INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li
O'zbekiston davlat konservatoriyasi"Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7308589 Annotatsiya. Xor san'atida adabiy va musiqiy ijodning o'zaro uyg'unlashuvi natijasida, yaxlit bir badiiy asar yaratiladi. Bu san'at xalq qo'shiqchilik ijodiyoti bilan bog'liq bo'lib, boshqa xalqlar milliy musiqa madaniyatini shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o'ynab kelgan. O'tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo'lmagan qardosh respublikalarda o'ziga xosyo'llar bilan shakllangan. Bu xalqlar milliy an'analarga tayangan xolda xor san'atiniyangi yo'nalishlarini yarata boshladilar. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra So'g'd davlatlarida professional xor jamoalari mavjud bo'lgan. Keyinchalik arab istilosidan keyin bu san'at rivojlanmagan. Qadim zamonlardan beri urug'chilik jamiyatini yemirilishi va sinfiy jamiyatga o'tish Baqtriya, Sug'diyona va Xorazm davlatlarining paydo bo'lishi, Axamoniylarning xarbiy yurishlari, ma'muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedoskiy davlati Grek-Baqtriya podshoxligigi vujudga kelishi eramizdan olidingi VII-asrdan to eramizning IV asrigacha bo'lgan tarixiy davrni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: xor san'ati, xor ijrochiligi, bosqichlar, xor qo'shiqlari, yirik janrdagi asarlar, xorshunoslik.
ПЕРИОДИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ ХОРОВОГО ИСКУССТВА УЗБЕКИСТАНА Аннотация. В результате взаимной гармонии литературного и музыкального творчества в хоровом искусстве создается целостное художественное произведение. Это искусство родственно искусству народного пения и сыграло важную роль в становлении и развитии национальной музыкальной культуры других народов. В братских республиках, не имевших в прошлом профессионального хорового исполнительства, оно формировалось по-своему. Эти народы стали создавать новые направления хорового искусства на основе национальных традиций. По некоторым данным, в согдийских государствах существовали профессиональные хоры. Позже, после арабского завоевания, это искусство не получило развития. С древних времен разрушение родового общества и переход к классовому обществу, возникновение государств Бактрии, Сугдианы и Хорезма, военные походы Ахеменидов, их административное объединение, создание Греко-Бактрийского царства Александр Македонский, VII до н.э. включает в себя исторический период с 1 века до 4 века нашей эры.
Ключевые слова: хоровое искусство, хоровое исполнительство, эстрады, хоровые песни, крупные жанровые произведения, хоровые этюды.
PERIODIC STAGES OF CHORAL ART OF UZBEKISTAN Abstract. As a result of the mutual harmony of literary and musical creativity, a holistic work of art is created in the choral art. This art is related to the art of folk singing and played an important role in the formation and development of the national musical culture of other peoples. In the fraternal republics, which did not have professional choral performance in the past, it was formed in its own way. These peoples began to create new directions of choral art based on national traditions. According to some information, professional choirs existed in the Sogdian states. Later, after the Arab conquest, this art was not developed. Since ancient times, the destruction of tribal society and the transition to a class society, the emergence of the states of Bactria, Sugdiana and Khorezm, the military campaigns of the Achaemenids, their
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
administrative unification, the creation of the Greco-Bactrian kingdom Alexander the Great, VII BC. includes the historical period from the 1st century to the 4th century AD.
Keywords: choral art, choral performance, variety art, choral songs, major genre works, choral etudes.
KIRISH
Qahramonlik afsonalari, epik qo'shiqlar O'rta Osiyo xalqlarining o'z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo'yoqdor tasvirlari bilan to'la.
Vatanga bo'lgan munosabati to'g'risida xikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizgacha saqlanib qolgan. Masalan: Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo'lgan muxabbati, Rustam va Siyovush va boshqa bahodirlar to'g'risidagi afsonalar sikli shular jumlasidandir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Madaniyatga yunon madaniyati afsonalari, kuy va qo'shiqlari ma'lum darajada ta'sir ko'rsatdi va aksincha xalqlarimiz hayoti afsonalari kuy va qo'shiqlari haqida ma'lumotlar qadimgi yunon mualliflarining asarlarida o'z aksini topdi. Masalan: Klimey Aleksandrskiy Ksenifont, Strabon, Ptolomey, Gerodot asarlarida qadimgi xalqlarimizdagi turli ma'daniy qadriyatlar, xalq qahramonlari: To'maris, Sparetiyeri, Zarina, Shiroq haqidagi ma'lumot va afsonalar keltiriladi.
Amir Temur (1336-1405) davlati o'z davrida Yevropa va Osiyodagi eng yirik mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. Uning avlodlari boshqargan davlat Shohruh, Ulug'bek, Xusayn Boyqaro davrlarida madaniyat va san'at gullab yashnadi. XIV asrning ikkinchi yarmidan asrning boshlarigacha bo'lgan davr yorqin, sermazmun, samarali davr hisoblanadi. Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko'p, serqirra, rang-barang, madaniy ma'naviy boyliklarni yaratgani, xalq talantlari uchun imkoniyat yarata olganligi turkiy xalqlar madaniyati va san'ati tarixida tamoman yangi uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar yangi sahifalar vujudga keltirgani bilan mashhurdir.
Birgalikda kuylash san'ati uzoq tarixga ega. Odamzod o'zini qurshab turgan tashqi olamda, o'zi yashayotgan jamiyatda, o'zi bilan muloqotda bo'layotgan kishilarda tarixan shakllangan va muayyan davrda amal qilayotgan badiiy ijod birgalikda kuylash namunalarida ro'yobga kelgan.
TADQIQOT NATIJALARI
Inson go'zallikni xis qila olmas ekan, hech qachon uyg'un, ma'naviy barkamol inson bo'la olmaydi. Xor san'ati mana shu nozik tuyg'ularni shakllantirish qudratiga egadir.
O'rta Osiyo xalqlari jumladan o'zbek xalqi professional xor san'atiga ega bo'lmasada qadim zamonlardan beri jamoa bo'lib qo'shiq aytish an'analariga ega bo'lgan. O'zini mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan, musiqiy durdonalarni yaratgan, og'zaki usulda avloddan-avlodga qoldirgan. Bolalar, ayollar, erkaklar alohida qo'shiq aytish an'analari bo'lgan. Masalan: Diniy marosimda kattalarni zikr tushishi, marsiya qo'shiqlarni kuylash, bolalarni ramazon oylarida ko'pchilik bo'lib qo'shiq kuylashi, Navro'z bayramlarida, mavsumiy sayllar, qiz bolalar va yigitlarni qo'shiq kuylashi, to'y marosimida ayollarni yor-yor, lapar, yalla, chertmak, besh qarsak jamoa (xor) va yakkaxon bo'lib ijro etilgan. Asrlar davomida to'plangan "Shashmaqom"ning vokal qismidagi taronalar ham uch-to'rt va undan ko'p xonandalar tomonidan aytilgan. Xalqimiz orasida keng tarqalgan ayniqsa Farg'ona vodiysida "katta
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ashulalar" ham uch-to'rt va undan ortiq xofizlar birgalashib ijro qilishgan. Ana shu folklor qo'shiqlarning (yor-yor, o'lan, yalla, xashar, besh qarsak, lapar, katta ashula va maqomlardagi tarona, ufor naqsh qismlari) birgalikda jamoa bo'lib aytish kabi ijrochilik shakllari kelgusida o'zbek xalqi orasida xor xavaskorligi, qolaversa o'zbek xor san'ati janrining rivojiga zamin yaratdi.
Xavaskorlik xor jamoalari oktabr inqilobidan keyin ommani siyosiy ijodiyotini o'stirish, ommani uyg'otish, uning ijodiy faoliyatini tashkil qilish kerak edi. Badiiy xavaskorlik sotsial ehtiyoj bo'lib, u sobiq ittifoq davrida tug'ildi, shakllandi va o'sdi.
1920 yillardan boshlab Respublikamizda raqs va xor jamoalari maktablarda, o'quv yurtlarida tuzilib keng tarqaldi. Har bir to'garaklarda kichik xor ansambli bo'lib, yallalar, laparlar, revolyutsion qo'shiqlar va marsiyalar ijro etilar edi. Shu yillarda Hamza Hakimzoda Niyoziyning faoliyati muhim ahamiyatga ega.
Shu davrlarda shahar va qishloqlardagi maktablarda xavaskorlik teatr, xor to'garaklari tashkil qilindi. Bu jamoalar xor, raqs va badiiy so'z guruhlaridan iborat edi.
Maktab teatr xavaskorlik to'garaklarini tashkil etishda V.Sakovich, Ali Ardobus kabi tashabbuskorlar jonbozlik ko'rsatdi. 1919 yili Sakovich 300 ta bolani maktab (xor, raqs va drama) teatriga birlashtirdi. "Zebiniso" maktabida qizlar xori, keyinchalik bu xor "San'atchi qizlar" nomi bilan yuritildi.
1919 yilda Sh.Shoumarov "Namuna" nomli o'zbek maktabida, 1922 yilda Saodatxonim Yenikeyeva Toshkentda o'zbek qizlaridan xor jamoalari tuzdilar.
Marg'ilonda Usta Olim Komilov, Samarqandda Matyusuf Xarratov Turkiston fronti qismlarida ham internatsional konsert brigadalari tashkil topadi. Ular ommaviy qo'shiqlarni va milliy ashulalarni kuylash bilan birga o'zlari ham qo'shiqlar to'qishar edi. Masalan: "Botir askar", "Soqchi" va shunga o'xshash juda ko'p kuy va qo'shiqlar bastalab xor jamoalari bilan ijro qilar edilar. 1930 yillarga kelib musiqa xor xavaskorligida yangi burilish paydo bo'ldi. Yangi-yangi qo'shiqlar yetuk bastakorlar tomonidan xor jamoalari uchun yozildi va ijro etildi.
Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Orif Qosimov, Faxriddin Sodiqovlar bir-ikki ovozli xor qo'shiqlari yaratdilar. Yunus Rajabiyning "Bizning qishloq" , Faxriddin Sodiqovning "Xormang endi, kolxozchilar" kabi qo'shiqlari xavaskorlik xor jamoalarida keng tarqaldi. 1934 yilda Toshkentda xavaskorlik san'atining viloyat musiqa badiiy olimpiadasi o'tkazildi. 1000 kishilik qo'shma xor, 300 kishilik damli zarbli orkestr qatnashdi. Bu olimpiada xavaskorlik to'garagi ish faoliyatini ancha faollashtirdi. 1937 yil Moskvada o'tgan O'zbekiston adabiyoti va san'ati dekadasida xor jamoalari faol qatnashdilar. 1938 yilda Respublika olimpiadasiga asosan maktab va o'quv yurtlari xor jamoalari, xavaskorlik to'garaklari son jihatdan ko'paydi. Urushgacha davrda xor jamoalari soni ko'paygani bilan sifat jihatidan uni son ijrochiligi hukmron edi. 1943 yildan boshlab Respublika ijodiy uyi o'z faoliyatini davom ettira boshladi. I94G yillarning II-yarmidan boshlab barcha xor jamoalarini ishi tiklana bordi. I946 yilda Badiiy xavaskorlikning ikkinchi olimpiadasi o'tkazildi. Bunda 20 ming kishini o'z ichiga olgan mingdan ortiq xavaskorlik jamoalari qatnashdi.
I949-1950 yillarda o'tkazilgan uchinchi Sobiq ittifoq olimpiadasi o'tkazildi. Bunda 1585 xavaskorlik jamoasi bo'lib 25 ming kishi qatnashdi. Unda o'zbek xori va ansambllari ishtirok etdi. 1950 yillardan boshlab xor xavaskorligining ko'p ovozlilik turi rivojlana bordi. Bunda Toshkent Davlat Konservatoriyasi, musiqa bilim yurti madaniy oqartuv texnikumi o'qituvchi va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
talabalari tomonidan xor jamoalariga amaliy va metodik yordam berdilar va o'zlari xor jamoalarini ko'plab tuzdilar.
S.Yudakovning "Tinchlik tarafdorlari marshi", A.Muxamedovning "Tinchlik bayroqdori", S.Yudakovning "Mirzacho'l" syuitasidan ayrim qismlari va ko'p ovozli xorlar yangradi. 1953, 1954, 1955 yillarda o'tkazilgan ashula bayramlarida 20 ming xavaskor ijrochilar qatnashdi. Xilma-xil ko'p ovozli xor asarlari yangradi. Bunda yuqori ijrochilik mahoratini namoyish etdilar. 1950 yillarni oxiriga kelib Toshkent Davlat Konservatoriyasi o'qituvchilari M.Subayeva, S.Valenkovlarning bolalar xori tashkil qilindi. 1960-1970 yillarga kelib xavaskorlik xor jamoalarini son va sifati o'zgardi. 1975-1977 yillarga kelib Birinchi Butun ittifoq mehnatkashlar badiiy ijodiyoti festivalining zonal ko'riklarida ko'pgina xor jamoalari laureat, diplom va oltin medallar bilan taqdirlandilar.
1977 yilda O'zbekiston xavaskorlik xor jamoalari Tallinda o'tkazilgan festivalda o'z chiqishlari orqali o'z xor jamoalari mahoratlarini namoyish qildilar. Bugungi kunda qadar O'zbekistonda musiqa va xor san'atiga yanada katta e'tibor berilmoqda.
Respublikamizda bolalar xor ijrochiligining rivojlanishida Ye.M.Kenzer, S.A.Valenkov, A.Vasileva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sh.Yormatovlarning xizmatlari juda katta. Hozirgi davrda "Bulbulcha" bolalar xori Toshkent Davlat Radiosi Telekompaniyasi qoshida tashkil topgan va ayni vaqtda O'zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi qoshida o'z ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Ansamblning badiiy rahbari O'zbekiston xalq artisti, professor Sh.Yormatovdir. U insonning bolalar xor musiqasiga qo'shgan xissalari haqida juda ko'plab ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tadbiq qilinib kelinmoqda. Hozirgi kunda ansamblining o'zida yosh va ijrochilar tarkibiga ko'ra 8 ta guruh faoliyat olib borilmoqda. Ularning dasturida ko'p ovozli jo'rsiz xor asarlari mavjud. Bunday xor jamoalari kelgusida professional xor jamoalarini rivojlanishiga olib keladi.
Aralash xorlar Respublikamizni har bir san'at institutlari, akademik-litseylar va kollejlarida mavjud. Hozirgi davrda Respublikamizda yuzlab ashula va raqs ansambllari, folklor ansambllari mavjud. Xor jamoalari ayollar va erkaklar vokal ansambllari tuzish va keyinchalik uch-to'rt ovozlik xor vokal gruppalarni tashkil qilish mumkin. Kelgusida bunday xor jamoalari mahalliy xalq orasida rivojlanishi mumkin. "Anor" xalq ansambli Farg'onaning Quva viloyatida, Namangan viloyati Chust tumani "Gulruh", "Chust taronalari", "Rohat", "Shalola" xalq xorlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
MUHOKAMA
Bugungi kunda qadar kompozitor va bastakorlarimiz tomonidan akademik va xalq xorlari uchun juda ko'p asarlar yozilgan.
Sh.Ramazonov, T.Sodiqov, M.Ashrafiy, S.Yudakov, D.Zokirov, Yu.Rajabiy, A.Muhammedova, T.Jalilov, M.Burxonov, M.Leviyev, I.K.Akbarov, S.Boboyev, F.Nazarov, K.Kenjayev, B.Umidjonov, D.Omonullayeva, M.Bafoyev, R.Abdullayev, R.Mujdaboyeva, J.Shukurov,Y.Nechayev, N.Sharafiyeva va boshqa bastakor va kompozitorlar xalq qo'shiqlarini qayta xorga moslashtirganlar.
Ko'p ovozli, jo'rli va jo'rsiz xor asarlarini yozdilar. Xalq ijrochilik an'analari negizida tug'ilgan musiqa xor xavaskorligi yarim asrdan ortiqroq davrda shakllandi va rivojlandi.
O'tgan asrning 30-yillarida bastakorlar ijodida kantata-oratorial janri keng rivojlanadi.
XULOSA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'zbekistonda bu janr ancha keyin, urush yillaridan keyingi davrda paydo bo'ldi. M.Ashrafiyning «Baxt haqida qo'shiq», «O'zbekiston», S.Yudakovning «G'alaba», «Mirzacho'l», «Mening vatanim» va b. ozod O'zbekiston, uning gullagan bog'lari, bir vaqtlar qaqragan cho'lda o'zbek xalqi mehnat bilan yaratilgan chamanzorlar kuylanadi. Cho'lni o'zlashtiruvchilarning yorqin obrazlari yaratiladi. S.Boboyevning «Paxta bayrami», F.Nazarovning «O'zbekiston xotin-qizlari», H.Raximovning «Bahor», I.Hamrayevning «Qoraqalpog'iston» A.Xalilov va b. asarlari yoziladi.
O'zbekistonda S.Yudakovning ijodi ham keng ommalashgan. U turli janrdagi musiqa asarlari muallifi hisoblanadi. Uning qalamiga bir nechta kantata-oratoriya asarlari mansub.
REFERENCES
1. Гудкова Е.А. Узбекская хоровая литература. Т., 1974;
2. История узбекской советской музыки, т. 1-2, Таш., 1972-73;
3. Рузиев Ш. Хоршунослик. Т., 1987;
4. Хоровое искусство в XXI веке: тенденции и перспективы. С. 29-30;
5. Шарафиева Н. Хоршунослик. Т., 1987;
6. Ж.Шукуров Жамоа ижрочилиги ва услубиёти (укув-услубий кулланма) Т., 2011
7. Бахретдинова Н.А. Узбекистон болалар хор маданияти Т., 2002;