Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
BOLALAR ESTRADA MUSIQASI
Baltayeva Gulbahor Igamovna,
Urganch Davlat universiteti "IjrochiHk va madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi email: [email protected]
ANNOTATSIYA
О'zbek estrada qo 'shiqchiligi, ayniqsa bolalar uchun estrada uslubida о 'zbek kompozitorlari barakali ijod qilmoqdalar. O'zbek estrada qo'shiqchiligi musiqasi sohasida milliy ohanglarni o'zga badiiy unsurlar bilan hamohang etish masalasi anchagina ijobiy natijalar bermoqda. Musiqiy estrada shakllari kompozitorlarimiz ijodiyotiga turlicha ta 'sir о 'tkazmoqda, kompozitorlik ijodiyotiga tobora keng kirib bormoqda.
Kalit so'zlar:.O'zbek estradasi, qo'shiqchilik, "Boichechak", "Chittigul", "Laylak keldi", "Chamanda gul", popyo'nalishi, kaverver, rokyo'nalishi.
АННОТАЦИЯ
Узбекская эстрадная музыка, особенно для детей, богата узбекскими композиторами. В сфере узбекской эстрады положительные результаты дает вопрос гармонизации национальных мелодий с другими художественными элементами. Разновидности музыки по-разному влияют на творчество наших композиторов, они все больше вовлекаются в творчество композиторов.
Ключевые слова: Узбекская эстрадная музыка, пение, «Бойчечак», «Читтигул», «Лайлак гелди», «Чаманда гюль», поп, кавер, рок.
ABSTRACT
Uzbek pop music, especially for children, is rich in Uzbek composers. In the field of Uzbek variety art, the issue of harmonizing national melodies with other artistic elements gives positive results. Varieties of music affect the work of our composers in different ways, they are increasingly involved in the work of composers.
Keywords: . Uzbek pop music, singing, "Boychechak", "Chittigul", "Laylak geldi", "Chamanda gul", pop, cover, rock.
KIRISH
Mustaqillik yillarida kompozitorlarining estradaga bo'lgan munosabatlari tubdan o'zgardi. Bu o'rinda musiqiy estrada1 bilan bog'liq janrlar, musiqiy estrada shakllari kompozitorlarimiz ijodiyotiga turlicha ta'sir o'tkazmoqda. O'zbek estradasi
1 "Musiqiy estrada" tushunchasi zaminida "big", yani jadal usulga asoslangan barcha sahnaviy musiqa janrlarining majmui sifatida
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
qo'shiqchiligi janrlariga e'tibor qaratilsa, pop yo'nalishi bilan birga rok yo'nalishining ham san'atimiz va madaniyatimizga ta'sir o'tkazib kelayotganligi ko'zga tashlanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada Bolalar uchun bolalar estrada musiqasi sohasida erishilgan natijalar tahlil etildi. O'zbek estradasi qo'shiqchiligi janrlariga e'tibor qaratilsa, pop yo'nalishi bilan birga rok yo'nalishining ham san'atimiz va madaniyatimizga ta'siri katta, estrada yo'llarini tahlili nazariy tomonlariga e'tibor qaratdik
TAHLIL VA NATIJALAR
XX asrning so'nggi choragiga kelib ko'p asrlik qo'shiqchilik an'analari yangi shakllarda bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotida qayta jonlandi, shuningdek, navqiron musiqiy estrada sohasining asosiy janriga ham aylanib ulgurdi. O'zbek estrada qo'shiqchiligining poydevori M.Burhonov, I.Akbarov, M.Leviyev, A.Berlin, iste'dodli xonandalar, jumladan B.Zokirov, L.Zokirova, K.Jalilova, R.Sharipova, E.O'rozboyevalar ijro dasturida o'zbek kompozitorlari yaratgan qo'shiqlar o'rin olgan edi2.
O'zbek estrada qo'shiqlari konsertlar, kino va sahnaviy asarlar orqali ommalashdi, bugungi kunda ham estrada xonandalari va guruhlari tomonidan "kaverversiya"3 uslubida "takrorlanayotgan" o'sha davr qo'shiqlari ( "Ra'no", "Dilbarim" ) aytilmoqda.
Keksa avlod kompozitorlari ijodida shakllangan muayyan badiiy to'qimalar o'rta avlod kompozitorlari tomonidan vorisona o'zlashtirilib, ijodiy davom ettirilmoqda. Bunga jumladan R.Abdullayevning M.Mirzo she'riga bastalangan "Jannat maskanim" qo'shig'i misol bo'lishi mumkin. Bolalar uchun ham estrada uslubida o'zbek kompozitorlari barakali ijod qilmoqdalar. Ta'kid joizki, bolalar estrada musiqasi sohasida milliy ohanglarni o'zga badiiy unsurlar bilan hamohang etish masalasi anchagina ijobiy natijalar bermoqda. Bu borada N. Norxo'jayev, A. Mansurov, D. Omonullayeva, A. Rasulov, M. Otajanov, X. Hasanovalar faol ijodiy mehnat qilmoqdalar.
Xususan, N. Norho'jayevning "Salom, qo'shiq bayrami", "Kapalak va kamalak", D. Omanullayevaning "Turkiston farzandlarimiz", "Humo qushim", M. Otajanovning "Bolalarning ko'zlari", "Onajon O'zbekiston", X. Hasanovaning
2 Mutaxassislar orasida musiqiy estrada janrlarini "shahar folklori"ning tarkibiy qismi sifatida qarashlar ham bor. (98bet)
3 Kaver-versiya-jaz musiqasi istilohidan olingan bo'lib, rok yo'nalishidagi xonanda va guruhlar tomonidan mavjud asarni yangi aranjirovka asosida talqin etishni anglatadi
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
"Turnalar", "Sog'lom avlod", G.Qo'chqarovaning "O'zim aylanay", "Bahor" kabi qo'shiqlarida bolalar folklor ohanglariga xos jihatlar estrada musiqasining ayrim uslublari "pop-folk", "pop-rok" bilan mohirona uyg'unlashtirilgan. Bunday uslubdagi qo'shiqlar minglab o'zbek bolalari tomonidan sevib tinglanadi va kuylanadi. Misol sifatida N.Norxujayevning «Shaftolimga savolim» qo'shig'i e'tiborimizni o'ziga tortadi. Kompozitor P.Mo'min she'riga kuy bastalash jarayenida xalqimizning mavsumiy marosim aytim ohanglaridan foydalanagan. Bolalar folklori tarkibida yetib kelgan "Boichechak", "Chittigul", "Laylak keldi", "Chamandagul" ohanglari tashkil etadi. Muhimi muallif bu kabi ohanglarni jaz musiqasining "sving" uslubi bilan hamohang eta olganligidadir. Bu holat nafaqat jo'rnavozda, balki kuyning ritmik tuzilmasida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.
A.Mansurovning "Oq terakmi, ko'k terak?" qo'shig'iga ham xalqimiz mavsumiy marosim o'yin aytimi asos bo'lgan, "jaz-rok" uslubi bilan uyg'unlashtirgan holda qayta ishlangan. Natijada kompozitor ijodaning mahsuli bo'lgan original qo'shiq yuzaga kelgan. Bundan farqli o'laroq A.Mansurovning "Bu chamanzor kimniki" ko'shig'ida esa "rep" uslubiga xos badiiy xususiyatlar milliy ohanglar bilan bog'langan, bugungi kunda minglab tinglovchilar, o'zbek bolalar va o'smirlari qalbidan mustaqkam joy olmoqda. A.Mansurovning X.Qayumovning she'riga bastalagan "Oq terakmi, ko'k terak?" qo'shig'i rivojlangan band-naqoratli shaklda namoyon bo'ladi, bunda ayniqsa jonli va raqsbop ritmik harakatlar muhim o'rin tutada. Kompozitorning ommaga taqdim etayotgan qo'shiqlarning barchasini birdek ijobiy baholab bo'lmaydi. Odatda bu kabi qo'shiqlar yuksak ma'nodagi chinakam milliylikdan uzoq.
O'zbek estradasi qo'shiqchiligi janrlariga e'tibor qaratilsa, pop yo'nalishi bilan birga rok yo'nalishining ham san'atimiz va madaniyatimizga ta'sir o'tkazib kelayotganligi ko'zga tashlanadi. Rok - estrada musiqamizda G'arbdan kirib kelgan va kirib kelayotgan yo'nalishlar orasida ikkinchi o'rinda turadi, deyish mumkin. Aslida Rok (rok) atamasi ingliz tilidan olingan bo'lib, qimirlash, titrash kabi ma'nolarni anglatadi. Rok 1920-1930 yillarda vujudga kelgan negrlar raqs janri4.
Kompozitorlarning "musiqiy estrada" uslubi asosida yirik asarlarini ijod etish tajribalari yaqin o'tmishda ham bo'lgan. A. Mansurov, V Saparov A. Nabiyev, , SAbsalyamov kabi kompozitorlarimiz asarlarini keltirish mumkin. Xususan, S.Absalyamovning sintezator uchun turkum pyessalari, A.Ergashevning qator bolalar sahnaviy asarlariga musiqasi, S.Absalayamovning rok-opera ustida ilk urinishlari, V.Saparovning cholg'u guruhlar uchun ko'plab asarlari fikrimiz dalil bo'lishi
4 Saodat Muzaffarova, "O'zbek milliy estrada san'ati taraqqiyotida janr masalalari" T., 2019
144
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mumkin. Bu yo'nalishda ham estrada unsurlarini milliylik bilan uyg'unlashtirish masalasi bir qadar ijobiy yechimga kelayotganligini ko'ramiz. Jumladan, A.Ergashevning bolalar uchun "Balli, uloqcha", "Sehrli harflar oroli", "Yarash-yarash" kabi sahnaviy asarlarga, shuningdek, "Sharif va Ma'rif', "Tilla bola" nomli kinofilmlarga yozgan musiqasida estradaning badiiy unsurlarini milliy ohang-ritmlari bilan mushtarak etishga intilish sezilib turadi. Shuningdek, M.Mahmudov, N.Norxujayev, A.Hasanov, A.Ikromov, Q.Komilov kabi bastakorlarimiz ijodida ham shu kabi e'tiborli holatlarni kuzatamiz. Kompozigorlik janri sifatida mustaqil badiiy ahamiyatga ega musiqiy namunalar yirik asarlarning g'oyasini ifoda etish, masalan, obrazlar ifodasida uslubiy kontrast yaratish maqsadga muvofiq q o'llaniladi. Bu kabi ijodiy vazifalar yangi hayotning rang-barang voqeligini turli uslublar qiyofasida ifoda etish bilan bog'liq yuzaga kelganligidir. Bunga, masalan, A. Latifzodaning kamer orkestr uchun "Amerkalik Toshkentda" regtaymi, E.Soliqovning ikki royal, skripkachilar va violonchelchilar ansambllari hamda simfonik orkestr uchun "Konsert kuyi" kabi asarlari misol bo'la oladi.
Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda kompozitorlarimizning musiqiy estradaga murojaat etishlari sezilarli darajada ortdi. Bu jarayonda uslublar yangi jihatlar bilan boyidi, xususan kuy-ohang, shakllarda hamda garmonik izchilligida ayrim qirralar kashf etildi, didga yaqin bo'lgan asarlar ijod etila boshlandi. Bundan tashqari, musiqiy estrada bevosita aranjirovka bilan ham shug'ullanuvchi kompozitorlar zamonaviy "texnik" cholg'ular sintezator, musiqiy kompyuterdan foydalanish bilimlariga ega bo'lishdi. O'zbek kompozitorlarining bolalar musiqiy estrada sohasidagi faoliyatlari samarasi asosida, badiiy yetuk asarlar ijod etilishi uchun muhim zamin yaratilgan.
REFERENCES
1. Davlat Mullajonov, Kompozitor va musiqiy estrada xususida (O'zbek musiqa ijodiyoti masalalari to'plami ) T., 2002
2. Ulug'bek Mirzahmedov, "Keling birga kuylaymiz" T., 2017
3. Saodat Muzaffarova, "O'zbek milliy estrada san'ati taraqqiyotida janr masalalari" T., 2019;
4. T.Ismailov; "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021;
5. T.Kh.Ismailov; "Musical currents and the formation of Russian classical music" "Вестник магистратуры" 2021. №5 (116);
XULOSA