Научная статья на тему 'O’ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISH TARIXI'

O’ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1159
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
folklor / Avesto / cholg’u asboblar / xonanda / sozanda / yozuv / xarf / xarfiy sistema. / folklore / Avesta / musical instruments / singer / musician / writing / writing / letter system.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S Jo’rayeva

O’zbek xalqiming qadim – qadim zamonlardan musiqa ilmini rivojlantirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilgan. Bunga o’sha davr bastakor va sozanda xonandalari tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilgan. O’z zamonasining yetuk faylasuflari musiqa ilmi borasida turli risolalar chiqarishib, o’zbek musiqasini rivojlantirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC

Since ancient times, the Uzbek people have done a lot of work on the development of musical science. Much was done by composers and singers of that time. Mature philosophers of their time published various treatises on musical science and developed Uzbek music.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISH TARIXI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MUSIQASINING RIVOJLANISH TARIXI Jo'rayeva Sanobarxon Azamjonovna

Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Musiqa ta'limi va san'at"

yo'nalishi I-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7245314

Annotatsiya. O 'zbek xalqiming qadim - qadim zamonlardan musiqa ilmini rivojlantirish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilgan. Bunga o'sha davr bastakor va sozanda xonandalari tomonidan ko'plab ishlar amalga oshirilgan. O 'z zamonasining yetuk faylasuflari musiqa ilmi borasida turli risolalar chiqarishib, o'zbek musiqasini rivojlantirgan.

Kalit so'zlar: folklor, Avesto, cholg'u asboblar, xonanda, sozanda, yozuv, xarf, xarfiy sistema.

ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКИ

Аннотация. С древних времен узбекский народ проделал большую работу по развитию музыкальной науки. Многое было сделано композиторами и певцами того времени. Зрелые философы своего времени издавали различные трактаты по музыкальной науке и развивали узбекскую музыку.

Ключевые слова: фольклор, Авеста, музыкальные инструменты, певец, музыкант, письмо, письмо, буквенная система.

HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC

Abstract. Since ancient times, the Uzbek people have done a lot of work on the development of musical science. Much was done by composers and singers of that time. Mature philosophers of their time published various treatises on musical science and developed Uzbek music.

Keywords: folklore, Avesta, musical instruments, singer, musician, writing, writing, letter

system.

KIRISH

O'zbek xalqining og'zaki an'anada rivojlanib kelgan musiqa merosi shaklan va mazmunan badiiy mukammalligi bilan ajralib turadi. Musiqa san'atiga bevosita ma'lumotlar bir qancha manbalarda uchraydi. Hatto Avestoning miloddan avvalgi davrlarda hozirgi o'zbeklar istiqomat qilayotgan joylarda yashagan xalqlarning turli marosimlari haqida bayonlar mavjud, eng muqaddas hisoblanuvchi, Zardushtiylikdan meros qolgan "gatlar" ya'ni naqllar zamonaviy tadqiqotlarda - qo'shiq aytimlar deb nomlanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekistonda hamda qo'shni davlatlarda olib borilayotgan arxeologik qazilmalar musiqaga oid aniq ashyoviy dalillar bermoqda. Ayritom piramonidagi sozandalar, Panjikent devoriy rasmlaridagi sahnalar. Afroosiyob, Dalvarzintepa va boshqa xududlardan topilgan yodgorliklar shular jumlasidandir. Miloddan avvalgi mahalliy musiqiy hayot yunon tarixchilari Gerodot, Ktesiy, Ksenofont, Strabon, Ptolemey, Arrianlarning asarlarida ham yoritilgan. Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qadimgi dunyo davlatlari - Misr, Shumer, Bobil, O'rta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1-ming yillik davri), Xitoy, Xindiston, Yunoniston, Rim madaniyatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholg'u, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bo'lgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Turli xil musiqa asboblari: chang, ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega bo'lgan. Musiqaning ushbu davrda asosan og'zaki an'anada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv ieroglif, xarfiy va boshqa tizimi ixtiro etilgan, musiqa nafisasi va nazariyasi ta'limotlari shakllangan: Bulardan: Xitoyda - Konfutsiy, Yunonistonda - Pifagor, Geraklit, Demokrit, Áristotelb, Platon, Aristoksen va boshqalar, O'rta Osiyoda - Borbad kabi faylasuflar o'z musiqaga oid ta'limotlarini yaratgan.

Turli marosim va mehnat mavzulari uzoq o'tmishdan bastakorlar ijodiyotida ustuvor o'rin egallab kelgan. Markaziy Osiyolik mashxur xonanda, sozanda va bastakor Borbad Marvaziy (taxminan 585-638) ijodi bunga misol bo'la oladi. Zero, u o'z faoliyatini dastlab xalq orasida o'tkazib, muayyan urf-odatlar, ba'zi rivoyatlar, xatto yaxlit yil taqvimi 360 kun, xafta va oylar tizimi bilan bog'liq mavzularni o'z asarlarida aks ettirgan. Eron shoxi Xusrav II Parviz saroyida xizmat qilgan yillari esa, bastakorlik tarixidagi ilk ko'p qismli «Xusravoniy» turkumini yaratdi.

Musiqa ijodiyotining ilk ko'rinishlari ham ibtidoiy jamoa davrida, asosan, ovchilik va terimchilik bilan kun kechirgan odamlarning mehnat va marosimlari jarayonida yuzaga keladi. Ommaviy o'yinlarning urg'u-zarbalari. jodu-afsun ohang iboralari, hayvonlar ovoziga taqlid sadolari, signal darak beruvchi qichqiriq-baqiriqlardan asta-sekin aynan musiqa xususiyatlariga ega bo'lgan ifodaviy vositalar qaror topadi. Ular, asosan, odam tanasi qo'l-oyoq harakatlarini aks ettiruvchi ritmik tuzilmalar, usullar, shuningdek, odam ovozi, nutq intonatsiyasi ta'sirchanligiga asoslangan ohang iboralari tarzida rivoj topadi. Shu bilan birga tosh, suyak, yog'och, chig'anoq, shox kabi tabiat narsalari ilk musiqa cholg'ulari, «musiqa qurollari» sifatida qo'llanila boshlaydi. Bulardan hozirgacha saqlanib qolgan turli shiqildoq, zuvilcha kabi idiofnlar, puflama hushtak, burg'u, sibizg'a, urma qayroq, dovul cholg'ularni ko'rsatish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Dehqonchilik va chorvachilikka o'tish davrida oldin muayyan tartib hamda aniq balandlikka ega bo'lmagan tovush nisbatlari asosida tovushqator, parda tuzilmalari, o'lchov va vaznning ilk shakllari yuzaga keladi. Mazkur jarayonda oddiy xususan, mavsum marosim qo'shiqlar, muayyan mavzuli cholg'u kuylar qaror topadi. Ibtidoiy san'atda paydo bo'lgan o'yin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholg'u kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni urf-odat, marosim, bayram va boshqalarga bevosita bog'langanligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqa folklor namunalari sof estetik hodisalar ma'nosida emas, kundalik hayot, maishiy, mehnat, marosim va boshqalar vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Ko'pgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar bo'lib, bularda kuy-ohanglar so'z qo'shiq, terma, lapar , raqs o'yin-raqs kuylari, tomosha, musiqiy tomosha bilan uyg'unlashgan holda yuzaga keladi.

Muayyan badiiy an'ana va shakl andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda masalan, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqti, joyi va muhitiga qarab o'zgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud bo'ladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi , masalan, o'zbek xalq musiqasida Buxoro-Samarqand musiqa uslubi , Surxondaryo - Qashqadaryo mus iqa uslubi. Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik terma, musiqiy ertak, maddohlik , qissaxonlik, afsona kuylari kabi, dramatik musiqiy-tomosha va lirik qo'shiq, lapar, yalla , madhiya turlarga, ijro etish sharoitiga qarab - maishiy, marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq, omma badiiy ongining mahsuli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda, sozanda, do'mbrakash, dutorchi tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir. Musiqiy foylklor, o'z navbatida, professional musiqa san'ati bilan o'zaro chambarchas alo qada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va o'zgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud. Halqimizning serqatlam musiqa merosi hozirgi o'zbek musiqashunosligida oddiy va murakkablik nuqtai nazaridan asosan ikki turga bo'linib, musiqa folklori mehnat, marosim kuy va qo'shiqlari, shaklan oddiy ashulalar va professional -kasbiy mumtoz musiqa doston, katta ashula, murakkab shaklli ashula va cholg'u kuylar, maqomlarga taqsimlanadi. Vaholanki, so'nggi turdagi asarlar yaqin-yaqin yillargacha Abdurauf Fitrat, Abdulhaqid Cho'lpon, G'ulom Zafariy va boshqalar tomonidan o'zbek klassik musiqasi deb yuritilgan.

MUHOKAMA

Folklor, mumtoz musiqada keng tarqalgan bir qancha kuy va ashula yo'llari bir vohadan ikkinchisiga ko'chib, mahalliy musiqa dialektlariga payvandlanib ketishi natijasida muayyan asarlarni vohabop "Farg'ona Tanavori", "Samarqand Ushshog'i", "Buxoro Irog'i" kabi ko'rinishlari yuzaga kelgan. Natijada hozirgi kunga kelib, an'anaviy o'zbek ijrochiligi va ijodchiligida Farg'ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm mintaqalariga xos lokal musiqiy-uslubiy xususiyatlar namoyon bo'lmoqda. XULOSA

Shu kabi musiqiy uslublar bizning musiqamizda muhim o'rinni olgan. Va yana shunga o'xshash ko'plab manbalar hozirda yosh o'sib kelayotgan avlodlarga musiqa ilmini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

REFERENCES

1. Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Ulug'bek Rahmonov "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

2. Begmatov Soibjon "Xofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma -"Musiqa" nashriyoti -Toshkent - 2007.

3. Muhabbat Solixova "An'anaviy xonandalik ansambli" - Toshkent - 2010.

4. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent - 2015.

5. SOIBJON BEGMATOV "BASTAKORLAR IJODr - Toshkent - "Niso Poligraf' - 2017.

6. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'Zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» - 2016.

7. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti - Toshkent - 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.