Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
A.VAMBERINING "O'RTA OSIYOGA SAYOHAT" ASARIDA BUXORO VA SAMARQAND SHAHRI TARIXIY- ME'MORIY BINOLARI, HAMDA, ZIYORATGOHLARINING TADQIQ ETILISHI
Sunnat Shavkat o'g'li Nasilloyev
Buxoro Davlat Universiteti o'qituvchisi
Feruza Zoyirovna Sirocheva
Buxoro Davlat Universiteti 1-bosqich magistranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada vengriyalik elchi va sayyoh A.Vamberining O'rta Osiyoga, jumladan Buxoro amirligiga sayohati davomidagi faoliyati, XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro va Samarqand shaharlari umumiy qiyofasi hamda u tadqiq etgan me'moriy inshootlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Vixar, A. Vamberi, elchi, sayyoh, Labi hovuz, pishtak, Masjidi Temur, Dunay, madrasa, masjid, Tillakori
THE STUDY OF THE HISTORICAL AND ARCHITECTURAL BUILDINGS, AS WELL AS PILGRIMAGE PLACES OF BUKHARA AND SAMARKAND BY A.VAMBERI IN "JOURNEY TO CENTRAL ASIA"
ABSTRACT
This article analyzes the activities of the Hungarian ambassador and tourist A. Vamberi during his trip to Central Asia, including the Emirate of Bukhara, the general appearance of the cities of Bukhara and Samarkand in the second half of the XIX century and the architectural structures he studied.
Keywords: Vikhar, A. Vamberi, ambassador, tourist, Labi hauz, pishtak, Mosque Temur, Danube, madrasah, mosque, Tillakori
KIRISH
Buxoro azal-azaldan Buxxor (Vixar) - "ilmlar markazi" sifatida mashhur bo'lgan. Islomiyat davrida u "Buxoroyi Sharif" deb ulug'langan, "Qubbat-ul islom" unvoni bilan sharaflangan. Buxoro Markaziy Osiyodagi tarixan boy o'tmishga ega
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
bo'lgan, Buyuk Ipak yo'lida joylashgan va jahon ilm-fani, madaniyatida o'ziga xos qiyofasi, madaniy meros obyektlari, tarixiy-me'moriy yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Mutaxassislar tomonidan Buxoro shahriga ochiq osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir, deya ta'rif beriladi. Shonli tariximizdagi yuksak mahoratli me'mor ustalarning binokor avlodlari tomonidan o'ziga xos me'morchilik uslublarida barpo etilgan Buxoro shahri Vatanimiz, millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan ko'proq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambllari Buxoro me'morchilik maktabining mevasidir. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari bir necha ming yilliklar davomida shakllangan bo'lib, ular yagona rejaviy va hajm - fazoviy kompozitsiya bilan bog'liqdir. Buxoro tarixan uzoq davr mobaynida o'zining qulay geografik sharoiti, tabiiy resurslari hamda boy madaniyati bilan Yevropa davlatlari nigohida bo'lgan. Ular o'z vakillarini ko'proq sayyoh, savdogar, elchi qiyofasida O'rta Osiyoga jo'natishdi. Shunday shaxslardan biri 1863-1865-yillarda O'rta Osiyo bo'ylab sayohat qilgan vengriyalik sayyoh A. Vamberi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
XIX asrda Buxoro amirligiga tashrif buyurgan xorijlik elchi va tadqiqotchilar asarlari alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o'rganilmagan bo'lsa-da, ularning esdalik va qaydnomalari o'lkamiz tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. XIX asrlarda Buxoro amirligidagi chet el elchi hamda tadqiqotchilari faoliyati yoritilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Buyuk Britaniya tarixchi va ilmiy tadqiqotchilari tomonidan yozilgan
asarlar.
2. Rossiyada nashr etilgan tarixiy asarlar va yozma adabiyotlar.
3. O'zbeksitonda yaratilgan tarixiy, adabiy asarlar va ilmiy tadqiqotlar.
Birinchi guruh ingliz tadqiqotchilari, tarixchilari tomonidan yozilgan esdalik
asarlar bo'lib, asarlarda muhim tarixiy ma'lumotlar, xususan, xonlik hamda amirlikning qal'a va shaharlari, karvon yo'llari, qadimiy inshootlar, shahardagi mavjud diniy muhit, Buxoro va Samarqanddagi ziyoratgohlarga oid ma'lumotlar o'z aksini topgan. Bu asarlarni XIX asrga oidlari asosan yurtimizda faoliyat yuritgan elchilar, turli missiya vakillari tomonidan yozilgan esdaliklar, ilmiy ma'lumotlar va boshqalar bo'lsada, keyingi davrlarda ham Britaniya tarixchilari va olimlari tomonidan inglizlarning O'rta Osiyodagi faoliyatlari, ayniqsa ingliz-rus raqobatiga
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
bag'ishlangan asarlari, shuningdek ulaming qadimiy Buxorodagi faoliyatiga bag'ishlangan asarlari va ilmiy tadqiqotlari soni ortganini ko'rishimiz mumkin. Ingliz tarixchilari bu jarayonlarni turli xil ta'riflashgan va tarixchi, yozuvchi, tadqiqotchilar tomonidan yozilgandir1.
Arminiy Vamberi 1832-yilning 19-mart kuni Dunay orollaridan birida joylashgan kichik venger shahri Duna Sherdaxelida yahudiy oilasida tug'ilgan. 12 yoshgacha qishloq maktabida tahsil olgan, so'ngra Avliyo Georgiy gimnaziyasiga qabul qilingan. 16 yoshida u major, lotin tillaridan tashqari, fransuz, nemis, ingliz, hamda skandinaviya tillarini yaxshi bilgan, rus va boshqa slavyan tillaridan xabardor
л
bo'lgan. Dunyoga mashhur venger sayyohi Arminiy (German) Vamberi o'z asarlarida Turkistonning tarixi, geografik muhiti, madaniyati, tarixiy-me'moriy
"5
tavsifi haqida ham ma'lumotlar beradi . Arminiy Vamberi 1863-yilda o'z safarini boshlaydi. Dastlab chin musulmon "hoji" sifatida Tatariyaga tashrif buyurgan tadqiqotchi Xiva orqali o'sha yilning yozida Buxoro amirligiga tashrif buyuradi. O'zini buxorolik nufuzli musulmon kishilarga Hoji Rashid afandi deya tanishtiradi va ular bilan mustahkam aloqa o'rnatishga, ular yordamida xavfsiz bo'lish, hamda shaharni tadqiq etishga harakat qilgan. Zero, ular yordamisiz ushbu vazifani bajarish tadqiqotchi (josus) uchun g'oyat mushkul bo'lar edi. Tez orada Hoji Solih va yana to'rt nafar do'stlari hamrohligida A. Vamberi shahar va bozorlarni ko'zdan kechirishga muvaffaq bo'lgan. Tadqiqotchining qaydlarida xolislik hamda vaziyatni hissiy baholash kabi xususiyatlarni ko'ramiz. Quyida keltiriladigan ma'lumotlar Vamberining esdaliklari sahifalarida keltirilgan. Sayyoh hamda josus shaharga nisbatan "garchi ko'chalar va uylarning qashshoqligi Fors shaharlaridagi eng achinarli uylar ortida yashiringan qashshoqlikdan ancha ustun bo'lsa-da, Buxoro "zodagon" nomini saqlab qolgan" deya ta'rif beradi4.
A. Vamberining ayniqsa Labi hovuz me'moriy obidasi haqida keltirgan fikrlari e'tirofga loyiqdir. "Uch soatga yaqin yurganimizdan so'ng, men yo'lboshchim va olijanob do'stim Hoji Solihdan meni dam olish va tetiklashadigan joyga olib borishini so'radim. Hoji Solih meni "Timche choy furushi" (choy bozori) orqali taniqli Labi hovuz Devonbegi maydoniga (ya'ni Divanbegi hovuzining qirg'og'iga) olib bordi, men uni Buxoroning eng go'zal joyi deb bilaman"5. Bu deyarli muntazam to'rtburchak, uning o'rtasida 100 fut uzunlikdagi va 80 fut
1 Hopkirk Peter. The Great Game: On Secret Service in High Asia. London. John Murray. 2006. - 590 p.
2 Исматуллаев Х. Вамбери олимми, ё жосус? // Фитна санъати.туплам. - Тошкент: "Фан", 1993. -Б. 89.
3 Karimov B.. Vamberi-o'zbek she'riyatiga oshufta qalb, "Moziydan sado". 2.(62).2014 y. -В. 32.
4 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003.- C. 85.
5 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 86. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 654 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
kenglikdagi chuqur suv havzasi joylashgan6. Hovuzning qirg'oqlari to'rtburchak plitalar bilan o'ralgan; sakkizta qadam suv havzasi yuzasiga olib boradi. Sohil bo'ylab bir nechta chiroyli qarag'aylar ko'tarilib, ularning soyasida Rossiyada Buxoro uchun maxsus tayyorlangan ulkan samovarlari bo'lgan Buxoro choyxonalari joylashgan. Shuningdek, ushbu asarda Labi hovuz atrofidagi vaziyat, undagi ko'chma do'konlar to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan. Maydonning uch tomonida chodirlar bilan soya solingan peshtaxtalarda shirinliklar, non, meva, issiq va sovuq gazaklar sotilayotganligi, yuzlab ko'chma do'konlar asalarilar singari tinmas chanqagan va och odamlar bilan o'ralganligi, bularning barchasi o'ziga xos manzara kasb etishi kabi ma'lumotlarga duch kelamiz. Sayyoh hovuzning g'arbiy tomonida masjid (Masjidi Devonbegi) joylashganligi, uning oldida, daraxtlar ostida, darveshlar va rivoyatchilar taniqli jangchilar hamda payg'ambarlar haqida hikoya va she'rlar aytishini qayd etadi .
A. Vamberi o'z esdaliklarida Bahouddin Naqshband majmuasiga ham biroz to'xtalib o'tib, bu yerda masjid borligi va Bohauddin qishlog'ida B.Naqshband qabridagi marmar qabr toshini Abdulazizxon 1490- yilda o'rnatishni buyurganligini aytib o'tadi. A. Vamberining asaridagi (Путешествие по Средней Азии) ma'lumotlar orasida Bohauddin Naqshbandning qabri haqidagi faktlar ham mavjud. "Bohauddin qishlog'i Buxorodan ikki soatlik masofada joylashgan bo'lib, ushbu qishloqda shu nomdagi ta'limot asoschisi va asosiy tashabbuskori bo'lgan mashhur Bohauddin Naqshbandning qabri bor. Ushbu ziyoratgoh Buxoroliklar uchun g'oyatda qadrli. Bohauddin, ikkinchi Muhammad kabi Turkistonning milliy avliyosi sifatida
о
hurmat qilinishini alohida ta'kidlashimiz mumkin ". A. Vamberi mazkur ziyoratgoh haqida to'xtalib, unga borish va qaytishdagi yo'lning ahvoli hamda mahalliy transport tizimi to'g'risida axborot beradi. "Bu yerni hatto uzoq Xitoyliklar ham ziyorat qilmoqda. Buxoroda ziyoratgohga haftada bir marta kelish odat bo'lib, shahar bilan aloqa Darvaza Mozori oldida turgan va bir necha o'q (kichik mis tanga) uchun yollanishi mumkin bo'lgan 300 eshak yordamida amalga oshiriladi. Muallif esdaligida nafaqat ziyoratgoh haqida, balki hazrat Bahouddin Naqshbandning qabrlari haqida ham ma'lumotlar keltiradi. Qabr kichik bog'da, uning yonida masjid joylashgan. Bunga faqat ko'zi ojizlar va boshqa nogiron tilanchilar yashaydigan hovli orqali yetib borishingiz mumkin. Hazratning maqbarasi to'rtburchak shaklda bo'lib, balandligi 1,75 m, har bir tomoni 12 qadam uzunlikda. Mavzoleyning bir tomoniga
6 Курсатилган асар. -C. 86
7Курсатилган асар. -C. 86
8 Курсатилган асар. -C. 94. Google Scholar
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
Buxoroliklar tomonidan Sangi Murod deb ataluvchi qora tosh qo'yilgan9. Buxoroliklar qabrni ziyorat qilishdan oldin bu toshni qo'llari bilan silab, yuzlariga tekkizadilar Qabrning o'zida ko'plab qo'chqor shoxlari, bayroq va supurgi bor, ular uzoq vaqt davomida Makkadagi ma'badni supurish uchun xizmat qilgan.
Shuningdek, Vamberi 26 ta do'kondan iborat kitob bozoriga borganini, u yerda bosma ishlar hali ham kamdan-kam uchrashini yozadi. U bu yerda va katta omborlarda joylashgan kitob sotuvchilarining uylarida Sharqni o'rganayotgan tarixchilar va filologlar uchun juda foydali bo'lgan juda ko'p xazinalarni ko'rganligini, ammo ularni olish uchun imkoni yo'qligini bir qator sabablar bilan izohlaydi. Buxoro va Samarqandning kitob bozorlarida mavjud bo'lgan, sharqshunoslidagi katta bo'shliqlarni to'ldirishi mumkin bo'lgan asarlarni tark etishga majbur bo'layotganidan afsusdaligini yozadi10. Kitob bozoridan chiqqach ancha uzoq bo'lgan Registonga borgani, garchi u yerda ilgari aytib o'tilgan Labi Hovuzga qaraganda ancha kengroq va ko'proq odam bo'lgan bo'lsa-da, u qadar jozibali emasligini qayd etadi. Shuningdek, bu yerda choy do'konlari (choyxonalar) bilan o'ralgan suv havzasi mavjud. Uning qirg'og'idan amirning balandlikda joylashgan qal'asini yoki saroyini (arkini) ko'rish mumkinligini aytadi11. "Darvoza yaqinidagi yerda 14 ta mis to'p bor edi. Ularni amir Buxoroga , Qo'qonga qarshi g'alabali yurishining sovrinlari sifatida olib kelgan",- deb yozadi A.Vamberi. Saroydan uncha uzoq bo'lmagan yerda Shayboniy tomonidan qurilgan Buxorodagi eng katta masjid - Masjidi-Kalon ko'tarilgan.
A. Vamberi esdaligida qayd etilgan ma'lumotlar orasida Buxoroning suv ta'minoti bilan bog'liq faktlar ham anchagina qimmatlidir. "Buxoro shahri suvni Zaravshondan oladi. Zaravshan daryosining suvlari Pomirning g'arbiy qismida, Qashqar-Dovonda joylashgan Iskandarko'ldan, uning asosiy yo'nalishi sifatida
1 л
sharqdan g'arbga qarab, yuqori qismida Penjikent shahriga, vodiyga tomon oqadi . Har tomondan baland tog' tizmalari bilan chegaralangan, janubda joylashgan Altaba tog'lari janubi-g'arbiy tomonga qarab, asta-sekin terrasalarda daryoga tushadi. Zarafshonning suvga boy ekanligi suvni Buxoroga yetkazib berishga imkon beradi. Vaholanki suvning o'zi tabiiy ravishda Buxoroga kirib kelmaydi". A. Vamberi bu borada to'liqroq ma'lumot keltiradi: Bu esa o'z navbatida kanallar qazishni talab etadi (masalan, Shohrud kanali). Nurato tog'idan janubga to'rtta muhim daryo
9 Ханыков Н.В. Описание Бухарского ханства. СПб.: 1843. -C. 94.
10 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 88.
11 Курсатилган асар. -C. 88.
12 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература".2003. -C. 90. // Радлов "Журнале берлинского Географического общества" (т. 6, вып. 5)
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 656 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
quyiladi. Birinchisi, Qora-Abdal Sariq-Bel tog' dovonidan boshlanib, Xodum-Tog' va Qoracha-Tog' oralig'ida oqadi. Ikkinchisi, Tursun, Uxum bulog'idan janubga oqib o'tadi va Karacha tog'lari bo'ylab to'g'ri yo'lni bosib o'tadi. Uchinchisi, Pshat (Penkent qishlog'i yaqinida), Qora-Tagning janubiy shoxlaridan biridan kelib chiqadi va Oq-Tog' va Qoracha-Tog' o'rtasida oqadi. Irmoqlarning suvi baland tog'larda joylashgan dalalarga ishlatiladi. Shimoldan Zarafshanga quyiladigan to'rtinchi irmoq - Jisman, Xatirchidan shimolga, Tikenlik tog' dovoni yaqinidagi Oq-Tog'dan
boshlanadi. Pshat va Jisman o'rtasida Oq-Tog'dan uchta kichik daryolar oqadi:
1 ^
Zerbant, Andak va Buyurgan . Zarafshonga janubdan quyiladigan ko'plab mayda daryolarning eng ahamiyatlisi quyidagilar: 1) Penjikentning sharqidagi Chorvoq; 2) uchta daryodan tashkil topgan Churcha, (Penjikent yaqinida); 3) Daul qishlog'i yaqinidan shimolga oqib tushadigan Kumanik; 4) Qorasu va 5) Inom Yaxshi (Katta-Qo'rg'on yaqinida). Yozda, havo issiq bo'lgan kezlarda daryo shaharni juda kam miqdorda suv bilan ta'minlaydi. Mozor darvozasi ichidagi kanal orqali shaharga suv kiradi (u ham bo'lsa daryo sathi o'zgarishiga qarab har 8 yoki 14 kunda).
O'rta Osiyo hududida o'n asr oldin ham pochta aloqasi yo'lga qo'yilganligi shubhasizdir14. A. Vamberi, aynan pochta aloqasi, shuningdek cho'l qismida mavjud bo'lgan yomlar haqida ham to'xtalib o'tgan. "Karmanadan quyosh botishi bilan yo'l oldik, tungi salqinlik bizning toliqqan otimizga biroz yengillik berdi. Yarim tunda biz ikki soatcha to'xtadik va ertalab, issiqlik boshlanishidan oldin, biz keyingi bekatga yetib bordik. Yo'lda, ko'p joylarda men tosh bekatlarni payqadim (tosh turkchada "tash", bu so'z milni belgilash uchun ham ishlatiladi). Ba'zilari buzilmagan, boshqalari esa juda ta'mirtalab15. Bularning barchasi Amir Temur tomonidan qurilgan16", bu ajablanarli emas, chunki O'qtoy (1186-1241.11.7) - mo'g'ullar davlati
1 7
ulug' qooni (1229-1241.11.7) davrida Marko Polo Markaziy Osiyoda muntazam pochta aloqasi bo'lganligini ko'rsatib o'tgan. Ayni vaqtda bunday bekatlar saqlanmagan. Shuningdek A.Vamberi ushbu yomlar (bekatlar)ning XIX asrdagi holatiga to'xtalib "Buxorodan Qashqargacha bo'lgan butun yo'lda hali ham avvalgi madaniyat izlari saqlanib qolgan. Hozirgi amir ham o'zini e'tirof etishlarini xohlaydi va odamlarga yoqish uchun yo'l yaqinidagi bir necha joylarda namoz o'qish uchun
13 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература".-C . 90.
14 Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) -Toshkent.: "Sharq", 2000. -B. 95
15 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C .95.
16 Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) - Toshkent.: "Sharq", 2000 -B. 194
17 https://uz.wikipedia.org/wiki/ O'qtoyxon
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
maxsus joylar qurishga buyruq bergan. Bu turdagi qo'lbola masjidlar har bir
1 о
o'tayotgan odamga o'z e'tiqodiy vazifasini bajarishini eslatishi kerak " degan fikrni bildiradi.
Sharqshunos A. Vamberi esdaligining yana bir ilmiy jihati shundaki, unda sahro ichidan o'tuvchi yo'l hamda undagi suv resurslari haqidagi ma'lumot mavjuddir. Shuningdek, Vamberi Samarqand shahrining uzoqdan ko'rinishini, hamda o'ziga xosligini real tuyg'ular orqali ifodalaydi. "Yaqinlashayotganingizda, avval maftunkor kichkina gumbaz ko'rinadi, so'ng janubda yana balandrog'i. Birinchisi -qabr, ikkinchisi esa - Temur masjidi. To'g'ridan-to'g'ri sizning oldingizda shaharning janubi-g'arbiy chekkasida, tepalikda, qal'a joylashgan. Uning atrofida boshqa binolar, masjidlar va qabr toshlarini ko'rish mumkin. Bularning barchasini bog'larning zich ko'kalamzorlarida tasavvur qiling, shunda siz Samarqand haqida g'ira-shira fikrga ega bo'lasiz, chunki forscha maqolda shunday deyilgan: "Inson nafaqat eshitish, ko'rish, balki his etishi ham kerak19".
Samarqandga tashrif sharqshunos uchun ayni muddao edi. Uning tadqiqot obyekti endi "Sayqali ro'yi zamin"20ga qaratiladi. "Samarqand o'zining hozirgi
91
ko'rinishiga qaramay, Markaziy Osiyodagi boshqa shaharlarga qaraganda boyroq " Uning esdaligida quyidagi arxitektura yodgorliklari haqida to'xtalib o'tilgan:
99
Hazrati Shohi Zinda. Ushbu avliyoning asl ismi Qosim bin Abbos ; U shaxs Islomni Samarqandga olib kelgan arablarning boshlig'i sifatida juda hurmatga sazovor. Uning qabri shahar tashqarisida, uning shimoli-g'arbiy qismidagi devor yonida, buyuk Temurning yozgi qarorgohi bo'lib xizmat qilgan va o'zining oldingi hashamatini saqlagan binoda joylashgan. Butun inshoot 40 ta keng marmar zina orqali chiqiladigan tepalikda joylashgan. Yuqoriga ko'tarilib, o'zingizni kichik bog'ning oxirida joylashgan binoda ko'rasiz. Bir nechta tor zallar katta xonaga olib boradi va undan o'ng tomonga tor yo'l avliyoning qadimiy qabriga olib boradi. Binoning masjid vazifasini bajargan ushbu qismidan tashqari, boshqa xonalar ham mavjud. Ularda turli rangli g'ishtlar va mozaikalar eng ajoyib ranglar bilan porlaydi,
18 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 95.
19 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 98.
20 https://xs.uz/uz/post/amin-maaluf-samarqand-sajqali-roji-zamin-ast
21 Арминий Вамбери. Курсатилган асар. -Б. 99
22 Gap Qusam ibn Abbos ibn Abdul Mutalib - Muhammad payg'ambarning amakivachchasi haqida ketmoqda; mahalliy xalq afsonalariga ko'ra, u Samarqandda dafn etilgan. Stohi-Zinda me'moriy majmuasi Temuriylarga qadar shakllana boshladi va asosan Ulug'bek davrida qurib bitkazildi. Temur va Temuriylar davrida Shohi-Zinda majmuasini tashkil etuvchi binolar ansamblida bir nechta maqbaralar qurilgan. Samarqand tarixi. Toshkent.: 1969, -B. 167.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
xuddi kechagina usta qurib bitkazgandek. Har bir yangi kirgan xonamizda biz ikki rakat o'qishimiz kerak edi.
Masjidi Temur (Temur masjidi). Ushbu masjid shaharning janubiy qismida
94
joylashgan bo'lib, uning kattaligi va hashamatli bezaklari (rangli g'ishtlar) Abbos II Isfaxonda qurishni buyurgan Masjidi Shohga juda o'xshaydi, ammo gumbaz, Fors masjididan farqli o'laroq, qovun shaklida. Qur'ondan oltin harflar bilan "sullar" yozilgan yozuvlar, men ko'rganlarning eng chiroylisidir, biroq Sultoniya xarobalaridagi yozuvlardan tashqari.
Ark (qal'a). Qal'a anchagina mustahkam qurilgan bo'lib, u ikki qismga
9 S
bo'linadi: ichki va tashqi . Tashqi qismda xususiy kvartiralar, ichki qismda esa amir saroyi joylashgan. Garchi saroy menga avvalida ko'p jihatdan ajoyib tuyulgan bo'lsada, deyarli yuz yil muqaddam qurilgan bu oddiy uyning qiyofasida qiziq narsani topmadim. Dastlab ular menga amirning xonalarini ko'rsatdilar. Ulardan biri, Oynaxonalar. Nometall parchalari bilan ishlangan ushbu xona dunyoning ajabtori deya hisoblanadi, ammo bu menga Talari-Temur (Temurning ziyofat zali) deb nomlangan xonadan ham kamroq qiziqish uyg'otdi. Bu yopiq galereya bilan o'ralgan uzun, tor hovli. Uning old tomonida mashhur ko'ktosh, ya'ni amir uchun taxt vazifasini bajargan ko'k tosh joylashgan.
Turbati Temur (Temurning qabri, maqbarasi26) shaharning janubi-sharqida joylashgan. U yerda devor bilan o'ralgan, muhtasham gumbazli chiroyli maqbara mavjud. Baland darvozalarning ikkala tomonida katta gumbazlarga o'xshash ikkita kichkina devor bor va devor bilan maqbara oralig'ida daraxtlar ekilgan, u bog' bo'lishi kerak edi, ammo hozir bularning barchasi dahshatli xarobadek ko'rinadi. Maqbara kirish qismi sharqdan, uning peshtoqi reja bo'yicha Makka (qibla) tomonga burilgan. O'rtada, gumbaz ostida, sharafli joyda, Makkaga qaragan ikkita qabr bor. Ulardan biri ikkiga bo'lingan va quyuq yashil rangli tosh ko'rinishida. (Tosh nega bo'linib ketganligi haqida turli xil hikoyalar mavjud). Bu Temurning qabri. Boshqa tomonda xuddi shu uzunlikdagi, ammo biroz kengroq qora tosh mavjud. bu Temurning ustozi Mir-Sayid Barakaning qabri, uning yoniga minnatdor ulug' amir dafn etilishni xohlagan. Ushbu qabrlar atrofida amirning xotinlari, nabiralari dafn etilgan katta-kichik bir qancha odamlar bor, ammo, agar yanglishmasam, keyinchalik ular shaharning turli qismlaridan bu yerga ko'chirilgan. Fors va arab tillaridagi qabr
23 Rak'at - Gaffarov M. A. Forscha-ruscha lug'atga qarang. T.I Moskva, 1976, -B. 389.
24 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 99.
25 Арминий Вамбери. Курсатилган асар. -Б. 99
26 Raximova M.. Usta sangtaroshlar, "Moziydan sado" -Toshkent.: 2(66).2015. -B. 43.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
toshlari, hech qanday sarlavhasiz, hatto amir qabridagi yozuv ham juda sodda,
97
hamma joyda faqat "ko'ragon" so'zi yozilgan . Maqbara ichki bezashiga kelsak, juda mukammal va yorqin moviy lazurga ega mohirona ijro etilgan arabesklar
98
chindan ham ajoyibdir. Hammaning ko'ziga tegishi uchun turbotning etagida, ko'k yuzada oq harflar bilan: "Isfahonlik Mahmudning o'g'li bechora Abdulloh tomonidan tayyorlangan" deb yozilgan. Sana topilmadi. Ushbu binodan yuz qadam narida yana bir gumbaz ko'tarilgan, me'morchiligi sodda, ammo qadimiyroq.
A. Vamberining Samarqanddagi madrasalar haqidagi faktlari ham diqqatga sazovordir. "Samarqandda hali ham yaxshi saqlangan madrasalar mavjud, boshqalari bo'sh va tez orada xarobaga aylanadi. Eng yaxshi saqlanib qolgan madrasalar Sherdor va Tillakori bo'lib, ular Temur davridan ancha keyin qurilgan29" Tillakori madrasasi oltin bilan bezatilgan, shuning uchun uning nomi "oltindan qilingan" degan ma'noni anglatadi. U 1028 (1618) - yilda Islomni qabul qilgan Yalangtosh ismli boy qalmoq tomonidan qurilgan . Uning "xonaqoh" deb nomlangan qismi, haqiqatan ham shu qadar boy bezatilganki, undan faqat Imom Rizoning masjidi o'tib ketishi mumkin. Ushbu madrasalar qarshisida Temurning nabirasi, astronomiyani ishtiyoqli sevuvchi, o'zining nomi bilan atashlarini buyurgan Mirzo Ulug'bek madrasasi joylashgan. Ushbu binoda dunyoga mashhur rasadxona joylashgan bo'lib, uning qurilishi 832 (1440) - yilda G'iyosiddin Jamshid, Muayyid Koshoni va Isroil olimi Silah ad-Din Bag'dodiy boshchiligida boshlanib, Ali Qushchi rahbarligida qurib bitkazilgan. A. Vamberi rasadxona, hamda, "Bibixonim" me'moriy obidasiga ham ta'rif beradi. "Menga rasadxona joylashgan joyni ko'rsatishdi, lekin men u yerdan faqat bir nechta izlarni topishim mumkin edi. Ushbu uchta madrasa Buxorodagi Registondan kichikroq, ammo do'konlar va doimiy g'uvillashgan olomon bilan to'ldirilgan Samarqandning asosiy maydonini yoki Registonni tashkil qiladi. Ulardan bir oz uzoqlikda, Darvozai-Buxoro yaqinida, Temurning rafiqasi atab qurilgan ajoyib Madrasai-Xonim (Bibixonim) joylashgan. Balandligi 100 futdan
-5 1
oshiq (pishtak) baland ingichka frontal binoga ega xarobalar uning avvalgi ulug'vorligidan dalolat beradi".
27 В. В. Бартольда (Сочинения. Т. II, ч. 2, M., 1964)
28 Bartold V. V. Asarlar. II jild, 2-qism, b. 444, 446 // Musulmon Uyg'onish davri. Moskva, 1966, -B. 308.
29 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003. -C. 101.
30 Samarqand tarixi. Toshkent. -B. 298-300.
31 Pishtak - forsdan kelib chiqqan islom me'morchiligining elementi. U ikkita minora bilan chegaralangan.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqotchi faoliyatining eng ajablanarlisi shundaki, uning ingliz josusi ekanligini safari yakuniga qadar hech kim sezmaganligidir. Bu borada va Buxoro amirligining, Shuningdek, Samarqand shahrining XIX asrdagi me'moriy obidalari tavsifini yoritishda Armin Vamberi o'z iste'dod, hamda imkoniyatlarining maksimal foydalangan deyish o'rinlidir. Ushbu tadqiqot materiallari Buxoro tarixiy-me'moriy obidalariga oid risola yaratishda asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, chet el tadqiqotchilari faoliyati bilan bog'liq magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarida o'ziga xos yo'nalish sifatida kiritilishi mumkin.
REFERENCES
1. Hopkirk Peter. The Great Game: On Secret Service in High Asia. London. John Murray. 2006.
2. Исматуллаев Х. Вамбери олимми, ё жосус? // Фитна санъати.туплам. -Тошкент: "Фан", 1993.
3. Karimov B.. Vamberi-o'zbek she'riyatiga oshufta qalb, "Moziydan sado". 2.(62).2014 y.
4. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: "Восточная литература". 2003.
5. Raximova M.. Usta sangtaroshlar, "Moziydan sado" -Toshkent.: 2(66).2015.
6. В. В. Бартольда (Сочинения. Т. II, ч. 2, M., 1964)
7. Bartold V. V. Asarlar. II jild, 2-qism, b. 444, 446 // Musulmon Uyg'onish davri. Moskva, 1966.
8. Samarqand tarixi. Toshkent. -B. 298-300.
9. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar) -Toshkent.
10. Saloydinov, S. Q. (2021). PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY MEXANIZMINI YARATISH. "ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
11. 8. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И. Демезона и И. Виткевича). -М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983 -C. 56, -98
12. 9. В. Ханыкова «Описание Бухарского ханства», Санкт-Петербург, 1843, стр. 79-80
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-652-662
13. 10. И. Т. Пославского «Бухара. Топографический очерк»,- «Военный сборник», 1891, № 12, стр. 456
14. Записки о Бухарском ханстве (Отчёты П.И. Демезона и И. Виткевича). - М., Гл. редакция восточной литературы. Из-во «Наука».-1983 -C. 56, -98
15. В. Ханыкова «Описание Бухарского ханства», Санкт-Петербург, 1843, стр. 79-80
16. И. Т. Пославского «Бухара. Топографический очерк»,- «Военный сборник», 1891, № 12, стр. 456
17. И. И. Умников «К вопросу об исторической топографии средневековой Бухары»,- «Сборник Туркестанского восточного института в честь А. Э. Шмидта», -Ташкент.: 1923, стр. 150
18. S.Sh. Nasilloyev, F.Z. Sirocheva E.K. Meyendorfning "Orenburgdan Buxoroga sayohat" asarida Buxoro tarixiy-me'moriy obidalarining tadqiq etilishi masalalari.
19. Nasilloyev S.S., Choriyeva M.R. Rus harbiy zobiti I.Vitkevich esdaliklarida Buxoro karvonsaroylari tavsifi (XIX asrning 1-yarmi manzaralari). // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 13(189)