Научная статья на тему 'XORАZM SUVORАLАRI'

XORАZM SUVORАLАRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Suvorа / sаvt / hofiz / xonаndа / Onа suvorа (Kаttа suvorа) / Chаpаndozi Suvorа / Suvorаyi Komil.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sаydillаyevа Gulzodа Shokirovnа

Ushbu mаqolаdа O’zbek mumtoz musiqаsi tаrkibidаgi Xorаzm suvorаlаri hаqidа fikr-mulohаzаlаr yuritilаdi. Shuningdek, Xorаzm Suvorаlаrining nаzаriy vа аmаliy xususiyаtlаri yotirilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORАZM SUVORАLАRI»

XORAZM SUVORALARI

Saydillayeva Gulzoda Shokirovna

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi magistranti

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 25-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 28-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 31-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

Suvora, savt, hofiz, xonanda, Ona suvora (Katta suvora), Chapandozi Suvora, Suvorayi Komil.

ABSTRACT

Ushbu maqolada O'zbek mumtoz musiqasi tarkibidagi Xorazm suvoralari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, Xorazm Suvoralarining nazariy va amaliy xususiyatlari yotiriladi.

Onа vаtаnni sevish uni аrdoqlаsh, uni sevish, milliy qаdriyаtlаrni hurmаt qilish tuyg'usi muqаddаs tuyg'udir. Milliy qаdriyаtlаrning g'oyаviy- estetik ifodаsi bir qаtor bаdiiy qаdriyаtlаrdа, jumlаdаn, xаlq musiqа merosi, аfsonа vа dostonlаrdа mujаssаmlаshgаn. Bu esа milliy tа'lim-tаrbiyа tizimini milliy mаdаniyаt, milliy qаdriyаtlаr zаmiridа shаkllаntirish hаr jihаtdаn to'g'ri ekаnligini ko'rsаtаdi. Shuning uchun hаm milliy-mаdаniy meros nа'munаlаri vа ulаrdа ilgаri surilgаn g'oyаlаrni jаmiyаt tаrаqqiyoti vа shаxs kаmolotidаgi аhаmiyаti hаqidа birinchi prezidentimiz Islom Kаrimov shundаy fikr bildiradi: "Bu xazina insonga hayotda barqarorlikni ta'minlaydi, uning qarashlari shunchaki boylik orttirish yo'lida kun ko'rishga yo'l qo'ymaydi, fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida irodani mustahkamlaydi"1.

Bаrkаmol аvlodni tаrbiyаlаsh borаsidаgi ijtimoiy buyurtmа tа'lim muаssаsаlаri zimmаsigа muаyyаn vаzifаlаrni yuklаmoqdа. Аnа shundаy vаzifаlаrdаn biri o'quvchi-yoshlаrgа milliy-musiqiy meros, uning tаrkibiy qismlаridаn biri bo'lgаn Xorаzm musiqа аn'аnаlаri, ulаrning ijro xususiyаtlаri, musiqа nаmunаlаri mаzmunidа ilgаri surilgаn g'oyаlаr to'grisidа dаstlаbki tushunchаlаr berish, kuy-qo'shiqlаrgа mehr uyg'otish, nаmunаlаrni o'rgаnish, kuyksh ko'nikmа vа mlаkаlаrini shаkllаntirishdаn iboratdir.

Xаlqimizning tаrixiy shаkllаngаn urf-odаt, аn'аnаlаri, orzu-umidlаri, fаlsаfiy tаfаkkurini o'zidа ifodа etgаn milliy qаdriyаtlаri silsilаsidа sаn'аt, mаdаniyаt, musiqаning o'rni, uning tаrbiyаviy tа'sir imkoniyаtlаri g'oyаtdа ulkаn. Bu u^n sаn'аtning tur vа yo^^h^^ qаtoridа xаlq musiqа ijodi аlohidа mаvqegа egа bo'lib, undа xаlq hаyotining bаrchа qirrаlаri, o'zining betаkror, bаdiiylаshgаn in'ikosini topаdi.

Xаlq musiqа merosidаgi kuy-qo'shiqlаr, аllаlаr, o'lаnlаr, lаpаrlаr, dostonchilik qo'shiqlаri, kаttа аshulа vа yаllаlаr mаzmunidаgi bаdiiylаshgаn mаdаniy-mа'rifiy vа estetik g'oyаlаrdаn yosh аvlod tаrbiyаsidа foydаlаnish tа'lim-tаrbiyа ishlаrini milliy аsoslаrdа bаrpo

etishda poydevor vazifasini o'taydi. Zero, milliy musiqa meros har qanday jamiyat, millat, xalqning o'zligini bildiruvchi omil. Uning ruhiyati va etnik shakllanishidagi tamal toshidir.

Hozirgi davrda ham xalqimizning ma'naviy- madaniy boyliklari qatorida musiqa san'ati respublikamiz ma'naviy ravnaqida salmoqli o'rin tutadi. Unda xalqimiz hayotining turli davrlardagi tarixiy-badiiy ko'rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg'or, oliyjanob g'oyalari umumlashadi. Shunday ekan, bu o'z navbatida kelajagimiz bunyodkorlari bo'lmish yosh avlodni badiiy- estetik, ahloqiy va ma'naviy tarbiyasida ta'lim sohasiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtmani boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqchimiz degan masala mustaqilligimizning dastlabki yillaridan eng dolzarb, hayot-mamot masalalaridan biri bo'lib kelmoqda. O'zbekistonning milliy g'oya va mafkurasining tarixiy ildizlari xalqimizning moziy sinovlardan o'tib kelayotgan boy madaniy va ma'naviy merosi, urf-odat, an'analaridan, qo'shiqlari, bayramlari va meroslaridan ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo'lida ko'rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari, hamda ularni amalga oshirishda ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo'ladi.

O'tmishdan muayyan voha, o'lkada yashovchi millat, elatlarni o'ziga xos turmush tarzi bilan uyg'un holda musiqa madaniyati ham shakllangan, qaror topgan. Bu o'rinda mahalliy xalqning ijtimoiy- madaniy hayotida muhim o'rin tutuvchi kasb-korlik, marosimlar, bayrmlar, urf-odat, an'analar va ularni o'ziga xos xususuyatlari alohida ahamiyat kasb etgan. Bular o'z o'rnida o'sha hudud, vohada yashovchi xalqning adabiyoti, san'atida o'zini muayyan ifodasini topib, shakllanib kelgan. Ularning muhim belgilari va xususiyatlari barqarorligi va davomiyligi, ommaviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi va uzliksizligidadir.

O'zbek mumtoz musiqasi jumladan, Xorazm va maqom ashulalari har bir shaxsning ma'naviy kamolotini shakllantirish, insonga estetik zavq berish bilan birga intelektual salohiyatini rivojlantirish, uni estetik jihatdan barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu san'at o'zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismi sifatida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. Suvora so'zining kelib chiqishi va uning lug'aviy ma'nosiga e'tibor qiladigan bo'lsak, musiqashunoslik ilmida unga shunday ta'rif beriladi. Suvor fors tojik tilida "minmoq", "ot yoki boshqa jonivorni minmoq" degan ma'noni anglatadi. Suvora (forscha "suvoriy" - otliq) - Xorazm mumtoz xonandalik maktabida kengtarqalgan yirik ashula yo'li.

Suvora o'tmishda tasavvuf oqimining musiqa san'atidagi ko'rinishidir. Suvoralar, qadimda diniy so'zlar bilan aytilib, ijrochilarni "go'yanda" (aytimchi) deganlar. Suvora so'zi "suvoriy" so'zidan chiqqanligi bejiz emas, chunki ustozlarningaytishicha Suvoralarning ritm, doira usullari otning oyoq tovushi holatidan olingan deyishadi. Shuning uchun ham musiqa ijodiyotida ot bilan bog'liq asarlar juda ko'p uchraydi. Ot mingan otliqni musiqaga nima aloqasi bor deyish mumkin. Tarixiy manbalarda yozilishicha islom dini paydo bo'lgan uni mahalliy aholi orasida va boshqa hududlarda tez sur'atda yoyish, tarqatish muhim ijtimoiy va axloqiy masalalardan hisoblangan. Bog'dod xalifasi Qutayba lashkarboshi boshchiligida Xorazmga ikki marta Lashkar yuboradi. Xorazm va butun O'rta Osiyo arab istilochilari tomonidan bosib olingach, Qutayba Xorazmga so'nggi marta kelganida obodonlashtirish ishlariga, xususan mahobatli, mustahkam, chiroyli masjidlar barpo etishga farmon beradi.

Maorif va madaniyat sohalariga e'tibor kuchayadi. Mahalliy xalqlarga islom g'oyalarini singdirish, islomiy g'oyaviy safdin ekanligini tushuntirish uchun din ahllaridan, kitobxon mudarisaar, kissaxon-roviylardan tartibot maqsadida foydalaniladi.

Bog'dod xalifasi Qur'oni Karimning oyatlarini tafsirlari bilan idrok qilgan yoqimli ovoz egalari, qiroati shirali va tushunarli, talaffuzi yaxshi, nutqi ravon hamda o'zi salobatli ham sadoqatli mullolarni tanlab, ularni arabiy otlarga mindirib, qishloqlar, shaharlar, ovullarga xalq orasiga yuboradi. Yoqimli ovoz va chiroy qiroat qilishga mansub odamlar qishloq shaharlarga borib, ulug" allomayu shoirlar bitganrivoyatlarni baland, chiroyli ovoz bilan aytib, ularning she'riy dav"atlari, rivoyatlarini eshitgan xalq chiroyli ovoz va rivoyatlarda ifoda etilgan ibratomus qissalarga mahliyo bo'lishadi. Keyinchalik odamlar orasida chiqqan iste'dodli yoshlar bu aytimlarni o'zlaricha xirgoyi qilib aytib yuritiladi. Gap-u gashtak, turli yig'inlar, marakalarda, kichik davralarda yig'ilgan muxlislar otliqlar kuylagan aytimlarni aytib berishni iltimos iltimos qilib so'rashgan. Shunday qilib katta hajmdagi aytim yo'llari ko'chma ma"noda otliq kishining nomiga qolib "Suvora" deb atala boshlagan.

Suvora yo'llari qalandarlar, katta ashula aytuvchilarning xonishlariga o'xshab, dastavval usulsiz ijro etilgan. Keyinchalik iqtidorli, bilimli insonlar Suvoralarni ma"lum tartib, izchillik asosida umumlashtirib, parda, shakl va usullarini joy-joyiga qo'yishgan. "Suvora" bu oddiy xalq tilidagi nomdir. Aslida esa asosan hamd, durud, na"t, munojot toifasidagi aytimlardan tarkib topgan san"at turidir.

Mutaffakkir, shoir, olimlarning naql qilishlariga Suvora hadisi sharif ma"nolari bilan to'lib-toshgan "Hikmatli" so'zlar bilan aytilgan. Hofizu-go'yandalar avvalo, bu ilohiy so'zlarning ma"nosini tinglovchilarga tushuntirib berganlar. Baytlar ma"nolari, mazmuni ustida bahslar, suhbatlar qurganlar.

Xorazmda "Suvora" nomi bilan ma'lum va mashhur ashula turkumlari mavjuddir. "Suvora" so'zi for-tojikcha bo'lib, otliq ma'nosini bildiradi. Ustoz hofizlar suvora ashula kuylarini ot tuyog'idan hosil bo'ladigan turli ritmik tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylarni ifoda etadi deyishadi.

Xorazmda suvora ashula yo'lining ikki asosiy turkumi mashhur:

1. O'n ikki suvoradan iborat savti suvoralar turkumi. Bu turkumdagi har bir suvora rim raqami bilan belgilanadi. Masalan, Savti suvora I, Savti suvora II, Savti suvora III, Savti suvora IV, Savti suvora V. Mazkur turkumdagi barcha suvoralar 6/8 o'lchov vaznidagi doira usullari bilan ijro etiladi.

2. Yirik shakldagi suvoralar turkumi. Bu suvora turkumidagi har bir suvoralarning maxsus nomi bo'lib, Ular: Katta suvora, Chapandozi suvora, Yak parda suvora, Xush parda suvora, Kajang suvora nomlar bilan ataladi. Bu suvoralarda 6/8, 3/4, 3/8 ritm o'lchovlari va ularga muvofiq doira usullari qo'llaniladi.

Suvora asosan mumtoz she'riyatimiz darg'alari Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, Nodira, Ogahiy, Fuzuliy, Munis, Avaz O'tar, Bedil kabi shoirlar she'r-g'azallari bilan xarakterlanadi. Xorazmda Suvoralarning mashhur ijrochilaridan Xojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov kabi nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi.

Adabiyotlar:

1. Ibragimov O. An"anaviy xonandalik. Xorazm Suvoralari - Xorazm nashriyoti, 2004 y.

2. Ibrohimov O. Sahiy Suvoriylar. - T. "Nashr" bosmaxonasi, 2004 y.

3. Aбдуллaев Р. Узбек мумтоз мусик^си. Тошкент. 2006 й.

4. Ro'zimboev S. Xorazm vohasi o'zbek xalq qo'shiqlarining g'oyaviy- badiiy xususiyatlari. Avtoref. Dis. Ped. nom. -T: 1971 g.

4. O. Hayitova. Xorazm qo'shiqchilik san'ati durdonalari. - T.: "Noshir", -2009.

5. S. Xudoyberganov. "So'z va soz sohibi". Toshkent. "Ilm ziyo" 2014.

6. Matyoqubov O.M. Og'zaki an'anadagi professional musiqa asoslariga kirish. - T.: O'qituvchi, 1983 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.