Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U SOZLARINING TARAQQIYOTI VA TURLARI'

O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U SOZLARINING TARAQQIYOTI VA TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
An’anaviy cholg‘u / nay / surnay / sibizg’a / karnay / chang / rubob / qashqar rubob. / traditional instrument / flute / surnay / sibizga / trumpet / dust / rhubarb / Kashgar rhubarb.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muydinov, Jamoldin

O‘zbek musiqasida milliy cholg‘u sozlari ijrosining o‘rni beqiyos. Ulardan samarali foydalanish esa bizga ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Biz ularda sifatli, mukammal darajadagi ijroni yaxshilashimiz, ularda mukammal darajada ijro qilishimiz uchun esa ularni sifatiga ham alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. Ularni ko‘plab mutaxasislar qayta ishlab, taraqqiylashib, uni yanada ham ijro imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu – milliy sozlarimizning ijrosini yanada mukammallashishiga olib keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT AND TYPES OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS

The role of the performance of National Instruments in Uzbek music is incomparable. And their effective use gives us many possibilities. We need to improve quality, excellent performance in them, and in order for us to perform perfectly in them, we should also pay special attention to their quality. They were reproduced and developed by many experts, which further expanded the possibilities of execution. This-led to a further perfection of the performance of our national tunes.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U SOZLARINING TARAQQIYOTI VA TURLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEK XALQ CHOLG'U SOZLARINING TARAQQIYOTI VA TURLARI

Muydinov Jamoldin

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqiy ta'lim va madaniyat

kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbek musiqasida milliy cholg'u sozlari ijrosining o'rni beqiyos. Ulardan samarali foydalanish esa bizga ko 'plab imkoniyatlarni beradi. Biz ularda sifatli, mukammal darajadagi ijroni yaxshilashimiz, ularda mukammal darajada ijro qilishimiz uchun esa ularni sifatiga ham alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. Ularni ko 'plab mutaxasislar qayta ishlab, taraqqiylashib, uni yanada ham ijro imkoniyatlarini kengaytirdi. Bu - milliy sozlarimizning ijrosini yanada mukammallashishiga olib keldi.

Kalit so'zlar: An'anaviy cholg'u, nay, surnay, sibizg'a,karnay, chang, rubob, qashqar rubob.

РАЗВИТИЕ И ВИДЫ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ

АННОТАЦИЯ

роль исполнения национальных инструментальных слов в Узбекской музыке неоценима. И их эффективное использование дает нам много возможностей. Мы должны улучшить качество, отличный уровень исполнения в них, а для того, чтобы мы могли работать в них на безупречном уровне, мы должны уделять особое внимание их качеству. Они были переработаны и усовершенствованы многими специалистами, что еще больше расширило возможности его исполнения. Это-привело к дальнейшему совершенствованию исполнения наших национальных слов.

Ключевые слова: традиционный инструмент, флейта, труба, сибизга, труба, чанг, ревень, кашкарский ревень.

DEVELOPMENT AND TYPES OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS

ABSTRACT

The role of the performance of National Instruments in Uzbek music is incomparable. And their effective use gives us many possibilities. We need to improve quality, excellent performance in them, and in order for us to perform perfectly in them, we should also pay special attention to their quality. They were reproduced and

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

developed by many experts, which further expanded the possibilities of execution. This-led to a further perfection of the performance of our national tunes.

Keywords: traditional instrument, flute, surnay, sibizga, trumpet, dust, rhubarb, Kashgar rhubarb.

O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruh XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etar ekanmiz, A.Lutfullyev va T.Solomonovlar tomonidan yaratilgan "O'zbek xalq musiqa cholg'ular" nomli qo'llanmasida va "Xalq cholg'ularida o'qitish uslubiyoti" uslubiy qo'llanmalarida milliy cholg'ular to'g'risida va ularning turlari haqida, o'quvchi yoshlarga milliy xalq cholg'ularini qanday o'rgatish metodlari yoritib berilgan.

K.Olimboyeva, T.Yo'ldoshboyeva, M.Ahmedov, T.Mirzayevlarning "O'zbekiston xalq sozandalari" nomli to'plamida elimizga mashxur va ma'lum bo'lgan taniqli mohir sozandalar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tilgan.

A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamovalarning hammuallifligidagi "O'zbek musiqasi tarixi" deb nomlanuvchi adabiyotda o'zbek milliy musiqasining tarixi, uning mazmun va mohiyati to'g'risida ko'plab ma'lumotlar yoritib berilgan bo'lib ushbu adabiyot ustida va o'zbek milliy musiqasi tarixi ustida qator izlanishlar olib borganlar. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamovalar o'z tadqiqotlarida o'zbek milliy musiqasi tarixini yoritibgina qolmay uning qay tarzda rivojlanib bizgacha yetib kelishi to'g'risidagi ma'lumotlarni va mazmun mohiyatini to'laqonli ravishta yoritib berganlar.

Oydin Abdullayeva "CHOLG'USHUNOSLIK" nomli kitobida cholg'u sozlari to'g'risida ko'plab ma'lumotlar va ushbu sozlarni qay tarzda ijro etish kabi ko'plab cholg'u ijrochilari uchun ko'rsatmalar berib o'tilgan. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"da ko'plab musiqashunos olimlar va yana turli cholg'ular, o'zbek milliy musiqasi to'g'risida keng ma'lumotlar yoritib berilgan.

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'zbekistonda ijrochilik amaliyotida foydalanib kelinayotgan milliy musiqa cholg'ularining 30 tadan ortiq turlari mavjud. Shulardan 18 nomdagi musiqiy cholg'ular XX asrning 40-yillaridan keyin professor A.I.Petrosyans boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va soz ustalari bilan hamkorlikda takomillashtirilgan musiqiy cholg'ular bo'lib, konsert sahnalarida yakkanavozlik sifatida, shu bilan birga, asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangandir. Bu muqaddam mavjud bo'lgan milliy musiqiy cholg'ularning shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq ko'rinishga keltirish asosida yaratilgan bo'lib, o'sha cholg'u oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar edi, natijada nay, chang, rubob, dutor, g'ijjak cholg'ularining oilasi dunyoga keldi. An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doira, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi.Qayta ishlangan cholg'ular asboblariga -rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarinig musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi.1

An'anaviy cholg'u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlar, sharoitlar va ijro uslublar yuzaga kelgan.

Karnay, surnay, nog'ora va doira tarkibidagi damli va urma cholg'ular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib, xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga aylangan. An'anaviy cholg'u sozlar ansambllari esa o'z xususiyatlaridan kelib chiqib qo'llanilgan. Ijroda keng ko'lamli va katta ovoz imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida barcha cholg'ular yig'indisidan katta cholg'ular ansambli tashkil etilgan.

Hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. Xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doira cholg'u asboblari. Qayd etish joizki xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi.

1 Atlas «Muzikalniye instrumentov narodov Sredney Azii» kitobida har bir oilaviy cholg'ular alohida-alohida ko'rsatib berilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Shuning uchun cholg'ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta oladiganlik xususiyat kasb etishlari taqozo etiladi.Kompozitorlik ijodiyoti ijrochiligi yo'nalishi ham zamonaviy uslublar asosida bir qator cholg'ular guruhini o'z ichiga oladi. Musiqa ijodiyotidan o'rin olgan janrlar negizida cholg'ularning tarkibiy guruhlari tashkil etilib, ijro etiladi. Unga ko'ra cholg'u duetidan toki xalq cholg'u-asboblari orkestri bo'lgan cholg'u asboblar tarkibi tuzilgan va ijrochilik amaliyotida keng qo'llanilib kelinadi. Qayd etish lozimki orkestrning to'laqonli ovoz imkoniyatlariga ega bo'lish yo'lida Yevropa cholg'ularidan ham keng foydalaniladi. Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg'u asboblar o'z xususiyatlari doirasida uch turga bo'linadi. Torli, puflama va zarbli cholg'ular.

Nay-qadimiy o'zbek xalq puflama musiqa asbobi. Nay O'zbekistonda keng tarqalgan bo'lib, ansamblda,o'zbek xalq asboblari orkestrida muhim o'rin tutadi, yakka holda ham chalinadi.2

Ovoz hajmi kengligidan xalq kuylarida, maqomlarda qo'llaniladi. Tovushi baland bo'lganidan ansamblda ko'proq boshlovchilik vazifasini ham bajara oladi. Barmoqlar bilan berkitiladigan olti teshikchadan iborat diatonik tovushqatoriga ega. Umumiy ovoz hajmi birinchi oktavadagi lya dan to'rtinchi oktavadagi re ga qadar. Notalar skripka kalitida eshitilganicha yoziladi. Barmoqlar bilan teshikchalarni to'la yo yarim berkitish va turlicha puflash yo'li bilan baland, past tovushlar chiqaziladi. Nayni puflaydigan va barmoqlar bilan bosiladigan birinchi teshikcha o'rtasida yana bir teshikcha bo'lib, bunga yupqa qog'oz yopishtiriladi, buni asosan xitoylik ijrochilar qo'llashadi.Xitoyda nay g'arovdan yasalib, o'sha teshikchani g'arovdan chiqadigan yupqa parda bilan yopishadi. Bu tovushni to'lqinlatib chiqazishga yordam beradi. Nayning ikkinchi uchida doimiy ochiq turadigan to'rtta teshikcha (ikkisi ikki yonda, qolgan ikkisi ost tomonda) ayrim pardalardagi tovushlarni yumshatib berish uchun xizmat qiladi. Nayning umumiy uzunligi 500-600 mm. Nay yog'ochdan, g'arovdan va misdan yasaladi. Shunga ko'ra "yog'och nay" ,"g'arov nay", "mis nay" deb ataladi.Ko'hna rivoyatlarning birida aytilishicha, Cho'pon bobo ichi bo'sh qamishni kesib olib, unda barmoq bilan berkitib-ochadigan teshikchalar o'yibdi. Unga «Nay» deb nom qo'yibdi. Farzandlariga cho'ponlik tayog'ini topshirar ekan, nayni ham qo'shib beribdi. Ular cho'lu biyobonlarda, yam-yashil yaylovlarda qo'y boqib, bobosi yasab bergan nayni chalib yurishibdi. Nay ohangiga «asir» bo'lgan qo'ylar podadan aslo ajralmas ekan. Yillar o'tib, bu soz shaharlik mashoyixlar qo'liga tegibdi. Ular ham nayning sehrli tovushidan lol qolishibdi. Uni yanada takomillashtirib, zeb berishibdi. Nayni qamishdangina emas, balki

2Kayumov Ibragim Fayzullayevich OILADOSH CHOLG'ULARNI O'RGANISH O'QUV QO'LLANMA BUXORO -2020

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yog'ochdan, misdan va boshqa turdagi metallardan ham yasab ko'rishibdi. Usta naychilardan Abduqodir Ismoilov, Saidjon Kalonov va hozirgi kunda Mirza Toirov, Abdulahat Abdurashidovlar nomi barchaga ma'lum. Bu ustozlarning «Cho'li iroq», «Chorgoh», «Bir kelsin» va shu kabi ajoyib asarlarni ijro etishganda kishining ko'ngli yoziladi va ruhi ko'tariladi va a'lo kayfiyatni his etamiz.

Surnay cholg'usi ham qadimiy tarixga ega. Bu cholg'u, asosan, tantanalar, bayramlar, sayillar, to'ylarda doira, nog'ora, karnay cholg'ulari bilan birgalikda ishlatiladi. Surnayning tovushi juda kuchli bo'lganligidan ochiq joylarda foydalaniladi.3

Surnay o'rik, yong'oq kabi qattiq daraxtlar yog'ochidan tayyorlanadi. Uning ustki tomonidan oltita va pastki tomonidan bitta teshik ochilgan bo'lib, ana shu teshiklarni ochish yoki yopish orqali kerakli tovushlar hosil qilinadi. Surnayda tovush hosil qilinadigan qism alohida tayyorlanib, «nay pachoq» deyiladi va har safar ijro etishdan oldin surnayga o'rnatiladi.

Sibizg'a yoki sibiziq juda qadimiy musiqiy cholg'ulardan biri ekanligi ma'lum bo'lib, u chorvachilik rivojlangan hududlarda paydo bo'lgan, deb taxmin qilinadi. Sibizg'a g'arov qamish bo'lagidan tayyorlanadi va qat'iy o'lchamlari belgilanmagan bo'ladi. Har bir ijrochi o'z ixtiyoriga ko'ra xohlagan hajmda tayyorlab, 5 tagacha teshiklar ochishi mumkin. Keyingi paytlarda unutila boshlagan bu cholg'uning qayta jonlantirilishi Surxondaryolik Nodir bobo va uning farzandlari Abdurashid bobolarning ijrochilik an'analarini davom ettirishga katta yordam berdi. Bugungi kunda katta bayram tantanalari va folklor jamoalari chiqishlarining sibizg'a tovushini yangrashi bilan boshlanishi odat tusiga aylanib bormoqda.

Sibizg'a cholg'usining takomillashtirilgan va ikki donasini birgalikda qo'shib chalinishidan hosil bo'lgan musiqiy cholg'u - qo'shnaydir. Qo'shnay tayyorlanadigan qamishlar bir oz yo'g'onroq va qalinroq bo'ladi. Har ikkala qamish bo'laklari xuddi sibizg'adagi singari til ochiladi va har bir bo'lakning uzunligi va yo'g'onligi bir xil bo'lishi talab qilinadi. Kerakli tovushlarni hosil qilish uchun esa har ikkala bo'lakda ham bir xil masofada 7 donadan teshiklar ochiladi. Qo'shnay cholg'usi Xorazmda kengroq qo'llaniladi. Uning sadolanishida «g'izillashga» o'xshagan tebranish seziladi.

Bulaman (balabon) surnaydan ko'ra birmuncha kichikroq, qattiq yog'och tanasidan ishlangan cholg'u bo'lib, tovush hosil qilinadigan qismi surnaynikidan farq qiladi.4 Bulamanda «nay pachoq» o'rnida sibizg'asimon til ochilgan qamish

3Surnay - nay oilasiga kiruvchi o'zbek milliy cholg'u sozi.

4Bulamon - ham nay oilaiga kiruvchi o'zbek milliy sozi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lagidan foydalaniladi. Bulamanda ham kerakli tovushlarni hosil qilish uchun teshiklar ochilib, ularning yettitasi ustki tomonda va bittasi pastki tomonda bo'ladi. Bulamanning tovush tembri (kuchi) surnaynikidan pastroq bo'ladi. Karnay -o'zbek damli musiqiy cholg'ularining eng kattasi va eng kuchli tovush tembriga ega desak, xato bo'lmaydi. Uning hajmi kattaligini inobatga olgan holda, og'ir bo'lmasligi uchun, yupqa mis tunukadan tayyorlanadi va alohida 3 ta bo'lakni bir-biriga qo'shib kiydirish orqali yig'iladigan ko'rinishda tayyorlanadi. Bu cholg'udan surnay, doira, nog'ora bilan birgalikda ochiq joylarda ijro etish mumkin bo'lgan ansambllarda foydalaniladi.Qadimda karnaylardan harbiy yurishlarda ham keng foydalanilgan. Karnay bayramlarda, tantanali marosimlarda, surnay, nog'ora va doiraga qo'shib chalinadi. Karnay ijrosida asosiy tovushdan sof kvinta yoki kichik septima intervali eshitiladi.Chang-qadimiy musiqiy cholg'u hisoblansa-da, bizning hududimizga XX asrning boshlarida kirib kelgani haqida ma'lumotlar bor. Chang- O'rta Osiyo xalqlarining urma-torli cholg'usidir. Changda unisonga sozlangan uchtadan tor bo'lib, ovoz hajmi kichik oktava sol dan uchinchi oktavada sol diyez ga qadar. Ilgari ijrochilik amaliyotida qo'llanilgan changning tovushqatori diatonik ladda bo'lgan. Notalar skripka kalitida yoziladi. Changning ustki qismi rezinka bilan qoplangan to'qmoqcha kabi maxsus ingichka ikkita cho'plar bilan urib chalinadi. XVII asrda yashagan musiqa olimi Darvishali Changiy changning juda qadimiy asbobligi va undan kasalliklarni davolashda foydalanilganini yozgan. Hozir chang qayta ishlanib, tovushqatori xromatik, ya'ni yarim tonlik qilingan. Ijrochining o'tirib ijro etishiga qulay bo'lishi uchun vintlarga o'rnatilgan uchta oyoqlari bor. Davomli sadoni yo'qotish uchun pedal ishlangan. Orkestrda ijro etish uchun changning katta-kichik turlari ishlab chiqilgan.

Rubob - o'zbek an'anaviy chertib chalinadigan cholg'u sozlaridan. O'zbek ijrochilik amali yotida ru-bobning ikki turi mavjud -afg'on rubobi va qashqar rubobi. Afg'on rubobi ko'proq akademik ijro-chilik amaliyotida qo'llaniladi. An'anaviy rubob esa qashqarrubobi nomi bilan mashhur cholg'udir. XX asrning boshlarida Qashqardan keltirilgan rubobning takomillashgan varianti sifatida ijro amaliyotida ommalashgan.

XULOSA

Hozirda ham shu kabi va boshqa ko'plab o'zbek milliy sozlarimizning takomillashuvi ko'plab kompozitorlarning asalarlarini ijro qilishda, ularni turli ansambl, orkestrlarda ijro qilish imkonini berdi. Hozirgi kundagi yoshlarimiz ham o'zbek milliy sozlarimizning keng imkoniyatlaridan foydalanib, turli asarlarni cholishda hamda o'zbek musiqamizni dunyoga tanitishda o'z xissalarini qo'shmoqdalar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Zoirov Zarif Rashitovich "O'zbek xalq milliy-an'anaviy cholg'ularida o'qitish metodikasi" -Termiz - 2019.

a. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent 2015

2. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova "O'zbek musiqasi tarixi" - Toshkent, "Fan va texnologiya" 2018.

3. N.Yuldasheva, N.Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent «Iqtisod-moliya» - 2016

4. Oydin Abdullayeva "Cholg'ushunoslik" «Musiqa» nashriyoti Toshkent - 2018.

5. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti - Toshkent -2003.

6. Abduvali o'g'li, A. A. (2023). XX ASR MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING BA'ZI XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 35, 729-734.

7. Абдусатторов, А. А. У. (2023). УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛЕУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОС^ИЧЛАРИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 521-526.

8. Бурхрнов, Р. М., Алиев, С., Габриэлян, С., & Гиенко, Б. УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛЕУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКИЧЛАРИ Абдусатторов Абдужалил Абдували угли.

9. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.

10. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 47.

11. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИНА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

12. Abdusattorov, A. (2020). About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

13. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.