Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY-AN'ANAVIY, MUMTOZ MUSIQIY CHOLG’ULARINING TARKIBIY TASNIFI'

O’ZBEK MILLIY-AN'ANAVIY, MUMTOZ MUSIQIY CHOLG’ULARINING TARKIBIY TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
909
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Maqomot” / “Annikov lagani” / Mеhtar / “musihor” / torli plеktorli sozlar / munshtukli sozlar. / makamot / Annikov's cymbal / mekhtar / mushihor / words with a string plectrum / words with a mouthpiece.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R. Abdurahmonov

O’zbek an’anaviy musiqasini yuzaga keltirishda, uni xalqqa namoyon etishda sozanda va bastakorlarimizning o’rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda esa o’zbek milliy cholg’ularimizni o’rni katta albatta. O’zbek milliy cholg’ularimizning tasnifi, ularni qay tarda, qanday, kimlar ijro etganini esa ushbu maqolada ko’rib chiqishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURAL CLASSIFICATION OF UZBEK FOLK-TRADITIONAL, CLASSICAL MUSICAL INSTRUMENTS

The role of our musicians and composers in creating traditional Uzbek music and presenting it to the people is incomparable. Our Uzbek national musical instruments play an important role in this regard. In this article, we can consider the classification of our Uzbek national musical instruments, which, how and who played them.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY-AN'ANAVIY, MUMTOZ MUSIQIY CHOLG’ULARINING TARKIBIY TASNIFI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MILLIY-AN'ANAVIY, MUMTOZ MUSIQIY CHOLG'ULARINING

TARKIBIY TASNIFI Ravshan Raimjanovich Abdurahmonov

Namangan davlat pedagogika institute Pedagogika fakulteti "Musiqa ta'limi" o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7162349

Annotatsiya. O'zbek an'anaviy musiqasini yuzaga keltirishda, uni xalqqa namoyon etishda sozanda va bastakorlarimizning o 'rni beqiyos. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda esa o'zbek milliy cholg'ularimizni o'rni katta albatta. O 'zbek milliy cholg'ularimizning tasnifi, ularni qay tarda, qanday, kimlar ijro etganini esa ushbu maqolada ko'rib chiqishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: "Maqomot", "Annikov lagani", Mehtar, "musihor", torli plektorli sozlar, munshtukli sozlar.

СТРУКТУРНАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ УЗБЕКСКИХ НАРОДНО-ТРАДИЦИОННЫХ, КЛАССИЧЕСКИХ МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ

Аннотация. Роль наших музыкантов и композиторов в создании традиционной узбекской музыки и представлении ее народу несравнима. Большую роль в этом отношении играют наши узбекские национальные музыкальные инструменты. В этой статье мы можем рассмотреть классификацию наших узбекских национальных музыкальных инструментов, какие, как и кто на них играл.

Ключевые слова: «макамот», «тарелка Анникова», мехтар, «мусихор», слова со струнным плектром, слова с мундштуком.

STRUCTURAL CLASSIFICATION OF UZBEK FOLK-TRADITIONAL, CLASSICAL

MUSICAL INSTRUMENTS

Abstract. The role of our musicians and composers in creating traditional Uzbek music and presenting it to the people is incomparable. Our Uzbek national musical instruments play an important role in this regard. In this article, we can consider the classification of our Uzbek national musical instruments, which, how and who played them.

Keywords: makamot, Annikov's cymbal, mekhtar, mushihor, words with a string plectrum, words with a mouthpiece.

KIRISH

Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kеlayotgan mo''jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik mе'zoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kеlgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek mumtoz musiqamizning asosi bo'lgan an'anaviy cholg'u ijrochiligi esa azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlar, sharoitlar va ijro uslublar yuzaga kelgan. Ko'p asrlik ijrochilik amaliyoti esa (xalq va an'anaviy)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

cholg'ularni guruh bo'lib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga binoan cholg'ular sozandalar tomonidan bir-birlariga mos o'z turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib amaliyotda qo'llanilib kelingan.

Xalq an'anaviy cholg'ularini tasniflash jarayoni ilm dunyosida ikkinchi muallim nomini olgan Al-Forobiy tomonidan boshlab berilganligi bir qator tarixiy manbalarda zikr etilgan. Shundan so'ng bir qator musiqashunos olimlar risolalarida turli cholg'ularning tavsifi berilib, o'z zamondoshlarining mashhur cholg'ulari bayon etildi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'tmish allomalarining tadqiqotlari, hozirgi zamon ilm-fan yutuqlari hamda cholg'ularning tabiiy shakllanib rivojlanish jarayonlari deyarli bir-biriga mos ekanligini namoyon etadi. Shunga ko'ra o'zbek musiqiy cholg'ularini uch asosiy guruhga bo'lish mumkin. Tasniflash jarayonida olimlar uch mezonga asoslanganliklarini e'tirof etib o'tish lozim.

Birinchi asos - har bir cholg'uning sado chiqarish vositasi, ya'ni cholg'ularning tovush manbai. Ayrim cholg'ularda oddiy ip yoki sim bo'lsa, ba'zilarida teri yoki muayyan bir jism. Ba'zilarida esa havo vositasida ovoz tarannum etiladi.

Ikkinchi asos - ijrochilik uslubi, ya'ni cholg'u asboblarini tarannumiga erishish mezonlari: dam, chertish, urish-zarb va silash orqali.

Uchinchi asos - cholg'ularning funktsiyasi. Ushbu holatda ko'proq cholg'ularning ijrochilikdagi muhiti va sharoiti nazarda tutilgan.

O'zbek an'anaviy xalq cholg'ulari tasnifotini ikki yirik olimlar V. Belyaev va F. Karomatovlar o'z ilmiy tadqiqotlarida yoritib berganlar. Ushbu tadqiqotlar nashr etilib, o'quv jarayonida keng qo'llaniladi. Tabiiy tuzilish va ijroviy imkoniyatlariga ko'ra o'zbek xalq an'anaviy cholg'ulari uch guruhga tasniflanadi. Har bir guruh cholg'ulari ichki xususiyatlaridan kelib chiqib turlarga bo'linadi:

1. Torli cholg'ular, ijroviy imkoniyatlarini inobatga olib to'rt turga ajratiladi:

a) torli chertma cholg'ular - barmoqlar yordamida chertib ijro etiladigan cholg'ular;

b) torli plektorli - maxsus moslama yordamida ijro etiladigan cholg'ular;

v) torli kamonli - kamon yordamida chalinadigan cholg'ular; g) torli urma - maxsus cho'plar yordamida ijro etiladigan cholg'ular.

2. Puflama-damli cholg'ular tarkibiy va ijroviy xususiyatlari doirasida uch turga ajratiladi:

a) naysimon - bevosita havoni puflash yo'li bilan chalinadigan cholg'ular;

b) tilsimon - ovoz manbai cholg'udan ajratilgan tildan hosil bo'ladigan cholg'ular;

v) munshtukli - maxsus naycha yoki naypachoqlar bilan ijro etiladigan cholg'ular.

O'zbek cholg'ularining ijroviy va texnik imkoniyatlari ulkanligini e'tirof etish lozimdir.

Ijrochilik amaliyoti o'zbek an'anaviy xalq cholg'ularining turli xalqlar musiqa namunalari bilan birga jahon klassik musiqiy namunalarini me'yorida ijro etish imkoniyatlari mavjudligini namoyon etgan. Bu esa cholg'ularning rang-barangligi, turlari xalq va professional ijrochilik amaliyotida o'zini namoyon etganligidan dalolat beradi.

Torli cholg'ular qadimdan shakllanib, turli xalqlar amaliyotida o'z ma'naviyati va an'anasi doirasida rivoj topib kelgan musiqiy asboblardan bir turi hisoblanadi. Torli cholg'uning kelib chiqishi tarixiga aniq bir ma'lumot berish mushkul. O'tmish manbalarida keltirilgan rivoyatlarga ko'ra, birinchi kashf etilgan torli cholg'uning nomi Barbat bo'lgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va ilk bor buyuk yunon olimi Pifagor tomonidan ixtiro etilgani qayd etiladi. Darhaqiqat, ilk yasalgan-yaratilgan cholg'u har tomonlama sodda va oddiy bo'lgan va keyinchalik rivojlangan. Bu haqda maqomshunos olim Ishoq Rajabov yozadi: "Pifagordan so'nggi davrlarda yashagan musiqachilar "Barbat"ni takomillashtiradilar va uning asosida 2-3-4 torli musiqa asboblari yasadilar. Barbatni esa, ko'p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo'lgan, deb ko'rsatiladi". Aslida ham Barbat udsimon asbob bo'lib, ud cholg'usining yaratilishida ham asos bo'lganligi ko'pgina manbalarda qayd etilgan.

O.Matyoqubovning 2004 yilda nashr etilgan "Maqomot" kitobida shunday bayon etiladi: - "Musiqada cholg'u asboblar, tajribadagi amaliy izlanishlar natijasi va umumlashmasi degan qarashlardan kelib chiqqan holda Forobiy musulmon olamining mumtoz sozlari bo'lmish ud, tanbur, rubob, qonun, arg'anun-organ, nay, surnay va boshqalarning ilmiy tavsifini bergan...olimlar Kurd Zaks va Erix Xoridostellarning fikricha, asbobshunoslik - organologiya faniga Forobiy asos solgan. Musiqa haqidagi katta kitobida musiqashunoslik tarixida birinchi bor choldg'u sozlarining ilmiy tasnifoti bayon etilgan".

O'rta asrlarda yashab ijod etgan olimlar o'z risolalarida torli cholg'ularning qadimiy namunalari nuzxa, nayxa, chang, qonun, rubob, ud, rud, tanbur, do'mbira va dutor, qo'bizlarning tavsifini zikr etganlar. XX asrda esa Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" risolasida o'zbek xalq cholg'ularini tavsiflab beradi. Musiqiy cholg'ularning rivoji avvalo ijro amaliyoti bilan bog'liq.

Cholg'ularning takomillashishi yoki aksi ularni ijrochilik mezonidagi o'rni bilan xarakterlanadi. Shu bois O'rta asrlarda yaratilgan risolalarda yoki badiiy adabiyot namunalarida o'tmish sozanda va xonandalarining nomlari va amaliy ishlari ham o'z ifodasini topgan.

MUHOKAMA

O'zbek xalq an'anaviy cholg'ulari orasida torli hamda chertib ijro etiladigan cholg'ularga dutor va do'mbira kiradi. Ushbu cholg'ular o'z ijrochiligi, tabiati, ovoz tarannumi bilan amaliyotda alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Shu bilan birga, xalq ijrochilik amaliyotida o'z o'rni va yo'nalishiga ega bo'lib, baxshi va sozandalar qo'lida, o'tmishdan so'zlovchi cholg'ular sifatida o'z mavqeini saqlab kelmoqda.

XULOSA

Qadimgi ajdodlarimiz inson ovozidan kuchliroq tovush beradigan, ochiq havoda chalinadigan cholg'ularni ixtiro qilgan va uni ovda, harbiy yurishlarda, to'y, sayil, bayram va boshqa turli yig'inlarda qo'llash odat tusiga kirgan. Damli cholg'ular eramizdan avvalgi III - I asrlarda ham naysimon, tilli va karnaysimonlarga tavsiflangan. Qadimgi Misr, Bobil va boshqa Sharq mamlakatlarida damli cholg'ular haqida ma'lumot beruvchi tasviriy san'at asarlari mavjud bo'lib, ular haykalchalar va arxeologik topilmalarda o'z aksini topgan.

VII -X asrlarga kelib arablar istilosi bilan birga yangi an'analar taraqqiy topa boshlaydi. Sharq xalqlarida inson nafasi, ya'ni dami - ilohiy va shifobaxsh deb qaralgan.

Ash-Sheroziyning "Durrat ut-toj li-hurrat id-diyboj" - shoh tojini bezovchi noyob dur qomusi risolasida damli cholg'ular tovush hosil etilishi bo'yicha uch turga tasniflangan. Bular hushtaksimonlar, tilli dudikli va karnaylardir. Shuningdek, u cholg'ular pardalarini ijrochi og'zi tomoniga qarab ochilib borishi natijasida tovushning balandlashuviga doir ma'lumotlarni keltirgan. Bu davrda shaharlarning rivojlanishi turli hunarmandlar va kasb egalarining do'konlari vujudga kelishi bilan mehtarlik qo'shlari, guruhlari paydo bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mehtar - forscha - boshliq, zobit, rahbar ma'nosini bildiradi. Ularning tarkibi uch nafar -surnay, karnay, doirachilardan to o'n besh nafargacha bo'lgan sozandalarni o'z safiga birlashtirgan. Mehtarlar ochiq havoda chalinadigan cholg'u ijrochilaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi kuchli musiqiy tovush - sas, dabdaba va asasa bilan dushmanga dahshat solish, lashkarlarga ruhiy madad berish, kuy chalib xalqni jang boshlanganligidan, qo'shinning qaytib kelishidan, g'alaba tantanasidan, xonning chiqishidan va boshqa voqea va bayram, sayil va to'y tadbirlaridan ogoh g'ilishdan iborat bo'lgan.

O'rta asrlarga kelib dehqonchilikning rivojlanishi shaharlarda bunyodkorlik ishlari Maoraunnahr va Xurosonda adabiyot hamda san'at rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, Amir Temur davridagi harbiy yurishlar natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu sozanlar shahar madaniyatining o'sishiga katta hissa qo'shdilar va sanoi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o'z san'atlarini o'rgatdilar. Bu davrda "Nog'oraxona"lar paydo bo'la boshladi. Nog'oraxona va u erdagi bosh nog'orachining vazifasi kun chig'ishi, tushlik va kun botishi paytida kuylar chalish, keyinchalik kunnig har soatidga mo'ljallab ijod g'ilingan maqom, sho'ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa ro'zai ramazon oylarida ro'zadorlarni saharlikka uyg'otadigan kuylar chalish nog'oraxonalarda amalga oshirilgan. Sohibqiron tomonidan otda chopish, kura sh, nayzabozik, qilichbozlik, yoyandozlik va boshqa harbiy o'yin musobaqalari hamda ko'pkarilarning har tomonlama taqdirlanishi harbiy musiqa ayniqsa, ochiq havoda ijro qilinadigan damli va zarbli cholg'ularning ahamiyatini oshirdi. Mahoratli sozandalarning yetishib chiqishiga keng yo'l ochib berdi. Bunday katta tantanalar Hirotda, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda "tarabxona", "tomoshagoh", "sayilgoh" kabi maydonlarda o'tkazilgan. Tomosha yoki sayil boshlanishidan oldin surnay, karnay, tobil, nog'oralardan tashkil topgan guruh ijrosida "Olomon yig'ar", "Shodiyona", "Bag'ri tobil" va shularga o'xshash aholini yig'inga chorlovchi kuylar chalingan. Mehtarlik guruhlari yanada rivojlanib ularning dasturlarida "Askariy", "Mehtariy", "Ilg'oriy", "Sarbozcha", "Duchava", "Qashqarcha", "Sharqiya", "Usmoniya" va boshqa kuylar ijro qilingan.

REFERENCES

1. Zoirov Zarif Rashitovich "O'zbek xalq milliy-an'anaviy cholg'ularida o'qitish metodikasi" -Termiz - 2019.

2. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent 2015

3. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova "O'zbek musiqasi tarixi" - Toshkent, "Fan va texnologiya" 2018.

4. N.Yuldasheva, N.Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent «Iqtisod-moliya» -2016

5. Oydin Abdullayeva "CHOLG'SHUNOSLIK" «Musiqa» nashriyoti Toshkent - 2018.

6. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti - Toshkent - 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.