Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA ESTRADA VA MILLIY ESTRADANING SHAKLLANISHI'

OʻZBEKISTONDA ESTRADA VA MILLIY ESTRADANING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2538
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
estrada sanʻati / konsert / professional qoʻshiqchilik / milliy estrada / xalqchillik / milliylik gʻururi. / pop art / concert / professional singing / national pop / folkism / national pride.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Axmadjonov, Ahadjon Ikromjon Oʻgʻli

Estrada sanʻati koʻp yillardan beri jahon va oʻzbek sanʻati rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda. Oʻzbek sanʻatiga estrada va milliy estradaning kirib kelish jarayoni katta boy tarixga egadir. Ushbu maqolada oʻzbek estradasining tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FORMATION OF ESTRADA AND NATIONAL ESTRADA IN UZBEKISTAN

Estrada has been making a significant contribution to the development of world and Uzbek art for many years. The process of entry of variety art and national variety art into Uzbek art has a rich history. This article discusses the history and stages of development of the Uzbek stage.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA ESTRADA VA MILLIY ESTRADANING SHAKLLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA ESTRADA VA MILLIY ESTRADANING

SHAKLLANISHI

Axmadjonov Ahadjon Ikromjon o'g'li

FarDU, magistranti ahadjon0077@gmail.com

ANNOTATSIYA

Estrada san'ati ko'p yillardan beri jahon va o'zbek san'ati rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. O'zbek san'atiga estrada va milliy estradaning kirib kelish jarayoni katta boy tarixga egadir. Ushbu maqolada o'zbek estradasining tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan

Kalit so'zlar: estrada san'ati, konsert, professional qo 'shiqchilik, milliy estrada, xalqchillik, milliylikg'ururi.

АННОТАЦИЯ

Эстрада на протяжении многих лет вносит весомый вклад в развитие мирового и узбекского искусства. Процесс вхождения эстрады и национальной эстрады в узбекское искусство имеет богатую историю. В данной статье рассматриваются история и этапы развития узбекской эстрады.

Ключевые слова: эстрадное искусство, концерт, профессиональное пение, национальная эстрада, фольклоризм, национальная гордость.

ABSTRACT

Estrada has been making a significant contribution to the development of world and Uzbek art for many years. The process of entry of variety art and national variety art into Uzbek art has a rich history. This article discusses the history and stages of development of the Uzbek stage.

Key words: pop art, concert, professional singing, national pop, folkism, national pride.

KIRISH

Estrada san'ati kundan-kunga rivojlanib, o'z muxlislari sonini ko'paytirib bormoqda. Hozirgi kunda "estrada" nomi bilan yuritilayotgan musiqa namunalari tobora ko'plab tinglovchilar e'tiborini o'ziga jalb etmoqda. Bugungi kunda radio-televideniye va turli bayram tantanalari dasturlaridan keng o'rin olgan bu turdagi musiqa nafaqat yoshlarni, balki jamiyatimizning turli yoshdagi millionlab vakillari ongi va ma'naviyatiga sezilarli ta'sir o'tkaza boshladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Estrada san'ati" shakllanishidagi ilk jarayon, bu san'at yo'nalishini ifoda etuvchi va amaliyotda keng qo'llanila boshlangan atamalar bilan bog'liqligini e'tirof etish lozimdir.

"Estrada" (fransuzcha ESTRADA, lotincha STRATUM) atamasi aslida taxtadan pol qurish ma'nosini anglatadi. Shu bilan birga konsertlar o'tkazish uchun maxsus qurilgan sahna(joy)ni bildiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston musiqa madaniyati ko'p yillik tarixga ega. Uning hozirgi kunda yo'nalishlari va janrlari kengayib bormoqda. Har bir san'atning o'z asosi bo'lganidek, o'zbek estradasining ham asosi professional qo'shiqchilikka asoslangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalq orasida «estrada», «estrada konsterti», «estrada san'ati» kabi atamalar iste'molga kirib kela boshladi. Bu Turkiston o'lkasining shaharlariga Rossiyadan gastrolga kelgan konstert guruhlarining chiqishlari bilan bog'liq edi.

XX asrning 20-30-yillarida O'zbekistonda tashkil etilgan «Ashula va raqs guruhi», «Mashshoqlar to'dasi», «Musiqiy etnografik ansambl»larning xalq ommasiga ko'rsatgan tomoshalarini «konsert», «estrada konserti» deb e'lon qilish asta-sekin odat tusiga kirdi. Shu davrdan boshlab musiqachilar ahli va xalq orasida «konsert», «estrada», «ansambl» kabi atamalar xalq orasida ommalasha bordi. 1927-yili Ali Ardobus (Ibrohimov) Samarqand shahrida yosh havaskorlardan tuzgan «Ko'k ko'ylaklar» ansambl konsertini «estrada konserti» deb e'lon qiladi.

O'zbekistonda zamonaviy milliy estrada san'atini tashkil etilishi va rivojiga Tamaraxonim (1906-1987) o'zining ulkan hissasini qo'shadi. O'zbekistonda Yevropa uslubidagi estrada san'atining turli xillari XX asming 40-yillaridan boshlab amaliyotga kirib keldi. Bu, asosan, Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga kelgan estrada orkestrlariga taqlid qilgan holda, rusiyzabon san'atkorlarning tashabbusi bilan respublikamizning yirik korxonalari madaniyat saroylarida paydo bo'ldi. 1940-yil Toshkent shahrida M. Jolkov rahbarligida «Myuzik xoll» estrada jamoasi va O'zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida 1942-yili estrada ansambili, 1944-yili N. Zinin rahbarligida «Simfo-jaz orkestri» tuzdi. Ushbu ansambllarning ijro dasturi asosan rus kompozitorlarining qo'shiq va cholg'u musiqalaridan tuzilgan edi.

Estrada san'ati O'zbekistonda 1950-yillardan boshlab rivojlandi. Uning birinchi asoschilari Botir Zokirov va Enmark Salixovlardir. Shu kungacha san'atning bu yo'nalishida juda katta yutuqlarga erishildi. 1958-yili O'zteleradio qoshida estrada orkestri tashkil qilindi. Kompozitorlar Sh.Ramazanov, I.Akbarov, E.Salixov, M.Leviyev, M.Burxonov, E.Qalandarov, V.Milov va boshqalar avval xalq folklor qo'shiqlarini estrada yo'nalishiga moslashtirib, keyinchalik esa o'zlari shu yo'nalishda ijod qila boshladilar. Ularning yozgan qo'shiqlarini Botir Zokirov, Luiza

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Zokirova, Yunus To'rayev, Ra'no Sharipova, Muhabbat Shamayeva va boshqa xonandalar kuylab ijod etganlar.

Bu paytda mualliflik qo'shiqlari bobida yetuk asarlardan biri Botir Zokirov ijrosidagi Mutal Burxonovning "Maftun bo'ldim" asari bo'ldi. Uning o'sha yillar ijro qilgan "Go'zal qiz", "Arab tangosi", "Muhabbat", "Jayron" kabi turli millat qo'shiqlari bugungi kun uchun ham namunaviy bo'lib turgan yangicha ohang tizimi milliy estrada qo'shiqchiligidagi noyob topilmalardandir. Hozirda turli uslubiy yondoshish orqali ushbu qo'shiq ijrosiga yosh estrada qo'shiqchilarimiz murojaat etayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi.

70-yillarning boshlariga kelib ommaviy musiqa san'atida yangi yo'nalish - bit-musiqa ommalasha boshlanadi. Orkestr jamoasini faoliyatini saqlagan holda Botir Zokirov va Yunus To'rayevlar hamkorligida «Toshkent myuzik-xoll» ni tashkil topdi. Toshkent myuzik-xolli o'z yo'nalishida adabiy mazmun asosida, dramatik spektakllar orqali qiziqarli, rang-barang konsert dasturlarini tuzish va jamoaviy tarzda namoyish etish maqsadlarini amalga oshiradilar.

Teatrlashtirilgan ssenariylar asosida konsert namoyishlarini tashkil etadilar. Eng muhimi o'zbek estrada musiqasi ijrochiligi amaliyotida vokal-cholg'u ansambllari tuzila boshlanadi, estrada xonanda va sozandalarining yangi avlodi tarbiyalanadi. Myuzik-xoll yosh xonandalar uchun haqiqiy estrada maktabi vazifasini o'taydi.

E. Salixov, A. Kalvarskiy, E. Qalandarov, G. Xoliqov kabi kompozitorlar bu yo'nalishda samarali ijod qiladilar. Estrada san'atida yangi guruhlar va ijrochilar avlodi shakllanadi. Buning zaminida albatta o'zbek estrada simfonik orkestrlarining samarali faoliyati, respublikada zamonaviy estrada musiqa san'atini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etdi.

O'zbek estrada musiqasi shakllanishi jarayonida an'anaviy xalq musiqa namunalari muhim zamin bo'lgan. Bunda, asosan, ularning raqsbopligi, yengil ohang usullarida ijro etilgani qo'l kelgan. Ayni payta bu holat o'zbek estrada musiqasining milliylik asosini ham ta'minlovchi muhim vositalardan biri bo'ldi desak, to'g'ri

O'zbek milliy estrada qo'shiqchiligi tamal toshini qo'ygan Botir Zokirov va uning izdoshlari, zamondoshlari Yunus To'rayev, Staxan Rahimov, Alla Iyoshpe va boshqalar o'zbek estradasi sahnasida milily va nomilliy kuylash uslubini sintezlashtirish natijasida uni shaklan va mazmunan uyg'unlashtirishga erishganlar.

O'zbekiston mustaqillikka erishgan darvdan boshlab yaratilayotgan qo'shiqlar Vatan, Istiqlol, tabiat, do'stlik va muhabbat kabi mavzularda yozilgan.

O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov raisligida Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi. Kengash badiiy-musiqiy jamoalar oldiga bir qancha asosiy vazifalar va talablar qo'ydi.

bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Qo'shiqlarda aks etgan milliylik g'ururi, Vatanga sadoqat, milliy ohanglar tinglovchilar qalbida Vatan tuyg'usini yanada jo'sh urishiga zamin bo'lmoqda.

Yulduz Usmonovaning «Dunyo», «O'zbekiston», «Xalqim», Nilufar Rahmatovaning «O'zbek elim», marhum Nuriddin Haydarovning «Men nechun sevaman O'zbekistonni?», Sevara Nazarxoning «Vatanim», Gulsanam Mamazoitovaning «O'zbekiston-ona tuproq» kabi qo'shiqlari, mustaqillik davrining o'ziga xos,

yangicha talqindagi vatanparvarlik mavzusini barpo qildi. Bu mavzu san'atda eng qadimdan ulug'lanib kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Umarov M - Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. -T., 2009

2. Гуревич Е. История зарубежной музыки. 2-е изд. - М., 2000.

3. История зарубежной музыки. Вып. 1-6. - М., - СПб., 19862001.1 Т.-535 с., II т.-277 с., III т.- 533 с., IV т.- 529 с., V т.- 448 с.

4. Karomatov F.M. O'zbek xalq muszika merosi. XX asr. 1-kitob. T., 1978,1982

5. O'zbek musiqa tarixi. T.,1981.

6. Ibragimov O. O'zbek musiqa ijodi. T., 1990.

7. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

8. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

9. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

10. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриёти.

11. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

12. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

13. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

14. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

543

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

15. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

16. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

17. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

18. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 36-38.

19. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

20. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

21. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.