Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNI BARKAMOL INSON QILIB TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING ROLI'

O’QUVCHILARNI BARKAMOL INSON QILIB TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
359
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbek mumtoz musiqasi / xalq ijodiyoti / musiqa madaniyati / san’ati / o‘zbek milliy musiqa merosi.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Shohida Rahmatullayevna Mahkamova, Zarnigor Bahodir Qizi Jondorova

Ushbu maqolada musiqa ta’limi darslarining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, o’quvchi yoshlarning barkamol inson bo’lishida o’zbek xalq musiqa ijodining tutgan o’rnini yoritishga harakat qilindi. Hamda umumta’lim maktablarining birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha bo’lgan musiqa fani darslarida o’rgatiladigan o’zbek xalq musiqa ijodi mavzulari tahlili qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNI BARKAMOL INSON QILIB TARBIYALASHDA O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING ROLI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'QUVCHILARNI BARKAMOL INSON QILIB TARBIYALASHDA O'ZBEK

XALQ MUSIQA IJODINING ROLI

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Ushbu maqolada musiqa ta'limi darslarining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, o'quvchi yoshlarning barkamol inson bo'lishida o'zbek xalq musiqa ijodining tutgan o'rnini yoritishga harakat qilindi. Hamda umumta'lim maktablarining birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha bo'lgan musiqa fani darslarida o'rgatiladigan o'zbek xalq musiqa ijodi mavzulari tahlili qilindi.

Kalit so'zlar: O'zbek mumtoz musiqasi, xalq ijodiyoti, musiqa madaniyati, san'ati, o'zbek milliy musiqa merosi.

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga quyish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek xalqi o'z madaniyati va san'atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhimtashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi, bu esa san'atga bo'lgan e'tiborni yanada yaqqol misoli bo'la oladi [1] . O'zbek mumtoz musiqasining yetakchi janri hisoblangan maqom san'ati ham uzoq tarixga ega bo'lib, bugungi kunda ularni yosh avlodga o'rgatishdek ma'suliyatli vazifani bajarishda ustoz hofizlar, musiqa o'qituvchilari bilan birgalikda, bolalar musiqa va san'at maktablari o'qituvchilari ham alohida o'rin egallaydi.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Har bir insonni ma'naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi.

Shohida Rahmatullayevna Mahkamova

Zarnigor Bahodir qizi Jondorova

Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri

Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

162

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o'qitishning asosiy vazifaiari quyidagilardan iborat:

- o'quvchilami musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;

- musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy o'quvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his-tuyg'ularini o'stirish;

- musiqiy asarlarni badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;

- musiqa darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish. [4]

Milliy ong, milliy g'urur va tafakkur eng avvalo, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, xalqimizning o'ziga xos madaniy va moddiy boyliklarini o'rganish, unga mehr qo'yish, asrab-avaylash, va rivojlantirish negizida shakllanadi. Shu bois ham xalqimizning milliy qadriyatlari tizimida muhim o'rin tutuvchi xalq musiqa merosining yoshlar ta'lim-tarbiyasida tutadigan o'rni va ahamiyati beqiyosdir.

Xalq donishmandligining ko'zgusi bo'lgan o'zbek xalq musiqa merosi o'zining tarbiyaviy ta'sirchanlik imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham musiqiy ta'limning bosh maqsad va vazifalariga mos ravishda umumta'lim maktablari sinflarida o'quvchilarda xalq musiqa merosiga ongli munosabat, qiziqish, havas va ishtiyoq uyg'otish, xalq kuy-qo'shiqlarini, respublikamizning turli vohalariga xos namunalar, aytimlarni o'rganish va ularning g'oyaviy-badiiy mazmunini anglash, idrok qilish, ularga tavsif bera olishga o'rgatib borish, shu asosda yuqori bosqichlarda (sinflarda) musiqaning jiddiy va murakkab turlariga ham faol ijodiy munosabatni shakllantirish bugungi kundagi musiqa ta'limi uchun dolzarb vazifalardandir. Ma'lumki, umumta'lim maktablari ta'lim tizimining eng mas'uliyatli bo'g'ini hisoblanadi. Barcha fanlarda bo'lgani kabi, ayni shu bosqichda musiqiy ta'lim va tarbiyaning ham tayanch poydevori yaratiladi. Ta'limning ilk mashg'ulotlaridan o'quvchilar musiqaning kishilar hayotidagi ahamiyati, badiiy ifoda tili, janrlari, cholg'u sozlari, xalq musiqasining turli marosim, mavsum, urf- odatlari bilan bog'liq namunalari bilan tanishib, ular haqida ilk nazariy bilim, ma'lumot, tushunchalarga ega bo'lib, amaliy ijrochilik ko'nikma va malakalarini egallab boradilar. [3]

Biz umumta'lim maktablarida o'quvchilarning yetti yil davomida davlat ta'lim standarti talablari asosida egallanishi kerak bo'lgan bilimlarni o'rgansak, musiqa darslarida - xalqimizning ko'zgusi bo'lgan, boy tariximiz, an'analarimiz va urf-odatlarimizni o'zida aks ettirgan xalq musiqa ijodini o'quvchilarga o'rgatib borilishi haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Umumta'lim maktablarida, xususan boshlang'ich sinflarda bolalar tafakkuriga xos, ko'proq o'yin-raqs harakatlari bilan bog'liq bo'lgan bolalar folklor qo'shiqlarini o'rganish ulardan tarbiyaviy ta'sirchan namunalarni maqsadga muvofiq holda tanlab, o'ziga xos ijro uslublarini e'tiborga olgan holda tadbiq etish milliy musiqiy ta'limni negizini mustahkamlashda eng muhim omil ekanligi ilmiy nuqtai-nazardan shu soha mutaxassislarining diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'quvchilarni xalq musiqa merosi, xususan, bolalar folklor qo'shiqlari bilan zarur ehtiyojni qondiradigan darajada tanishtirib borish eng birinchi navbatda musiqa o'qituvchilaridan o'z kasbiga fidoyilikni, xalq musiqa ijodiyotiga chuqur muhabbat va yuqori darajadagi kasbiy (xonandalik, sozandalik, musiqiy tahlil) kasbiy mahoratni talab qiladi.

O'zbek xalqi o'z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasvir vositalari bilan bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi. O'zbek xalq musiqasi yillar davomida o 'rganilib kelinmoqda. Masalan, o'zbek musiqa merosini to 'plash va nota vositasida nashr etilishida V .M .U spenskiy, Yunus Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlaming mehnatlari beqiyosdir. [2]

O'zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash, ilmiy-nazariy tadqiqot o'tkazishda mutaxassis olimlar, jumladan, etnomusiqashunoslar — F.Karom atov, R.Abdullayev, S.Begmatov, O.Matyoqubovlarning olib borgan etnografik ekspeditsiya xizmatlari katta.

O'zbek musiqa madaniyati ikki qatlamga bo'linadi:

1. Xalq musiqasi.

2. Og'zaki an'anadagi professional musiqa.

O'zbek musiqa merosining ko'rsatib o'tilgan har ikkala qatlami asrlar davomida og'zaki an'ana tarzida, ya'ni nota yozuvlarisiz, og'zaki ijod etish, og'zaki o'rganish va ijro etish orqali yetib keldi.

Bolalar folklor qo'shiqlarini dars jarayonida o'rganish o'ziga xos pedagogik va metodik yondashuvlarni ham taqazo etadiki, bu o'rinda o'qituvchi eng avvalo, o'rganilayotgan qo'shiqni tanlashga jiddiy yondashishi lozim bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlariga ko'ra ko'proq o'yinga moyilligi, qo'shiqlarni sho'x, raqsbop, ma'lum o'yin harakatlari orqali ijro etilishi xususiyatlarini e'tiborga olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o'rinda yana bir muhim jihat qo'shiqlarni bolalarning vokal kuylash imkoniyatlariga (ovoz diapozoni, ovoz kuchi, qo'shiq so'zlarini tushunarliligi, tez yodda qoladigan bo'lishi) mosligi o'qituvchining doimiy e'tiborida bo'lishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy musiqa merosi o'zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiq.

Yana shu narsani alohida ta'kidlash joizki, umumta'lim maktablarining

boshlang'ich sinflarida milliy musiqiy ta'limning asosini milliy tafakkurni shakllantirish tamoyiliga tayangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Zero, musiqa boshqa aniq fanlardan farqli o'laroq milliy tafakkurni shakllantirish borasida kengroq imkoniyatlarga egaligi bilan ham ajralib turadi.

Bunday ish tutish, ya'ni xalq musiqa merosi, xususan bolalar folklor namunlarini umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflari o'quv jarayoniga ta'kidlab o'tilgan tamoyillarga tayangan holda tadbiq etish milliy musiqiy ta'limni negizini mustahkamlash va barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.

Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim rol o'ynaydi; uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta'sir ko'rsatadi. Umumta'lim maktablarida musiqa darslarining asosiy vazifatlaridan biri nafosat olamiga olib kirish va ma'naviy tarbiya berish. Bunda o'qituvchi bolalarni muhim bir mus iqa asari bilan tanishtirib uni ifodali "jonli" qilib ijro etib, o'quvchilar diqqat e'tiborini jalb etadi, ularning nutqini o'stirish, fikrlash qobilyatini, dunyo qarashini kengaytiradi, emotsional his -tuyg'ularga ham faol ta'sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o'zlashtirish emas, balki o'quvchilar ongini, voqelikka munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg'ularning shaklan tuzilishi nazarda tutiladi.

Tarbiya tizimida musiqa san'ati yetakchi o'rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa san'atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma'naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir.

REFERENCES

1. O'zbekiston prezidenti Shavkat Miramono vich Mirziyoevning 2017-2021 yillardagi 5-ustuvor strategiyasi hamda 2019-yildagi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5-ta muhim tashabbus.[1]

2. Abdullaev R.S., Solomonova T.Ye. O'zbek musiqasi tarixidan xrestomatiya. T., 1983. [2]

3. (H. Nurmatov, N. Yo'ldosheva). "O'zbek xalq musiqa ijodi" [3]

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

4. Zulxumor Mamarasulzoda JDPI Musiqa madaniyati fakulteti o'qituvchisi "O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING SHAKLLANISH VA TARAQQIYOT YO'LI"

5. E. Abdukarimova, JDPI, Musiqa ta'limi kafedrasi o'qi tuvchisi A. Boboev, Talaba JDPI "XALQ MUSIQA MEROSI MILLIY MUSIQIY TA'LIMNING KAFOLATIDIR"

6. Umumta'lim maktablarida musiqa ta'limi va tarbiyasi Konsepsiyasi. -Toshkent, XTV, 1995 yil.

7. Umumiy o'rta ta'limning musiqa fani bo'yicha davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. - Toshkent, Ta'lim taraqqiyoti. 1997 yil. [4]

8. Hamidov H. O'zbek an'anviy qo'shiqchilik madaniyati tarixi. -T.: O'qituvchi, 1996y.

9. Husnora Tojiqulova, Musiqa madaniyati fakulteti 4-bosqich talabasi N.Xasanova, ilmiy rahbar "KOMIL INSON TARBIYASIDA MUSIQA TA'LIMINING AHAMIYATI"

10. «O'zbek mumtoz musiqasi» o'quv qo'llanmasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.