SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
XOR SAN'ATI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O'RNI
Mirzayev Qodir Toirovich
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Vokal kafedrasi professori
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada xor san 'atining paydo bo 'lish tarixi hamda uning jamiyat hayotida tutgan o 'rni borasida so 'z boradi. Shuningdek maqolada bir qator mashxur jamoatchilarning xor san 'atining inson ijtimoiylashuvidagi o 'rni borasidagi tadqiqotlari natijasida olingan fikrlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: Xor san'ati, ijro mahorati, ijtimoiylashuv, rivojlangan mamlakatlar, madaniy hayot, komil inson, jamoaviylik.
В данной статье рассказывается об истории хорового искусства и его роли в жизни общества. В статье также представлены мнения ряда известных представителей общественности в результате их исследований роли хорового искусства в социализации человека.
Ключевые слова: хоровое искусство, исполнительское мастерство, социализация, развитые страны, культурная жизнь, совершенный человек, командный дух.
This article talks about the history of choral art and its role in the life of society. The article also presents the opinions of a number of famous members of the public as a result of their research on the role of choral art in human socialization.
Key words: choral art, performance skills, socialization, developed countries, cultural life, perfect person, team spirit.
Insonning dunyoga kelishi asl mo'jizadir. Uning kamoloti esa haqiqiy saodatdir. Manashu soadatga erishish uchun insonning moddiy va ma'naviy jihatdan kamolotga yetmog'i lozimdir. Har bir inson bu ehtiyojlarni qo'ndirish uchun jamiyatga kirib borishi jamiyat bilan o'zini bir tanu bir jondek his qilishi lozim . Chunki inson ijtimoiy mavjudot bo'lib boshqa insonlarsiz , soadatga erisha olmaydi. Jamiyatning rivojlanishi ham o'z navbatida har bir shaxsning rivojlanganligi, aqlan sog'lom
ХОРОВОЕ ИСКУССТВО И ЕГО МЕСТО В ОБЩЕСТВЕ
АННОТАЦИЯ
CHORAL ART AND ITS PLACE IN SOCIETY
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bo'lishidan dalolat. Jismonan baquvvat va ruhan barkamol bo'lishi bilan bog'liqdir. Manashunday bir jamiyat shakllantirish har bir davlatning, mamlakatning orzu va istagidir. Zero har qanday mamlakat ham fuqarolarini baxtli va soadatli bo'lishini eng oliy maqsadi deb biladi.
Insonlar baxtli va soadatli yashashlari uchun o'zaro ahil va inoq yashashlari lozim bo'ldi. Bu siz toliq bo'lmaydi. Buni shaklantirishida pedagoglarimiz liderlar bilan bir qatorda o'z ishlarining ustasi bo'lgan jamoada ishlay oladigan qobilyatli shaxslarni ham shaklantrishi lozim. Ayniqsa hozirgi davirda barcha insonlar mashhur bo'lishga intilmoqda yoshlarimiz esa tezda tanilishni mashhur bo'lishni istashmoqda. Hozigi kunda esa jamoada yaxshi ishlash qobilyati bor shaxslarga avvalgidan ham ko'ra koproq mehnat bozorda talab bor. Buning sababi yosh avvlodning asta sekin jamoa bo'lib ishlash qobilyatlarini yo'qolib boryatganligi ham bunga sababdir. Bularning barini to'laligicha oldini ololmasakda, lekin bolalarimizga jamoa bo'lib ishlashni orgatishimiz o'ta muhim ekanligini unutmasligimiz lozim bo'ladi. Jamoa bilan ishlash hozrigi iqtisodiyotning ham asosiy negizidir. Yaponiya mamlakati iqtisodiy jihatdan o'zini tezda tiklab olishining ham asosiy sabablari aynan jamoa bilan ishlash bo'lganiligi bugungi kundagi iqtisodiyot darsliklarimizda takror-takror beriladi.
Yuqorida bayon qilib o'tgan bir nechta sabablar bilan bir qatorda jamiyatmizning kelajagi bor umid va ishonchi hisoblanmish yosh avlodni san'at turlariga qiziqtirish orqali ularni jamoada faoliyat yurita oladigan mustaqil shaxslarga aylantirish orqali har bir o'quvchilarni jamiyatda o'z orni top a oladigan qilib tarbiyalashdir. Bolalar kichikligidanoq jamiyatga singdirilmas ekan ular albatta kelajakda qiynaladilar. Agar bunday bolalar soni oshsa mamlakatda kadrlarga bo'lgan ehtiyoj oshib borib, ush bu holat iqtisodiy hamda siyosiy havfga olib keladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Xor san'ati o'ta nozik san'at turlaridan bo'lib, bolaning kichikligidanoq egallagan liderlik hamda o'z fikrini jamiyatda erkin ifoda eta oladigan shaxslar paydo bo'lishidir. Har birimiz jamiyatga boqar ekanmiz, ba'zan kamsitilgan bolalarni ko'ramiz. Bunday bolalar o'z fikrlari hamda mulohazalarini erkin aytishdan qo'rqganlari boisdan ham sahnaga yolg'iz chiqa olmaydilar. Shunday bolalar xorga qatnashsalar o'zlaridagi bu kabi qo'rquvni yenga olishlari hamda ular jamiyatning bir bo'lagi ekanliklarni tushunush imkoniyatini beradi. Jamoa bo'lib kuylashni kichik yoshdanoq o'rgangan bola yangi do'stalariga ham tezda kirishib ketadi. Borgan joyida shaxsiy fikrini aytishi esa hozrigi taraqiyotning asosi hisoblandi.
Bundan tashqari xor san'atida bolalarnining ovozlarini hisobga olish, ularni qiynamaslik, ularning ovoz imkoniyatidan ortiqcha yuk tashlamaslik , ularga iloji
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
boricha bir birini eshitishni o'rgatish bu orqali esa ortalarida o'zaro hurmatni shaklantirishga olib keladi. Xor san'atiga endigina qadam qo'yayotgan bolalarni ayni paytda tog'ri metodlar bilan ushbu san'atni o'rgatish, ovozlarni tog'ri shaklantirish, ichlaridagi "men"likni sindirmaslik, musiqa savodini keng ommaga yoyish, musiqani tushuna olish orqali klassik musiqani yanada ommalashtirish orqali jamiyatning madaniyatini yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarish eng dolzarb muammodir. Sababi san'at bilan uyg'un bo'lgan mamlakat taraqiy etishi borasidagi amaliy misollarning ko'p guvohi bo'lganmiz.
Musiqa madaniyati darslari qo'shidagi to'garaklarda jamoa bo'lib kuylash faoliyati jarayonida o'quvchilarning notani varoqdan erkin o'qishi ya'ni kuylashga hamda toza ovoz hosil qilishga bo'lgan badiiy ehtiyohini qondirish va qiziqishlarini shaklalnatirish mahoratli pedagog uchun dolzarb xisoblanadi.
Xor grekcha "xoros"-yig'ilish degan ma'nosini bildiradi[1]. Qadimiy grek teatr spektakllarida qatnashuvchi ashulachilar, o'yinchilar va deklamasiya qiluvchilar guruhi "xorvetlar" nomi bilan yuritilgan. Xor ijodiy uyushgan jamoa bo'li b, u ma'lum ovozga ega bo'lgan ijrochi xonandalardan tashkil topadi. Uning xarakterli belgilaridan biri bu xorda individual tembrlarning qo'shilishidan hosil bo'ladigan o'ziga xos (spesifik) tembrdir.
Xor deb maxsus tashkil qilingan vokal-xor texnikasiga, badiiy-ifoda vositalariga ega bo'lgan va shu vositalar orqali ijro qilinadigan asarning mazmunini eshituvchilarga yetkazib bera oladigan jamoani tushunamiz[1;8. ].
Xor san'ati ommani jamoaviy ishlash ruhi orqali tarbiyalash, kishilarni xalq qo'shiqlari ijodiyoti durdonalari, rus va chet-el klassik vakal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma'naviy dunyosini boyitadi.
Xor san'ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba'zi bir jamiyatshunos olimlarning fikrlaricha, havaskorlik xor jamaolarida astoydil qatnashgan kishilar hayotda ham ishlab chiqarish va turli boshqa sohalarda jamiyatda faol ishtirokchi bo'lar ekanlar.
Xor shunday bir san'atki, unda adabiy va musiqiy ijod o'zaro uyg'unlashib, yahlit badiy obriz yaratiladi. Bu sa'nat doimo xalq qo'shiqchilik ijodiyoti bilan bog'liq bo'lib hususan, o'zbek, rus va boshqa xalqlar milliy musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim ro'l o'ynab kelgan.
O'tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo'lmagan qator qardosh xalqlar qatorida respublikamizda ham yangi xor san'ati o'ziga xos yo'llar bilan shakllana bordi. Mazkur xalqlar o'zlarining milliy an'analariga tayangan holda musiqa madaniyatlarini yarata boshladilar. Bu muhim ishni amalga o'shirishda boshqa xalqlar singari bizning xalqimizda ham rus musiqa madaniyati hamda ijodkorlarining
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
o'mi beqiyosdir. Rus xalqida ham xor san'atining rivojlanishi umumiy qilib aytganimizda xor san'atining rivojlanishi aslida uzoq tarixga borib taqalishi barchamizga ma'lumdir.
Xor san'ati uzoq tarixga ega bo'lib u qadim zamonlardan beri xalqlar orzu-umidlari, his-tuygu'larini qo'shiq aytish, pantomime san'ati kabi vositalar bilan ifodalab kelganlar[2;18].
Ko'pchilik bo'lib qo'shiq kuylash deyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati, an'anaviy marosimlari, qolaversa, butun turmush hayoti bilan doima bog'liq bo'lib kelganligi barchamizga ma'lum shu boisadan ham an'anaviy marosim qo'shiqlari, u yoki bu marosim munosabati bilan xalq tomonidan yaratilgan, xor bo'lib ijro etilgan.
Ga'rb davlatlarida xalq qo'shiqlari bilan bir qatorda keyinchalik cherkovda ayitladigan professional xor ijrochilik san'ati paydo bo'ladi. Qadimiy cherkov qo'shiqchiligi asosan, bir ovozli yoki oktava bo'lib, X asrlarda ikki ovozli qo'shiqlar paydo bo'ladi. Uyg'onish davrida ko'p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi. Xususan, XV-XVI asrlarda polifonist kompozitorlar davrlarida xor san'arining a-kapella ijrochilik uslubi yanda ravnaq topdi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Shu tariqa professional xor qo'shiqchiligi vaqt o'tishi bilan cherkovdan tashqari podshoh, knyaz, pomeshchiklar saroylarida ham keng tarqaladi. Asosan bunday xorlarni katta-katta zodoganlar o'yin kulgi uchun saqlashadi. Keyinchalik bunday xorlar xor san'atining rivojlanishi uchun katta ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. O'rta osiyoga xususan O'zbekistonga xor san'atining kirib kelishi rus musiqasi va aynan rus musiqa madaniyatining tarixi bilan uzviy bog'liqdir. Rus xor san'ati madaniyati ham o'zining juda boy tarixiga egadir. Xor ijodiyoti va ijrochiligi bir necha o'zaro bog'liq yo'nalishda rivojlangan. Shahar va dehqonlar qo'shiqchiligi, ma'rifatli qo'shiq sevuchilar xorlari, maktab xorlari, professional cherkov xorlari va nodiniy yo'nalishdagi xorlar, opera xorlari shular jumlasidandir. Turli poetik mazmundagi qo'shiqlarni oilaviy bo'lib ijro etish shakli qadim zamonlardan ma'lum. Rossiyada ham aynan shu an'analar sababli ham nota yozuvi davrigacha og'zaki tarzda shaklaida rivojlanib kelgan va u ma'lum darajada cherkov qo'shiqchiligi bilan bog'liq bo'ldi. Lekin ilk cherkov musiqasi xalq qo'shiqlarini ta'siri ostida shakllandi. Qadimiy Rusda xalq qo'shiq ijodiyoti birinchi professional musiqachilar, qiziqchilar tomonidan kech targ'ib qilingan edi. Ular xalq o'yinlari va xor bo'lib qo'shiq aytishni uyushtirar edilar. Ularning qo'shiqlarida xalqning kundalik hayoti aks etar edi. Bu qoshiqlar bir ovozli bo'lib, ular aniq ritmikasi, harakatchanligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turar edi va ularning bu ishlari asosida boshqa qo'shiqchilik turlari ham shakllana bo'shladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
XV-XVI asrlarga kelib , Moskva davlatining mustahkamlanishi bilan cherkov ta'siri ham kuchaydi. Din vakillari tomonidan xalq ijodiyotiga, shuningdek, qiziqchilarga qarshi kurash boshlandi, cherkovlarga xonandalar olinib, ulardan cherkov xor qo'shiqchiligi uchun o'qituvchilar tayorlandi.
Birinchi professional xorlar xristian dinni qabul qilish davridayoq tashkil etila boshlandi. Shu davrdan boshlab, cherkov qo'shiqciligini o'rgatuvchi "maktablar" paydo bo'la boshldi. Xor ijrochilig, ayniqsa, Moskva rus davrida ravnaq topdi.
XVI va XVII asr boshlarida Ukraina va Belarusiyada xor qo'shqlarini aytishga o'rgatuvchi "qardosh maktablar" nomli maskanlar paydo bo'lgan edi.Bu esa o'z navbatida xor san'atini rivojlanishiga yana bir muhim sabablardan biri bo'ldi.
XVII-XVIII asrlarga kelib esa ko'pchilik knyazliklar, dvoryanlar va pomeshchiklar o'z qaramog'iga xor va orkestrlar tashkil qildilar. Bunday xorlarni musiqa- xor san'atini sevuchilar deb nomlar edilar. Bunday xorlarning jamoalarida yuksak musiqadan ilmi bor shaxslargina bo'lganliklar ma'lumdir.
Rossiyada opera san'atining rivojlanishi bilan opera-xor madaniyati ham o'sdi M.Glinka, N.Rimiskiy-Korsokov, M.Musorgiskiy, A.Borodin, P.Chaykobiykiy va boshqa qator kompozitorlar ijodi opera-xor janrini juda boyitdi. Ularning ijodiy faoliyati xalq qo'shqichiligi bilan bog'liq holda rivojlandi.
XIX asrning ikkinchi yarimida moddiy, yani ma'rifat yo'nalishidagi xor ijrochiligi faoliyati ham kuchaya bordi.
Aynan mana shu tarixiy davrda Rossiyada ommaviy uyg'onishlar, adabiyot, san'atdagi demokratik harakatlar ulkan vazifalarni oldinga surdi va rus qo'shiqchiligi maktabi prinsiplari yaqqol gavdalandi. M. Balakirov ba G. Lomankin tomonidan tekin musiqa maktabi, I.Melnikovning tekin xor sinflari ochilishi, rus musiqa va xor jamiyatlarining ochilishi, ular qo'shida tashkil topgan xor jamoalari faoliyati, Agrenev-Slavyanskiy kapellasi, Pererburg "Duma to'garagi" erkaklar xorlarining konsert faoliyati rus xor ijrochilig san'atini yuqori pog'anga ko'tardi.
Xalq qo'shiqchilik ijodiyoti rus musiqa madaniyatining negizini tashkil qildi. Rus milliy musiqa-lad tafakuri xalq qo'shiqchilig, jonli nutq talaffuzi bilan bog'langan holda ruvojlandi. Rus xor qo'shiqchiligi madaniyati oddiy, bir ovozli qo'shiqchilik formalaridan boshlanib, XIX asr ooxiri va XX asr boshida ko'p ovozli turli hildagi xor janrlari, ijro yo'nalishlariga keldi. Rus xor ijodiyotida yaratilgan ko'pgina nodir asarlar dunyo musiqa madaniyatining oltin fondiga kirdi. Xor ijrochiligi esa yuqori pog'onalarga ko'taridi. Peterburg xor kapellasi, Moskva Sunodal xori, Y. Golisi, A. Arxangelskiy, D. Agrenev-Slavyanskiy xorlarining chet elga qilgan safarlari rus xor madaniyatining tantanasi bo'ldi. Rus xor jamoalari,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
mashhur kompozitorlar va dirijorlar mislsiz ijodiy yutuqqa erishdilar, rus xor madaniyatini yuqori choqqilarga ko'tardilar[2;15].
O'zbek xalqi ham o'zining professional xor san'atiga ega bo'lmasada , lekin qadim davrlardan beri jamoaviy bo'lib qo'shiq aytish an'analriga ega bo'lgan. Ma'lumki, o'zbek xalqi ham, boshqa xalqlar kabi asrlar davomida o'zining mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan musiqiy durdonalarini yaratgan, e'zozlangan va uni og'zaki usulda avloddan-avlodga qoldirgan.
Xalq ijrochiligi san'atida aralash xorlar shakli deyarli bo'lmasada, alohida erkaklar, ayollar va bolalar tomonidan qo'shiq aytish an'analari bo'lgan. Misol uchun diniy marosimlarda, mavsumiy sayillarda, ramazon oyida bolalarning qo'shiq aytish yaki kattalarning zikr tushishi, marsiya qo'shiqlarini aytish ham jamoaviy ijtomoiy bir turi bo'lgan. Shuningdek, bolalar tomonidan "Boychechak", "Laylak keldi", "Ofrob chiqdi" kabi dunyoviy mazmundagi xalq qo'shiqlari aytilganda ham jamoaciy ijro formasini ko'rish mumkin.
An'anaviy bayramlarimizga aylangan Navro'zlarda, lola bayramlarida yigit va qizlarning qo'shiq aytishi, qadim zamonlardan beri to'ylarda aytilgan yor-yor, laparlar xor bo'lib ijro etilgan. Asrlar davomida to'plangan kohna meros "Shashmaqom"ning vocal qismidagi taronalar ham uch-tort kishi bo'lib ijro etilgan. Xalqimiz orasida keng tarrqalgan "Katta ashula"lar ham ikki, uch va hatto to'rt kishilashib ijro qilingan. Bu ijrorochilik formalari ham jamoaviy ijrosining bir turidir Shuni ham aytib o'tish kerakki , yuqorida eslatilgan janrlar bir ovozda ijro qilingan.
Ana shu falklor qo'shiqlarining va maqomlardagi aytim qismlarini jamoaviy bo'lib aytish kabi ijrochilik formalari kelgusida o'zbek xalqi orasida xor havaskorligi , qolaversa , o'zbek xor san'atining rivojiga zamin bo'ldi.
Respublikamizda o'tgan asrning 20-yillaridan boshlab musiqa va xor badiiy havaskorligi rivojlandi. Hususan , shu yillaarda o'quvchi va yoshlar o'rtasida musiqa havaskorligi keng tarqaldi. Musiqa, xor va raqs to'garaklari tuzila boshlandi.
Xar bir to'garakda, albatta, bir ovozli kichik xor ansambli bo'lib , yallalar, laparlar, qo'shiqlar va madhiyalarni ijro etilar edi. Shu yillarda o'zbek musiqa madaniyatining rivojlanishida Hamza Hakimzoda Niyoziyning faoliyati muhim rol o'ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Sh Roziyev Toshkent G'afur G'ulom nomidagi Adabiyat va san'at nashiryoti 1987 yil. 7-9 betlar.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
2. Matyakubov I.B. Xor va Xorshunoslik. Toshkent, 2019 yil. Fan va texnalogiya nashiryoti. 10-20 betlar.
3. Mirxaydarova Z. Muzika v dramaticheskom teatre Uzbekistana. M., 1981.
4. Karimov I. Po puti duxovnogo vozrojneniya. T., 1998.
5. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИНА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.
6. Насритдинова, М. (2023). ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLAJAK MUSIQA TA'LIMI OQITUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TA'MINOTI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(4), 241-246.
7. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.
8. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.
9. Akhrorova, R. U. (2022). EXPRESSION OF THE WORD "AGE'VAGE" IN FRENCH AND UZBEK. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 97-99).