INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATIDA FAXRIDDIN SODIQOV IJRO AN'ANALARI
Xaydarova Rozaxon Ashuraliyevna
Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Maqom cholg'u ijrochiligi kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7190493
Annotatsiya. Ushbu maqolada O 'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, sozanda, bastakor va ustoz Faxriddin Sodiqov ijodiy, ijrochilik, jamoatchilik faoliyati hamda o'zbek mumtoz musiqa san'atiga qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: Al-Farobiy, cholg'u ijrochiligi, chang, jo'rnavoz, yakka ijrochilik, Faxriddin Sodiqov, Abduqodir Ismoilov, "Hormang endi kolxozchilar", "Marhabo "Vatandan minnatdorman".
ИСПОЛНИТЕЛЬСКИЕ ТРАДИЦИИ ФАХРИДДИНА САДИКОВА В НАЦИОНАЛЬНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ ИСКУССТВЕ
Аннотация. В данной статье представлены сведения о творческой, исполнительской, общественной деятельности и вкладе в искусство узбекской классической музыки заслуженного артиста, музыканта, композитора и педагога Узбекистана Фахриддина Садыкова.
Ключевые слова: Аль-Фараби, инструментальное исполнительство, чанг, концертмейстер, сольное исполнение, Фахриддин Садыков, Абдукадир Исмаилов, "Не бойтесь, колхозники", "Мархаба", "Яблагодарен стране".
PERFORMING TRADITIONS OF FAHRIDDIN SADIKOV IN THE NATIONAL
MUSICAL ART
Abstract. This article provides information about the creative, performing, social activities and contribution to the art of Uzbek classical music of the honored artist, musician, composer and teacher of Uzbekistan Fahriddin Sadykov.
Key words: Al-Farabi, instrumental performance, chang, accompanist, solo performance, Fahriddin Sadikov, Abdukadir Ismailov, "Don't be afraid, collective farmers", "Marhaba", "I am grateful to the country ".
KIRISH
"O'zbek xalqining boy musiqiy tarixida cholg'u ijrochiligi juda katta o'rin tutadi. Al-Farobiyning musiqa risolasida ta'kidlanishicha, cholg'u ijrochiligi ikki xil yo'nalishga bo'linadi: jo'rovozlik va yakka ijrochilik. Farobiyning aytishicha, soz ovozga jo'r bo'ladi yoki ovozni boshqarib boradi. O'zbek xalqining musiqa san'ati o'zining ko'p asrlik tarixi davomida o'z an'analarini, ijrochilik qonuniyatlarini va badiiy mohiyatini saqlabgina qolmasdan xozirda rivojlanib yangicha talqinda boyimoqda". [I.8-bet].
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODODLOGIYASI
Ijrochilik qadimdan milliy musiqa merosimizning turli janr xususyatlari asnosida, o'ziga xos shaklda yuzaga kelgan. Ularni inson ruhiyatiga ta'siri, musiqaviy jonli ifodasi, tarkibiy va ijroviy jihatlaridan kelib chiqib, ijrochilik an'analarini ijrochilar atalmish "an'analar"ning davomchilari musiqa san'atining rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatishgan. Ijrochilikning tarixiy rivojlanish jarayoni mahalliy hududlar miqyosida, ma'lum guruhlar sifatida va mustaqil ijod asosida vohaviy, guruhiy va shaxsiy ijrochilik yo'llari, uslublari shakillanishiga zamin yaratgan. Lokal hududlarga xos ijro uslublarda sheva, an'ana, janrlar kabi u yoki bu mahalliy yo'nalishning xarakterlovchi turli jihatlari asosiy omil sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Yakkanavoz alohida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ijro uslublarining yuzaga kelishida, ko'proq yetuk sozanda yoki xonandaning ijro talqini bilan bog'liq imkoniyatlari (ovoz, ijodiyot, badihago'ylik, ijro) tarbiyalanib, yetishib chiqqan ijrochilik maktabi an'analari, mahalliy uslublari va istiqomat qilib turgan j oyining turli musiqiy va ijtimoiy an'analari muhim o'rin egallaydi.
Ana shunday serqirra va o'ziga xos ijro maktabiga, o'zining takrorlanmas ijro uslubiga ega bo'lgan mohir chang sozi ustasi, bastakor, sozanda Faxriddin Sodiqovdir. Uning ijod etgan asarlari, yaratib ketgan ulkan ijrochilik maktabi hali hamon shogirdlar, musiqa va san'at ixlosmandlari uchun dasturul amal bo'lib kelmoqda.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, sozanda, bastakor va ustoz Faxriddin Sodiqov ijodiy, ijrochilik, muallimlik va jamoatchilik faoliyati bilan XX asr o'zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. U o'zbek mumtoz musiqa an'analarini izchil davom ettirib, o'ziga xos uslubda qo'shiq, ashula, kuy hamda boshqa shakl va janrlarda bir qator asarlar yaratib, xalqimiz hurmat - e'tiboriga sazovor bo'ldi. Bastakorning yaratgan musiqasi jo'shqinligi, shiradorligi, mazmundorligi ta'sirchanligi bilan tinglovchiga huzur baxsh etadi.
TADQIQOT NATIJALARI
F.Sodiqov 1939 yilda atoqli keksa musiqachilardan Abduqodir Ismoilov (nay) va Axmadjon Umurzoqov (qo'shnay) bilan xalq cholg'ulari ijrochilarining Butunittifoq ko'rigida qatnashib, o'zining "Gulnor" pyesasini va "Tanovor", "Qari navo" singari O'zbek xalq kuylarini ijro etadi. Xay'at a'zolari ijrochining qobiliyatini yuqori baholab, uni ko'rik tanlov ishtirokchisi diplomi bilan mukofotladi.
F.Sodiqov o'zbek musiqasining turli janrlarida ijod qildi. U klassik va zamondosh shoirlar she'rlariga 300 dan ortiq asarlar yaratdi. Jumladan, G'.G'ulom so'ziga 1934 yili bastalagan "Hormang endi kolxozchilar", "Marhabo" (Mirtemir so'zi), "Vatandan minnatdorman", "Ey chehrasi tobonim" (Muqimiy so'zi), "O'ynasin" (Habibiy so'zi) ilk qo'shiq va lirik ashulalari tinglovchilarni o'ziga jalb qildi. Bastakor birin - ketin, yangi - yangi original qo'shiq va lirik ashulalar yaratishga muvaffaq bo'ldi. U yaratgan vatanni, mehnatni, tinchlikni madhiyalaydigan qo'shiqlar orasida "O'zbekistonim mening" (Uyg'un so'zi),"Hosilto'yi" (M.Qoriyev so'zi),"Jahonbo'ylab bir ovoz yangrar" (Q.Muhammadiyso'zi),"Tinchlik qo'shig'i"(U.G'ani so'zi), "Zarafshon"(A.Po'lat so'zi), "Gullar vodiysi" (T.To'la so'zi), "Vatan o'xshar quyoshga" (E.Rahim so'zi), "O'zbekiston oltini" (Yo.Mirzo so'zi), "Botir cho'pon qo'shig'i" (Q.Muhammadiy so'zi), "Oltin vodiy" (Z.Obidov so'zi), "Terimchi qizga" (S.Zunnunova so'zi), "Yorim to'qur xon atlas" (A.Bobojonov so'zi), "O'lkam ipakka to'lsin", "Oq oltin karvon -karvon" va "Mirzacho'lning qiziman" (Z.Obidov so'zlari) kabi qo'shiqlar radio to'lqinlarida muntazam jaranglab keldi. Bastakorning ko'plab qo'shiq va ashulalari tabiatni, ishq-muhabbatni, insoniylikni, go'zallikni madh etadi: "Sevgilim", "Tong shabodalari", "Uyalaman", "Hayo"(M.Qoriyev so'zlari), "Yor bilib", "Xo'b de, jonim, "Yor bo'lsang deyman" (S.Zunnunova so'zlari), "Bir go'zal", "Oydin kechada" (Mirtemir so'zlari), "Onajonim", "Ayb etma", "Xush havo chamanlarida", "Muborakbod", "Ko'zim", "Mezbon bo'lay" (Z.Obidov so'zlari), "Menga navbat", "Shirmonoy", "Yor bo'lmasa", "Go'zal", "Zuhroga" (T.To'la so'zlari), "Ochil nihol", "So'lim bahor", "Visol gulshani2, "Vafo qo'shig'i", "Suv suluv qo'shig'i" (A.Isroilov so'zlari), "Xumor", "Shaydosiman", "Tashna qalbim" (Yo.Mirza so'zlari). F.Sodiqov B.Gienko bilan hamkorlikda Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahna yuzini ko'rgan "Ota o'g'li" (H.Sharipov pyesasi) musiqali dramasi va T.Toshmatov bilan hamkorlikda «Inbuzarlar» (Sh.Nizomiddinov pyesasi) musiqali drama, S.Hayitboev bilan hamkorlikda "Saltanat larzada"
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
(V.Sa'dulla pyesasi) musiqali dramasi, D.Zokirov bilan hamkorlikda "Go'zal" nomli telepostanovkalarga musiqa yaratdi. O'zbekiston radiosi qoshidagi o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun T.Toshmatov bilan hamkorlikda T.To'la so'ziga «Yangi Toshkent» nomli syuita va quyidagi qo'shiqlarni yaratdi: «Ko'ngil sen» (S.Qo'qonbekov so'zi), "O'zbekiston"(T.Rajabiy so'zi), "Ko'nglida bo'lsa"(T.Mo'minov so'zi). Bulardan tashqari, u "Vatan marshi", "Qurilish marshi", "Gulnor" "O'zbekcha vals", "O'xsharsiz" kabi cholg'u kuylarini yaratdi va O'zbekiston radiosining ramziy "Chaqiriq" kuylarini ijod qildi. MUHOKAMA
Zamonaviy jarayonda chang ijrochiligi bilan mashhurlikka erishga an'anaviy changchilardan Usta Ro'zmat Isaboyev, Faxriddin Sodiqov, Fozil Xarratov kabi ustoz san'atkorlar o'zbek chang ijrochilik an'anasini boshlab mohirlikni namoyon etganlar. Cholg'ushunoslik fanida qabul qilingan ilmiy-nazariy tasniflashda tovush manbai bo'yicha chang torli cholg'ular guruhi tarkibiga kirishini malum qildik. Amma tovushni hosil qilish uslubi bo'yicha u zarbli deb ataluvchi cholg'ular qatoridan joy olgan. Shu sababli chang barcha boshqa o'zbek milliy cholg'ular orasida tabiatan yagona bo'lib, odatda torli-urma chaolg'usi deb yuritiladi.
Ilmiy tasniflash nuqtai nazarida yondashadigan bo'lsak, ta'bir joiz bo'lsa, Ustoz Faxriddin Sodiqov sevimli changini zinxor zarbli emas, emas balki aynan sof torli cholg'u deb bilgan va ardoqlagan. Ko'chma ma'noga ega bunday kesimdagi e'tirofda ijroviy talqin bor, albatta. Shuningdek, bu qiyos o'z navbatida ulkan sozandaning ijro uslubini tushinishga, uni to'g'ri idrok etishga ko'mak berishi mumkin. Chunki, boshqacha aytganda, Faxriddin Sodiqov changda bir juft cho'p bilan simlarni urib emas balki terib chalardi.
Ustoz o'z changi bilan 40 yildan ortiqroq vaqt davomida juda ko'p tinglovchilarni o'z ijodi va ijrosidan bahramand etdi. Uning ijodida "Gul jamol", "Garduni Segoh", "O'yin dugohi" xalq kuylari, T.Jalilovning "O'ynasa", "Qorabayir", "To'yona", "Hosil to'yi", "Qurilish marshi", "O'zbekcha vals", "O'zbekiston qizi" syuitasi, M.Qoriyev so'ziga yozilgan "Tinchlik qo'shig'i", "Yashilqishloq", "Zarafshon", "To'y muborak", "Raqqosa" kabi asarlari muhim o'rin egallagan. F.Sodiqov bir qancha shogirdlar yetishtirib chiqardi. Bular: Mamasiddiq Mamadaliev, Nazirxon Kamolov, Abdurahmon Xoltojiyev kabilardir. XULOSA
Ajoyib inson, mashhur bastakor, mashhur sozanda va ustoz F.Sodiqov XX asr musiqa san'atining rivojlantirishiga qo'shgan hissasi uchun 1964 yili "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan va orden, medallar bilan mukofotlangan.
REFERENCES
1. R.Xaydarova. AN'ANAVIY CHOLG'U IJROCHILIGI (Chang cholg'usi) Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma. T., 2018;
2. К. Олимбоева. M. Ахмедов. Узбек халк созандалари. Т.: 1959;
3. F.Karimov. "Faxriddin Sodiqov ijodiy merosi". Kurs ishi. Toshkent - 2GI9;
4. Faxriddin Sodiqov. www.classicmusic.uz.