Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI'

O‘ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1688
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
хor / xor asarlari / jo‘rsiz xorlar / musiqali dramalar / rivojlanish / a cappella. / choir / choral works / unaccompanied choirs / musical dramas / development / a cappella.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — U. Shokarimov

O‘zbekistonda professional xor ijrochiligining rivojlanishi va unda ko‘p ovozlilikning yirik va murakkab janrlarda xalqchillik, milliylik ko‘rinishini olishi juda murakkab va jiddiy izlanishlar ostida kechdi. Tabiiyki bu jarayonda ko‘povozlilik xor san’atida a cappella ijrochiligini ham joriy etilishi, uning ham milliy negizda shakllanishi, zamonaviy musiqa madaniyatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lishligini taqazo etardi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF CHORAL ART IN UZBEKISTAN

The development of professional choral performance in Uzbekistan and the fact that polyphony in large and complex genres takes the form of nationalism and nationalism have become the subject of very complex and serious research. Naturally, polyphony in this process also meant the introduction of a cappella into choral art, its formation on national soil, its place in our modern musical culture.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING RIVOJLANISHI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi"Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7308547

Annotatsiya. O'zbekistonda professional xor ijrochiligining rivojlanishi va unda ko'p ovozlilikning yirik va murakkab janrlarda xalqchillik, milliylik ko'rinishini olishi juda murakkab va jiddiy izlanishlar ostida kechdi. Tabiiyki bu jarayonda ko'povozlilik xor san'atida a cappella ijrochiligini ham joriy etilishi, uning ham milliy negizda shakllanishi, zamonaviy musiqa madaniyatimizda o'z o'rniga ega bo'lishligini taqazo etardi.

Kalit so'zlar: xor, xor asarlari, jo'rsiz xorlar, musiqali dramalar, rivojlanish, a cappella.

РАЗВИТИЕ ХОРОВОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Развитие профессионального хорового исполнительства в Узбекистане и тот факт, что полифония в больших и сложных жанрах принимает формы национализма и национализма, стали предметом очень сложных и серьезных исследований. Естественно, что полифония в этом процессе означала и введение а капелла в хоровое искусство, его формирование на национальной почве, его место в нашей современной музыкальной культуре.

Ключевые слова: хор, хоровые произведения, хоры без сопровождения, музыкальные драмы, развитие, а капелла.

DEVELOPMENT OF CHORAL ART IN UZBEKISTAN

Abstract. The development of professional choral performance in Uzbekistan and the fact that polyphony in large and complex genres takes the form of nationalism and nationalism have become the subject of very complex and serious research. Naturally, polyphony in this process also meant the introduction of a cappella into choral art, its formation on national soil, its place in our modern musical culture.

Keywords: choir, choral works, unaccompanied choirs, musical dramas, development, a cappella.

KIRISH

O'tgan asrning 1-yarmida xalq orasidan chiqqan va professional musiqachilar keng miqiyosda ish olib bordilar. Ta'lim muassasalarida ilk bora Yevropa musiqa uslubida xor asarlarini kuylash kabi ishlar sinovdan o'tkazildi. Bu o'rinda o'zbek xalq musiqachilari-bastakorlar, hofizlar, sozandalarning rus kompozitorlari bilan muloqotlari juda samarali bo'ldi. Jumladan, dastlabki o'zbek xor asarlarini vujudga kelishida rus kompozitorlarining o'zbek kuy-qo'shiqlarini (turli ijrochilar tarkibi uchun) qayta ishlab shu asosda ko'p ovozlilik va jo'rsiz xor asarlarini yaratishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xor qo'shiqlari orasida bu davrda yaratilgan musiqali-drama, syuitalar paydo bo'la boshladi. M.M.Ivanovning "O'zbekistonning musiqa lavhalari" (1931), A.F. Kozlovskiyning "Lola" syuitasi (1937), R.M.Glierning orkestr uchun "Farg'ona bayrami", shuningdek R.M.Glierning (T.Sodiqov va T.Jalilov bilan hamkorlikda) "Gulsara", V.A.Uspenskiyning (Sh.Shoumarov va G.Mushel bilan birgalikda) "Farhod va Shirin" (1937) musiqali dramalarini shunday asarlar hisobiga kiritish mumkin.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bu asarlar 1937-yilda Moskvada bo'lib o'tgan O'zbek adabiyoti va san'ati birinchi Dekadasida katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyotining vujudga kelishi va rivojlanishida V.A.Uspenskiy, Y.Y.Romanovskaya, N.N.Meronov, A.F.Kozlovskiy, R.M.Glier, S.Vasilenko, G.Mushel kabi taniqli rus musiqa madaniyati arboblarining xizmatlari katta bo'ldi. Bu davrda nafaqat O'zbekistonda, balki butun O'rta Osiyo respublikalarida Yevropa madaniyatiga xos professional ijro janrlari keng rivojlandi. Yevropa uslubidagi birinchi musiqa-o'quv yurtlari tashkil etildi. Ular o'zbek xalq musiqasining o'ziga xos xususiyatlarini saqlagan holda birinchi ko'p ovozli (polifonik va garmonik tizimidagi) simfonik xor va kamer asarlarini yaratdilar.

TADQIQOT NATIJALARI

Bu davrda umumta'lim maktablarida musiqa darsi o'tilmas edi. O'qituvchi kadrlar yetishmaganligi, o'quv metodik qo'llanmalarning bo'lmaganligi sabab maktab ta'limiga musiqa darsini kiritish katta qiyinchilik bilan amalga oshirildi. Shu yillarda o'zbek maktabi sharoitiga mos keladigan Yevropa turidagi dastur va musiqa darslari davr talabi bilan yangi amaliy turlarini keltirib chiqardi. 20-30-yillarning boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Qo'qon kabi shaharlarda musiqa mashg'ulotlarining "Sharqiy" deb nom olgan turi keng tarqaldi. O'quvchilar musiqa sadolariga monand qadam tashlab (marsh) qo'shiqlarni xor bo'lib kuylashardi.

Musiqa-pedagogikasining bir qator ilg'or namoyondalari, O'zbekiston madaniyati va san'at arboblari, kompozitorlari bolalar va o'smirlar o'rtasida musiqa maorifini mazmuni va imkoniyatlarini kengaytirishga munosib hissalarini qo'shdilar. 1933-yilda Y.Y.Romanovskaya va I.Akbarovning boshlang'ich sinf va o'rta maktab musiqa o'qituvchilari uchun "nota savodi" metodik qo'llanmasini chop ettirdilar. Shu yillarda bolalar uchun "30 ashula"(1935), "Bolalar uchun qo'shiqlar"(1942), "Bolalar qo'shiqlari"(1948), kabi birinchi milliy qo'shiqlar to'plamlari nashr etildi.

Bu yillardagi qo'shiq kuylash ustida olib borilgan ishlar asosan bir ovozlilik bilan cheklangan. O'quvchilarni ko'p ovozli va jo'rsiz kuylashga o'rgatish tajribasi va metodikasi hali yetarli shakllanmagan ta'bir joiz bo'lsa, yo'q darajada edi. Ammo, katta yoshdagilarning aralash xor jamoalari bilan ishlagan o'zbek musiqachilari milliy xor san'ati uchun yangi bo'lgan ko'p ovozlilik shakllari ustida ijodiy izlanishlar olib bordilar.

Xor ijrochiligi endigina shakllanayotgan bu davrda taniqli bastakor To'xtasin Jalilov o'zining Toshkent musiqali teatr xor jamoasi bilan ostinat-ritmik ko'povozlilikning o'ziga xos shakllarini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o'tkazdi. Bunda yuqori ovozlarga asosiy kuy, past ovozlarga esa ritmik ostinatli usullarni ijro etish topshirildi. Bu tajriba ta'sirida professional kompozitorlar M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonov, S.Yudakov, M.Leviyev va boshqalar o'zlarining xor va simfonik asarlarida ko'povozlilikda fon bo'lib xizmat qiluvchi usullar yetakchi o'rin egallaydi. O'zbek kompozitorlari bu bilan cheklanmasdan yangi garmonik shakllar topishda jadal izlanishlar olib borishdi. Ular o'zbek ohangi xususiyatlarini ravshan ifodalab beruvchi garmonik birikmalarni topishga harakat qildilar.

30-yillarning oxiri 40-yillarning boshlarida rus kompozitorlari bilan hamkorlikda yozilgan ilk o'zbek operalari dunyoga keldi. M.Ashrafiy va S.Vasilenkoning "Bo'ron"(1939), G.M.Glier va T.Sodiqovning "Layli va Majnun" (1940) operalaridir. Ushbu operalarda xor musiqasi yetakchi o'rinni egallagani holda, ularda milliy-vokal xorning ko'p ovozlilik va jo'rsiz uslubi keng qo'llanildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'tgan asrning 40-60 yillarida o'zbek kompozitorlari ijodida vokal-xor musiqasi yetakchi o'rinni egalladi. Shu yillarda M.Burhonov, M.Leviyev, S.Yudakovning ko'pdan ko'p syuita, kantata, kantata-oratoriya asarlari yaratildi.

M.Burhonovning yorqin milliy jo'rsiz asarlari o'zbek vokal-xor san'ati rivojida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu asarlar o'sha vaqtda Butun ittifoq miqyosida keng shuhrat qozondi. Ular tom ma'nodagi o'zbek milliy jo'rsiz xor ijrosining ilk yetuk namunalari sifatida alohida qiziqish uyg'otishi bilan birgalikda an'anaviy o'zbek monodiyasi va ko'povozlilik sintezi mumkin ekanligini isbotladi. MUHOKAMA

Bu janrda keyinchalik I.Akbarov, S.Boboyev, M.Nasimov, B.Umidjonov, M.Bafoyev, N.Sharafiyevalar samarali mehnat qildilar. Ularning ayniqsa jo'rsiz xor asarlarida xalq an'analari yangicha talqin etildi. Shunday qilib o'zbek xor san'atida yangi "jo'rsiz" (a cappella) ijrochilik shakli hosil bo'ldiki, uning o'ziga xos xususiyati keng hajmli va to'liq jaranglovchi xor ijrosida milliy koloritini to'la namoyon eta oldi.

Toshkent Konservatoriyasining professori, Xor dirijyorligi kafedrasining mudiri E.A.Gudkova o'zbek kompozitorlarining yirik shakldagi xor asarlari o'zining "O'zbek xor adabiyoti" to'plamida (1976)tahlil qilib shunday yozadi: "o'zbek kompozitorlarining erishgan muayyan yutuqlari shundaki, ular topa bilgan yangi bo'yoq va milliylik garmonik-funsional vositalarda namoyon bo'ladi. Shunga qaramay, xor san'atini to'g'ri yo'lda deyish mumkin". XULOSA

O'zbekiston xalq artisti B.Umidjonov tashabbusi bilan tashkil etilgan (1961) O'zbekiston radiosi va televideniyasining Milliy xor jamoasi faoliyatida "jo'rsiz" xor asarlari asosiy o'rinni egallaydi va uning repertuarida B.Umidjonov tomonidan jo'rsiz xor uchun moslashtirilgan (qayta ishlangan) o'zbek va O'rta Osiyo xalqlari folklor asarlari yetakchi o'rinni egallaydi. Ushbu xor jamoasining ijro mahorati va B.Umidjonov tomonidan qayta ishlangan asarlar (a cappella) O'zbekistonda vujudga kelgan va faoliyat yuritayotgan juda ko'plab havaskorlik va o'quv yurtlari xor jamoalari repertuarini shakllanishiga ijobiy ta'sir etdi.

REFERENCES

1. Хоровое искусство в XXI веке: тенденции и перспективы. С. 29-30;

2. Sharafiyeva N. Xorshunoslik. T., 1987;

3. Ro'ziyev Sh., Xorshunoslik: O'quv-metodik qo'llanmasi. T.: 1987;

4. Qodirov R.G'., Boshlang'ich maktabda ko'p ovozlik kuylash. T.: 1997;

5. Mansurova G.Sh., Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash. T.: 2008;

6. J.Shukurov Jamoa ijrochiligi va uslubiyoti (o'quv-uslubiy qo'llanma) T., 2011

7. Гудкова Е.А. Узбекская хоровая литература. Т., 1974;

8. Djumayeva L.X. O'zbek xor musiqasi tarixidan. T., 2000.

9. Bahretdinova N.A. O'zbekiston bolalar xor madaniyati T., 2002;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.