Научная статья на тему 'QONUN CHOLG’USINING KELIB CHIQISH TARIXI VA QONUN CHOLG’USI IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR'

QONUN CHOLG’USINING KELIB CHIQISH TARIXI VA QONUN CHOLG’USI IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
527
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Qonun / nuzxa / deka / traktat / urb moslamalari / xarrak / santur / magna / ko’nikma / prinsp

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muqaddas Mahmudjon Qizi Quvondiqova, Mohigul Gulomovna Akbarova

Ushbu maqolada O’zbekistonda qonun cholg’usi ijrochiligini ommalashtirish, cholg’uni to’g’ri ijro etish, uning kelib chiqish tarixi, qanday materiallardan yasalishi va shu kabi ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Shuningdek qonun cholg’usining ijro usullari va ularni o’rganish metodikasi, o’quvchi yoshlarni bu cholg’uga qiziqtirish va boshlang’ich bilimlarni berish yo’llari, hamda individual amaliyot natijasidan kelib chiqqan hulosalar ham o’rin egallagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QONUN CHOLG’USINING KELIB CHIQISH TARIXI VA QONUN CHOLG’USI IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR»

QONUN CHOLG'USINING KELIB CHIQISH TARIXI VA QONUN CHOLG'USI IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR

Muqaddas Mahmudjon qizi Quvondiqova Ilmiy rahbar: Mohigul Gulomovna Akbarova Guliston davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda qonun cholg'usi ijrochiligini ommalashtirish, cholg'uni to'g'ri ijro etish, uning kelib chiqish tarixi, qanday materiallardan yasalishi va shu kabi ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Shuningdek qonun cholg'usining ijro usullari va ularni o'rganish metodikasi, o'quvchi yoshlarni bu cholg'uga qiziqtirish va boshlang'ich bilimlarni berish yo'llari, hamda individual amaliyot natijasidan kelib chiqqan hulosalar ham o'rin egallagan.

Kalit so'zlar: Qonun, nuzxa, deka, traktat, urb moslamalari, xarrak, santur, magna, ko'nikma, prinsp.

HISTORY OF THE LEGAL INSTRUMENT AND RECOMMENDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF THE LAW ENFORCEMENT

Muqaddas Mahmudjon kizi Kuvandikova Scientific supervisor: Mohigul Gulomovna Akbarova

Gulistan State University

Abstract: In this article, the popularization of the performance of the musical instrument in Uzbekistan, the correct performance of the instrument, the history of its origin, what materials it is made of, and similar information are expressed. Also, the methods of performing the instrument of law and the methodology of their study, the ways of making students interested in this instrument and providing basic knowledge, as well as the conclusions resulting from individual practice, have also taken place.

Keywords: Law, nuzkha, deka, tract, urban devices, kharak, santur, magna, konikma, prinsp.

Kirish: Yurtimizda san'at va madaniyat sohasiga bo'lgan e'tibor hususan cholg'u ijrochiligi yo'nalishiga bo'layotgan ijobiy qarashlar bugungi kun ushbu soha vakillariga katta imkoniyat yaratadi. Cholg'u ijrochiligida qanday cholg'u turini tanlab uni qunt bilan o'rganishda kata mashaqqat turadi. Cholg'u sozlari orasida qonun sozi murakkabligi hamda o'rganilishi jihatdan juda murakkab hisoblanadi va shuning uchun ham uni o'rganuvchilar soni ko'pchilikni tashkil etmaydi. Chuqurroq mulohaza yurutadigan bo'lsak qonun ijrochilik an'anasi xalqimizning azaliy musiqa

merosi namunalaridan bin hisoblanadi. Shu boisdan qonun cholg'usining qaytadan tiklanishidan keyin unga bo'lgan qiziqish, e'tibor yanada kuchaydi. Qonun cholg'usiga bo'lgan e'tibor qonunni orkestr va ansambllardan joy olishga, yakka cholg'u ijrochiligida badiiy sahnaga qayta kirib kelishiga olib keldi. Bugungi kunda yetishib chiqayotgan yosh cholg'u ijrochilariga qonun cholg'usining tuzilishi, paydo bo'lish tarixiga hususan qonun cholg'usidan taraladigan ohanglarning maftunkorligi, yangrayotgan kuyning tasavvufiy olamga yetaklovchi o'zgacha tarovatini his qilish, to'g'ri ijro etish qoidalari, sir-sinoatlarini keng ko'lamda o'rgatish, o'qituvchi sifatida qonun sozini ijro etishga qiziqtirish, to'g'ri tushuncha bera olish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Musiqaga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchiga ta'lim berayotgan har bir o'qituvchining ma'suliyati professor, dotsent oldidagi ma'suliyatidan ham kuchli bo'lsa, har bir sozanda o'z cholg'usining yetuk mutaxasisi bo'ladi. Negaki, o'qituvchi berayotgan bilim har bir ijrochi uchun muhim ma'lumotlar ba'zasiga aylanadi. Shunday ekan, bolalar musiqa va san'at maktablari, madaniyat saroylari va shu kabi maskanlarda ta'lim sifatini kuchaytirish uchun barcha pedagog ijrochilar o'z xissasini qo'shmog'i lozim.

Asosiy qism: Dutor, rubob, g'ijjak, nay, doira va ko'plab milliy cholg'ularimiz havaskor va professional sozandalar orasida ommalashgan. Shuningdek, bu cholg'ular orkestr va ansambllarda o'ziga xos ahamiyat kasb etib, ularning har biri ijro etilayotgan asarning ohangdorligi hamda badiiyligini yaqqol namoyon etishga yordam beradi. Bu cholg'ular orasida qonun sadosining yangrashi asarning ta'sirchanligi, rang-barangligi va badiiyligini yanada oshiradi.

Qonun Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari cholg'usi hisoblanadi. Bu cholg'u Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyoda keng foydalanilgan.XVII asrda Darveshali Changiy yozib qoldirgan "Risolaiy musiqiy "da qonunning qadimiy cholg'u asboblardan ekanligi qayd qilinadi. Bu cholg'u bizda XX asrning 30-yillaridan boshlab ishlatilmadi. 1978-1980-yillarda mohir sozanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdurahmon Xoltojiyev tomonidan yana qaytadan o'lkamizga olib kelindi va ishlatila boshladi.

Arab musiqashunos olimlarning aytishicha, taxminan XIV asrda yaratilgan qonun Ussuriya poytaxtida topilgan. Safiuddin al-Urmaviy qonunning 2 xil turi

bo'lganligi to'g'risida ma'lumot bergan.XV asrda "Kanz al-tuxaf " nomli fors traktatida qonun va nuzxa haqida rasmlar bilan beril gan.

Traktat - lotin tilidan olingan bo'lib tractatus - muhokama qilish, ko'rib chiqish degan manolarda keladi. Manbaalarda keltirilishicha ayrim masalalarga bag'ishlangan ilmiy asarlarda muallifning yozishicha, qonun olxo'ri daraxti yoki uzum zangidan tayyorlangan degan fikrlar keltirilgan. Qonun sozining pastki qismining uzunligi 81 sm, qarama-qarshi tomoni 45, 5 sm, qiya tomoni 74, 25 sm bo'lib, o'sha davrning qonunidan 13 ta uchtalik torlar bo'lgan, o'ng tomonida xarrak, qiya tomonida quloqlar joylashgan.

Qonunning bazi manbaalardagi qadimiy nomi deya yuritiladigan nuzha jumlasi aslida qonundan biroz farqlanuvchi va bugungi kundagi qonun ko'rinishining ayni o'ziga o'hshash hususiyatlarini o'zida jamlagan. Nuzxa qonunga nisbatan 2 barobar kattaroq bo'lgan, uni yasashda shamsiddin, kiparis yoki qizil tol daraxtidan tayyorlangan. Ustki qismi ud sozinkiga o'xshash juda ham yupqa yog'ochdan iborat. Torlarning bir qanchasi uchtalik, ular orasida bittalik turli uzunlikdagi torlar mavjud, quloqlar cholg'uning chap tomonida joylashgan, nuzxani ham qonun singari ikkala qo'l barmoqlarida chalishgan.

Hozirda qo'llaniladigan qonun ko'p torli, yassi satrli, trapetsiya ko'rinishdagi cholg'u hisoblanadi. Uning uzunligi 80-90sm, eni 38-40sm bo'lib, chinor, tut, yong'oq, o'rik daraxtlari yog'ochidan yasaldi, yog'ochdan yasalgan qopqog'i asosiy vazifani bajaradi va bu deka deb ataladi, dekaning ozgina qismi hayvon yoki baliq terisi bilan qoplanadi. Qopqoqning ustida turli gul shaklidagi 3 ta tovushxona mavjud, shuningdek, 24-25ta 3 talik yupqa ichak torlar, ya'ni 72-75 dona torlar joylashgan. To'g'ri burchak shaklli qismidagi teshik orqali torlar o'tkazib bog'landi va yopib qo'yiladi. Uchburchak shaklidagi qismida maxsus kalit bilan buraladigan yog'och quloqlariga torlarning boshqa tomoni soat millariga qarama-qarshi ravishda o'ralib maromiga yetgunga qadar so'zlashdi. Teri qoplamining ustida torlar, ostida esa uzun yog'och xarrak joylashadi. Quloqlar yonida shayton xarrak mavjud bo'lib, uning yonida 1-2-3 tagacha maxsus "Urb" moslamalari joylashtirilgan. Urb moslamalari ijro vaqtida torlarni kich 2, kat 2 va kich3 gacha ko'tarib tushirish imkonini beradi. Qonunni noxun va mediator bilan ijro etadi. Mediator 30-40 mm uzunlikda 1, 5-2 mm qalinlikda, eni esa 0, 5-0, 7mm bo'lib, sozandaning qo'liga osongina moslashtirish mumkin bo'lgan metalldan yasaladi. Shuningdek, qonunni 2 xil holatda ijro etish imkoni mavjud.

1) O'tirgan holatda.

2) Turgan holatda.

1-holatda ijrochi stulning uchdan bir qismiga o'tirib, qonunni tizzaga qo'yib ijro etadi. 2-holatda aynan qonun uchun tayyorlangan moslamaga joylashtirilib, tik turib ijro etiladi. Qonunga o'xshash cholg'ular ham mavjud bo'lib, ular turli xalqlarda

turlicha nomlanadi. Slavyanlarda Gusli, latishlarda Kuokle, yaponlarda Kato, armanlarda Kanon, koreyslarda Kigoyin, Ozarbayjonda Cheng, Ukrainada bandura nomlari bilan yuritiladi.

Qonun chalishni o'rganish bilan birga yuqorida keltirilgan qonun haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'lish maqsadga muvofiq. Qonun ijro etilayotganda pastanovka va barmoqlarning torlar ustidagi harakatini to'g'ri yo'lga qo'yib olish kerak. Bu o'z navbatida ijrochiga qulaylik yaratib, texnik jihatlarini oson ijro etishga yordam beradi. Bundan tashqari, bir kunda kamida 3-4 soat rivojlantiruvchi mashqlarni muntazam ravishda ijro etish bo'lajak sozanda salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Etyud, gamma, uchtovushliklar, urb moslamasi bilan bog'liq mashqlar chalish texnikani oshiradi. Tremolo ustida ko'proq ishlab, mayda va mayin tovush chiqara olish, boshqa shtrixlar ijrosi osonlashishiga yordam beradi. Shuni unutmaslik lozimki gamma, uchtovushliklar va mashqlar ijrosi muayyan maqsad bilan amalga oshirilishi lozim. Bu vazifa ijrochining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda uning umumiy ijrochilik qobiliyati rivojlanishiga foyda beradigan bo'lishi kerak. Masalan, cholg'uchi ijro mobaynida tovushni baland chiqarib ijro etishda oqsayotgan bo'lsa, shu usulni gamma va mashqlar yordamida ijro etib, baland chalishga erishish mumkin. Bu kabi mashqlar ko'nikmalarni hosil qilish, rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Avvalgi ko'nikmaga asoslangan holda yanada murakkabroq ko'nikma hosil etish yo'llarini hisobga olish zarur. Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, ijrochilik apparatini muntazam ravishda tarbiyalash ishi "oddiylikdan murakkablikga" prinsipi asosida tashkil etilishi kerak. Buni passajlar misolida ko'rib chiqish maqsadga muofiqdir. Qonun sozida chalinadigan asarda 32 talik, 64 talik passajlar bor deylik, avvaliga faqat birinchi passaj ustida ishlash va uni to'liq o'zlashtirib olish so'ngra 64 talik notalarni choraktalik nota kabi murakkablikda chalamiz. Barmoqlar moslashgach, 8 talik nota kabi ijro etamiz. Tovushlarning aniqligi va mayinligiga ham e'tibor berish zarur. Endi xuddi shu passajni 16 talik, 32 talik nota cho'zimlarida navbatma - navbat ijro etiladi. Va shu tarzda oddiy ko'rinishdan murakkabga o'tiladi. Birinchi passaj qay darajada mukammal ijro etilsa, keyinglarida ham xuddi shu darajada mukammallik bo'ladi. Shu o'rinda aytish joizki Darveshali Changiyning "Risolayi musiqiy", Farobiyning "Kitob al-musiqa", A.Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi", Abdurahmon Xoltojiyevning "An'anaviy qonun cholg'u va ijrochiligi "darsligi, Abdulla al-Kurdiyning "Qonun sozini o'rganish yo'llari"(arab tilida) kabi musiqaga oid kitoblari bugungi kun uchun "oltin meros" bo'lib xizmat qilmoqda. Ayni damda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist "Abdurahmon Xoltojiyev, dotsent Ro'zaxon Haydarovalar Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida, katta o'qituvchi Komiljon Shermatov Toshkent Davlat Konservatoriyasida yosh ijrochilarga qonun cholg'usining sir-asrorlarini sidqi-dildan o'rgatib

kelyapti.A.Xoltojiyevning Sirojiddin Usmonov, R.Haydarovaning Aziz Ziyayev, Adhamjon Ne'matjonov, Azimjon Xojimamatov, Ozodbek Hamidov, Xumora Rustamova, K.Shermatovning Olimjon Mamatov, Omadjon Mahmudov kabi shogirdlari turli ko'rik-tanlovlarda o'zlarining mahoratlarini namoyish etib, munosib taqdirlanib kelyapti.

Xulosa: Xulosa qilib aytish joizki har qanday ssan'at sohasida ijod qilar ekanmiz albatta ustozlar o'giti va ular ko'rsatgan tog'ri yo'lni tanlay olish lozim. Qunt bilan o'qish, tinimsiz izlanish lozim. Har birimiz o'z sohamizning yetuk mutaxasisi bo'lib, Vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarish, o'zbekona hamda milliy musiqa asarlarimizni dunyoga tanitish biz uchun sharafli burch ekanligini unutmasligimiz kerak. Qaysi cholg'u turi bo'lmasin uni mukammal o'rganib o'zimizdan keying izdoshlarimizga mukammal yetilgan bilimlar orqali yetkazishdek masuliyatli vazifamiz bor. Qonun cholg'usi juda qadimiy va uning qadimiy sir sinoatlari, cholg'u usullari, qonun qoidalari bizgacha yetib kelgan ekan u bilimlarga yana yangi ko'nikma va malakalarni qo'shib mundane keyin yana tarixi qadar tenglikda yashashiga o'z hissamizni qo'shishdek ulkan niyatdamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy entsiklopediyasi ".Davlat nashriyoti. Toshkent.

2. S.Abdullayev "Qonun" darslik.A.Qodiriy nashriyoti.Toshkent - 2004-yil.

3. O'.Toshmatov, X.Beknazarov "Cholg'ushunoslik" darslik.Toshkent- 2015 -yil.88-89-betlar.

4. S.Turatov "Xalq cholg'ularini o'rganish"qo'llanma .Toshkent - 2015-yil.33-

bet.

5. I.Akbarov "Musiqa lug'ati" G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. Tosh - 1987-yil

6. A.Xoltojiyev "An'anaviy qonun cholg'u va ijrochiligi "darslik.Toshkent.

7. Abdulla al-Kurdiy "Qonun sozini o'rganish yo'llari "(Arab tilida).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.