Научная статья на тему 'QADIMGI AFROSIYOB SAN’ATI VA TARIXI'

QADIMGI AFROSIYOB SAN’ATI VA TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
75
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
qadimiy xarobalar / Samarqand / Afrasiab / me'morchilik / tasviriy san'at / rasm / bezak. / ancient ruins / Samarkand / Afrasiab / architekture / visual arts / painting / ornament.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Omonov D.E.

Ushbu maqolada Registon, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli va Bibixonim masjidi misolida Samarqandning qadimiy xarobalari tasvirlangan bo'lib, ular tarixiy meros va Markaziy Osiyo me'morchiligi va tasviriy san'atini o'rganish manbalari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANCIENT ART AND HISTORY OF AFROSIAB

The work presens the ancient ruins of Samarkand on the ehample of the Registan, Amir Timur’s Tomb, the ensemble of Shahi Zinda and I 9 the Bibi Khanum mosque using paintings and ornamens that are historikal heritage and sourkes of the study of architekture and visual art of Central Asia.

Текст научной работы на тему «QADIMGI AFROSIYOB SAN’ATI VA TARIXI»

QADIMGI

w i

B SAN'ATI VA TARIXI

Ia i

Omonov D.E.- O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institute

Annotatsiya. Ushbu maqolada Registon, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli va Bibixonim masjidi misolida Samarqandning qadimiy xarobalari tasvirlangan bo'lib, ular tarixiy meros va Markaziy Osiyo me'morchiligi va tasviriy san'atini o'rganish manbalari hisoblanadi. .

Kalit so'zlar: qadimiy xarobalar, Samarqand, Afrasiab, me'morchilik, tasviriy san'at, rasm, bezak.

ДРЕВНЕЕ ИСКУССТВО И ИСТОРИЯ АФРОСИАБА Омонов Д.Е. - Узбеко-Финский педагогический институт

Аннотация. В работе изложены древние руины Самарканда на примере Регистана, Гробница Амира Тимура, ансамбля Шахи Зинды и мечети Биби Ханум с использованием росписи и орнаментов, которые являются историческими наследиями и источниками изучения архитектуры и изобразительного искусство Средней Азии.

Ключевые слова: древние руины, Самарканд, Афрасиаб, архитектура, изобразительное искусство, роспись, орнамент.

ANCIENT ART AND HISTORY OF AFROSIAB Omonov D.E. - Uzbek-Finnish pedagogical institute

Annotation. The work presens the ancient ruins of Samarkand on the ehample of the Registan, Amir Timur's Tomb, the ensemble of Shahi Zinda and

the Bibi Khanum mosque using paintings and ornamens that are historikal heritage and sourkes of the study of architekture and visual art of Central Asia.

Keyvords: ancient ruins, Samarkand, Afrasiab, architekture, visual arts, painting, ornament.

Samarqandning qadimgi xarobalari shaharning shimoli - sharqida joylashgan. Afrosiyobning umumiy maydoni 220 gektar yerni tashkil qiladi. Ma'lumki bundan 2750 yil avval aynan shu xududda Samarqand shaxri bunyod etilgan. 1220 yilda shahar Chingisxon qushinlari tomonidan buzib tashlangan va keyinchalik Afrosiyobdan janubroq hududda qaytadan tiklangan. Afrosiyob xarobalarini o'rganish jarayoni XIX asrning oxirida boshlanib hozirgi kungacha davom etayapti. Hozirgi kunda Samarqandning qadimgi harobalari xalqaro o'zbek-fransuz arxeologik ekspedisiyasi tomonidan o'rganilayapti.

1-rasm. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda So'g'd xududidagi qadimgi

shaxarlar

2-rasm. Afrosiyob xarobalarining mudofaa devorlari bilan umumiy

rejasi

3-rasm. Afrosiyob xarobalari shimoliy qismining umumiy rejasi.

Samarqand shahrining «Samarqand» otalishi to'g'risida bir necha sabab aytganlar: Birinchi [sabab]: «Burhoni qote'» kitobida naql qilingankim, Samar ismlik bir kishi bu yerda joylashgan va o'z tevaragiga xalqni to'plagan edn. Shuning uchun bu yer boshda «Samarkent» ataldi. Arab qo'shini bu yerni olgach, o'z tillariga o'zgartirib «Samarqand» dedilar.

Ikkinchi [sabab]: «Masolik ul-mamolik» nomli kitobda naql qilingandurkim, Samar boqir ismlik bir xon Farg'ona va Koshg'ar tomonlaridan kelib, bu viloyat xalqiga dushmanlik yuzasidan, bu shaharning devorlarini qozib buzgan edi. Shuning uchun bu shahar «Samar qozdi» ma'nosida bo'lgan. Forscha «Samarqand» otaldi. Arab qo'shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» otadilar. Uchinchi [sabab]: «Tarixi Tabariy» kitobida keltirilgandir kim, Samar otliq bir xon ushbu shaharni soldirdi (bino qildirdi); eng avval «Qand» degan turk aymog'i bunda o'rnashib o'ltirdi. Shuning uchun bu shahar boshlab «Samarqand» otaldi. Arab qo'shini bu shaharni olgandan keyin «Samarqand» dedilar.

To'rtinchi [sabab]: ushbu shaharning bir yerida «Samar» degan birov tomonidan qozilgan bir buloq bor edi. Ulus o'shal buloq tevaragiga yig'ilib o'rnashgan edilar. Shu sababdan u o'rinning oti «Samarqand» deb shuhrat chiqardi. Arablar kelgach «Samarqand» dedilar. «Haft iqlim» kitobida aytilganki Yaman Tubba'i maliklaridan Samar ismlik bir kishi ushbu shaharning devorini buzdi. Arablar kelgandan keyin «Samarqand» dedilar va yana tangri taolo yaxshi biladi. «Osor ul-Bilod» kitobida naql qilingandirkim, Samarqand qo'rg'onini boshlab Kaykubod o'g'li Kaykovus soldirdi. Bu shaharning birinchi imorati Kaykovusdandir. Aytadirlarkim, Kirshosib shu yerdan o'tayotganda bir talay oltin topdi. Shu oltinlardan ushbu qo'rg'onning imoratiga xarj qildi va ikkinchi marta Turkiston bilan Movarounnahr orasida devor tortdi. (Lekin) to'g'ri rivoyat shulkim u devorni Luhrosib o'g'li Kushtosib tortgan. Samarqand qo'rg'onining ikkinchi imorati, birinchi maliki Tubba'dandir. Malik Tubba' Yaman va Arabiston podsholaridan bo'lib, ushbu shaharni olgan edi. Uchinchi imorati malik Iskandardandir. Malik Iskandar Samarqand qo'rg'onining tevaragida oyri bir devor qurdi; u devorni xozirda «Devori qiyomat» deydilar.

Malik Iskandar bu devorni shuning uchun soldirdikim, fitna va urush chog'larida tevaragidagi el ichkariga yig'ilishib, shahar xalqi bilan birgalashib,

yurtni qo'riqlashib, o'z tinchliklarini saqlay olsinlar. Ba'zi zamonlarda Iskandar devori ichra el tomonidan bog' va hovlilar solinib obod qilingandir. To'rtinchi imorat, Amir Temur kuragon tomonidandir. Naql qiladirlarkim, Faridun o'z mamlakatini uch o'g'liga bo'lib berganda, Hindistonni Salimga, Turonni Turga, Eronni Irajga topshirib, Tur bilan Iraj yurtlarining arosida hozir Amu daryosi atalgan, Jayxun daryosini chegara deb tayinladi. Tur uchun poytaxt bulg'uday bir qal'a solib bermoqchi bo'lib, munosib o'rin izlab yurganida Samarqand shahri bo'lgan yerda devor izi va qo'rg'on asari ko'ziga ko'rinib uning ustiga yangidan devor qurdirdi. Turk Afrosiyob Iraj o'g'li Minuchehrni yengib Turon yurtini o'z qo'liga kirgizganda o'sha Turning poytaxti bo'lgan o'rinni imorat qilib, unda o'rinlashdi. Samarqand qo'rg'oni Horis o'g'li Samar tomonidan imorat qilingandir deb ham ba'zi tarix kitoblarida yozilgandir.

AMIR TEMUR MAQBARASI

Sohibqiron Amir Temur Turon zaminining yirik davlat arbobi, buyuk sarkardasidir. U qudratli davlatni vujudga keltirgan. Amir Temur har gal uzoq yurishga otlanganda davlat poytaxti Samarqandga nevarasi Jahongir Mirzoning o'g'li Muhammad Sultonni valiahd qilib qoldirar edi. Go'ri Amirga Amir Temur avlodlari dafn etilgan. Bu yerda sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va Sayyid Umarning qabri ham bor. Ulug' Shayx Mir Sayyid Baraka Kirmon viloyatidan bo'lib, Amir Temurning ustozi hisoblanadi. U 1404 yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg'onistonning Andhud shahrida dafn etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko'ra jasadi Samarqandga Shohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o'z jasadini uning oyog'i uchiga qo'yishlarini vasiyat qiladi. Samarqand viloyat hokimining 1992 yil 10 iyuldagi 89-qarori bilan shahardagi sobiq Nekrasov

ko'chasiga alloma Mir Sayyid ^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^ Baraka nomi berildi. SAYYID UMAR - mashhur tasavvuf arbobi Sayyid Amir Kulolning to'rtinchi o'g'li bo'lib, Amir Temur zamonasida Samarqandda muhtasiblik mansabida xizmatda bo'lgan. Aytishlaricha, faqat muhtasib podshohlarga tanbeh va yo'l ko'rsatish huquqiga ega bo'lgan. "Rashahot" asarida ta'kid-lanishicha, u 1400 yilda vafot etgan va Samarqand yaqinidagi Qavola mahallasiga dafn etilgan. Keyinchalik uning qabri Amir Temur dahmasi gumbazi ichiga ko'chiriladi. Temuriylar qiblasida tug' tagidagi qabr Sayyid Umarnikidir.

Shahardagi shoh ko'chalardan biri -sobiq Frunze ko'chasi buyuk sohibqiron Amir Temur nomi bilan yuritiladi. ShOHRUH MIRZO - temuriylar davlatining yirik hukmdori Amir Temurning to'rtinchi o'g'lidir. U 13961409 yillarda avval Hirotda, Amir Temur vafotidan keyin buyuk Xuroson va Movarounnahrda temuriylar davlatining hukmdori bo'lgan. Shohruh poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko'chiradi. Uning hukmronligi davrida Samarqand, Hirot va Marvda bir qancha bino va istehkomlar barpo etiladi, fan va madaniyat keng rivojlanadi. Shohruhning o'g'li Ulug'bek va Boysung'ur Mirzo ham bu sohada katta ishlarni amalga oshiradi. Viloyat hokimining 1996 yil 19 mayda 96- qarori bilan shahardagi sobiq Kommunisticheskaya ko'chasiga Shohruh Mirzo nomi berilgan. Muhammad Tarag'ay Ulug'bek - Amir Temurning kichik o'g'li Shohruh Mirzoning farzandidir. U buyuk munajjim va matematik, davlat arbobidir. Buyuk Ulug'bek hukmronligi davrida Samarqandda hunarmandchilik, me'morchilik, adabiyot va savdo ravnaq topadi. Uning tashabbusi bilan Samarqand, Buxoro, G'ijduvon va Marvda madrasalar quriladi. Ulug'bek rasadxonasi, "Ziji Ko'ragoniy" asari jahon ilmiga qo'shilgan buyuk hissadir. Uning qabri Go'ri Amir maqbarasida. Viloyat hokimining 1992 yil 10 iyuldagi 89-qarori bilan shahardagi sobiq Karl Marks ko'chasi Mirzo Ulug'bek ko'chasi deb nomlandi.

Muhammad Sulton - Amir Temurning katta farzandi Jahongir Mirzoning o'g'lidir. Hazrat sohibqiron kelajakda o'z mamlakatiga Muhammad Sulton valiahd bo'ladi deb hisoblagan. Biroq, Muhammad Sulton 27 yoshida kasallanib, Amir Temurdan oldin vafot etadi. Unga atab Go'ri Amir obidalari qurdirilgan. U yerda madrasa, masjid, xonaqoh va boshqa yodgorliklar mavjud bo'lgan. Muhammad Sulton qabri bobosi Amir Temur va amakilari Shohruh, Mironshoh va Ulug'bekning yonidadir. Viloyat hokimining 565-qarori bilan 1994 yil 28 dekabrda shahardagi sobiq Patriotskaya ko'chasi Muhammad Sulton ko'chasi deb o'zgartirildi.

Bibixonim Madrasasi Va Maqbarasi - Saroymulkxonim (Bibixonim) Chig'atoy xonlariga mansub Qozonxonning qizi bo'lib, 1341 yilda tug'ilgan. 1370 yili Amir Temur nikohiga o'tgan. U xon avlodiga mansubligi uchun "Bibixonim" (Kattaxonim) unvoniga sazovor bo'lgan. Saroymulkxonim siyosatdon va insonparvar ayol edi. Ko'pgina tarixiy kitoblarda, jumladan, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Fasih Havofiy, Ibn Arabshoh, Klavixo kabilar asarlarida Saroymulkxonim fazilatlari, shaxsiy sifatlari ko'p ulug'lanadi.

Chunonchi, Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o'zining «Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi» asarida oqila malika Bibixonimning Amir Temur saltanatidagi o'rni, qurultoylar va oliy majlislarda, amirlar bilan qatnashish huquqiga egaligini yozib qoldiradi. 1404 yil 17 oktyabrda Saroymulkxonim elchilarga katta ziyofat berganini bayon qiladi. Bu faktlar esa Amir Temur saltanatida, davlat ishlarida Saroymulkxonim faol qatnashganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Amir Temur ruxsati bilan Samarqandda ulkan madrasa qurdiradi. Otasi Qozonxondan meros bo'lgan bir juft baldog'ini sotuvga qo'yib, pulini madrasa qurilishiga ishlatgan ekan. Samarqanddagi hozirgi Jome'

masjidining kun chiqar tomonida, ya'ni Bibixonim maqbarasi yonida barpo etadi. Bibixonim madrasa talabalariga g'amxo'rlik qilib borgan, ularga moddiy yordam berib turgan. Madrasa nihoyatda mahobatli bo'lib, Amir Temur qurdirgan Jome' masjidiga tutash va monand bo'lgan. Biroq har xil sabablarga ko'ra madrasa keyinroq vayron etilgan. Bibixonim hayotda farzand ko'rmagan. Ammo u temuriyzodalarga murabbiylik qilgan. Xususan, Mirzo Ulug'bek Bibixonim tarbiyasida voyaga yetgan. Bibixonim 1408 yilda vafot etadi. Uning jasadi o'zi qurdirgan madrasa yonidagi maqbaraga qo'yilgan. Bibixonim madrasasi yoniga sohibqiron Amir Temur Hindiston zafaridan keyin mahobatli masjid qurdiradi. Hozir ushbu masjid mavjuddir. Bu buyuk koshonalar xalq o'rtasida "Bibixonim" nomi bilan shuhrat topgandir. Viloyat hokimining 95-qarori bilan 1998 yil 7 mayda sobiq 8 Mart ko'chasi Bibixonim ko'chasi deb o'zgartirildi.

SHOHIZINDA MAQBARASI

Qusam ibn Abbos Shohizinda (Tirik shoh) Muhammad payg'ambarimizning amakivachchasi (amakisi Abbosning o'g'li) bo'lib, 676 yilda Samarqandga Islom dinini joriy etish uchun keladi va jangda halok bo'ladi.

Uning jasadi hozirgi Afrosiyob tepaligining Janubiy-Sharqiy qismiga dafn etiladi. Qusam ibn Abbos haqida "Qandiya" kitobida shunday satrlar keltirilgan: "Hyech bir mozor Shohizinda mozoridek ulug' emasdir. Payg'ambarimizning muborak yuzlarini ko'rgan oxirgi kishi ham Qusam ibn Abbosdir". Shuningdek, Payg'ambarimizning "Qusam ibn Abbos o'zining yuz tuzilishi, husni va fazilatlari, odatlari bilan menga ko'proq o'xshaydi" - degan hadislari ham bor. Qusam ibn Abbos maqbarasi go'rxona, ziyoratxona, masjid va chillaxonadan iborat. Shohizindadagi barcha qurilishlarni buyuk sohibqiron Amir Temur va Mirzo Ulug'bek amalga oshirgan. Ular o'z avlodlari va yaqin kishilarini Shohizinda maqbarasi yoniga dafn etganlar. Amir Temur O'lja oyim, Tug'li Tekin, Shirinbeka oqo (Amir Temurning singlisi), Turkan oqo (Amir Temurning opasi), Tuman oqo (Amir Temurning xotini) uchun maqbaralar, Ulug'bek esa o'g'li Abdulaziz nomidan ajoyib darvozaxona qurdiradi. Shohizinda jamjamasi-ansambli tarkibida 20 dan ortiq me'moriy inshoot mavjud.

REGISTON

Registon ansambli - Samarqandning Registon maydonida uch madrasa (Ulug'bek madrasasi, Tillakori madrasa, Sherdor madrasa) dan iborat me'moriy majmua. Dastlab Ulug'bek madrasasi bunyod etilib( 1417-1420), keyinchalik qarshisiga-maydon sharqiga Ulug'bek xonaqohi (1424), shimoliga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Ko'kaldosh Juma masjidi (1430) qurdirgan, yonida esa yog'ochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. XV asrning 20-40 yillarida Registon hashamatli me'moriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug'bek xonaqohi o'rniga Sherdor madrasa (1619-1635)ni, Mirzoyi karvonsaroyi o'rniga Tillaqori madrasa- masjidi (1646-1659)ni qurdirgan. Registon o'zining rang-barang koshinkori bezaklari, naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O'rta Osiyo me'morligining noyob yodgorligi hisoblanadi.

l&i

m

T'TT

1 1 '

№ % jrjLg ¡A

1 i j

' tw/

_a | 1

Adabiyotlar

1. O.K.Apuxtin. "Tasviriy san'at asoslari". 1967 y. Toshkent. O'qituvchi. 1984 y.

2. B.A.Azimova. "Natyurmort chizish va tasvirlash metodikasi". Toshkent. O'qituvchi. 1984 y

3. G.M.Abduraxmonov. "Tasviriy san'at kompozitsiyasi". 1996 y. Toshkent.

4. A.Egamberdiyev. "Janrovaya jivopis Uzbekistana". Izd. Gafur Gulyam. Toshkent. 1989 y.

5. D.E.Omonov, J.T.Kholikov, Sh.X.Egamova., The Role and Importance of Using Graphic Programs in Shaping Students' Knowledge and Skills. Nexus: Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 45 | Page

6. D.E.Omonov, S.M.Suvankulov, J.Kh.Kadyrov., The Role of Continents and Neighborhoods in the History of Samarkand Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 27517578 http://innosci.org/ 27 | Page

7. D.E.Omonov, S.M.Suvankulov, J.Kh.Kadyrov., Decorations Used in the Interior of Historical Residences of Uzbekistan and Their Situation Today (in the example of the city of Samarkand) Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 32 | Page

8. I.U.Izbasarov, I.Sh.Suvonkulov, D.E.Omonov., Spatial Imagination and Logical Thinking as a Pedagogical Basis for Teaching Students to Design Nexus : Journal of Innovative Studies of Engineering Science (JISES) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7578 http://innosci.org/ 37 | Page

9. D.E.Omonov., Conceptual Bases of the Production of Teaching Technologies in Exposure and Practical Training (In the Example of the Engineering Graphics Course) Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 104 | Page

10. D.E.Omonov., The Role of Engineering Graphics in the Training of "Fine Arts and Drawing" Teachers Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 108 | Page

11. I.U.Izbosarov, D.E.Omonov, S.Abduvohidova., Stages of Working Thematic Composition in Fine Arts Lessons Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551 http://innosci.org 112 | Page

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.