Научная статья на тему 'SHAHRIXON TUMANIDAGI MASJIDLAR'

SHAHRIXON TUMANIDAGI MASJIDLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
427
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Masjid / Shahrixon tumani / tarixiy obidalar / namozgoh / xonaqoh. / Mosque / Shahrihan district / historical monuments / prayer hall / khanaqah

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mohlaroyim Xabibullo Qizi Alijonova

O'zbekiston mustaqilikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindiva YUNESKO ro'yhatiga qo'shildi. Shunday qadimiy va noyob tarixiy obidalar va masjidlar Shahrixon tumanida ham mavjud bo'lib bugungi kungacha o'rganilib kelinmoqda. Ushbu maqolada Shahrixon tumani masjidlari haqida ma'lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOSQUES IN SHAHRIKHAN DISTRICT

After the independence of Uzbekistan, more attention was paid to the cultural and historical heritage of our ancestors, historical monuments were taken under state control and added to the UNESCO list. Such ancient and unique historical monuments include mosques. Such mosques also exist in Shahrihan district and still serve our people. This article provides information about mosques in Shahrihan district.

Текст научной работы на тему «SHAHRIXON TUMANIDAGI MASJIDLAR»

SHAHRIXON TUMANIDAGI MASJIDLAR

Mohlaroyim Xabibullo qizi Alijonova

Andijon davlat universiteti talabasi alijonovamohlaroyim@gmail.com

ANNOTATSIYA

O'zbekiston mustaqilikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindiva YUNESKO ro'yhatiga qo'shildi. Shunday qadimiy va noyob tarixiy obidalar va masjidlar Shahrixon tumanida ham mavjud bo'lib bugungi kungacha o'rganilib kelinmoqda. Ushbu maqolada Shahrixon tumani masjidlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Masjid, Shahrixon tumani, tarixiy obidalar, namozgoh, xonaqoh.

MOSQUES IN SHAHRIKHAN DISTRICT ABSTRACT

After the independence of Uzbekistan, more attention was paid to the cultural and historical heritage of our ancestors, historical monuments were taken under state control and added to the UNESCO list. Such ancient and unique historical monuments include mosques. Such mosques also exist in Shahrihan district and still serve our people. This article provides information about mosques in Shahrihan district.

Keywords: Mosque, Shahrihan district, historical monuments, prayer hall, khanaqah

Shahrixon tumani o'zining boy tarixi, tarixiy obidalari va hunarmandchiligi bilan nafaqat Vodiy balkim Respublikamizda mashhur bo'lgan maskanlardan biridir. Shahrixon tumani hududiga odamlar 1817-yilda Qo'qon xoni Umarxonning buyrug'i bilan ko'chib kelgan. Shahrixon atamasi 2 so'zdan shahr ,,shahar'', xon ,, hukumdor'' ya'ni hukumdor tomonidan asos solingan shahar ma'nosida ishlatiladi. Shahrixonda 10 dan ortiq memoriy obidalar va muqaddas qadamjolar mavjud bo'lib, bulardan eng mashhuri Ponsod masjididir.

Ponsod- masjidi Shahrixon tumaning markaziy qismida joylashgan bo'lib qadimiy yodgorliklardan hisoblanadi. Masjidning bunyod etilishi Shahrixonlik Matisa Ponsod nomi bilan bog'lanadi. O'z davrida o'zining saxovatpeshaligi, dinparvarligi bilan xalq o'rtasida hurmat qozongan Matisa Ponsod 1825-yilda Shahrixon shahrida tug'ilgan. Matisaning padari buzrukvori Mirzo og'aliq shahri xonning hurmatli kishilaridan edi. Unga nisbatan og'alik unvoning berilganlik sababi u Qo'qon xoni Muhammad Alixonning yaqin maslahatchisi bo'lgan. Matisa harbiy bilimlarni mukammal egallagan

qo'mondon edi. Shuning uchun ham unga Ponsod (Beshyuzboshi) unvoni beriladi. Muhammad Isxoq Ponsod payg'ambar yoshida Makka-yu mukaramma ziyoratida bo'ladi. U xaj safaridan qaytgandan so'ng katta mablag' ajratib dini Islom rivojiga o'zining munosib xissasini qo'shish maqsadida Ponsod masjidini qurishga kirishadi. Keng xonaqohlik, qo'sh ayvonlik, vassajuftlik masjid 1888-yilda qurib bitkiziladi.Shu tariqa Ponsod masjidi Farg'ona vodiysi bo'ylab mashhur bo'lib ketadi. Ponsod masjidi juda ko'p voqealarning shohidi bo'lgan. 1916-yilgi Shahrixon qo'zg'aloni ayni shu masjid yonida bo'lgan edi. 1919- yilgi Inqilobiy qo'mita Refkomga saylovlar keyinroq, O'zbekiston Jumxuriyatining birinchi ta'sis quriltoyiga saylovlar shu yerda bo'lib o'tadi. Keyinchalik esa Ponsod masjidi daxriylik, hudosizlik mafkurasi ta'sirida qarovsiz qolib ketadi. O'sha paytlarda 1928-1936- yillarda kimdir masjidning ichkari devori tomoniga ,, Ey musilmonlar har qanday og'ir sharoyitda ham bu masjidning buzilib ketishiga yo'l qo'ymanglar'' deb yozib qo'ygan ekan. Bu yozuvning sur'atiy nusxasi hozirda Shahrixon muzeyining eksponatlaridan biri sanaladi. Ponsod masjidi XIX asrda bunyod etilgan O'zbek milliy memorchiligi va naqqoshlik san'atining betakror nodir namunasi. Respublika ahamiyatidagi madaniy meros obyekti toifasi bilan davlat muhofazasiga olingan. Keyingi 10 yil davomida juda katta ta'mirlash va qayta tiklash ishlari olib borilgan. Sinchli devorlar o'rniga pishiq g'ishtdan devorlar qayta tiklangan. Namozgoh, xonaqoh bilan ayvon qismi birlashtirilgan, eskirgan yaroqsiz tomlari to'la yangilangan. Mahobatli balandligi 21 metr minora, arqasimon sharqona usuldagi ravoq, darvoz va tahoratxona qurilgan. Natijada masjid zamonaviy, milliy ruhiyatga ega bo'lgan. Barcha ishlar mahaliy aholi mablag'iga xashar yo'li bilan amalga oshirilgan va obida saqlanib qolingan. Mustaqillik yillarida masjidni obodonlashtirishga katta e'tibor berildi, qayta ta'mirlash ishlari olib borildi. Ponsod masjidi YUNESKO ro'yhatiga olingan. Ponsod masjidi tashqi devorlari keramika bilan o'ralmagan, ammo qurilish paytida ular Farg'ona vodiysidagi boshqa masjidlarga o'xshash uslub- g'ishtlarga ishlangan xattotlik yozuvlaridan foydalanganlar.Masjidning kirish qismi chinni va o'yma yog'och darvozalar bilan bezatilgan. Kirishning o'ng tomonida minora qurilgan bo'lib, unda g'isht qatori orqali chiqib ketish uslubi ham qo'llanilgan bo'lib, bu uslubni O'zbekistonning boshqa mintaqalaridagi binolardan o'ziga xosligi va ajoyibligi bilan ajralib turadi. Ichki hovli to'rtburchaklar shaklida bo'lib, aksariyat hududida asl shift saqlanib qolgan masjid binosi joylashgan. Ichki makon keng, katta bo'lgani uchun kosmik effekt yaratilgan. Namoz o'qish uchun galereya juda yorqin ranglar asosida ishlangan.Galereyaning butun devori bo'ylab, chiroyli naqshlar bilan o'yilgan shiftni ko'tarib turuvchi XX asr ustunlari mavjud. Farg'ona vodiysida qo'llanilgan texnologiya, bo'yoqqa maydalangan ohaktosh qo'shilishi rangning yorqinligini, shuningdek, mustahkamligini saqlab qolish imkonini bergan. Shiftning rang sxemasi mahalliy ustalarning jonli rasmni naqadar mohirona yetkaza olganligi bilan ajablantiradi. Gullar bilan bezatilgan va qatlamli shift ham shiftning baland korinishiga xissa qo'shgan.

Masjid janubidagi tashqi devor frizi (xoshiyasi) va uning ba'zi joylarida nasx elementlari bilan uyg'unlashgan kufiy xatidagi matn mavjud. Matn shakli g'isht terish san'ati orqali o'ziga xos mahorat bilan bajarilgan. Matnda Qur'oni Karimning ,, Oli Imron'' surasi 19-oyati xamda ,, Alloh buyukdir'' iborasi ifodalangan. Shahrixon tumanida joylashgan yana bir qadimiy yodgorlikdan biri Gumbaz me'moriy majmuasi hisoblanadi.

Gumbaz majmuasi Andijon viloyati Shahrixon tumani Nayman qishlog'ida joylashgan. Mahalliy ma'lumotlarga ko'ra majmua 1825-yilda qurilgan. Arxiv suratlaridagi peshtoqda 1285/1868 sana qayd etilgan.O'zbekiston milliy ensiklopediyasi madrasini1872-yilda qurilgan deb ko'rsatilgan. Biroq Gumbaz masjidiga oid 1261-yilning Ramazon(1845-yil sentyabr) va 1284-yilning Rabi al-avval (1867-yil dekabr) oylarida tuzilgan vaqf hujjatlari asosida uni 1845-yildan oldin qurilgan deyish mumkin. O'z davrining mashhur me'mori, usta Muhammad Muso chizmasi asosida bunyod etilgan bu majmuo dastlab to'rt burchak tarixli masjid, madrasa, darsxona, ikki qavatli, ayvonli hujralardan iborat bo'lgan. Hozirda peshtoqli darvozaxona, ba'zi xujralar, masjid va eshon xalifa Ashurbek Qo'noqiy (mahaliy xalq o'rtasida ,, Devona Eshonbuva'' nomi bilan mashhur) marqadi saqlanib qolgan. Majmuoda 1914-yilda So'fixon usta, mustaqillik yillarida davlat tashkilotlari tomonidan ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq ta'mir jarayonida peshtoqdagi ba'zi bitiklar arxiv suratlaridagi matndan farqli o'laroq noto'g'ri ta'mirlangan yoki butkul o'zgartirilgan. Gumbaz majmuasi dastavval madrasa, sovet hukumatining kolxozlashtirish davrida esa Qishloq sovetining binosi, omborxona, hammom, dorixona ombori va mustaqillik yillarida yana masjid vazifalarini bajardi. Hozirda Gumbaz majmuosi Muzey sifatida foydalanilmoqda.

2- rasm. Ponsond masjidi ichki ko'rinishi

3-rasm. Ponsond masjidi yon ko'rinishi

4-rasm. Gumbaz majmuosi

5-rasm. Gumbaz majmuosi eshigi

REFERENCES

1. https://telegra.ph

2. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Andijon. Toshkent ,, Uzbekiston today'' 2015.

3. Tadqiqot ishlarimizdan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.