Научная статья на тему 'OGOH SIRRI LEVENDNING NAVOIY BIOGRAFIYASIGA OID IZLANISHLARI'

OGOH SIRRI LEVENDNING NAVOIY BIOGRAFIYASIGA OID IZLANISHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
35
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy biografiyasi / bolalik davri / yoshlik davri / yigitlik chog’i / qarilik davri / “Majolis un nafois” tazkirasi / “Alisher Navoiy” monografiyasi. / Navoi's biography / childhood / youth / youth / old age / "Majolis un nafois" book / "Alisher Navoi" monograph.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova, Yulduz Dilmurod Qizi

Ushbu maqolada qardosh turk olimi, navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning Navoiy hayotiga oid izlanishlari tahlil qilinadi. Olimning “Alisher Navoiy” nomli kitobida Navoiy hayotiga oid batafsil ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Olim shoir hayotini o’rganishda uni fasllarga bo’lib o’rganishni lozim topadi, ya’ni bolalik, yoshlik, yigitlik va qarilik chog’idagi bo’lgan muhim voqealarni eslab o’tadi. Bu orqali biz olimning shoir hayotini juda yaxshi tadqiq etganligini ko’rishimiz mumkin. Olim o’z fikrlarini dalillash maqsadida Navoiyning “Majolis un nafois” tazkirasiga ham murojaat qiladi. Bu esa Navoiy biografiyasini o’rganish uchun muhim manba bo’lib hisoblanadi. Olim bu bilan cheklanib qolmaydi. Turli yevropalik sharqshunos olimlarning Navoiy biografiyasiga oid qarashlarini keltirib o’tadi va ularni o’zaro taqqoslaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH ON THE ORIGINAL BIOGRAPHY OF OGOH SIRRI LEVEND

This article analyzes the researches of Navoi's life by Ogoh Sirri Levend, a brother Turkish scientist, Navoi scholar. In the scientist's book "Alisher Navoi" we can find detailed information about Navoi's life. When studying the poet's life, the scientist finds it necessary to study it by seasons, that is, he remembers the important events of his childhood, youth, youth and old age. Through this, we can see that the scientist has studied the poet's life very well. In order to prove his opinion, the scientist refers to Navoi's "Majolis un Nafois" analysis. This is an important source for studying Navoi's biography. The scientist is not limited to this. He cites the views of various European Orientalist scholars on Navoi's biography and compares them.

Текст научной работы на тему «OGOH SIRRI LEVENDNING NAVOIY BIOGRAFIYASIGA OID IZLANISHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

OGOH SIRRI LEVENDNING NAVOIY BIOGRAFIYASIGA OID

IZLANISHLARI

Raximova Yulduz Dilmurod qizi

Samarqand davlat universiteti 2- bosqich magistranti E-mail: [email protected]

+998972233122

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qardosh turk olimi, navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning Navoiy hayotiga oid izlanishlari tahlil qilinadi. Olimning "Alisher Navoiy" nomli kitobida Navoiy hayotiga oid batafsil ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Olim shoir hayotini o'rganishda uni fasllarga bo'lib o'rganishni lozim topadi, ya'ni bolalik, yoshlik, yigitlik va qarilik chog'idagi bo 'lgan muhim voqealarni eslab o'tadi. Bu orqali biz olimning shoir hayotini juda yaxshi tadqiq etganligini ko'rishimiz mumkin. Olim o'z fikrlarini dalillash maqsadida Navoiyning "Majolis un nafois" tazkirasiga ham murojaat qiladi. Bu esa Navoiy biografiyasini o'rganish uchun muhim manba bo'lib hisoblanadi. Olim bu bilan cheklanib qolmaydi. Turli yevropalik sharqshunos olimlarning Navoiy biografiyasiga oid qarashlarini keltirib o'tadi va ularni o'zaro taqqoslaydi.

Kalit so'zlar: Navoiy biografiyasi,bolalik davri, yoshlik davri, yigitlik chog'i, qarilik davri, "Majolis un nafois" tazkirasi, "Alisher Navoiy" monografiyasi.

This article analyzes the researches of Navoi's life by Ogoh Sirri Levend, a brother Turkish scientist, Navoi scholar. In the scientist's book "Alisher Navoi" we can find detailed information about Navoi's life. When studying the poet's life, the scientist finds it necessary to study it by seasons, that is, he remembers the important events of his childhood, youth, youth and old age. Through this, we can see that the scientist has studied the poet's life very well. In order to prove his opinion, the scientist refers to Navoi's "Majolis un Nafois" analysis. This is an important source for studying Navoi's biography. The scientist is not limited to this. He cites the views of various European Orientalist scholars on Navoi's biography and compares them.

Key words: Navoi's biography, childhood, youth, youth, old age, "Majolis un nafois" book, "Alisher Navoi" monograph.

В данной статье анализируются исследования жизни Навои Огоха Сирри Левенда, брата турецкого ученого, навоийского ученого. В книге ученого «Алишер Навои» мы можем найти подробную информацию о жизни Навои. Изучая жизнь поэта, ученый находит необходимым изучать ее по временам

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

года, то есть вспоминает важные события его детства, юности, юности и старости. Благодаря этому мы можем видеть, что ученый очень хорошо изучил жизнь поэта. В подтверждение своего мнения ученый ссылается на анализ «Ыа]оШ ип Иа/о18» Навои. Это важный источник для изучения биографии Навои. Ученый этим не ограничивается. Он приводит взгляды различных европейских ученых-востоковедов на биографию Навои и сравнивает их.

Ключевые слова: биография Навои, детство, юность, юность, старость, книга «Ыа]оШ ип па/о18», монография «Алишер Навои».

"Türk tilining o'lgan taniga jon, balki ruh kirgizgan", "G'azal mulkining sultoni" Nizomiddin Mir Alisher hayoti yo'li ko'plab olimlar tomonidan o'rganilgan. Ulug' shoir biografiyasi har jihatdan serqirra va eskirmas tadqiqot mavzusi bo'lib hisoblanadi. Shu jihatdan turk navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levend ham Alisher Navoiy hayot yo'li va biografiyasini atroflicha muhokama qilgan.

Olimning "Alisher Navoiy" nomli monografiyasida Navoiy hayotiga bag'ishlangan alohida boblarni uchratamiz. Bu boblar esa Navoiy umrining 4 fasli bilan nomlanadi:

1. Bolalik chog'i

2. Yoshlik chog'i

3. Yigitlik davri

4. Qarilik davrii

Tadqiqotchi olim ilmiy an'anaga sodiq qolgan holda Navoiyning bolalik chog'lari haqida eslab o'tadi: "Nizomiddin Alisher ramazon oyining 17-kuni hijriy 844 yili(milodiy 9-fevral 1441 yil)da Hirotda tug'ilgan. Uyg'ur turklaridandir. Otasi g'iyosiddin Kichkina Baxshi yoki Kichkina Bahodir Xuroson hokimi Sulton Abulqosim Boburning odamlaridandir. Alisherning bobolari avvaldan beri Temur o'g'illarining xususan Umarshayx bilan uning o'g'li Mirzo Boyqaroning xizmatida bo'lganlar. Alisherning ona tarafdan katta bobosi Abu Said ham Mirzo Boyqaroning Beklarbegisi edi. Alisher esa kichik yoshligidan beri Mirzo Boyqaroning nevarasi Husayn Boyqaro bilan birga o'si va birgalikda o'qidi "

Olim o' z fikrlarini davom ettirarkan,Alisher Navoiyning buyuk tarixchi olim Sharafiddin ali Yazdiy bilan uchrashuvini ham qayd qilishni unutmaydi. Shuningdek, so'z isboti o'laroq "Majolis un nafois" asaridan keltirilgan parcha orqali bu voqeani yakunlaydi: "Mavlononing sohibkamollig'i olam ahli qoshida

musallamdur. Shohrux sulton buzug'lig'ida faqirning volidi jamoati kasir bila ro'zgor havodisi fitnasidin Xurosondin qochib, Iroqqa borurda Taftg'akim

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Mavlononing muvalladidur, yarim kecha yetib tushdilar. Ittifoqo manzil alarning xonaqohi eshikida voqe' erdi, tong otqonda, andoqkim, o'yuni atfol da'bi bo'lur, ul jamoatning atfoli ul xonaqohg'a o'ynag'ali kirdilar va faqir ham alar bila erdim, taxminan olti yoshimda bo'lg'ay erdim, va Mavlono bir rahbada o'lturub ermishlar, tushgan jamoatning kayfiyatin ma'lum qilmoq uchun atfoldin birini tiladilar. Faqir alar sori borurg'a muvaffaq bo'ldum. Har nekim so'rdilar javob aytdim. Tabassum qilib tahsin qildilar, dag'i so'rdilarkim, maktabg'a boribmusen?

Dedimkim: boribmen. Dedilarkim: ne yergacha o'qibsen? Dedimki: «taborak» surasig'acha.

Dedilarkim: bu jamoat atfolidin biz tilaganda, sen kelib biz bila oshno bo'ldung, sening uchun fotiha o'quli deb o'z fotihalarig'a musharraf qildilar. Hamul zamon faqirning volidi va ul xayl ulug'lari kelib, Mavlono xizmatida anvoi niyozmandlig'lar qilg'ondin so'ngra, faqirg'a andoq shuur hosil bo'ldi angakim, «ne kishi erkandurlar»

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olimning Navoiy hayoti va ijodini o'rganishda boshqa olimlardan farq qiladigan jihati shundaki, u keltirilayotgan ma'lumotiga dalil sifatida Alisher Navoiy o'zi yozgan tazkira asarlardan parchalar keltiradi. Bu esa eng ishonchli manba ekanligini anglab olishimiz qiyin emas. Olim Navoiyning ustozlariga nisbatan munosabatini aniqroq yoritishda bevosita "Majolis un nafois" asariga murojaat qiladi. Bu esa ushbu tadqiqotning ilmiylik va aniqlik darajasini yanada orttirishga xizmat qiladi.

Alisher Navoiy Mashhadda bo'lgan paytda Darvesh Mansur ismli mutasavvuf bir shoirdan aruz ilmini o'rganganligi ham hech kimga sir emas. Bu esa "Majolis" da shunday misralar bilan muhrlangan: " Faqir aruzni Darvesh qoshida o'qibmen, Darvesh qirq bilan ellik yosh o'rtasida olamdan o'tdi va qabri Hoji Toqdadur".

Abulqosim Bobur vafotidan biroz keyin Kichkina Bahodir ham vafot etadi. Alisherni Temur sulolasi amirlaridan Sayyid Hasan Ardasher asrab oladi va unga bir otalik mehrini ko'rsatadi.

Olim Navoiy hayotiga oid biror yilni ham e'tibordan chetda qoldirmaydi. Alisher Navoiy otasining o'limidan keyin Hirotga qaytib Abu Said Mirzoning xizmatiga kiradi. Tadqiqotchi olim shu o'rinda bir qiziqarli voqea ishora qilib ketadi: bu paytda Sultonning tarixini yozmoqqa mas'ul qilingan Abdus-Samad Badaxshoniyning bir baytida xatolik bo'lganini Navoiy shoirga ko'rsatadi va u bunga javoban minnatdorchilik bildiradi. Alisher Navoiy tazkirada Abdusamaddan so'zlab shunday deydi: " Mavlono Abdusamad Badaxshiy ham Badaxshondindur. Sulton Abusaid Mirzo zamonida Hiriga keldi. Podshoh anga o'z tarixin buyurdi. Masnaviygo'y va musannif kishi erdi. Bir baytida tajnis xayol qilib, qofiyasin g'alat qilib erdi, faqir ani voqif qilg'ach filloh muttanabbih bo'ldi va izhori minnatdorlig'

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

ham qildi va bu ish aning bila faqir orasida oshnoliqqa sabab bo'ldi. To'y ta'rifida va go'yandalar zikrida aning masnaviysidindurkim:

Zi mohi hayo-ho 'y to moh bud,

Sari ovozashon, jokam olloh bud(62).

Qabri derlarki Ko'histondadur"

Ogoh Sirri Levend Alisher Navoiy biografiyasini o'rganar ekan, undagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni diqqat bilan muhokama qiladi. Abu Said o'ziga qarshi siyon qilgan Boyqaroning eng yaqin maslakdoshi bo'lgan Navoiyga ishonmaydi. Hattoki Boyqaroga yaqinligi uchun Alisher Navoiyning tog'alari bo'lgan Kobiliy va G'aribiyni o'ldiradi. Hirotda boshpana topa olmasligini anglagan Alisher Samarqandga ketadi va o'qishni davom ettiradi.

Bobur "Xotirot" ("Boburnoma") asarida Navoiyning qaysidir jinoyatda ayblanib Abu Said tarafidan Hirotdan Chiqarib yuborilganligini aytadi. Chunki qo'lida boshqa bir isboti ham bo'lmagan.

Bartold Boburning bu so'zlariga tayangani kabi Bertels ham "Navoiy" nomlii asarida Samarqand Ulug'bek vafotidan keyin bilim markazi bo'lmagani uchun Navoiyning Samarqandga o'qish uchun bormaganini yozadi. Boshqa tarafdan Abu Said Navoiyni Mashhadga surgun qilgani va Navoiyning Hasan Ardasherga yuborgan manzum maktubida yozilganligini qayd qiladi.

Bilganimiz shuki, - deydi tadqiqotchi - Navoiy bu vaqtda Hirotda qololmasligini anglab Samarqandga ketgan va u yerda Xo'ja Fazlulloh Abullaysning xonaqohida 2 yil qolib undan dars olgan. Navoiy ustozini shunday eslaydi: "Xoja Fazlulloh Abullaysiy — Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqxda ani Abu Hanifai Soniy(11) derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib(12) kaffasida tutarlar erdi. Sayid Sharif(13)ning shogirdi erdi va Sayid o'z xatlari bila ulumi dars ayturg'a ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o'qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar. Bovujudkim, Samarqandning a'lami ulamosi erdi, she'r va muammog'a dag'i moyil erdi.

Bu matla' alarningdurkim:

Qadi chun sarvi tu jon ast maro, balki ravon, So'yam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon(14).

Xoja Samarqandda tangri taolo rahmatig'a bordi va o'z xonaqohida jaddining gunbazida madfundur."

Alisher Navoiy qiynalgan paytlarda Samarqandda valisi bo'lgan va yana bundan oldin Hirotda 10 yilga yaqin unga valelik qilgan Ahmad Hojibek bilan, Abu Saidning qaynog'asi Darvesh Mahmud Tarhandan yordam oladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Olim Navoiy Samarqandda qancha muddat bo'lganligi noma'lum ekanligini ta'kidlab o'tadi. Biroq ba'zi ishoralarni ham berib o'tadi. Husayn Boyqaro 1469-yilda Hirot taxtiga chiqqan paytda Navoiyning yana Samarqandda bo'lganligini ko'ramiz. Har holda Navoiy 1466-yilda La'li sulolasining Badaxshondagi qo'zg'oloni paytida Navoiy xurosonda bo'lgan. Bu voqeadan so'ngra Hirotdan chiqib ikkinchi marta Samarqandga boradi.

Alisher Navoiy ustozi Sayyid Hasan Ardasherga yuborgan manzumasida Hirotdagi taqdirsizlikdan, eski an'analarning xarob bo'lganligidan shikoyat qiladi. Navoiyning bu masnaviysi Boyqaro zamonida yozganligi aytilsa ham, buning chin haqiqat bilan aloqasi yo'qdir , - deb munosabat bildiradi olim.

Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, Ogoh Sirri Levendning "Alisher Navoiy" nomli tadqiqoti Navoiy hayoti va ijodini to'laligicha qamrab oladigan yaxlit bir butun xazina. Unda nafaqat Navoiy hayotini,balki o'sha davrdagi Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoi-siyosiy vaziyat, adabiy-badiiy muhit ko'z oldimizda gavdalanadi. Yuqorida esa faqatgina Navoiy biografiyasiga oid bir nechta ma'lumotlarni qayd etdik, xolos. Keyingi o'rinlarda olim tomonidan o'rganilgan Navoiy hayoti va ijodining boshqa jihatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ogoh Sirri Levend.Alisher Navoiy,1965,-Anqara.

2. Bertels ye E. Navoiy. - T:, 2015. (tarjimon I.K.Mirzaev).

3. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 8 tom. T.: Fan, 1991.

4. Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 9 tom. T.: Fan, 1992.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.