Научная статья на тему 'XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
749
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
xalq ijodi namunalari / kasbiylik / yozma manbalar / og’zaki manbalar / mahalliy uslublar / havaskorlik faoliyati.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madina Nasretdinova, Ulug‘bek Isakov, Rustam Orziboyev

O’zbek xalq ijodi ko’p asrlik tarixga ega. Xalq ijodining mukamallashib, sayqallashida ko’plab san’at turlari paydo bo’ldi. Bu san’at turlarining shakllanishi folklorni yuzaga keltirdi. Xalq ijodi ko’plab san’at turlarida o’z o’rniga ega bo’lgan san’ar namunalar shakllandi. Ya’ni bunda xalq ijodi namunalaridan, professional sozanda va xonandalar, xalq o’yinlari, qiziqchi, xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati, an’anaviy madaniyatning o’gzaki va yozma namunalari paydo bo’ldi. Bu san’at namunalari esa xalqimizda avloddan – avlodga, ustozdan shogirdga an’anasi tarzida davom etib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Madina Nasretdinova Ulug'bek Isakov Rustam Orziboyev

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

O'zbek xalq ijodi ko'p asrlik tarixga ega. Xalq ijodining mukamallashib, sayqallashida ko'plab san'at turlari paydo bo'ldi. Bu san'at turlarining shakllanishi folklorni yuzaga keltirdi. Xalq ijodi ko'plab san'at turlarida o'z o'rniga ega bo'lgan san'ar namunalar shakllandi. Ya'ni bunda xalq ijodi namunalaridan, professional sozanda va xonandalar, xalq o'yinlari, qiziqchi, xalq tasviriy va amaliy bezak san'ati, an'anaviy madaniyatning o'gzaki va yozma namunalari paydo bo'ldi. Bu san'at namunalari esa xalqimizda avloddan - avlodga, ustozdan shogirdga an'anasi tarzida davom etib kelmoqda.

Kalit so'zlar: xalq ijodi namunalari, kasbiylik, yozma manbalar, og'zaki manbalar, mahalliy uslublar, havaskorlik faoliyati.

KIRISH

Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; an'anaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq og'zaki badiiy ijodi, xalq musiqasi, xalq teatri, xalq o'yinlari, qo'g'irchoqbozlik, dor va yog'och oyoq o'yinlari, xalq tasviriy va amaliy bezak san'ati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida ko'pchilikning ishtiroki bo'lgan Xalq ijodining turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda shakllanib, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o'tib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora an'anaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega bo'lgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qadimiy namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda ya'ni Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi, arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uy-ro'zg'or buyumlarida saqlanib kelgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, e'tiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuyg'ulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi o'yfikrlari o'z ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan. Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim iste'dodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qo'g'irchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, o'ymakorlar, kashtado'zlar va h.k. san'ati yuz aga kelgan.

NATIJALAR

Xalq ijodi professional san'atning yuzaga kelishi va rivojida katta o'rin tutadi. O'z navbatida, professional san'at ham Xalq ijodi rivojiga ta'sir ko'rsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yo'qolganlarini tiklash ehtiyoji o'zining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga bo'lgan intilishidan kelib chiqqan.

Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qo'riqxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy o'rganilishi va nashr etilayotganligi, ko'plab folklor etnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdig'idir. Xalq og'zaki badiiy ijodi folklori, inson nutqi shakllanishi bilan xalq og'zaki badiiy ijodining qadimiy tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini o'z ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bog'langan bo'lib, qadimiy odamlarning diniy e'tiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlang'ich ilmiy bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroq qadimiy folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bog'liq turli tuman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, ba'zi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq og'zaki badiiy ijodi bilan tarixan bog'liq adabiyot xam paydo bo'ldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy faoliyat bilan bog'lanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati bo'lib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi o'ziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot o'zining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, o'ziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. So'z san'atining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bog'liq bo'ldi. So'z san'ati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farqdan, ijodiy jarayonning xilma xilligi ularning o'zlariga xos spets xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor o'zlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega bo'lgan so'z san'atining mustaqil 2 turi — og'zaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.

Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining og'zakiligi va unda ko'pchilikning ishtirok etishi xalq og'zaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning an'anaviylik, o'zgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik kabi ko'pdan ko'p belgilari

folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon bo'ladi. Folklor namunalari og'zaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida og'zaki tariqatlar hamda ommaviy repertuardan keng o'rin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barqarorligi, matndan matnga o'tuvchi umumiy o'rinlarning qat'iylashganligi, o'xshash sayyor syujetlarning ko'pligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor va ijroda an'anaviy asardagi nimalardir o'zgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qo'shiladi yoki tushib qoladi. Bunday o'zgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi salohiyatiga bog'liq. Lekin har qanday o'zgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida qadimiylashgan puxta an'analar doirasida sodir bo'ladi. Demak, jonli og'zaki an'ana doirasidagi badihago'ylik folklor asarlarining ko'p variantlarida tarqalishiga olib keladi.

Xalq og'zaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turli tuman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bog'liq. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga og'zaki an'analar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, ba'zan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barqarorlashgan va qat'iylashgan jamoaviylik an'analari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega bo'lsa, ya'ni ularning namunalaridan har bir kishi ozmi ko'pmi ayta olsa, boshqalarining ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq og'zaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda o'ziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan.

Folklor janrlari ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot bilan uzviy bog'liq. Xalq hayotidagi tarixiy o'zgarishlarga ko'ra, ular ham o'zgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yo'qolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda ko'p qatlamlilik mavjud bo'lib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar o'z izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqqiyoti va tarixiytipologik nuqtai nazardan qaraganda, eng qadimiy davrlarda ko'pchilik xalqlarda miflar, urug' va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qarg'ishlar, mavsum marosim folklori namunalari, mehnat qo'shiqlari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan.

Xalq musiqasi ya'ni musiqiy folklor — og'zaki an'anadagi musiqa turi. Ibtidoiy san'atda paydo bo'lgan o'yin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholg'u kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoniga bevosita bog'langanligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar ma'nosida emas, kundalik hayot vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Ko'pgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar bo'lib, bularda kuy ohanglar so'z, raqs, tomosha bilan uyg'unlashgan holda yuzaga keladi.

MUHOKAMA

Muayyan badiiy an'ana va shakl andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqti, joyi va muhitiga qarab o'zgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud bo'ladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi, mas, o'zbek xalq musiqasida Buxoro—Samarkand musiqa uslubi, Surxondaryo—Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar.

Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik - terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi, dramatic - musiqiy tomosha va boshqalar va lirik - qo'shiq, lapar, yalla, madhiya va boshqa turlarda, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda, sozanda tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir Musiqiy folklor, o'z navbatida, professional musiqa san'ati bilan o'zaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va o'zgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud.

XULOSA

O'zbekistonda xalq ijodining bir ko'rinishi hisoblangan folklor janrini saqlab qolish, uni yoshlar o'rtasida, jamiyatimizda, xalqimizni orasida keng targ'ib etish maqsadida yurtimizda xalq ijodining turli yo'nalishlarini rivojlantirish, targ'ib etish, xalq ijodi sohasida turli ko'rik tanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniy ma'rifiy ishlar ilmiy metodik markazi shug'ullanib keladi. Shu jumladan, O'zbekistonda muntazam ravishda folklor etnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, to'ymarosim qo'shiqlari ijrochilarining Respublika ko'rik tanlovlari, milliy dorbozlar, an'anaviy sirk san'ati va havaskor qo'g'irchoq teatrlarining Respublika ko'rik festivallari, „Boysun bahori" xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa o'tkaziladi.

REFERENCES

1. Durdona, M. (2021, May). ABOUT DUTOR AND HIS PERFORMANCE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 29-31).

2. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1(1), 196-199.

3. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

4. Nurmamatovich, D. S. (2022). The Role of Modern Technologies in the Learning Process. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(8), 6-9.

5. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

6. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 50-52.

7. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

8. ZAYNIDDINOVNA, N. I. Uzbek National Dance Art and Its Historical Stages. JournalNX, 6(12), 191-194.

9. Najmetdinova, M., & Odinahon, S. (2021, October). HISTORY OF TRADITIONAL PERFORMING ARTS. In Archive of Conferences (pp. 89-91).

10. Axadjonovich, Q. A., & Mamasodiqovna, N. M. (2021, May). MARGILAN LARGE ASHULA SCHOOL. In E-Conference Globe (pp. 292-298).

11. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

12. Rahmonov Ulugbek. (2021). AN ANALYSIS OF WORDS WHOSE EMOTIONAL MEANING CHANGES IN MODERN ENGLISH LINGUISTICS. Euro-Asia Conferences, 7(1), 131-136. Retrieved from http://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/40

13. Рахмонов У., Эргашев А., Атабаева С. и Дилфузахон С. Ю. (2021, декабрь). РОЛЬ ДУХОВНОЙ СРЕДЫ В ПРОНИКНОВЕНИИ ПОП-МУЗЫКИ В УЗБЕКИСТАН. В Архиве конференций (стр. 51-53).

14. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). IN THE FORMATION OF THE SOCIO-SPIRITUAL THINKING OF YOUNG PEOPLE IN THE MUSICAL ART OF THE GREAT SCHOLARS OF THE EASTERN RENAISSANCE POSITION HELD. In Archive of Conferences (pp. 36-39).

15. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role and Importance of Music Clubs in The Leisure of Young People. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 47-49.

16. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

17. Nomozova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING VOCABULARY IN STAGES. Архив Научных Публикаций JSPI.

18. Rahmonov, U., Ergashev, A., Atabaeva, S., & Dilfuzakhon, S. Y. (2021, December). THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. In Archive of Conferences (pp. 51-53).

19. AKHROROVA, R. U. (2021). THE LINGUISTIC IMAGE OF THE WORLD AND THE GENDER ASPECT OF THE CONCEPT OF" AGE" IN FRENCH AND UZBEK. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 585-589.

20. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

21. Маннопов, С., & Сулейманова, Д. К. (2019). Музыкальное наследие узбекского народа. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 82-84.

22. Mannopov, S. (2004). O'zbek xalq musiqa madaniyati. Toshkent., "Yangi asr avlodi" nashriyoti.

23. Karimova, M., Achildiyeva, M., Ikromova, F., & Xaydarova, O. (2021). USE FROM PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS.

24. Egamberdiyeva, T. U. A., & Qurbonov, J. A. (2020). DIAGNOSTICS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL CULTURE AMONG STUDENTS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 512-519.

25. Abdumalikovna, Y. D. (2021). The Role and Importance of Culture and Art in The Development of Society. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 1-3.

26. Yuldashev, F. (2021). The Study Of Socio-Psychological Problem Of Loneliness. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 72(12), 2580-2590.

27. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2846-2850.

28. Laylo, T. (2022). FUNCTIONS OF MUSICAL CULTURE IN THE FORMATION OF A SPIRITUAL WORLD VIEW. World Bulletin of Social Sciences, 6, 72-77.

29. Турсунова, Л. Э. (2019). Признание о международном фольклорном фестивале «Великий шелковый путь», проведённом в городе Маргилан Ферганской области. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 109-112.

30. Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So 'ngi o 'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.