Научная статья на тему 'XOR SAN’ATI TARIXI VA TARAQQIYOT YO‘LI'

XOR SAN’ATI TARIXI VA TARAQQIYOT YO‘LI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
110
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xor san’ati / diniy marosimlar / oktava / ohang / ritmik / intonatsiya / ladlar / ikki ovozlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muqaddas Risqulovna Muminova

Ushbu maqolada xor san’ati tarixi hamda rivojlanish bosqichlari haqida mulohaza yuritilgan. O‘zbekistonda xor san’atining kecha va buguni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XOR SAN’ATI TARIXI VA TARAQQIYOT YO‘LI»

XOR SAN'ATI TARIXI VA TARAQQIYOT YO'LI

Muqaddas Risqulovna Muminova

JDPU

Annotatsiya: Ushbu maqolada xor san'ati tarixi hamda rivojlanish bosqichlari haqida mulohaza yuritilgan. O'zbekistonda xor san'atining kecha va buguni yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: xor san'ati, diniy marosimlar, oktava, ohang, ritmik, intonatsiya, ladlar, ikki ovozlik

HISTORY AND WAY OF DEVELOPMENT OF CHORAL ART

Mukaddas Riskulovna Muminova

JSPU

Abstract: This article discusses the history and development stages of choral art. The past and present of choral art in Uzbekistan are covered.

Keywords: choral art, religious ceremonies, octave, tone, rhythmic, intonation, chords, two voices

Xor san'ati insonlar qalbida chuqur estetik zavq uyg'otib, ularni birlashtiradi, hamda ma'naviy saviyasi, badiiy didini kamol topishiga yordam beradi. Xor san'ati dastlab Yevropada paydo bo'lib, akademik yo'nalishda kuylangan. Xor atamasi -yunon tilidan olingan bo'lib, umumiy ma'noda "yig'in", "to'da'" kabi ma'nolami anglatadi.

Musiqa ovoz bilan sakllangan. Dastlabki paytlarda hali cholg'u asboblari yaratilmagan davrlardayoq kuylash san'ati mavjud bo'lgan. Qadimda xor kuylash san'ati diniy marosimlar bilan bog'lanadi. Qadimda xor san'ati dinga daxldor bo'lib, asosan cherkovlarda asosiy professional xor san'ati tusini olgan. G'arb davlatlar diniy qo'shiqchiligi, qadimiy yunonlar kabi dastlab bir ovozlik, yoki oktava bo'lgan. Asta-sekin insonlarning hayot tarzi va bilim saviyalari oshib borgani sari xor kuylash san'atida ham ohang, ritmik, intonatsiya va ladlar tuzilishida o'zgarishlar kirib mukammallasha boshladi. Xorning ijtimoiy vazifalari ham kengayib bordi. U nafaqat diniy marosimlar jarayonida balki, turli marosimlarda ham ijro etila boshlandi. Qo'shiqlar o'zinig ko'rinishi, farqlari va mavzulari mehnat, harbiy, muhabbat kabilar bilan bu yo'nalishni boyitib bordilar. Ular bayram va marosimlarda dastlab yakkaxon tarzga, so'ngra jamoa bo'lib kuylash ko'rinishlariga ega bo'ldilar.Tarixiy manbaa va toshlarga o'yib chizilgan suratlar ham shundan dalolat beradi-ki qadimgi Misr, Vavilon

va Hindistonlarda xor kullash san'ati rivojlangan bo'lgan. Qadimgi Gretsiada bu san'at turi o'ziga xos rivojlangan bo'lib, hatto bu san'at turi yoshlarning tarbiyasida juda muhim va katta ahamiyat kasb etgan.

XII asrlarda ikki ovozlik (organum va diskant) paydo bo'lganidagina yuqori va past ovozlarga bo'lina boshlanadi. Uyg'onish davrida xor kuylash san'ati haqiqatan ko'p ovozlik, dunyoviylik xususiyatlari kuchayishi asosida taraqqiy etdi. Natijada xor ovozlari yuzaga keladi va guruhlarga, ya'ni xor partiyalari - soprano, alt, tenor, basslaxga bo'linishi belgilanadi.

O'zbek xalqining ko'p asrlik ijtimoiy-madaniy hayoti rivojida turli ko'rinishdagi musiqiy janrlar paydo bo'lib, jamoa bo'lib kuylash ham ommaviy ravishda o'sib bordi. Ko'plab mehnat qo'shiqlari, to'y marosim qo'shiqlari jamoa bo'lib kuylanardi. Jamoa bo'lib kuylashning turli shakllarining paydo bo'lishi, o'zbek folklorida alohida janrlarning sintetik xarakteri: qo'shiqlar, raqslar va xor elementlarining mosligi shartlari bilan ham asoslangan. Bunday janrlarning ommaviylashgan turi bu - yalladir. Yallada yallachi yakka xonanda vazifasini bajaradi va bir vaqtning o'zida raqs ham tushadi, naqorat qismini esa jamoa bo'lib unison kuylashadi. Jamoa bo'lib darveshlarning talqini, maqomlarning tarona qismlari ham kuylangan. Yuqorida keltirib o'tilgan barcha holatlarda o'zbek xalqi hamisha jamoa bo'lib unison kuylashganligi xor jamoa bo'lib kuylash san'atining yaxshi rivojlanganligidan dalolatdir. To'g'ri, o'zbek musiqasi san'atining cholg'u musiqasidan tashqari hamma janrlar monodiyaga asoslangan bo'lsa, cholg'u musiqa esa ko'p ovozlik elementlarini o'z ichiga olgan. Yalla janrining paydo bo'lishini xor san'atining birinchi pog'onasi deb hisoblash mumkin. Qo'shiqning asosiy matnini yallachi raqs bilan birgalikda ijro eta boshlaydi, naqoratni esa kichik ashulachilar guruhi jo'r bo'lib ijro etadi. Asrlar davomida to'plangan ko'hna meros - "Shashmaqom"ning vokal qismlaridagi taronalar ham xonandalar ansambli tomonidan ijro etib kelingan. Jumladan, olzbek folklor qo'shiqlari va maqomlardagi jamoa bo'lib kuylash kelajakda Markaziy Osiyo xalqlari orasida xor san'ati rivojlanishiga olib kelgan. Bu san'at yosh avlodni ma'naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur, vatanparvarlik, nafosat va ijodkorlik tarbiyasini amalga oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni o'stirishga xiznat qiladi.

"Xor" atamasi haqida P.G.Chesnokov, A.A.Yegorov, V.G.Sokolov, K.K.Pigrovlarning qarashlarini umumlashtirib, V.Krasnoshyokov: - "Xor - bu katta vokal ijrochilari jamoasi bo'lib, u ijro etadigan asarlarining shaklan va mazmunan badiiy yaxlitligini o'z ijodiy faoliyati orqali xalqni estetik tarbiyalovchi jamoadir", -deb ta'riflayd. Xor san'ati insonlarda chuqur estetik zavq uyg'otadi, ularni birlashtiradi, hamda ma'naviy saviyasi, badiiy didini oshirishga yordam beradi. Xor -bu qo'shiqni, musiqani cholg'u jo'rligida yoki jo'rsiz, ya'ni a kapella ijro etuvchi jamoa.

Xor san'atining unison kuylash elementlari o'zbek musiqasida uchrashi, kelajakda ko'p ovozli Yevropa xor san'atining O'zbekiston hududida paydo bo'lishiga va rivojlanishiga zamin yaratdi. Alvaliga bu san'at o'zbek xalqining ongi va quloqlariga yot bo'lganligi, o'zbek xalq musiqasi uzoq arslar davomida monodiyaga asoslanib rivojlanganligi sabab bo'ldi. Lekin, o'zbek kompozitorlarining mehnatlari bu borada besamar bo'lmadi. M.Burxonov, S.Boboyev, I.Akbarov, B.Umidjonov kabi ko'zgako'ringan musiqa san'atining bilimdonlari bunday mushkul masalaning yechimini topdilar va o'zbek, tojik, qozoq xalq qo'shiqlarini mohirona tarzda ko'p ovozli xor jamoalari uchun qayta ishladilar. Ular tomonidan "Yorlarim", "Bibigul", "Go'zal qizga", "Qorasoch", "Lapar" shu kabi qo'shiqlar o'zining milliyligini yo'qotmagan holda qayta ishlandi va ijro etildi. Bu qo'shiqlarni eshitgan har bir inson xalqning musiqiy merosiga aylangan bu qo'shiqlarning yangicha tus olganligini, yana ifodaviyligini, nafisligini va garmonik jihatdan boyiganini sezdi va uni qabul qildi. Shu yo'sinda o'zbek musiqa san'atiga xor san'ati kirib kela boshladi. Biroq, bundan avval O'zbeksitonda xor san'ati rivojlanmagan deyish noto'g'ri bo'ladi.

Turkiston Rossiyaga qo'shib olingandan so'ng o'zbek xalqining madaniy turmush tarziga rus musiqiy madaniyatini kirib kela boshladi. Bu davrga xos bo'lgan jihat shu ediki, havaskor musiqiy jamoalar paydo bo'la boshlagan edi. Shular ichidan ko'zga tashlanadigan 1898-yil harbiy kapelmeyster V.Leysek tomonidan tashkil etilgan Lira-xor jamoasi edi. Bu jamoa tarkibi nafaqat xor jamoasi, balki kichik simfonik orkestr, yakkaxonlar - pianistlar va xonandalar ham kirardi. Jamoaning kontsert dasturlari mashhur valslar, mazurkalar, polkalar o'rin olgandi, balki yana Glinka, Dargomijskiy, Meyerber, Verdi kabi mashhur opera ustalarining operalaridan olingan xor sahnalari ham mavjud edi. "Lira" jamoasining mashhurligi ularning hamma vaqt turli hayriya kontsertlarda ko'p ishtirok etishlaridan edi. Sekin-asta o'zbek va rus musiqasi madaniyatlari xalqlarga singish jarayoni boshlandi.

1918-yil Turkiston milliy konservatoriyaning ochilishi jamoa bo'lib kuylashni keng ommaviylashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. ljodiy jamoalari orasida V.Sakovich rahbarligidagi xor jamoasi ham mavjud edi. 1922-yil Turkiston xalq konservatoriyasi musiqa bilim yurtiga aylantiriladi. 1936-yil Toshkent Davlat konservatoriyasi ochiladi. Xuddi shu yili O'zbek Davlat Filarmoniyasida professional xor jamoasi - kapellani tashkil etishga harakat boshladi. Jamoa tarkibiga kirgan ijrochilarga bir vaqtning o'zida vokal-xor malakalari va nota savodxonligi bo'yicha mashg'ulotlar berib borilardi. Kapella rahbari M.Lepexin, xormeyster esa M.Burxonov edi. Filarmoniyaning badiiy rahbari va kapellani tashkil etishda bosh bo'lgan A.Chetvertakov ham bevosita xor bilan ishlagan. 1937-yili kapella Moskvada o'tkazilgan o'zbek san'ati va adabiyoti kunlari dekadasida ishtirok etgan. U V.Uspensikyning "Farhod va Shirin", R.Glierning "Gulsara" musiqali dramalaridan xorlar, M.Ashrafiy va T.Sodiqovlarning dekadaga maxsus yozilgan to'rt ovozli

qo'shiqlarini kuylashadi. Dastur intonatsion sof, ifodali ijro etildi hamda moskvalik tinglovchilar olqishlariga sazovor bo'ldi. 1937-yilda Moskvada o'zbek san'ati birinchi dekadasi o'tkazilib, o'zbek xalqining musiqa san'ati sohasida erishgan muvaffaqiyatini namoyish qildi, hamda rivojlanish yo'llarini belgiladi. O'zbekistonning musiqa madaniyati rivojlanishi, unda yangi janrlarning paydo bo'lishi milliy opera paydo bo'lishiga olib keldi. 1939-yili S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning hamkorligida "Bo'ron" operasi yaratildi. 1940-yilda R.Glier va T.Sodiqovning "Layli va Majnun" operasi yaratildi. Opera janrining paydo bo'lishi, o'zbek musiqasida ko'p ovozli uslubning muvaffaqiyat bilan respublikada xor san'ati rivojlanishiga olib keldi. 1941-1945-yillar urush davrida o'zbek musiqa san'ati rivojlanishini to'xtatmadi, aksincha rivojlanishiga katta ta'sir etdi. Urush yillarida vatanparvarlikni tarannum etuvchi qo'shiqlar juda mashhur bo'lgan edi. Bundan tashqari o'zbek musiqasi uchun M.Ashrafiy va A.Kozlovskiyning "Buyuk sarkarda", B.Arapov va A.Kozlovskiyning "Jaloliddin" kabi yirik asarlari kantatalar, syuitalar ijod qilindi. Xor jamoalari rahbarlarini tayyorlash va sonini ko'paytirish maqsadida Toshkent davlat konservatoriyasi va musiqa bilim yurtini xor drijyorligi bo'limlari ochildi.

1952-yilda o'zbek davlat filarmoniyasi huzurida birinchi xor jamoasi tuzilib, Kapellaning badiiy rahbari etib S.A.Valenkov, xormeyster qilib A.Sultonov tayinlangan edi. Qisqa vaqt ichida jamoa katta zafarlarga erishdi. Milliy repertuarlarni vujudga keltirish uchun ko'plab kompozitorlar hozirjavoblik bilan asarlar yaratdilar. Ko'plab o'zbek, tojik, uyg'ur kuylari qayta ishlandi. M.Burxonovning ijodi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Kapella respublika bo'ylab kontsertlar uyushtirdi.

Hozirgi kunga qadar xor kapellasi va Respublikada xizmat ko'rsatgan xor jamoasi' katta kontsert faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Jamoalar muttasil ravishda Mustaqqillik, Navro'z bayram tadbirlari, "Sharq taronalari" xalqaro Festivali, xor festivallari qatnashchisidir. Hozirda bir qator xor jamoalari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ulardan: "Respublikada xizmat ko'rsatgan xor" jamoasi, Davlat xor kapellasi, A.Navoiy nomli opera va balet teatri xor jamoasi, O'zDK qoshidagi opera taryorlov xor jamoasi, bolalar jamoalaridan "Bulbulcha" va boshqalar. Musiqa maktablari va umumta'lim maktablarida ham birin-ketin xor jamoalari tashkil etildi. Bolalar xor san'ati jadallik bilan rivojlandi. Turli konkurs, festivallar, qo'shiq bayramlari o'tkazilinib, xor san'atining eng yuqori cho'qqisi bo'lmish akapella ijrosida yuqori natijalarga erishildi. "Boysheshak", "Bulbulcha" jamoalari qatorida hozirgi kunda bolalar vokal estrada ansambllari ham rivojlandi. Ulardan: "Tomosha", "Tantana", "Aladdin", "Orom", "Sevinch" va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. MaHcypöeKOBa, O. r. (2022). YOSHLARDA XOR SAN'ATI HAQIDAGI DASTLABKI BILIM VA KO 'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING ENG SAMARALI USULLARI. Conferencea, 112-118.

2. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI. Science and innovation, 1(C7), 310-314.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.