Научная статья на тему 'CHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA MUSIQIYNAZARIY FANLARNING O’RNI'

CHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA MUSIQIYNAZARIY FANLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
153
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
теория / инструментальное исполнительство / первоклассный инструмент / практика. / theory / instrumental performance / prima rubob instrument / practice

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Karimov Dilshod Mashrab O’G’Li

Эта статья о том, что инструменталист должен обладать как теоретическими, так и практическими знаниями. Также в статье рассматривается, на что современные учителя музыки должны обращать особое внимание при обучении студентов Теория и практика всегда идут рука об руку. Человеку, не имеющему теоретических знаний, очень трудно не только в области музыки, но и в других областях. Таким образом, студенты и преподаватели должны преподавать и изучать теорию и практику взаимозависимым образом. Я думаю, что эта статья поможет учащимся и преподавателям

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ МУЗЫКИ И ТЕОРЕТИЧЕСКИХ НАУК В ИЗУЧЕНИИ ИНСТРУМЕНТАЛЬНОГО ИСПОЛНЕНИЯ

This article is about the fact that an instrumentalist must have both theoretical and practical knowledge. The article also discusses what music teachers today should pay special attention to when teaching students. Theory and practice always go hand in hand. A person who does not have theoretical knowledge finds it very difficult not only in the field of music but also in other fields. Therefore, students and teachers need to teach and learn theory and practice in an interdependent way. I think this article will help learners and educators

Текст научной работы на тему «CHOLG’U IJROCHILIGINI O’RGANISHDA MUSIQIYNAZARIY FANLARNING O’RNI»

CHOLG'U IJROCHILIGINI O'RGANISHDA MUSIQIY- NAZARIY

FANLARNING O'RNI

Karimov Dilshod Mashrab o'g'li

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti E-mail: dilshod3288882@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola cholg'u ijrochisi ham nazariy ham amaliy bilimlarga ega bo'lish kerakligi to'g'risidadir. Undan tashqari maqolada bugungi kundagi musiqa o'qituvchilarining o'quvchilarga dars o'tishda nimalarga alohida e'tibor berishlari kerakligi to'g'risida yozilgan.Har doim nazariyot va amaliyot yonma-yon yuradi. Nazariyot bilimlarga ega bo'lmagan kishi nafaqat musiqa sohasida balki, boshqa sohalarda ham juda qiynaladi. Shuning uchun o'quvchi va o'qituvchilar nazariyot hamda amaliyotni bir-biriga bog'liq ravishda o'rgatishlari va o'rganishlari lozim. O'ylaymanki, ushbu maqola o'rganuvchi va o'rgatuvchilarga yordam beradi.

Kalit so'zlar: nazariya, cholg'u ijrochiligi, prima rubob cholg'usi, amaliyot

РОЛЬ МУЗЫКИ И ТЕОРЕТИЧЕСКИХ НАУК В ИЗУЧЕНИИ ИНСТРУМЕНТАЛЬНОГО ИСПОЛНЕНИЯ

АННОТАЦИЯ

Эта статья о том, что инструменталист должен обладать как теоретическими, так и практическими знаниями. Также в статье рассматривается, на что современные учителя музыки должны обращать особое внимание при обучении студентов Теория и практика всегда идут рука об руку. Человеку, не имеющему теоретических знаний, очень трудно не только в области музыки, но и в других областях. Таким образом, студенты и преподаватели должны преподавать и изучать теорию и практику взаимозависимым образом. Я думаю, что эта статья поможет учащимся и преподавателям.

Ключевые слова: теория, инструментальное исполнительство, первоклассный инструмент, практика.

THE ROLE OF MUSIC AND THEORETICAL SCIENCES IN THE STUDY

OF INSTRUMENT PERFORMANCE

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

ABSTRACT

This article is about the fact that an instrumentalist must have both theoretical and practical knowledge. The article also discusses what music teachers today should pay special attention to when teaching students. Theory and practice always go hand in hand. A person who does not have theoretical knowledge finds it very difficult not only in the field of music but also in other fields. Therefore, students and teachers need to teach and learn theory and practice in an interdependent way. I think this article will help learners and educators.

Keywords: theory, instrumental performance, prima rubob instrument, practice

Cholg'u ijrochiligini o'rganishda musiqiy- nazariy fanlarning o'rni. Musiqa san'ati qadim-qadimdan jamiyat hayotining ajralmas bo'lagi sifatida shakllanib kelgan.Musiqa insonni tarbiyalashda, ma'naviy yetuklikka yetishtirishda asosiy vositalardan biri sifatida xizmat qilib kelgan. Bugungi musiqa ta'limining ham eng muhim maqsad va vazifalaridan biri o'quvchi yoshlarda musiqiy savodxonlikni oshirish, ularni ma'naviy va ruhiy tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat hissini shakllantirish, o'z milliy musiqalarimiz, milliy an'analarimizni singdirishdan iborat. Ushbu vazifalar esa albatta malakali o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Musiqa bilim yurtlarining asosiy vazifasi esa ham nazariy ham amaliy jihatdan bilimli, iqtidorli, ijodkor mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu vazifa esa bosqichma-bosqich amalga oshirilishini yaxshi bilamiz. Buning uchun avvalo poydevorimizni mustahkam qilishimiz lozim. Chunki uy devorni o'zidan yoki tomidan boshlab emas balki, poydevordan boshlab quriladi. Poydevori mustahkam uy ko'p yillar bizga xizmat qiladi albatta. Bu poydevorni nafaqat musiqaga ixtisoslashtirilgan san'at maktablarida balki, umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab mustahkamlash kerak nazarimda.Yurtboshimizning "Madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" PQ-112-qarorlari aynan shu poydevorni mustahkamlash to'g'risida.Bu qarorga ko'ra har bir maktab o'quvchisi kamida bitta milliy cholg'uda chalishi, dars o'tayotgan o'qituvchi esa kamida uchta cholg'uda ijro mahoratiga ega bo'lishi lozim. Bu cholg'ularni chalishni o'rganish uchun esa albatta musiqiy savodxonlik zarur. Maktabga ilk marotaba kelgan bolaga kitobni tez o'qib berish talab etilmaganidek, musiqani bilmagan bolani qo'liga ham biror- bir asbobni tutqazib chaldirish ahmoqlik nazarimda. Maktabga kelgan bolakaylarga avvalo "Alifbe" kitobida harflar tanishtiriladi so'ngra, harflarni sekin-sekin yozish o'rgatiladi. Musiqa darsida ham xuddi shunday. Musiqamizning ham atiga yettita harfi bo'lishiga qaramay, harflardan keyingi yoki oldingi tinish belgilar musiqa nazariyasi fanida o'tiladi. O'quvchilar bu fanni qanchalik yaxshi o'zlashtirsalar cholg'udagi ijroni ham o'rganish shuncha oson

kechadi. Shu o'rinda yana savol tug'ilishi mumkin. Musiqa nazariyasi fanining cholg'u ijrochiligi bilan bog'liqligi nimada? Boya aytib o'tganimday bu fanda o'quvchi birinchi bo'lib musiqadagi kalitlar, musiqa alifbosi bo'lgan yettita nota ya'ni, C (do), D (re), E (mi), F (fa), G (sol), A (lya), H (si) notalarni, musiqadagi barcha terminlarni, oktavalar, intervallar, ladlar va shu kabi kerakli bo'lgan musiqiy iboralarni o ' rganadi.

Musiqiy cholg'ular turli xil oktavadagi turli xil notalarga sozlanadi. Cholg'u ijrochisi esa o'z cholg'usini qaysi oktavadagi qaysi notaga sozlanishini yaxshi bilishi lozim. Chalayotgan cholg'usining ovoz diapazoni, ijro etayotgan asarining tonalligi, asarning muallifi kelib chiqish tarixi hammasini cholg'u ijrochisi bilishi lozim. Ushbu ma'lumotlarni esa nazariy fanlardan olish mumkin. Har doim nazariya va amaliyot yonma-yon yurgan. Biz nazariy o'rganganlarmizni amaliyotda qo'llaymiz. Keling so'z isboti bilan diyishadi hozir bir cholg'u sozini nazariya bilan bog'laymiz.

Har bir sozning kib chiqish tarixi bor bo'lib, rubob prima cholg'usining kelib chiqish tarixi quyidagichadir:.1943-yilda San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida o'zbek xalq cholg'u so'zlarini takomillashtirish uchun mo'ljallangan tajriba laboratoriyasi ochildi. Unga 1943-1948-yillarda I.Akbarov-direktor, V.Uspenskiy-mudir va A.Petrosyans-ustaxona mudiri etib tayinlandi. Natijada professor A.I.Petrosyans rahbarligida ko'pgina cholg'ular takomillashtirilib qayta ishlandi, cholg'ular oilasi, ularning yangi turlari, shu jumladan ruboblar oilasi ham tajriba sifatida yaratildi. Ya'ni rubob cholg'usi asosida ushbu cholg'uning rubob prima, metsso soprano va alt turlari paydo bo'ldi.

Sozgar usta S.E.Didenko tomonidan ishlangan rubob prima cholg'usi yuqori registrdagi tovushlarga, katta tovush diapazoniga va keng ijrochilik imkoniyatlariga ega bo'lib, mizrob bilan chalinadigan sozlar sirasiga kiradi. Har bir cholg'u ijrochisi o'z cholg'usining kelib chiqish tarixini bilishi lozim deb o'ylayman va cholg'u sozini o'rgatayorgan o'qituvchi ham bunga alohida e'tibor berishi joiz. Cholg'u tarixi o'rganilgandan so'ng uning tuzilishi o'rganiladi. Hozir rubob prima cholg'usining tuzilishi bilan tanishamiz.

Rubob prima cholg'usining dastasi yigirma to'rtta metall plastinkalar bilan bo'lingan bo'lib, ular orasidagi o'zaro masofa-parda deb yuritiladi. Pardalar sozning bosh qismidan kosasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10, 12, 14 raqamli pardalarga o'ziga xos bo'lgan turli ko'rinishdagi plastmassa yoki sadafdan ishlangan bezak- belgilar o'rnatilgan bo'lib, ular soz dastasida notalar joylashishini aniqlashda yordam beradi.Rubob prima to'rtta torli cholg'u bo'lib, birinchi va ikkinchi torlar po'latdan silliq yasalsa, uchinchi va to'rtinchi torlar po'lat torga o'ralgan holatda tayyorlanadi. Amaliyotda birinchi tor-0.24mm; ikkinchi tor-0.28mm; uchinchi tor asosi-0.30mm, o'ralgani- 0.70mm; to'rtinchi tor asosi-0.45mm, o'ralgani-0.95mm qalinlikda

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

tayyorlanadi.Cholg'u sozining tuzilishini o'rganish ikkinchi qadamlar bo'lsa, uning

sozlanishi uchinchi qadamdir. Rubob prima cholg'usi quyidagicha sozlanadi:

Rubob prima cholg'usi kvinta intervali bo'yicha sozlanadi.

1-tor ikkinchi oktava Mi notasiga;

2-tor ikkinchi oktava Lya notasiga;

3-tor birinchi oktava Re notasiga;

4-tor kichik oktava Sol notasiga sozlanadi.

Guvohi bo'lib turganingizdek, nazariya va amaliyot bir-biriga chambarchas bog'liq. Ushbu o'rganganlarmiz nazariyaning boshlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari o'rganuvchi musiqa nazariyasini ham bilishi zarur. Musiqa nazariyasini bilmay turib, cholg'uda biror bir asar ijro qilib bo'lmaydi. Hozirgi kunda o'qituvchilardan nazariya va amaliyotni birga o'rgatish lozimligi talab etilyapti xolos. Buning uchun esa ta'kidlab o'tilganidek, ushbu metodikani qo'llashni poydevorlarimizdan boshlashimiz lozim.

Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki, o'quvchilarining amaliy va nazariy bilimlarini egallashida o'qituvchi juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi qanchalik darsni nazariyaga bog'lab qiziqarli o'tsa, o'quvchilarda amaliy ko'nikmalar ko'proq shakllanadi. Bunday metodikani qo'llab darslarni olib borsak, yurtimizda san'at va madaniyat sohasi yanada gullab yashnayveradi albatta.

References:

1. Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan on additional measures for further development of culture and arts PQ-112

2.A.Petrosyans "Cholgushunoslik" 3rd edition T. 1990

3.A.Tashmatova "Catalog of the Museum of Musical Instruments" "Science" T. 2006 4.O.Akbarov. "Pedagogical practice" "Istiqlol" T. 2005

5.A.Gochbakarov "Rubob prima instrumental performance" Music "T. 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.