Научная статья на тему 'XONANDALIK AMALIYOTIDA CHOLG‘U SOZINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI XUSUSIDA'

XONANDALIK AMALIYOTIDA CHOLG‘U SOZINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
66
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholg‘u / xonanda / maqom / tanbur / dutor / ijrochilik / musiqa / jo‘rnavoz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mansur Voisov

Ushbu maqolada xonandalik amaliyotida cholg‘u sozini o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, bo‘lajak maqom xonandalariga cholg‘u sozini o‘rganish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XONANDALIK AMALIYOTIDA CHOLG‘U SOZINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI XUSUSIDA»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

XONANDALIK AMALIYOTIDA CHOLG'U SOZINI O'RGANISHNING

AHAMIYATI XUSUSIDA

Mansur Voisov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada xonandalik amaliyotida cholg'u sozini o'rganishning ahamiyati to'g'risida fikr yuritilib, bo'lajak maqom xonandalariga cholg'u sozini o'rganish yuzasidan ko'rsatmalar berib o'tiladi.

Kalit so'zlar: cholg'u, xonanda, maqom, tanbur, dutor, ijrochilik, musiqa, jo'rnavoz

ABOUT THE IMPORTANCE OF LEARNING THE VOICE OF AN INSTRUMENT IN THE PRACTICE OF SINGING

Mansur Voisov UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article discusses the importance of learning the instrument in the practice of singing, and provides instructions to future singers on how to learn to play the instrument.

Keywords: musical instrument, singer, status, tanbur, dutor, performance, music, accompanist

Ijrochilik-musiqa san'atining asoslaridan biri sifatida uning borligini ifoda etuvchi jarayon, ahvolini belgilovchi mezon hamda mahorat darajasini aniqlab beruvchi omildir. Ijrochilikda zohiriy taraflarini ko'z bilan ko'rib, ma'nosini qalban his etib, bahramand bo'ladigan bu jonli jarayonda kuy va ashulalarni yuzaga kelishi uchun muhim hisoblangan bir qator sifat va xususiyatlar uyg'unlashgandir. Ijrochilikning ana shunday asosiy qonunlari xonandalik, cholg'uchilik (sozandalik) hamda raqs yo'nalishlarida namoyon bo'ladi. Ularning har biri alohida va shu bilan birga uyg'unlashgan holda xalq ijrochilik amaliyotida shakllangan va rivojlangan. Pirovardida, san'at deb atalmish ma'naviyatimizning sirli, badiiy, ruhiy va jozibali jihatlarini namoyish etuvchi turlari sifatida muhrlangan.

Qayd etish joizki, ijrochilikda doimo uch jihat mushtarak rivojlangan: ijod, talqin va tinglovchilar bilan hissiy (psixologik) bog'lanish. Ijro saviyasi ana shu jihatlarining mutanosibligiga bevosita bog'liqdir. Ijrochilikning mas'uliyati mahorat va talqin kabi unsurlardan, eshituvchining holati esa, uning tajriba va

ko'nikmalaridan kelib chiqadi. Demak, ijrochining asosiy vazifasi kuy va aytimlami latif va zarif shakllarda ijro etish va shu bilan tinglovchilarga ta'sir o'tkazishdir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yuqori malakali, zamonaviy tafakkurga ega bo'lgan, bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida juda katta yutuqlarga erishildi. "Biz oldimizga qanday vazifa qo'ymaylik, - deb ta'kidlaydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - qanday muammolarni yechish zarurati tug'ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o'rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog'liq" Haqiqatan ham jamiyatni harakatga keltiruvchi, sifat o'zgarishlarni amalga oshiruvchi - har tomonlama yetuk kadrlardir. Ularning iqtidori, mahorati, ijodiy salohiyati, o'z ishiga bo'lgan munosabati, mas'uliyat hissini qabul qilish darajasi, pirovard natijada, mamlakat va millat kelajagi demakdir. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash va ularni joy-joyiga qo'yish borasidagi ishlar ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Endi kadrlarga nisbatan qo'yiladigan talablar silsilasida asosiy e'tibor, uning milliy manfaatlarni qay darajada tushunishi va uni o'ziga dasturulamal qilgani, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini his etishi, mutaxassislik malakasini qanday o'zlashtirganligi kabi jihatlarga qaratilmoqda.

O'zbek musiqa san'atida xonandalik, o'z sohasi va yo'nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Oddiy folklor aytimlari, doston ijrochiligi, turli marosim aytimlari, zamonaviy akademik(vokal) va estrada xonandaligi, mumtoz xonandalik shular qatoriga kiradi. Har bir yo'nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o'z uslubi, qonun-qoidalari va shaklu-shamoillariga egadir. Ular orasida klassik xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an'analarni o'zida aks ettirgan an'anaviy yo'nalish o'zining barcha xususiyati, nufuzi va salohiyati bilan ibrat bo'lib kelmoqda. Amaliyotda, ya'ni mumtoz musiqa xonandaligida, azaldan, o'zbek xalqining eng go'zal urf-odatlari, milliy ruhiyati bilan bog'liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma'naviyatini in'ikos etib kelgan.

Xonandalik amaliyotida qadimdan soz chalish qobiliyati muhim sanalgan. Ustoz xonandalar orasida "Qo'lida sozi bor xonanda butun xonanda hisoblanadi" degan gap bor. Qadimda yetuk ijrochilar bir vaqtning o'zida bir emas bir necha cholg'u sozlarini mukammal darajada ijro qilganlar. Bundan tashqari xonandalik bilan shug'ullanuvchi san'atkorlar ham ma'lum bir soz yordamida o'z - o'ziga jo'r bo'lishgan. Tarixiy ma'lumotlardan ma'lumki, Sharq mumtoz musiqasiga oid ilk manbalarda musiqa chalayotgan sozandalar tasviri tushurilgan devoriy su'ratlar va ko'plab haykalchalar topilgan. Bundan tashqari qadimiy qo'lyozmalarda ham xonandalik amaliyotida soz jo'rligiga oid ma'lumotlar aks ettirilgan.

Bugungi kunda ham talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablardan biri bu - Cholg'u sozida o'ziga erkin jo'rlik qila olish mahorati hisoblanadi. Har bir xonanda yakka holatda o'z-o'ziga jo'rlik qila olishi uning mukammal ijrosini ta'minlaydigan omillardan biridir.

Bugungi kunda musiqaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarining xonandalik yo'nalishida bilim olayotgan talabalarga muayyan bir cholg'u sozini o'rgatish yo'lga qo'yilgan. Albatta bu bo'lajak maqom xonandalarini tarbiyalashda o'zining ijobiy samarasini ko'rsatib kelmoqda. Xususan, Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati institutining "Maqom xonandaligi" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar ham 4 yil mobaynida o'zlari qiziqqan biror bir cholg'uni mukammal darajada o'rganish imkoniyatiga egalar.

Muayyan bir cholg'uni o'zlashtirish anchayin murakkab jarayon bo'lib, talabadan qobiliyat bilan bir qatorda anchayin sabr-toqat ham talab etadi. Bunda asosiy mas'uliyat ustozga borib taqaladi. Talabaning iste'dodi, yoshi, qiziqish doirasidan kelib chiqqan holda unga asar tanlashi, boshlang'ich jarayonda esa turli xil mashqlar yordamida texnik maxoratini oshirishi lozim bo'ladi. Aynan mashqlar yordamida musiqaning ifodaviylik xususiyatlari shakllanadi.

Musiqiy ifoda vositalariga har qanday darslik, o'quv qo'llanma yoki o'rganish uchun tavsiya etilgan mashqlar to'plami va boshqa shu kabilar qanchalik darajada muhim bo'lmasin, biroq ustoz bilan shogirdning jonli muloqoti o'rni anchayin muhimdir. Shogird soz sirlarini o'rganishida, hamma vaqt ustoz (o'qituvchi)ning ko'magiga muhtojlik sezadi. "Ustoz ko'rmagan shogird, har maqomda yo'rg'alar" -deb bekor aytilmaydi. Aynan ananaviy ijrochilik uslubi esa ustoz va shogirdning jonli muloqotiga asoslangandir. Jumladan, xalqimizning bebaho musiqiy merosi avloddan-avlodga bevosita an'ana yo'lida bugungi kungacha etib kelgan. Hozirda ham sozandalarni tayyorlashda ushbu usuldan keng foydalaniladi.

Cholg'u o'rganishda iste'dod muhim omillardan biri deb yuqorida aytib o'tgan edik. Iste'dodni dastlabki musiqiy qirralarini namayon qilish uchun nomzodlar guruhlari bilan har xil sinovlar, musiqiy musobaqalar o'tkazgan holda eng iqtidorlilarini va qobiliyatlilarini tanlashga imkon yaratish zarur. Ushbu tanlovda ularga o'zini erkin tutish, qo'shiq aytish va raqs tushishdan tortinmaydigan muhit yaratilsagina talaba o'ziga tanish bo'lgan qo'shiqni bexato kuylashi, yoki she'rni yoddan ifodali o'qishi mumkin va bu katta ahamiyatga ega.

Shundan keyin talaba tomonidan berilgan kuy yoki tanish qo'shiqni boshqa pardada chaldirib uning ijrosidagi parda tozaligi va tovush oraliqlari (intervallar, ayniqsa tersiya, kvarta va h.k.)ning tozaligini aniqlash mumkin. Musiqiy xotirasini sinash uchun bolaga ikki, to'rt takt hajmdagi kuyni cholg'u asbobida chalib berib, kuylash so'raladi.

Tovushni ifodali, go'zal qiluvchi omillar uchta bo'lib, shulardan biri intonatsiya (lotincha - baland, yuqori)dir. Uning sofligiga erishish uchun avvalo sozandaning cholg'u asbobi sifatli ishlangan va chalinib tajribadan o'tgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari tovushning sof chiqishi ijrochining mahoratiga va kayfiyatiga ham bog'liq.

Eng asosiysi sozandaning o'zi ijro davomida cholg'u asbobining har bir asosiy pardalari sozini doimo eshitib nazorat qilgan holda muvofíqlashtirib toza va sof tovush hosil qilishi juda muhim ahamiyatga ega.

Tovush tembri (tembr fr. - tovush bo'yog'i, tusi, xarakteri) tovush sifatining muhim omillaridan bo'lib, har bir inson ovozi va cholg'u asbobi tovushiga xos xususiyatdir. Tovush tembri va chiroyining xilma-xil bo'lishida oberton-garmonik (inson qulog'i ilg'amaydigan ichki ohangdosh) tovushlar tarkibi juda katta ahamiyatga ega. Ya'ni obertonlar tarkibidagi tovushlardan qaysi biri jaranglamasa tovush tembri - go'zalligiga ham shuncha putur yetadi.

Vibrato - to'lqinlatish, tovush nolasi, tovush sifatini boyituvchi omillardan bo'lib, u tovushga o'ziga xos joziba baxsh etadi va go'yo uni qizdirib, jonlantiradi. Bunda tovushning bir parda doirasida chorak va nimchorak pardalarga ko'tarilish hamda pasayish harakatlari kuzatiladi.

Tovush kuchi esa tebranish harakatinig kengligi va kuchiga bog'liq. Ya'ni tovush hosil qiluvchi membrananing tebranish miqyosi - amplitudasi qancha keng va kuchli bo'lsa tovush ham shuncha kuchayadi

Cholg'uni o'zlashtirishning boshlang'ich bosqichida shogirdning asarni o'rganishi, uning ijrosi jarayonida bajarayotgan har bir harakati va holatlari ustoz tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinishi shart. Albatta bunda uztozga ham ko'p narsa bog'liq. U o'z o'qituvchilik va sozandalik tajribasiga, ushbu sohada yuqori malakaga, ijrochilik masalasida teran fikr va bilimlarga ega bo'lishi zarur. Faqat shundagina u o'z shogirdiga ijrochilik sirlarini tez ilg'ab, tushunib, osonlik bilan o'zlashtirishiga nazariy va amaliy ko'rsatmalari bilan yordam bera oladi.

Musiqiy asarni eshituvchiga yetkazilishining turli usul va imkoniyatlari mavjud. Jumladan, uni yoqimli va jozibador qilib ijro etilishida bezaklarning o'rni o'zgachadir.

Jumladan, an'anaviy ijrochilikda qo'llaniladigan musiqiy bezaklar ijro asarini ta'sirchan, ifodali, jonli va ma'nodor bo'lib sadolanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun bo'lajak sozanda tanburning boshqa imkoniyatlari qatori, bunday asar bezaklarini ijro etish usullarini to'la o'zlashtirib olishi lozim. Buning uchun darslarda muntazam olib boriladigan mashqlar davomida an'anaviy ijrochilikka xos bo'lgan muayyan ko'nikmalar hosil qilinadi.

Ma'lumki, har qanday ish asta va bosqichma-bosqich olib borilishini talab etadi. Jumladan, an'anaviy ijrochilikda ko'nikmalarni hosil qilinishi jarayonida, birinchi galda mashqni ijro uslublarini o'zlashtirilishi davomida parda harakatlarini erkin

I ícclT^^^^H 143 http://oac.dsmi-qf.uz

bajara olinishiga erishish lozim. Faqat shundan so'nggina musiqiy bezaklar ijro etilishini o'zlashtirilishiga kirishish mumkin.

Shu bilan birgalikda bunday ko'nikmalarni hosil qilishda shoshilib ham, kechikib ham bo'lmaydi. Ushbu jarayonni boshlash muddatini chetdan tavsiya etib bo'lmaydi. Faqat o'qituvchi har bir o'quvchisining shaxsiy xususiyati, qobiliyati va boshqa shu kabilaridan kelib chiqqan holda o'zi belgilaydi.

Asar ijrosi jarayonida ushbu bezaklarni o'rinsiz ishlatish yaramaydi - har bir bezak o'z vazifasi, o'ziga xos mazmuniga ega. Shu sababli o'z o'rnida ishlatilishi lozim. Faqat shundagina va ulardan mohirona foydalana olinganidagina tanbur ijrochmmg chuqur his-tuyg'ularini ifoda eta oladi. Shu sababli ham darslarda asosiy musiqiy bezaklarni ijro etish usullarini chuqur o'rganilishiga alohida e'tibor berish lozim.

Har bir bolaning ta'sirchan ekanini hisobga olib, darsda berilgan mashqlarni mukammal o'zlashtirishni talab etish bilan bir qatorda, uning erishgan kichik yutuqlarini ham e'tiborga olib, uni qo'llash va maqtash, kelajakda mohir sozanda bo'lib etishishiga umid uyg'otib ilhomlantirish o'zining ijobiy samarasini beradi. O'quvchining darsda olgan saboqlarini yanada mukammal o'zlashtirishga bo'lgan harakatlarini yanada jadallashtiradi.

O'qituvchi o'quvchiga texnik ko'nikmalarni to'g'ri, mukammal va qunt bilan o'zlashtirilishi uni kelajakda mohir ijrochi sifatida yetishishi uchun muhim zamin yaratishini aniq va qiziqarli dalillar asosida tushuntirib berishi lozim. O'quvchi tanbur chalishni avvaliga asosan ustoziga taqlid qilib ijro etish yo'li orqali o'zlashtira boshlaydi. Shu sababli o'qituvchi mashg'ulotni amaliy ijrochiligi, ko'rsatmalari asosida olib borishi zarurdir.

O'qituvchining o'zi asar ijro etilishini amalda ko'rsatib berishi va ba'zida shogirdi ijro etayotgan vaqtda uning qo'lidan ushlab birgalikda kamonni to'g'ri tortishga, yoki dastaga barmog'ini to'g'ri qo'yib boshlashiga ham ma'lum darajada ko'maklashishi lozim. Bu esa o'z navbatida o'quvchida ijro ko'nikmalari tezroq hosil bo'lishiga yordam beradi.

O'qituvchi dars jarayonida o'quvchiga uyida mustaqil tayyorlab kelishi lozim bo'lgan mashqlarni qanday bajarishi hamda uning oldiga qanday talablar qo'yilayotganini tushuntirib berishi lozim. Shundagina o'quvchi uy vazifasini sifatli bajara olishi mumkin.

Dars jarayonida o'quvchi uyida tayyorlab kelgan mashqlarni ijro etayotib xatolarga yo'l qo'ygan taqdirda ham, o'qituvchi uning ijrosini to'xtatmay, oxirigacha eshitishi lozim. Faqat shundan so'nggina ustoz shogirdining mashqlar ijrosida yo'l qo'ygan xatolarini bir boshidan tuzatishga kirishishi lozim. Aks holda, ya'ni o'qituvchi shogirdining tayyorlab kelgan mashqni ijro etayotganida xatoga yo'l qo'ygan zahotidagina uni to'xtatib xatolarni to'g'irlashga kirisha boshlansa,

I ícclT^^^^H 144 http://oac.dsmi-qf.uz

o'quvchining kayfiyati va ijodiy ilhomini so'ndiradi. Buning natijasida ijro jarayonida xato qilishdan cho'chib, o'z erkinligini yo'qotgan o'quvchida asar ijrosi jarayonida ikkilanish paydo bo'ladi, o'ziga ishonch yo'qoladi. Shuning uchun o'qituvchi har bir o'quvchining iqtidori, qobiliyati, musiqiy asarni tushuna olish imkoniyatlarini anglab olishga harakat qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Abdugapparov. Cholg'u ijrochiligi. T., 2017;

2. Qosimov R. An'anaviy rubob ijrochiligi. T.: 2004;

3. O'ktamjon Rasulov. Cholg'u ijrochiligi. (Tanbur) . o'quv qo'llanma. Toshkent. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.