XOR IJROCHILIGI SAN'ATINING TURLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
M.Qurbonova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: O'zbek musiqa san'ati turlaridan biri bo'lgan xor ijrochiligi yo'nalishi boshqa san'at turlari singari o'zining boy tarixi va o'ziga xos ijro uslubiga egadir. Mazkur maqolada xor ijrochilik san'atining tarixi, o'ziga xos xususiyatlari, ijro yo'nalishlari va turlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: xor ijrochiligi, vokal, san'at, jamoa, soprano va alt ovozlari, tenor, bariton va bas ovozlari, dirijyor
TYPES OF THE ART OF CHORAL PERFORMANCE AND THEIR
CHARACTERISTICS
M.Kurbanova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: Choral performance, which is one of the types of Uzbek musical art, has its own rich history and unique performance style, like other types of art. This article provides information about the history, characteristics, directions and types of choral performance art.
Keywords: choral performance, vocal, art, ensemble, soprano and alto voices, tenor, baritone and bass voices, conductor
Musiqa - to'y marosimlari, mehnat jarayonlari, bayram-tantanalari singari barcha jabhalarda inson hayotining hamroh bo'lib kelgan. Qadimdan to'y -marosimlarda yor-yorlar, yallalar, laparlar jamoa bo'lib ijro etilgan. Qo'shiqlar avloddan-avlodga og'zaki usulda qoldirilgan. O'zbekistonda alohida erkaklar, ayollar va bolalarning birga jo'r bo'lib qo'shiq aytish an'analari urf bo'lgan. Masalan, Navro'z bayramlarida yigit va qizlaming qo'shiq aflishi, to'ylarda aytiladigan yor-yor, yallalar xor bo'lib ijro etilgan. Shashmaqomning vokal qismidagi taronalar ham jamoa bo'lib aytilgan. Katta ashulalar ham 3-4 kishi bo'lib ijro etilgan. Folklor qo'shiqlari (yor-yor, o'lan, yalla, lapar, katta ashula) va maqomlardagi (tarona, ufor, naqsh) qismlar jamoa bo'lib aytilgan. O'zbek xalqining ana shunday an'anaviy folklor qo'shiqlari va ularning azaldan jamoa bo'lib ijro etilishi o'zbek xalqi orasida xor havaskorligining, qolaversa, xor san'atining rivojlanishiga asos bo'lgan.
Musiqa ovoz bilan paydo bo'lgan. Asrlar davomida hali cholg'u asboblari yaratilmagan davrlardayoq kuylash san'ati mavjud bo'lgan. Qadimda xor kuylash san'ati diniy marosimlargagina daxldor bo'lib - cherkovlarda asosiy professional xor san'ati tusini olgan. G'arb davlatlar diniy qo'shiqchiligi, qadim yunonchaga o'xshash dastlab bir ovozlik (yoki oktava) bo'lgan.
Xor san'ati o'zining qadimiy musiqa madaniyatini ifodalashda uzoq tarixga borib taqaladi. Xor san'ati dastlab qadimgi G'arb mamalakatlarida paydo bo'lgan. Asrlar davomida cherkov kuylari professional xor san'atida asosiy ijrochilik hisoblangan. Qadimiy cherkov kuylari, xuddi qadimiy grek kuylariga o'xshab paydo bo'lishiga qadar ovozlarning pastki va yuqori ovozlari (organum, diskant) rivojlana bordi.
G'arb mamalakatlarida I.S.Bax, G.Gendel, K.Glyuk, keyinchalik Meyerber, J.Verdi, shu bilan birga F.Shubert, B.Mendelson, R.Shuman kabi romantik kompozitorlar o'z ijod namunalari bilan kamer xor musiqasining rivojiga katta hissa qo'shgan.
Xor kuylash san'ati - vokal musiqali asarini jamoa bo'lib ijro etishdir. Xor san'ati insonlarda chuqur estetik zavq uyg'otadi, ularni birlashtiradi, hamda ma'naviy saviyasi, badiiy didini oshirishga yordam beradi.
Xor - bu qo'shiqni, musiqani cholg'u jo'rligida yoki jo'rsiz, ya'ni a'kapella ijro etuvchi jamoa.
Markaziy Osiyo xalqlari ham taqozosi bilan madaniyatlar yaqinlashuvi tufayli xor ijrochiligi san'atidan xabardor bo'lganlar. Ular tarixan shakllangan o'z professional xor madaniyatiga ega bo'lmasa-da, jamoa bo'lib kuylash, xalqning turmush tarzi, hayoti, mehnat faoliyati bilan chambarchas bog'liq bo'lgan azaliy qo'shiqlariga, musiqiy merosiga ega bo'lgan. O'zbek xalqining ko'p asrlik ijtimoiy-madaniy hayoti rivoji davomida turli ko'rinishdagi aniq janrlar paydo bo'la boshladi, ularning ichida jamoa bo'lib kuylash ham ommaviy ravishda rivojlandi.
O'zbekistonda professional xor san'ati eng yangi san'at turlaridan biri hisoblanadi. "Dastlab havaskorlik darajasida madaniyatimizga kirib kelgan bo'lsa-da, davr talabi bilan ushbu ijrochilik yo'nalishiga ham e'tibor kuchaydi. Professional xor jamoalari tuzish davlat tomonidan amalga oshirila boshlandi. Avvalambor 1952-yilda O'zbek filarmoniyasi qoshida birinchi professional xor kapellasi, maxsus ta'lim jarayonini o'tagan mutaxassislardan tuzildi. Ko'p ovozli yangi davr musiqa asarlarini ijro etish bunday jamoalardan mahoratni talab etar edi. Kapella, deb nomlanadigan bu musiqiy badiiy jamoaga iste'dodli xormeyster S.Valenkov rahbar etib tayinlangan. Bu jamoaga keyinchalik A.Sultonov, R.Xublarov, X.Vohidov, A.Hamidovlar rahbarlik qilishdi." 1
Xor ijrochiligi musiqa san'ati turi sifatida ikki - akademik va xalq ijrochiligi yo'nalishlarida rivojlanib kelmoqda. Kuylash usuli, tovush hosil qilish xarakteri,
1 r.Mansurova. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti Toshkent .Yangi nashr. 2008.7-6eT. riTTTÜ^^H] 212 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ovozlarning tembr turlanishi, ijrochüik texnikasi usullari va ifodalash vositatalarining imkoniyaüariga qarab xor ijrochilik uslubi aniqlanadi. Akademik xorlarning asosiy vazifasi rus va chet el mumtoz asarlarning eng yaxshi namunalarini ijro etish va targ'ib qilishdan iborat. Bu asarlar ijroning akademik uslubiga to'g'ri keladi va akademik xor xonandaligi maktabi hisoblanadi. Akademik xor ijrochiligida asarlar dirijyor boshchiligida va fortepiano jo'rligida ijro etiladi. Kuylash usuli niqobdor holda bo'lib, tovush ravon, ovozlar xor partiyalariga aniq bo'lingan bo'ladi.
Xalq ijrochiligi yo'nalishida esa ko'proq folklor qo'shiqlari xor jamoalari ijrosida ijro etiladi.
Xorlar turlari va tuzilishi bo'yicha turli ko'rinishlarda bo'ladi. Ular - bolalar, ayollar, erkaklar va aralash xorlar ko'rinishida bo'lib, jamoalar ikki, uch va undan ko'p ovozlardan iborat bo'ladi.
Xor turi xorning tuzilishi va sifatiga qarab aniqlanadi. Xorlar turiga qarab ikkiga bo'linadi: yaxlit, ya'ni birjinsli va aralash xorlar. Yaxlit - bir jinsli xorlarga: bolalar xori - soprano, diskan va alt ovozlari; ayollar xori - soprano va alt ovozlari; erkaklar xori - tenor, bariton va bas ovozlari kiradi.
Bolalar xori boshlang'ich va o'rta sinf o'quvchilaridan tashkil qilinadi. Mazkur xorlarning tarkibida asosan diskant, soprano va alt ovozlari mavjud.
Bunday xorlar o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki qiz va o'g'il o'quvchilardan va ikki, uch, to'rt ovozlardan tashkil topishi mumkin. Ovoz guruhlari partiyalar deb nomlanadi. Bolalar xorining umumiy va ishchi diapazoni soflya kichik oktayadan sol-lya ikkinchi oktavagacha bo'ladi. Bolalar xoriga repertuar tanlashda ular uchun mos keluvchi tonalliklardan foydalanish zarur. Mamlakatimizda bir necha yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan "Bulbulcha" hamda boshqa musiqa maktablari qoshida tashkil etilgan bolalar xor jamoalari o'zining boy repertuari va go'zal qo'shiqlari bilan muxlislar e'tiroflariga sazovor bo'lmoqdalar. "Bulbulcha" bolalar xor jamoasini tashkil topishi va yuksalishida bastakor Shermat Yormatovning xizmatlari beqiyosdir.
Xor turlaridan yana biri bir jinsli, ya'ni ayollar va erkaklar xorlari bo'lib, ushbu xor jamoalarida tarkib asosida repertuarga asar tanlanadi.
Aralash xor jamoalari esa keng tarkib topgan xor turlaridan eng takomillashgani bo'lib, unda 4 ta asosiy ovoz partiyalari: soprano, alt, tenor, bas-bariton mavjud. To'liq aralash xor keng ijro imkoniyatlariga ega bo'lib, texnik jihatdan rivojlangan, har bir xonandaning umumiy musiqiy saviyasi ham yetuk darajada bo'ladi. Bunday xorlar har qanday murakkab asarlarni professional darajada ijro eta oladi.
M.Burxonov, S.Boboev, B.Umidjonov kabi ste'dodli o'zbek kompozitorlari va Sh.Yormatov, J.Shukurov, N.Sharafieva singari xormeysterlar xor ijrochiligining rivojiga salmoqli hissa qo'shiganlar.
Demak, xor ijrochiligi san'ati yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan, hozirda esa o'zbek san'atida o'z o'rni va o'z maqomiga ega bo'lgan san'at turlaridan biridir. Xor ijrochiligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, unda ijrochilar jamoa bo'lib, bir-birlarini tushungan holda hamjihatlik bilan ishlashlari talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G.Mansurova. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti.. Toshkent .Yangi nashr. 2008.
2. D.Malikova. Xor sinfi. T.; 2019.
3. N.Sharafieva. Xorshunoslik. T.; 2020.