Научная статья на тему 'DUTOR IJROCHILIGINING TARIXIY TARAQQIYOTI'

DUTOR IJROCHILIGINING TARIXIY TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1315
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Dutor / Zaynulobiddin Al-Husayniy / “Qonun” / cholg‘u / takomillashtirish / rez / terma zarb / ufori zarb / tanovor zarb

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tursunoy Dodo Qizi Laminova

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘ularidan biri bo‘lmish dutor cholg‘usi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, ijro amaliyotiga tegishli ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUTOR IJROCHILIGINING TARIXIY TARAQQIYOTI»

DUTOR IJROCHILIGINING TARIXIY TARAQQIYOTI

Tursunoy Dodo qizi Laminova Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'ularidan biri bo'lmish dutor cholg'usi, uning tarixiy shakllanish jarayoni, ijro amaliyotiga tegishli ma'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Dutor, Zaynulobiddin Al-Husayniy, "Qonun", cholg'u, takomillashtirish, rez, terma zarb, ufori zarb, tanovor zarb.

HISTORICAL DEVELOPMENT OF DUTOR PERFORMANCE

Tursunoy Dodo kizi Laminova UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article provides information about one of the Uzbek national instruments dutor, the process of its historical formation and performance.

Keywords: Dutor, Zainulobiddin Al-Hussaini, "Kanun", tool, improvement, cut, terma zarb, ufari zarb, tanovar zarb.

O'zbek mumtoz musiqasi serjihat va buyuk ma'naviyat namunasi sifatida namoyon bo'lib kelgan. Binobarin, ushbu musiqa namunalari ijod, san'at turi bo'lib qolmasdan, balki madaniyatning muhim bir qismi sifatida ham o'rganilishi lozim. O'zbek mumtoz musiqasi shunday keng ko'lamliki, uning qamrab olmagan mavzulari kamdan kam topiladi. Xalq o'zi kuylayotgan ashulalarga, dostonlariga, maqomlari va cholg'u kuylariga insonni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalashga ta'sir ko'rsata oluvchi tarbiyaviy mavzularni singdira olgan. Ushbu musiqa numunalari orqali xalq yuragidagi dardlarini, mehr-muhabbatini, ishqiy kechinmalarni, orzu-istaklarini bayon qilib kelgan.

Darhaqiqat o'zbek milliy cholg'ulari o'zining rang-barangligi va jozibadorligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Azal-azaldan har bir o'zbek xonadonida biror bir cholg'u asbobi bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu an'ana davom etmoqda. Ushbu maqolamizda o'zbek xalqining sevimli cholg'usi bo'lmish "Dutor" sozi va uning tarixiy taraqqiyoti haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik.

"Xorazmning kushon davriga oid ma'naviy-madaniy yodgorliklar juda boy va ajoyibdir. Jumladan, 1945-1950 yillar mobaynida olib borilgan eramizning III-IV asriga oid Tuproqqal'a saroyining qazish ishlari vaqtida juda ko'p sonli devoriy yozuvlar topilgan bo'lib, ular orasida uchta musiqiy cholg'uning tasviri ham

I icclT^^^^H 228 http://oac.dsmi-qf.uz

aniqlangan. Bular: oltita torli kichik arfa, ikkita torli kichik udsimon cholg'u va qumsoat shaklidagi ikkiyoqlama zarbli cholg'u. Va ushbu uchta cholg'uga monand uchta musiqachi ayollar tasviri. Sozandalardan biri bo'lgan, arfa chalayotgan ayol tasviri juda mashhur bo'lsa, qolgan ikkitasi esa deyarli hech qayerda chop etilmagan"1.

"Sopol idishlarga tushirilgan tasvirlarda sakkizta cholg'u ushlab turgan sozandaning qiyofasi va sopol xumdon devorining bir tomoniga bir rel'efli tasvirlar ishlangan. Barcha haykalcha va rel'eflar turli davrlarga mansub bo'lib, meloddan avvalgi IV-III asrlardan eramizning I asrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Har bir haykalchaga bittadan musiqiy cholg'u tasviri to'g'ri kelib, rel'eflarga ham shunchadan tasvirlar tushirilgan. Shunday qilib, jami 9 ta cholg'u asbobi mavjud ekanligi aniqlanadi. Ularning barchasi turli cholg'ular guruhiga mansub. Torli guruhlarda to'qqiz torli, burchakli arfa, besh torli kifara, to'rt torli udsimon cholg'u va oltita, ikkitorli dutorni eslatuvchi, rezonator shakli bo'yicha ikki kichik guruhga bo'linuvchi sozlar mavjud. Ikkita haykalcha va rel'efdan tashqari bu sopol idishlardagi tasvirlar chop etilmagan"2.

"Amir Temur va Temuriylar davrini, mubolag'asiz, nafaqat o'zbek xalqining, balki butun Yakin va O'rta Sharq ellarining musiqa san'ati jadal ravnaq topgan, kamolot cho'qqisiga erishgan, chinakam Uyg'onish davri bo'lgan deyish mumkin. Zero, bu xalqlar yagona davlatni tashkil etib, o'zaro samarali madaniy aloqalar o'rnatibgina qolmay, ayni vaqtda Osiyo va Ovro'paning eng yirik mamlakatlari bilan ham ma'naviy bog'lanish imkoniyatiga ham ega bo'lganlar.

Sohibqiron saroyda o'tkazilgan tantanalarda doimo musiqachilarning ijrosini maroq bilan tinglab, yangi yaratilgan asarlarga baho berishni xush ko'rgan. Uning bu fazilatlarini merosxo'rlaridan tortib sarkardalarigacha butun saroy ahli yaxshi bilgan.

Amir Temur davriga xos bo'lgan ma'naviy ko'tarinkilik musiqa san'atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyat yaratib berdi: sozandalik va xonandalik, musika ta'limi, bastakorlik ijodi, musika ilmi kamol topdi. Asrlar qa'rida shakllangan an'anaviy ustoz-shogird ta'lim tizimi keng quloch yozdi.

O'z mohiyatiga ko'ra, tom ma'nodagi uyg'onish harakatini yaratgan bu jarayon nafaqat Amir Temur saltanatining poytaxti Samarqandda, balki uning avlodlari Shohruh, Ulug'bek, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalar davridagi Buxoro, Xiva, Kitob, Balx, Qobul shaharlarida ham qizg'in kechdi. O'rta asrlar an'anasi shahar aholisining kasb-koriga ko'ra, jamoa (mahalla) bo'lib yashashni taqozo etar edi. Xalq ichida tanilgan san'atkorlar, hokimlar farmoniga ko'ra yoki o'ziga qulaylik yaratish

1 T.Tojiyev. XIVA XONLIGI MUSIQIY MUHITI" (XIX-ASR IKKINCHI YARMI - XX-ASR BOSHLARI MUHAMMAD RAHIMXON II HUKMRONLIGI DAVRI. magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi. T., 2022 (12-bet)

2 T.3y$apoB., "Co3 Ba C03rap^HK Tapnxn"., T-2014 (6-7 betlar)

I fcclT^^^^HI 229 http://oac.dsmi-qf.uz

maqsadida kasbdoshlari bilan jamoa bo'lib yashashni afzal ko'rar edilar. Shunga binoan «xonandalar mavzesi», «sozandalar mahallasi», «bastakorlar ko'chasi» joriy etildi. Bu kasb sohiblarining alohida obro' va nufuzga sazovor bo'lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy mavqega ega ijodiy maktablar shakllandi."3

Alisher Navoiy naqshlar (ashula-cholg'u asarlari) hamda peshravlar (cholg'u asarlari) muallifi bo'lganligi «Boburnoma»da keltirilgan. Tuzilish jihatdan murakkab bo'lgan bunday asarlarni yarata olish hodisasi nafaqat Sharq, balki G'arb madaniyati tarixida ham kamdan-kam uchraydi. Qolaversa, yarim asrdan keyin, ya'ni XVI-XVII asrlar bo'sag'asida yashab ijod qilgan olim Darvesh Ali Changiy, shu davrdagi ommabop 24 usuldan bir qanchasi Ulug'bek, 12-tasi Husayin Boyqaro, 7-tasi esa Alisher Navoiy qalamiga mansub ekanligiga guvohlik beradi.

Amir Temur va Temuriylar davri musiqa asboblari turli-tumanligi va serqirraligi bilan ajralib turadi. Masalan: ud (yog'ochidan foydalanilgan daraxt nomiga ko'ra) sozini arablar faqat Sharqqa emas, balki G'arbga ham tarqatishgan (lyuto, lyutnya va boshqalar shu asbobdan kelib chikqan), bu davrning musiqa nazariyasida (musiqiy risolalarda) interval, tetra-pentaxordlar, tovushkatorlar belgilash uchun hamda yakkaxon va ansambl ijrochiligida ko'llanilgan.

Mukammal maqom tizimi va maqom ijrochiligi tanbur asbobi bilan uzviy birlikda idrok etiladi. Maqomlarning cholg'u bo'limlarini yakkanavoz ijrosida ham, ashula bo'lymlarining doira bilan ijro etilishida ham tanbur yetakchilik qiladi.

XIV asrdan e'tiboran «Shashmakom» turkumining shakllanish jarayoni boshlandi. «Duvozdah maqom» ham mustaqil ravishda davom etgan bo'lsa-da, uning tarkibiy qismlari yangi turkumda ko'llanildi.

Ilk davrda «Duvozdahmaqom» butun Yaqin va O'rta Sharq xalqlari madaniyatiga birday xos bo'lgan. Temuriylar davridan boshlab esa bu jarayonga muayyan mahalliy xislatlar ta'sir eta boshlagan. Natijada, yaxlit tizimdan muayyan ajralgan, milliy xususiyatlarga ega bo'lgan turkum asarlar shakllana boshlagan. Birlamchi tizimdan farqli o'laroq ularda tuzilish-kompozitsiya jihatidan hamda soniga ko'ra erkinlik ustuvor bo'ladi. Shu alfozda 12 ta arab maqomi, 12 ta uyg'ur maqomi, 7 ta eron dastgohi, 7 ta ozarbayjon mug'omi, 6 ta o'zbek va tojik maqomi yuzaga keldi. Bu turkumlar ham, o'z navbatida, mahalliy musiqiy sheva ta'sirida yangi mukammal turkumlar yaratilishiga turtki bo'ldi. Shu tarzda o'zbek-u tojik zaminida Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, turli-tuman ko'p kismli cholg'u asarlar yuzaga keldi.

"Mashhur bastakor Zaynulobidin bin Muhammad bin Mahmud al-Xusayniyning "Qonun" asari Navoiy buyurtmasi asosida yozilgan bo'lib, bu haqda muallifning o'zi muqaddimada, Navoiyga bag'ishlangan qasidada eslatib o'tadi.

3 M.TomeBa."EyroK TeMyp Ba Mycn^a" 3yp TacBup ra3eTacu. - T., №14(1113). 2019. - E.10-11 (10-11 betlar)

230

Asar muqaddima va 21 ta bobdan iborat. Muallif asar 24 bobdan iborat ekanligi xaqida muqaddimada yozib o'tgan. Ammo manbaning yagona Toshkent nusxasida asarning 21 bobigina saqlanib qolingan bo'lib, oxirgi uch bobi yo'qolgan bo'lsa kerak. Manbada nag'ma, bo'd, jam, lahn kabi musiqiy tushunchalarga ta'rif berilgan.

Xusayniyning risolasi Urmaviyning "Kitabul-advor" va Sheroziyning "Durratud-toj" asarlariga asoslangan bo'lib, aksariyat hollarda ularning mazmunini kayta bayon etadi. Asarda temuriylar davrida mashhur bo'lgan 12 maqom tizimi kuyidagi tartibda keltirilgan: Ushshok, Navo, Busalik, Rost, Xusayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfaxon, Zirafkand, Buzurg.

Manbaning 16-bobi "Dar bayoni dutor" deb nomlanadi va dutor haqida ilk ma'lumotlar keltiriladi"4.

Dutor - o'zbek an'anaviy chertim cholg'u sozlaridan biri. Uzoq o'tmishdan xalq ijrochilik amaliyotidan munosib o'rin egallab kelayotgan dutor, ayni paytga kelib an'anaviy ijro uslubiga xos barcha guruhlar tarkibidan joy oldi. An'anaviy yakkanavoz cholg'u sifatida shakllandi va yetakchi cholg'ular qatoriga kirdi. Dutorning tarixiy shakllanishi va boshqa cholg'ular bilan uyg'unlik jihatlari uzoq o'tmishga borib taqalsada, musiqiy risolalarda XV asrdan boshlab ta'riflanib keladi. «Forobiy ma'lumotlariga qaraganda, Xuroson tanburi o'zining ko'plab belgilari bilan zamonaviy dutorni eslatadi.

Lekin, dutorning o'z nomi va uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy) imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy o'zining musiqa ilmiga bag'ishlangan «Qonuni ilm va amali musiqiy» nomli risolasida bayon etgan.

Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oralig'i kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga bog'langan pardalari o'n bitta bo'lgan dutor cholg'u asbobi ta'riflanadi. Lekin, qayd etish joizki, risolada tavsiflangan cholg'u har tomonlama zamonaviy dutor soziga yaqin. Farq faqat, shaklda deyish mumkin. Chunki tavsiflangan dutorning kosaxonasi hozirgi zamon dutoridan oz bo'lsada kattaroq, dastasi esa qisqaroqdir. Davrlar osha cholg'ular o'zgarish yoki mukammallashish jarayonini o'tashi muqarrardir. Dutor O'rta Osiyoning o'zbek, turkman, tojik, qoraqalpoq xalqlari orasida keng ommalashgan cholg'udir. Qayd etish joizki, har bir xalq dutorining oz bo'lsada, o'ziga xoslik jihatlari mavjuddir.

"Dutor O'rta Osiyoning o'zbek, turkman, tojik, qoraqalpoq xalqlari orasida keng ommalashgan cholg'udir. Qayd etish joizki, har br xalq dutorining oz bo'lsada o'ziga xoslik jihatlari mavjuddir.

Odatga ko'ra, tut daraxtidan tayyorlanadi. Cholg'u ikki asosiy qismlarga bo'linadi: a) kosaxona (rezonator); b) dasta. Cholg'uning kosasi 10-12 ta yupqa

4 Qo'zieva Gulasal."Abdurahim Hamidov MALAKAVIY ISHI. Toshkent-2019. (9-bet)

ijro uslubini ustoz-shogird an'anasida davomiyligi" BITIRUV

qovurg'achalarni bir-biriga birlashtirib yopishtirish orqali hosil qilihadi va uning ustki qismi maxsus qopqoq bilan qoplanadi. Cholg'uning kosasida torlar ilinadigan maxsus moslama, ya'ni ilgichlar o'rnatiladi. Dutorning dastasi cholg'u jussasiga qarab belgilanadi. Unda 14-15 ta pardalar mavjud bo'lib, ular ichak, zamonaviy jarayonda jilka (sun'iy ip)dan boylanadi va torlari ipakdan eshilib tayyorlanadi. An'anaviy dutor pardalari diatonik tovushqator tarkibida joylashgan. Dastaning boshlanish qismida esa, ikkita maxsus quloqlar joylashgan. Quloqlar iplami tortish va cholg'uni sozlash uchun qo'llaniladi. Cholg'uda ovoz taran- numining sof holda taralishi uchun ikkita xarrak o'rnatiladi. Cholg'uning yuqori qismida joylashgan xarrak shayton xarrak deyiladi va birinchi parda bilan quloqlar mobaynida joylashadi. Pastki xarrak maxsus shaklda yasaladi va cholg'uning sozlanishiga ko'ra qopqoq ustiga o'rnatiladi. Dutor o'zbek xalq cholg'ulari orasida o'zgaruvchan xususiyatli cholg'ular tarkibiga kiradi. Shu bois, bu toifadagi cholg'ulaming sozlari (torlari) ijro uchun kerakli parda (tovush)ga sozlanib olinadi. Dutor ijrochilik amaliyotida ijro etilayotgan asarga qarab turiicha, ya'ni kvarta, kvinta, qo'shtor (unison), oktava va sekunda intervaliga sozlanadi"5.

Ijrochilik amaliyotida, an'anaviy ijro uslubida kvinta sozi keng qo'llaniladi. Kvarta-Tanovor sozi, unison-qo'shtor, oktava-Bayot sozi nomlari bilan ham yuritiladi.

Sekunda va tersiya intervali asosida sozlash zamonaviy jarayonda juda kam qo'llaniladi.

Dutor an'anaviy cholg'ular orasida turli va rang-barang zarblarga boy, nafís va nazokatli, falsafíy ovozga boy cholg'u soz sifatida turli yoshdagi ijrochilar amaliyotida keng qo'llanilib kelinadi.

Yakka zarb - oddiy zarblardan biridir. Sozanda dutorni dastlabki o'rganish davrida chap qo'lda quyidagi belgilar asosida « P » (pastga) va « B » (yuqoriga) zarblar asosida ochiq torda harakatlantiriladi.

P - (pastga) harakat belgisini bildiradi, bunda bosh barmoqdan tashqari barcha barmoqlar pastga harakatlanadi.

Pastga zarb - yuqoridan pastga bosh barmoqdan tashqari, qolgan to'rt barmoq pastga harakatlanadi. Bu zarb P (panja) belgisi bilan ko'rsatiladi.

V - (yuqoriga) harakat belgisi, bosh barmoq pastdan yuqoriga harakatlanadi, bunda bosh barmoqqa qolgan to'rtta barmoq yig'ilgan holatda qo'yilib, birga harakatlanadi.

Yuqoriga zarb - pastdan yuqoriga bosh barmoq bilan uriladi. Zarb kuchli chiqishi uchun bosh barmoq tagidan ko'rsatkich va o'rta barmoqlar itarib chiqaradi. Bu zarb B (bosh barmoq) belgisi bilan belgilanadi

5 PacyrnoeB.^. Y36eK gyrop H^ponn^Hra. T., 1997 (20-bet)

232

Terma zarb (Tanovar zarbi) - dutor ijrochiligi keng qo'llaniladigan zarblardan hisoblanadi. Asosan bosh va ko'rsatkich barmoqlar ishtirokida amalga oshiriladi. Zarb yuqoridan pastga urila boshlaganda oldin ko'rsatkich barmoq keyin bosh barmoq torni urib pastga harakat amalga oshiriladi. Bu zarb notada «k» belgisi bilan ko'rsatilgan. Zarb pastdan yuqoriga urilganda esa oldin bosh barmoq torni urib yuqoriga harakat qiladi, keyin esa ko'rsatgich barmoq sudralib chiqadi. Uni «b» belgisi bilan ko'rsatiladi. To'rtta o'n oltitalik notalarning ikkitasi pastga, ikkitasi yuqoriga urib ijro etiladi.

1-zarbda ko'rsatkich barmoq bo'sh holatda pastga qarab harakatlanadi.

2-zarb ketidan bosh barmoq ham xuddi shu holatda pastga harakatlanadi

3-zarb bosh barmoq yuqoriga harakatlanadi.

4-zarb ketidan ko'rsatkich barmoq xuddi shu holatda yuqoriga harakatlanadi.

Teskari zarb - notada katta «T» harfi bilan ifodalanadi va shu zarb ishlatiladigan

taktning boshlanishiga yozib qo'yiladi. Bunday zarb o'zbek kuylarini jozibali bezab ifodalashda qo'llaniladi. Teskari zarb bilan to'xtash ikki xil bo'ladi. Ayrim hollarda ushbu zarb kuyning xarakteriga qarab turli ko'rinishlarda uchraydi.

Dutor ijrochiligining jozibasi - rang-barang zarblaridan hosil bo'ladigan sadolarni turli bezak va jilolar bilan bezashdir. Shu bois dutorga xos bezak -qochirimlar an'anaviy ijrochilikda munosib o'rin olgan. Ular sozandalar orasida qochirim, kashish, miyang', molish, nolish, to'lqinlatish kabi iboralar bilan ataladi. Har bir bezak o'z ko'rinishi, ijro uslubi va shunga xos jozibali sadosiga egadir.

Inson tafakkuri torli cholg'uni ixtiro etib, uni ma'lum darajada rivojlantirgandan so'ng, uning umumbashariy rivoji har bir xalqning madaniyati, ma'naviyati va an'anasi asosida shakllanib rivoj topadi. Cholg'ularni har bir xalqning o'ziga xos va turli vositalar orqali ijro etiladigan namunalari yuzaga keladi.

"Oldiniga torli cholg'ularning shakllari", - deb yozadi V.Belyaev, - yoysimon bo'lgan. Ya'ni, yog'ochli (taxtali) egma tanali (korpusli) bo'lgan va unga bir va bir nechta torlar tortilgan. Vaqt o'tishi bilan ushbu taxtali tana to'g'rilanib borgan va dasta yoki cholg'u asbobi dastasi shakliga kelgan. Shu bilan birga dastaga mos rezonator vazifasini bajaradigan kosaxonalar, avvaliga jonzodlardan (toshbaqa, zihr) yoki o'simlik mevalari (qovoq, kakos yong'og'i va h.k.) biriktirilgan». Taraqqiyot jarayoni esa har bir xalqning o'z cholg'u asboblarini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Cholg'ularning kosaxonasi qaysi jihozdan va uning katta-kichiklik hajmi, dastasining uzun-qisqaligi hamda torlar soni va nisbati davrlar o'tishi bilan rivojlanib takomillashib borgan.

Hozirgi davrga kelib kelib dutorning shakli o'z holatini topgan bo'lib, dutor tut, o'rik yoki yong'oq daraxtidan tayyorlanadi. Uning noksimon kosasi "qovurg'ali" (ya'ni yonma-yon elimlangan yupqa taxtali) yoki uyma shaklda ishlangan bo'ladi. Kosa qismi ustidan iborat (taxtadan iborat qopqog'i va uning yunaltirilgan xarragi

I [ccñ^^BI 233 http://oac.dsmi-qf.uz

bor). Dutorning kosasiga uzunligi 7.0-7.5 desemetrgacha bo'lgan dastak ulanib, unga 13-14 ta ipakli parda bog'lanadi, ba'zan esa pardalar urnida yog'och yoki suyakdan ishlangan ishlangan maxsus moslamalar yopishtirib qo'yiladi. Dutorning ipakdan eshilgan ikki tori ijro etilayotgan kuyga muvofiq holda bosh parda (kvinta), o'rta parda (kvarta) yoki qush parda (prima yoki oktava) larga sozlanishi mumkin. Ikki oktavadan ziyod (xromatik xususiyatli) tovush qatori unda xalq kuylari bilan bir qatorda maqom yo'llarini ham ijro etish imkonini beradi. Dutorning o'ziga xos mungli va mayin ovoz tarovati so'lim aytimlarga uyg'un jur bo'ladi va ayniqsa, xotin qizlar tomonidan keng qo'llaniladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, zamonaviy jarayonda xonanda va sozandalikda mohirlikka erishgan namoyandalarning ijodi alohida o'rganilib nashr etilishi ahamiyatli. Zero, sozanda va xonandalar ijodini yoritishga bag'ishlangan monografiyalarda ularning hayoti, ijodiy faoliyati, ustoz-shogirdlik sabog'i, ijrochilik uslubi va maktabi, bastakorlik ijodi hamda ulardan namunalar keltirish an'ana bo'lgan.

Maqolamiz doirasida ko'rib chiqqan birgina soz va uning tarixi, taraqqiyot jarayonlari-yu, ijro hususiyatlari orqali o'zbek milliy cholg'u ijrochiligining naqadar keng va murakkab qatlam ekanligiga guvoh bo'lamiz. Bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodga ushbu go'zal san'atimiz durdonalarini tanitish, targ'ibotini yanada kuchaytirish esa soha mutaxassislarining zimmasida turgan ulkan mas'uliyat deb bilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Т.Зуфаров., "Соз ва созгарлик тарихи"., Т-2014;

2. I.Rajabov. Maqomlar. T., 2006;

3. Расултоев.Ж. Узбек дутор ижрочилиги. Т., 1997;

4. Беляев В. "Музыкальные инструменты Узбекистана" Москва-1933 год;

5. М.Тошева."Буюк Темур ва мусика" Зур Тасвир газетаси. - Т., №14(1113). 2019. - Б.10-11;

6. T.Tojiyev. Xiva xonligi musiqiy muhiti (XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlari Muhammad Rahimxon II hukmronligi davri. magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi. Т., 2022;

7. Qo'zieva Gulasal."Abdurahim Hamidov ijro uslubini ustoz-shogird an'anasida davomiyligi" BITIRUV MALAKAVIY ISHI. Toshkent-2019;

8. М.Тошева."Буюк Темур ва мусика" Зур Тасвир газетаси. - Т., №14(1113). 2019. - Б.10-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.