Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO‘SHIQLARI'

O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO‘SHIQLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7104
274
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar xor qo‘shiqlari / kompozitor / bastakor / bolalar xor guruhlari / xor studiyalari / “Bulbulcha” bolalar xori / “Tomosha” / “ Tantana” / “Orom” guruhlari. / children's choral songs / composer / composer / children's choirs / choir studios / children's choir "Nightingale" / groups "Tomosha" / "Tantana" / "Orom".

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U. Shokarimov

O‘zbekiston kompozitorlarining bolalar uchun qo‘shiq ijodiyoti o‘z rivojida ushbu janrni yanada takomillashtirish va boyitish an’anasiga ega. Ushbu kompozitorlik qo‘shiq ijodiyotining ajoyib namunalari asosida O‘zbekiston yoshlarining ko‘plab avlodlari tarbiyalandilar. O‘zbek kompozitorlari ijod yo‘lining har bir davri, har bir bosqichi o‘sib kelayotgan avlodga nisbatan muhabbat va g‘amxorlik tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan. Bu mualliflarning mahorati va iste’dodi, ularning fidokorona va beminnat mehnatlari bolalar qo‘shig‘i deb atalmish madaniy boylikni yaratadi, u musiqa pedagogikasi uchun bebahxo musiqiy material vazifasini o‘taydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHILDREN'S SONGS OF UZBEKISTAN COMPOSERS

Children's songs of Uzbek composers have a tradition of improving and enriching this genre. Many generations of the youth of Uzbekistan were brought up on these wonderful examples of the composer's song creativity. Every period, every stage of the creative path of Uzbek composers is permeated with feelings of love and care for the younger generation. The skill and talent of these authors, their selfless and thankless work creates spiritual wealth children's songs, which serve as invaluable musical material for musical pedagogy.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO‘SHIQLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO'SHIQLARI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi"Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7308699

Annotatsiya. O'zbekiston kompozitorlarining bolalar uchun qo'shiq ijodiyoti o'z rivojida ushbu janrniyanada takomillashtirish va boyitish an'anasiga ega. Ushbu kompozitorlik qo'shiq ijodiyotining ajoyib namunalari asosida O'zbekiston yoshlarining ko'plab avlodlari tarbiyalandilar. O'zbek kompozitorlari ijod yo'lining har bir davri, har bir bosqichi o'sib kelayotgan avlodga nisbatan muhabbat va g'amxorlik tuyg'ulari bilan sug'orilgan. Bu mualliflarning mahorati va iste'dodi, ularning fidokorona va beminnat mehnatlari bolalar qo'shig'i deb atalmish madaniy boylikni yaratadi, u musiqa pedagogikasi uchun bebahxo musiqiy material vazifasini o'taydi.

Kalit so'zlar: bolalar xor qo'shiqlari, kompozitor, bastakor, bolalar xor guruhlari, xor studiyalari, "Bulbulcha" bolalar xori, "Tomosha", " Tantana", "Orom" guruhlari.

ДЕТСКИЕ ПЕСНИ УЗБЕКИСТАНСКИХ КОМПОЗИТОРОВ

Аннотация. Детские песни узбекских композиторов имеют традицию совершенствования и обогащения этого жанра. На этих замечательных образцах песенного творчества композитора воспитывались многие поколения молодежи Узбекистана. Каждый период, каждый этап творческого пути узбекских композиторов пронизан чувствами любви и заботы о подрастающем поколении. Мастерство и талант этих авторов, их самоотверженный и неблагодарный труд создают духовное богатство - детские песни, которые служат бесценным музыкальным материалом для музыкальной педагогики.

Ключевые слова: детские хоровые песни, композитор, композитор, детские хоровые коллективы, хоровые студии, детский хор «Соловей», коллективы «Томоша», «Тантана», «Ором».

CHILDREN'S SONGS OF UZBEKISTAN COMPOSERS

Abstract. Children's songs of Uzbek composers have a tradition of improving and enriching this genre. Many generations of the youth of Uzbekistan were brought up on these wonderful examples of the composer's song creativity. Every period, every stage of the creative path of Uzbek composers is permeated with feelings of love and care for the younger generation. The skill and talent of these authors, their selfless and thankless work creates spiritual wealth -children's songs, which serve as invaluable musical material for musical pedagogy.

Keywords: children's choral songs, composer, composer, children's choirs, choir studios, children's choir "Nightingale", groups "Tomosha", "Tantana", "Orom".

KIRISH

1939-yilda Ilyos Akbarovning "Bolalar ashulasi" mualliflik to'plami, 1940-yilda Boris Nadejdinning "Yosh bolalar uchun qo'shiqlar", 1942- yilda Toshkentda bolalarni badiiy tarbiyalash markaziy uyi tashabbusi bilan "Bolalar uchun qo'shiqlar" to'plami nashr etildi. Keyinchalik qator to'plamlarni ham nashr etish yo'lga qo'yildi: 1948-yilda Ilyos Akbarov tuzgan "Bolalar ashulasi", 1950-yilda Boris Nadejdin taxriri asosida "Bolalar qo'shiqlari", 1951-yilda G.Goncharova tuzgan "Boshlang'ich maktabda musiqa" o'quv qo'llanmasi, 1954-yilda "Yoshlik qo'shig'i" va 1955-yilda Boris Nadejdin tuzgan "Bolalar ashulasi", 1955-yilda "Kichkintoylar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

musiqasi' va 1956-yilda "Quvnoq qo'shiqlar" tuzuvchi Ilyos Akbarov , 1959-yilda "Biz kuylaymiz" tuzuvchi S.Karsevalar bolalar uchun mo'ljallangan nota to'plamlariga mualliflik qildilar. Ushbu to'plamlarga: T.Sodiqov, M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Abdullayev, D.Zokirov, G'.Qodirov, B.Giyenko, I.Xamroyev, Il.Akbarov, S.Boboyev, F.Nazarov, A.Muhammedov kabi kompozitorlarning bolalar uchun yozgan qo'shiqlari kiritildi. O'zbekistonning eng yetakchi nashriyotlari "G'.G'ulom" va "O'qituvchi" nashriyotlari eng ko'p sonlarda bolalar va o'smirlar uchun to'plamlar nashr eta boshladilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Karim Abdullayevning ijodiy merosida bolalar uchun qo'shiqlar alohida o'rin tutadi. "Biz — O'zbekiston bolalari", "Biz yangi hayot quramiz", "Vatan qo'shig'i", "Archa qo'shig'i", "O'lkam", "Qo'g'irchog'im", "Arg'amchi-arg'amchim", "Oq terakmi, ko'k terak", "Mening bog'cham", "Mening mashinam", "Kichik askar", "Bahor keldi", "Maktabim" taronalari bolalarning sevimli qo'shiqlariga aylangan.

Mohir bastakor Mardon Nasimovning ham ijodida bolalar qo'shiqchiligi alohida sahifani egallaydi. Uning "Ahmad bog'bon", "Bulbulcham", "Do'stlik chamanzori", "Yosh fizkulturachilar marshi", "Yosh sayohatchilar qo'shig'i" kabi qo'shiqlarni hozirgi kunga qadar maktab darsliklariga kiritilib kelimoqda.

Kompozitor Doni Zokirov turli shoirlarning she'rlariga bolalar uchun "Sayohat'', "Kungaboqar", "Oppoq otim", "Sirdaryo, Sirdaryo", "Kapalak va handalak", "Bog'da pishdi uzumlar", "Do'lana"(P.Mo'min she'rlari), "Bolalar valsi", "Bahor valsi" (U.Rahmonov she'rlari), "Olma" (R.Bobojonov she'ri), "Badantarbiya" (Y.Hamdam she'ri), "Maktabim" (Y.Mirzo she'ri), "Baxtiyor qo'shig'i" (Y.Xamidiy she'ri), "Yangi yil qo'shigí" va "Beqiyos diyor" (M.Haydar she'rlari) kabi qo'shiqlar yaratgan.

Serqirra kompozitor G'afur Qodirov ko'proq kichkintoy bolalarga atab ijod qilgan. Uning "Maktabjon-oftobjon" 4 qismli syuita (T.Ilhomov so'zi), "Biz yosh o'quvchilar" 4 qismli kantata (T.Ilhomov so'zi), "Mirzacho'l" 4 qismli kantata (T.Ilhomov so'zi), "Biz kosmosning zarbkorimiz" 4 qismli kantata (H.Muhammad so'zi), "Oq oltin" 5 qismli syuita (P.Mo'min so'zi), "Biz istiqbol egasimiz" 5 qismli syuita (P.Mo'min so'zi), "Yosh binokorlar" 4 qismli kantata (T.To'la so'zi), "Yosh paxtakorlar" 4 qismli syuita (P.Mo'min so'zi), "Vatan qo'shig'i" 3 qismli syuita (B.Boyqobilov so'zi) kabi yirik shakldagi asarlari, "Mergan", "Terimchi qiz qo'shig'i" (Z.Diyor she'rlari), "Bizning qahramon" (Sh.Sa'dulla she'ri), "Vatan kutar", "Salom Yangi yil", "Yangi yil qo'shig'i" (I.Muslim she'rlari), "Yoshlarmiz", "Yosh fizkulturachilar marshi", "A'lochilar-beshchilar", "Yoshligim", "Dangasalik-kasallik", "Ona yurt qoshig'i" (P.Mo'min she'rlari), "Bayroq", "Qushlar", "Bahor qo'shig'i", "Gunafsha", "Yoshlar marshi", "Yangi yil", "Quvnoqlar qo'shig'i", "Binafsha", "Bog'chamiz", "May", "Ayiqcha", "Baxtli avlod", "Quyonlar" (A.Rahmat she'rlari), "Alla", "Yangi yerga xat " (R.Bobojon she'rlari), "Gullola" (Jonrid she'ri), "Baxtimiz" (M.G'ani she'ri), "Ipak qurti", "Kapalak" (M.Zaynutdinova she'rlari), "Bahor keldi", "Bobomlar", "Mixlar qo'shig'i" (Q.Muhammadiy she'rlari), "O'zbekiston", "Bog'imizga marhamat" (H.Muhammad she'rlari), "Yosh mexanizatorman" (Z.Komilov she'ri), "Ona Yurtim" (B.Akbarov she'ri), "Bobom ulug' yoshda", "Ota-onalarga", "Archa qo'shig'i", "Yuragimning yonida" (E.Rahimov she'rlari), "Orzu", "O'qituvchimiz", "Gul eltamiz", "Aprel", "Ona qo'llari", "Mirzacho'l", "Mirzacho'lda bir bog' bor", "Baxtiyor g'oz-g'oz turdi" (T.Ilhomov she'rlari), "Laylak", "Bulbulga", "Guldor kapalak", "Chegarachi" (Uyg'un she'rlari), "Yoshligim" (A.Po'lat she'ri), "Pahlavon", "Oktyabr

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'shig'i" (Y.Shomansur she'rlari), "Suv quydim gulimga" (S.Zunnunova she'ri), "Bog'cha kutar" (N.Toshpo'lat she'ri), "Biz ekkan archa" (Q.Hikmat she'ri), "Alisher ismli bolalarga" (B.Isroil she'ri), "Bog'chamiz", "Paytaoy", "Qorbobo", "Quvnoq bolalar qo'shig'i" (H.Qayumov she'rlari) kabi juda ko'plab bolalar uchun mualliflik qo'shiqlarini bastalagan.

Serqirra ijodkor Fattoh Nazarov ijodiy faoliyatida yuzdan ortiq turli mavzularda qo'shiqlar yaratdi. Ayniqsa, bolalar uchun yozilgan qo'shiqlari ustuvordir. "O'zbekiston" (M.Qoriyev she'ri), "Vatan mehri" (Shonazar she'ri), "Terimchi qiz" (Habibiy she'ri), "Mening qalbim" (H.Rasul she'ri), "Qaydasan" (X.Muhammadjonov she'ri), "Qirg'iziston" va "Kel, bu oqshom" (Mirtemir she'rlari), "Do'stlik qo'shig'i" (D.Polinin she'ri), "Chilonzor" (Oymirzayev she'ri), "Durdona" (A.Toqomboyev she'ri), "Oy, muhabbat"» (K.Akayev she'ri), "Do'stlik qo'shig'i" va "Qaldirg'och" (B.Ismoilov she'rlari), "To'y taronasi" (Haydar she'ri), "Yor-yor" (A.Bo'riyev she'ri), "Lirik qo'shiq" va "Bahodir jangchilar" (Kamtar she'rlari), bolalar qo'shiqlaridan "Kichik paxtakor" (Shonazar so'zi), "Sayra, bulbul" va "Archa" (Muhammadiy she'rlari), "Qumrixon" (Boboyev she'ri), "Onaginamning allasi" (R.Bobojon she'ri), "Maktabim", "Yoz" va "Shodlik" (I.Muslim she'rlari), "Ohangaron" (Y.Qurbon she'ri), "Dono bobo", "Qish chog'lari", "Oyijon" va "Oltinko'l" (P.Mo'min she'rlari), "Bo'z to'rg'ay" (B.Ismoilov she'ri), "O'yinchi laylak", "Kichkintoylar qo'shig'i" (I.Muslim she'rlari), "Dadajon" (Z.Obidov she'ri) va boshqa asarlarni bastladi.

Bolalar qo'shiqlari deganda Sharif Ramazonov nomi muhim hisoblanadi. Jumladan "Ozod diyorim", "Tinchlik uchun", "Go'zal Farg'ona" (A.Bobojonov she'rlari); "Raqqos", "Oltin ter", "Toshkent gulshani" (O.Kamtar she'rlari); "Yayrayman" (M.Rahmonov she'ri), "Bir o'zimga havola" (T.To'la she'ri), "O'zbekiston" (A.Isroilov she'ri), "Andijonim" (X.Xo'jayev she'ri), "Terimchi qizlar taronasi" (A.Po'lat she'ri), "Qutlayman" (E.Vohidov she'ri), "Raqsga tushing, dugonalar" (B.Isroilov she'ri), "Bulbulcha" bolalar xor jamoasi, "Paxtaoy" bolalar estrada ansambli uchun "A'lochi" (X.Muhammadali she'ri), "Bugun bayram" (B.Isroilov she'ri), "Qo'zichog'im", "Bo'shashmayman", "Jiblajibon" (P.Mo'min she'rlari) va boshqa qo'shiqlarni yaratdi.

TADQIQOT NATIJALARI

60-yillardan boshlab bolalar uchun nashr etilgan qo'shiqlar to'plamlari soni sezilarli darajada oshdi. O'quv qo'llanmalar, xrestomatiyalar, umumta'lim maktablari uchun darsliklar paydo bo'la boshladi, ularda bolalar qo'shiqlari asosiy o'quv materiali bo'lib qoldi. O'zbekistonda bolalar qo'shiq san'atining rivojiga maxsus tashkil etilgan bayramlar, festivallar, tanlovlar, konsertlar katta yordam berdi. "Qo'shiq bayrami", "Bolalar musiqasi haftaligi", "San'at bayrami" ko'rik-tanlovi va boshqalar shular jumlasidandir. O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining bolalar musiqasi sho''basida bolalar qo'shiqlarini targ'ib ishlari faollashdi. Respublika radio va televedinyasida maxsus eshittirishlar, ko'rsatuvlar, dasturlar tayyorlanib, namoyish etila boshlandi. Kompozitorlar bolalar uchun ajoyib she'rlar yaratuvchi Uyg'un, G'.G'ulom, A.Raxmat, I.Muslim, P.Mo'min, Q.Muhammadiy, Z.Diyor, Mirtemir, T.To'la, N.Orifjonov, O'.Rashid, H.Qayum, Q.Hikmat va boshqa shoirlar bilan ijodiy aloqalar o'rnatdilar. Bolalar qo'shiqlari sohasida faol ish olib borgan kompozitorlar qatoriga S.Hayitboyev, T.Toshmatov, S.Varelas, A.Berlin, S.Abramova, E.Shvarts, Sh.Yormatov, K.Kenjayev kabi bir qator iqtidorli mualliflar kelib qo'shildilar. O'sha davrda O'zbekiston kompozitorlari uchun yangi sahifa ochildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yetuk kompozitor Komil Kenjayev ham bolalar uchun IGG ga yaqin turli shoirlarning she'rlari qo'shiqlar: "O'zbekiston bolalarimiz", "Yoshlar qo'shig'i", "Kelajak bizniki", "Biz tinchlik uchun", "Ukamizni boqamiz", "Bizlar xat yozishamiz", "Kimki bo'lsa yig'loqi", "Beshga teng birinchi", "Fizkultura-tanga rohat".

Shu yillarning boshida bolalar qo'shiqlarida zamonaviy usullar paydo bo'la boshladi. Ushbu jarayon ayniqsa kompozitorlar N.Norxo'djayev, Sh.Yormatov kabilarda namoyon bo'ladi. Kompozitorlar bolalar uchun vokal xor syuitalari va kantatalar yarata boshlaydilar. Har bir kompozitorlar xalq qo'shiqlariga, folklorga murojaat qiladilar. Asar ohanglarida ritmik talaffus, kuychanlik xarakter bilan hamohang bo'ladi.

Nadim Norxo'jayevning ijodida qo'shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda, turli mavzularda, 130 dan ortiq estrada, 100 dan ortiq bog'cha bolalari va maktab o'quvchilariga qo'shiqlar yaratdi. Bastakorning bolalar uchun 1975 yilda yozgan «Hakkalar» (N.Orifjonov so'zi) ilk estrada qo'shig'i endigina tashkil topgan «Paxtaoy» nomli bolalar estrada-vokal cholg'u ansambli ijrosida mashhur bo'lib ketdi. Bundan ilhomlangan kompozitor bolalar va o'spirinlar uchun ko'plab qo'shiqlar yaratdi. «Yaxshi bola», «Oltin paxtam, oppog'im», «Salom bergan bolalar», «Yulduzlarmiz, yulduzlar», «Xoh o'qishda, xoh ishda», « Gullar manim kulganim», «Bog'cha opa, bo'lmang xafa», «Kitob qo'limda», «Bobo xo'roz», «Xumo qushi», «Varragim», «Olmalar» (P.Mo'min so'zlari); «Gijinglagan toychog'im», «Sayyoraxon», «Kichik chegarachi» (M.Abdushukurova so'zlari) shular jumladan,

O'sha paytdagi O'zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «Bulbulcha» bolalar xori uchun ham ko'pgina qo'shiq yaratib berdi. Ular orasida: «Eng maza, eh maza», «Yod olamiz, shodlanamiz», «O'ynasangchi, tipratikan» (P.Mo'min so'zi), jo'rsiz xor uchun 7 qismli, shoir A.Muxtor so'ziga bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi; shoir E.Vohidov so'ziga «Daraxtlar suhbati» xor syuitasi yoki o'zbek xalq qo'shiqlarini xor uchun qayta ishlagan: «Pashsha g'ing-g'ing», «Bozor bayrami», «Chuchvara qaynaydi», 1993 yilda R.Tolib so'ziga kichkintoylar uchun yozgan to'plamga quyidagi qo'shiqlar kiritildi: «Halima va Salima», «Birinchi qor», «Toshbaqa», «Shalola», «Qilichmi, to'qmoq», «Bir, ikki, uch...», «Shamoljon», «Dangasa», «Soat qo'shig'i». Bularning hammasi bolalarni ma'naviy-estetik tarbiyalashda muhim rol o'ynamoqda.

Kompozitor Shermat Yormatovning ijodida ham qo'shiq janri ustuvor bo'lib, o'tgan yillar davomida ko'plab shoirlar bilan hamkorlikda turli mavzularda o'zi rahbarlik qilgan jamoalarga, yakka xonandalarga atab qo'shiqlar, syuita, kantatalar yaratdi. Misol sifatida ayrimlarini eslatib o'tamiz: jo'rsiz (akapella) va jo'rli xor qo'shiqlari - "Qor yog'ar" (B.Isroil so'zi), "Qari chumchuq chaqimchi" (A.Obidjon so'zi), "Yalpiz" (Yu.Shomansur so'zi), "Dorboz" (T.Bahromov so'zi), "Maysa" (R.Tolipov so'zi), "Salom, maktab" va "Ona tuproq" (P.Mo'min so'zlari), "Keldi navro'z" (A.Isoqov so'zi), "Ona tilim" (D.Sarimsoqov so'zi), "Islom bobo" (M.Rahmon so'zi), "Oy Vatanim" va "Zamonim, o zamonim" (Qambar Ota so'zlari), "Ko'ylak" (Mirmuhsin so'zi), "Qo'zichoq" (D.Abdurahmonov so'zi), "Sog'lom avlod qo'shig'i" (S.Barno so'zi), "Dadamlarga o'xshasam", "Temir-tersak", "O'ynadik hech to'ymadik", "Ikki qo'ymang, o'qituvchim" va "Bugun yana besh oldim» (P.Mo'min so'zlari), "Onajonim" (H.Muhammad so'zi), "Eng chiroyli oy" (T.Ayupanov so'zi), "Gul fasli", "Barmoqlarim" (M.Muhamedov so'zi),

"Nurli avlod" (X.Rahimov so'zi), "Mehnat qo'shig'i" (M.Zayniddinova so'zi), "Umidjon polvon" (R.Shukurov so'zi), "Xo'rozim" va "Oymomajon rom bo'ldi" (Q.Muhammadiy so'zi),

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Sumalak" (T.Bahromov so'zi), "Ayyomlaring muborak" va "Norin daryo" (T.Sodiqova so'zi), "Bahor" (Z.Azimova so'zi), "Muallim" (Y.Shomansur so'zi), "Toy bola" (Qambar Ota so'zi). Ko'p qismli xor asarlari: "Chitti gul" vokal xoreografik syuitasi (N.Karim so'zi), "Assalom, hayot" kantata (T.Ilhomov so'zi), "«Bu gulshan soz ekan" bolalar xalq termalari asosida vokal-xoreografik syuita qayta ishlangan. Bulardan tashqari, kompozitor maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ham qo'shiqlar yaratdi.

Kompozitorlikning keying avlodi A.Mansurov nomi bilan bog'liq bo'lib, u bolalar va yoshlarning ijro dasturiga o'zining uslubini olib kirdi. Ushbu kompozitor tomonidan yozilgan juda ko'plab qo'shiqlarning ritmik, garmonik tuzilishlari hozirgi zamonda ham o'z jozibasini yo'qotmay kelmoqda. «Bulbulcha» bolalar xor va raqs ansambli ijrosida yangragan "Quyosh bilan suhbat", "Kel, baxt kuyin kuylaylik", "Oq kabutarning parvozi" (T.Komilov so'zlari), "Hur respublikam", "Muzqaymoq", "Shahrim-faxrim", "Tomchilar qo'shig'I", "Baxtli bolalik" (X.Qayumov so'zlari), "Uch baho", "Dangasa", "Dakan xo'roz", "Quvnoq bolalar", "Qo'shig'im jon qo'shig'im", "Ming assalom ustozlar", "Bol arilar" (P.Mo'min so'zlari), "O'zbekiston salomi", "Jonajon kapalak" (X.Muhammad so'zlari), "O'zbekiston onajon!" (A.Ko'chimov she'ri), "Kitob mening do'stimsan" (Z.Diyor she'ri), "Bulbulcha qo'shig'I" (T.Mullaboyev so'zi), "Qo'g'irchog'im o'yinchoq" (M.Qahhorov so'zi), "Samolyot", "Mashinam" (B.Isroilov so'zlari), "Biz askarmiz, askarmiz", "Oftobjonim-o'rtoqjon", "Teraklarim-tollarim" (Q.Ota so'zlari), kabi 100 dan ortiq qo'shiqlari mashhur bo'lib, bolalar qo'shiqchiligining rivojlanishida juda kata o'rin egallaydi.

Dilorom Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo'shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Y.Mirzo, P.Mo'min, U.O'tayev, M.Omon, B.Rajab, N.Narzullayev, Y.Suyunov, E.Madrahimov, Z.Mo'minova, H.Xudoyberdiyeva kabi shoirlarning so'zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo'shiqlar yaratdi. Ular orasida "Men seni hech kimga bermayman", "Yomg'ir yog'di", "Saraton", "Siz yoqqansiz menga hamisha", "Ikki daraxt", "Sen qaydasan", "Azizim", "Baxtiyorim", "Yashnayver, O'zbekiston", "Qora atlas", "Armon bo'lmasin", "Ko'nglim qushi qo'lingda", "Yig'lama", "Yolg'on dunyo", "Otash zamon", "Bilsang edi" va boshqalar estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, R.Bo'ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo'ldi. Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko'p qo'shiqlar bastaladi. Uning qo'shiqlari teleradio to'lqinlarida doimo yangrab kelmoqda: 1994-yili shoira Nodira g'azallariga 2 ta romans yozdi.

Dilorom Omonullayeva musiqa san'atining boshqa janr va shakllarida asarlarni yaratdi. I985-I993-yillarda "Kichkintoylar uchun musiqa" bolalar bog'chalari uchun 20 ta qo'shiq va 30 ta raqs kuylari kiritilgan to'plam; 1992 yili "Topishmoq aytishuv" 6 ta qo'shiqdan iborat turkum, shoir P.Mo'min she'rlariga bog'cha bolalari uchun va xuddi shunday "Topishmoq qo'shiqlar" IG ta qo'shiqdan iborat turkum; 1994-yili "Alifbo qo'shiqlari" birinchi sinf uchun lotin alifbosining har bir harfiga 30 ta qo'shiq to'plami P.Mo'min she'rlariga yozilgan. Zikr qilingan asarlarni O'zbekiston Teleradiokompaniyasining "Bulbulcha" xor jamoasi simfonik-estrada orkestri jo'rligida ijro etib keladi. Shu bilan birga ularning klavirlari nashr etilgan. Shuning qatorida kompozitorning vatanparvarlik mavzusida yaratilgan "Zarralari zar vatan", "Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin" (J.Jabborov she'rlari); "Bir-biringni asra, O'zbegim" (S.To'ychiyeva she'ri), "Sen mening vatanimsan" (X.Davron she'ri), 30 dan ortiq qo'shiqlari Respublika tanlovlarida, davlat tadbirlarida keng ijro etib kelinmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Muhammad Otajonov bolalar uchun ko'plab xor qo'shiqlarini yaratdi. Turli shoirlarning she'rlariga "Assalom", "Beozor musicha", "Chumchuq", "Onajon", "Kulishlaring", "Oltin vodiy", "Bola aziz", "Polvonman" va boshqalar. Buxoro shahrida o'tkazilgan Respublika bolalar xor jamoalarining ko'rik-tanlovida, O'zbekiston xalq artisti, dirijyor Shermat Yormatov rahbarligida 5000 ta bolalardan iborat qo'shma xor ijrosida Muhammad Otajonovning "O'zbekistonim" (Qambar ota so'zi) va "Navro'zjon" (Z.Mo'minova so'zi) qo'shiqlari ikkinchi darajali sovringa sazovor bo'ldi.

MUHOKAMA

Xurshida Xasanova 1998 yildan buyon zamonaviy estrada va bolalar qo'shiqchilik san'atiga e'tibor qaratib, 150 ga yaqin estrada va bolalar uchun qo'shiqlarini yozdi. "Chinni gullar", "Sog'inaman" (N.Narzullayev so'zi), "Yetolmayman" (M.Yo'ldoshev so'zi), "Kuz gullari" (Humoyun so'zi), "Rostini ayting" (E.Oxunova so'zi), "Alangadan nido" (M.Yo'ldoshev so'zi), "Sen uchun" (N.Qurbonova so'zi) estrada qo'shiqlari, "Sevinch" bolalar vokal guruhi uchun "O'zbekiston jannat" (D.Rajab so'zi), "Tabassum qil" (N.Narzullayev so'zi), "Sevinch" (S.Muzaffarova so'zi), "Turnalar" va "Vatan" (H.Rahmat so'zi), "Kamalak" (P.Mo'min so'zi), "Humo qushi" (O'.Hoshimov so'zi), "Sog'lom avlod" (U.Qo'chqor so'zi), "Lola" (I.Muslim so'zi), "Majnuntol" (I.Jiyanov so'zi) va boshqalar bunga misol bo'la oladi.

3G-6G-yillar davomida bolalar asarlari tertsiyaviy 2 va 3 ovozli bo'lsa, 70-8G-yillarga kelib folklorga qaytish, bolalar qo'shiqlarini ko'p ovozda kuylash, xalq polifoniyasi elementlaridan foydalanish, bolalar musiqasiga ko'p ovozli garmonik elementlar kiritildi. Shu tarzda bolalar xor musiqasi rivojlanib yangi janrlar yaratila boshladi. Shu yillarda bolalar uchun xor syuitalari, kantatalar hamda operalar yaratiladi. 6G-7G yillarning oxiriga kelib bolalar qo'shiqlari vokal- simfonik va vokal sahna janrlari kabi yirik shakllardagi darajaga ko'tarildi.

XULOSA

Shu tarzda bolalar xor madaniyati rivojlanib boradi. Biz o'zbek kompozitorlarning qo'shiqlari mazmunini o'quvchilarga gapirib , suhbat o'tkazib Ona vatan haqida, kelajak haqida, har xil hunarlar haqida, tabiat haqida, albatta o'quvchilarni orzulari, kelajakdagi ishlarga intilishining ulkanligi haqida o'zbek kompozitorlari qo'shiqlari orqali bolalarni vatanni va vatan obro'sini asrash kabi ichki xis tuyg'ularni tarbiyalaymiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: 2006.y.

2. Mansurova G.Sh., Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash. T.: 2GG8.y.

3. Qodirov R.G'., Musiqa psixologiyasi. T.: 2GI8.y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.