Научная статья на тему 'XORAZM MUSIQA TARIXI BEKJON RAHMON TALQINIDA'

XORAZM MUSIQA TARIXI BEKJON RAHMON TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
447
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Alanga / Oʻzbek notasi / panjgoh / yetti maqom / Chokar / devon / Xorazm musiqiy tarixchasi. / Fire / Uzbek note / parking / seven status / Chokar / Devon / Khorezm Music History.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — K. R. Qurbanova

Ushbu maqolada Mulla Bekjon Rahmonning Xorazm musiqa tarixiga qo’shgan hissasi o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE HISTORY OF KHOREZM MUSIC BEKJON RAHMON

This article in this article, Mullah Bekman's contribution to the history of Khorezm music was studied.

Текст научной работы на тему «XORAZM MUSIQA TARIXI BEKJON RAHMON TALQINIDA»

XORAZM MUSIQA TARIXI BEKJON RAHMON TALQINIDA

K. R. Qurbanova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mulla Bekjon Rahmonning Xorazm musiqa tarixiga qo'shgan hissasi o'rganilgan.

Kalit so'zlar. Alanga, O'zbek notasi, panjgoh, yetti maqom, Chokar, devon, Xorazm musiqiy tarixchasi.

IN THE HISTORY OF KHOREZM MUSIC BEKJON RAHMON

ABSTRACT

This article in this article, Mullah Bekman's contribution to the history of Khorezm music was studied.

Keywords Fire, Uzbek note, parking, seven status, Chokar, Devon, Khorezm Music History.

Serqirra ijod sohibi bo'lgan Mulla Bekjon Rahmon faoliyatida o'zbek musiqashunosligiga doir ko'plab ishlarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan, M.Devonzoda bilan hamkorlikda yozgan 1925-yilda Moskvada chop qilingan "Xorazm musiqiy tarixchasi" kitobi o'zbek musiqashunosligi sohasida alohida o'rin tutadi. Shu o'rinda shuni aytib o'tish joizki, Mulla Bekjon Rahmon o'g'lining "Xorazm musiqiy tarixchasi" dan boshqa kitob holida nashr qilingan birorta asari bizgacha yetib kelmagan.

"Xorazm musiqiy tarixchasi"ning uzviy davomi bo'lgan, "Alanga" jurnalining 1928-yil 3-4-sonlarida bosilib chiqqan "O'zbek notasi" maqolasi Bekjon Rahmonning musiqashunoslik sohasidagi yana bir yutug'i edi.

"O'zbek notasi" maqolasida muallif Muhammad Rahimxon II davrida o'zbek notasining qay tarzda isloh qilinishi hamda qanday o'zgarishlarga duch kelganligi haqida hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan ma'lumotlarni berib o'tgan.

Maqola o'zbek notasining 1873-1874-yillar orasida Xorazmda ixtiro qilinganligi, bu notaning nomi "tanbur chizig'i" deb shuhrat topganligi haqidagi fikrlar bilan boshlanadi. Notani ixtiro qilgan kishi Xorazmning Xiva shahrida tug'ilgan, Xorazmning mashhur musiqashunoslaridan Polvonniyoz Mirzoboshi ekanligi ta'kidlangan. Maqolada yozilishicha, Xiva xonlaridan Muhammad Rahimxon II tanbur, dutor va boshqa sozlarda o'ynalib yurgan kuylarni qog'ozga olish va kitob qildirtirish orzusiga tushadi hamda bu ishni amalga oshirish ishini Polvon Niyozga buyuradi. Bu to'g'rida Polvon Niyoz quyidagicha reja tuzadi:

"1) tanbur pardalarining sonlari va ovozlarini e'tiborga olish;

2) tanbur pardalarining oraliqlariga mutanosib ufqiy chiziqlar bilan pardalarni ko'rsatish.

3) nag'malar chalinganda tanbur toriga "noxun" ni qancha borib qaytishini ifodalash;

4) noxunning borgan va qaytganini bildirish uchun har biriga ayrim "nuqtalar" belgilash;

5) noxunning pardaga borishi uchun qo'yilgusi nuqtani tanbur pardasini ko'rsatgan chiziqning ust tomonida, qaytishi uchun esa ost tomonida ko'rsatish"1.

Polvon Niyoz o'zining tuzgan shu qisqa rejasi yuzasidan ish boshlab "shoshmaqom" nag'malaridan "segoh" maqomini tamom qiladi va qog'ozga tushiradi.

Maqolaning "O'zbek notasining islohi va tarqalishi" deb nomlangan qismida Polvon Niyoz tomonidan ixtiro qilingan notani tugallash ishi uning o'g'li Muhammad Rasul Mirzoboshiga yuklanganligi yozilgan.

Muhammad Rasul Mirzoboshi otasining ixtiro qilgan notasini quyidagicha tuzatadi:

"1) yuqori pardalardan pastga tomon yoki pastgi pardalardan yuqoriga tomon chiqilib tushish holatini ko'rsatish uchun - pardalar o'rnida bo'lg'an ufqiy chiziqlar orasiga - chiziladigan chiziqni moyil hamda bitishik amas, balkim, amudiy hamda ayrim chiziq qiladi;

2) shashmaqomning butun nag'malarini "xonalarga" ajratadi;

3) har bir maqomning boshida, shu maqomga maxsus usulni ham yozadi;

4) aytimli (go'yanda bilan) chalinadigan nag'malarni ayrim, aytimsiz (go'yandasiz) chalinadigan nag'malarni ayrim bir mujallad qilib, ikki mujallad notani ishlab chiqaradi. Aytimli nag'malarga maxsus g'azallarni tartib bilan har bir xonaning ustiga yozadi.

5) shashmaqom nag'malari eskidan Xorazm musiqashunoslarining bog'lagan nag'malari bilan "olti yarim maqom" deb sanalib kelib, yarim maqom hisobida bo'lg'an "panjgoh" nag'masiga yana bir necha nag'malarni qo'shib shashmaqom nag'malarini "yetti maqom" ga yetkazadi"2.

Maqolada qayd etilishicha, Polvon Niyoz tomonidan ixtiro qilingan va o'g'li Muhammad Rasul tomonidan ixtiro qilingan o'zbek notasi Xorazm o'zbeklari orasida tarqalib ketadi. Musiqa havaskorlari shu notadan foydalanib nag'malarni o'rganishni boshlaydilar. Bu kunda tanburdan boshqa, dutor nag'malarining bir talayi hamda yangidan chiqarilgan ba'zi o'zbek milliy yo'llarining shu nota bo'yicha kitobatga olinganidir.

1 Bekjon Rahmon o'g'li. O'zbek notasi. // alanga. -1928. №3-4 B.13-14

2 O'sha manba.

Polvon Niyoz bilan o'g'li Muhammad Rasul har ikkalasi ham Xorazmning birinchi musiqiy ustozlari bo'lishlari bilan birga shu zamonning saroy shoirlari qatorida ham ularning o'rinlari bordir. Polvon Niyozning she'rdagi taxallusi "Komil" bo'lib, o'g'liniki "Mirzo"dir. Har ikkilasining ham bosilgan devonlari, forsiy va arabchadan tarjima qilgan kitoblari ham bor.

Xorazmda ixtiro qilingan o'zbek notasi o'zbek milliy maqomlari uchun juda qulaydir. Shunga ko'ra o'zbek notasi eski maqomlarni saqlash va yangidan tuzilgan maqomlarni tarqatish va ommalashtirishda birinchi vositachilikni oladi.

"Agar maorif komissarligi tomonidan o'zbek notasini o'rganish xususida, umuman, maktablar, xususan, musiqiy maktablarga rasmiy buyruqlar chiqarilsa hamda shu notani nashr qildirib tarqatilsa, o'zbek milliy musiqiy san'atining yuksalishi uchun to'g'ri madaniy bir qadam tashlangan bo'lar edi", - deb maqolasini yakunlaydi Mulla Bekjon Rahmon o'g'li.

Bu maqola bilan tanishib shunday xulosaga kelish mumkinki, Bekjon Rahmon musiqa sohasi ilmini puxta egallagan olim sifatida o'z fikrlarini izchil bayon etgan. Xorazmda vujudga kelgan o'zbek notasi va unda keyinchalik sodir bo'lgan o'zgarishlar jarayoni haqida ma'lumot beradi. Mashhur musiqashunoslar Polvon Niyoz va uning o'g'li Muhammad Rasul Mirzoboshilarning harakati bilan shashmaqom maqomlari "yetti maqom" ga yetkazilganligini ham maqolada alohida ta'kidlab o'tadi. Maqolada yana "1310-hijriyda yozilgan nota kitobidan ko'chirma" hamda "O'zbek notasi bo'yicha Xorazm musiqashunoslaridan Muhammad Yusuf Xarrotov tomonidan yozilgan turkmanlarning nafis "ovozim" nag'masining notasi"ni rasm ko'rinishida berib o'tadi.

Mulla Bekjon Rahmon o'g'li va Muhammad Yusuf Devonzoda (Matyusuf Xarrotov) qalamiga mansub "Xorazm musiqiy tarixchasi" xonliklar tugatilib, yangi davrga o'tish paytida yuzaga kelgan ilk risola. Bu asar o'zbek musiqashunosligi sohasida alohida o'ringa ega. Asar 1925-yilda Moskvada eski o'zbek yozuvida chop etilgan. 1998-yilda Toshkentda krill yozuvida nashr etilgan bo'lib, uning "Yozuvchilar" degan qismida: "... Kitobning mohiyati Xorazm musiqasi kechirgan ahvoli, maqomlarning taqsimoti va usullari va tarjimayi hollaridur. Kitobimizning odini

"5

"Xorazm musiqiy tarixchasi" deb odlamoqni o'xshorli go'rdik", - deya qayd etilgan .

Tanbur chizig'ida bitilgan maqom matnlarining ahamiyatini his qilgan navqiron ustoz sozanda Matyusuf Xarrotov va zakiy olim Bekjon Rahmonovlar, hujjatni o'z tadqiqotining asosiy manbai sifatida ko'radilar: "...Xorazm musiqiysining boshlanuvidan tutib mufassal ravishda ma'lumot va hujjatlarini maqom musoida qilmadi. Shundoq bo'lsa-da Ko'hna Urganch do'g'risidagi tarixiy hikoyat va qarri musiqiyshunoslardan olingan ma'lumotlarimiz hamda o'zlarimizning ko'pdan buyon

3 Мулла Бекжон Радмон угли, Мудаммад Юсуф Девонзода. Хоразм мусщий тарихчаси. - Т: "Yozuvchi", 1998. 6-бет.

yig'g'an shahodatimiz bilan "Xorazm chizig'lari"na suyanilgan ushbu kitobchani qoraladiq. Har na qadar bizlarning o'rtaga chiqargan bu kitobchamiz Xorazm musiqiy tarixi uchun butkul bir narsa bo'lmasa ham, mundan yarim asr burundagi Xorazm musiqiy ahvolidan xiyolgina ma'lumot borliqini ayta olamiz. Yolg'iz shu yeri bordurkim, "tarixcha"da dutor, surnay nag'malaridan bir pora nag'malarni ko'rsata olmadik"4.

Bu asar faqatgina yangi tarix nishonasi bo'lganligi uchun emas, balki boshqa ilmiy-estetik jihatlari bilan ham diqqatga sazovordir. Davr ehtiyojlari bilan sug'orilgan hamda o'zbek adabiy tilida bitilgan ixcham va purma'no musiqiy risola Sharq musiqashunosligining odatlariga vorisiylik kesimida ham o'z sohasining bilimdonlari tomonidan yaratilgan nodir asar sifatida e'tiborlidir. Shuning uchun asardan o'rin olgan hujjat va ma'lumotlarning aksariyati bugungi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Bekjon Rahmon XX asr boshlarida Xorazmda qizg'in faoliyat yurgizgan milliy ma'rifatchilarning yorqin namoyandasi, yirik davlat arbobi, iste'dodli olim va adabiyotshunos. U Xivada madrasani tugatgandan keyin 1913-1918-yillarda Istanbul seminariyasida tahsil olgan va Fitrat, Abdurahmon Sa'diy, Usmon Xo'ja kabi o'z davrining ilg'or vakillari bilan yaqin munosabatlarda bo'lgan.

Matyusuf Xarrotov (1889-1952) ziyoli oilada tarbiya topgan sozanda, musiqiyshunos va shoir. Adabiy taxallusi "Chokar" Uning otasi Muhammad Yoqub (Matyoqub) Xarrat (1864-1939) xon saroyining yetuk xattoti sozanda va maqomshunosi. U tanbur chizig'ining nodir nusxalarini yaratishda ham faol ishtirok etgan. Xorazm tanbur chizig'ining Matyoqub Xarrat tomonidan amalga oshirilgan ikki jildli qo'lyozmasi O'zbekiston davlat arxivida saqlanmoqda. Matyusuf Xarrotov Muhammad Yusuf Doyiy qo'lida madrasa ta'limini o'tadi. Sozanda va musiqashunos bo'lib yetishishida, avvalo, otasi, keyinchalik saroy cholg'uchilarining sardori -qalandar Do'nmasdan bilim oldi.

"Xorazm musiqiy tarixchasi" kitobining dunyoga kelishida ikki komil san'atkor hamkorligining o'zi alohida diqqatga sazovor voqeadir. Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu kitob va Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" asari yagona talabgor - O'zbeklarni o'rganish qo'mitasining topshirig'iga binoan amalga oshirilgan. Birinchisi, 1924-yilda Xivada tugallanib, 1925-yilda Moskvada chop etilgan. Ikkinchisi, 1926-yilda Samarqandda yozilib, 1927-yilda Toshkentda nashr qilingan. Ikkalasi ham o'zbek tilida bitilib, ushbu davrda joriy etilgan arab alifbosida bosilgan.

REFERENCES

1. A'zamxo'jayev S.S., Alimova D.A., Rizayev Sh.T. Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari. -T.: "Akademiya" 1999.

4 O' sha manba.

Uzbekistan

2. Halid Said Hocayev. Yeni elifba yollarinda eski duygu ve hatiralarim. Ankara: 2016.

3. EonTa6oeB X,. Ourpar Ba ^agugHunHK. - T.: Anumep HaBOHH HOMugaru Y36eKHCTOH MunnnuH Kyry6xoHacu HampueTH, 2007.

4. 3aKH BanuguH ToraH. BocnoMHHaHua. - M.: 1997.

5. Hp3aeB E., PaxMOHOBa M. Xopa3M Bunotfra xoTupa khto6h. - T.: "AKageMHamp", 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.