Научная статья на тему 'DUTOR IJROCHILIGINING TASNIFI'

DUTOR IJROCHILIGINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
279
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / ohang / kuy / dutor / tanbur / rubob / ud / xalq cholg’ulari / tovush

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahmadjon Mamadjonovich Abdurahimov

Ushbu maqolada xalq cholg’ulari va dutor ijrochiligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, Abu Nasr Farobiyning «Katta musiqa kitobi», Darvish Ali Changiyning «Musiqaga oid risola»si kabi yozma manbaalarda ayrim cholg’ular ta’rifi keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUTOR IJROCHILIGINING TASNIFI»

DUTOR IJROCHILIGINING TASNIFI

Ahmadjon Mamadjonovich Abdurahimov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq cholg'ulari va dutor ijrochiligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, Abu Nasr Farobiyning «Katta musiqa kitobi», Darvish Ali Changiyning «Musiqaga oid risola»si kabi yozma manbaalarda ayrim cholg'ular ta'rifi keltiriladi.

Kalit so'zlar: musiqa, ohang, kuy, dutor, tanbur, rubob, ud, xalq cholg'ulari, tovush.

Yangilanayotgan jamiyatda milliy qadriyatlarni tiklash, shaxs ma'naviyatini yuksaltirishga doir yuqoridagi vazifalar sog'lom ijtimoiy muhitning qaror topishi; fuqarolar ma'naviy-axloqiy yetukligini ta'minlash masalasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi; ta'lim-tarbiyaning maqsadli, tizimli, uzluksiz va izchil olib borilayotganligi, yosh avlod imkoniyatlarining amalga oshirilishiga yo'naltirilganligi kabi omillarning yuzaga chiqishi bilan amalga oshiriladi. Mazkur omillar o'quvchining shaxsiy imkoniyatlari, salohiyati, ma'naviy axloqiy sifatlari, shu bilan birga ruhiy holatini tarbiyalashda ham o'ziga xos o'ringa ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabr «O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3391-son qarorining qabul qilinishi milliy madaniyatimizni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdi. «Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda alohida muhim о'rin egallaydi» O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev quyidagilarni ta'kidlaydi: «Barchamizga ayonki, O'zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, - qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz, bu - xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir. Bu salohiyatni yaratish va yanada kо'paytirishda hurmatli ziyolilarimiz - ilm-fan va texnika namoyondalari, birinchi navbatda, qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san'at, sport sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qо'llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni biz о'zimizning birlamchi vazifamiz sifatida to^ishimiz darkor» Musiqa о'zining betakror tabiati bilan о'quvchilarning ma'naviy dunyosiga katta ta'sir qilish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta'sirida о'quvchilarda xissiyot olamining о'sishi, idrok va tafakkurning shakllanishi,

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

ezgulikka intilishi, go'zallikni sevish, tabiatni asrash, oila Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. «Musiqa ko'ngilga axloqan muayyan ta'sir ko'rsatish quvvatiga ega, hamonki, musiqa shunday xislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash predmetlari qatoriga qo'yilmog'i lozim», - deb aytgan edi qadimgi buyuk yunon faylasufi Arastu.1 Shunday ekan musiqiy ta'lim orqali o'quvchi-yoshlarni tarbiyalash o'ziga xos pedagogik yondashuvni talab etadi. Musiqa o'zining betakror tabiati bilan o'quvchilarning ma'naviy dunyosiga katta ta'sir qilish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta'sirida o'quvchilarda xissiyot olamining o'sishi, idrok va tafakkurning shakllanishi, ezgulikka intilishi, go'zallikni sevish, tabiatni asrash, oila Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi.

Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. «Musiqa ko'ngilga axloqan muayyan ta'sir ko'rsatish quvvatiga ega, hamonki, musiqa shunday xislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash predmetlari qatoriga qo'yilmog'i lozim», -deb aytgan edi qadimgi buyuk yunon faylasufi Arastu. Shunday ekan musiqiy ta'lim orqali o'quvchi-yoshlarni tarbiyalash o'ziga xos pedagogik yondashuvni talab etadi. Sharq olimlarining nazariy qarashlari musiqa tajribasi asosida shakllangan bo'lib, ular o'z risolalarida musiqa cholg'usini jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumot berganlar.

Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg'u asboblari o'z xususiyatlari doirasida uch turga bo'linadi. Torli, puflama va zarbli cholg'ular. Cholg'u musiqa san'ati O'zbek xalqi musiqa ijodining muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Uning shakllanishi ham ayrimlar singari xalq turmushining turli ko'rinishlari (sayl, tantana bayram, marosim va hk) bilan bog'liq holda yuzaga kelgan va o'ziga xos va badiiy vazifalarni bajaradi. Shu o'rinda cholg'u musiqasining aytimga, ya'ni ovoz bilan kuylashga nisbatan ikkilamchi ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Zotan, Sharq musiqa ilmining asoschilaridan bo'lgan mutafakkir Abu Nasr Farobiyning yozishicha: «eng mukammal soz - inson tomog'i, eng mukammal musiqa - inson ovozidir. Binobarin cholg'u musiqasi inson evasiga jo'rsoz bo'ladi, uni boyitishga hizmat qiladi yoki unga tahlil etadi. Darhaqiqat, ulug' elimning bundan ming yil avval bildirgan fikri hozirga qadar o'z isbotini topib kelmoqda. Chunonchi o'zbek xalq cholg'ularining qo'llanish o'rni ko'proq qo'shiqchilikka (ashulachilikka, dostonchilikka) jo'rsozlik qilishga ko'zga tashlanadi. Avvalambor shuni aytish kerakki, O'zbek xalqi musiqiy cholg'ularga boyligi jihatidan jahon halqlari orasida ilg'or o'rinlardan birini egallaydi. Zero sozlarining hilma hilligi shu qadarki, ularda cholg'uda ijro etish vositalarining deyarli barcha turlari hususan turli chertma torli,

kamonli, torli zarbli, labli puflama, urma zarbli va hokazo kо'rinishlari namoyon bо'ladi.

Dutorning tarixiy shakllanishi uzoq о'tmish va boshqa cholg'ular bilan uyg'unlik jihatlar borib taqalsada musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab ta'riflanib keladi. «Farobiy (IX asr) ma'lumotlariga qaraganda Xuroson tanburi о'zining kо'plab belgilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi». Lekin, dutorni о'z nomi va uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Xusayniy о'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan «Qonuni ilm va amali musiqiy» nomi risolasida bayon etgan. Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oralig'i kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bog'langan pardalari о'n bittani tashkil etuvchi dutor cholg'u asbobi ta'riflanadi. Lekin, qayd etish joizki, risolada tavsiflangan cholg'u har tomonlama zamonaviy dutor soziga yaqin. Farq faqat, shaklda deyish mumkin. Chunki, tavsiflangan dutorni kosaxonasi hozirgi zamon dutoridan oz bо'lsada kattaroq, dastasi esa qisqaroqdir. Davrlar osha cholg'ular о'zgarish yoki mukammallashish jarayonini о'tashi muqarrardir. Dutor О'rta Osiyoning о'zbek, turkman, tojik, qoraqalpoq xalqlari orasida keng ommalashgan cholg'udir. Qayd etish joizki, har br xalq dutorining oz bо'lsada о'ziga xoslik jihatlari mavjuddir. Dutor - ikki torli cholg'u asbobidir. Odatga to'ra, tut daraxtidan tayyorlanadi. Cholg'u ikki asosiy qismlarga bо'linadi: a) kosaxona (rezonator); b) dasta. Cholg'uning kosasi 10-12 ta yupqa qovurg'achalarning bir-biriga birlashtirib yopishtirish orqali hosil qilinadi va uning ustki qismi maxsus qopqoq bilan qoplanadi. Cholg'uning kosasida torlar ilinadigan maxsus moslama, ya'ni ilgichlar о'rnatiladi. Dutorning dastasi cholg'u jussasiga qarab belgilanadi. Unda 14-15 ta pardalar mavjud bо'lib, ular ichak, zamonaviy jarayonda jilka (sun'iy ip)dan boylanadi va torlari ipakdan eshilib tayyorlanadi. An'anaviy dutor pardalari diatonik tovushqator tarkibida joylashgan. Dastaning boshlanish qismida esa, ikkita maxsus quloqlar joylashgan. Quloqlar iplarni tortish va cholg'uni sozlash uchun qо'llaniladi. Cholg'uda ovoz tarannumini sof holda taralishi uchun ikkita xarrak о'rnatiladi. Cholg'uning yuqori qismida joylashgan xarrak shayton xarrak deyiladi va birinchi parda bilan quloqlar mobaynida joylashadi. Pastki xarrak maxsus shaklda yasaladi va cholg'uning sozlanishiga to'ra qopqoq ustiga о'rnatiladi.

Dutor о'zbek xalq cholg'ulari orasida о'zgaruvchan xususiyatli cholg'ular tarkibiga kiradi. Shu bois, bu toifadagi cholg'ularning sozlari (torlari) ijro uchun kerakli parda (tovush)ga sozlanib olinadi. Dutor ijrochilik amaliyotida ijro etilayotgan asarga qarab turlicha, ya'ni kvarta, kvinta, qо'shtor (unison), oktava va sekunda intervalliga sozlanadi. Ijrochilik amaliyotida, an'anaviy ijro uslubida kvinta sozi keng qо'llaniladi. Kvarta-Tanovor sozi, unison^'shtor, oktava-Bayot sozi nomlari bilan ham yuritiladi. Sekunda va tersiya intervali asosida sozlash zamonaviy jarayonda juda kam qо'llaniladi. Dutor cholg'ular orasida turli va rang-barang zarblarga boy, nafis va

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

nazokatli, falsafiy ovozga boy cholg'u soz sifatida turli yoshdagi ijrochilar amaliyotida keng qо'llanilib kelinadi. О'zbekistonda dutorning xalq an'anaviy va hududiy ijrochilik uslublari mavjuddir. Hududiy uslublarga Farg'ona-Toshkent va Xorazm dutor ijrochilik maktablari kirib, har biri о'zining vohaviy xususiyatlariga ega. Xorazmda esa maxsus dutor maqomlari ham shakllangan. Ijrochilik amaliyotida mohirlik darajasiga erishgan xalq dutorchi sozandalari Mahmud Yunusov, G'ulomjon Qо'chqorov, Faxriddin Sodiqov kabilar doimo xalqimiz e'zozida bо'lib kelganlar. Cholg'u ijrochiligi rivojlanish davrlari, ustoz san'atkorlar, ularning ijro yo'llarini о'rganadilar.

Mashhur sozandalarning faoliyatiga nazar tashlaydigan bо'lsak, buning isbotini yaqqol ^rishimiz mumkin. О'z davrining yetuk sozandasi mashhur pianinochi S.Raxmaninov «Bir kun chalmasam о'zim bilaman, ikki kun chalmasam dо'stlarim biladi, uch kun chalmasam tinglovchilar biladi» deganida, mashq qilish, shug'ullanishning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotlagan edi. Gamma va arpedjiolar ustida ishlash jarayoni faqat о'quvchining texnik imkoniyatlarinigina rivojlantirish bо'lib qolmasdan, balki shu gammalar yordamida ijroning badiiy ifodalilik kо'nikmalarini tarbiyalovchi vositalardan biri bо'lishi lozim.

Dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida o'zbek xalq maqomlari, qo'shiqlari orqali ta'lim oluvchilarni ijro mahoratlarini oshirish hamda estetik tarbiyalash muammosi hozirgi kunda nihoyatda dolzarb hisoblanadi. O'zbek xalq maqomlari namunalari va qo'shiqlari vositasida ta'lim oluvchilarni ijro mahoratini shakllantirish va estetik tarbiyalashda dutor ijrochiligi mashg'ulotlarini imkoniyatlari katta. Zero, O'zbek xalq maqomlari va qo'shiqlarida xalqning orzu-umidlari, his-tuyg'ulari, shuningdek, qaxramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, kabi ijobiy sifatlari ulug'lanadi. Bu esa xalqimizning urf-odatlari bilan bevosita bog'liq. Dutor ijrochiligi mashg'ulotlari, o'quv dasturlari va darsliklariga o'quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib O'zbek xalq maqomlari va qoshiqlari kiritilsa, Faxriddin Sodiqov ijro uslublari turli vositalar yordamida o'quvchilar ongiga singdirilsa, samarali natija berishini yaqqol ko'rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.A.Asilov, F.N.Vasilyev «Dutor darsligi»-T.,1977.

2. Dutor navolari». О'zbekiston xalq artisti Orif Qosimov repertuaridan. 1-kitob, T., 1980. 2-kitob, T., 1983. ^'plovchi va notaga oluvchi B.Rahimjonov.

3. «Dutor sadolari». 1-kitob, T., 1987. Dutor ijrosi uchun moslashtiruvchi hamda tо'plovchi G.Quchqorov.

4. A.Ilyosov «Dutor о'rganish kitobi». T.1966.

5. M.Ziyayeva. Dutor. Faxriddin Sodiqov ijro uslubi. - Toshkent. Musiqa, 2011. - 85 b.

6. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlar to'g'risida»gi Farmoni. // «Xalq sо'zi»gazetasi, 2017 yil 16 fevraldagi soni.

7. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «^'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlar bо'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.// «Xalq sо'zi» gazetasi, 2017 yil 8 fevraldagi soni.

8. Madaniyat sohasiga oid meyoriy hujjatlar tо'plami. - T.,2010.

9. Ta'lim sohasiga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar. Ikki jildli. - T.,2012.

10. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shahsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо'lishi kerak. - T.:» 0'zbekiston».2017.

11. O.Matyoqubov, «Maqomot», 2004, 277-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.