Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK IJROSIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI'

AN’ANAVIY XONANDALIK IJROSIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
103
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bastakor mumtoz xofizlar / an’anaviy musiqa / milliy urf-odatlar / termachi / navokash / mug’anniy / xonanda / ashulachi / dostonchi / baxshi / xalfa / shoir / g’azalxon / talqinchi / masnaviyxon / savtxon / nasrchi / “Xusravoniy” / “Gulligi” / “Binnigi” / “Shikami” / “Xonaqoxiy”. / Composer / traditional music / national customs / termachi / navokash / mughanni / singer / singer / epic writer / bakshi / khalfa / poet / ghazal khan / interpreter / masnavi khan / savkhan / prose writer / "Khusravani" / "Gulligi" / "Binnigi" / "Shikami" / "Khonakakhi".

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Karimov, Abdulxay

Mazkur maqolada o’zbek xalqining milliy qo’shiqchilik san’atida an’anaga aylanib kelgan o’zbek milliy qo’shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni yetuk asar bo’lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san’atkorlar, xonanda, sozanda xamda bastakorlarning o’rni beqiyos. Ular xalqimiz orasida xamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan – avlodga xech qanday o’zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Ularni qilgan ishlari, yaratgan asarlarini xozirda ko’plab xonandalar tomonidan sevib o’rganib, ijro qilinib, xalqimizga xizmat qilib kelmoqdalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COMPOSITION IN THE PERFORMANCE OF TRADITIONAL SINGING

In this article, our Uzbek national songs that have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, makoms, yallas and various works of our series are presented as mature works by artists who have grown up among the people since ancient times. the role of singers, musicians and composers is incomparable. They collected the first works performed among our people and in the palaces in the form of a series and passed them down from generation to generation without any changes. Their work and creations are loved and performed by many singers and serve our people.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK IJROSIDA BASTAKORLIK IJODINING O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AN'ANAVIY XONANDALIK IJROSIDA BASTAKORLIK IJODINING

O'RNI

Abdulxay Karimov

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti «Vokal va cholg'u ijrochiligi»

kafedrasi o'qituvchisi,

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek xalqining milliy qo 'shiqchilik san'atida an'anaga aylanib kelgan o'zbek milliy qo'shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni yetuk asar bo'lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san'atkorlar, xonanda, sozanda xamda bastakorlarning o'rni beqiyos. Ular xalqimiz orasida xamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan - avlodga xech qanday o'zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Ularni qilgan ishlari, yaratgan asarlarini xozirda ko'plab xonandalar tomonidan sevib o'rganib, ijro qilinib, xalqimizga xizmat qilib kelmoqdalar.

Kalit so'zlar: Bastakor mumtoz xofizlar, an'anaviy musiqa, milliy urf-odatlar, termachi, navokash, mug'anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g'azalxon, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi, "Xusravoniy", "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqoxiy".

АННОТАЦИЯ

В данной статье наши узбекские народные песни, ставшие традицией в национальном певческом искусстве узбекского народа, макомы, яллы и различные произведения нашей серии представлены как зрелые произведения исполнителей, выросших в народе с древних времен. роль певцов, музыкантов и композиторов несравнима. Они собирали в виде серии первые произведения, исполненные в нашем народе и во дворцах, и передавали их из поколения в поколение без каких-либо изменений. Их работы и творения любимы и исполняются многими певцами и служат нашему народу.

Ключевые слова: Композитор, классическая музыка, национальные обычаи, термачи, навокаш, муганни, певец, певец, эпос, бакши, халфа, поэт, газель хан, переводчик, маснави хан, савхан, прозаик, «Хусравани», «Гуллиги», «Бинниги», «Шиками», «Хонакахи».

ABSTRACT

In this article, our Uzbek national songs that have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, makoms, yallas and various works of our series are presented as mature works by artists who have grown up among the people

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

since ancient times. the role of singers, musicians and composers is incomparable. They collected the first works performed among our people and in the palaces in the form of a series and passed them down from generation to generation without any changes. Their work and creations are loved and performed by many singers and serve our people.

Key words: Composer, traditional music, national customs, termachi, navokash, mughanni, singer, singer, epic writer, bakshi, khalfa, poet, ghazal khan, interpreter, masnavi khan, savkhan, prose writer, "Khusravani", "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Khonakakhi".

KIRISH

Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Shuning uchun ham, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib, xizmat qilib kelmoqda.

Ma'lumki, yer yuzida mavjud xalqlar tarixiy shakllanish jarayonida insoniyatning eng go'zal fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan va qator an'analarni meros sifatida avloddan - avlodga yetkazib, avaylab kelganlar. Ayniqsa, ijtimoiy xayotdagi muxim voqea, omil va tadbirlarni, hamda, kundalik turmush bilan bog'liq bo'lgan urf - odat, qadriyat, udumlar va marosimlari saqlashga katta e'tibor berganlar.

Musiqa san'ati namunalarining talqinida ovoz vositasi, cholg'u talqini, raqs xarakatlari, imo - ishora kabi bir qator ijrochilik turlaridan iboratdir. Bevosita talqin jarayoni xam ijrochi namoyondalar tomonidan yakka, juft, guruhiy yoki ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ovoz vositasi asosida talqin etuvchi namoyondalarni xalqimiz orasida ijro dasturlariga binoan qo'shiqchi, laparchi, termachi, navokash, navoog'oz, mutrib, mug'anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g'azalxon, qissaxon, maddox, zokir, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi va xofiz kabi nomlar bilan atab kelishgan.1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

An'anaviy musiqamiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, musiqa madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog'langanligini ko'ramiz. X - XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi manbalarda ko'rsatib

1 Begmatov Soibjon "Xofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma "Musiqa" nashriyoti Toshkent 2007.

523

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tiladi. Lekin XV - XVII asrlarda ijod qilgan sozandalar, xofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari xaqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan.

VII - X asrlarda esa turli ma'rosim va mexnat mavzulari uzoq o'tmishdan bastakorlar ijodiyotida ustuvor o'rin egallab kelgan. Markaziy Osiyolik mashxur xonanda, sozanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodi xam bunga misol bo'la oladi. Zero, u o'z faoliyatini dastlab xalq orasida o'tkazib, muayyan urf - odatlar, ba'zi rivoyatlar va xatto yaxlit yil taqvimi tizimi bilan bog'liq mavzularni o'z asarlarida aks ettirgan. Eron shohi Xusrav II xam Parviz saroyida xizmat qilgan yillari esa, bastakorlik tarixidagi ilk ko'p qismli "Xusravoniy"2 turkumini yaratdi. Xusrav II bu turkumni yaratishi oqibatida bastakorlik ijodining yanada xam rivojlanishiga keng yo'l ochib berdi.

Isxoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan. Ayni shu davrda Markaziy Osiyaning qator voxalaridan Ramtin, Nakiso Changiy, Sarkash, ayollardan Ozodvor Changiy kabi Sharqda tan olingan bastakorlar yetishib chiqqan. Ota - bobolari Buxoro, Samarqand va boshqa shaxarlardan bo'lgan Ibn Surayj singari san'atkorlar xam Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida tanilgan. Demak, musiqa folklori, mumtoz musiqa, bastakorlik ijodiyati an'analari zaminida arablar istilosiga qadar shakllangan edi. Tabiiyki, asosan bastakorlik san'ati taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan va bularga o'xshash murakkab shaklli asarlarda davr xaroratigina emas, balki o'nlab ijodkorlar tafakkuri, dunyoqarashlari va badiiy umumlashmalari o'z aksini topgan. Shuning uchundir-ki, XVI - XVII asrlarga oid manbalar, xususan Boburning "Boburnoma", Darvishali Changiyning "Tuxfat us-surur" musiqa risolasida bastakorlar ijodiga, ular yaratgan yuzlab asarlar ta'rifiga katta o'rin ajratilgan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda xam noma, bayoz, munozara kabi janrlar vositasida nazmiy - musiqiy tafakkur uyg'unlashishi namunalarini uchratish mumkin. Musiqa san'ati axliga xomiylik bobida Temuriylar an'anasini Nodirabegim, Muxammad Raximxon Soniy, Amir Olimxonlar taxtda o'tirgan yillari davom ettirishdi. 3

An'anviy qo'shiq ijrochiligining tarixida yana ko'rishimiz mumkinki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Xalim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon xofiz Bobosharifov, Zoxidxon xofiz, Madali xofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast xofizlar shular jumlasidandir. O'tmishda nota rivojlanmagan bo'lib, Ovrupa musiqa terminlari

2 "Xusravoniy" - bu ko'p qismli turkum asar. Bu asarni Xusrav II Eron shohi Parviz saroyida xizmat qilgan davrida yaratgan.

3 Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Ulug'bek Rahmonov "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rnida xofizlarimiz ovoz maromiga qarab "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqoxiy" deb atalmish nafas olish, chiqarish va ijro yo'llaridan foydalanishgan.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo'liga o'tdi. Ulardan Orif xoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Muxammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Fattoxxon Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Murodjon Axmedov, Ro'zimat Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Eson Lutfullayev, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Xamdamov, Tojiddin Murodov, Kamoliddin Raximov, Qobiljon Yusupov singari mashxur xofizlarni misol qilib keltirishimiz mumkin4

Bundan tashqari buyuk istiqlolimiz sharofati tufayli an'anaviy qo'shiqchilik san'atimiz rivoj topayotgan davrda ulug' ustozlarimiz Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattoxxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov, nomlari bilan o'tkazilayotgan respuplikalar va vohalar yosh xonandalari ko'rik tanlovlari, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa anjumanida xofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyotlari, vatanimizni madx etuvchi qo'shiqlar ko'rik tanlovlarining xar yili an'anaviy tarzda o'tkazilishi qo'shiqchilik san'atimizning rivojlanishida muxim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirishib, qator yosh san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan xolda o'zlariga xos ijro yo'llari va uslublari bilan qo'shiqchilik xazinasiga sezilarli xissa qo'shmoqdalar. Mana shunday ustozlar san'atini davom ettirib, ularning san'atini xozirgi yosh avlodga yetkizib kelgan, xatto xozirgi yoshlarimizga o'rgatib kelayotgan, moxir sozanda va xonanda, bastakor hamda O'zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov xam bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Sultonali Mannopov o'z faoliyati davomida ustozi Tavakkal Qodirovdan o'rgangan ilmlarni, xamda asarlarni o'zidan keyin o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rgatib kelmoqda. Sultonali Mannopovni ijodi dasturida "Ushshoq", "Bayot", "Qalandar", "Abduraxmonbegi" kabi mumtoz ashula turkumlari, "Bog'aro" "Kirib bo'stonni kezdim" kabi katta ashulalar, "Ul kun jonon", "Ul parivash" va boshqa shu singari yallalar, zamonaviy bastakorlar yaratgan A.Ismoilovning "Gulzorga qarasam", K.Soliyevning "Vatanni sevmoq iymondandur" kabi qo'shiqlari xamda o'zi bastalagan "Qalandar ishqi", "Vodiy taronasi", "O'zbekistonim", "Kelsa sanamim" va boshqa shunga o'xshash asarlari o'rin olgan. Bundan tashqari Sultonali Mannopovni o'zbek musiqasi mazuidagi ilmiy ommabop hamda badiiy risolalar mavjud. Bulardan "An'anaviy qo'shiq ijrosi", "Tavakkal Qodirov", "So'nmas

4 Sultonali Mannopov "Navobaxsh oxanglar". Toshkent "IJOD-PRESS"2018.

525

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

navolar" singari to'plamlari ko'plab yosh avlod uchun xizmat qilib kelmoqda.5 Sultonali Mannopov hozirda O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi a'zosi, hamda Farg'ona davlat universitetida "Musiqa ta'limi" kafedrasi mudiri, professor kabi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Yana uni mohir dirijor, musiqashunos olim, yetuk sozanda va bastakor desak, mubolag'ada bo'lmaydi. Sultonali Mannopov o'zbek musiqa san'atini, jumladan, Farg'ona - Toshkent ijrochilik namoyondalari -Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Muxtorjon Murtazoyev, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattoxxon Mamadaliyev singari ustozlar an'analariga suyangan xolda, ular ijodini ilmiy asoslab, o'ndan ortiq risolalar yaratdi. Uning "O'zbek xalq musiqa madaniyati", "O'zbek madaniyati va san'at tarixi" singari o'quv qo'llanmalari, xamda "So'nmas navolar", "Qo'shiq olami yulduzlari", "O'zbekiston bulbuli" singari monografiyalari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, Sultonali Mannopov ustoz san'atkor Tavakkal Qodirov ijrochilik maktabini ilmiy tahlil etib, uning xayoti xamda ijodi xaqida xam kitoblar va qator maqolalar e'lon qildi.

XULOSA

Shunday qilib, o'zbek bastakorlik ijodiyotida yana ko'plab ustozlarni ishlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning barchasi o'z zamonasida bastakorlik ijodiyotida hamda o'zbek an'anaviy musiqamizni rivojlanib, sayqal qopishida xizmatlari katta. Hozirgi yosh avlod ham ularning yo'lidan borib, ularni ijodlarini, an'analarini davom ettirib, o'zidan o'sib kelayotgan avlodga saqlab, yetkizib berishdek mas'uliyatini xis qiladi. Ular o'zbek san'atini butun dunyoga namoyish etib, milliy musiqa namunalarimizning dunyoda qanday o'ringa ega ekanligini ko'rsatib kelmoqdalar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Sultonali Mannopov. "Navobaxsh oxanglar" - Toshkent -"IJOD - PRESS" -2018.

2. Rahmonov Ulug'bek. "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

3. Begmatov Soibjon "Xofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma -"Musiqa" nashriyoti - Toshkent - 2007.

4. Muhabbat Solixova "An'anaviy xonandalik ansambli"Toshkent - 2010.

5. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent - 2015.

6. SOIBJON BEGMATOV "BASTAKORLAR IJODI". Toshkent - "Niso Poligraf' - 2017.

5 "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti_Toshkent - 2003.

526

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Yuldasheva N., Raxmatova N. "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» - 2016.

8. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

9. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

10. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

11. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

12. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

13. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

14. Абдусатторов А. О макомных мелодиях, адаптированных для оркестра узбекских народных инструментов. Международный журнал по экономике, финансам и устойчивому развитию , 2 (11), 28-30.

15. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

16. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

17. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

18. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.