Научная статья на тему 'XOR SAN’ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI'

XOR SAN’ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1217
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / marosim / musiqali drama / xor / qo‘shiq / kompozitor / kantata / oratoriya / akapella. / culture / ritual / musical drama / choir / song / composer / cantata / oratorio / acapella.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ikromova, Farangis Yigitali Qizi, Achildiyeva, Muyassarxon

Maqolada xor san’atining kelib chiqish tarixi, uning jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, rivojlanish bosqichlari shu bilan birga o‘zbek xor madaniyatining shakllanishi haqida atroflicha ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF ORIGIN OF CHORAL ART, ITS PLACE AND SIGNIFICANCE IN SOCIETY

The article provides detailed information about the history of the emergence of choral art, its significance in the life of society, the stages of development and formation of the Uzbek choral culture.

Текст научной работы на тему «XOR SAN’ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

XOR SAN'ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Ikromova Farangis Yigitali qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Muyassarxon Achildiyeva

ANNOTATSIYA

Maqolada xor san 'atining kelib chiqish tarixi, uning jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, rivojlanish bosqichlari shu bilan birga o 'zbek xor madaniyatining shakllanishi haqida atroflicha ma 'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: madaniyat, marosim, musiqali drama, xor, qo'shiq, kompozitor, kantata, oratoriya, akapella.

ABSTRACT

The article provides detailed information about the history of the emergence of choral art, its significance in the life of society, the stages of development and formation of the Uzbek choral culture.

Key words: culture, ritual, musical drama, choir, song, composer, cantata, oratorio, acapella.

KIRISH

Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o'ziga xos o'ringa egadir. U dam olish va ko'ngil ochar paytlari, turli marosim, bayram, bazm, va sayillar, rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashqlari va mehnat jarayonida muayyan vazifalarni bajaradi. Shuning uchun musiqa asarlari o'z mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janrlarga bo'linadi. Masalan, opera janrida, o'zbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik xor san'atida muhim rol o'ynaydi. Musiqa janrlari orasida eng ommaviy xususiyatga ega bo'lgan tur - xor san'atidir. Xor shunday bir san'at turiki unda adabiy va musiqiy ijodiyot o'zaro uyg'unlashib yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Xor san'ati uzoq o'tmishga ega. Qadim zamonlardan beri xalqlar orzu-umidlari, his-tuyg'ularini qo'shiq aytish pantomima qilish kabi vositalar bilan ifodalab kelganlar. Ko'pchilik bo'lib qo'shiq aytish deyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati, an'anaviy marosimlari, qolaversa, butun turmush hayoti bilan doimo bog'liq bo'lib kelgan. Ushbu san'at turli xil xalqlarning milliy musiqa merosini saqlab qolishda muhim rol o'ynaydi. Xor san'ati ommani loqayd eshituvchiga emas balki faol tinglovchi bo'lishga undaydi. Xor san'ati rivojlanishida slavyan xalq (rus, ukrain, bolgar, polyak, chex, xorvat va boshqa)lari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

katta hissa qo'shib kelishgan. Ularni qo'shiqsevarlar deb nomlashgan chunki ularning xor ijrochiligida xalq qo'shiqlari va ijrochilik an'analari katta ahamiyat kasb etgan. Slavyan qo'shiqchiligi G'arb va Yaqin Sharq musiqa madaniyatiga ayniqda xor ijrochiligi va ijodiyotiga samarali ta'sir ko'rsatgan. Yirik kompozitor va nazariyotchi Ioann Kukuzel Vizantiya nota yozuvi isloxotchisi va bir nechta xonandalik maktablari asoschisi bo'lgan uning qo'shiq-aytim va madhiyalari ko'plab davlatlarda keng tarqalgan va ular o'zining badiiy qadr qimmati va yorqin milliylik xususiyatlari bilan ajralib turgan. XIV-XVI asrlarda xor ijrochiligi yanada taraqqiy topdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tmishda xor ijrochiligiga ega bo'lmagan qardosh respublikalarda qator yangi xor san'ati o'ziga xos yo'llar bilan shakllana bordi. Dastlab mazkur xalqlar o'zlarining milliy kuy qo'shiqlariga tayangan holda musiqa madaniyatini yarata boshladilar. Uyg'onish davrida xor san'atida katta o'zgarish - ko'p ovozli xor ijrochiligi paydo bo'ldi Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniya rivoji davrida aralash va ko'povozli xor jamoalari yuzaga keladi. Xor san'atining yanada chuqurroq ravnaq topishiga a'capella ijrosida kuylashning paydo bo'lishi asos bo'ldi. XV-XVI asrlarda yashab o'z ijodida ko'p ovozli asarlar yaratib kelgan - J.Palestrina, O.Lasso, K.Janeken kabi polifonik-kompozitorlar o'z hissalarini qo'shdilar. Davr taqozosi bilan madaniyatlar yaqinlashuvi asrlardan-asrlarga o'tib, bir-biriga ta'sir ko'rsata boshlagan. Ma'lum bir davrdan so'ng xor san'atida yana bir o'zgarish paydo bo'lib, yirik asarlar - kantata, oratoriyalar mualliflari sifatida - I.S.Bax, G.Gendel, K.Glyuk ijodi, keyinchalik Meyerber, J.Verdi, shu bilan birga F.Shubert, B.Mendelson, R.Shuman kabi romantik kompozitorlar ijodida kamer xor musiqasi rivoj topdi. Shu davrda qo'shiq sevadiganlar xor jamoalari "lidertafel" (nemischa so'z bo'lib, "yetakchi qo'shiqchi" ma'nosini anglatadi. Germaniya, Avstriya va Shveytsariya davlatlarida keng rivojlangan) va "orfeon" (fransuzcha "xor sevuvchilar jamoasi" 1818-yilda Parijda G.Vilemom rahbarligida) paydo bo'lgan. Xor san'atining cherkov musiqa san'atidan asta-sekin tashqariga chiqishi, opera teatrlarining shakllanishi, XIX asrdagi milliy kompozitorlik maktabini xalq omma musiqasiga chambarchas bog'lanib ketishi Rossiya, Boltiq bo'yi davlatlari - Chexiya, Bolgariya, Vengriya va boshqa davlatlarda namoyon bo'lgan. Keyinchalik AQSH, Lotin Amerikasi, Yaponiya davlatlarida ham bu jarayon davom ettirildi.

Ko'p asrlardan buyon rus xor san'ati o'zining izchilligi bilan ajralib turadi. Rus xor ijrochiligi va ijodiyoti xalq ijrochiligi va cherkov ijrochiligi yo'nalishida rivojlanib, bir-biriga o'zaro bog'langan yo'nalishlar tashkil etgan. Bularga qishloq va shahar qo'shiqlari, qo'shiqsevarlar xor jamoalari, maktab qo'shiqsevarlari, professional cherkov va opera xor kapellalari targ'ibot qilingan. Birinchi bo'lib XV

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

asrda tashkil qilingan "Podshohning kuylovchilari xori" keyinchalik Peterburg saroy xonandalari kapellasiga aylantirilgan va XVI asrda yuzaga kelgan "Patriarxning kuylovchilari xori", keyinchalik Moskva sinodal xori, deb atalgan. Patriarxning kuylovchilari xori rus professional xorlarining ilk namoyondalari bo'lib qolishgan. Cherkov ijrochiligi o'z davrida musiqa qobiliyatiga ega ijrochi va xor rahbarlari (regentlar), XVI-XVII asrlarda esa dvoryanlar, pomeshiklar o'z qaramog'ida xor va orkestrlar tashkil etadilar. Bunday jamoalarni "metsenatlar" - san'at homiylari xori, deb (graf Sheremetyev o'z kapellasining serqirra va sermazmun ijodi bilan 150 yilga yaqin ijod qilib kelgan jamoalardan; knyaz Yu.Galitsin xorlari va boshqalar) nomlangan. Bu kapellalar o'z ijro mahoratlari, dasturlari bilan rus xor madaniyatiga juda katta, yuksak hissa qo'shgan. Ushbu xor jamoalariga krepostnoylar rahbarlik qilib, ular ichidan atoqli xor dirijorlari - S.Dektaryev, G.Lomakin, A.Arxangelskiylarning yetishib chiqishi misol bo'la oladi. Rus xor ijrochiligi va ijodiyoti xalq ijrochiligi va cherkov ijrochiligi yo'nalishida rivojlanib, bir-biriga o'zaro bog'langan yo'nalishlar tashkil etgan. Bularga qishloq va shahar qo'shiqlari, qo'shiqsevarlar xor jamoalari, maktab qo'shiqsevarlari, professional cherkov va opera xor kapellalari targ'ibot qilingan1.

O'zbekiston hududida XX asrning boshlarida teatr truppalari tuzilib, tomoshalar vaqtida spektakl mazmun-mohiyatidan kelib chiqib jo'rlikda ijro etiladigan qo'shiq va ashulalar xor ijrochiligi asta sekin o'zbek xalqiga singib borayotganligidan dalolat bo'lgan. Tinglovchilarda kuyga solingan va birgalikda kuylangan matnlar katta taassurot qoldirgan, yuraklarni larzaga solgan. 1918-yilda Xalq konservatoriyasi ochilishi xor san'ati targ'ibotida muhim rol o'ynaydi. Toshkent shahrida birinchi bo'lib jonkuyar ustoz, izlanuvchan inson, ma'rifatparvar Ali Ardobus Ibrohimov rahbarligidagi 60 ta o'zbek o'g'il bolalaridan tashkil topgan maktab teatr jamoasi tuzildi. V.Sakovich tashkil etgan "Zebiniso", Sh.Shoumarovning "Namuna" va S.Yenikeyevaning o'zbek qizlar xor jamoalari tuzilishi ham xor ijrochiligi ommaviylashishida munosib o'rin tutgan. 1936-yilda O'zbekistonda birinchi xor kapellasi tuzilgan va unga M.Lepexin rahbarlik qilgan. Dastlabki konsert dasturi xalqaro miqyosda, xususan, Moskvada bo'lib o'tgan O'zbekiston adabiyoti va san'ati kunlarida namoyish etilib, keng tinglovchilar olqishiga sazovor bo'lgan. Shu yo'sinda Respublika teatrlarida, harbiy okruglarda, o'rta maktablarda, o'quvchilar saroylarida xor jamoalari tuzilishi avj oldi. 1919-yilda V.Sakovich tashkil qilgan maktab-teatr kollektivi 300 ta bolani birlashtirdi. Bu kollektiv ham bir necha xor, drama, raqs, gruppani o'z ichiga olgan edi. Xususan Sakovichni "Zebiniso" maktabida tuzgan xori yaxshi natijalarga erishdi va

1 Sh.Ro'ziyev. Xorshunoslik.Toshkent. 1987.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

keyinchalik bu xor "San'atchi qizlar" nomi bilan yuritildi. Professional xor ijodi va ijrochilikning oddiy shakllari 30-yillarda2 yoyilgan musiqali dramalarda uchraydi. "Farhod va Shirin" (V.Uspenskiy, G.Mushel) va "Gulsara" (R.Glier va T.Sodiqov) musiqali dramalarda ikki ovozli xor nomerlari qo'llaniladi. XX asrning so'ngi choragida jo'rsiz musiqaning rivoji kompozitorlarni a kapella janrida ayrim izlanishlarga olib keldi. Kompozitorlar - Mutal Burhonov, Sayfi Jalil, Ikrom Akbarov, Botir Umidjonov, Mustafo Bafoyev, Nadim Norxo'jayev, Baxrullo Lutfullayev, Avaz Mansurov, Dilorom Omonullayeva, shuningdek, ijodkor xormeyster - Shermat Yormatov, Naira Sharafiyeva kabilar bu janrga alohida e'tibor berishdi. Botir Umidjonov ijodida yangi matn, yangi timsollar, tembr, faktura usullari, xor matosini simfoniyalash kabi ijrochilik uslubi yangi qirralarga olib keldi. Bularga - Botir Umidjonovning «Ruboiy» nomli (Umar Xayyom) xor turkumini sanab o'tish mumkin. Professional xor ijrochiligi bilan bog'liq bo'lgan- akapella janri aynan ruboiy turkumida o'ziga xos bo'lgan faktura va badiiy ifoda vositasini topdi. Qalin matoli, ko'p ovozlik, ya'ni polifoniya usulidan 10 foydalanish kabi yangiliklar paydo bo'ldi. Bu davrda yozilgan - "Chor baytho", "Alla", "Olis yo'ldan" nomli asarlar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. O'zbek jo'rsiz xor musiqasi janrida faol va samarali izlanishlar olib borayotgan O'zbekiston davlat konservatoriyasining "Xor dirijorligi" kafedrasi mudirasi, professor Naira Sharafiyeva o'zining jozibali va yorqin ijod namunalarini musiqa shinavandalariga tuhfa etmoqda. Uning aralash xor uchun qayta ishlagan xalq qo'shiqlari - "O'zbekiston taronalari" xor syuitasi, "Deydiyo", "Hazil", "Yarayandim", "Mustahzod", "Faryod" kabi asarlari o'zgacha ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, ustozlarning yangi yosh avlodni shakllantirib borayotganligini nazarda tutsak, O'zbekistonda musiqa san'ati yangi sifat pog'onasiga ko'tarilayotganligini ta'kidlashimiz mumkin. O'zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg'ulari orkestr jamoalari birlashmasi xuzuridagi O'zteleradio xor jamoasi hamda xor kapellasi, A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri, hamda Muqimiy nomidagi musiqali komediya teatri xor jamoalari, O'zDK xuzuridagi MTS xori, talabalar xor jamoalari, Respublikadagi barcha o'rta maxsus musiqiy ta'lim muassasalari va BMSMlari xor jamoalari o'z ijodiy faoliyatlarini yanada takomillashtirib, rivojlantirib kelmoqdalar. Jamoa bo'lib ijro etilgan har qanday asar tinglovchini beixtiyor o'ziga rom etibgina qolmay, balki musiqiy hayolot olamiga g'arq bo'lishga, asar qahramonlari hayoti bilan yashashga, ularning ichki kechinmalari, his-hayajonlarini to'g'ri anglashga undaydi. Misol sifatida Davlat xor kapellasini, Milliy xor jamoasini, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining xor truppasini, O'zbekiston davlat konservatoriyasining talabalar xor jamoasini keltirish mumkin.

2 1929-yilda birinchi O'zbek davlat musiqa teatri tashkil topdi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

REFERENCES

1. Sh.Ro'ziyev. Xorshunoslik. Toshkent 1987.

2. B.Shaxnazarova. Xonandalik uslubiyoti. Toshkent. 2017.

3. S.Kadirova. Xorshunoslik. Toshkent. 2019.

4. Y.Xusnitdinova. Xor dirijyorligi. Toshkent. 2016.

5. S.Kadirova. Xorshunoslikning boshlang'ich kursi. Toshkent. 2015.

6. Q.Mirzayev. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent. 2008.

7. D.Abduhakimova. "Jaloliddin" - yangi raqs spektakli. Madaniyat gazetasi N1. (230). 12.01.2023-soni 2-bet.

8. Achildiyeva M. Ikromova F. The ballet "Tomaris" in the culture of Uzbek ballet plase and significance Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development ISSN (E):2751-1731 15-19 bet (Berlin Germany 2022)

9. Achildiyeva M. Ikromova F. "O'zbek musiqa san'atida maqomning o'rni" Proceedings of Global Technovation 2nd International Multidisciplinary Scientific Conferense . London 2020 90-93 bet

10. Achildiyeva M. Xojimamatov A. Yuldasheva D. Ikromova F. "Uyghur Folk Singing Genre" Turkish Online Journal of Qualitative (TOJQI) Inquiry (Turkiya 2021) 3509-3517 bet (SCOPUS)

11. M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage Annals of Romanian Society for Cyell Biology 25(4) 9092-9100

12. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58

13. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

14. Xojimamatov A. Nazarxodjayeva R. Korrupsiya - asr vabosi

15. Ikromova F. O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING HAYOT YO'LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156

16. Achildiyeva M, Ikromova F REYNGOLD GLIER VA TOLIBJON SODIQOVNING «LAYLI VA MAJNUN» OPERASIDA MAQOM YO'LLARINING QO'LLANILISHI UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 23-28 bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

17. Xojimamatov A, Ikromova F. MUSIQIY SAHNAVIY ASARLARNING IJROCHILIK MUAMMOLARI (O'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODI MISOLIDA) UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 29-33 bet

18. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

19. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 265-275.

20. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

21. Abdumalikovna, Y. D. (2021). The Role and Importance of Culture and Art in The Development of Society. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 1-3.

22. Juraevna, A. S., Abdumalikovna, Y. D., & Xusanovna, D. N. (2021). MODERN SOCIAL AND PEDAGOGICAL FUNCTIONS OF MUSIC ART AND EDUCATION. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(1), 57-59.

23. Xojimamatov, A., & Muhammadjonova, M. (2023). VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO 'LI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 587-591.

24. AnnngneBa, M., & AraHëeBa, P. (2023). AMKP TEMYP BA TEMYPHKTAP ^ABPH^A CAHLATHHHT TYTrAH YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 578-583.

25. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., & Khaydarova, O. (2021). The third renaissance towards ascending. European Scholar Journal, 2(9), 17-20.

26. Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan Botir Umidjonov Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 27957683 54-56 bet

27. Hojimamatov A Ikromova F A Look at the Polyphony and Theoretical Heritage of S.I.Taneev Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 2795-7683 87-89 bet

28. M.Achildieva, N.Butabayeva, M Nasirova A GLANCE AT THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF BORBAD MARVAZI European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Vol. 4 No. 05, May 2023 ISSN: 26605643 1-6 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.