Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODINING TURKIYADA O‘RGANILISHI XUSUSIDA'

ALISHER NAVOIY IJODINING TURKIYADA O‘RGANILISHI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
522
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / Ogoh Sirri Levend / qo’lyozma nusxa / F.Ko’prulu / Revan kutubxonasi / Kamol Eraslan. / Alisher Navoi / Ogoh Sirri Levend / manuscript copy / F. Koprulu / Revan library / Kamal Eraslan.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova, Yulduz Dilmurod Qizi

Ushbu maqolada Navoiy haqida Yevropa navoiyshunos olimlarining tanqidiy fikrlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, qardosh turk xalqi Hazrat Mir Alisher Navoiyni qay darajada o’rganganligi, o’tgan asrning 60-yillarida Turkiyada chop etilgan navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning “Alisher Navoiy” nomli kitobi Navoiy ijodining turk olamida o’rganilishi, turk tarixchilari nazarida Navoiy asarlari tadqiq etilishi haqidagi ilmiy qarashlarga to’xtalib o’tamiz. Olim Navoiy hayoti va ijodini mufassil tadqiq etadi. Uning bolalik va yigitlik davridan tortib, umrining oxirigacha bo’lgan davri haqida ishonchli ma’lumotlar qoldiradi. Shu bilan birga olim o’z kitobida Navoiy asarlarida ishlatilgan adabiy til va uning me’yorlariga oid qimmatli ma’lumotlarni keltirib o’tadi. Navoiy “Xamsa” asari va o’zidan oldingi yozilgan xamsalarning o’xshash va farqli jihatlarini farqlaydi; monografiyada nazira, javob va tarjima atamalariga ham to’xtalib o’tiladi va buni “Xamsa” asarlaridan namunalar bilan isbotlab o’tadi. Ushbu maqolada Turkiyada saqlanayotgan shoirning asarlari qo’lyozma nusxalari haqida ma’lumot berib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT OF THE STUDYING OF ALISHER NAVOI’S WORKS IN TURKEY

This article provides information about the critical opinions of European Navoi scholars about Navoi. Also, to what extent the brotherly Turkish people studied Hazrat Mir Alisher Navoi, the study of Navoi's works in the Turkish world in the book "Alisher Navoi" by the Navoi scholar Ogoh Sirri Levend published in Turkey in the 60s of the last century, the study of Navoi's works in the eyes of Turkish historians let's dwell on the scientific views about it. The scientist thoroughly researches Navoi's life and work. It leaves reliable information about his period from childhood and youth to the end of his life. At the same time, in his book, the scientist provides valuable information about the literary language used in Navoi's works and its norms. Navoi distinguishes the similar and different aspects of the work "Khamsa" and the hamsa written before him; the monograph also touches on the terms of view, answer and translation and proves it with examples from the works of "Khamsa". This article provides information about the manuscript copies of the poet's works preserved in Turkey.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODINING TURKIYADA O‘RGANILISHI XUSUSIDA»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

ALISHER NAVOIY IJODINING TURKIYADA O'RGANILISHI XUSUSIDA

Raximova Yulduz Dilmurod qizi

Samarqand davlat universiteti 2-bosqich magistranti E-mail: [email protected] +998972233122

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Navoiy haqida Yevropa navoiyshunos olimlarining tanqidiy fikrlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, qardosh turkxalqi Hazrat Mir Alisher Navoiyni qay darajada o'rganganligi, o'tgan asrning 60-yillarida Turkiyada chop etilgan navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning "Alisher Navoiy" nomli kitobi Navoiy ijodining turk olamida o 'rganilishi, turk tarixchilari nazarida Navoiy asarlari tadqiq etilishi haqidagi ilmiy qarashlarga to 'xtalib o 'tamiz. Olim Navoiy hayoti va ijodini mufassil tadqiq etadi. Uning bolalik va yigitlik davridan tortib, umrining oxirigacha bo 'lgan davri haqida ishonchli ma 'lumotlar qoldiradi. Shu bilan birga olim o 'z kitobida Navoiy asarlarida ishlatilgan adabiy til va uning me'yorlariga oid qimmatli ma 'lumotlarni keltirib o 'tadi. Navoiy "Xamsa " asari va o 'zidan oldingi yozilgan xamsalarning o 'xshash va farqli jihatlarini farqlaydi; monografiyada nazira, javob va tarjima atamalariga ham to'xtalib o'tiladi va buni "Xamsa" asarlaridan namunalar bilan isbotlab o 'tadi. Ushbu maqolada Turkiyada saqlanayotgan shoirning asarlari qo 'lyozma nusxalari haqida ma 'lumot berib o 'tiladi.

Kalit so 'zlar: Alisher Navoiy, Ogoh Sirri Levend, qo 'lyozma nusxa, F.Ko 'prulu, Revan kutubxonasi, Kamol Eraslan.

ОБ ИЗУЧЕНИИ ТВОРЕНИЯ АЛИШЕРА НАВОЯ В ТУРЦИИ

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация о критических мнениях европейских навоийских ученых о Навои. Также, насколько братский турецкий народ изучал Хазрата Мир Алишера Навои, изучение творчества Навои в тюркском мире в книге «Алишер Навои» навоийского ученого Огоха Сирри Левенда, изданной в Турции в 60-х годах прошлого века, изучения творчества Навои глазами турецких историков остановимся на научных взглядах на него. Ученый тщательно исследует жизнь и творчество Навои. Она оставляет достоверные сведения о его периоде от детства и юности до конца жизни. В то же время в своей книге ученый дает ценные сведения о литературном языке, использованном в произведениях Навои, и его стандартах. Навои различает сходство и различие сторон произведения «Хамса» и написанной до него хамсы; монография также затрагивает термины взгляда, ответа и

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

перевода и доказывает это примерами из произведений «Хамсы». В данной статье приведены сведения о рукописных копиях произведений поэта, сохранившихся в Турции.

Ключевые слова: Алишер Навои, Огох Сирри Левенд, рукописный экземпляр, Ф. Копрулу, Реванская библиотека, Камал Эраслан.

ABOUT OF THE STUDYING OF ALISHER NAVOI'S WORKS IN TURKEY

ABSTRACT

This article provides information about the critical opinions of European Navoi scholars about Navoi. Also, to what extent the brotherly Turkish people studied Hazrat Mir Alisher Navoi, the study of Navoi's works in the Turkish world in the book "Alisher Navoi" by the Navoi scholar Ogoh Sirri Levendpublished in Turkey in the 60s of the last century, the study of Navoi's works in the eyes of Turkish historians let's dwell on the scientific views about it. The scientist thoroughly researches Navoi's life and work. It leaves reliable information about his period from childhood and youth to the end of his life. At the same time, in his book, the scientist provides valuable information about the literary language used in Navoi's works and its norms. Navoi distinguishes the similar and different aspects of the work "Khamsa" and the hamsa written before him; the monograph also touches on the terms of view, answer and translation and proves it with examples from the works of "Khamsa". This article provides information about the manuscript copies of the poet's works preserved in Turkey.

Key words: Alisher Navoi, Ogoh Sirri Levend, manuscript copy, F. Koprulu, Revan library, Kamal Eraslan.

Hazrat Alisher Navoiy asarlari hayotlik davridayoq ma'lum va mashhur bo'lgan. Navoiy asarlariga qiziqish, uni o'rganish, ilmiy merosini tahlil qilish har qanday millat va har qaysi zamonning tadqiq obyekti bo'lgan desak adashmaymiz. Zero, Navoiy asarlari zamonlar oshsa ham eskirmaydi. Uning asarlari zamiriga singdirilgan ma'nolar xazinasi yildan-yilga yangilanib, yosharib boradi. Navoiy ijodi nafaqat o'zbek olimlari, balki turk olimlari tomonidan ham ancha mufassal o'rganishlar va ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Navoiyning ajoyib lirikasi turk shoirlariga, ularning ijodiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Buyuk mutafakkir lirikasidagi chuqur falsafiy fikrlar, inson tafakkuriga zo'r ta'sir qila oladigan yorqin poetik obrazlar va tasviriy vositalar hammaning e'tiborini o'ziga tortdi. Ular Navoiyning shoirlik qudratiga, uning juda katta

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

san'atkorlik kuchiga qoyil qoldilar. A.Navoiy asarlarining turklarga g'oyat manzur bo'lganligini shundan ham ko'rish mumkin", - deb yozadi adabiyotshunos V.Garbuzova.

N.S.Banarli A.Navoiy ijodini juda yuqori baholab, uning Ahmad Poshsho, Sulton Salim, Nodim ijodiga ta'siri to'g'risida "Rasmli turk adabiyoti" kitobida yozgan. N.S.Banarli Navoiy ijodini qadrlab shunday yozadi: "Navoiy faqat O'rta Osiyo turkiy xalqlarininggina emas butun turkiy xalqlar adabiyotimizning buyuk vakilidir"(126-bet), "Navoiy o'z davri va undan so'ng ham ijodkorlar uchun ideal bo'lib qoladi. Navoiydek yozish har bir shoirning orzusi edi" (127-bet).

Taniqli turk adabiyotshunos olimi F.Ko'prulu 1934-yilda Istambulda e'lon qilingan "Turk tili va adabiyoti ustida tadqiqotlar" kitobida Alisher Navoiy ijodiga batafsil to'xtalib "Alisher Navoiy va adabiy ta'siri" mavzusida alohida izlanishlarini kiritgan.

Turk navoiyshunoslari orasida maqtovga sazovor bo'la oladigan olimlardan biri professor Kamol Eraslandir. Olimning xizmati shundan iboratki, u "Alisher Navoiyning "Nasyimul muhabbat min shamoyimil futuvvat" asarining matn vat il xususiyatlari" nomli doktorlik dissertatsiyasini 1970-yilda himoya qilib, bu asarga qo'shimcha ravishda "Holoti Sayid Hasan Ardasher" va "Pahlavon Muhammad" risolasini ham nashr ettirdi.

Turkiya kutubxonalarida Navoiy asarlari qo'lyozmalari talaygina. To'pqopi Revan saroyi kutubxonasida saqlanayotgan Muhammad Darvesh Toqiy tomonidan Hirotda 1496-97-yillarda Navoiy hayotligidayoq ko'chirilgan qo'lyozma muhim ahamiyatga ega. Bu qo'lyozmaning fotonusxasini O'zbekistonga olib kelgan professor H.Sulaymon shunday yozgan edi: "Sulton Husayn kutubxonasining mahoratli peshqadam xattotlaridan bo'lgan Darvesh Muhammad Toqiy ko'chirgan kulliyotning mazkur qo'lyozmasini Navoiyning o'zi ham ko'rgan bo'lishi Shubha bo'lmasligi kerak. Chunki bu qo'lyozma shoirning o'zi tuzgan kulliyot nusxasi bo'lib,unda kulliyot uchun Navoiyning o'zi yozgan so'zboshi "Munojot" bor".

Turk adabiyotshunoslari Navoiydan oldin o'tgan va unga zamondosh bo'lgan shoirlsr ijodini baholashda ham Navoiyning fikrlariga "Nasoyimul muhabbat" va "Majolis un nafois" asarlaridagi qaydlarga suyanadilar.

Xususan, shoir tavalludiga 525 yil to'lishi munosabati bilan Istanbulda Navoiyning bir qancha asarlari chop etildi. Shu jumladan, navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levend Alisher Navoiy asarlaridan tanlangan parchalarni 4 tomlik holida nashr ettirdi. Olim Navoiy hayoti va ijodini chuqur o'rganib, 1965-yilda "Alisher Navoiy" nomli risolasini yozdi. Ushbu risola Navoiy hayoti va ijodini boshqa bir aspektda tadqiq etish imkoni beradi. Kitob quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

- O'rta Osiyodagi vaziyat: turkiy va forsiy tillarning adabiy til sifatida tarqalishi

- Navoiyning bolalik.yigitlik, keksalik davrlari haqida

- Alisher Navoiyning devonlari, Jomiy va Navoiy munosabatlari

- Navoiy "Xamsa"si xususida: nazira,javob tarjima

- "Xamsa" tarkibiga kiruvchi dostonlarning o'zidan oldingi salaflarining asarlari bilan qiyosiy tahlili

- Navoiy va adabiy til

- Navoiy va Hirot

- Navoiy va ishq

- Navoiyning devonlari va"Xamsa" asaridan boshqa yozgan asarlari

Ushbu kitobning kirish qismida Turkiyada Navoiy hayoti va ijodining o'rganilishida dastlabki tadqiqotlar haqida so'z boradi. Olim o'z asarida quyidagilarni yozadi: "Navoiy tavalludining 500 yilligida buyuk shoirning Turkiyada tanilishi uchun yaxshi fursat paydo bo'ldi. Turkiyada Navoiy haqidagi ishlanmalarga boshlang'ich sifatida kichik tadqiqotlar chop etildi, konferensiyalar bo'lib o'tdi, chet tillardan tarjimalar qilindi. Shundan so'ng chop etilgan asarlar orasida Zakiy Validiy Tog'anning "Islom ensiklopediyasi"da chiqqan "Alisher" maqolasi,Fuad Ko'pruluning shu ensiklopediyadan joy olgan "Chig'atoy adabiyoti" maqolasi ahamiyatli qiymatga ega.( Bu jildning oxiridagi bibliografiya bo'limida Navoiy asarlari haqida keng ma'lumot berilgan).

9-fevral 1966-yil Alisher Navoiy tavalludining 525-yilligida tasodifan Turk tili jamiyati boshqaruv hay'ati bu tavallud sababli Navoiy hayotini, ijodini va shaxsiyati va asarlarini tanitadigan bir asar tayyorlash vazifasini menga berdi".

Bundan ko'rinib turibdiki, haqiqatdan ham olim o'zigacha yozilgan ilmiy ishlarning barchasini ko'zdan kechirib chiqqan. Navoiy asarlarini jiddiy o'rganish uchun u yozgan asarlarning qo'lyozma nusxalari bilan tanishib chiqish muhim ahamiyatga ega. Ogoh Sirri Levend ham ayni shu yo'ldan boradi. U Istambulda saqlanayotgan xattotlar tomonidan ko'chirilgan qimmatli qo'lyozma nusxalar ustida ish olib borgan: "Qachonlardir Navoiy tadqiqotiga kirishganda qo'limga olgan ilk nusxa Sulaymoniya kutubxonasidagi Fotih bo'limida 4056- raqamli qayd qilingan Navoiy kulliyoti bo'ldi. Turkiya kutubxonalaridagi 2 kulliyotdan biri bo'lgan bu nusxani qo'lga olganimda shoirning butun asarlarini bir lahzada ko'rmoq va o'rganmoq fursatini qo'lga kiritdim. O'qishga qulay bo'lishi uchun katta harflar bilan yozilgan bu nusxada yozuvchi ismi va yozilgan yeri aniq emas. Matn xususiyatlari,imlo xususiyatlari va Chig'atoycha ba'zi so'zlarning yanglish belgilanishiga qarab nusxaning eng so'nggi davrlarda Turkiston tashqarisidagi mintaqada yozilgan deb hukm chiqarilgan".

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Olim o'z yurtida ishonchli deb tan olingan qo'lyozma nusxalar bilan bir qatorda ishonchli bo'lmagan nusxalarni ham qiyosiy tahlil qilib chiqadi.

"Faqat nusxalar orasida katta farq bo'lganligi uchun matnlarning boshqa nusxalari bilan solishtirishga to'g'ri keldi. Deyarli ko'zdan kechirilmagan muhim nusxa qolmadi. ", deb yozadi olim o'z risolasida. Olim uchun eng ishonchli bo'lgan nusxa bu- "Revan" kutubxonasidagi 808-raqamli qayd qilingan Kulliyotdir. Darvesh Muhammad takinning qalami bilan bitilgan. Ikki o'rinda 901 va 902 sanalari bo'lgan bu nusxa juda yuksak qiymatga ega. Ushbu nusxaga olim "to'g'rilik jihatidan yetarlicha ishonchli bir nusxa sanaladi." deya ta'rif beradi.

4 jilddan iborat bo'lgan ushbu risolada olim tadqiqot borasidagi o'zining yutuq va kamchiliklarini ham kitobxonga eslatib o'tishni joiz deb biladi:

"Navoiyning barcha asarlarini alohida alohida nashr etish eng kamida 30 jild maydonga keltirish demakdir; hech bo'lmaganda 30 yil bu mavzu ustida ishlash kerakdir. Holbuki, mening matnlarga ajratganim faqatgina 3 jilddir.II jildda shoirning 5 devoni, III jildda besh masnaviysi, IV jildda esa boshqa asarlari joy olgan. Yana oldinroq tayyorlaganlarim bo'lmaganida bu 4 jildni 2 yil Ichida bitirmoq ham oson bo'lmasdi." , deb yozadi olim. Risolani o'qib chiqish davomida Navoiy ijodining Turkiyada ham keng miqyosda o'rganib kelinayotganligiga guvoh bo'lamiz. Yuqorida nomi qayd qilingan ilmiy asarni o'rganish orqali o'zbek va turk olimlarining Navoiy ijodini o'rganishdagi muhim tajribalarini qiyoslash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Shu jihatdan ham Ogoh Sirri Levendning "Alisher Navoiy" nomli kitobi qimmatli ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Ogoh Sirri Levend.Alisher Navoiy,1965,-Anqara.

2. Boltaboev H., Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. T.: Mumtoz so'z,

3. Valixo'jaev B. Alisher Navoiy she'riyati. - Samarqand: Sam DU nashri, 2001. -

4. M.Muhiddinov. Komil inson - adabiyot ideali. Toshkent. Ma'naviyat. 2015

5. Xasanova, M. J. (2021). SAKKOKIYNING NA'T QASIDASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 1022-1029.

6. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.

2013.

100 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.