Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MILLIY ANSAMBLLAR IJROCHILIGIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR'

O’ZBEKISTONDA MILLIY ANSAMBLLAR IJROCHILIGIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
160
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ansambl / sozanda / an’anaviy musiqa / ijrochi / gamma / musiqiy bezak / cholgu / ko’nikma / malaka / ensemble / musician / traditional music / performer / gamma / musical decoration / instrument.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maxmudov, Shoxrux O’tkirbek O’g’li

Mazkur maqolada o’zbek milliy ansambllar ijrochiligida ilg‘or xorijiy tajribalarning o’rni va ahamiyati hamda ijrochining texnik mahorati haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANCED FOREIGN EXPERIENCES IN THE PERFORMANCE OF NATIONAL ENSEMBLES IN UZBEKISTAN

This article talks about the role and importance of advanced foreign experiences in the performance of Uzbek national ensembles and the technical skills of the performer.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MILLIY ANSAMBLLAR IJROCHILIGIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA MILLIY ANSAMBLLAR IJROCHILIGIDA ILG'OR

XORIJIY TAJRIBALAR

Maxmudov Shoxrux O'tkirbek o'g'li

FarDU [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek milliy ansambllar ijrochiligida ilg'or xorijiy tajribalarning o'rni va ahamiyati hamda ijrochining texnik mahorati haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: ansambl, sozanda, an'anaviy musiqa, ijrochi, gamma, musiqiy bezak, cholgu, ko'nikma, malaka.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о роли и значении передового зарубежного опыта в исполнительской деятельности узбекских национальных ансамблей и техническом мастерстве исполнителя.

Ключевые слова: ансамбль, музыкант, традиционная музыка, исполнитель, гамма, музыкальное оформление, инструмент, мастерство, мастерство.

ABSTRACT

This article talks about the role and importance of advanced foreign experiences in the performance of Uzbek national ensembles and the technical skills of the performer.

Key words: ensemble, musician, traditional music, performer, gamma, musical decoration, instrument.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 02.02.2022-yil PQ-112-sonli qaroriga ko'ra: aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, konsert tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish orqali umumiy o'rta ta lim maktablari, maxsus maktab-internatlar, mahallalar, yozgi bolalar oromgohlarida milliy cholg'ularni keng targ'ib qilish, hamda o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy musiqamizga qiziqtirish, ularni musiqiy madaniyatini, ta lim-tarbiyasini yuksaltirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion faoliyat olib borilishi ko'zda tutilgan. Musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta

298

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;

Zero, ushbu qarorda 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatilishi va bu haqda ularning ta lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritilishi belgilab qo'yilgan1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, musiqiy pedagogikaninng cholg'u ijrochilik yo'nalishida gamma, uchtovushlik va mashqlar o'quv jarayonining ajralmas qismidir. Ularni o'rganish va chalish o'quv davrining hamma bosqichlarida ham muhim ahamiyatga ega. Undan turli bosqichlarda turli maqsadlarda foydalaniladi.

Doimiy ravishda o'z ustida ishlamaydigan sozandaning ijrochilik faoliyati tez tugab kolishi mumkin. Chunki bu faoliyat ijodiy faoliyat. Ijodiy faoliyat esa doimiy izlanishni, ijrochilik mahorati ustida muntazam shugullanishni talab kiladi. Shuning uchun o'z-o'zidan, nafaqat o'quv jarayonida, balki ijrochilik faoliyatining oxirigacha gamma, uchtovushlik va mashqlarning ahamiyati birday saqlanib qolaveradi. Mashhur sozandalarning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, buning isbotini yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Kompozitor va o'z davrining yetuk sozandasi mashhur pianinochi S.Raxmaninov «Bir kun chalmasam o'zim bilaman, ikki kun chalmasam dustlarim biladi, uch kun chalmasam tinglovchilar biladi» deganida, mashq qilish, shug'ullanish- ning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotlagan edi.

Gamma va arpedjiolar ustida ishlash jarayoni fakat o'quvchining texnik imkoniyatlarinigina rivojlantirish bo'lib kolmasdan, balki shu gammalar yordamida ijroning badiiy ifodalilik kunikmalarini tarbiyalovchi vositalardan biri bo'lishi lozim.

Endi Qashqar rubobida chalinadigan gammalarni Qashqar rubobi sozlanishi va imkoniyatlariga asoslangan holda tasniflab ko'rib chiqamiz.

Ularni 6 turga bulishimiz mumkin:

1. Bir torda ochiq tor qo'llanilib, chalinadigan bir oktavali gammalar;

2. Ikki torda ochiq torlar qo'llanilib xar-xil pozitsiyada chalinadigan bir

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son. https://lex.uz/uz/docs/-5849580

299

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oktavali gammalar;

3. Uch torda ochiq torlar qo'llanilib chalinadigan bir oktavali gammalar;

4. Uch torda bir pozitsiyada chalinadigan bir oktavali gammalar;

5. Uch torda pozitsiyalar almashtirib chalinadigan ikki oktavali gammalar;

6. Xromatik gammalar;

1) Bir torda ochiq tor qo'llanilib chalinadigan bir oktavali gammalar:

2) Malumki, kompozitorlar ijodida xromatik passajlar ko'plab uchrab turadi. Qashqar rubobida xromatik gammalar asosan zich, jipslashgan, izchillik bilan yuqorilab yoki pastlab boruvchi applikatura qo'llanishi bilan ajralib turadi. Bu gammalar barmoqlarning bir-biri bilan chakkon urin almashuvini va ularning pardalaridagi anikligini rivojlantiradi. Ko'rinib turganidek xromatik gammalarni Qashqar rubobida barcha torlarda chalish mumkin.

3) Gamma va mashqlar dastlabki bosqichlarda rubobni to'g'ri ushlash va ovoz chiqarish, oddiy shtrixlarni o'zlashtirish va chap qo'lni dasta buylab harakatlantirish kabi yengil malakalarni o'rganishda yordam beradi.

4) Keyingi bosqichlarda esa tovush chiqarish texnikasi, murakkab passajlar va shtrixlarni o'zlashtirishda muhim vosita bo'lib xizmat kiladi. Gammalar va mashqlar ustida ishlash o'quvchining tayyorgarligi va uning oldiga kuyilgan vazifadan kelib chiqqan bulishi kerak. Biron-bir kunikmani o'zlashtirishda mashqlarni sekin sur'atda chalib o'rganish va keyin tez sur'atga utgan ma'kul. Masalan, ma'lum bir shtrix ustida ishlaganda shu shtrixni kaysi gamma yoki mashq vositasida va kanday ijro uslubidan foydalanib o'zlashtirish mumkinligini aniklab, keyin uni amalga oshirish kerak. Binobarin barmoqlarning tordan-torga utish tezligi va katta intervallarga anik sakrash kunikmalarini o'zlashtirishda uchtovushliklar va ularning aylanmalari damda shu asosdagi mashqlarni dar-xil shtrixlar va dar-xil sur'atlarda chalish mumkin.

5) Xar kanday mashq yoki gamma anik maqsadga yunaltirilgan bulishi kerak. Aks holda o'quvchi qancha ko'p shugullanmasin kerakli natijaga erisha olmaydi. Tajribada bunday dollar juda ko'p uchraydi. Shuning uchun o'qituvchi, o'quvchiga maqsadni anik tushuntira bilishi kerak. Ayrim o'qituvchilar o'quvchilar bilan ishlashda ko'pincha fakat asar ustida ishlab yoki aynan usha asarning kiyin bo'lgan qismini qayta-qayta chaldiradilar, lekin kutilgan natijaga erisha olmaydilar. Bunday paytda albatta kamchiliklar sababini aniklash kerak. Kamchilikni bartaraf kilish uchun anik maqsadga yunaltirilgan mashq va gammalardan foydalanish yaxshi natija beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6) Tajribali o'qituvchilar yangi asarni tadlil kilayotganlaridayok o'quvchiga asarni nazariy jidatdan tulik tushuntirib, o'quvchining oldiga anik vazifa kuyadilar va kerakli kursatmalar beradilar, asosiy e'tibor beriladigan jidatlarini tushuntirib, kanday mashqlar chalish kerakligini aniklaydilar. Agar o'quvchi o'nga berilgan vazifani va pirovard natijani tulik tasavvur kila olsa dars paytida damda mustakil ishlash jarayonida anik bir maqsadga yunaltirilgan mashqlar yordamida kuzlagan maqsadga erisha oladi.

7) Mashgulotlarda o'quvchiga uning xatolarini anik tushun- tirib kursatib berish, xatolarni tez bartaraf kilishda juda katta axamiyatga ega. Biron bir kunikmani o'zlashtirishda mashq yoki gammalarni ma'lum vakt mobaynida ikki o'quvchiga bir vaktda, yoki o'qituvchi bilan o'quvchining bir vaktda chalish tajribasining yaxshi samara berishi aniklangan. Ayniksa o'qitishning dastlabki davrlarida o'quvchi mustakil ravishda uzoqrok vakt biron-bir gamma yoki mashqni chala olmaydi. Bo'nga uning sabri va chidamliligi yetishmaydi. Agar yuqoridagi usuldan foydalanilsa, o'quvchiga birinchidan kizikarli bo'ladi, kuchini maksimal sarflab shugullanish kobiliyati shakllanadi, ikkinchidan esa o'qituvchi uning xatolarini bir vaktda darxol to'g'rilash imkoniyatiga ega bo'ladi. Gamma va mashqlarni bir necha o'quvchi bir xil shtrix, dinamika yoki sur'atlarda chalish usulida o'quvchining fakatgina texnik kamchiliklari bartaraf kilinmasdan, balki uning ritmni sezish, ansambl ijrochiligi kunik- malari va eshitish kobiliyati xam rivojlanadi.

8) Mashq, gamma va uchtovushliklarni chalish o'quvchi uchun o'qituvchi tomonidangina buyurilib va o'quvchi majburiy bajaradigan mashgulot bo'lib kolmasligiga e'tibor berish kerak. O'quvchiga buning qanchalik axamiyatli ekanligini butun o'quv davri mobaynida, amaliy mashgulotlarda uzluksiz ravishda singdirib borish kerak-ki, toki o'quvchi bu mashgulotlarning zaruriyligini tushunib yetsin.

9) Ma'lumki, o'quv davrlari orasida ma'lum vaktlarda xar- xil ta'tillar mavjud. Bu ta'tillarda xamma o'quvchilar xam o'z ustida bir xil mustakil shugullanmaydilar. Sho'nga uxshash xar xil tanaffuslardan keyin xar kanday sozandaning texnik imkoniyatlari bir oz pasayadi. Agar o'quvchida gamma, uchtovushlik va mashqlarni chalish ongli ravishda zarurat darajasiga aylansa, bu o'nga kelajakda ijrochilik formasini shakllantirib, uni saklay olish imkoniyatni beradi. Shuning uchun xam ijrochilik faoliyatida gamma, uchtovushlik va mashqlarning axamiyati beqiyosdir.

10) Musiqiy bezaklar va ularni ijro etish usullari

11) Xar bir xalqning musiqasi damda kompozitorlar yaratgan asarlar boy musiqiy bezaklarga ega. Musiqiy bezaklarsiz musiqa uzining tulik mazmun

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

modiyatiga ega bo'lmaydi. Musiqiy bezaklar kuyni har tomonlama boyitibgina kolmasdan, uning xarakterini ochib berishda juda katta rol uynaydi. Musiqiy bezaklar dar-xil melizmlar va kochirimlardan iborat.

12) Melizmlar «trel», «forshlag», «mordent» va «gruppetto» deb nomlanadi va deyarli barcha xalqlar kuy va kushiklarida damda kompozitorlar ijodida juda keng qo'llaniladi. Shashmaqom asarlari va mumtoz o'zbek kuylarida uchraydigan bezaklar melizmlar deb atalishi bilan birga «kochirim», «nola» deb ham yuritiladi. Kochirim, nola milliy musiqiy bezaklarning barchasini o'z ichiga oladi: «bidratma», «sayqallar», «tulkinlantirish», «naxshlag», «kashish», «molish» shular jumlasidan bo'lib, ular milliy musiqamizni dakkoniy jaranglashiga va kuy ohanglari jozibasini tulik ochib berishga yordam beradi.

13) O'zbekiston konservatoriyasi an'anaviy ijrochilik kafedrasi professor-o'qituvchilarining ilmiy-pedagogik izlanishlari natijasida shashmaqom asarlari namunalarining Qashqar rubobidagi ijrochiligi borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ko'plab kuy va ashulalar Qashqar rubobi ijrosi uchun moslashtirilib undagi bezaklar anik kilib belgilanishi, cholg'u ijrochiligi pedagogikasida yaxshi natijalarga erishishda asosiy omillardan biri bo'lib kolmoqda.

14) Endi melizm va kochirimlarni har birini alodida shu bilan birga ular urtasidagi farqli va uxshashlik tomonlarini solishtirish maqsadida yonma-yon misollarda ko'rib chikamiz.

15) Ulardan forshlag (nem. «vorschlag» - «oldindan», «bosim oldidan urish»)2— asosiy nota oldiga kichik notalar bilan yozilib, bittalik forshlag va kush forshlag turlariga bulinadi. Bittalik forshlag («kiska forshlag» deb ham yuritiladi) yuqoriga kiska zarb bilan asosiy nota chuzimi hisobiga chalinadi. Bittalik forshlag an'anaviy ijrochilikda «zarbi parron», ya'ni «uchma zarb»3 deb ham yuritiladi va kompozitorlar ijodida ham an'anaviy ijrochilikda ham juda ko'p qo'llaniladi.

16) «Kush forshlag» asosiy nota oldiga ikki kichik notalar bilan yoziladi va pastga tepaga beriladigan zarb bilan kiska ijro etiladi.

17) Amaliyotda forshlaglar dar-xil sur'atli asarlarda ko'p uchraydi, shuning uchun uning uzun-kiskaligi va kaysi tovush hisobiga chalinishi, ba'zan asar xarakteridan kelib chikadi. Ya'ni ayrim kadensiyalarda, yoki erkin ijro etish mumkin bo'lgan bo'laklarda, musiqani ifodali ijroga erishish maqsadida forshlaglar birmuncha kengrok chalinadigan dolatlar ham uchrab turadi. Xuddi shunday forshlaglar tremolo usuli bilan ham ijro etiladi.

2 H.AKÖapoB «My3HKa flyrara» Eay^OM HOMHgaru Aga6uëT Ba caHtaT HampuëTH. T., 1987.

3 C.TaxaTOB «A^roH py6o6uHH naïamra ypraTHm MeToguKacu acoc^apu». T., yKHTyBHH, 1983.

302

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

18) «Naxshlag» — (nem. «Nachschlag» — oldingi nota chuzimi hisobiga chalinadigan bezak turi)4 Qashqar rubobida va ko'pgina mizrobli cholg'ularda keng qo'llaniladigan musiqiy bezaklardan biri. Asosiy tovushdan keyin yoziladigan kichik notalar bilan belgilanadi.

19) Forshlaglar asosiy tovushdan oldin har bir tovushni mizrob bilan urib ijro etilsa, naxshlag asosiy tovushni mizrob bilan urib undan keyingi tovushlarni asosiy tovush sadosi ostida ijro etish bilan farqlanadi. Bu kunikmani o'zlashtirish ham murakkab ijro usullaridan hisoblanib, asosan chap qo'l barmoqlarining torlarni yaxshi dis kilishi va harakatlarini nazorat kila olish muhimdir.

20) Navbatdagi bezak — «mordent» (it. «mordente» — «utkir», «uchi utkir»)5 asosiy tovushni bir ton yoki yarim ton yuqoridagi yoki pastdagi tovush bilan ijro etiladi. U kuyilgan tovush chuzimi hisobiga ijro etiladi. Mordentning ham bir necha turlari mavjud.

21) Yevropa klassiklari asarlarini) asarning xarakterini ochib berishda, har bir elementning ahamiyatini tushunib yetishga, xususan mordentni kerakli darajada ijro etishga olib keladi.

22) «Saykal» 6 - Qashqar rubobida an'anaviy ijrochilikda juda keng qo'llaniladigan bezak turlaridan biri. U mordent belgisining ustiga + belgisi kuyib ifodalanadi. Uning 4 turi mavjud. Mordent bilan saykalning asosiy farqi, agar mordentning barcha tovushlari mizrob bilan urilib ijro etilsa, saykal fakat bir zarb bilan urib, kolganlari esa shu zarb sadosi ostida chap qo'l bilan torni bosish yuli bilan amalga oshiriladi. Saykalni ijro etishning asosiy xususiyati zarb berilgan tovushning sadosini uchirib kuymaslikdan iboratdir. Bunda zarb berilgan pardani bosib turgan birinchi yoki ikkinchi barmoq pardadan kutarilmasdan o'ziga xos glissandolash orkali ohangning uzilmasligiga va keyingi tovush ohangiga ulanishiga olib kelishi kerak bo'ladi.

Kompozitorlar asarlarida «glissando» nomlanishdagi melizm qo'llaniladi. «Glissando» (it. «glissando» — «sirgan- ma»)7 — bir tovushdan ikkinchi tovushga sirgalib utish. Ko'pgina cholg'ularda bo'lgani kabi Qashqar rubobi ijrochi- ligida ham glissando qo'llaniladi. Qashqar rubobda glissando chap qo'l barmogini dasta buylab pastga yoki yuqoriga sirtaltirib amalga oshiriladi. Bu usul barcha mizrobli

4 Крунтяева Т.С, Молокова Н.В. «Словарь иностранных музыкальных терминов». Л. «Музыка». 1987.

5 И.Акбаров. «Музика лугати» Баулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. Т., 1987.

6 Сайкал — халк амалий санъатида кенг кулланиладиган атамалардан бири. Асарга жило бериш, сайкал бериш маъносида. Мусикада дам шу маънода ишлатилади.

7 Уи.Уеу^ктоу, 1.А^е^у. ЯшЛа-о^ЬекЛа qisqacha musiqa terminlar 1^'аИ. Т., «О^йиусЫ». 1970.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

choltularda va kamonli choltularda chap qo'l bilan sirtaltirib ijro etiladi. Katta intervallar orasidagi glissando asosan birinchi barmoq bilan chalinadi.

Qashqar rubobida chap qo'l dasta buylab sirtalib glissando kilganda o'ng qo'l bilan rez kilinadi lekin, ayrim dollarda o'ng qo'l bilan birinchi tovushga zarb berilgach shu tovush sadosi ostida ham glissando amalga oshiriladi. Bu usul shashmaqom va o'zbek xalq mumtoz kuylarini ijro etganda ko'p qo'llaniladi. Bunda glissando kilib tushiladigan tovush ustiga + belgisi kuyib belgilanadi8 va bu bezak turi «molish» (fors. «molash» — «silamok») deb ataladi.

Sozanda bu bezakni dastlab o'rganish jarayonida glissando- lashning davriyligini seza olmasligi natijasida uning soxta va KURUK jaranglashi kuzatiladi. Molishni ijro etishni puxta o'zlashtirish uchun avvalo o'quvchi, shu asarni chukur anglagan bulishi, kuyning har bir jumlasi va elementlarini dis kila olishi muhimdir.

Bu usullar ashula yullarida uchraydigan va kamonli — torli cholg'ularda chalinadigan mayda, yengil nolalarni Qashqar rubobida ijro etish imkoniyatini beradi.

Mizrobli cholg'ularda qo'llaniladigan bezak usullaridan yana biri bu — kashish (fors. «kashidan» — «tortmok»). Kayd etilgan milliy musiqiy bezaklar qadimdan xonanda - sozandalar tomonidan doimiy ishlatilib kelingan.

N.Mironov uzining «O'zbeklar musiqasi» («Muztika o'zbekov») kitobida xalq dofizlari tomonidan kuylangan kushik- larda ovoz bilan o'ziga xos glissando kilib kuylanishi va bu xalq tilida «kashish» deb atalishi aytib utiladi.9 Bu usul Qashqar rubobda torni barmoqlar bilan yuqoriga kutarib chalish usulida amalga oshiriladi. Bunda bir tovushni uzida bir tongacha pastga yoki yuqoriga glissando kilib uning balandligini uzgartirish mumkin. Bu tremolo usulida va yakka zarblar usulida ham ijro etiladi. Yuqoriga glissando kilganda torni yuqoriga kutarishni boshlash bilan bir vaktda o'ng qo'l bilan tor rez yoki yakka zarb usulida chalinadi. Pastga glissando kilganda esa tor avval chap qo'l barmogi bilan kutarilib tushayotgan paytdan boshlab mizrob bilan chalinadi. Bunda kutarilayotgan parda 2- yoki 3- barmoq bilan bosilishi, shu pardaga yonma-yon bo'lgan parda esa 1- barmoq bilan bosib turilishi va torni kutarganda 2-, 3- barmoqka yordam berishi kerak bo'ladi. Bu usul nidoyatda murakkab usullardan biri bo'lib, ko'p mashq kilish bilan birga ko'p eshitishni talab kiladi. O'quvchiga aynan chalib kursatib berish yoki magnit yozuvlaridan keng foydalanish kerak bo'ladi. Ayniksa, glissandoni kanday intervalga ega bulishi fakat ijrochining eshitishi orkali tartibga solinadigan jarayon. Bundan tashqari chap qo'l barmoqlarining torni sezish malakasini o'zlashtirish ham asosiy omillaridan biridir.

S.M.Taxalov «Afg'on rubobini chalishga urgatish metodikasi asoslari» T. O'qituvchi, 1983. H.MHPOHOB «My3HKa y36eKOB». y36eKHCTOH gaB^aT HampuëTH. CaMapKaHg. 1929.

304

8

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

Q

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Chunki, dastlabki o'rganish davrida barmoqlarining torni sezmasligi natijasida torlar barmoqlar ostidan ikki tomonga ajralib chikib ketishi yoki torlar birlashib kolib, tovushning ohangdorligi, jarangi yo'qolishiga sabab bo'ladi.

Toshkent Davlat Konservatoriyasi sobiq professori S.M.Taxalov kochirimlarni xususan «kashish»ni notaga tushirish borasida tadsinga loyik ishlarni amalga oshirganlar. Sho'nga karamasdan hozirgi kunda ham an'anaviy ijrochilik amaliyotida cholg'ularda o'qitish va o'rgatish ko'prok ogzaki an'anada davom etmoqda. Shuning uchun bunday bezaklarni mukammal egallash uchun o'qituvchi o'qitishning dastlabki bosqichlaridanok o'quvchining eshitish kobiliyatini rivojlantirib borishi kerak. Bu urinda kichik dajmli sodda va yengil bo'lgan xalq kuylarini doimiy o'quv repertuariga kiritib, muntazam va ma'lum maqsad asosida shugullanib borish o'qitishning keyingi bosqichlarida an'anaviy ijrochilik mahoratini puxta egallashga zamin bo'ladi.

Qashqar rubob applikaturasi bobida, ko'rib chiqqanimizdek an'anaviy ijrochilikdagi applikatura o'ziga xos. Bu albatta shu kuyni tulakonli ijrosini ta'minlash bilan birga yuqoridagi bezaklarni ijro etish imkoniyatlaridan kelib chikadi. Bu individual xarakterga ega bo'lib, o'quvchining ijro imkoniyatlariga va kasbiy tayyorgarligiga karab tanlanishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida aytib utganimizdek milliy musiqamizning musiqiy bezaklari, aynan intonatsion ahamiyatga ham ega bo'lib ularni duch kelgan joyda qo'llash kuyning lad tuzilmasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Amaliyotda hamma shashmaqom asarlari va boshqa o'zbek mumtoz kuylari bunday belgilar bilan tulik notaga olinmagan. Notaga olinmagan kuylarni ya'ni nota yozuvida aks ettirilmagan asarlarni o'rganishda va ijro etishda kochirimlarni kuyni buzmaydigan yoki imkoni boricha kuyni tulikrok ochib beradigan dolatda kullash maqsadga muvofikdir. Ayrim o'quvchi-sozandalar bu bezaklarni uzini alodida o'zlashtirib oladilar va keraksiz joylarda kullaydilar. Bu esa o'quvchining mukammal sozanda bo'lib yetishishida uzining salbiy ta'sirini utkazishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son. https://lex.uz/uz/docs/-5849580

2. I.Akbarov «Musiqa lug'ati» G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1987.

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. S.Taxalov «Afgon rubobini chalishga urgatish metodikasi asoslari». T., O'qituvchi, 1983.

4. Kruntyaeva T.S, Molokova N.V. «Slovar inostrannbix muzbikalnbix terminov». L. «Muzika». 1987.

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

7. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music cu1ture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

8. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

9. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

10. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

11. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

12. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

13. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

14. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

15. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

16. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

17. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

18. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

19. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.