Научная статья на тему 'ESTRADA VA BOLALAR QO’SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH.RAMAZONOV'

ESTRADA VA BOLALAR QO’SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH.RAMAZONOV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
458
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
«Asl farzand» / «G‘unchalar» / «Quyoshli O‘zbekiston» / «Xorazmcha» «Mard paxtakorlar»

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Toshmatov Davlatjon

O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sharif Abdullayevich Ramazonov XX asr ko‘p ovozli o‘zbek musiqa san’atining tamal toshini qo‘ygan kompozitorlar: K.Abdullayev, V.Uspenskiy, N.Mironov, M.Ashrafiy, M.Burhonov T.Sodiqov, M.Leviyev, S.Yudakovlarning safdoshidir. U ijodkorlik, rahbarlik va jamoatchilik faoliyati bilan zamonaviy o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTRADA VA BOLALAR QO’SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH.RAMAZONOV»

ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR

SH.RAMAZONOV

Toshmatov Davlatjon O'zDSMI FMF

Annotatasiya: O'zbekiston xalq artisti, kompozitor Sharif Abdullayevich Ramazonov XX asr ko'p ovozli o'zbek musiqa san'atining tamal toshini qo'ygan kompozitorlar: K.Abdullayev, V.Uspenskiy, N.Mironov, M.Ashrafiy, M.Burhonov T.Sodiqov, M.Leviyev, S.Yudakovlarning safdoshidir. U ijodkorlik, rahbarlik va jamoatchilik faoliyati bilan zamonaviy o'zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi.

Kalit so'zlar: «Asl farzand», «G'unchalar», «Quyoshli O'zbekiston», «Xorazmcha» «Mard paxtakorlar»

SINGER OF POP AND CHILDREN'S SONGS, COMPOSER

SH.RAMAZONOV

Toshmatov Davlatjon FRB UzSIAC

Abstract: People's Artist of Uzbekistan, composer Sharif Abdullayevich Ramazonov Composers who laid the foundation stone of Uzbek polyphonic music of the XX century: K.Abdullayev, V.Uspensky, N.Mironov, M.Ashrafiy, M. Burhanov is a comrade of T. Sodikov, M. Leviev, S. Yudakov. He has left a bright mark on the history of modern Uzbek music with his creativity, leadership and public activities.

Keywords: "Original child", "Gunchalar", "Sunny Uzbekistan", "Khorezm", "Brave cotton growers"

Ramazonov Sharif Abdullayevich 1910 yili 16 iyunda Xorazm viloyati Xiva tumani Gandimyon qishlog'ida dehqon oilasida tavallud topdi. Ota - onasidan juda erta yetim qolgan Sharif xolasinikida va begonalarning xonadonlarida kun kechirdi. 1920 yilda Xorazm xalq respublikasi rahbariyati davlat bolalar uyini tashkil etib, ularni o'qitdi, tarbiya hamda musiqadan birinchi saboq berdi. 1923 yil Xivada bolalar musiqa maktabi ochilishi bilan Sharif birinchilardan bo'lib skripka sinfiga kirdi, so'ngra o'qishini Toshkent musiqa texnikumida davom ettirdi. 1928 yili Samarqandda O'zbekiston musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topishi munosabati bilan mazkur institutga ko'chirma qilindi. Bu o'quv dargohida u T.Sodiqov, M.Ashrafiy, M.Burhonov, Sh.Sohibov, M.Leviyev, O.Halimov, M.Nasimov, N.Hasanov, F.Shamsuddinov, D.Zokirov, F.Shahobov, P.Rahimovlar

I fafli^^Bl 331 http://oac.dsmi-qf.uz

bilan o'zbek musiqa merosining bilimdonlari: Ota Jalol Nosirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Domla Halim Ibodov, M. Xarratov, Ahmadjon Umurzoqov, Abduqodir Ismoilov kabi ustozlardan hamda Yevropa musiqa nazariyasi va tarixidan saboq oldi. Shu institutda u musiqa bastalashga ham ilk qadam qo'yib, bir necha kuy va qo'shiqlar yaratdi. Jumladan, N.Mironov rahbarligida M.Ashrafiy, T.Sodiqov va Sh.Ramazonovlar birgalikda «Sadrash» nomli simfonik orkestr uchun marsh yozdilar. O'zbek xalq qo'shiq va kuylarini notaga yozib olib, «Farg'ona, Buxoro va Xiva qo'shiqlari» nomli to'plamni 1931 yilda nashrdan chiqardilar.

Sh.Ramazonov o'qishni bitirgandan so'ng 1933-1941 yillarda Toshkent davlat musiqa teatri dirijori, Urganch musiqali drama teatri badiiy rahbari va bosh dirijori, Xorazm viloyat san'at bosh boshqarmasining boshlig'i lavozimlarida ishladi. 1936 yilda Urganch musiqali drama teatrida uning «Xolisxon» (Hamzaning shu nomli dramasi asosida M. Majidiy tomonidan tayyorlangan), 1940 yil «Varka» (M. Majidiy pyesasi), 1940 yil «Shoxsanam» (S.Abdulla pyesasi) musiqali dramalari sahna yuzini ko'rdi. Shu yillarda u bir talay qo'shiqlar ham yaratdi. 1942 yili Sh.Ramazonov harbiy xizmatga chaqiriladi va front janglarida qatnashdi. So'ngra o'zi tashkil etgan damli cholg'ular orkestri bilan urush tugaguncha diviziya qaramog'ida xizmatda bo'ldi va 1946 yili armiya safidan zahiraga o'tkazilib, vataniga qaytadi.

Sh.Ramazonov 1946-1955 yillarda Namangan viloyati Navoiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri dirijori, keyinchalik direktor, ayni paytda, Namangan musiqa bilim yurti va musiqa maktabi direktori, 1948- yildan esa Namangan viloyati madaniyat va san'at bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida faoliyat ko'rsatdi. 1955 yili Toshkentga ko'chib kelgan Sh.Ramazonov O'zbek davlat estradasi konsert tashkilotiga badiiy rahbar etib tayinlandi. 1958 yilda O'zbekiston estrada - jaz orkestri tashkil etildi.

Sh.Ramazonovning o'zi ham estrada qo'shiqlari yaratadi va tez orada bu jamoa respublikamizda mashhur bo'ldi. Sh. Ramazonovning otalarcha g'amxo'rligi tufayli mazkur jamoaga sevimli estrada xonandalaridan Botir Zokirov, Luiza Zokirova, Elmira O'razboyeva, Staxan Rahimov, Bahrom Mavlonov, Yunus To'rahyevlar dadil ijodiy qadamlarini qo'ygan edilar.

Sh.Ramazonov 1962 yilda T.Sodiqov nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabiga direktor lavozimiga tayinlandi. Mazkur maktabda uzoq yillar davomida yosh san'atkorlarni tarbiyalash bilan mashg'ul bo'ldi. 1990 yili nafaqaga chiqdi.

Sh.Ramazonov mas'ul lavozimlarda mehnat qilishi bilan birga ijodga ham vaqt topib, Namangan teatrida sahna yuzini ko'rgan «Asl farzand» (A.Mirtemir p'esasi, 1947 y.), «G'unchalar» (Z.Fatxulin p'esasi, 1947 y.) musiqali dramalar, simfonik orkestr uchun «Quyoshli O'zbekiston» (1948 y.), «Xorazmcha» (1951 y.) syuitalari, «Mard paxtakorlar» (A.Po'lat so'zi, 1953 y.) kantatasi; simfonik orkestr uchun syuita №3 (1955 y.), O'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun «Mirzacho'l» uvertyurasi

I jbÓÜ^^Bl 332 http://oac.dsmi-qf.uz

(1956 y.), kompozitor A.Malaxov bilan hamkorlikda «Plyus bir» kinofilmiga musiqa (O.Yoqubov ssenariysi, 1967 y.) kabi yirik asarlar yaratdi. Shuni alohida aytish lozimki, Sh.Ramazonovning ijodida qo'shiq janri muhim o'rin egallaydi. Uning ovoz uchun, xor va bolalar uchun, ayniqsa, estrada qo'shiqlari uchun yozgan kuylari alohida qimmatga ega.

Jumladan «Ozod diyorim», «Tinchlik uchun», «Go'zal Farg'ona» (A.Bobojonov so'zlari), «Raqqos», «Oltin ter», «Toshkent gulshani» (O.Kamtar so'zlari), «Yayrayman» (M.Rahmonov so'zi), «Bir o'zimga havola» (T.To'la so'zi), xor uchun: «O'zbekiston» (A.Isroilov so'zi), «Andijonim» (X.Xo'jaev so'zi), «Terimchi qizlar taronasi» (A.Po'lat so'zi), «Qutlayman» (E.Vohidov so'zi), xor va raqsga mo'ljallab «Raqsga tushing, dugonalar» (B.Isroilov so'zi), xor, solist va o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun «Muborak ellik bahor» (O.Kamtar so'zi), «Namanganning olmasi» (Xalq kuyi) va «Ey mehribonim» (Ogahiy so'zi) kabi qayta ishlangan o'zbek xalq qo'shiqlari Luiza Zokirova ijrosida, «Intizorman», «Dilrabo», «Shahlo ko'zim» (O.Kamtar so'zlari); «Gulchi qiz» (M.Qoriev so'zi), «G'azalxon», «Bog' yerda barno qiz», «Yigitlar» (T.To'la so'zi), «Sevdim dildan» (A.Isroilov so'zi), «Sir o'zingga havola» (A.Po'lat so'zi), «Ra'no qiz» (B. Nasriddinov so'zi), «Do'stlik vatani» (D.Polinin so'zi) kabi qo'shiqlar Ra'no Sharipova, Staxan Rahimov, Bahrom Mavlonov, Yunus To'rayev, T.Sharipov, E.O'razboyeva, E.Qandov va M.Shamayevalarning ijrolarida mashhur bo'lib ketdi. O'zbekiston radiosining G'.Toshmatov nomidagi Dutorchilar ansambli uchun: «Yayrayman» (M. Rahmonov so'zi), «To'quvchi qiz qo'shig'i», «Yor yaxshi» va «Mirzacho'l yo'lida» (A.Po'lat so'zlari) kabi qo'shiqlarni yaratgan. Shuningdek, «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun qator quvnoq, jozibali, «Paxtaoy» bolalar estrada ansambli uchun «A'lochi» (X.Muhammadali so'zi), «Bugun bayram» (B.Isroilov so'zi), «Ko'zichog'im», «Bo'shashmayman», «Jibilajibon» (P.Mo'min so'zlari) va boshqa qo'shiqlari ular ijrosida keng ommaga tanildi.

Sh. Ramazonov 1952 yilda «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi», 1970 yilda «O'zbekiston xalq artisti» faxriy unvonlari, jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki Sharif Ramazonov serqirra ijodkor sifatda o'zidan katta maktab qoldirdi ba bu maktab kelgusi avlod uchun ko'p yillar xizmat qilgusidur

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharif_Ramazonov

2. Y3ÔeKHCT0H ôacTaKopnap H^ogn ^aHHgaH Matpy3anap Maran. YpraHH gaBnar yHHBepcHTera CaHtar ^aKynTera "MycHKUH TatnHM" Ka^egpacH. YpraHH-2010

333 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.