Научная статья на тему 'CHOR-CHINOR ZIYORATGOHINING SHAKLLANISHI VA MASJID MEMORCHILIGINING O‘ZIGA XOSLIGI'

CHOR-CHINOR ZIYORATGOHINING SHAKLLANISHI VA MASJID MEMORCHILIGINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Naqshbandiya shayxlari / maqbara / ziyoratgoh / masjid-madrasa / chillaxona / memorial-diniy majmua.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rayimkulov Akmal

Maqolada Samarqand shahridan 40 km janubda joylashgan Chor chinor ziyoratgohining shakllanish tarixi, shu bilan birga u yerda joylashgan buloqning o‘ziga xosligi, masjid-madrasaning memorchiligi, boshqa masjid-madrasalar bilan qiyoslanishi, tahlili shuningdek Chor chinor masjidning XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ta’mirlanishi jarayonlari, takliflar haqida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOR-CHINOR ZIYORATGOHINING SHAKLLANISHI VA MASJID MEMORCHILIGINING O‘ZIGA XOSLIGI»

CHOR-CHINOR ZIYORATGOHINING SHAKLLANISHI VA MASJID MEMORCHILIGINING O'ZIGA XOSLIGI

Rayimkulov Akmal

SamDAQU "Arxitektura" kafedrasi o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11219106

Annatatsiya. Maqolada Samarqand shahridan 40 km janubda joylashgan Chor chinor ziyoratgohining shakllanish tarixi, shu bilan birga u yerda joylashgan buloqning o'ziga xosligi, masjid-madrasaning memorchiligi, boshqa masjid-madrasalar bilan qiyoslanishi, tahlili shuningdekChor chinor masjidningXIXasr oxiri-XXasr boshlaridagi ta'mirlanishi jarayonlari, takliflar haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Naqshbandiya shayxlari, maqbara, ziyoratgoh, masjid-madrasa, chillaxona, memorial-diniy majmua.

Samarqand viloyati Urgut tumanida Zarafshon tog' tizmasidagi pirviqor tog' yon bag'irlarida joylashgan Chor Chinor ziyoratgohida islom dinida naqishbandiya talimotining yirik vakillari Xoja Avli Valixon, Eshoni shayx va XX asrda faoliyat ko'rsatgan oxirgi xalqasi Xo'ja Qutbiddinxon eshonning qabrlari mavjud. Ushbu ulug' zotlar islom dini talimotida o'zlaridan juda katta ma'naviy iz qoldirganligi bilan ajralib turishadi.

Urgut vohasining diqqatga sazovor joylarini yagona bir omil birlashtirib turadi bu -ziyoratgohning markazida zilol suv bilan to'lib turgan buloq va uning atrofidagi baland, quyuq soya beruvchi, qadimiy daraxtlardir. Yozning quruq va issiq iqlim sharoitida tog'lardagi aksariyat irmoqlari to'liq qurib qoladi. Shu sababli doimiy ichimlik suvi, bog'lar va dalalarni sug'orish uchun xam ishlatish mumkin bo'lgan tabiiy suv manbai buloqlarni insonlarga ilohiy ne'mat tarzidagi tuhfa bo'lgan. Bu maskan xush havoligi va maftunkor manzarasi bilan ajralib turadi. Chinorlar xiyoboni bo'ylab tog'ning bir tegirmon muzdek zilol suvi oqib turadi.

Islom dinining O'rta Osiyoga kirib kelishi ilk davrlarida muqaddas joylarni total buzilishlar holati butkul unitib yuboriladigan darajaga keltirishgan edi. Biroq buloq va muqaddas bog'lar bu qayg'uli taqdirlardan omon qolgan. Ma'lumki, barcha musulmonlar uchun suv nafaqat ichimlik sifatida, balki yerlarni sug'orish va nomozdan oldin tahorat uchun ham kerak bo'lgan. Bu joylarni qadimgi butparast dinlar bilan bog'lagan, Zardusht va'zlaridan oldin ham amalda bo'lgan xalq afsonalari Qur'on qahramonlarining mo'jizaviy ishlari yoki musulmon zohidlarining hayoti haqidagi taqvodor afsonalar bilan almashtirila boshlandi[1].

Chor-chinor ziyoratgohdagi chinorlarning yoshi 1000 yildan oshgan, degan taxminlar bor. Kirish darvozasidan boshlangan markaziy yo'lakning ikki tomonidan yuqoriga qarab chinorlar tizmasi qad rostlab yuborgan. Chap qatordagi chinorlar ichida ikkinchi chinor o'zining kengligi bilan kishilar diqqatini tortadi. Rivoyatlarga ko'ra, chinor o'tmishda chillaxona xizmatini o'tagan. Sho'rolarning dastlabki hukmronlik davrida bir muddat bolsheviklarning majlis o'tkazadigan joyi, keyinchalik esa maktab vazifasini bajargan. Boshqa bir rivoyatga ko'ra, arab qo'mondonlaridan biri Xo'ja Abu Tolib Urgutga hukumdor bo'lib, buloq atrofida to'rt dona chinor ektiradi. U vafot etgach (866-867 yillar), shu chinorlar yaqinida dafn etiladi. Bu joyning yana bir nomi "Xo'ja Chorchinor" deb atalishining tarixi shu voqyea bilan bog'liq.

Chor-chinor majmuasi ichida 1914 yilda Shayx Muxiddinxon tomonidan qurilgan masjid bor[2]. Masjiddan dastlab madrasa sifatida foydalanilgan. Bino Abduqodir (1868-1934 yillar)

ismli usta tomonidan qurilgan. 1927 yilgacha mazkur madrasada nafaqat Urgut, balki shu yaqin hududlardan kelgan tolibi-ilmlarga saboq berilgan.

Majmuaning ichki qismida bir nechta tarixiy shaxslarning qabrlari bor. Ulardan biri mashhur eshon Valixon Ismoilxo'ja o'g'li (1842-1915 yillar) bo'lib, Mir Arab madrasasida mudarrislik qilgan. U kishining o'g'illari Shayx Muhiddinxon (1875-1931 yillar) ham Urgutda yashab, Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. Shayx Qutbiddinxon Muhiddinxon o'g'li (1906-1983 yillar) mashhur sharqshunos olim bo'lgan. Majmuaning tashqari qismida eski qabriston bo'lib, Urgut hukmdorlari shu yerga dafn qilingan. Markaziy Osiyoda so'fiylik va bu suluk sho'ro tuzumiga qadar uzluksiz davom etgan. Yurtimizda XX asr boshlarida asosan naqshbandiya tariqati vakillari faoliyat olib borgan.

XVI asrda Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlog'i bu yerga Namanganning Kosonsoyidan kelib o'rnashgan Maxdumi A'zam Kosoniy-Dahbediy sharofatidan naqshbandiyaning yirik markaziga aylandi. Tariqatni keng yoyish uchun Dahbed shayxlari muayyan maqsad bilan turli hududlarga jo'natildi.

XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida Dahbediy pirlarining muridi bo'lgan bir avlod sharofati bilan Urgut ham tariqatning yirik markazlaridan biriga aylandi. Urgutiy pirlar orasidan shunday bir sulola yetishib chiqdiki, bu oila a'zolari tariqatni otadan o'g'ilga o'tkaza borib, o'ziga xos bir zanjir hosil qildi. Zanjirning boshida Xoja Valixon Urgutiy turar edi. Bu zot o'z davrida "Qutbi zamon" deya yuksak nom bilan sharaflangan. U Mavlono Mirmuhammad Ibrohim Samarqandiyning muridi bo'lgan.

Tariqatga rahnamolik qilish Eshon Valixondan o'g'li Eshon Muhiddinxonga o'tgan. Tasavvufda "silsila" degan tushuncha mavjud. Bu Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomdan boshlangan ruhiy ta'limning pirdan muridga o'tib kelish zanjirini anglatadi. Tasavvuf tarixida ana shu uzilmas silsilaga (halqaga) kirmagan biror-bir shayx yo'q.

Urgutning "Chorchinor" mavzesida Urgutiy pirlar tashabbusi va mablag'i bilan masjid va madrasalar qurilgan. Tolibi ilmlarga yashash uchun joy, o'qish uchun mudarrislar tayinlangan. Hatto 1920 yili Buxoroda bolsheviklar bosqini yuz berib, u yerdagi barcha madrasalar faoliyatini to'xtatganidan keyin Buxoroi sharifning ayrim nufuzli mudarrislari Urgutdagi shu madrasaga kelib, ta'lim berishni davom ettirgan. Shu zamonlarda xalq orasida "Buxoroi sharif ilmi Urgutga ko'chdi" degan ovozalar tarqalgan. Eshon Valixon jamiyatda juda katta nufuz va mavqyega ega edi[3].

Chor-chinor majmuasi tarkibiga ravoqli kirish darvozasi, XX-asrga mansub masjid binosi va unga tutash kechki qurilmalar, xonaqoh va majmuaning janubida qadimiy chinorlar o'rtasida tabiiy buloqdan tashkil topgan hovuz, ayvonlar va ko'plab chinorlardan iborat (1-rasm). Eng qadimiy chinor-madrasa esa majmuaning shimoli-sharqida joylashgan bo'lib, uning o'ziga xosligi butun bir katta chinorning o'yma yog'och kirish eshigi va uning ichida bir necha kishini sig'dirishidadir. Aytishlaricha bu yerda so'fiylarining zikr amallarini bajarish va ilmu toliblarga diniy bilimlarni berish maskani hisoblangan.

Chor-chinor majmua chashmasining shimoli-sharqida sohibi karomat Xoja Valixon ibn Ismoil Xoja va u kishining nabiralari olim va shoir shayx Qutbiddinxon ibni Xoja Muhiddinxon sha'niga hashamatli maqbara qad rostlagan.

Xojagon tariqatining XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ko'zga ko'ringan namoyandalaridan bo'lgan Xoja Valixon Urgutiy o'z davrining ma'naviy hayotida ulkan mavqye egallagan siymolardan edi. Shuning uchun yurtimiz viloyatlari va xorijiy mamlakatlarda bu ulug' zotning ixlosmandlari, undan ma'nan bahramand bo'lganlar juda ko'p bo'lgan.

1-rasm. Chor chinor majmuasining bosh reja rekonstruksiya loyihasi

Chor-Chinor ziyoratgohi

Urgutdagi Chor-chinor (to'rtta chinor degan ma'noni anglatadi) diniy majmuasi IX asrdan buyon afsonaviy tarixni o'zida mujassam etib kelmoqda. Afsonalarga ko'ra Sarmast laqabiga ega arab qo'mondonlaridan biri Samarqand yaqinida islom dinining yakuniy qaror topishida ishtirok etgan. Uning ismi xo'ja Abu Tolib bo'lgan va Urgutning hukumdori etib tayinlangan. Aynan u buloq atrofidagi o'sha to'rt chinorni ekkan.

Abu Tolib mehribon va haqiqatparvar hukumdor bo'lib, uzoq va solih umrini yashab o'tgan, u 866 yil shu chinorlar yoqasida dafn etilgan. XIX asr samarqand olimi Abu Toxirxo'ja Sadrining yozishicha, XVIII-XIX asrda Xo'ja Abu Tolibning muxtasham qabrlarining sharqiy tomonidan Kattabek devonbegi tomonidan madrasa bunyod ettiradi (2-4 rasmlar).

Afsuski, Abu Tolib Sarmastning hayoti va ijodi haqidagi batafsil ma'lumotlari bizgacha yetib kelmagan. Hatto IX asrga va XIX asrga mansub qurilish qoldiqlari ham saqlanmagan. Rossiya imperiyasi harbiylari tomonidan Samarqandni bosib olishi natijasida polkovnik Abramov boshchiligidagi bo'linma 1868 yil Kattabek madrasasini buzishgan. 1915 yilga kelib Abduqodir ismli me'mor, urgutlik Obloqul nomli usta bilan birga Chor-chinor ziyoratgohining shu paytdagi imomi Muxiddinxon buyurtmasiga ko'ra gumbazli yangi masjid qurishadi (8-9 rasmlar). Shu davrdan boshlab uning otasi eshon Valixon Ismoilxo'janing (1842-1915), qabrlari hozirgi paytgacha saqlanib qolgan. U Buxorodagi Mir Arab madrasasida islom ta'limotidan dars berib kelgan edi. Muxiddinxon shayxning o'zlari 1928 yili Kommunistlar tomonidan Urgutdan Saudiya Arabistoniga quvilgan va 1931 yil Madinada dafn etilgan. Sovet hukumdorlari tomonidan Shayxning quvib yuborilgandan keyingi davrlarda madrasa-bolalar uyi, nuroniylar uyi va oshxona sifatida qo'llanilib kelingan.

3-rasm. Chor-chinor masjidi 1887yil (Avtor: Aymar Ejen de Plyuvinel de la Baum) (https://humus.livejournal.com/6431481. html)

4-rasm. Urgut 1899yil. Chor-Chinor qadimiy chinorlari va masjidko'rinishi

Avtor: Hugues Krafft Masjidning ta'mirlanishi haqida qisqacha tarixiy ma'lumot

Chor-Chinor masjidi Samarqand viloyati Urgut tumanining janubiy qismidagi eng so'lim va xushmazara joylarida, tog' yon bag'ridagi buloq suvlaridan yoqasida o'sib, quyuq soya beruvchi ming yillik chinorlarning maskani qo'rshovida joylashgan. Shubxasiz masjidning nomi mahalliy joy bilan bevosita bog'liq.

Yodgorlik bo'yicha hech qanday yozma manbalar va tadqiqotlar o'tkazilmagan, bu borada biron bir ma'lumot yoki arxiv manbalari yo'qligi, masjidning qurilish davri aniqlanmagan. Ammo uning shakli va konstruktiv elementlari, qurilishda qo'llanilgan materiallariga asoslanib masjid XX asrga mansubligini aytish mumkin. Bu fikr Samarqand shahridagi "Panjob" masjid-madrasasi (5-rasm) qurilish konstruksiyalarining naqadar o'xshashligi bilan taqqoslashda go'yoki ularni bir muhandis tomonidan yaratilgandek: shu bilan birga Shaxrisabz shahridagi Mirhamid xonaqohi va Malik-Ajdar masjidilariga ham o'xshashliklar yaqin (6-7 rasmlar).

5-rasm. Samarqand shahridagi Panjob masjid-madrasasi XIX-XX asrlar (muallif fotosi)

6-rasm. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz markazidagi Xo 'ja Mirhamid xonaqohi XVIII-XIX asr o'rtalari (IAM M 23 № 1026/15)

7-rasm. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz markazidagi Malik Ajdar masjidi XIX asr boshi (IAM M 23 № 1026/17)

8-rasm. Chor-chinor masjidi Foto muaUifi Anatoliy Raximbayev 1998 yil Manba: (http://www.asiaterra.info/pfotosrafy/anatolij-rakhimbaev-eso-uchitelyami-byli-zhizn-i-

rabota)

"Chor-chinor" masjidi rejada ikki o'qli, simmetrik kompozisiyali, to'g'ri-to'rtburchak shakliga ega, uzun bo'ylama o'qi shimol-janub oriyentasiyasiga ega (10-rasm). Markazida masjidning asosiy zali joylashgan bo'lib, shimol va janub tomondan ikki kichik zallariga yondosh ikkitadan xonalar joylashgan. Ularning har biri ravoqli kirish qismi va gumbazli zallariga ega. Asosiy zalning g'arbida mahobatli besh burchak shakliga ega mehrob bo'lib, ularning uch bo'lagida mehrob tokchalari mavjud. Masjidning g'arbiy burchaklarida joylashgan kichik xonalar

g'arbiy devorida katta bo'lmagan mehrobiga ega. Har bir burchakda joylashgan xonalarda o'zining chillaxonasi va zinaxonasiga ega bo'lib, bu spiralsimon zinalar orqali ikkinchi va uchinchi qavatdagi 1.5 x 2 metrga teng xujralarga o'tilgan[4]. Masjidning o'ziga xosligi bunday hujralardan jami o'n ikkitadir.

9-rasm. Masjidning hozirgi ko'rinishi (muallif fotosi 2023 yil)

1977 yilga qadar Toshkentning maxsus ilmiy ta'mirlash loyiha ustaxonasining bosh me'mori V.M. Filimonov va ish yurituvchi memori N.E. Aronovning texnik ta'mirlash loyihasida keltirilishicha masjidda yodgorlikning vayron bo'lishini oldini olish bo'yicha ta'mirlash ishlar bajarilmagan, tom qismidagi ba'zi betonlash ishlari bundan mustasno. Masjiddagi asosiy ish faoliyat - omborxona sifatida foydalanilib kelingan, masalan, galereyalar barcha tomonlari g'ishtli devor yoki yog'och to'siqlar bilan to'silgan, ba'zi xonalar pol yuzasi semetlab yuborilgan va ayvon va taxmonlar tashkil etilgan edi. Deyarli barcha deraza va tuynuklari pishiq g'isht bilan terilib yuborishgan edi. Bino doimiy paytda ijaraga berilganiga qaramay, inshootga nisbatan beetibor holatda foydalanilib kelingan. Bu bilan janubiy peshtoq orti konstruksiyalarining shikastlanishi va uning yuqori qismi qo'porilishini chinorlarning yirik shoxlarini mavsumiy qulashi bilan izohlash mumkin[5].

1979 yilga kelib tamirlash ishlari yakuniga yetmay qolgan. Oqibatda masjid tomidan atmosfera yog'ingarchiliklari bino ichigacha devor bo'ylab o'tib borgan, devor yuzalarida tuzli qatlamlarning paydo bo'lishiga olib kelgan[6]. Bundan tashqari yodgorlik atrofining obodonlashtirish ishlari bajarilmagan, masidning g'arbidan o'tuvchi ariq lotoklari ta'mirtalab bo'lganligi va majid binosi asosida atmosfera suvlarini qochirish ishlari qilinmagan edi.

23800

10-rasm. "Chor chinor" masjidi tarzi, rejasi va qirqimi (A. Rayimkulov chizmasi)

2007 yilga kelib Samarqand viloyat tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish davlat nazorati boshlig'i M.A. Naberayeva boshchiligidagi inspeksiya mutaxassislari tomonidan Urgutdagi Chor-Chinor majmuasi holatini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan ekspeditsiyada obektni o'z joyida o'rganib quyidagilar aniqlangan:

1. Majmua - masjid binosi, bog' hududi, chashma, ariqlar, eski qabriston hududi, tarixiy chinorlar, maqbara va kechki qurilmalardan iborat.

2. Masjid binosining poydevori pishik «nikolay» g'ishtida murakkab korishmada terilgan. Poydevor asosi va o'zida cho'kish alomatlari sezilmaydi. Poydevorning g'arbiy tomonida, yogingarchilik suvlarini chikib ketishi uchun beton ariklar qilingan bo'lib, hozirgi kunda yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, masjid binosining shimoliy qismi poydevori tskisligida issiklik tarmog'i kuvurlarini o'tkazish uchun beton ariqlar kilingan va ustki kismi tekislanganligi okibatida yogingarchplik suvlarining to'planishiga va poydevor asosiga o'tishiga sabab bo'lmokda. Natijada, masjid poydevorida yuqori darajada namlanishiga, bu esa, poydevorning konstrupiv mustahkamligini yo'qolishiga olib kelmokda. Masjid poydevorn atrofidagi holat qoniqarsiz.

3. Masjmd devorlari «nikolay» pishiq g'ishtida, murakkab ganchli qorishmada rasshivkali qilib terilgan. Binoning devor qismida yoriqlar, cho'kish-og'ish alomatlari sezilmaydi. Devorda g'ishtlar orasilagi qorishmalar (devorning pastki qismida) tushib ketgan. Devorning tashki tarz yuzasini tozalashda «peskostruy» uskunasi bilan tozalash natijasida, gmsht yuzalarida sinnsh. chukurchalar paydo bo'lishiga olib kelgan. Ayniksa, yodgorlikning sharqiy-shimoliy ravokli ayvonining sharkiy tarzlari burchak yuzasida. buzilish 60-70 % ni tashkil etadi.

4. Yodgorlik binosining janub va shimol tomonlaridagi ravoqli ochiq qismiga. 1990-yillarda katta eshiklar o'rnatilib, kushimcha devorlar terib yuborilgan. Natijada, binoning xavo

almashinuvi, tabiiy yorug'liklarning tushishini yopib kuyilgan, bu esa ichki devordagi namliklarni bug'lanib ketishiga tusiq bo'lib, devor tarkibida mavjud bo'lgan tuzlarning yuzaga chikishi va devornnng buzilishini tezlashtirishga olib keladi. Bino devorlarinnng xolati konikarsiz.

5. Masjnd binosining me'moriy va konstruktiv tizimi O'zbekistondagi boshka yodgorliklardan tubdan fark kilib, bu bino Respublikadagi yagona me'moriy konstruktiv uslubga ega bo'lmokda. Tom koplamalari gumbazli bo'lib, gumbazdan tushayotgan yuklar og'irliklari ustunlar (kolonna) orkali asosga yuborilishi, sakkizburchak holatdan sferali paruslar orkali aylanaga o'tish uslublari bilan boshka yodgorliklardan fark kilishi katta ahamiyatga egadir. Gumbazning ostki aylana kismlari (baraban)da, yorug'lik tushishi va xavo almashuvi uchun tuynuklar koldirilgan. 1990-yillarda tom ustini sirlangan tunuka bilan koplash jarayonida ushbu tuynuklar yopib ketilgan. Natijada devorlardagi namlik oshgan, tabiiy yorug'lik tushmaydi, xavo almashuvi buzilgan.

6. Masjidning katta zalining gumbaz bilan tutashuv ravoq kismi g'arbiy tomonida sezilarli darajada yoriqlar mavjud. Shuningdek, kagta masjid xonasi gumbazining shimoliy kismida xam yoriqlar paydo bo'lgan. Umuman, masjidning ichki kismi ta'mir talab xolda.

7. Masjidga kirish (shark tomondan) ravokli bosh tuynugiga keyinchalik (80-90-yillarda) o'rnatilgan, to'g'ri turtburchakli eshiklar ustiga. zavarrov kuyilib, uning ustiga g'isht terib yuborilgan. O'riatilgan zavarravning janubiy kismi chirigan va konstruktiv holatini yukotgan. Zavarrav quyish jarayonida devorning sigment ravokning poshnasi kismidagi g'ishtlarning buzib olib o'rnatilishi okibatida, ravokning tayanch kismida konstruktiv buzilish paydo bulgan va avariya holatiga olib kelgan.

Masjidning tom yopmasi o'z-vaktida turtburchak gishtlar bilan g'isht-farj kilib yolilgan bo'lib, keyinchalik sirlangan tunuka bnlan koplangan. Bu esa masjid tomining kurilgan davriga mos kelmasligi bilan uning ms'moriy kurinishiga ziyon yetkazilmokda.

8. Tomga o'rnatilgan tarnovlar tushib ketgan, natijada baland tomdan tushayopan yog'ingarchilik suvlari bino dsvoriga sachrab urilishi natijasida, devorlar namlangan. Tarnovlar holati konikarsiz.

9. Madaniy meros obyektiniig old sufa kismiga, asfalt yotkizilgan va shu bilan yodgorlikning kurinishiga xamda usha maydonning nafas olishiga tusqinlik kilib, yer ostidan namlikning bug'lanib chikishiga yul kuymaydi va oqibatda bino poydevorida namlanish oshib, binoning buzilishini tezlashtiradi.

10. Chashmalardan chikayotgan suvlarning masjid binosidan yukori satxlar bilai oqib ketadigan katta arikning beton qirg'oqlari yemirilgan va suvlar bino tomon sizib o'tishiga sabab bo'lgan. Shuningdsk, katta yog'ingarchilik kunlari qirlardan tushib kelgan yogingarchilik suvlari arik qirg'oklarndan oshib o'tib, (ayniksa, masjid binosi to'g'risida) bino ostiga suv o'tishi aniklandi. Chashma suvi oqib chikayotgan arik xolati konikarsiz ahvolda. Undan tashkari, majmuaning bevosita qo'shni xududida kurilgan tegirmon uchun olib borilgan arik xam, eski arik uzanining o'zgarishiga sabab bulgan va bu bilan arikda suvning damlanishini xosil kilgan.

11.Majmua xududini obodonlashtirish ishlariga e'tibor berilmay kuyilgan. Holati konikarsiz.

12. Majmua xovlisining shimoliy-g'arbiy qismidagi temir panjaralar og'nab yotibdi va shu tomonda har xil chiqindilar to'planib kolgan. Sanitariya holati konikarsiz.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, madaniy va tabiiy meros obyektida quyidagi ishlarni bajarilishi lozimligi to'g'risida ekspedisiya ishtirokchilari tomonidan kuyidagi takliflar kiritiladi.

1. Masjid binosini ilmiy asoslangan manbalarga tayangan holda restavrasiya qilish loyihasiga buyurtma berish:

- masjid atrofi va ichida shurflar qizib poydevor asoslarini o'rganish;

- masjid tomi qismini qurib chiqib, holatidan kelib chiqqan holda, ilmiy manbalarga asoslangan holda, ta'mirlash ishlari loyihasiga kiritish;

- ravoqlar ostiga o'rnatilgan ta'mir to'sinlar, eshiklarni ravoq shakliga moslab o'rnatish bo'yicha, ilmiy xulosa asosida loyihaga kiritish.

2. Masjidning gumbas osti qismi (baroban)ida asl tuynuklarni ochish tabiiy yorug'likni kirishi va havo almashinuvini ta'minlash.

3. Masjid atrofidagi yog'ingarchilik suvlari oqib chiqadigan (otmostka) inshootini ta'mirlash.

4. Masjid orqasidagi qozonxonani boshqa joyga ko'chirish.

5. Masjid tagidan o'tadigan drenaj quvurlarni tozalash va ta'mirlash.

6. Masjid atrofidagi asfalt yo'laklarni g'isht yo'laklariga almashtirish.

7. Majmua hududini obodonlashtirish kabi aniq takliflarni berganiga qaramasdan, hanuzgacha bu ishlarning bir qanchasi amalga oshirmasdan kelinmoqda.

Chor-chinor kichik o'rmoni diniy maskan sifatida Sobiq Ittifoq davrida ham o'z faoliyatini to'xtatmadi. Oxirgi tarixiy qabr ham Valixan Ismailxo'janing nabiralariga tegishli. Sharq olimi va ilohiyotchisi, shayx Qutbiddinxon Muxitdinov (1906-1983 yillar). Shayx Qutbiddinxon O'zbekistonning davlat peshvolari hisoblanmish Akmal Ikromov va Fayzulla Xo'jayevlar bilan, shuningdek o'zbek klassik adabiyotshunosi, yozuvchi G'afur G'ulom bilan do'stona rishtalarini saqlab kelgan. 1930 yil Stalin qatag'onlari davrida shayxni ketma-ket ikki marotaba xibsga olishib, hatto qatag'onga hukm o'qishganda, qandaydir mo'jiza bilan baribir tirik qolgan. 1983 yil shayx vafot etgach, urgut xalqining talablariga ko'ra marxumni Chor-chinor kichik o'rmonidagi bobosi qabrlari yonida dafn ettiradilar.

Chinor ichidagi masjid

1991 yil O'zbekiston mustaqillikka erishgach Chor-chinor kichik o'rmoni - memorial majmua maqomini qaytarib oladi va shu bilan birga Samarqand tumanining mashhur diqqatga sazovor sayyohlik maskaniga aylanadi. Bir necha o'n yillik davrdan keyin maskan yirik ziyoratgohga aylanib, nafaqat mahalliy aholining balki O'zbekistonning turli nuqtalaridan keladigan ko'p sonli ziyoratchilarning chuqur hurmatiga ega majmua hisoblangan. Majmudagi kichik o'rmon go'yo yig'noq yog'och kosa ko'rinishiga ega bo'lib, o'nlab ulkan chinorlar tanasi bir biri bilan tuproqdan chiqqan kuchli ildizlarga chambarchas birikkan. Eng ulkan chinorlar afsonaviy yoki haqiqiy 800 - 1200 yoshga teng ekanligini eslatib turuvchi yozuvli peshtaxtalar bilan jihozlangan. Bu haqiqatda to'g'ridir, chunki jahonning boshqa yurtlarida 2300 yoshga teng chinorlar borligi isbotlangan.

Bu yerdagi eng yirik chinor daraxti 35 metrga yetadi. Uning ildizlari ostida ulkan bo'shliq yoki tabiy g'or paydo bo'lgan. G'ayritabiiy g'or to'liqligicha daraxt ichida yashiringan bo'lib, daraxtning tanasi shift vazifasini bajarib keladi. Chinor tanasining ba'zi ochiq qismlari pishiq g'ishtlar bilan qoplangan, kirish qismi esa o'yma naqshli yog'och eshigi bilan jihozlangan. U o'z ichiga o'nga yaqin kishini sig'dira oladi. Shubhasiz, dastlab bu joy chillaxona vazifasini bajarib kelgan (so'fiylarning qirq kun mobaynida yolg'iz Allohga bo'lgan iltijolari).

Afsonalarda keltirilishicha, inqilobgacha bo'lgan davrda bolsheviklar fitnachilarining yashirin uchrashuvlari maskani bo'lgan, sobiq Ittifoq davrigacha esa maxfiy tarzda madrasa -

islom diniy maktabi bo'lib kelgan. Xalq orasida esa aynan shu daraxt "Maktabi-Chinor" nomi bilan atalgan edi.

Muqaddas kichik Chor-chinor memorial majmuasida zilol suvli buloq ko'li yashirinib turadi. Yer qaridan muzdek suv bosimi ko'lning sirtigacha otilib chiqadi. Aksariyat ziyoratchilar bu yerdagi suvni yaxshi niyatlar bilan istemol qilish uchun atayin kelishadi. Hayit bayramlari arafasida buloq yaqinida qurbonlik olib kelishib shu yerda hayvonlarni qurbon etishadi. Buloqdan chiqqan suv nafaqat bu atrofni balki, Urgutning bir qism aholisini suv bilan ta'minlab kelmoqda. Masalan Chor-chinor, So'fiyon, Kamangaroncha, Andak, Guliston mahallalari va Urgutning quyi qismlarigacha shu suvlar yetib boradi. Buloqdan chiqqan suv majmuaning janubi-g'arbidan o'tayotgan ariq orqali pastki mahallalarga tushadi. Bunga mahalliy aholi buloq ko'lining o'zidan po'lat yoki plastik trubalar orqali ichimlik suvlarini o'z hudulariga tortib olishlari evaziga erishgan. Shunga qaramay buloqning suvlari asrlar mobaynida to'xtab yoki kamayib qolgani yo'q. Shu maskan nuroniylari va shogirdlari hasharligida bu buloq yilda bir marta xazonlardan tozalab turiladi.

Xulosa va tavsiyalar

Xulosa o'rnida takidlash mumkinki, qadimiy Movarounnahrda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz xoki abadiy qo'nim topgan muqaddas ziyoratgohlar va ularda bugungi kungacha saqlanib kelayotgan memoriy yodgorliklar ham ulkan tariximizning o'ziga xos nishonasi boy moddiy meros xazinalaridan biridir. O'zining asl holatida saqlanib qolgan bunday yodgorliklar va ulardagi shakllar uyg'unligi shu davrdagi usta memorlarning yuqori darajadagi saviyasini, mukammal malakaga ega ekanligini namoyon etib kelmoqda, shu qatorda ularning tarixini yoritishda katta ahamiyat kasb etadi.

1. Masjid binosini ilmiy asoslangan manbalarga tayangan holda restavrasiya qilish loyihasiga buyurtma berish:

- masjid atrofi va ichida shurflar qizib poydevor asoslarini o'rganish;

- masjid tomi qismini qurib chiqib, holatidan kelib chiqqan holda, ilmiy manbalarga asoslangan holda, ta'mirlash ishlari loyihasiga kiritish;

2. Masjidning gumbas osti qismi (baroban)ida asl tuynuklarni ochish tabiiy yorug'likni kirishi va havo almashinuvini ta'minlash.

3. Majmua hududini obodonlashtirish kabi aniq takliflarni berganiga qaramasdan, hanuzgacha bu ishlarning bir qanchasi amalga oshirmasdan kelinmoqda. Jumladan masjid tomi tunika qoplamasi bilan jihozlanganligi, oqibatda gumbaz osti tuynuklarining ochilmaganligi va havo almashinuvining tartibga solinmaganligi, devorlarning namlanishi kabi muammolar yechilmagan. Vaholanki masjidning autentik ko'rinishi yo'qolgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https://ia-centr.ru/publications/taynaya-shkola-vnutri-chinary/

2. https://urgut.uz/uz/node/96

3. https://www.bukhari.uz/?p=18009

4. C8948/A-79. ГлавСНРПМ Автор проекта Н.Э. Аронов. Технический проект реставрации мечети "Чор-чинор" г. Ургут Самаркандской области. Ташкент-1977 с. 9.

5. C3962/A-85. ГлавСНРПМ Автор проекта Н.Э. Аронов. Технический проект реставрации мечети "Чор-чинор" г. Ургут Самаркандской области. Ташкент-1977 с. 1112.

6. Давлат курикхона - музейи деректори К.Х Хасанов томонидан УзНИПИ реставрация деректори К.А. Абдуллаевга берилган суровнома маълумотномаси №-27/11.03.1988 йил.

7. Utkurovich, S. D. (2023). Stages of formation of city streets in the archaeological area of Afrasiyab in the IXth-XIIIth centuries. Genius Repository, 23, 1-7.

8. Marjona, K., & Iroda, S. I. (2023). THE ESSENCE OF THE IMAM AL-BUKHARI COMPLEX IN OUR CULTURAL HERITAGE AND ITS SIGNIFICANCE TODAY. JOURNAL OF ENGINEERING, MECHANICS AND MODERN ARCHITECTURE, 662-665.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.