Научная статья на тему 'KOMPOZITOR BOLALARGA'

KOMPOZITOR BOLALARGA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1171
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xor / bolalar xori / “Bulbulcha” ansambli / O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi / bolalar xor jamoalari / kompozitorlik ijodiyoti. / choir / children's choir / ensemble "Nightingale" / the Union of Composers and Composers of Uzbekistan / children's choirs / composer creativity.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — U. Shokarimov

O‘zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar xori uchun yozilgan asarlarning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga muxlis qila oladigan, hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda zamonaviy kompozitorlar tomonidan turli janrlarda yaratilgan asarlari bolalarni vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirishda, barkamol avlod bo‘lib shakllanishida, estetik tarbiyasini rivojlantirishda hamda ezgulikka chorlashga xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPOSER FOR CHILDREN

The main goal of the works written for the children's choir on the works of Uzbek composers is to raise the younger generation to the level of a cultured person who is able to admire our national musical heritage and perceive universal musical values. Today, works created by modern composers in various genres serve to increase the love of children for the Motherland, the formation of a perfect generation from them, the development of their aesthetic education, and encouragement to virtue.

Текст научной работы на тему «KOMPOZITOR BOLALARGA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KOMPOZITOR BOLALARGA Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi"Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7308652

Annotatsiya. O'zbekiston kompozitorlari ijodida bolalar xori uchunyozilgan asarlarning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga muxlis qila oladigan, hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda zamonaviy kompozitorlar tomonidan turli janrlarda yaratilgan asarlari bolalarni vatanga bo'lgan muhabbatini oshirishda, barkamol avlod bo'lib shakllanishida, estetik tarbiyasini rivojlantirishda hamda ezgulikka chorlashga xizmat qilmoqda.

Kalit so'zlar: xor, bolalar xori, "Bulbulcha" ansambli, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, bolalar xor jamoalari, kompozitorlik ijodiyoti.

КОМПОЗИТОР ДЛЯ ДЕТЕЙ

Аннотация. Основная цель произведений, написанных для детского хора на произведения узбекских композиторов, - поднять подрастающее поколение на уровень культурного человека, способного восхищаться нашим национальным музыкальным наследием и воспринимать общечеловеческие музыкальные ценности. Сегодня произведения, созданные современными композиторами в различных жанрах, служат повышению любви детей к Родине, формированию из них совершенного поколения, развитию их эстетического воспитания, побуждению к добродетели.

Ключевые слова: хор, детский хор, ансамбль «Соловей», Союз композиторов и композиторов Узбекистана, детские хоры, композиторское творчество.

COMPOSER FOR CHILDREN

Abstract. The main goal of the works written for the children's choir on the works of Uzbek composers is to raise the younger generation to the level of a cultured person who is able to admire our national musical heritage and perceive universal musical values. Today, works created by modern composers in various genres serve to increase the love of children for the Motherland, the formation of a perfect generation from them, the development of their aesthetic education, and encouragement to virtue.

Keywords: choir, children's choir, ensemble "Nightingale", the Union of Composers and Composers of Uzbekistan, children's choirs, composer creativity.

KIRISH

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, nomoddiy boyliklarimizni qadrlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalarni yuksak madaniyatli estetik didini yuqori darajada rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda musiqa ta'limining ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda kuchliroq ta'sir ko'rsatishi ayni haqiqatdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Musiqiy ta'limda jamoa bo'lib kuylash yuqorida ta'kidlab o'tilgan maqsad va vazifalarimni amalga oshirishda eng muhim va samarali omillardan biri hisoblanadi. Musiqa janrlari ichida eng "demokratik va ommaviy xususiyatga" ega bo'lgan tur — bu xor san'atidir. U

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

insonlarning kundalik hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni g'oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi.

Xor san'ati ommani estetik ruhda tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni xalq qo'shiqlari ijodiyoti durdonalari, klassik vokal-xor asarlar namunalari bilan ham tanishtiradi. Respublikamizdagi ijodiy jarayonning yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o'z aksini topmoqda. 1997 yildan boshlab o'tkazilgan "O'zbekiston vatanim manim" qo'shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, eng zo'r ijodiy kuchlarni namoyish etishgan. Jamoalarning ijro dasturi rang-barang bo'lib, unda Sh.Yormatov, N.Norxodjayev, D.Omonullayeva, X.Xasanova, A.Mansurov va boshqa kompozitorlar asarlarini qamrab olgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Yangi O'zbekiston musiqa madaniyati badiiy turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga hozirda mavjud bo'lgan milliy mumtoz musiqa an'analari, xalq ijodi , kompozitorlar faoliyati, badiiy havaskorlik shakllari hamda keng rivoj topgan estrada yo'nalishlari dalolat beradi. O'zbekiston kompozitorlar ijodida yangi uslublarni mujassam etgan asarlar paydo bo'lmoqda. Oxirgi paytda bolalar uchun estrada yo'nalishidagi , pop-musiqa uslubida yaratgan asarlarini ijod etish ham yuz bermoqda.

Shermat Yormatovning bolalar xori uchun yaratgan orginal jo'rli va jo'rsiz; asarlari , bolalar xori uchun qayta ishlangan va moslashtirgan bir qancha xalq qo'shiqlari mavjud. Ulardan: "Chittigul" (N.Karimov she'ri), "Bu gulshan soz" (bolalar folklor qo'shiqlari sosida) kabi vokal- xoreografik syiutalari, "Qor yog'ar" (B.Isroilov she'ri), "Maysa" (R.Tolipov so'zi), "Yalpiz" (Y.Shomansurov so'zi), "Qari chumchuq chaqimchi" (A.Obidjon so'zi) kabi a cappellalari mashhurdir. Muallifning 100dan ortiq bolalar xori va jo'rnavoz uchun yaratgan asarlari bor. Ular "Oymomojon rom bo'ldi", "Qizaloq", "Go'zal yurt madhiyasi", "Islom bobo" "Sog'lom avlod qo'shig'i", "Sumalak", "Bolaparvar qo'shig'i" va boshqalar.

Avaz Mansurov ijodi zamonaviy yozuvning yorqin individual milliy uslub bilan ajralib turadi. "Quyosh bilan suhbat" (G'.Komilov she'ri), "O'zbekistonona-onajaon" (A.Ko'chimov she'ri), "Hur respublikam", "Muzqaymoq", "Baxtli bolalik", (H.Qayumov she'ri) "Dakan xo'roz", "Quvnoq bolalar", "Qo'shig'im, jon qo'shig'im ", "Ming assalom ustozlar", (P.Mo'min she'ri), "Xayr maktab", "Talabalar qo'shig'i", "O'zbekiston go'zal diyor", (N.Narzullayev she'ri), N.Narzullayev she'riga "Qo'riq yer qo'shig'i" kantatasi (1981), A.Isroilov so'ziga bolalar xori va orkestr uchun "Simfoniya"(1982), M.Kenjabayev she'riga "Mustaqillikka bag'ishlov" (1992), "Shodiyona" qasidalari(1994): "O'zga sayyoralik ropbot" (H.Qayumov librettosi, 1984), "Hayvonlar sultoni" (B.Isroilov va F.Safarovlar librettosi 1989) olalar operalari va boshqalar shular jumlasidandir.

Nadim Norxo'djayev tomonidan "Munajjim bobom", "Osmondagi oy", "Chuchvara qaynaydi", "Shaftolimga savolim", "Chorichambar", "Xumo qushim", "Hakkalar", "Kapalak va kamalak", "Chamandagi gullarmiz", "Salom qo'shiq bayrami" va boshqalar; o'smirlar xori uchun : "Toshkent shahrim", "Paxtakor qiz", "Yoshlik", "Jannatmakon diyor bu" va boshqalar. Nadim Norxo'djayev ko'plab qo'shiqlar muallifi : "Salom quyoshjon", "G'unchalar", "O'zbekiston Vatanim manim" va boshqalar;

Dilorom Omonullayeva serqirra ijodining ko'p qismini bolalarga bag'ishlangan. Bolalar uchun 100 dan ortiq qo'shiqlar yaratgan: "Topishmoq aytishuv" (bog'cha bolalari uchun 2 turkum), "Topishmoq qo'shiqlari" o'rta yoshdagi bolalar uchun (P.Mo'min she'ri 1992), "Alifbo

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'shiqlari" (P.Mo'min she'ri). "Etikcham", "Humo qushim", "Aziz bo'ston O'zbekiston", "O'zbek elim - bek elim", "Diloromning qo'shi'i" kabi ko'plab rang-barang qo'shiqlari o'quvchi yoshlar ichida mashhur. Shoirlar M.Mirzo, N.Narzullayev, Yu.Suyunov va boshqalar she'rlariga yozilgan bolalar qo'shiqlari - "Kichkintoylar musiqasi", "O'zbekiston - Vatanim manim" va boshqalar har xil to'plamlarga kiritilgan.

Kompozitor Xurshida xasanova zamonaviy estrada va bolalar qo'shiqchilik san'atiga e'tibor qaratib 30 dan ortiq turli mavzularda zamondosh shoirlarning so'zlariga estrada qo'shiqlari va bolalar uchun qo'shiqlar yaratdi. Uning: "Chinni gullar", "Sog'inaman", "Yetolmayman", "Kuz gullari", "Rostini ayting", "Alangadan nido", "Sen uchun", "O'zbekiston jannat", "Tabassum qil", "Sog'inch", "Turnalar", "Vatan", "Kamalak", "Humo qushi", "Sog'lom avlod ", "Lola", "Majnuntol" kabi bolalar qo'shiqlari shular jumlasidandir.

MUHOKAMA

Bolalar uchun musiqa- bu kompozitorlik ijodining o'ziga hos turi bo'lib, ularda aniqlik, oydinlik va musiqiy obrazlarining hammabopligi oddiy shakl va mazmuniga ega bo'lishi muhim sanaladi. Bolalar uchun mo'ljallangan qo'shiqlarda yana ular ovozining yosh xususiyatlari, uning uncha katta bo'lmagan diapazoni, ijro etish uchun maksimal darajada qulaylikka erishish, qo'shiq matning soddaligi , yorqinligi va yuqori badiiyligi hisobga olinishi kerak. Qo'shiqlar, asosan, yakka va xor bo'lib ijro etish uchun yaratiladi. O'zbekistonda kompozitorlik ijodi tobora takomillashib, bolalar uchun ajoyib yangidan- yangi qo'shiqlar paydo bo'lmoqda.

XULOSA

2019 yilda O'zbekiston Madaniyat vazirligi tasarufidagi O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tashkilotlari, hamda Maktabgacha ta'lim vazirligi hamkorligida o'tkazilgan "Bolalar qo'shiqlari respublika tanlovi - festivali" bolalar xor musiqasi uchun ijod qiladigan yangi nomlarni bizga kashf qildi. Bunday tanlov va festivallarni tizimli ravishda o'tkazilishi va shunga o'xshash tadbirlarning keng ko'lamda tashkil etilishi o'zbek bolalar xor musiqasining rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. N.S.Sharafiyeva . "Xorshunoslik". Toshkent. 1987.

2. Mansurov A, Krimova D. Musiqa 5-sinf uchun darslik. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va

san'at nashriyoti. Toshkent 2004 yil.

3. R.Qodirov "Musiqa pedagogikasi". Toshkent .2014

4. O'.Shokarimov "San'atga baxshida umr". Toshkent. 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.