Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XALQ QO'SHIQLARI - USTOZLAR SAYQALIDA
Muydinov Jamoldin Sharobbidinovich
Farg'ona Davlat Universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada xalq qo'shiqlarini madaniy-ma'naviy boylikka aylanganligi, o'zbek kompozitorlari tomonidan ularni xor uchun moslashtirib, zamonaviy sayqal berishlari sababli ularning jozibasi, umri va tarbiyaviy ahamiyati yanada ortib borayotganligi ko 'rilgan.
Kalit so'zlar: akapella, lad, monodiya, garmoniya, faktura, polifoniya, kanon, antifon, imitatsiya, melizm, mordent, forshlag, dirijor, xormeyster.
АННОТАЦИЯ
В стате изучены и проанализированы народные песни обработанные узбекскими композиторами как жанр а cапелла написанных для хора обогащённым и современным колоритом. Рассматривается особенности натсионалного исполнения произведений, значение народных песен в духовном развитии и воспитании молодого поколения.
Ключевые слова: акапелла, лад, монодия, гармония, фактура, полифония, канон, антифон, имитатсия, мелизм, мордент, форшлаг, дирижёр, хормейстер.
ABSTRACT
The article studies and analyzes folk songs processed by Uzbek composers as an a cappella genre written for the choir with an enriched and modern flavor. The features of the national performance of works, the importance of folk songs in the spiritual development and upbringing of the younger generation are considered.
Keywords: a cappella, fret, monody, harmony, texture, polyphony, canon, antiphon, imitation, melism, mordent, forschlag, conductor, choirmaster.
KIRISH
Musiqa - ulkan ta'sirchan kuchga ega bo'lgan tarbiya vositasi, inson ruhiyatiga hayotbaxsh kuch beraoladigan jon ozug'idir. Qudratli kuchga ega bo'lgan musiqa o'z jozibasi bilan inson qalbini qamrab oladi. Musiqani qalbi go'zallikka ishtiyoqmand kishilargina sevadi, anglaydi. Musiqa tinglash va uni idrok etish bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi, tarbiyalanadi. Insonning go'zallik tuyg'usini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamolllik haqida gapirib bo'lmaydi. Musiqa ana shu nozik tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Musiqa badiiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega san'at turidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori milliy san'atimizga bo'lgan yuksak e'tiborni ifodalovchi tarixiy hujjat bo'ldi. Unga asosan, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkaziladi. 2018 yil 6 aprelda Prezidentimizning ushbu yo'nalishdagi navbatdagi hujjati - "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida" gi qarori qabul qilindi1. San'at bayramining dastlabkisi 6-10 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi belgilandi.
O'zbek xalq musiqasi xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, diniy e'tiqodining ayrim jihatlarini o'zida mujassamlashtirib, orzu-umidlari, mehnatga, vatanga bo'lgan muhabbatni, sevgiga vafodorlikni tarannum etadi. Xalq bayramlari, sayillari, katta yig'inlari, to'y-tomoshalarini musiqasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ularda yangragan har bir kuy-qo'shiq, raqs ishtirokchilarining ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Marosim, bayram va sayillarda ijro etilgan, xalq tomonidan yaratilgan qo'shiqlar tabiat manzaralariga, ijtimoiy voqelikka bo'lgan munosabatlari natijasida vujudga kelgan. O'zbek xalq musiqasi tabiat, jamiyat hodisalari va inson hulq-atvoridagi go'zallikni idrok etishga, ulardan zavqlanishga xizmat qiladi. Barcha xalq qo'shiqlari muayyan sharoitda yuzaga kelib hayotni o'zida aks ettiradi. Xalq musiqasi kishilar ongiga san'at asarlarining eng ta'sirchan vositasi sifatida tevarak-atrofda ro'y berayotgan voqea va hodisalarni singdirishga yordam beradi. Xalq qo'shiqlari va musiqasi ijodkorlarni har doim o'ziga jalb qilib kelgan. Har bir xalq folklorini qayta ishlash bastakordan asarlarni puxtalik bilan o'rganib chiqishni talab etadi. Ayniqsa, bu jarayon tabiatan bir ovozli bo'lgan xalq qo'shiqlari bilan ishlashda o'ta noziklik ila namoyon bo'ladi. Ko'povozli milliy musiqaning shakllanishi va rivojlanishida xalq qo'shiqlarining o'rni beqiyosdir. Buyuk, atoqli o'zbek kompozitori Mutavakkil Burxonov o'zbek va qardosh xalqlar qo'shiqlarini qayta sayqal berib, jamoaviy ijro uchun moslashtirgan birinchi kompozitorlardan. Uning badiiy yetuk darajada qayta ishlangan o'zbek xalq qo'shiqlari: "Yorlarim" ("Tanovar"), "Go'zalqizga" ("Ganji Qorabog'"), qoraqolpoq xalq qo'shig'i "Bibigul", uyg'ur xalq qo'shig'i "Sayra", tojik
1 Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori https://mfa.uz/uz/press/library/2018/04/14429/
607
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xalq qo'shiqlari "Zarra gul" va "Sari ko'hi baland" kabi jo'rsiz asarlari hali-hamon kompozitorlar va xor san'ati ijodkorlariga namuna sifatida xizmat qilib ijro etib kelinmoqda.Ushbu asarlar o'zbek xor musiqasining namunali, o'ziga xos etaloniga aylandi. Uning iste'dodli izdoshlari Sobir Boboev, Botir Umidjonov va bir qator xormeysterlar Sh.Yormatov, J.Shukurov, Ye.Nechaev, N.Sharafievalar xalq qo'shiqlarini xor uchun moslashtirishda mislsiz natijalarga erishdilar. Qayta ishlash
— ijodiyotning qiziqarli va mustaqil sohasi bo'lib, har bir xalq qo'shiq madaniyatining betakror, o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib berish, uning musiqiy tafakkurini ochib berish imkoniyatiga ega. Qayta ishlashning asosiy vazifasi turli ifodaviy vositalar orqali qo'shiq mazmunining o'ziga xos obrazliligi, uning milliy "rang-bo'yoqlari"ni ochib berishdan iboratdir. S.Boboevning xor ijrochiligi uchun qayta ishlagan "Chaman ichra","Yali-yali", "Galdir", "Tanovor", "Endi sendek" xalq qo'shiqlari hozirgi kunda ham o'quv va professional xorlar dasturida yangrab kelmoqda. Bu borada ayniqsa ustoz dirijor, ijodkor xormeyster, o'zbek xor san'ati bilimdoni, kompozitor Botir Umidjonovning yuzlab xalq qo'shiqlarini qayta ishlab, yangi, original asarlarni yaratib xor san'atini xalqimizga manzur etishda xizmatlari juda kattadir. U "Ilillayor", "Qorasoch", "Chamandagul", "Qilpillama", "Lapar", "Galbari" o'zbek xalq qo'shiqlari, hamda turli O'rta Osiyo xalq qo'shiqlari: "Diliman" (tojik), "Yapuray" (qozoq), "O'ynamdu yaxshi", "Dolan mekti", "Almixan" (uyg'ur), "Qomuzchu", "Chaloyna" kabi nafaqat miniatyuralarini yaratdi, shuningdek, mumtoz an'anaviy kasbiy musiqa bo'lmish maqom namunalarini ko'povozli xorga moslashtirishda ham B.Umidjonovning hissasi katta. Uning tomonidan qayta ishlangan "Segoh"(Xurshid g'azali), "Chorgoh" (Furqat g'azali), "Saraxbori Navo"(Hofiz g'azali)lar xor ijrosida yangicha bo'yoq va jarang bilan yangradi. Ustoz dirijor jo'rsiz xor uchun pomir xalq qo'shiqlari asosida "Dilbarume", tatar xalq qo'shiqlari asosida "Yashlar uloni" va "Baxt nuri" syuitalarini ham yaratdi B.Umidjonov xormeysterlik faoliyati jarayonida xor ijrochiligining akademik yo'lini
— milliy xonandalik an'analari bilan muvofiqlashtirdi. O'zbek milliy xor ijrochiligiga o'ziga xos uslub va bezak topishda O'zbekiston xalq artisti, buyuk xor dirijori, bastakor Botir Umidjonovning mehnatlari va kasbiy mahorati beqiyos bo'lgan. Bu jamoa o'zining milliy ijro uslubi bo'yicha boshqa xor jamoalaridan ajralib turadi. Xor uchun moslashtirilgan ustozlarning barcha asarlarini asosan O'zbekiston radio va televideniyasining oltin fondi magnit lentalariga "Respublikada xizmat ko'rsatgan xor jamoasi" kuylab, xalqimizga manzur etib keldi. Turli xor jamoalari bilan muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatgan ustoz professor Ye.Nechaevning o'zbek xalq qo'shiqlari: "Zar do'ppi", "Namanganning olmasi", "Ho laylo", "Qiyiq",
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
uyg'ur xalq qo'shiqlari "Nazugum", "Dutarimning tarliri", "Chiraylig'im", "Seriq sebde", turkman xalq qo'shig'i "Bibijan", tojik xalq qo'shiqlari "Chashmoni siyoh tu", "Mavji jonon mezanad", qozoq xalq qo'shiqlaridan "Aytim salemqalam qas", qoraqalpoq xalq qo'shiqlaridan "Kizlar seyili", bugungi kunda ham hali faoliyat ko'rsatib kelayotgan professor N.Sharafievaning "O'zbekiston taronalari", "Ey, nozanin", "Xorazm navolari", "Sayri bog'", "Hazil", "Ey mexribonim", "Tasadduq", "Mustahzod", "Navro'z salomi", "Deydi-yo", tatar xalq qo'shiqlaridan "Tan atganda", qoraqolpoq xalq qo'shiqlaridan "Sonday kuldim" kabi bir qator asarlarini ham keltirish mumkin.
Ustozlar qo'shiq janri, kuy xarakteri, mazmuni, ohangining tarkibini xususiyatlariga qarab, xor yozuvining turli-tuman uslublarini qo'llaganlar. Bir ovozli qo'shiqlarni yevropacha turdagi ko'povozli keng ko'lamli tarannumi tarkibiga kirishiga va uni ovoz osti-polifonik va fakturali jihatini shakllantirishga muvaffaq bo'ldilar.
REFERENCES
1. Matyoqubov O. Maqomat. "Musiqa" nashriyoti.Toshkent 2004
2. Rajabov I. maqomlar masalasiga doir. Toshkent, 1963
3. Malikova, D. M. Xalq qo'shiqlari — ustozlar sayqalida /
4. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).
5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).
6. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New
Age Generation.
7. Маннопов, С. (2018). Навобахш оханглар. Т.: IJOD-PRESS нашриёти.
8. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.
9. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).
10. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
11. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)
12. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МАВДМ САНЪАТИДА МУСЩА ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.