Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ CHOLG’U ASBOBLARINING SHAKLLANISHI, TAKOMILLASHUVI, OMMALASHUVIDA O`ZBEK DIYORIDA YASHAB IJOD ETGAN OLIMLAR, SOZGARLAR, SOZANDALAR VA BASTAKORLARNING QO’SHGAN HISSASI'

O’ZBEK XALQ CHOLG’U ASBOBLARINING SHAKLLANISHI, TAKOMILLASHUVI, OMMALASHUVIDA O`ZBEK DIYORIDA YASHAB IJOD ETGAN OLIMLAR, SOZGARLAR, SOZANDALAR VA BASTAKORLARNING QO’SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
185
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’ZBEK XALQ CHOLG’ULARI / ALLOMALAR / MUTAFAKKIRLAR / MUSIQA / SAN’AT

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qodirov B.G.

Xalq cholg’ular har bir millatning ma’naviy boyligidir. Ular yillar davomida o’ziga xos tarzda shakllanib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga hozirgi kunga kelib ham o’z nufuzini yo’qotmay kelmoqda. O’zbek xalq cholg’ulari haqiqatdan ham milliy madaniyatimizning noyob xazinasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni ma’nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang barang ekanligini e’tirof etish joizdir. Milliy cholg’ularimizning rivojlanib borishi ham buning yorqin dalilidir. Mazkur maqolada O’zbek xalq cholg’ularining shakllanish tarixi, bosqichlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, mutafakkir allomalarning musiqa cholg’ulari shakllanishidagi xizmati va asarlaridagi ifodalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADDED CONTRIBUTION OF SCIENTISTS, COMPILERS, COMPILERS AND COMPOSERS LIVING IN UZBEKISTAN IN FORMATION, IMPROVEMENT, POPULARIZATION OF INSTRUMENTS OF UZBEK NATIONAL ECONOMY

Folk instruments are the spiritual wealth of every nation. They have been formed and developed in their own way over the years. At the same time, it has not lost its influence even to this day. Uzbek folk instruments are truly a unique treasure of our national culture. Therefore, it is permissible to recognize that they are rich and colorful from the point of view of meaning and material. The development of our national musical instruments is a clear proof of this. This article describes the history and stages of the formation of Uzbek folk instruments. Also, the contribution of intellectual scholars in the formation of musical instruments and their expressions in their works are highlighted.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ CHOLG’U ASBOBLARINING SHAKLLANISHI, TAKOMILLASHUVI, OMMALASHUVIDA O`ZBEK DIYORIDA YASHAB IJOD ETGAN OLIMLAR, SOZGARLAR, SOZANDALAR VA BASTAKORLARNING QO’SHGAN HISSASI»

Qodirov B. G.

Navoiy davlat Pedagogika instituti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi

O'ZBEK XALQ CHOLG'U ASBOBLARINING SHAKLLANISHI, TAKOMILLASHUVI, OMMALASHUVIDA O ZBEK DIYORIDA YASHAB IJOD ETGAN OLIMLAR, SOZGARLAR, SOZANDALAR VA BASTAKORLARNING QO'SHGAN HISSASI

Annotatsiya. Xalq cholg'ular har bir millatning ma'naviy boyligidir. Ular yillar davomida o'ziga xos tarzda shakllanib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga hozirgi kunga kelib ham o'z nufuzini yo'qotmay kelmoqda. O'zbek xalq cholg'ulari haqiqatdan ham milliy madaniyatimizning noyob xazinasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni ma'nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang barang ekanligini e'tirof etish joizdir. Milliy cholg'ularimizning rivojlanib borishi ham buning yorqin dalilidir. Mazkur maqolada O 'zbek xalq cholg'ulariningshakllanish tarixi, bosqichlarihaqidama'lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, mutafakkir allomalarning musiqa cholg'ulari shakllanishidagi xizmati va asarlaridagi ifodalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbek xalq cholg'ulari, allomalar, mutafakkirlar, musiqa, san'at.

Kadyrov B.G. teacher

"Music Education " department Navoi State Pedagogical Institute

ADDED CONTRIBUTION OF SCIENTISTS, COMPILERS, COMPILERS AND COMPOSERS LIVING IN UZBEKISTAN IN FORMATION, IMPROVEMENT, POPULARIZATION OF INSTRUMENTS OF UZBEK NATIONAL ECONOMY

Abstract. Folk instruments are the spiritual wealth of every nation. They have been formed and developed in their own way over the years. At the same time, it has not lost its influence even to this day. Uzbek folk instruments are truly a unique treasure of our national culture. Therefore, it is permissible to recognize that they are rich and colorful from the point of view of meaning and material. The development of our national musical instruments is a clear proof of this. This article describes the history and stages of the formation of Uzbekfolk instruments. Also, the contribution of intellectual scholars in the formation of musical instruments and their expressions in their works are highlighted.

Key words: Uzbek folk instruments, scholars, thinkers, music, art.

Musiqa ko'plab asrlar davomida insonga hamroh bo'lib, uning mehnat faoliyatini, turmushini, his-tuyg'usi hamda kechinmalarini, o'y-fikrlari va orzu-umidlarini aks ettirib kelgan. Insoniyat jamiyatining umumiy rivojlanishi hamda biron-bir xalqning turmush sharoitiga muvofiq holda uning musiqasi rivojlangan. Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar xilma-xilligi, ohang xususiyatlarining o'ziga xosligi, ritmikasi va melodika (ohang) qurilishi, o'ziga xos musiqa (cholg'u) asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa asarlari behisob.

Xalqning musiqiy madaniyati yuksalib borgani sari cholg'u asboblari ham asta-sekin boyib borishi ma'lum: ayrim sozlar konstruksiyasi tufayli asrlar davomida saqlanib kelgan va bizgacha «ibtidoiy» ko'rinishida qisman yetib kelgan bo'lsa, boshqalari davrning yuksak talablariga javoban takomillashgan. Milliy cholg'u asboblari, ayniqsa, XX asring 20-30-yillarida jadal takomillashdi.

Insonning qalbida go'zallik tuyg'usini taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamol inson haqida gapirib bo'lmaydi. Shunday ekan qudratli kuchga ega bo'lgan musiqa, o'z jozibasi bilan inson qalbini qamrab oladi, uni go'zallikga yetaklaydi. Shu boisdan ham musiqani xalqning, millatning qalbi deb, bejiz aytilmaydi. "Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadryatlari, ming yillikni qamragan betakror va jozibali madaniyatimiz tiklana boshlandi. Qolaversa, qaysiki xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir. Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, o'ziga xos shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmish allomalari Al-Forobiy (IX asr) o'zining «katta musiqa kitobi»da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV asr) «Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy» risolasida, Ahmadiy (XIV asr) «Sozlar munozarasi» asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) «Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy» risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr) «Musiqiy risola»sida, Amuliy (XVI asr) «musiqa risola»sida, Darvesh Ali Changiy (XVII asr) «Musiqiy risola»larida musiqiy cholg'ularni o'rganib tadqiq etish masalalarining turli tomonlariga to'xtalib, o'z davrlarining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. Ayniqsa, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urg'u berib o'tganliklarini asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib Eyxgorn, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg'ularni o'rganish xususida samarali ish olib borganlar.

Musiqa ana shu nozik tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Musiqiy cholg'ular esa, insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni inson ijodiyoti mahsuli bo'lib, har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayot jarayonlarini ifodalovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Cholg'ulardan taraladigan ohanglar esa xalqning ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi.

O'zbek xalqi qadimiy boy musiqiy merosga ega bo'lib, bunda musiqiy cholg'ularning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning musiqa cholg'ularimiz xalqimizning moddiy, madaniy boyligi hisoblanib, madaniy tariximizni anglashda va milliy madaniyatimiz rivojida boshqa sohalar singari muhim o'rin tutadi.

Tarixdan ma'lumki, o'z davrida O'zbekiston hududidan G'arb va Sharq mamlakatlarini birlashtirib turuvchi Buyuk Ipak Yo'li o'tganligi, bu esa zaminimizga boshqa xalqlar madaniyatining kirib kelishi va bizning madaniyatimizni boshqa xalqlar madaniyatiga yoyilishiga sababchi bo'lgan. Bu esa o'z - o'zidan barcha sohalar yuksalishiga, xususan musiqa madaniyati ham boshqa sohalar singari rivojlanishi va yurtimiz hududida ko'plab cholg'ularning saqlanib qolishiga zamin yaratib bergan. O'zbek xalq cholg'ulari o'ziga xos tarzda musiqaning barcha tarmoqlariga mos shaklda asrlar osha mukammallashib, rivojlanib keldi.

Tarixiy qo'lyozmalarda O'rta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholg'ular nomlari keltirilgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular yasash uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k haqida) ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan - borbad, ud, rud, qo'biz, g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli cholg'ulardan - ruhafzo, shammoma, org'anun, sibizg'a, nayi anbon, chag'ona, bulamon, surnay, nay, qo'shnay, karnay; urma cholg'ulardan -daf, doira, nog'ora, safoil kabi musiqa cholg'ulari haqida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.

Zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan birga chang, rubob, dutor, g'ijjak kabi xalq cholg'ularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholg'ularning turli yo'nalishlariga mos, xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi. Amaliyotda an'anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elektron) cholg'ularning xillari keng qo'llanilmoqda. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum (ovoz) imkoniyatlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega bo'lishi, u xalq madaniy-ma'naviy boyligi ekanligini etirof etish lozimdir.

XX asrning birinchi yarmida davr taqozosi bilan butun jahon miqyosida madaniyatlarning o'zaro yaqinlashuv jarayonlari kuzatildi. O'zbekistonda musiqa san'atining yangi turlari shakllana boshladi. O'sha paytlarda o'zbek musiqa san'ati rivojlanishida xorij mamlakatlari musiqachilarining ta'siri katta bo'lganini inkor etib bo'lmaydi, albatta. V.Uspenskiy, N.Mironov va uning safdoshlarni o'zbek xalq musiqasini notaga olish ishlarini boshlab yuborganliklari tarixdan ma'lum. Yangi tashkil etilgan ijodiy jamoalar, o'quv yurtlari, tizimga solingan ta'lim asta-sekin shakllana boshladi. Toshkentda konservatoriya ochilishi, viloyatlarda musiqa bilim yurtlarining tashkil etilishi musiqiy ta'limni yangi pog'onaga ko'tardi. Asta-sekin yangi zamon talabiga javob beradigan milliy kadrlar yetishib

chiqa boshladilar. Ular sozandayu xonandalardan tortib, musiqashunos bastakorlaru bastakorlardan tashkil topgan bo'lib, o'zbek musiqa san'ati rivoji yo'lida fidokorona mehnat qildilar.

F.N.Vasirevning «Rubob darsligi», «Qashkar rubobi uchun gamma va arpedjio applikaturasi», K-Usmonovning «Boshlang'ich rubob darsligi», X.Nurmatovning «Rubob darsligi», R.Kosimovning «An'anaviy rubob darsligi» kabi bir qancha qo'llanma va darsliklar chop etilagan. Qayd etilgan darsliklarda qashqar rubobi haqida qisqa umumiy ma'lumotlar berilgan. Ushbu qo'llanmalaming «Qashkar rubobi haqida ma'lumot» bo' limida taniqli bastakor va sozanda M. Mirzaev tomonidan rubob cholgusini O'zbekistonga olib kelinishi va ommalashishi, uning bugungi ko'rinishga yetib kelgunicha qilingan ishlar, xususan XX asrning 40-50 yillarida o'zbek cholg'ularini takomillashtirish natijasida yaratilgan ruboblar oilasi, hozirgi kunda bu cholg'uning turlari mavjudligi, nafaqat O'zbekistonda, balki, qo'shni davlatlarda, xususan Shinjon Uyg'ur Avtonom Respublikasida uchraydigan turlari haqida ham ma'lumotlar keltirildi.

Biz yashab turgan hududimizda ishlatiladigan milliy musiqa cholg'ularining turlari nihoyatda ko'p. Agar ular nomma-nom sanab chiqilsa, 50 tadan ortiq ekanligining guvohi bo'lish mumkin. Shular ichidagi 18 nomdagi musiqiy cholg'u XX asrning 30-yillari oxiridan boshlab yangidan yaratilgan musiqiy cholg'ular hisoblanadi va ular asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu cholg'ular muqaddam mavjud bo'lgan milliy musiqa cholg'ularining shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq ko'rinishga keltirish asosida yaratilgan bo'lib, o'sha cholg'u oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar natijasida yaratilgan. Takomillashtirilgan cholg'ularda tajribalar olib borildi va chang, rubob, dutor, g'ijjak, qo'biz asboblarining oilasi yaratildi.

Zamonaviy jarayonda xonanda va sozandalikda mohirlikka erishgan namoyandalarning ijodi alohida o'rganilib nashr etilishi ahamiyatlidir. Zero, sozanda va xonandalar ijodini yoritishga bag'ishlangan monografiyalarda ularning hayoti, ijodiy faoliyati, ustoz-shogirdlik sabog'i, ijrochilik uslubi va maktabi, bastakorlik ijodi hamda ulardan namunalar keltirish an'ana bo'lgan. Ayni paytda

benazir ustozlar, ijrochilik san'atining zabardast namoyandalari Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Hoji Abdulaziz Abdurasulov (Mahmud Ahmedov), To'xtasin Jalilov (Ikrom Akbarov), Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov (Ravshan Yunusov), Orifxon Xotamov (S.Begmatov) Turg'un Alimatov (R.Qosimov), Muxtorjon Murtazoyev (S.Begmatov, A.Zokirov)lar ijodiga bag'ishlangan monografiyalar nashr etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Asqar F. Musiqa va inson ma'naviyati. - Toshkent.: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000.

2. S. Begmatov O'zbek an'anaviy cholg'ulari. - Toshkent: Yangi nashr, 2008.

3. Toshmatov O'., Turatov S., Ko'hna cholg'ular ijrochiligi. - Toshkent: "Tafakkur nashriyoti, 2016.

4. google.com

5. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.