Научная статья на тему 'SAMARQANDDA MADRASA TA’LIMI'

SAMARQANDDA MADRASA TA’LIMI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
278
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Temuriylar / madrasa / madrasayi oliya / Samarqand / Jomiy / “Funun ul-balog’a” / mudarris / pir / ikkinchi Abu Ali (ibn) Sino / yer kurrasi / xarita / ilmi maoniy / ilmi bayon / ilmi bade’ / ommaviy dars va bahs-munozaralar / Registon maydoni / ijozatnoma – diplom berilganligi / jahon standartlariga mos sifatli ta’lim beruvchi markaz / Timurids / madrasa / madrasay aliya / Samarkand / Jami / "Funun ul-Balogha" / mudarris / pir / second Abu Ali (ibn) Sina / globe / map / ilmi maoniy / ilmi bayan / ilmi bade ' / public lessons and debates / Registan square / permit diploma award / quality education center in line with world standards

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xasanova, M. J.

Oʼzbekiston dunyo tamadduniga beqiyos hissa qoʼshgan allomayu fozillarni, shoirlarni tarbiyalab, ilmu urfon oʼrgatib, jahonga taqdim etgan diyor sanaladi. Ming yillar davomida mavjud boʼlgan jamiyat qanday tarzda boʼlmasin taʼlim-tarbiya tizimisiz boʼlmagan. Uning oʼziga xos xususiyatlari, muassasalari, taʼlim-tarbiya dasturi, oʼquv-qoʼllanma va darsliklari, oʼqish jarayoni qonun-qoidalari, oʼqituvchilar, mudarrislar va ular oldiga qoʼyiladigan talablar, oʼqitish uslubiyati, oʼquvchilarni imtihon qilish, oʼqituvchi-mudarrislarning attestatsiyasi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish kabi qator masalalar boʼlgan. Ushbu maqolada ham Samarqand davlat universitetining ildizi – Ulug’bek madrasayi oliyasi, Samarqanddagi madrasalar tarixi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari unda ushbu madrasalarda faoliyat ko’rsatgan mudarrislar, tahsil olgan mashhur shaxslar haqida ham ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MADRASA EDUCATION IN SAMARKAND

Uzbekistan is considered a country that brought up scholars, poets, and taught science and art and presented it to the world. The society that has existed for thousands of years has not been without an educational system in any way. Its characteristics, institutions, educational program, training manuals and textbooks, laws and regulations of the study process, teachers, teachers and their requirements, teaching methodology, student examination, certification of teachers-teachers, their material and moral encouragement. There were a number of issues. In this article, the root of Samarkand State University Ulugbek madrasa, and the history of madrasas in Samarkand are discussed. In addition, it contains information about the teachers who worked in these madrasahs and famous people who studied there.

Текст научной работы на тему «SAMARQANDDA MADRASA TA’LIMI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7__3(10), October, 2023

SAMARQANDDA MADRASA TA’LIMI

M.J. Xasanova

Samarqand davlat universiteti Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti ikaroy84 @mail .ru

ANNOTATSIYA

O’zbekiston dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo’shgan allomayu fozillarni, shoirlarni tarbiyalab, ilmu urfon o’rgatib, jahonga taqdim etgan diyor sanaladi. Ming yillar davomida mavjud bo’lgan jamiyat qanday tarzda bo’lmasin ta’lim-tarbiya tizimisiz bo’lmagan. Uning o’ziga xos xususiyatlari, muassasalari, ta’lim-tarbiya dasturi, o’quv-qo’llanma va darsliklari, o’qish jarayoni qonun-qoidalari, o ’qituvchilar, mudarrislar va ular oldiga qo ’yiladigan talablar, o ’qitish uslubiyati, o ’quvchilarni imtihon qilish, o ’qituvchi-mudarrislarning attestatsiyasi, ularni moddiy va ma ’naviy rag ’batlantirish kabi qator masalalar bo ’lgan. Ushbu maqolada ham Samarqand davlat universitetining ildizi - Ulug’bek madrasayi oliyasi, Samarqanddagi madrasalar tarixi haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari unda ushbu madrasalarda faoliyat ko ’rsatgan mudarrislar, tahsil olgan mashhur shaxslar haqida ham ma ’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: Temuriylar, madrasa, madrasayi oliya, Samarqand, Jomiy, “Funun ul-balog’a”, mudarris, pir, ikkinchi Abu Ali (ibn) Sino, yer kurrasi, xarita, ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi bade’, ommaviy dars va bahs-munozaralar, Registon maydoni, ijozatnoma - diplom berilganligi, jahon standartlariga mos sifatli ta ’lim beruvchi markaz

ABSTRACT

Uzbekistan is considered a country that brought up scholars, poets, and taught science and art and presented it to the world. The society that has existed for thousands of years has not been without an educational system in any way. Its characteristics, institutions, educational program, training manuals and textbooks, laws and regulations of the study process, teachers, teachers and their requirements, teaching methodology, student examination, certification of teachers-teachers, their material and moral encouragement. There were a number of issues. In this article, the root of Samarkand State University - Ulugbek madrasa, and the history of madrasas in Samarkand are discussed. In addition, it contains information about the teachers who worked in these madrasahs and famous people who studied there.

Key words: Timurids, madrasa, madrasay aliya, Samarkand, Jami, "Funun ul-Balogha", mudarris, pir, second Abu Ali (ibn) Sina, globe, map, ilmi maoniy, ilmi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

bayan, ilmi bade ', public lessons and debates, Registan square, permit - diploma award, quality education center in line with world standards

KIRISH

XV asrda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, adabiyot, san’at va madaniyatning keng taraqqiy etishi tasodifiy bir hol emas edi. Chunki, Amir Temur tomonidan asos solingan temuriylar davlatining poytaxti Samarqandga dunyoga mashhur olimlar, o‘z kasbining mohir usta va naqqoshlari, shoir va xattotlari yig‘ildi hamda keyingi davrlar uchun ham bu manba vazifasini o‘tadi. Shuning uchun ham Samarqandda ilm, san’at va adabiyot sohalarining eng mashhur namoyandalari etishib chiqdi. Bunda Amir Temur, Shohrux Mirzo va Ulug‘bek Mirzolarning o‘rni beqiyosdir.

“Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylanishi bilan madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyali ilm-fan muassasalariga aylana bordi. Ushbu olimlarning ko‘pchiligi, ayni paytda, Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod holga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga ta’lim berar edilar...Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yoTga qo‘yilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning o‘zida ularning soni o’nga yaqin edi. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Amir Shohmalik madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan edi1.

Bu davrda yashagan mashhur tarixchi olim Ibn Arabshoh Idiku Temur madrasasida Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniy va Shamsuddin Muhammad al Jazariy kabi mashhur olimlardan ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor2 . Manbalarda mashhur shoir Sayid Qosim Anvor 1428 yilda Samarqandga kelganida Amir Shohmalik madrasasida, Abdurahmon Jomiy esa 1436-1451 yillar Ulug‘bek madrasasi hujrasida, xoja Ubaydulloh - xoja Ahrori Vali esa 1427-1428 yillarda mavlono Kutbiddin sadr madrasasi hujrasida, Alisher Navoiy a’lam ul-ulamo xoja Fazlulloh Abulaysiydan saboq olish niyati bilan olimning xonaqohidan hujra olib yashaganligi, ilm olganligi ma’lum.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XV asrda Samarqandda ilm-fan, xususan, matematika va astronomiya taraqqiy etgan ekan, bunda, albatta, Ulug‘bek Mirzoning xizmati katta edi. Manbalarda Ulug‘bekning adiblar hamda badiiy adabiyotga munosabati haqida ham muhim

1 https://mininnovation.uz/oz/news/1920

2 Ибн Арабшоу. Ажоиб ал мавдур фи тарихи Таймур. 1-китоб. Т.: Меунат. 1992 й. 11-б.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

malumotlar mavjud. Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» asarida keltirilishicha, «Ammo mag‘fur sulton sa’id, shahid Ulug‘bek Ko‘ragon, (qabri (hamisha) ravon bo‘lsin) podshohi olam, odil, g‘olib va sohibi himmat edi. Ilmda oliy martabaga erishdi. Maoniyda mo‘yni (ham) teshar edi. Uning zamonida ulamoning darajasi ko‘tarildi va fuzalo zo‘r martabaga erishdi. (Mirzo Ulug‘bek) xandasa3da, daqoyiq namo, hay’at ilmi4 masalalarida Majastiy5 kusho edi. Hukamo va fuzalo ittifoqdirlarki, islomiyat davrida, balki, (Iskandar) Zulqarnaynning zamonidan shu davrgacha, ilmi hikmat6da Ulug‘bek Ko‘ragonday podshoh saltanat taxtida qaror topgan emasdur»7. Shayx Ahmad Taroziy esa o‘zining «Funun ul-balog‘a» asari muqaddimasida "Ul saltanat daryosining gavhari va madilat konining javhari, saxovat boronining abri va shijoat beshasining babri, farosat sipehrining mohi, kayosat mamlakatining shohi, shahanshohi azam, shahriyori alam, sohibus sayf va-l qalam, farmondehi turku arabu ajam, mag‘isiddin va-d davron amir Ulug‘bek Ko‘ragon", -deydi8.

Ulug’bek mirzo nafaqat, o’zi ilm bilan shug’ullandi, balki boshqalarning ilmli bo’lishi, millatning taraqqiyoti uchun ham qayg’urdiki, buni u qurdirgan madrasalar uzoq moziydan so'zlab turibdi. Bu madrasada Mavlono Muhammad Xavofiy, Qozizoda Rumiy, G’iyosuddin Jamshid, Mu’iniddin Koshiy, Ali Qushchi, Xoja Xurdlar qatori Shayx Ahmad Taroziy ham mudarris bo‘lib ishlagan bo‘lishi mumkin. Chunki, “Funun ul-balog‘a”da shunday fikrlarni beradi:

“Azza va Jalla hamdidin va Rasul alayhissalom na’tidin so‘ng SHayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy rafa’allohu qadrahu fid-doraynkim, bu imoratning muhandisi va bu iboratning mudarrisidur (ya’ni, bu imorat - “Funun ul-balog‘a”, bu iborat -kitobda ko‘tarilgan masala, she’riyat ilmining mudarrisidur - maqola muallifi)”9.

Yana bir mudarris Xoja Xurd haqida A.Navoiy “Majolis un-nafois”da “Samarqand taxtining yakqalama qozisi va «Ulug‘bek Mirzo» madrasasining mudarrisidur. Bovujudi fazlu kamolu aql va donish hulyasi bila orastadur va bovujudi zuhdi taqvo, husni axloq zevari bila piyrostadur. Muncha mashog‘il va avoriz bila chun lutfi tab’i g‘olibdur, nazm va insho va tarix va muammo fununida ham ishtig‘ol ko‘rguzur...”10, - deb yozadi. Bulardan anglashimiz mumkinki, madrasada adabiyot ilmi ham alohida fan sifatida talabalarga o‘rgatilgan. Hatto tahsil uchun Samarqandga

3 Геометрия

4 Астрономия

5 Птоломей Клавдий

6 Физика

7 Ахмедов Б. Давлатшох Самарвдндий, Т.: Фан, 1967. 57-69-б

8 Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балога // Узбек тили ва адабиёти, 2002, №1. 3-б

9 Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балога // Узбек тили ва адабиёти, 2002, №1. 5-б.

10 A.Navoiy. Majolis un-nafoyis. 20 tomlik. 13-tom, 86-б.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

kelgan Abdurahmon Jomiy ham bu yerda ma’lum vaqt mudarrislik qilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi:

Mavlono Jomiy tahsilini “Hirotdagi «Nizomiya» va «Dilkash» madrasalarida davom ettiradi. Bu madrasalarda u zamonasining eng donishmand allomalaridan bo‘lgan Sa’diddin Taftazoniyning (1322-1389) shogirdi mavlono Shamsiddin Muhammad Jojarmiy hamda Mir Sayid Sharif Jurjoniyning (1339-1413) shogirdi mavlono Alouddin Xoja Ali Samarqandiylardan ta’lim olib, har sohada etuk bo‘lib talabchan ustozlarining maqtovlariga sazovor bo‘ladi. SHunday bo‘lsa-da, qo‘lga kiritgan bilimlar bilan qanoatlanib qolmay, o‘sha vaqtlarda dovrug‘i SHarqda taralgan Ulug‘bek mirzo madrasai oliyasida ta’limni davom ettirish uchun 1436 yilda Samarqandga keladi. Bu vaqtda alloma Qozizoda Rumiy (1360-1437-38), G‘iyosiddin Jamshed (vaf.1436), Ali Qushchi (1402-1474) va boshqalarning, aytishlaricha, Ulug‘bek mirzoning ham darslarini eshitishga muyassar bo‘ladi, a’lam ul-ulamo Xoja Fazlulloh Samarqandiyning (vaf. taxm. 1470) suhbat va maslahatlaridan bahramand bo‘lib, ustozlarning sevimli shogirdi va hammaslagiga aylandi. Shundan-da, madrasani tugatgach, Mirzo Ulug‘bek madrasai oliyasi mudarrisi sifatida 1452 yilgacha faoliyat ko‘rsatadi11.

Jomiy Naqshbandiya tariqatining buzurg murshidlaridan. Uning tariqatdagi ilk ustozi Sa'diddin Qoshg'ariy, ikkinchisi Xoja Ahrori Valiy edi. Hayoti davomida Jomiy yetti marta safar qilganligi ma'lum. Shundan uchtasi Samarqandga qilgan safarlaridir. U birinchi marta ilm olish uchun bu yerga kelgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi safarlarida piri murshid Xoja Ahrori Vali suhbatlariga yetishish uchun kelgan. “Majolis un-nafoyis”da Navoiy Mavlono Husayn Voizning o‘g‘li darveshvash va foniy sifat va dardmand sheva yigit Mavlono Safiyning ham Samarqandga Hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror suhbatiga musharraf bo‘lish uchun kelganligini yozgan12.

Bu yerda tolibi ilmlarni o'ziga chorlagan pirlardan yana biri “...fiqh va boshqa sohalardagi katta bilimi tufayli ikkinchi Abu Ali (ibn) Sino laqabini olgan, foydali ilmlar xazinasi bo'lmish janobi Xoja Fazlulloh Abullaysiy (Alloh uni rahmatiga olgan bo’lsin)” edi. Xondamir Alisher Navoiy Fazlulloh Abullaysiy xonaqohidan hujra olib joylashgani va munosib ilm olganini yozadi13. Navoiyning o'zi ham “Majolis”da “Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar. Bovujudkim, Samarqandning a’lami ulamosi erdi...”, - deb yozgan.

11 https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/botirxon-valixoiayev-alisher-navoiy-davri-1.html

12 A.Navoiy. Majolis un-nafoyis. 20 tomlik. 13-tom, 71-bet

13 Xondamir. Makorim ul-axloq. G’.Gulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent-2015. 30-31-betlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

Alisher Navoiy asarlariga nazar tashlasak, o‘zi Samarqandda yashab turgan vaqtda bu yerda mavjud bo‘lgan ko‘pgina madrasalarni ko‘rgan, u madrasalardagi qobiliyatli tolibi ilmlar bilan ham tanishgan. Shuning natijasida Alisher Navoiy Ulug‘bek madrasasining mudarrislaridan A’loyi Shoshiy, mirzo Ulug‘bek va Qozizoda Rumiylar ta’limini olgan Muhammad Olim Samarqandiy, mavlono Xoja Xurdlardan ham saboq olgan; Ahmad Hojibek Vafoiy qurdirgan madrasa, mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, Amir Shohmalik madrasasi, Firuzshoh madrasasi, Bibixonim madrasalarida ta’lim oluvchi tolibi ilmlar bilan tanishgan, ularning ilmiy bahslarida qatnashgan. Samarqandning o‘sha davrdagi adabiy muhiti vakillari Ahmad Hojibek Vafoiy, Harimiy Qalandar, mavlono Mir Qarshiy, Javhariy, Xovariy, Riyoziy, Safoiy, Yusuf Badiiy , mirzo Hoji Sug‘diy, Mirzobek kabi turli kasb, ijtimoiy guruhga mansub shoiru adiblar bilan yaqin ijodiy munosabatda bo‘lib, ularning mushoiralarida qatnashgan va bu jarayon Navoiy asarlariga ko‘chgan. Alisher Navoiy keyinchalik yozgan asarlarida Samarqand va samarqandliklarni o‘zgacha mehr va iftixor bilan tilga oladi.

Samarqand keyingi asrlarda ham oliy o'quv maskani sifatida tolibi ilmlarni o'ziga chorlab keldi. Tarixchi olim I.Bekjonning Mutribiy hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan maqolasida XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ham “Samarqandda Madrasai oliyaiy Saroymulkxonim, Sulton Ulug‘bek, Amir Shohmalik, Xo‘ja Ahror, Shayboniyxon, Abu Saidxon, Amirxon, Qozi Abdulg‘afur shahid, Muhammad Ali Darvesh Tarxon, Soqiy Zominiy, Madrasayi Xo‘rjin va yana boshqa madrasalar faoliyat ko‘rsatganligi, adib ularda o‘lkaning o‘ta bilimdon, malakali ustoz olimlari, Turkiya, Eron, Ozarboyjon, Afg‘onistondan kelgan allomalar aniq, tabiiy, diniy va gumanitar fanlardan davomli darslar berganini yozadi. Samarqanddagi Ulug‘bek masjidi va boshqa shu kabi masjidlarda ham Qur’on qiroati, Hadis bo‘yicha maxsus bilimlar berilgan. Mutribiy ustozi Nazriy Badaxshoniyga bag‘ishlangan ma’lumotda qiziq bir voqeani keltiradi. Ilmga chanqoq talabalar mazkur oxunddan qo‘shimcha darslar olish uchun ertayu-kech uning hujrasidan ketmas, oxund esa ulardan qutulib, o‘zi ham ozgina bo‘lsa-da, kitob mutolaasiga berilish uchun bir shogirdiga buyurib, qulfni eshikning tashqarisidan ostirib qo‘yarkan. Ulug‘bek madrasasi devorida esa o‘z o‘qi atrofida “xuddi osmonga otilib, yana yerga qaytib tushayotgan koptokdek aylanuvchi yer kurrasi” va undagi jug‘rofiy kengliklar, shaharu o‘lkalar nomi yozilgan xarita chizib qo‘yilgan ekan. Mutribiy yozishicha, u alloma Taftazoniyning “Mutavval” kitobi asosida ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi bade’ sohalarini bir necha yil davomida o‘sha davrning zabardast olimi Ismatullo Oxunddan o‘zlashtiradi. Haqiqiya va ilohiyani Samarqanddagi Abu Saidxon madrasasida Nazriy Badaxshoniydan, adabiyotga oid bilimni Amir Shohmalik madrasasida mavlono

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

Qosim Rumiydan, Qur’onga doir ba’zi ilmlami Hofiz Muhammad Amindan, ilmi siyoq (hisob-kitob) sohasini asli hirotlik, lekin Samarqandda turg‘un bo‘lib qolgan G‘aribiy Heraviydan o‘rganadi. Yoshligida esa Buxoroda Erondan kelgan va “Mulloi nav” laqabi bilan tanilgan faylasuf olim Mirzojon Sheroziyning ommaviy dars va bahs-munozaralarida qatnashgan14. Bu fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘sha davrlarda ayrim madrasalar institut maqomida ma’lum ixtisoslikka asoslangan ta’lim ham joriy etgan.

Mutribiy zamonasida Amir Temur maqbarasi va Registon atrofi ulanib ketgan binolardan iborat bo'lgan ko'rinadi. Chunki Mutribiy maqbaraga ulab qurilgan masjid va unga yondosh bir hovli sahnli maydon keladi va hovli maydonining chap tomonida bitta eshik va bir dahliz ko’rinadi. Ular orqali ichkari kirilsa, Sulton Ulug’bek Ko’ragon bino qildirgan madrasaga duch kelinadi15,- deb xabar bergan. Ulug’bek madrasayi oliyasining tashqi ko’rinishi, me’moriy xususiyatlari va atrof tabiati haqida ham quyidagi ma'lumotlarni bilishimiz mumkin: “Madrasa to’rt toqni o’z ichiga olgan ikki oshiyonalik bo’lib, toqlarning hammasi koshinli va naqshlar bilan bezatilgan, toqlardagi yozuvlar orqali “Inno fatahno”, “A’mma” va “Taborak” suralarini bitganlar. Shu ikki qavatda oltmishga yaqin hujra joylashgan. Va maydon sahnining har ikki tarafiga ikki oliy gunbaz qurganlar, bu gunbazlar ostida chig’atoy podshohzodalarining go’rxonalari bor. Maydonning o’ng tomonida darvoza o’rnatilgan. Daxmaga qarashli oshxona joylashgan bir gumbaz ichida esa hujralar va bu oshxonada katta bir qozon bo’lgan. Har kun unda faqirlar hamda mazkur daxmaning mujovir (xizmatchi)lari va shu yerdagi madrasa talabalari uchun ovqat tayyorlaganlar16.

XIX asrda Samarqandning qadim tarixi, jo’g’rofiyasi, tabiiy ko’rinishi, eski ahvoli haqida samarqandlik qozi Abu Tohirxoja tomonidan yaratilgan “Samariya” asarida ham o’nlab madrasa sanalgan. Shulardan Ulug’bek madrasasi, Shayboniyxon madrasasi, Sayid Ahmadxoja madrasasi, Sherdor va Tillakoriy madrasalari, Hazrati Xoja Ahror madrasasi, Oliy madrasa, Qozi G’afur madrasasi, Nodir Muhammad devonbegi madrasalarida o’sha vaqtda o’qish bo’layotganligi haqida yozib

qoldirgan17

Ulug‘bek madrasayi oliyasi XX asr 20 yillarigacha oliy ta’lim dargohi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Sharqshunos olim V.L.Vyatkin 1916-yilning yanvarida Samarqand viloyati Harbiy guberatoriga Mirzo Ulug‘bek madrasasining binosi

14 https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/ismoil-bekion-hind-safari-yoxud-imomaulixonning-maxfiy-topshirigi.html

15 Yuqoridagi manba

16 Yuqoridagi manba

17 file:///C:/Users/User/AppData/Local/Temp/Rar$DIa7296.20890/abu tohirxuja samariya ziyouz com.pdf, 25-28-betlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

yomon ahvolda ekanligi xususida raport yozgan edi. Raportda u “minorani tekshirib chiqish uchun komissiya tayinlash bu komissiya minoraning mustahkamligini aniqlashi, uni biror moslama yordamida, yoki ust qismini qandaydir balandlikka qadar yechish chorasi orqali saqlab qolish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerakligini”, so‘ragan edi. Mazkur raportning mazmunidan shu ma’lum bo‘ladiki, 1916 yildayoq Mirzo Ulug‘bek madrasasining shimoli-sharqiy minorasi qulab ketishi ehtimoli mavjud bo‘lgan...busiz ham 1870-yilda madrasaning to‘rt minorasidan biri, keyinchalik boshqasi qulab tushgan edi. Komissiyaning ayrim majlislari to‘g‘ridan to‘g‘ri Registon maydonida bo‘lib o‘tar, deyarli har bir majlisda madrasa minorasini tezroq qutqarib qolish va uni to‘g‘rilash borasida qizg‘in munozaralar bo‘lardi. Ish jarayonlari 1918-1932-yillar davomida bajarilib, u muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Bu jahon tarixidagi ta’mirlash amaliyotining misli ko‘rilmagan voqeligi ham edi.18 Shuning uchun ham katta ehtimol bilan madrasayi oliyaning faoliyati cheklangan bo‘lishi va bu yerdagi ta’lim jarayoni madrasaga yondosh boshqa madrasalarda davom etgan bo‘lishi mumkin.

Bir nechta internet manbalarida (https://uz.denemetr.com/docs/768/index-280712-1.html?page=9, https: //atelim.com/umumiy-t-arix.html?part=2,

https://hozir.org/iitimoiv-iqtisodiv-fanlar-kafedrasi.html,

http://librarv.zivonet.uz/ru/book/download/11168) “V. L. Vyatkinning yozishicha, Samarqand madrasalari o’quv yurtlari sifatida 1927 yilgacha ishlab turgan”, - degan fikr bildirilganligi e’tiborimizni tortdi. Ammo bu ma’lumot qaysi manbaga asoslanib berilgani ma’lum qilinmagan.

Bugungi kunda esa Ulug‘bek madrasayi oliyasi o‘rnida, uning vorisi sifatida Samarqand davlat universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademik Boturxon Valixo‘jaev madrasai oliyani bitirganlarga dars o‘tish uchun ijozatnoma - diplom berilganligi, ana shunday «diplom»lardan biri Qozizoda Rumiy imzosi ostida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotganligi haqida ma’lumot bergan. Eng asosiysi, mazkur madrasai oliyani bitirganlik haqidagi hujjat - «diploma) faqat Movarounnahrdagina emas, balki, Xuroson va boshqa davlatlarda ham e’tirof etilgan. Bu esa Mirzo Ulug‘bek madrasai oliyasining o‘z davridagi maqomi naqadar yuksak bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bizning faoliyatimizning keyingi bosqichlarida univeristetimizni ana shu darajadagi xalqaro universitetga aylantirish, olam ilm toliblarini bu yerga chorlash va jahon standartlariga mos sifatli ta’lim beruvchi markazni qayta tiklashdan iborat.

18 Каранг: http://www.samdu.uz/ima^es/ilmiyiurnal/3K7ruS6lCp ilmiy jurnal.pdf

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

REFERENCES

1. A.Navoiy. Majolis un-nafoyis. 20 tomlik. 13-tom

2. Xondamir. Makorim ul-axloq. G’.Gulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent-2015. 30-31-betlar

3. Ибн Арабшох. Ажоиб ал макдур фи тарихи Таймур. 1-китоб. Т.: Мехнат. 1992 й. 11-б.

4. Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балога // Узбек тили ва адабиёти, 2002, №1. 5-б.

5. Ахмедов Б. Давлатшох Самаркандий, Т.: Фан, 1967.

6. file:///C:/Users/User/AppData/Local/Temp/Rar$DIa7296.20890/abu tohirxuia s amariya ziyouz com.pdf

7. https: //mininnovation.uz/oz/news/1920

8. https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiv/botirxon-valixoiavev-alisher-navoiy-davri-1 .html

9. https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/ismoil-bekion-hind-safari-yoxud-imomqulixonning-maxfiy-topshirigi.html

10. http://www.samdu.uz/images/ilmiyjurnal/3K7ruS6lCp ilmiy iurnal.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.