmiy-tadqiqotlari uchun asos vazifasini o'tagan. XVI-XVII asrlarga kelib ud cholg'usi o'rnini boshqa cholg'ular egallaganligi sababli amaliyotda kam uchragan. O'zbekistonda ud cholg'u sozi XX asrning 70-80-yillarida ijrochilik amaliyotida qayta tiklandi. Cholg'ular ansambli qatoridan munosib o'rin topdi. Yakkanavoz cholg'u sifatida ham omma orasida keng tarqaldi. Cholg'uning O zbekistonda qayta tiklanishda mohir sozanda Rifatilla Qosimovning xizmatlari e'tiborlidir. Ud cholg'usining ulkan rezonatorli katta kosa va qisqa pardalar boylanmagan dastasi mavjud. Kosa, odatda, bir-biriga mutanosib holda yopishtirilgan 10-12 ga yagin qovurg'asimon taxtachalardan tayyorlanib yasaladi va ustki qismiga qopqoq yopishtiriladi. Qopqoqda ovozning harakatini ta'minlab beruvchi uchta teshiklar bo'lib, ular naqshlar bilan bezab yasaladi. Cholg'uning xarragi ham qopqoqqa zich holatda yopishtirib qo'yiladi. Cholg'u dastasi kosaga mahkam biriktirib qo'yiladi. Uning boshlang'ich qismida quloqlar o'rnatiladigan qismi mavjud. Unda 11 ta torni tortish uchun mo'ljallangan quloqlar joylashgan (5 tasi o'ng va 6 tasi chap tomonida). Ud sozi 5 juft va 1 ta toq torlardan iborat. Uning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to rtinchi torlarining orasi kvarta intervaliga sozlanadi. To'rtinchi va beshinchi, beshinchi va oltinchi torlar orasi katta sekunda intervali, ya'ni 1 ton oralig'ida sozlangan. Zamonaviy o'zbek ud cholg'uchiligida esa, maqom kuylarini ijro etishda qulay bo'lishini inobatga olgan holda to'rtinchi va beshinchi torlar oralig'i sekundadan kvartaga o'zgartirilgan.

Tanbur - musiqiy cholg'ular orasida qadimiysi va eng zabardasti hisoblanadi. Tarixiy manbalarda ham qadim zamonlardan xalqlar orasida tanbur, tampura nomli cholg'ular keng ommalashganligi xususida ko'p ma'lumotlar bayon etilgan. Forobiy, Ibn Sino, Darvish Ali Changiy, Fitrat risolalarida tanburning turli (tarixiy, shakliy, tarkibiy namunalari va ijrochilik) xususiyatlari ifodalangan. Tanbur o'tmishdan xalq

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ijrochilik amaliyotida keng qo'llanilib kelinganligi sababli uning turlari ham bo'lgan. O'rta asrlarda kasbiy musiqaning shakllanishiga tanbur ham o'zining hissasini qo'shganligi munosabati bilan amaliyotda yetakchi sozlar qatoriga kira boshlagan. O'zbek maqom san'atining shakllanishida ham tanbur asos va yetakchi cholg'u sifatida e'tirof etiladi.

Qadimgi ajdodlarimiz inson ovozidan kuchliroq tovush beradigan, ochiq havoda chalinadigan cholg'ularni ixtiro qilgan va uni ovda, harbiy yurishlarda, to'y, sayil, bayram va boshga turli yig'inlarda qo'llash odat tusiga kirgan. Damli cholg'ular eramizdan avvalgi III-I asrlarda ham naysimon, tilli va karnaysimonlarga tavsiflangan. Qadimgi Misr, Bobil va boshqa Sharq mamlakatlarida damli cholg'ular haqida ma'lumot beruvchi tasviriy san'at asarlari mavjud bo'lib, ular haykalchalar va arxeologik topilmalarda o'z aksini topgan. Qadimgi Misr tarixiy yodgorliklaridan ma'lumki, yuksak qadrlangan harbiy sozandalarga kohinlar qatoridan o'rin ko'rsatilgan, hatto jang maydonida sozandalar o'dirilmas, balki asir olinib, o'z kasbi doirasida xizmat qilishga buyurilgan. Qadimgi Xorazm hududidagi "Qo'y qirilgan qal'a" (miloddan oldingi IV-III asr), "Tuproq qal'a" (I-III asr), "Qirq qiz qal'a" (V-VI asr) istehkomlaridan topilgan nay, mizmar, surnay, daf va nog'oraga o'shash asl nomlari saqlanmagan cholg'u sozlari ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch haykalchalar hamda Ayritomdan topilgan haykalchalardagi cholg'ular tasviridan biz ularning qaysi turga mansubligini aniqlashimiz mumkin. Ammo ularning o'sha paytda qanday atalgani ma'lum emas. Ya'ni nomlari hozirgacha saqlanib qolmagan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qadimdan shu davrgacha xalq orasida quyidagi cholg'ular iste'foda qilingan: G'ajir-nay, cho'pon-nay cholg'usi to'g'ri silindr shaklidagi ikki tomoni ochiq nay bo'lib, cho'l burgutining g'ovak suyagidan ishlanadi. Uzunligi 300 mm. Barmoq bilan bosib chalinadigan 4 ta teshikchadan iborat. Diatonik tovushqatorga ega. U cho'ponlar amaliyotida ko'proq qo'llaniladi va lirik tarzdagi kichik kuylar ijro qilishga qulay. Ushbu nayning besh teshikligi ham mavjud bo'lib, u burgut qanotining gavdasiga yaqin joyidan yasaladi. Ushbu nayning bosh tomonidan tish bilan labning oralig'ida tepa jag'ga joylagan holda puflab chalinadi. U xushtaksimonlar oilasiga kiradi. Ishvalak, ushbullak, loyxushtak - turli qush va jonzotlar shaklida sopoldan yasaladi va har xil bo'yoqlar bilan bezatiladigan xushtaksimon cholg'u. Uning xushtak hosil qiladigan bitta teshigi va barmoq bilan bosiladigan ikkinchi teshikchasi mavjud. Ishvalak asosan bolalar o'yinchog'i sifatida qo'llaniladi. Sibiziq - (bizillovchi ma'nosida) 150 mm, uzunlikdagi g'arov gamishdan yasalgan cholg'u. Uning bosh qismida tilcha kesib ochilgan, barmoq bilan bosiladigan uchta teshigi bor. Tovushqatori diatonik. Sibiziq cho'ponlar cholg'usi bo'lib, unda sho'x - o'ynoqi kuylar chalinadi. Sibiziq turkmanlarning dilli-tuydukiga o'shaydi.

Nay - silindr shaklida 400-600 mm uzunlikdagi yonlama cholg'u bo'lib, mevali yog'ochdan (yog'och - nay), bambukdan (g'arov - nay), oq misdan (mis - nay), latundan (brinj - nay) yasaladi. Nayda barmoq bilan bosiladigan 6 ta asosiy teshik bo'lib, ulardan tashqari puflash uchun teshik, yog'och va g'arov naylarda asosiy teshiklari orasida bitta hamda quyi qismida yana to'rtta teshiklar mavjudki, bularning barchasi nay tovushiga chiroyli tus berish uchun ochilgan. Nayning tovushqatori diatonik bo'lib, ikki yarim oktava (birinchi oktava lya dan to'rtinchi oktava re gacha) tovush ko'lamiga ega.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qo'shnay - g'arov qamishdan yasalgan 220-250 mm uzunlikdagi juft naylardan tashkil topgan cholg'u bolib, naylarining bosh tomoni yopiq va uchlaridan 5 sm uzunlikda tilchalar kesib ochilgan. Tilchalar ip bilan xomut qilib yuqoriga va pastga (sozlash uchun) suriladigan qilib bog'langan. Qo'shnayda barmoq bilan bosiladigan 7 (ba'zan 8) ta teshik ochilgan. U ikki oktavaga yaqin, birinchi oktava re dan ikkinchi oktava si (uchinchi oktava do gacha) diatonik tovushqatorga ega bo'lib, ikkinchi oktava tovushlari asosan nafas bosimi natijasida hosil etiladi. Lab boshqaruvi natijasida romatik tovushqator chalish mumkin. Qo'shnay ikkita qamishni birlashtirib, orasiga ipdan popuk qo'yiladi. U yasalganda ikkala qamishi ham bir tubdan olinadi. Shundagina ular bir-biriga qoyim soz bo'ladi. Qo'shnayning tovushi kuchli, mungli ohangga ega. Asosan yakka, ansambl va o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida qo'llaniladi. Hozirgi davrda Xorazm, Toshkent va Farg'onada keng tarqalgan.

Qayroq - to'rtta silliqlangan uzunchoq qayroq toshchalardan iborat. U zarbli cholg'ular tarkibiga kiradi va turli ritmik-usullarni chalish uchun qo'llaniladi. Xorazm qayroqlarining ikkitasi temirdan va ikkitasi toshqayroqdan yasaladi. Qayroqni ijrochi har qo'lida bir juftdan (bosh barmog'iga bittasini va qolgan barmoqlariga boshqasini) ushlaydi va bir-biriga urishi natijasida quruq chaqqillagan tovush hosil bo'ladi. Qayroq asosan raqs kuylarida asar koloritini boyitish maqsadida ishlatiladi.

Safoyil - zarblilar ichida o'ziga xos cholg'u bo'lib, shaqqildoqlar turiga kiradi. U yuqori tomoniga ikkita katta temir halqa o'rnatilgan juft tayoqcha bo'lib, katta temir halqalarning har biriga o'n oltita temir halqachalar kiygizilgan. Ushbu cholg'uda tovush uch xil yo'l bilan amalga oshiriladi: kichik halqachalarni titratish, ijrochining o'ng yelkasiga safoyilni urish va shuningdek, safoyilni oldinga silkitib, katta halqalarni tayoqchaga urilishini ta'minlash natijasida tovush hosil qilinadi. Safoyil asosan raqs kuylarida xalq cholg'ulari ansambliga jo'rlik qiladi.

Qoshiq - tut yog'ochidan 160-180 mm hajmida ikkitasi o'yib yasaladi va teri tasmachalar bilan juft qilib boylanadi. Qoshiqlarni silkitish yoki qo'lning kaftiga urish natijasida tovush hosil gilinadi. Qoshiqlar o'zi yakka holda ritmik usullarni chalishi yoki doyraga qo'shilishi mumkin. Ushbu cholg'u dunyoning turli mamlakatlarida kastanet yoki ispancha kastanet kabi nomlar bilan raqqoslar raqs tushganda usulni yanada bo'rttirib ko'rsatish uchun ishlatiladi. Hozirgi davrda qoshiq xalq cholg'ulari ansamblida zamonaviy kuylarni chalishda ishlatiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Inson hayotida musiqa cholg'ularining yaratilishi bevosita ushbu cholg'u orqali ijro etiladigan kuylarni ijod etishiga undaydi. Bizning xalqimiz xilma-xil cholg'ularga ega bo'lib, o'ziga xos cholg'u musiqasini yaratgan. Bu cholg'ular tovush chiqarish xususiyatlari bo yicha torli (torli chertim, torli plektor, torli kamonli va torli urma), puflama-damli (naysimon, tilsimon va karnaysimon) va urma-zarbli (teri bilan qoplangan va o'zi sado beruvchi) cholg'ular guruhi va turlariga bo'linadi. Har bir cholg'u o'z tuzilishi, tasviriy vositalarining xarakteri xususiyatlari va ijrochilik uslublari bilan ajralib turadi. O'zbek musiqa cholg'ulari an'anaviy (nay, sibizg'a, qo'shnay, g'ajir nay, surnay, bulamon, karnay, tanbur, dutor, do'mbira, qonun, qo'biz, sato, changqo'biz, doyra, nog'ora, dovul va boshq.) va qayta ishlangan (g'ijjak, qashqar va afg'on ruboblari, chang, ud) xillariga bo'linadi. Bu cholg'ularning har biri ijro etiladigan musiqa asari xususiyatlari va vazifalariga qarab yakkasoz yoki ma'lum ansambl tarkibida ishlatiladi. Shu tufayli an'anaviy yakkasoz va ansambl ijrochiligi yuzaga kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Абдуллаев Р. Байсун. Традиционная музыкальная культура. Ташкент, 2005.

2. Беляев В.М. Музыкальные инструменты Узбекистана. M., 1933.

3. Begmatov S., Matyoqubov M. O'zbek an'anaviy cholg'ulari. Toshkent, 2008.

4. Вызго Т.С. Музыкальные инструменты Средней Азии. Исторические очерки. М., 1980.

5. История узбекской советской музыки, в 3 томах. Ташкент, 1972-1973, 1991.

6. История музыки Средней Азии и Казахстана. М., 1995.

7. Кароматов Ф. Узбекская инструментальная музыка (наследие). Ташкент, 1972.

8. Кароматов Ф. Узбекская домбровая музыка. Ташкент, 1962.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

9. Matyoqubov M. An'anaviy cholg'u ijrochilik uslubiyoti. Toshkent, 2015.

10. Toshmatov O'. Cholg'ushunoslik. Toshkent, 2007.

11. Toshpo'latova I. An'anaviy dutor ijrochiligi. Toshkent. 2004.

12. Qosimov R. An'anaviy ijrochilik. Toshkent, 2007.

13. Хожимаматов А. ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА МИЛЛИЙ МУСЩИЙ МЕРОСГА МУНОСАБАТНИ УЗГАРИБ БОРИШ ТЕНДЕНЦИЯСИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN". JURNALI VOLUME 1, ISSUE 2, 2023. JUNE.

14. Jalilova, R. (2022). TASVIRIY SAN'ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O'QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI. Scienceandinnovation, 1(C2),

15. Jalilova, R. (2022). THE DEVELOPMENT OF VISUAL ART IN PENCIL DRAWING, PAINTING, COMPOSITION AND INDEPENDENT PAINTING. Science and Innovation, 1(3),.

16. Jalilova, R. (2022). HEREDITARYDISEASES. Евразийский журнал академических исследований, 2(11),

17. Jalilova, R. Q. (2022). About identification of one model of nonstationary filtration. Математическое и компьютерное моделирование естест-венно-научных и социальных проблем: материалы XVIВсерос, 131.

18. Jalilova, R. Z. (2023). Representation of Human Face, Hands, Clothes in Painting and Pencil Drawing. Texas Journal of Philology, Culture and History, 18,

19. Jalilova, R. (2023). EDUCATIONAL METHODOLOGY OF AESTHETIC EDUCATION OF LANDSCAPE PAINTING. Science and innovation, 2(C7),

20. Jalilova, R. (2023). HISTORY OF LANDSCAPE IN MIDDLE ASIAN WORKS OF ART, PHILOSOPHICAL AND AESTHETIC METHODOLOGY OF EDUCATIONAL PROBLEMS AND SOLUTIONS. Science and innovation, 2(C7),

21. Achildiyeva, M. (2023). PATNISAKI ASHULANING IJTIMOIY JARAYONDA FALSAFIY TARAQQIYOTI XUSUSIDA. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(2), 254-266.

22. Achildiyeva, M. (2023). QADIMGI DAVR CHOLG 'U SOZLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

23. Achildiyeva, M., &Mohinur, M. (2023). O 'ZBEK SAN'ATINING ZABARDAST HOFIZI JO 'RAXON SULTONOV. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

24. Achildiyeva, M., & Sabina, B. (2023). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MUSIQIY ATAMALAR. GospodarkaiInnowacje., 34,

25. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. (2023). O 'ZBEK MILLIY BALETLARINING PSIXO-ESTETIK AHAMIYATI. Gospodarka i Innowacje., 34,

26. Ikromova, F. Y. Q., & Achildiyeva, M. (2023). XOR SAN'ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5),

27. Achildieva, M., &Ikromova, F. (2022). THE USE OF MAQOM METHODS IN THE OPERA" LEYLI AND MAJNUN" BY REINGOLD GLIER AND TOLIBJON SODIKOV. Science and Innovation, 1(4),

28. Xojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). PROBLEMS OF PERFORMING MUSICAL STAGE WORKS (ON THE EXAMPLE OF THE OEUVRE OF UZBEK COMPOSERS). Science and Innovation, 1(4),

29. Khojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). Look at the Polyphony and Theoretical Heritage of SI Taneev. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 8,

30. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2),

31. Achildiyeva, M., Khojimamatov, A., Dilafruz, Y., & Ikromova, F. (2021). Uyghur Folk Singing Genre. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

32. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2),

33. Achildiyeva, M.,& Ikromova, FTHE SCIENCE OF MUSIC IN THE FORMATION OF HUMAN VALUES IN YOUNG PEOPLE'S LIFE.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, Vol 10 Issue02, Feb 2021ISSN 2456-5083

34. Achildiyeva, M., Xojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). Shashmaqomsaboqlari:" Navo" maqomixususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, 11(01),

35. Achildiyeva M 2021 Academic YunusRajabi and His Scientific HeristageAnnals of Romanian Society for Cyell Biology 25(4)

36. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., &Khaydarova, O. (2021). The third renaissance towards ascending. European Scholar Journal, 2(9),

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

37. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., &Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6),

38. Achildieva, M., &Ikromova, F. (2020, December). THE PLACE OF UZBEK MUSIC IN THE ART. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 90-93).

39. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

40. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE SPECTRUM Journal of Innovation, Reforms and Development (2022) ISSN (E):2751-1731

41. Achildieva M, Butabayeva N, Nosirova M. A GLANCE AT THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF BORBAD MARVAZI European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Vol. 4 No. 05, May 2023 ISSN: 26605643

42. Achildiyeva M. The Role of Music in Forming the Artistic-Aesthetic Taste of Youth BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023

43. Xojimamatov A Evolution of Philosophical Views on Music and National Musical Heritage BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023

44. Achildiyeva M. Atkiyoeva R. O'ZBEK VA JAHON SAHNALARIDA KATTA ASHULANING O'RNI VA AHAMIYATI Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 7, 2023 ISSN:2181-4384

45. Xojimamatov A. Atkiyoeva R"VODIY BULBULI" TAVAKKAL QODIROVNING IJODIY MEROSI BUGUNGI KUN NIGOHIDAJournal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 7, 2023ISSN:2181-4287

46. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development ISSN (E):2751-1731 15-19 bet (Berlin Germany 2022)

47. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4)

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

48. Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan BotirUmidjono"vEurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 2795-

49. Achildiyeva M,Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5)

50. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. XX-ACHHHT «XAMHAOAC» XOOH3.TAPH" ENGLAND" MODERN PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY: PROBLEMS AND SOLUTION Vol. 10 No. 1 (2023)

51. Xojimamatov AThe Process of Changes and Depreciation of the Aesthetic Effectiveness of Musical Values under Globalization Journal of Creativity inArt and Design Volume: 2 Issue: 1 Year: 2024 11 http://journals.proindex.uz

52. Achildiyeva, MHistorical Development of Uzbek Musical Art Stages and Ways of Improvement Journal of Creativity in Art and Design Volume: 2 Issue: 1 Year: 2024 20 http://journals.proindex. uz

7683

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.