Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA XOR JANRINING AHAMIYATI'

BOLALAR MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA XOR JANRINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
268
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xor / janr / so’z / cherkov kuylari / a capella / kantata / oratoriya. / choir / genre / word / church tunes / a cappella / cantata / oratorio.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qahhorov, Bahromjon Sharobiddinovich

Ushbu maqolada xor san’atining paydo bo’lishi va ommalashuvi, turli xalqlarning musiqa madaniyatining rivojidagi ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, xor san’atining ijrochilik maktablari borasida ham fikr va mulahazalar atroflicha maqolada aks etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE CHOIR GENRE IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S MUSICAL ART

This article describes the emergence and popularization of choral art, its importance in the development of the musical culture of different nations. Also, thoughts and comments about choral performance schools are reflected in the detailed article.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA XOR JANRINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BOLALAR MUSIQA SAN'ATINING RIVOJLANISHIDA XOR JANRINING

AHAMIYATI

Qahhorov Bahromjon Sharobiddinovich

FarDU magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xor san'atining paydo bo 'lishi va ommalashuvi, turli xalqlarning musiqa madaniyatining rivojidagi ahamiyati bayon etiladi. Shuningdek, xor san'atining ijrochilik maktablari borasida ham fikr va mulahazalar atroflicha maqolada aks etadi.

Kalit so'zlar: xor, janr, so'z, cherkov kuylari, a capella, kantata, oratoriya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о возникновении и популяризации хорового искусства, его значении в развитии музыкальной культуры разных народов. Также в подробной статье отражены мысли и комментарии о школах хорового исполнительства.

Ключевые слова: хор, жанр, слово, церковные напевы, а капелла, кантата, оратория.

ABSTRACT

This article describes the emergence and popularization of choral art, its importance in the development of the musical culture of different nations. Also, thoughts and comments about choral performance schools are reflected in the detailed article.

Key words: choir, genre, word, church tunes, a cappella, cantata, oratorio.

KIRISH

Xor san'ati - musiqa san'atining janrlari orasida o'zining ommaviyligi va demokratik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda u keng tarqalgan asl xalq san'ati turiga aylangan. Bu san'at turi insonlarni musiqiy tarbiyalashda, estetik qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ma'naviy ongi, didiga, bir yagona g'oya, yagona ijroni maqsad qilib, so'z va musiqadagi tuyg'uni jamoa bo'lib ijro etish, ularni yanada jipslashtiradi. Bu san'at doimo xalq qo'shiqchilik ijodiyoti bilan bog'liq bo'lib, turli millatlar musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.1

1 Sharafiyeva N. Xorshunoslik. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1987.

337

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xor san'ati o'zining qadimiy musiqa madaniyatini ifodalashda uzoq tarixga yondoshadi. Asrlar davomida cherkov kuylari professional xor san'atida asosiy ijrochilik hisoblangan. Qadimiy cherkov kuylari, xuddi qadimiy grek kuylariga o'xshab paydo bo'lishiga qadar ovozlarning pastki va yuqori ovozlari (organum, diskant) rivojlana bordi. Uyg'onish davrida xor san'atida katta o'zgarish - ko'p ovozli xor ijrochiligi paydo bo'ldi.2 Xor san'atining yanada chuqurroq ravnaq topishiga a'capella ijrosida kuylashning paydo bo'lishi asos bo'ldi. XV-XVI asrlarda yashab o'z ijodida ko'p ovozli asarlar yaratib kelgan - J.Palestrina, O.Lasso, K.Janeken kabi polifonist-kompozitorlar o'z hissalarini qo'shdilar. Davr taqozosi bilan madaniyatlar yaqinlashuvi asrlardan-asrlarga o'tib, bir-biriga ta'sir ko'rsata boshlagan. Xususan, O'zbekiston madaniyatiga g'arb mamlakatlari, ayniqsa, Rossiyadagi madaniy o'zgarishlar bevosita singib kelavergan. Buni inkor etib bo'lmaydi, shu sababli mazkur madaniyatlar haqida ham ma'lum bir tushunchalarga ega bo'lib olishimiz darkor.3

MUHOKAMA VA NATIJALAR

G'arb mamlakatlarida xor ijrochiligi. Ma'lum bir davrdan so'ng xor san'atida yana bir o'zgarish paydo bo'lib, yirik asarlar - kantata, oratoriyalar mualliflari sifatida - I.S.Bax, G.Gendel, K.Glyuk ijodi, keyinchalik Meyerber, J.Verdi, shu bilan birga F.Shubert, B.Mendelson, R.Shuman kabi romantik kompozitorlar ijodida kamer xor musiqasi rivoj topdi. Shu davrda qo'shiq sevadiganlar xor jamoalari «lidertafel'» (nemischa so'z bo'lib, «yetakchi qo'shiqchi» ma'nosini anglatadi.

Germaniya, Avstriya va Shveytsariya davlatlarida keng rivojlangan) va «orfeon» (fransuzcha «xor sevuvchilar jamoasi» 1818-yilda Parijda G.Vilemom rahbarligida) paydo bo'lgan. Xor san'atining cherkov musiqa san'atidan asta-sekin tashqariga chiqishi, opera teatrlarining shakllanishi, XIX asrdagi milliy kompozitorlik maktabini xalq omma musiqasiga chambarchas bog'lanib ketishi Rossiya, Boltiq bo'yi davlatlari - Chexiya, Bolgariya, Vengriya va boshqa davlatlarda namoyon bo'lgan. Keyinchalik AQSH, Lotin Amerikasi, Yaponiya davlatlarida ham bu jarayon davom ettirilgan. Rossiyada xor ijrochiligi. Ko'p asrlardan buyon rus xor san'ati o'zining izchilligi bilan ajralib turadi. Rus xor ijrochiligi va ijodiyoti xalq ijrochiligi va cherkov ijrochiligi yo'nalishida rivojlanib, bir-biriga o'zaro bog'langan yo'nalishlar tashkil etgan. Bularga qishloq va shahar qo'shiqlari, qo'shiqsevarlar xor jamoalari, maktab qo'shiqsevarlari, professional cherkov va opera xor kapellalari targ'ibot

2 Ro'ziyev Sh. Xorshunoslik. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1987.

3 Jumayeva L.X. O'zbek xor musiqasi tarixidan. T., 2000. Sharafiyeva N. Xor sinfi. T., 2005.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilingan. Birinchi bo'lib XV asrda tashkil qilingan «Oîô àmôâàôûââûô ïââ^èo âûyêîâ» («Podshohning kuylovchilari xori») keyinchalik Peterburg saroy xonandalari kapellasiga aylantirilgan va XVI asrda yuzaga kelgan «Oîô Ïàôôèàôùèô ïââ^èo âûyêîâ» («Patriarxning kuylovchilari xori»), keyinchalik Moskva sinodal xori, deb atalgan. Patriarxning kuylovchilari xori rus professional xorlarining ilk namoyondalari bo'lib qolishgan. Cherkov ijrochiligi o'z davrida musiqa qobiliyatiga ega ijrochi va xor rahbarlari (regentlar), XVI-XVII asrlarda esa dvoryanlar, pomeshiklar o'z qaramog'ida xor va orkestrlar tashkil etadilar. Bunday jamoalarni «metsenatlar» - san'at homiylari xori, deb (graf Sheremetyev o'z kapellasining serqirra va sermazmun ijodi bilan 150 yilga yaqin ijod qilib kelgan jamoalardan; knyaz Yu.Galitsin xorlari va boshqalar) nomlangan. Bu kapellalar o'z ijro mahoratlari, dasturlari bilan rus xor madaniyatiga juda katta, yuksak hissa qo'shgan. Ushbu xor jamoalariga krepostnoylar rahbarlik qilib, ular ichidan atoqli xor dirijorlari - S.Dektaryev, G.Lomakin, A.Arxangelskiylarning yetishib chiqishi misol bo'la oladi.

XIX asrning ikkinchi yarmida ma'rifiy yo'nalishda xor san'ati ijrochiligi adabiyot va san'atdagi demokratik harakatlar bilan uyg'unlashib, ijtimoiy xarakterga ega bo'la boshladi. Tarixiy davrda Rossiyada ommaviy uyg'onishlar rus qo'shiqchiligi xalqning talabiga javob bera oladigan asarlar yaratilishi va yangi rus qo'shiqchiligi maktabi targ'ibot etilishiga olib keldi. Bu ayrim jonkuyar insonlar -M.Balakiryev va G.Lomakinning «Bepul musiqa maktablari», I.Melnikovning «Bepul xor sinflari» kabi professional va havaskorlar xorlari tashkil etilishiga sabab

XIX asr oxirlarida atoqli xor dirijori A.Arxangelskiyning professional xori dunyo bo'ylab tanildi. Xor jamoasining tiniq kuylashi, xor ansamblining mukammallashuvi turli ko'p ovozli asarlarni yuqori saviyada namoyish etishga olib keldi. Yuqori malakali dirijor, kompozitor va ustoz A.Arxangelskiy rus xor san'atini yuksaklarga ko'tarishga sababchi bo'lgan ijodkorlardan biri. Kompozitorlar ijodi xor san'atining turlanib, janrlar nuqtai nazaridan keng qamrovga ega bo'lishida muhim o'rin tutadi. A.Alyabyevning xor uchun asarlari, A.Dargomijskiyning «Peterburg serenadalari» so'zsiz xor bo'lib ijro etishning ilk namunalari bo'lib qoldi. P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov, M.Musorgskiy, S.Kyui, E.Napravnik, A.Arenskiy, I.Ippolitov-Ivanov, A.Grechaninov, V.Kalinnikov, P.Chesnokov, S.Taneyev kabi kompozitorlar ijodida xor uchun yozilgan a kapella uslubidagi asarlar xor san'atining yangi pog'onaga ko'tarilishiga asos bo'ldi. Ularning asarlari bugungi kunda ham o'z mavqeini yo'qotgan emas.

bo'ldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XX asrda ham Rossiya hududida ko'plab professional xor jamoalari tuzilib, ular keng konsert-ijrochilik faoliyatini olib borgan. Davlat ras xori, Respublika rus xor kapellasi (keyinchalik A.Yurlov nomi berilgan), Radio va Markaziy televideniye qoshidagi Rus qo'shiqlari xori, Peterburg kuylovchilari kapellasi kabilar bunga misol bo'la oladi. Butun dunyoga tanilgan xor dirijorlari - G.Dmitriyevskiy, K.Ptisa, N.Danilin, A.Sveshnikov, A.Aleksandrov, V.Sokolov, A.Yurlov, A.Yegorov, A.Mixaylov, V.Minin, M.Pyatniskiylar kabilar mazkur san'at rivojlanishiga o'z ulushlarini qo'shdilar. XX asrning ikkinchi yarmida xor san'ati va kompozitorlik ijodiyoti yanada yuksaklarga ko'tarildi. Bunga S.Prokofyev, D.Shostakovich, V.Shaporin, M.Koval, G.Sviridov, V.Salmanov, A.Lenskiy, V.Shebalin, R.Boyko, R.Shedrin va boshqalarning ijodiy izlanishlarini misol qilib ko'rsatish mumkin.

Shu davrda xor ijrochiligida bolalar ovoziga ham katta e'tibor berilib, maktab bazalarida xor studiyalari, xor to'garaklari, vokal ansambllari tashkil qilindi. Har yili o'tkaziladigan xor festivallari, qo'shiq bayramlari, bolalar musiqa ijodiyoti festivallari keng ko'lamda o'tkazildi. Vladimir Sokolov, Georgiy Struve va Viktor Popov rahbarligidagi bolalar xor jamoalarining dovrug'i butun dunyoga taraldi. Bunday taniqli dirijor va kompozitorlar o'z vaqtida O'zbekiston bolalari, yosh musiqasevarlar bilan ham ko'plab ijodiy uchrashuvlar o'tkazganlar. O'zbekistonnig eng taniqli xor jamoasiga bunda chorak asr narida «Bulbulcha» nomi berilishiga Georgiy Struve sababchi bo'lgan.

REFERENCES

1. Sharafiyeva N. Xorshunoslik. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1987.

2. Ro'ziyev Sh. Xorshunoslik. G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1987.

3. Jumayeva L.X. O'zbek xor musiqasi tarixidan. T., 2000.

4. Sharafiyeva N. Xor sinfi. T., 2005.

5. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

6. Achildiyeva, M., Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). Shashmaqom saboqlari:" Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, 77(01), 55-58.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS

INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

8. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308

9. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56

10. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., & Khaydarova, O. (2021). THE THIRD RENAISSANCE TOWARDS ASCENDING.

11. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

12. Achildiyeva, M., & Madalieva, D. (2020). Uyghur folk singing genre. International Journal on Integrated Education, 3(11), 222-226.

13. Ikromova F O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING HAYOT YO'LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156

14. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2022). РЕЙНГОЛЬД ГЛИЭР ВА ТОЛИБЖОН СОДИКОВНИНГ «ЛАЙЛИ ВА МАЖНУН» ОПЕРАСИДА МАКОМ ЙУЛЛАРИНИНГ КУЛЛАНИЛИШИ. Science and innovation, 1(C4), 23-28.

15. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). МУСИКДЙ СА^НАВИЙ АСАРЛАРНИНГ ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (УЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ МИСОЛИДА). Science and innovation, 1(C4), 2933.

16. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

17. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

18. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

PEDAGOGICAL

ACTIVITY

GALAXY

INTERNATIONAL

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

19. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

20. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

21. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

22. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

23. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

24. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

25. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

26. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

27. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

28. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

29. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

30. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

31. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

32. Шокиров, Т. Н. (2022). МИЛЛИЙ МУСИКА МАДАНИЯТИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИКБОЛЛАРИ (фольклор, достончилик, маком мисолида). Science and innovation, 1(C3), 31-38.

33. Atabayeva, Z. A. (2022, March). Accounting policy of the organization and its connection with tax planning. In E Conference Zone (pp. 35-38).

34. Yuldashev, F. A. (2020). Scientific analysis of cognitive processes in Al-Farabi's Teaching. International Journal on Integrated Education, 4(2), 375-379.

35. Yuldashev, F. A. (2020). Scientific analysis of cognitive processes in Al-Farabi's Teaching. International Journal on Integrated Education, 4(2), 375-379.

36. Yuldashev, F. A. (2021). Important features of Social-Philosophical analysis of human factors and interests. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11),

358-364.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.