Научная статья на тему 'DOIRA CHOLG’USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI MISOLIDA)'

DOIRA CHOLG’USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
460
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doira / san’at / madaniyat / meros / musiqa / ijro / asos / soha / cholg’u / uslub / mahorat. / circle / art / culture / heritage / music / performance / foundation / field / instrument / style / skill.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jo’rayev Xamidjon, Madina Nasritdinova

Mazkur maqolada paydo bo’lgandan buyon o’zgarmay avlossan avlodga benuqson yetkizilgan doyra cholg’u asbobini ilk musiqiy ta’lim boaqichi xisoblanmish bolalar musiqa va san’at maktablarida o’quvchilarga o’rgatishning dolzarb masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING PERFORMANCE SKILLS IN THE CIRCLE (ON THE EXAMPLE OF CHILDREN'S MUSIC AND ART SCHOOLS)

This article or section needs sources or references that appear in credible, third-party publications The first musical instrument to be delivered to children current issues of teaching students in music and art schools.

Текст научной работы на тему «DOIRA CHOLG’USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI MISOLIDA)»

DOIRA CHOLG'USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARI MISOLIDA)

Jo'rayev Xamidjon

FarDU Musiqa ta'limi va san'at yo'nalishi 1 bosqich magistranti Madina Nasritdinova

FarDU Musiqa ta'limi va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6636463

Annotatsiya. Mazkur maqolada paydo bo'lgandan buyon o'zgarmay avlossan avlodga benuqson yetkizilgan doyra cholg'u asbobini ilk musiqiy ta'lim boaqichi xisoblanmish bolalar musiqa va san'at maktablarida o'quvchilarga o'rgatishning dolzarb masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: doira, san'at, madaniyat, meros, musiqa, ijro, asos, soha, cholg'u, uslub, mahorat.

Introduction

O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga borib taqaladi. Xususan, O'rta Osiyo xududida ijrochilik san'atining paydo bo'lgan davridan to XIX asrning 60-yillarigacha taraqqiyoti xalq cholg'ularini uzoq o'tmishda paydo bo'iganligi, musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'ular, damli cholg'ular, so'ngra torli-mizrobli va torli-kamonli musiqa cholg'ulari paydo bo'iganligi haqida tarixiy manbalardagi qolgan yozuv va devoriy rasmlardan anglash mumkin. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda.

Cholg'u ijrochiligida doira san'ati o'ziga xos yetakchi o'rin tutadi. Bu cholg'u barcha cholg'ular ichida uzoq tarixga egaligi va ijrochilik san'ati bilan ajralib turadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab qadimgi odam qadamlarining bir maromda yerga tashlanishi, ov yoki boshqa jamoa tadbirlaridagi takroriy harakatlar, qo'llarini-qo'llariga, badaniga urishdan paydo bo'luvchi sadolar, turli mehnat qurollari, buyumlar yoki toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar —urma cholg'ularning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Shuningdek, ritm-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy unsuri bo'lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni borliq - tabiat va koinot bilan uyg'unlashtiruvchi yagona vosita bo'lgan [1].

Eramizdan oldingi ikki minginchi yillikka oid Saymalitosh arxeologik qaziimalaridan topilgan tarixiy obidalarda doirasimon cholg'ularda ijro etayotgan sozandalar tasvirlangan. Bu esa doiraning qadim zamonlardayoq ijrochilik amaliyotida mavjud bo'lgan urma cholg'u ekanligini tasdiqlaydi.

Zarbli cholg'ularning asl ma'nosiga qarab ko'radigan bo'lsak, zarb arabcha - urmoq yoki urish degan ma'nolarni bildiradi va mazkur cholg'ularda asosan zarb bilan urish, barmoq bilan chertish, silkitish va boshqa harakatlar orqali tovush hosil qilinadi. O'zbek xalq cholg'ulari orasida urib chalinadigan asboblar guruhi kuyning o'ziga xos ritm qatorini tashkil etib, alohida o'rin egallaydi. Juda ko'p hollarda xalq kuylari urib chalinadigan asboblarning ritmlari asosida ijro etiladi.

Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra jo'rnavoz zarbli soz sifatida ommalashgan doira ham o'zining rivojlanib kelayotgan milliy oxanglarga boy zarb va usullari bilan xalq orasida shuxrat qozongan.

Materials and Methods

"Zarbli cholg'ularda chalish barcha xalqlarda ham eng zavqli va zaruriy mashg'ulot bo'lib, bu haqda musulmon olamining buyuk faylasuf olimi Abu Homid G'azzoliy o'zining "Kimiyoi saodat" kitobining "Simoning (ba'zi) haromlig'i bayonida" faslida shunday deydi; — "Surud va rubob va chang va barbat va nay aroq birla bo'lsa haromdur. Chunki bu nimarsalar sharobxo'rlar odatidur. Har nimarsaki, ularga xosdur—haromdur. Chunki bular sharobni yodig'a keltirur va aning orzusini ziyoda qilur. Ammo tabla va daf chalmoq xarom emas. Agarchi salosil, ya'ni zanjirlari va qayrog'i bo'lsa ham. Chunki daf va tabla hyech asrda rad bo'lmabdurki, o'zga nag'malarga muni qiyos qilib bo'lmas. Hazrati Rasul s.a.v, huzurlarida daf chalibdurlar va to'y ma'rakada daf-doira chalmoqg'a farmon qilibdurlar. Tabla chalmoq g'oziylar va hojilaming rasmidur"1. Bundan ko'rinib turibdiki, musulmon olamida boshqa cholg'ularga qaraganda, zarbli cholg'ulardan daf-doira va tabla chalish qo'llab-quwatlangan. Ayniqsa buni "Temur tuzuklari"dagi dalillardan ham bilishimiz mumkin[2].

O'zbek harbiy zadogonlarining yuksak ma'rifatli vakili bo'lgan Amir Temur, musiqa san'atining muhim estetik ahamiyatini ma'naviy omil sifatida harbiy musiqa turlarini qo'shinlarning jangovarlik ruhiyatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta e'tibor bergan. U tarixda birinchi bo'lib, askarlarni jangovar bayroqlar va musiqa cholg'u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga kiritadi: "Amr qildimki, - deb yozadi "Tuzuklar"ida, — qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g'anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar - faxrii xitob, tug' va nog'ora berib, uni bahodir deb atasinlar"[2,36].

O'zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san'ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta'limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta'kidlash joiz. Shu sababli keyingi yillarda qo'shiqchilik san'ati va cholg'u ijrochiligi yangi bosqichga ko'tarildi. Ayniqsa, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi bu boradagi yutuqlar ko'lamini kengaytirib bormoqda.

Results

Milliy musiqa san'atimizning muhim tarkibiy yo'nalishlaridan biri - doira cholg'u ijrochiligidir. Mazkur ijrochilik san'ati juda qadimiy tarixga ega va u hozirgi davr milliy musiqa ta'lim tizimimizda o'ziga xos o'quv jarayoni hisoblanadi. Doira cholg'u ijrochiligi bo'yicha bolalar musiqa va san'at maktablarining 1 - 5-sinflarida ta'lim beriladi. Unda cholg'u ijrochiligi asoslarini o'zlashtirish, malaka hosil qilish bilan tanishtirilib, yosh avlodni ma'naviy-estetik tarbiyalashga e'tibor qaratiladi. Abu Nasr Forobiy (X asr) "Kitob al- musiqa al-kabir" (Musiqa haqida kitob) asarida doira va doira asari bo'lgan usullar xaqida g'oyat qimmatli ma'lumotlar berib o'tgan. Safiuddin Urmaviy (XIII asr) "Kitob al-advor" (Musiqiy doiralar kitobi) asarida doira usullarining o'n ikki maqom musiqa ijrochiligida muhim o'rin tutishi to'g'risida fikr yuritgan. Abdurahmon Jomiy (XV asr) "Risolai musiqiy" (Musiqa risolasi) asarida doira usullari turlari haqida yozadi. Darvesh Ali Changiy-Buxoriy (XVII asr) "Risolai musiqiy" (Musiqa risolasi) asarida doira usullari va unig mashhur ijrochilari to'g'risida qimmatli ma'lumotlarni bergan. Bu noyob manbalar doira ijrochilik tarixini o'rganish uchun muhim hisoblanadi. V.Belyaev, T.Vizgo, A.Petrosyans, F.Karomatov, I.Rajabov kabi olimlarimizning tadqiqotlarida doira ijrochiligining nazaryasiga doir muayyan fikr muloxazalar bildirib o'tilgan.

Discussions

Xarbiy kapelmeyster (xarbiy orkestr dirijyori) Avgust Eyxgorn (XIX asr) "O'zbeklar musiqasi" asarida doira usullarini nota yozuviga olishga uringan. Abdurauf Fitrat (XX asr) "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" asarida doira usullari, ularning xalq orasidagi ahamiyati va saroylarda ijro etilgan maqomlardagi o'mi to'g'risida juda qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tgan. A.Petrosyans (XX asr) "Doira ijro maktabi" asarida to'rt chiziqli doira usullari notasini asoslab bergan. Hozirda respublikadagi barcha musiqa maktablaridagi doira cholg'usi mutaxassislari shu to'rt chiziqli doira usullari nota yo'lida o'quvchilarga ta'lim berib kelmoqda.

Conslusions

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda xulosa o'rnida shuni xotima qilishimiz mumkinki, Yangi O'zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san'ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta'limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta'kidlash joiz. Shu sababli keyingi yillarda qo'shiqchilik san'ati va cholg'u ijrochiligi yangi bosqichga ko'tarildi.

Yangi davr doira cholg'u ijrochiligida individual ijro uslublari tarkib topdi, doira ijrosiga doir soha vakillari tomonidan ko'plab o'quv qo'llanmalar yaratilmoqda.

Faqat o'qib o'rganish, izlanish, ijod qilish, mashq va ustozlardan saboq olish bilangina doira ijrosi mahoratini egallash mumkin. Bugungi yosh doira ijrochisi shunchaki ijrochi emas, u salohiyatli va ijodkor shaxs bo'lishi lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati: Qarang: N.Rahmatov. Doira. - T.: "Fan va texnologiya", 2016 y., 13 b. Qarang: G'azzoliy. Kimyoi saodat. T., "Adabiyot" 2005y, 355-356-b. Qarang: "Temur tuzuklari" T., "SHarq" NMAK bosh tahririyati. 2005 y 97-bet Ahrorova, R. U. (2021). SEMANTIC ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL UNITS REPRESENTING "YOUTH" IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES. Theoretical & Applied Science, (7), 122-126.

Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

Yang, N. (2022). Corporate Risk Information Disclosure Based on Semantic Analysis Methods. Mobile Information Systems, 2022.

Ахророва Р. (2022, апрель). ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКОЕ ВЫРАЖЕНИЕ РАННЕЙ ЮНОСТИ/JEUNESSE IN FRENCH. In МЕЖДУНАРОДНЫЕ НАУЧНЫЕ КОНФЕРЕНЦИИ С ВЫСШИМИ УЧЕБНЫМИ ЗАВЕДЕНИЯМИ (Vol. 2, No. 18.03, pp. 617-620).

O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi loyiha muvofiqlashtiruvchisi Sayidafzal Mallaxanov YuNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib ICHKAP moliyaviy ko'magida va MOTXI hamkoriligida 2017 y. nashr etildi. ISBN 978-9943-357-46-4

Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

1. 2.

3.

4.

5.

6.

7.

9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.