Научная статья на тему 'O‘ZBEK MAQOM SAN’ATIDA AYOL OVOZLARINING TUTGAN O‘RNI'

O‘ZBEK MAQOM SAN’ATIDA AYOL OVOZLARINING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
181
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mumtoz musiqa / maqom / an‘anaviy xonandalik / sozanda / xonanda / an’anaviy ijrochilik / doston / katta ashula / suvora

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulhayo Rahmonjon Qizi Kenjayeva, D.Nosirov

Ma’lumki, o‘zbek milliy qadriyatlarimizdan biri, mumtoz musiqa san’ati maqom ijrochiligidir. Xalq san’atining maqom yo‘nalishi qadimiy boy tarixga ega. Maqom ijrochiligi o‘ziga xos uslub, yo‘nalish va o‘ringa egaligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqom ijrochiligining tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, ijro uslubi, shuningdek, bu yo‘nalishning shakllanishi va rivojlanishiga samarali hissa qo‘shgan xalqimizning sevimli maqom ijrochilari, ayol maqomchilari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MAQOM SAN’ATIDA AYOL OVOZLARINING TUTGAN O‘RNI»

O'ZBEK MAQOM SAN'ATIDA AYOL OVOZLARINING TUTGAN O'RNI

Gulhayo Rahmonjon qizi Kenjayeva Ilmiy rahbar: D.Nosirov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ma'lumki, o'zbek milliy qadriyatlarimizdan biri, mumtoz musiqa san'ati maqom ijrochiligidir. Xalq san'atining maqom yo'nalishi qadimiy boy tarixga ega. Maqom ijrochiligi o'ziga xos uslub, yo'nalish va o'ringa egaligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqom ijrochiligining tarixi, o'ziga xos xususiyatlari, ijro uslubi, shuningdek, bu yo'nalishning shakllanishi va rivojlanishiga samarali hissa qo'shgan xalqimizning sevimli maqom ijrochilari, ayol maqomchilari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, maqom, an'anaviy xonandalik, sozanda, xonanda, an'anaviy ijrochilik, doston, katta ashula, suvora

THE ROLE OF WOMEN'S VOICES IN THE ART OF UZBEK MAQOM

Gulhayo Rahmonjon kizi Kenjayeva Scientific supervisor: D.Nosirov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: It is known that one of our Uzbek national values is the performance of classical music. The status direction of folk art has a rich ancient history. Status performance is important because of its unique style, direction and location. This article provides information about the history of status performance, its specific features, performance style, as well as information about our people's favorite status performers and female status performers who effectively contributed to the formation and development of this direction.

Keywords: classical music, status, traditional singing, musician, singer, traditional performance, epic, big song, suvora

O'zbek milliy musiqa san'ati juda qadimiy tarixga ega. Bunga milliy asarlarimizning, cholg'u sozlarimiz va kuylarimizning mukammalligi dalil bo'la oladi. Musiqa san'ati ijrochiligida an'anaviy xonandalik boshqa yo'nalishlarga nisbatan keng qamrovli, yetakchilik xususiyatiga ega yo'nalishdir.

An'anaviy musiqa - bu badiiy jarayon bo'lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiqa folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot

ITFVE^^Hl 772 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

namunalari og'zaki an'anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda. O'zbek mumtoz musiqasi o'tmishdan o'zining teran ma'noga ega ekanligi, murakkabu mukammalligi va beqiyos an'analarni o'zida mujassam etganligi bilan o'zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o'tmish an'analari, boy va teran ma'nolarga asoslangan tarixi mujassamlashgan. Ularning har bir namunasi tarixdan sado beradi. Binobarin, ularni qanchalik o'rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo'lmaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o'zining benazir xususiyatlarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan o'zbek mumtoz musiqasini o'rganish, ularda mujassam etilgan falsafiy g'oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning siru sinoatlarini idrok etish uchun bugungi kunda imkoniyatlar yetarli.

O'zbek mumtoz musiqasi o'zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g'oyaviy mohiyati hamda o'ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu-istagi, kurash va g'alabalari uning mavzui va g'oyaviy mazmunida aks etadi. Asarlarning xalqchillik xususiyati ularning hayotiyligi va qaysi bir dunyoqarashni himoya qilishi bilan belgilanadi. Mumtoz musiqa asarlari o'ziga xos badiiy tizimga ega bo'lib, har bir janr kuy-ohang tuzilishi va rivoji, shakli va o'ziga xos ijro uslubi sifatida namoyon bo'ladi. Mumtoz musiqa yuksak mahoratli badiiy tizimdir. Unda xalqning badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalanadi.

Mumtoz musiqaning har bir namunasi asrlar davomida ko'plab iste'dodli va yetuk sozanda va xonandalar tomonidan nihoyatda sayqallangan, yuksak san'at namunasi darajasiga ko'tarilgan. An'anaviy ijrochilikning o'ziga xos nuqtai nazaridan O'zbekistonda turli mahalliy ijrochilik maktablari tarixiy rivojlanish sharoitida alohida o'rin tutadi. Maqomchilik, dostonchilik, ashulachilik, sozandachilik kabi o'ziga xos maktablari bilan jilolanadi. An'anaviy san'atimizning ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov shunday ta'riflaydi: «Milliy musiqa san'atimiz bamisoli bir daraxt bo'lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg'onadir». An'anaviy ijrochilik tarixiga nazar tashlasak, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda mumtoz musiqa san'atining butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligini ko'rishimiz mumkin. Ota Jalol, Ota G'iyos, Levi Boboxonov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Matyoqub Xarratov, Hamroqul qori To'raqulov, Mamadbuva Sattorov, Madali Hofiz, Ergash shoir Jumanbulbul o'g'li, Po'lkan shoir, Sherna baxshi, Islom Nazar o'g'li, Bola baxshi Abdullaev va keyinchalik ularning shogirdlari mumtoz musiqa san'atimiz xazinasini o'zlarining maqomlari, dostonlari, katta ashula va suvoralari bilan boyitdilar.

O'zbek mumtoz musiqasida maqom janri yetakchi o'rin egallab kelgan. "Maqomlar juda qadim zamonlarda Yaqin va O'rta Sharq xalqlari musiqa

ficïV^^^BI 773 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

madaniyatida mavjud bo'lgan; yetuk sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan. «Maqom» so'zi arabcha bo'lib, «o'rin», «joy», «bosqich», «daraja» kabi ma'nolarni anglatadi. Bu so'z adabiyot, tasavvuf ilmi va boshqa sohalarda ham keng iste'mol etilgan bo'lib, maxsus ibora sifatida aynan musiqa san'atida eng ko'p va xilma-xil ma'nolarda ishlatiladi. Musiqada «maqom» deganda kuy tovush qatorining alohida bosqichlari - parda tuzilmalari (lad birliklari); lad tizimlari; alohida musiqa asari (cholg'u yoki ashula); musiqa turi (janri) - cholg'u va ashula asarlarini birlashtiruvchi katta-kichik turkumli janr deb tushunish kerak. Turli xalqlar madaniyatida «maqom» iborali asar va turkumlar mavjud: maqom (o'zbek va tojiklarda), mug'om (ozarbayjon), muqom (uyg'urlar), dastgoh (eron), nu'ba (mag'rib) kabi iboralarning variantlari keng tarqalgan".1 Maqom yirik turkum va asar janri sifatida mumtoz musiqa toifasiga kiradi. Musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan u o'zining badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslarining puxta ishlanganligi bilan farq qiladi. Maqom musiqa, she'riyat va raqs san'atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy jarayon.

O'zbekistonda maqom asarlari va turkumlari - ya'ni Buxoro «Shashmaqomi», «Xorazm maqomlari» va «Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari» turkumlari, shuningdek, uning lokal variantlari - Toshkent irog'i, Qo'qon irog'i, Samarqand ushshog'i, Farg'ona «Surnay maqom yo'llari», Xorazm «Dutor maqom turkumi», «Feruz» turkumi va boshqalar mavjud.

Ma'lumki, an'anaviy xonandalikda har qanday qo'shiq - so'z, ohang va ijro uyg'unligidan iborat yaxlit san'at asaridir. Bu unsurlardan biri yetishmadimi, bilingki, o'sha qo'shiq mukammal bo'lmaydi.

Al-Farobiyning fikricha: "Musiqada ikki xil ovoz bor. Biri tabiiy ovoz bo'lib, u insonning xalqumidan taraladigan ovozidir. Uning tabiiyligi shundaki, hech bir inson ovozi boshqasinikiga o'xshamaydi, ya'ni dunyoda nechta odam bo'lsa shuncha bir-biriga o'xshamaydigan ovozlar bor. Qolaversa, o'zgarish, rivojlanish va so'nish hususiyatiga ega. Ikkinchi xil ovoz bu musiqiy cholg'ularning tovushidir. Ularning sun'iyligi shundaki, barchasi odam ovoziga taqlid qiladi. Bundan tashqari bir-biriga o'xshaydi, masalan: tanbur-tanburga, surnay-surnayga, skripka-skripkaga. Ularning ovozlari odam ovozidan farqli o'laroq o'zgarmaydi hamda umri o'zoq bo'ladi".

Bugungi kunga kelib tovushlar klassifikatsiyasi atroflicha o'rganib chiqilgan. U avval juda oddiy edi. Ikki tur erkaklar va ikki tur ayollar ovozi farqlanib - bu tasnif shu kungacha xorda saqlanib qolgan.

Erkaklarning eng baland ovozi tenor bo'lib, uning diapazoni kichik oktava do notasidan ikkinchi oktava do notasigacha tashkil topadi.

Maqom ijrochiligida ayollar ovozi ham alohida o'rin va ahamiyatga egadir. Ayollar ovozi uch turdan iborat: soprano, metstso-soprano va kontral'to. Baland

1O'. Ramazonova. Maqom yakka xonandaligi. Buxoro. 2022. 14 BET

PÍgcTIÍ^^BI 774 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

tembrli ayollar tovushi - soprano, birinchi oktava do notasidan uchinchi oktava do notasigacha diapazonni qamrab oladi. Koloraturali soprano yengil, tiniq jarangdorlikka hamda harakatchanlik qobiliyatiga ega bo'lib, yuqorida uchinchi oktava fa notasigacha, ba'zan lya notasigacha yetib borish imkoniyati mavjud. Ba'zi ovozlar noaniq, oraliq tembr bilan xarakterlanadi. Bunday ovozlar ko'proq o'qitishning boshlang'ich vaqtida uchraydilar va keyinchalik u yoki bu ovoz turi tomoniga rivojlanib ketadilar.

Qadimda faqat erkak xonandalar milliy maqom qo'shiqlarini ijro etishgan. Ayollardan esa maqom ijrochilari bo'lmagan. Maqom ijrochiligiga ayol ijrochilarning kirib kelishida akademik Yunus Rajabiyning hissalari beqiyosdir. Yunus Rajabiy maqom ansambli faoliyati davomida ayol ovozlarining ansambl tarkibiga kiritilishi, ayol xonandalar ijodining yuzaga chiqishiga, ijodining gullab yashnashiga sabab bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Xotin-qizlarning maqomchilik san'atida paydo bo'lishi va qaror topishi erkaklar ashulachiligining o'ziga xos-jihatlari, ashulachilik usullarini o'zlashtirishdan boshlangan. Bunda XX asrning buyuk qo'shiqchisi, O'zbekiston va Tojikistonda yashab, ijod etgan (1927 - 2002), Izroilda vafot etgan Barno Is'hoqovaning o'rni beqiyos. Xonanda erkaklar ashulachiligining barcha jihatlarini o'zlashtirib, yorqin, betakror, teran va jozibali o'z ijro usulini yaratdi. Bu usul ko'plab ayol xonandalar ashulachiligida bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

An'anaviy xonandalik ijrochiligining rivojiga o'z davrida ayol xonadalar ham o'z hissalarini qo'shganlar. Milliy musiqamizning yetuk maqom ijrochilaridan bo'lmish Berta Davidova, Barno Isoqova, Kommuna Ismoilova, Hadiya Yusupova, Farog'at Rahmatova, Halima Nosirova, Mehri Abdullayeva, Tamaraxonimlar o'zining go'zal ovozi, bir-biriga o'xshamaydigan ijro talqinlari bilan o'zbek ayol xonandalari siymosini yaratib ketgan ustozlar sifatida ajralib turadi. Berta Davidovaning hech kimga o'xshamaydigan nor ovozi va mukammal ijro mahorati, Barno Isoqovaning quyuq tik ovozi, Kommuna Ismoilovaning jarangdor ovozi va o'zgacha yo'li va shu kabilar bunga yorqin dalildir.

Hozirgi davrga kelib erkak xonandalar bilan bir qatorda ayol xonandalar ham maqom yo'nalishida ijod qilib kelmoqda. An'anaviy xonandalik ijrochiligida, ayniqsa, Munojot Yo'lchieva Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Nodira Pirmatova, Yulduz Turdieva va boshqa ijrochilarning o'rni beqiyosdir. Ularning san'ati maqom ijrochiligi haqidagi tasavvurni o'zgartirdi. Xotin-qizlar, o'zining nafis tabiati tufayli, lirik va ruhiy she'riyat mazmunini juda chuqur va uzviy ochib bera oladilar. Maqomdagi har qanday matn ham ayollar ijrochiligiga to'g'ri kelavermaydi. "Xotin-qizlar matnlari" va ayollarga to'g'ri kelmaydigan "erkaklar matnlari" bor. Shashmaqomni jamoa bo'lib ijro qilishni rivojlanishi Yunus Rajabiy va u tuzgan orkestrning o'zbek radiosidagi ijodiy faoliyati bilan bog'liq. Bu jarayonda ayollar ovozi erkaklar ovoziga qarshi va

fîcïV^^^BI 775 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ularga uyg'un holda, jaranglay boshladi. Bu juda muvaffaqiyatli ijodiy topilma bo'lib, tajribaning keng qanot yozishiga olib keldi.U o'zbek maqom san'atining dorug'ini dunyoga tanitmoqda.

Mustaqillik sharofati bilan o'zbek mumtoz musiqasi nafaqat qayta tiklandi, balki yanada keng rivoj olib, jahon madaniy muhitidan salmoqli joy egallab kelmoqda. Respublikamizning ijodiy va ilmiy jarayoniga asos bo'ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida asrlar osha bizgacha yetib kelgan mumtoz musiqamiz - ashula, katta ashula, cholg'u kuylari, dostonlar va maqomlar xalqimiz madaniyatida beqiyos o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'. Ramazonova. Maqom yakka xonandaligi. Buxoro,: 2022.

2. O.Ibrohimov. Maqom asoslari. T,: 2018.

3. O.Ibrohimov. Farg'ona-Toshkent maqomi. -T,: 2006-yil

4. O.Matyakubov. Maqomat. -T.: Musiqa nashriyoti, 2004-yil

5. I.Rajabiy Maqomlar masalasiga doir. -T.: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1963-yil.

776

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.