Научная статья на тему 'MUMTOZ MUSIQA JANRLARI TASNIFI'

MUMTOZ MUSIQA JANRLARI TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2857
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mumtoz musiqa / maqom / aytim y o‘llari / katta ashula / doston / cholg‘u y o‘llari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xusanov Husniddin O’rinovich

Ushbu maqolada mumtoz musiqa asarlarining tatixi, inson kamol topishi uchun, millat taqdiri va munosabatlari uchun zarur b o‘lgan ma’naviy jarayonlar kuy va aytim hamda ularning janrlari tasnifi hususida s o‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUMTOZ MUSIQA JANRLARI TASNIFI»

MUMTOZ MUSIQA JANRLARI TASNIFI

Xusanov Husniddin O'rinovich O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada mumtoz musiqa asarlarining tatixi, inson kamol topishi uchun, millat taqdiri va munosabatlari uchun zarur b o'lgan ma'naviy jarayonlar kuy va aytim hamda ularning janrlari tasnifi hususida s o'z boradi.

Kalit s o'zlar: mumtoz musiqa, maqom, aytim y o'llari, katta ashula, doston, cholg'u y o'llari

CLASSIFICATION OF CLASSICAL MUSIC GENRES

Khusanov Husniddin Orinovich Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article deals with the theme of classical music works, the spiritual processes necessary for the development of a person, the fate and relations of the nation, and the classification of their genres.

Keywords: classical music, status, ways of saying, big song, epic, instrumental

ways

Asrlar osha davr silsilalaridan o'tib, sayqallashib, o'ziga xos murakkab shakllari, teran mazmuni, jozibali va ohangdor kuylari bilan bizgacha yetib kelgani holda bugungi kunda ham, sevimli, ardoqli xalq asarlari bo'lib kelmoqda. Mumtoz musiqa asarlarining badiiy kuchi bu - ularning xalq orzu-umidlari, his-tuyg'ulari, fazilatlari va turmush haqiqatlari bilan uyg'unligi, insonlarning qalb tuyg'ularini, dardini o'zida aks ettirishida, undagi tinglovchilarga ham birday yoqimli, so'z va kuyning hamohang mushtarakligidadir.

Inson kamol topishi uchun, millat taqdiri va munosabatlari uchun zarur bo'lgan ma'naviy jarayonlar kuy va aytim-ashulaga solinadi. Inson boshidan kechiradigan hayotiy voqelik, yuragini zabt etuvchi shod-u xurramlik yoki dard-u alamlar, yaxshi va yomon kunlarning izi cholg'u kuyi va ashulaga aylanadi. Mumtoz ashula yo'llari va cholg'u kuylarining umrboqiyligi ulardagi ma'naviy-axloqiy ma'noning chuqurligi, musiqiy ohanglarning g o'zalligida hamdir. Ularda insoniy kechinmalarga boy, hayotiy hamda samimiydir. Shuning uchun tinglovchiga zavq bag'ishlaydi, ko'nglini ko'tarib yashashga undaydi. Bunday ma'naviy go'zallik taronasi mumtoz musiqaning ajib va o'lmas an'anasiga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi.

ITFVE^^Hl 259 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Mumtoz musiqa o'zining mukammalligi, mo'jaz shakli, obrazlarning serqirra ma'nodorligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Abdurauf Fitrat musiqa ijodiyotining asrlar mobaynida yashab kelgan shakl shamoyillari, ularning turlari haqida izlanishlar olib orar ekan, ashulaga quyidagicha ta'rif beradi; «Kuy, ohang bilan o'qulaturgon she'rlar, tizmalarga ashula deyiladi». Darhaqiqat, mumtoz musiqa insonning moddiy va ma'naviy turmush talablari, ehtiyojlari va o'zini qurshab turadigan tashqi muhitga, boshqa kishilarga bo'lgan munosabatlari natijasida, mumtoz she'riyatning va ijrochilik mahoratining rivojida yuzaga kelgan. Xalqning xis tuyg'ulari, dunyoqarashi, intilishlari va orzu-umidlari musiqa ohanglarida aks etadi. Ushbu musiqa namunalari minglab yillar davomida shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog'onalarga ko'tarilgan va xalqning madaniy-ma'naviy boyligiga aylangan.

Har bir musiqa asari, birinchi navbatda kishiga ruhiy yengillik baxsh etish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga ijobiy estetik munosabatda bo'lishini shakllantiradi; uchinchi tomondan esa tarbiyaviy ta'sir vazifasini ham bajaradi. Musiqa asarlarining kishi ruhiyatiga ta'siri haqidagi flkrlarni qadim davrlarda yashab o'tgan olimlarning asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Masalan, aharqning buyuk mutafakkirlari o'zlarining musiqaga doir risolalarida musiqaning inson ruhiyatiga ta'siri, turli his-tuyg'ular uyg'ota olish xususiyatlarini batafsil tahlil qilishib, jumladan, maqom va ularning sho'balari kishiga shijoat va jasorat bag'ishlaydi deb uqtirib o'tishgan. Navo yoki Ushshoq jozibador va ohangdor maqom yo'llari deb hisoblansa, Rost yoki Iroq nozik va yoqimli maqom yo'llari bo'lib, kishiga huzur, xushchaqchaq kayfiyat bag'ishlaydi. Buzruk yoki Segoh va ularning sho'balari ulug'vorlik, g'amginlik, quvonch hamda qayg'u kayfiyatini qo'zg'aydi. «Dilxiroj» cholg'u kuyini tinglaganda kishida ko'tarinki ruhiy holat vujudga kelsa, «Cho'li iroq» kuyida ruhan moziydan sado eshitilgandek b o'ladi.

Kishining tashqi dunyoga estetik munosabatini shakllantirishdagi mumtoz musiqaning vazifasi insonning ta'sirchanlik kayfiyati bilan bevosita bog'liqdir. Xalq yoki bastakor tomonidan yaratilgan har bir musiqa asari o'z oldiga u yoki bu darajadagi vazifani qo'yadi. Mumtoz musiqa ham o'z mavqei, mohiyati, mazmuni, vazifasi va ijrochilik xususiyatlari jihatidan ikki yirik guruhga - ovoz va so'z bilan bog'liq bo'lgan aytim yo'llari va cholg'u orqali ifoda etiluvchi cholg'u yo'llariga bo'linadi. Ularning har biri o'z navbatida quyidagi janrlarga tasniflanadi:

I.Aytim yo'llari:

1. Mumtoz yalla va ashula - har biri rivojlangan kuy va shakldan, o'ziga xos mazmundan va ijro uslubidan iborat. Bularga lokal xususiyatlariga ega bo'lgan xalq ashula yo'llari, suvoralar, naqshlar ham kiradi. .

2. Yirik ashula janri bo'lmish - faqatgina Farg'ona vodiysida shakllanib, rivoj olgan katta ashula.

260

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

3. Dostonlar - xalq epik janri bo'lib, adabiy matn, she'r, musiqadan iborat uch birlik tamoyili mavjudligi bilan ajralib turadi.

4. Maqomlar - o'z navbatida maqom ashula yo'llari va yirik ashula-cholg'u turkumli janr sifatida keng tarqalgan. Buxoro «Shashmaqom»i, «Xorazm maqomlari» turkumi va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari kabi maqom turkumlaridan iborat.

II. Cholg 'u y o'ilari.

1. Rivojlangan kuy va shakllardan iborat, murakkab ijro uslublari mavjudligi bilan ajralib turuvchi cholg'u kuyi yoki asar va cholg'u turkumlar (bu toifaga yirik cholg'u usullari ham kiradi), jumladan, Eshvoy - Eshvoy kurd - Eshvoy turkman; Dilxiroj va Sinaxiroj.

2. Maqom cholg'u y o'llari va turkumlari, jumladan, Cho'li iroq, Mushkiloti dugoh, Ajam taronalari; Dutor maqom turkumlari (Xorazmda), Surnay maqom yo'llari - Navo, Chorgoh va boshqalar. (Farg'ona-Toshkent). 3. Mumtoz ashulalarning cholg'u yo'llari (variantlari) va turkumlari, jumladan, Tanovar turkumi, Chorgoh turkumi va boshq. Har bir janr o'z mavqei, kuy-ohang tuzilishi, ijro uslubi bilan ajralib turadi. O'zbek mumtoz musiqasi asrlar osha og'zaki tarzda avloddanavlodga o'tar ekan, bu jarayonda u boyib, xalqning fikr-o'yi, dardi, orzusi, donishmandligini o'zida mujassamlashtiradi. O'zining an'anaviyligi, buyukligi, ta'sirchanligi, professionalligi, mukammalligi, ko'plab badiiy vositalarga boyligi bilan o'ziga xos musiqa san'ati turiga aylanadi. Katta badiiy-estetik imkoniyatlarga ega bo'lgan o'zbek mumtoz musiqasi milliy ruh, milliy qiyofani shakllantirish, milliy qadriyatlarni saqlash, boyitish va keyingi avlodga yetkazib berishning samarali vositasi sifatida namoyon bo'ladi.

O'zbek mumtoz musiqasida xalqning ma'naviy madaniyatiga doir durdonalar to'plangan bo'lib, hozirgi mustaqillik davrida milliy o'zlikni anglash va milliy ongni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Katta ashula (gramplastinka). Toshkent, 1987.

2. Maqomlar. 2 komplektli gramplastinka. Toshkent, 1987.

3. Farg'ona hofizlari, 2 komplektli gramplastinka. Toshkent, 1987.

261

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.