Научная статья на тему 'BUYUK IPAK YO‘LI ASOSIDA TARQALGAN BUYUK MADANIYAT'

BUYUK IPAK YO‘LI ASOSIDA TARQALGAN BUYUK MADANIYAT Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
429
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqaro / totuvlik / mintaqa / millatlararo / Buyuk Ipak yo‘li / g‘arb / sharq / mamlakat / xalq / ma’naviyat / madaniyat. / citizen / harmony / region / interethnic / Great Silk Road / West / East / country / people / spirituality / culture.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jalilova, Zilolaxon Bunyodjon Qizi

Ushbu maqolada yurtimizda bo’layotgan islohotlar, san’atning buyuk ipak yo‘li asosida tarqalgan buyuk madaniyat haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A GREAT CULTURE SPREAD BASED ON THE GREAT SILK ROAD

This article will talk about the reforms taking place in our country, about the great culture spread on the basis of the Great Silk Road of art.

Текст научной работы на тему «BUYUK IPAK YO‘LI ASOSIDA TARQALGAN BUYUK MADANIYAT»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BUYUK IPAK YO'LI ASOSIDA TARQALGAN BUYUK MADANIYAT

Jalilova Zilolaxon Bunyodjon qizi

FarDU magistranti namozovadilorom2022@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yurtimizda bo'layotgan islohotlar, san'atning buyuk ipak yo'li asosida tarqalgan buyuk madaniyat haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: fuqaro, totuvlik, , mintaqa, millatlararo, Buyuk Ipak yo'li, g'arb, sharq, mamlakat, xalq, ma'naviyat, madaniyat.

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассказывается о реформах, происходящих в нашей стране, о великой культуре, которая распространилась по Великому шелковому пути искусства.

Ключевые слова: гражданин, гармония, регион, межнациональный, Великий Шелковый путь, Запад, Восток, страна, народ, духовность, культура.

ABSTRACT

This article will talk about the reforms taking place in our country, about the great culture spread on the basis of the Great Silk Road of art.

Keywords: citizen, harmony, region, interethnic, Great Silk Road, West, East, country, people, spirituality, culture.

KIRISH

Prezidentimizning davlatlararo ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni mustahkamlash yo'lidagi olib borayotgan ishlari o'zining konstruktivliHgi, uzoq muddatli va ko'p qirrali jihatlari bilan ajralib, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va normalari, o'zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olishga asoslanganligi bilan millatlararo totuvlik g'oyasining bosh omili deyish mumkin. .

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmoni1da nazarda tutilgan millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik tamoyili barcha sohalar qatori ta'lim tizimida qabul qilingan qonun-qarorlar orqali hayotga joriy etilayotganligini ko'rish mumkin. So'nggi yillarda ilmfan va ta'lim sohalarida hamda yangi aloqalar o'rnatish va erishilgan kelishuvlarni

1 Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони.// https://lex.uz/docs/3107036

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

amalga oshirish, eng avvalo madaniy - gumanitar va ilmiy-ma'rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

«Milliy o'zlik va fuqaroviy totuvlik kesimining mintaqada millatlararo munosabatlar takomillashuvi istiqbollari»2 mavzusida 2017 yil 11- 20 avgust kunlari Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va O'zbekistonning barcha viloyatlarida so'rovnoma o'tkazildi. Ma'lumki, jamoatchilik fikrini o'rganish faqatgina jarayonning o'zini o'rganibgina qolmasdan, ijtimoiy fikrni yo'naltirish va boshqarish funksiyalarini ham bajaradi. Shu bois, etnosotsiologiya o'zlikni anglash jarayonlarining barqaror mohiyatini ta'minlab, millatlararo munosabatlarni boshqarib boradi.

Zero, ulug' o'zbek mutafakkir shoiri Alisher Navoiy bobomizning "Olam ahli, hamisha bir-biringizga do'st bo'ling, Yer yuzini o'z mehnatingiz, iste'dodingiz bilan obod qiling!"3 degan mazmundagi o'lmas da'vati mujassam ekanini ko'ramiz.

Yuqoridagilardan kelib chiiqan holda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umum ta'lim maktablaridagi boshqa o'quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o'qitilishini ham davlatimiz tomonidan olib borayotgan tub islohotlar negizida tubdan yangilanib takomillashayotganligini keyingi yillarda nashr etilgan musiqa darsliklari misolida ko'rish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buyuk Ipak yo'li - G'arb va Sharq mamlakatlari xalqlari ma'naviy madaniyatining yutuqlarini o'rganishga yo'l ochgan qadimiy "Buyuk madaniyat yo'li"dir. Yana bu yo'l orqali ilm-fan, san'at, adabiyotda erishilgan ajoyib muvaffaqiyatlar baham ko'rildi. Qo'shni xorijiy Sharq xalqlari urf-odatlari, an'analari uyg'unlashib, yangi bir yuksak madaniyat sarchashmalari bunyod etildi, o'zaro aloqalar tufayli yer yuzi aholisi bir-birlariga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatib, biri ikkinchisining ma'naviyatini, madaniyatini boyitdi, to'ldirdi.

Jumladan, bugungi kunda YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ruyxatiga kiritilgan Shashmaqom (2008 yil) Tojikiston va O'zbekiston, Navro'z bayrami (2009 yil)4 Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Pokiston, Turkiya va O'zbekiston davlatlari nomzodnomasi asosida tasdiqlanganligi Buyuk

2Ha3apoB. H.A "MapKa3HH ocuë no^roTHHK coцнyмнga MH^araapapo MyHOca6araap TaKOMH^amyBHHHHr $a^ca$HÜ-$yHKUHOHa^ Tag^u^u". ABTope^apar. Y36eKHCTOH mhUHH yHHBepcHTeTH. T. 2019 H. 23-6eT.

3 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3Hgemu fflaBKar Mup3HëeBHHHr "fflaprç TapoH&rapu" yH hkkhhhh xa^apo Mycu^a ^ecTHBa^HHHHr OHH^umura 6arHm^aHraH TamaHa^H MapocuMgaru Ta6puK cy3H.// Xam; cy3H 26 aBrycT 2019 hh^

4 "roHecKOHHHr Penpe3emaTHB Pynxarara KupmunraH o6ieKT^ap " http://ich.uz/uz/ich-of-uzbekistan/elements-included. 21.05.2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ipak yo'lining turli xalq va elatlarning qadriyat va an'analarini bir-birlari bilan mushtarak etganligiga dalolatdir.

Shuningdek, fors-tojik mumtoz adabiyotining merosi hisoblanmish Firdavsiy, Umar Xayyom, Xofiz Sheroziy, Sa'diy, Abdurahmon Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiyo xalqlari uchun ma'lum darajada umumiy bo'lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy, amir Xusrav Dehlaviylarning ijodiy ta'siri ostida o'zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi. Navoiy ijodi xususan, "Xamsa" asari XVI-XVIII asrlardagi barcha turkiy va fors-tojik badiiy adabiyoti va ijtimoiy fikrlarining rivojiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Bu davrlarda yashab ijod etgan Turk, Ozarbayjon, Xorazm, Qo'qon xonliklaridagi, sharqiy Eron hamda Afg'onistondagi shoir-ulamolar Navoiy ma'naviy xazinasidan ilhomlandilar va undan o'rgandilar. Ijtimoiy madaniyatning bu o'zaro ta'siri xalqlar ijtimoiy milliy madaniyatining rivojlanishi va boyishi orqali mumtoz musiqa madaniyatlarini rivoj topishiga olib

Ayniqsa, Buyuk ipak yo'li asosida tarqalgan buyuk madaniyat Temuriylar davrida turli xalqlarni ma'naviy jihatdan oziqlantirdi, taraqqiyotga zaruriy kafolatlar berib, iqtisodiy ko'tarilish, siyosiy-ijtimoiy hamda madaniyatlararo yuksalish sodir bo'ldi. G'arbdan Sharqqa intilish tabiiy ehtiyojlar tufayli, yuzaga kelib, bu maqsad yo'lida tinimsiz harakatlar o'z samarasini berdi. Sharq dunyosi bilan tanishish G'arb uchun misli ko'rilmagan yangiliklarni ochib, ularni bahramand etgan Sharq mamlakatlari ham G'arb dunyosi ajoyibotlari va g'aroyibotlaridan voqif bo'ldi. Ikki dunyo bir-birlariga kuchli ijobiy ta'sir o'tkazdilar va ipak yo'lining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bois bo'lsa kerak, barcha xalqlarning an'anasida musiqaga alohida e'tibor qaratilib, musiqa ijodiyotining keng qamrovli tus olishi, milliy, diniy, dunyoviy, ilmiy-nazariy mezonlarni mukammal qamrab olishga katta e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga boshqa xalqlarning musiqiy an'analaridan andoza olishlari va turli jihatlarni o'z musiqasiga singdirishi ham ehtimoldan holi bo'lmagan. Zero, mukammallikka erishgan har bir millat buyuk an'analarga intilgan. Musiqaning janrlar jozibasi, halqning ijtimoiy hayotidan kelib chiqib shakllangan musiqiy namunalari, cholg'ular rang-barangligi, ijrochilik an'analari, har bir Sharq xalqlarida ayricha nomlanishi bilan ularning negizidagi tamoyillar deyarli bir-biriga mutanosib ekanligi ham buning dalolatidir.

Albatta, xalqlarning turmush omillari bir bo'lganligi bilan, hayot kechirish tarzida mintaqaviy, milliy va tabiiy jarayonlar bilan bog'liq o'ziga xoslik mavjud

keldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ekanligini e'tirof etish lozimdir. Mumtoz musiqa ijodiyotining Sharq xalqlari musiqa madaniyatida shakllanishi va o'ziga xos tamoyillarda qaror topishi hamda milliy an'analar negizida ijod etilishi - bu har bir Sharq xalqlarining qadimiy an'analarga egaligi, ijodiyotining Buyuk ipak yo'lida musiqa san'atining rivojlanish jarayonlari mukammalligi, xalqining ma'naviy dunyosiga katta e'tibor qaratishining dalolatidir. Kasbiy musiqaning ijodiyoti va ijrochiligi va ularning muntazam taraqqiyot omili bilan tutashligi xalqning rivojlanishidagi ajralmas qismi sifatida ahamiyatlidir. Rivojlanish jarayonida bu omillar xalqlar o'rtasidagi umumiylik xususiyatlarini kasb etib kelgan. Sharq xalqlari musiqa ijodiyotida azaldan shakllangan tarixiy, amaliy, ilmiy-nazariy jihatlardagi mutanosiblik tarixiy va ijodiy, e'tiqodiy, kasbiylik, ijrochilik, ta'lim (ustoz-shogird), cholg'ular, turkumiylik, musiqiy nazariy, metro-ritmik(usul) va, albatta, musiqiy iboralarda o'z aksini topganligini e'tirof etish mumkin. Bular quydagilar bilan izohlanadi:

- tarixiy va ijodiy munosabat. Shu nuqtai nazardan ijodiyot jarayonida, avvalo, har bir xalq o'zining milliy qadriyatlari asosida ma'naviy merosini shakllantirgan bo'lsa, taraqqiyot davomida "Buyuk madaniyat yo'li" orqali xalqlar madaniyatining bir-biriga ta'sirini kuzatish mumkin.

- kasbiylik - musiqa ijodiyoti va rivojlanish jarayonining asosi bo'lib, maqomot tizimiga mansub janrlarni qamrab oladi. Uning negizida har bir xalq o'z ma'naviy dunyosini ohanglarda ifoda etuvchi janrlariga ega bo'lgan. O'zbek va tojik maqomlari, hind ragalari, eron dastgohlari va radiflari, arab maqamlari, ozarbayjon va arman mug'omlari, uyg'ur muqomlari shular jumlasidandir.

- ijrochilik - bu jonli jarayon. U doimo harakatda. Ijrochilikdagi ana shu harakatning sharqona an'analari: soflik, aniqlik, badiiylik, badihaviylik, ehtiroslilik, go'zallik, dardlilik, sayqallilik, jozibalilik, uyg'unlik, ijodiy munosabat go'zal uyg'unligida va har bir halqning milliy ijrochiligida o'z o'rnini topgan.

- ta'lim (ustoz-shogird) - muayyan qonun-qoidalar bilan xarakterlanuvchi va sohaning muntazam tarzda rivojini ta'minlovchi jarayon. O'rta Osiyoda o'zaro birdamlik asosida maqom ijodiyotining 1500 yillik tarixga ega ekanligi musiqashunos olimlar tomonidan e'tirof etiladi.

- cholg'ular - xalq va millat ma'naviyati va ruhiyatini sadolarda aks etuvchi asbob. Shu bois, ularning nomi va ko'rinishida farq bo'lsa-da, sadolanish mezoni mutanosibdir. Bu barcha an'anaviy cholg'ularga xarakterli. Jumladan - ko'zga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'ringan musiqa asboblaridan chang (arfa), dapp (doira), nay xalq orasida tarqalgan5 va h.k.

- turkumiylik - bir musiqiy mavzu (g'oya)ning turli jihatlarini musiqiy qonuniyatlar doirasida ifodalab berish. Ya'ni mavzuning asosiy g'oyasi xarakterli ohanglar orqali, turli usullar yordamida, rang-barang ko'rinishda muayyan tizimga asoslangan holda shakllantiriladi. Bunga yaqqol misol O'n ikki maqom keyinchalik rivoj topgan U o'zbek va tojiklarda maqom, forslarda dastgoh, ozarlarda mug'om, uyg'urlarda muqom va hindlarda rag yoki rok deb yuritiladi 6gan boshqa ijod namunalaridir.

- Metro-ritm (usul) - kasbiy musiqaning ikki asosiy jihatlaridan biri - bu usuldir. Sharq xalqlari musiqa ijodiyotining usul tizimi o'zining rang-barangligi, oddiydan murakkab shakllargacha o'z ifodasini topganligi bilan ahamiyatlidir.

- musiqiy iboralar - Sharq xalqlari mumtoz musiqasining iboralar tizimidagi mutanosiblikning maqomlar qismlarining nomlanishlari, cholg'ular va nazariy iboralarda ko'rish mumkin. Jumladan Segoh - sika; tanbur - tanpura -danbur7 va b.

Buyuk yo'lda tutashib bir-biridan rang olib ravnaq topgan Sharq xalqlari musiqa madaniyatining tub negizlari go'yoki bir dengizdan boshlangandek.

O'zi bir negiz, lekin musiqaning shakllanishida, milliylik jihatlari, an'ana va qadriyatlari, ruhiyati va ma'naviyati har bir xalqning musiqiy ohangida mujassam topadi. Sharq xalqlari mumtoz musiqasining ushbu mushtaraklik jihatlari, avvalo, musiqa san'ati badiiy va estetik imkoniyatlarga boyligi bo'lsa, ikkinchidan, buni yaqindan o'zaro munosabatlarda, aloqalarda bo'lib kelganligi bilan izohlash o'rinlidir. Xalqlarning o'zaro munosabatdagi sharqona qadriyatlar negizida an'anaga aylangan cholg'ular migratsiyasi, san'atkorlarning namoyishlari, ilmiy-tadqiqotlarning samaralari, risolanavislikning muhimligi, ustoz-shogirdlikning ahamiyati va fasafasi doimo Sharq mumtoz musiqasi taraqqiyotidagi ijodiy munosabatlarning yuzaga kelishiga asos bo'lganligini e'tirof etish o'rinlidir.

Bu jarayonni buyuk afsonaviy sozanda Borbad ijodida yuzaga kelgan Xusravoniy turkumlari misolida asos solinganligi bilan bog'lashadi. So'nggi Sharq xalqlari mumtoz musiqa ijodiyoti jarayonida mumtoz musiqa roh, rexta, kor, amal, qavl, nag'ma kabi bir qator janrlar ko'rinishida rivojlandi.

XIII asrga kelib, Sharq xalqlari mumtoz musiqa namunalari musiqashunos olim Safiuddin Urmaviy tomonidan o'ziga xos tartibga solinganligi manbalarda o'z aksini

5 Укув услубий мажмуа. "Ижрочилик махорати". Магистратура йуналиши: 5А111101 -"Мусика таълими ва санъат"ФарДУ.2018. Б-14.

6 Сафаров О. "Шашмаком ватани оханглари". https://uz.denemetr.com/docs/768/index-96157-1.html

7 Акбаров И."Мусика лугати" Тошкент, 1997й.75-бет

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

topgan. Unga ko'ra musiqa ijodiyoti amaliyotida yuzaga kelgan mumtoz musiqa namunalari 12 maqom, 24 sho'balar va 6 ovozlar ko'rinishiga keltirilgan.

Bizning davrimizgacha bir qator Sharq mamlakatlarida mumtoz musiqa namunalari, ya'ni maqomlar tizimiga kiruvchi o'ziga xos janrlar shakllanib, maqomlar ijodiyotining yorqin namunasi sifatida qaror topganligining guvohimiz. Bular umumiy maqomot tizimiga kiruvchi mumtoz janr sifatida hindlarda "Raga", Kashmirda "So'fiyona kalom", Pokistonda "Qavvali", eronliklarda "Dastgoh", "Radif", Turk, Iroq, Misr va turkmanlarda "Makam", Ozarbayjon va armanlarda "Mug'om", uyg'urlarda "Muqom", Jazoir va Tunisda "Nuba", o'zbek va tojiklarda "Maqom" nomlari bilan atalib kelinadi. Sharq xalqlari dunyosida mavjud bo'lgan ushbu maqomot namunalarining har biri alohida xalqning milliy qadriyatlari va ruhiyatini o'zida ifoda etgan va milliy musiqiy-nazariy an'analarga asoslangan turkumiy asarlar majmuasi hisoblanadi.

Musiqa madaniyati darslari orqali o'quvchilarda millatlararo totuvlik tuyg'usini shakllantirishda jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag'rikenglikni ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do'stlik va ko'p millatli yagona oila tuyg'usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda musiqa merosimizning tarixiy ildizlari, ajdodlarimiz tomonidan yaratib berilgan boy ilmiy merosimizni asl moziy qimmatligini saqlagan holda o'rganish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.// https://lex.uz/docs/3107036

2. Nazarov. N.A "Markaziy osiyo polietnik sotsiumida millatlararo munosabatlar takomillashuvining falsafiy-funksional tadqiqi" Avtorefarat. O'zbekiston milliy universiteti. T. 2019 y. 23-bet.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari" o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zi.// Xalq so'zi 26 avgust 2019 yil

4. "Yuneskoning Reprezentativ Ro'yxatiga kiritilgan obyektlar " http://ich.uz/uz/ich-of-uzbekistan/elements-included. 21.05.2020

5. O'quv uslubiy majmua. "Ijrochilik mahorati" Magistratura yo'nalishi: 5A111101 -"Musiqa ta'limi va san'at"FarDU.2018. B-14.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Safarov

O.

Shashmaqom

vatani

ohanglari".

https://uz.denemetr.com/docs/768/index-96157-1.html

7. Akbarov I."Musiqa lug'ati" Toshkent, 1997y.75-bet

8. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

9. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

10. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

11. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

12. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

13. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

14. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

15. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

16. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

17. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

18. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

19. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

21. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

22. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

23. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

24. Шокиров, Т. Н. (2022). МИЛЛИЙ МУСИКД МАДАНИЯТИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИКБОЛЛАРИ (фольклор, достончилик, маком мисолида). Science and innovation, 1(C3), 31-38.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.