Научная статья на тему 'XIX АSRNING IKKINCHI YARMI–XX АSR BOSHLАRIDА ZАRАFSHON VOHАSIDА TА’LIM TАRАQQIYOTI'

XIX АSRNING IKKINCHI YARMI–XX АSR BOSHLАRIDА ZАRАFSHON VOHАSIDА TА’LIM TАRАQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tilavova Sh.M.

Manbalarda keltirilishicha 1880-yilga kelib vohasida 81 ta madrasa bo‘lib, shulardan 31 tasi Samarqand shahrida faoliyat yuritgan [В.Соколов: 57]. Madarasalarning asosiy vazifasi imom, qozi, mirzo va mudarrislarni tayyorlashdan iborat boʻlgan. Ushbu madrasalarda taʼlim oluvchi talabalar asosan vaqf daromadi, oʻzlarining oʻqituvchilik faoliyati (oylik), ota-onasining mol-mulki hamda homiylik hisobidan kun kechirishgan. V.Sokolovning maʼlumot berishi boʻyicha Samarqand shahridagi madrasalar soni 23 tani tashkil qilgan. Ularda taxminan 800 yaqin talabalar tahsil olishgan. 1913-yilda esa Samarqand viloyatida 94 ta madrasa faoliyat koʻrsatgan [Е.Павловский: 53].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIX АSRNING IKKINCHI YARMI–XX АSR BOSHLАRIDА ZАRАFSHON VOHАSIDА TА’LIM TАRАQQIYOTI»

XIX ASRNING IKKINCHI YARMI-XX ASR BOSHLARIDA ZARAFSHON VOHASIDA TA'LIM TARAQQIYOTI

Tilavova Sh.M.

O'zMU, tayanch doktarant https://doi.org/10.5281/zenodo.12619911

Manbalarda keltirilishicha 1880-yilga kelib vohasida 81 ta madrasa bo'lib, shulardan 31 tasi Samarqand shahrida faoliyat yuritgan [В.Соколов: 57]. Madarasalarning asosiy vazifasi imom, qozi, mirzo va mudarrislarni tayyorlashdan iborat bo'lgan. Ushbu madrasalarda ta'lim oluvchi talabalar asosan vaqf daromadi, o'zlarining o'qituvchilik faoliyati (oylik), ota-onasining mol-mulki hamda homiylik hisobidan kun kechirishgan.

V.Sokolovning ma'lumot berishi bo'yicha Samarqand shahridagi madrasalar soni 23 tani tashkil qilgan. Ularda taxminan 800 yaqin talabalar tahsil olishgan. 1913-yilda esa Samarqand viloyatida 94 ta madrasa faoliyat ko'rsatgan [Е.Павловский: 53].

Madrasalarga talabalar maktablarni tugatgach qabul qilingan. Zarafshon vohasi madrasalarida odatda haftaning shanba, yakshanba, dushanba va seshanba kunlarida dars bo'lgan. Qolgan kunlar talabalarga dam olish uchun ajratilgan. Darslar tong sahardan boshlanib, kechgacha davom etgan. O'qish jarayoni asosan kuzda (sentabr oyi oxiri) boshlanib yozda (may oyining oxiri) tugallangan. Ramazón va Qurbon hayitlarida 2 xaftalik ta'tillar berilgan. Madrasalarda talabalar asosan diniy va qisman dunyoviy bilimlarga ega bo'lishgan. Talabalardan sinov imtihonlarini mudarrislar, a'lamlar, qozikalon hattoki mahalliy beklar tomonidan qabul qilingan.

V.Radlovning ma'lumotlariga muvofiq madarasalarning asosiy qismi bozorlar yonida pishshiq g'ishtdan barpo etilgan [В.Радлов: 92]. Talabalar hujralarda istiqomat qilishgan bo'lib bir hujrada o'rtacha 3-4 talaba yashagan. Hujralar pdatda uzunligi va kengligi tahminan 6 qadamni tashkil qilgan. Uylari yaqin talabalar, odatda uydan qatnashgan. Ayrim talabalar ikki-uch chaqirimlik yo'lni bosib o'tishlariga to'g'ri kelgan. Zarafshon vohasi madrasalarining talabalari quyi, o'rta va oliy toifaga ajratilgan.

1887-yili "Из жизни сартов" maqolasida yozilishicha, madrasalarda asosan diniy dastrular o'qitilgan. Talabalar Qur'onni yod olganlaridan so'ng turkiy va forsiy she'rlarni yod olganlar. Madrasalarda geografiya, tarix, fizika va tabiat fanlaridan umumiy bilimlar berilgan. Turkiston madrasalardagi o'quv jarayonlari va dasturlar deyarli bir xil bo'lgan. Shu jumladan Zarafshon vohasidagi madrasalar ham ushbu dasturlar asosida ta'lim berilgan. Madrasalarda talabalar guruhlarga bo'linib tahsil olishgan xar bir guruhda 6-10 nafardan 20 tagacha talaba o'qishi mumkin bo'lgan. Madrasani tugatgan talabalarga madrasani muvaffaqiyatli tamomlaganligi to'g'risida maxsus guvohnomalar berilgan [S.Muhiddinov: 15].

O'quv jarayonlari odatda 3 bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqichda toliblar 2, 4, 5 yil o'qishgan. Dasrlar arab, fors tillarda olib borilgan. Bu bosqichning avvalambor "Avvali ilm", "Bidon" o'qitilgan, so'ngra esa nisbatan murakkab bo'lgan "Zanjoniy" va "Muizziy" kitoblari o'qitilgan [S.Muhiddinov: 22].

Ikkinchi bosqichda talabalar ilmlar fiqh-huquq masalalari bilan mashg'ul bo'lib islom qonunshunosligini o'rganganlar. Bu jarayonda talabalar "Muxtasar ul-viqoya" hamda "Hidoya" kabi asarlarni o'rganganlar [К.Бендриков: 54-55].

Uchinchi bosqichda umudunyoviy va ta'limiy kitoblar "Shamsiya", "Hoshiya", "Mushkulot" asarlari o'rganilgan. Shuningdek astronomiyaga oid bo'lgan "Aqoid", "Tahzib"

asarlaridan bilim olishgan. Mantiq faniga oid bo'lgan "Mulla Jalol", "Hadis", "Qiyos", "Tavsifi qozi Bayzoviy" kabi mavzularda ma'ruzalar tinglashgan [S.Muhiddinov: l5].

O'n yil davomida madrasini o'qib tugatgan ilmu-toliblar madrasa mudarrislarining sinovlaridan o'tib, o'z shahar qishloqlariga mudarris, qozi, mirza, muftiy lavozimlariga ishga kirishgan. Ayrim talabalar o'zlari ta'lim olgan madrasalarda qolib ishlashgan. Ammo ko'pchilik talabalar musulmon duolari va qonunchiligini o'rganish bilan cheklanishgan. Ular odatda devonxonada kotib yoki masjid imomi vazifalarida ishlay olishgan.

Madrasalarda faoliyat yurituvchi mullalar va talabalar uchun to'lanadigan haq miqdori uncha katta bo'lmagan va hayot uchun yetarli emas edi. Jumladan XIX asrning oxirlarida Panjikent shahridagi madrasalarda mudarris va imomlar yiliga 50 so'm, talabalar esa 4 so'm olishgan bo'lsa, Urgutda bu ko'rsatkichlar l00 va l0 so'mni tashkil qilgan. Talabalar yashash uchun qo'shimcha mablag'lar topishga majbur bo'lishgan. Talabalarga bu ruxsat berilgan albatta [Д.Иванов: 455].

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Samarqand viloyatidagi madrasalarning o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish va o'tkazish jarayonlarini mudarrislar boshqargan. O'z o'rnida madrasaning moliyaviy boshqaruvi uchun mutavalli javob bergan. Mutavalli ota kasb hisoblanib avloddan-avlodga o'tgan.

XIX asrning oxiriga kelib Samarqand viloyatida yangi rus-tuzem maktablarni ochilishi madrasalar va ularda ta'lim oluvchi talabalarni soni kamayib ketishiga olib keldi. 1S10-1S15-yillarda Tillaqori madrasasida yozda 10, qishda lOS, Sherdorda yozda SO, kishda l20, Ulug'bekda yozda З2 ta, qishda 64 talaba o'qigan xolos [S.Muhiddinov: 55].

V.P.Nalivkinning ta'kidlashicha, 1890 yili Samarkand viloyatida 50 ta madrasa faoliyat yuritgan bo'lib shulardan, 22 tasi shaharda joylashgan. 1892-1893 o'quv yilida Samarqand viloyatida 5S ta madrasa mavjud bo'lib, ulardan 40 tasi shaharlarda, lS tasi qishloqlarda joylashgan edi [В.Соколов: 11].

V.Sokolovning ma'lumotlariga ko'ra lS90-lS95-yillarga kelib, dunyoviy bilimlarni va qisman diniy ilmni o'rgatuvchi Yangi maktablar ochila boshlandi. XIX asr oxiriga kelib Samarqand shahrida 83 yangi maktab faoliyat yuritgan [В.Наливкин: 46-50].

Maktablarda dastlabki o'qish ishlari bolalarga harf o'rgatish bilan boshlangan. Maktablarda kichik yoshdagi bolalar arab alifbosida o'qish va yozishni o'rganganlar. Qur'onni, namozni va turkiy tildagi asarlarni yod olganlar. Ta'lim bosqichlari bir kitobni o'zlashtirib, ikkinchisiga o'tish bilan belgilangan. Ta'lim olish muddati o'quvchilarning qobiliyatiga bog'liq bo'lib, З-5 yilga borgan. O'qituvchilarga oylik maoshni mahalliy aholi yig'ib bergan. O'qituvchilarni yillik maoshi З-5 rubldan l0 rublgacha yetgan [К.Бендриков: 54-55]. Shuningdek o'qituvchilarga ota-onalar tomonidan turli in'omlar taqdim qilingan. Jumladan bug'doy 40 puddan l60 pudgacha bug'doy taqdim etganlar. Ayrim xollarda o'qituvchilarga uy-joy xam ajratib berilgan. Samarkand shaharida 60 taga yaqin o'quvchisi bo'lgan maktablar bo'lgan [S.Muhiddinov: 55].

Zarafshon vohasida lSSO yilga kelib, Xo'jandda 20 ta maktab, 400 ta o'quvchi, O'ratepada 1З ta maktab, 2S0 ta o'quvchi, Jizzaxda 1З ta maktab, l40 ta o'quvchi, Zominda 2 ta maktab, l00 ta o'quvchi Samarqand shaharda SO ta maktab, 1600 ta o'quvchi bo'lgan [S.Muhiddinov: 55].

Xulosa qilib aytish mumkinki, XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Zarafshon vohasida madrasa asosiy ilm dargohi vazifasini o'tagan. Madrasalarda asosan diniy fanlarga e'tibor berilib, dunyoviy fanlarning anchayin orqada qolgan. Maktablarda ham butun Turkiston

o'lkasidagi kabi asosan diniy o'quv dasturlarga asoslangan. Lekin shuni alohida ta'kidlash kerakki, ba'zi bir rus va sobiq sovet olimlari yozganidek, mahalliy xalq butkul savodsiz bo'lmagan. Chunki viloyatda har bir mahallada maktablar bo'lgan, madrasalar shaharlarda joylashganligi va ularda ko'plab talaba tahsil olganligini kuzatsa bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Бобожонова Ф. Бухоро амирлигида таълим тизими (XIX аср охири-XX асрнинг бошлари).-Тошкент, 2014. 58-бет.

2. Muhiddinov S. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Samarqand viloyati madrasalarining vaqf daromadlari va ularning boshqaruvi // O'zbekiston tarixi. 2018. 3-son. 15-bet.

3. Абу Бакр Мухдммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. Форс-тожик тилидан А.Расулов таржимаси.-Тошкент: Фан, 1966. 84-бет.

4. Бендриков К.Е. О черки по истории народного образования в Туркестане (1865-1917). - М.: Изд-во Акад. пед. наук РСФСР, 1960. - С. 54-55.

5. Иванов Д.Р. Русская земля Самарканд // Туркестанский сборник.-СПб., 1873. - С. 455.

6. Маев Н. Туземная школа // Туркестанские ведомости. 1884. - С. 30.

7. Наливкин В.П. Сведение о состаянии туземных медресе Сырдарьинской области в 1890-91 учебном год. - С. 46-50.

8. Павловский Е.Н. Очерки Самаркандской области // Туркестанский сборник.-Том 554. -Ташкент, 1915. - С. 53.

9. Радлов В. Записки императорского русского географического общества по отделению этнографии.-СПб., 1882.-92 с.

10. Соколов В. Москва-Самарканд // Туркестанский сборник. - С. 57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.